Научная статья на тему 'HOZIRGI DAVR HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI TALQINI'

HOZIRGI DAVR HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2474
177
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayol / Nazokat / “Ayol” hikoyasi / iroda / Mahzuna. / woman / Femininity / story "Woman" / will / Makhzuna

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nilufar Xajikurbanova

Maqolada hozirgi adabiy jarayon hikoyalaridagi ayollar obrazi ochib beriladi va badiiy adabiyotda ayol obrazining muhim ahamiyat kasb etishiga to‘xtalgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF THE IMAGE OF A WOMAN IN MODERN STORIES

The article reveals the image of a woman in the stories of the modern literary process and focuses on the meaning of the image of a woman in fiction.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI DAVR HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI TALQINI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

HOZIRGI DAVR HIKOYALARIDA AYOLLAR OBRAZI TALQINI

Nilufar Xajikurbanova

Urganch davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'limi yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6857692

Annotatsiya. Maqolada hozirgi adabiy jarayon hikoyalaridagi ayollar obrazi ochib beriladi va badiiy adabiyotda ayol obrazining muhim ahamiyat kasb etishiga to'xtalgan.

Kalit so'zlar: ayol, Nazokat, "Ayol" hikoyasi, iroda, Mahzuna.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗА ЖЕНЩИНЫ В СОВРЕМЕННЫХ РАССКАЗАХ

Аннотация. В статье раскрывается образ женщины в рассказах современного литературного процесса и акцентируется внимание на значении образа женщины в художественной литературе.

Ключевые слова: женщина, Женственность, рассказ «Женщина», воля, Махзуна.

INTERPRETATION OF THE IMAGE OF A WOMAN IN MODERN STORIES

Abstract. The article reveals the image of a woman in the stories of the modern literary process and focuses on the meaning of the image of a woman in fiction.

Keywords: woman, Femininity, story "Woman", will, Makhzuna.

KIRISH

O'zbek adabiyotida ayollar obraziga murojaat qilish, ularning turfa qiyofalarini yaratish XX asrning dastlabki yillarida yaratilgan nasriy asarlarimizda ko'rina boshladi. Kumushbibi, Zaynab ("O'tkan kunlar"), Zebi ("Kecha va kunduz"), Unsin ("Dahshat"), Gulnor ("Qutlug' qon"), Saida ("Sinchalak") va h.k asarlarni keltirishimiz mumkin. Garchand, bu asarlarning barchasida ayollar obrazi yetakchi qahramon darajasiga chiqmagan bo'lsa-da, asardan ko'zlangan maqsadni u yoki bu darajada ochish uchun xizmat qilgan. Zamonaviy o'zbek adabiyotida Xurshid Do'stmuhammad, Erkin A'zam, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Ulug'bek Hamdam, Qo'chqor Norqobil, Luqmon Bo'rixon, Zulfiya Qurolboy qizi kabi adiblarimiz ijodida erkaklar bilan teng ijtimoiy hayotimizda faoliyat yuritayotgan, yoki shu hayotning qaysi bir jihatida o'z o'rniga ega ayollar obrazlari muhim o'rin egallaydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xurshid Do'stmuhammadning "Mahzuna" nomli hikoyasidagi Mahzuna obrazi yozuvchi tomonidan nihoyatda sinchkovlik bilan tasvirlanadi. O'zbek ayollariga xos bo'lgan ibo-hayo, yuksak tarbiya unda mujassamlashgan. Erining ra'yini qaytarolmay ziyofatga borishga rozi bo'lganida, uning beozorligi va birovning ko'ngliga hech ham ozor berishni o'ylamaydigan inson ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ziyofat paytida o'zga erkakning unga termulishi ko'nglini g'ashlaydi, uyiga kelganidan keyin ham o'zidan jirkanadi. Mana shu o'rinlarda uning ibo-hayosi namoyon bo'lgan. Ziyofat ishtirokchilari orasida o'zini tamomila begona sezadi. Bemalol qadah ko'tarayotgan, erkaklar bilan tengma-teng askiya aytayotgan ayollarni ko'rib hayo olovida lov-lov yonadi. Bunday davralarda o'tiraverib, eti o'lib ketgan "Maqsadjon akasi ikki-uch, "Oling, yeb o'tiring" deb uni dasturxonga undadi. Mahzuna battar tortinib-qimtinib "sekinroq gapiring" degandek eriga yer ostidan xumraydi", deb tasvirlaydi muallif bu holatni.

TADQIQOT NATIJALARI

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Mahzuna bu davraga begona bo'lishi bilan birga, so'layotgan gullar orasida yangi ochilgan gulday yashnab turar, o'zining yoshligi, go'zalligi, tortinchoqligi bilan hammaning ehtiborini tortar edi. Ushbu holat erkak va ayollar teng huquqda bo'lgan bunday davralarda ishtirok etib yuruvchi yevropacha tarbiya ko'rgan ayollar uchun normal holat bo'lib tuyulishi mumkin edi. Hatto, yevropacha axloqqa ko'ra bu holat ayolning g'alabasi, boshqalardan ko'ra ustunligi sifatida baholanadi. Yozuvchi "Mahzuna" hikoyasi orqali go'zal fazilatlarning ayollarda mujassam bo'lishi kerakligini asardagi chizgilarda ifodalagan.

"Mahzuna tushunmadi, qiynalib ketdi, xo'rligi kelib yig'lab yuboray dedi",- deb tasvirlanadi uning holati. Eng yomoni ochiq-oydin pok nomusini toptashga intilayotgan mansabdor-Bo'ri Sobitovichning harakatlariga davrada o'tirgan yosh-u qari, hatto turmush o'rtog'i tomonidan xayrixohlik bildiriladi. Bu davra barcha axloq normalarini, milliy or-nomusni birgina manfaat deb atalmish jozibali narsaga almashib o'rgangan, Mahzunani ham o'zining jirkanch maqsadi yo'lida qurbon qilishdan toymas edi. Ziyofat so'nggida Bo'ri Sobitovich yevropalik janoblardek barcha ayollarning qo'lini o'pib xayrlashadi. Ayollar bundan hatto faxrlanishar, o'xshovsiz hiringlashar, bu esa Mahzunani battar dahshatga solar edi. Ushbu hikoyada Mahzuna go'yoki maxluqlar orasidagi mahzun gul sifatida aks ettiriladi. MUHOKAMA

Xurshid Do'stmuhammadning "Mahzuna" hikoyasi milliy hikoyachiligimizdagi ayol obrazi o'ziga xos tarzda yoritilgan obrazlardandir. Bu asar o'tgan asrning 90 -yillarida yaratilgan. Asar sho'roviy axloq va sharq ayoli o'rtasidagi zidlikni qiyos etuvchi badiiy-psixologik talqini bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Hikoyada milliy xarakter ichki kolliziyalar tasviri Mahzuna obrazi orqali maydonga chiqadi.

Zulfiya Qurolboy qizining "Ayol" hikoyasida Nazokatning bardoshi, irodasi va hayot uchun kurashi tasvirlanar ekan, u bamisoli dunyodagi barcha irodani o'zida mujassamlashtirganday. Ushbu hikoyada hayotga doimo umid bilan boquvchi ayol obrazi bor. Yozuvchi bu obrazni yaratishda erkaklarnikidan ham ko'proq kuchni unga singdirgan. Nazokat obrazi orqali ayollarda mujassamlashgan barcha his-tuyg'ularni anglab olamiz. XULOSA

Yozuvchi Zulfiya Qurolboy qizi "Muhabbat va nafrat" hikoyasi orqali inson qalbini tushuna oladigan va imkon qadar hayotning yaxshi-yomon kunlarida ham yelkadosh bo'lish darajasidagi inson bo'lishini alohida ko'rsatib beradi. Mazkur hikoyasida inson qalbini parchalagan, qalbi quroq bo'lgan Abdulla obrazini tasvirlash orqali bunday insonlarda inson qalbini, inson qadrini tushuna bilmagan manfur inson ekanini badiiy yo'sinda tasvirlab beradi. Yozuvchi mazkur hikoyasida inson hayoti zulmatdan iborat emasligi, balki yaxshi insonlar ham borligini asarda Po'lat obrazi orqali ko'rsatib berganligi tahsinga loyiqdir.

REFERENCES

1. Qo'shjonov M. Hayot va qahramon. T-1979.

2. Zulfiya Qurolboy qizi. Yovuzlik farishtasi. T-2005.

3. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. T-2008.

4. X.Dostmuhammad. Beozor qushning qargishi. "Sharq" nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T-2006.

5. G.Sattorova. "90-yillar ozbek hikoyachiligi milliy xarakter muammosi". T-2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.