Научная статья на тему 'ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA XAYOL VA HAQIQAT'

ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA XAYOL VA HAQIQAT Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2645
194
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikoya / hayot hodisalari / epik janr / ayol obrazi / badiiy tafakkur / bosh qahramon / obraz. / story / life events / epic genre / female image / artistic thinking / protagonist / image.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Soqiyeva Zarnigor Shokirovna, Obid Shofiyev

Maqolada Ulug‘bek Hamdam hikoyalaridagi uslubiy xususiyatlari, xayolot dunyosi va haqiqat jabhalari, shuning bilan birga tasvir usuli va ijodiy mahorati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FANTASY AND REALITY IN THE STORIES OF ULUGBEK HAMDAM

The article discusses the stylistic features of Ulugbek Hamdam's stories, the world of fantasy and reality, as well as his style and creative skills.

Текст научной работы на тему «ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA XAYOL VA HAQIQAT»

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ULUG'BEK HAMDAM HIKOYALARIDA XAYOL VA HAQIQAT Soqiyeva Zarnigor Shokirovna

Termiz davlat universiteti magistranti Obid Shofiyev

Ilmiy rahbar: dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.6772786

Anotatsiya. Maqolada Ulug'bek Hamdam hikoyalaridagi uslubiy xususiyatlari, xayolot dunyosi va haqiqat jabhalari, shuning bilan birga tasvir usuli va ijodiy mahorati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: hikoya, hayot hodisalari, epik janr, ayol obrazi, badiiy tafakkur, bosh qahramon,obraz.

ФАНТАСТИКА И РЕАЛЬНОСТЬ В РАССКАЗАХ УЛУГБЕКА ХАМДАМА

Аннотация. В статье рассматриваются стилистические особенности рассказов Улугбека Хамдама, мир фантазии и реальности, а также его метод изображения и творческие способности.

Ключевые слова: повесть, жизненные события, эпический жанр, женский образ, художественное мышление, главный герой, образ.

FANTASY AND REALITY IN THE STORIES OF ULUGBEK HAMDAM

Abstract. The article discusses the stylistic features of Ulugbek Hamdam's stories, the world of fantasy and reality, as well as his style and creative skills.

Keywords: story, life events, epic genre, female image, artistic thinking, protagonist, image.

KIRISH.

Hikoya badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asardir. Adabiyotshunos Tohir Shermurodov "Hikoyalar, nihoyalar...." Maqolasining xulosasida shunday so'z yuritadi: "ko'pincha hikoyalar hayot fojialarini baralla yoritish, dardli masalalarni dadil qo'yish ruhida yozilgan. Ularda yangi badiiy tafakkur ravshan ko'zga tashlanadi".

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yozuvchilar odatda o'z ijodini hikoya qoralash bilan boshlaydi, chunki hikoya janri yozuvchiga ko'nikma, malaka oshirish, ijodkor sifatida shakllanish, muayyan bir yo'nalish va uslubga tushib olishi uchun qulaydir. Nasrdagi izlanish va tajribalar samarasi bugungi kunda hikoyaning hajmi, mavzu xilma-xilligi, badiiy-estetik tasvir vositalarini kengaytirdi. Tasvirning hikoyaga ko'chishi, ichki ruhiy tahlilning kuchayishi, hozirgi murakkab fan va texnologiyalar zamonida inson fikr doirasi, ichki kechinmalari chigallashib borayotgani murakkab va o'ylantiradigan hikoyalar yozishga omil bo'ladi. Aynan shunday hikoyalarni Ulug'bek Hamdam ijodida ham ko'rishimiz mumkin. Yozuvchining babzi asarlarida modirnistik yelementlar ko'zga tashlansada (masalan: Yolg'izlik qissasida), ijodiga xos bo'lgan umumiy xususiyat, milliy va an'anaviy uslubda qalam tebratishidir. Asarlarida turli voqealar tasviri o'z aksini ko'rsatadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Adabiyotshunos Tal'at Solihov "Har bitta badiiy asar dastlab milliydir, Milliy bo'lmagan adabiyot adabiyot emas"- deb takidlaydi. Hech bir hikoya o'z-o'zidan dunyoga kelmaydi. Bu har bir ijodkorning botiniy va zohiriy dunyosida turli fikr, g'oyalar ta'sirida yuzaga keladi.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ulug'bek Hamdam ko'plab hikoyalari rus tiliga tarjima qilingan, "Tosh" hikoyasi Amerikada e'tirof etilgan. Ulug'bek Hamdam yangilik va yangilanishlarga boy, ilmiy dunyosi va o'z yozish uslubiga ega. "Tosh", "Ko'ngildagi daryo", "Unutilgan nay navosi", "Lola", "So'z", "Bir payola suv", "Musulmon" kabi hikoyalar kitobxonni o'ylashga majbur etadigan falsafiy asarlardir. "So'z" hikoyasi uslub jihatidan boshqa hikoyalaridan farq qiladi. Inson

ruhining evrilishlari, ko'ngil nozikliklari ifodalanadi. Hikoyaning boshlanishida er va xotinning iliq munosabatlari yoritilgandek ko'rinadi, voqealar tasviri kutilmaganda sodir bo'lib, o'quvchini hayratga soladi va ruhiy zarba beradi. Er va xotin o'rtasidagi ko'p yillik iliq munosabatlar birgina so'z orqali oila deb atalmish qo'rg'onning buzilishiga sabab bo'ladi. Turmush o'rtog'ining ahvolidan habari yo'q ayol karaxt bo'lib qolgan eriga "oshga qaramaysizmi tagiga olib ketadi-ku". "Sen oshni aytasan, buyoqda mening hayotim tagiga olib ketmoqchi-ku!. Osh tagiga olgan bo'lsa olgandir, uni qaytadan boshlash mumkin, lekin umrni-chi? Agar u tagiga olsa, yangitdan boshlash mumkinmi?" - degisi keldi. Bu hikoyada Hikoyada ma'naviy qashshoq bo'lgan ayol obrazi ifodalanadi. Ko'p yillardan beri bilgan insonni ham anglab tushunish, uning asli kim-u ko'nglida nima borligini bilish murakkab hodisaligini tasvirlaydi. Azal-azaldan avlod shajarasini bamisoli bir daraxtga o'xshatishadi, shox-shabbalarni esa uning avlodlari deb kelishgan. "Haykallar oroli" hikoyasida Odam ato va Moma havo kabi ikki insondan bunyod bo'lgan avlodlar taqdiri aks ettirilgan. Birinchi avlod ahil, inoq umurguzaronlik qilib, ikkinchi avlodga kelib mehr, oqibat deb atalmish, insonning ijobiy xislatlari o'rnini yomon illatlar egallab bir-biri bilan dushman bo'lish darajasiga yetadi. Ota-bobolarimizdan qolgan, "Mol-dunyo ketsa-ketsin, obro' ketmasin", xalq maqoli voqeaga mos keladi. Aynan shu voqealar tasvirini "Namatak" mini-romanida ham ko'rishimiz mumkin. Ikki hikoyada ham ko'ngildagi ezgulik va adovat o'rtasidagi ziddiyat tasvirlangan. Yozuvchi hozirgi kunda ro'y berayotgan, dilni xira qiladigan voqea hodisalarni, insonlar qalbida kechgan ichki kechinmalarni kryeativ yondashgan holda kitobxonga yetkazishga urinadi. Falsafiy jarayonlar kuzatiladigan hikoyalardan biri "Lola" hikoyasidir. Bunda ham inson botinidagi tuyg'ular: yaxshilik, ezgulik, nafs tushunchalari o'rtasidagi ziddiyatlarni ko'rasiz. Undagi voqealar silsilasi inson ichki dunyosida o'z-o'zi bilan kurashayotgan xislatlarni anglashga xizmat qiladi. Yozuvchi ijodiga oid namunalarida keltirilgan mavzular bir-biridan keskin farq qiladi. Ulug'bek Hamdamning "Bir piyola suv", "Ko'nglimdagi daryo ", "Unutilgan nay navosi" hikoyalarida ko'proq erkinlik, ozodlik tuyg'usini va poklik ramzini aks ettiruvchi "suv" obrazini ko'p uchratasiz. "Bir piyola suv" hikoyasida yuk tashuvchi obrazi orqali insonning yashab o'tadigan umri tasvirlanadi. Bosh qahramon unga topshirilgan omonatni olib borar ekan, yo'lda chanqoq bosish uchun suv ichgani karvonsaroyga to'xtaydi. Ichgan bir piyola suvi haqini to'lab, manziliga davom etish uchun chiqqanda oradan ko'p yillar o'tib ketganini sezib qoladi. Yigit yo'l bo'yi qidirgan suvini o'zi manzilga olib ketayotgan omonat meshdaligini ko'radi. Bu hikoya ramziy obrazlarga boy. Jumladan, suv(poklik), karvonsaroy(dunyo, umr), sahro (mashaqqat) kabi. Insonning yaratilishidagi azaliy va abadiy haqiqatlarga yozuvchi o'zgacha nigoh bilan yondashadi. Bani bashar yaratilibdiki, uning zimmasidagi asosiy vazifalardan biri pok yashashdir.

Inson biror narsani chin dildan istasa ixlos qilib so'rasa u albatta amalga oshadi. O'ngda, tushda goh hayolda bo'lsa ham. Ulug'bek hamdamning "Ko'nglimdagi daryo "hikoyasida qahramonimiz qishloq odami edi, tabiatni sevuvchi, daryo-suvlarga ko'ngil bergan shaxs

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

bo'lganligi shahar hayotiga ko'nika olmadi, har kun takrorlanadigan bir xil ish joniga tekgan edi. Botinida yashayotgan yoshlik, beg'amlik davrlari asta sekin yuzga chiqa boshladi. Har bir shaxs bu hikoyadagi kabi hayot zarvaraqlarida ro'y berayotgan turli voqea, hodisa, yumushlarimizdan bir muddat bo'lsada yoshligiga qaytishni yoki nimadir ro'y berib qisqa muddatga bo'lsa ham bir xil hayotdan yiroqlashishni istaymiz. Bizning bu istaklarimizni Allohning bergan ne'matlariga noshukurlik deb tushunishinggiz mumkin. Bu albatta noto'g'ri xulosa ......

MUHOKAMA

Ulug'bek Hamdamning yuqoridagi hikoyasiga o'xshash yana biri "Unutilgan nay navosi" hikoyasidir bunda Vatanning muqaddas ekanligini takidlash bilan birga qishloq hayoti bilan bog'liq xotiralar aks etirilgan. Ona yurtidan uzoqda hayot kechirgan shaxs qismati, uning mashaqatli harakatlari evaziga orttirgan boyliklari-yu, mol-mulki tug'ilib o'sgan yurti oldida arzimas bir holat ekanligini hikoya davomida anglaysiz. Psixologik jihatdan qaraydigan bo'lsak o'tgan kunni unutishga ming bor urunib harakat qilganimiz bilan yoki tashqi muhit bizni chalg'itsada botiniy dunyomizning tub tubida yashayotgan xotiralar o'chmaydi saqlanadi. Shundayin har birimiz o'z tarixiy xotiramizga egamiz. Qahramonimiz ham o'tmishidan tasirlanib shu darajaga yani katta yutuqlarga erishgandir, har bir ishning o'z asosi bor. Shu birgina kuy Alisherni yoshligi o'tgan, butun qavm-u qarindoshlari bor qishlog'i tobora o'ziga tortar o'zi istamagan holda unga intilardi, qumsardi va ona yurtini sog'inganini anglar edi. U qishlog'iga bordi lek u yerda o'zga insonlar, o'zga muhitni ko'rdi, uyiga qaytganda hali hamon uni tark etmagan nay navosi o'z yurtiga borgani bilan o'tgan damlarni ota onasiyu yoshligini qaytara olmasligini tushunib yetdi. Bu hikoya ham yoshlik hotiralar bilan bog'liq voqea edi .Ulug'bek Hamdamning ko'plab hikoyalarini o'qiganingizda yangi avlod qalbida kechayotgan yangilanishlar va sermazmun ijod qilishini his etasiz. Yoshlik damlarini ko'p eslashini, sog'inishi, bir muddat bo'lsada yoshligiga qaytib barcha dunyo ishlarini unutgisi kelganini sezish mumkin. Albatta bu hodisa har birimizni ong-u shurimizda yashaydi, yoshligini sog'inmagan inson bo'lmasa kerak, bu hodisa ko'plab son sanoqsiz yozuvchilarimiz ijodida ko'rishimiz mumkin. Adabiyotshunos, munaqqid Bahodir Karim nasr haqida shunday so'z yuritadi, "Badiiy asarda inson vujudiga sig'mayotgan ruhiy po'rtanalar, toshqinlikni, ko'ngilda tug'ulgan ezgu niyatlarni bayon etish uchun imkoniyat ko'proq bo'ladi ". Yozuvchi hayotdan bir turtki oladida ana shu turtki asosida muammoni yechib yuboradigan hikoya yoki biror boshqa ijod mahsulini yaratadi. Bir necha betli yozgan hikoyasi orqali olam-olam ma'no anglatmoqchi bo'ladi, bizga shu hikoyacha oddiy bir voqea yo hodisa bo'lib tuyulishi mumun, lekin hikoya mazmuniga chuqurroq kirib boradigan bo'lsak butunlay bir boshqa ma'noni anglashimiz mumkin hikoyalaridan har kim turlicha hulosalarga kelishi, eng muhumi ong-u shurimizga ijobiy ta'sir etishi yoki masalaning mohiyatini yozuvchi nima demoqchiligini anglashimiz mumkin.

Ulug'bek hamdam ijodi, ijodkorlar haqida fikr yuritar yekan shunday yozgandi: "....Ijodkor o'z yuragining pokligiga ahamiyat bermog'i, binobarin, o'z qalbining bir umrlik sadoqatli qo'riqchisiga aylanmog'i shart. Qorayib ketgan yurak bilan nafaqat zo'r, balkim iyona asar yozish ham mushkul. Yozish san'atning ko'pdan, ko'p siru-asrori tagiga. Tizgan satrlarida nainqki stilistik, balki bironta orfografik xato uchramaydigan ijodkorlarimiz bor. San'atlariga tasanno deymiz, lekin ne yoziqki, ularning aksariyatida mazmun topiqqa ham uchraydi, asardan

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

vulqondek otilib chiqib, o'quvchi yuragiga to'g'ri borib uruladigan badiiy zarb yo'q xuddi qishda tumanlar aro xira ko'rinib turgan quyoshdek, nursiz...."

Adabiyotshunos U.Normatov takidlaganidek: "Eng muhimi ularda so'ngi yillar adabiyotimizda, qolaversa jahon adabiyotida ham tansiq bo'lib turgan o'zida yuksak idealarni tashuvchi, idealga intiluvchi qahramonlar birin-ketin bo'y ko'rsatayotir". XULOSA

Xulosa o'rnida hikoyalarida ramziy tasvirlar bilan bog'liq holda real hayot hamda hayolot to'g'risidagi falsafiy tushunchalar, inson qalbida anglab bo'lmas hodisotlar katta mahorat bilan talqin etiladi. Inson harakteri ko'p qirrali bo'lib uning turli holatlarga tushushi ajoyib satrlar ila hikoyalarida aks etadi, hikoyalaridagi mazmun mohiyati yashirin, mavhum holda kelishi bizning chuqurroq va teranroq fikrlashimizga davat etadi. Ulug'bek Hamdam har bir hikoyalarida kitobxonni qiziqtirishi, tasirlantirishi mumkin bo'lgan jihatlarga ko'p duch kelamiz. Yozuvchining har bir hikoyasidan ma'naviy ozuqa olishimiz, falsafiy mulohazalarga duch kelishimiz mumkin. Ulug'bek Hamdam voqealar tavsilotiga emas, psixologik tahlil, milliy harakterlarga asoslangan, hikoyalarida rang-barang taqdirlarni, maroqli va qiziqarli qilib tanishtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Dilmurod Quronov "Adabiyot nazariyasi asoslari". Toshkent "Navoiy universiteti" 2018

2. Tohir Shermurodov " Hikoyalar, nihoyalar... " maqolasi. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati " gazetasi, 1991 yil 5 aprel.

3. Bahodir Karim "Ruhiyat alifbosi". G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi. Toshkent-2018

4. Qozoqboy Yo'ldosh "Yoniq so'z". Toshkent "Yangi asr avlodi" 2006

5. No'mon Rahimjonov "Badiiy so'z yestetikasi". G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijod uyi. Toshkent-2017

6. Umarali Normatov "Umid baxsh tamoyillar". Toshkent " Ma'naviyat " 2000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.