Научная статья на тему 'O‘ZBEK HIKOYACHILIGINING POETIK STRUKTURASI'

O‘ZBEK HIKOYACHILIGINING POETIK STRUKTURASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
651
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'zbek hikoyachiligi / hikoya poetikasi / XX asr o‘zbek hikoyachiligi / 7080yillar hikoyalari poetik strukturasi / realistik hikoya namunalari / psixologizm / psixologik poetik uslub. / Uzbek storytelling / story poetics / 20 th century story tilling / poetic structure of stories of the 70s and 80s / examples of realistic stories psychologism / psychological poetic style.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Almardanova, Iroda Toshmamatovna

Ushbu maqolada O‘zbek hikoyachiligining poetik strukturasi:hikoyada inson ruhiy kechinmalari orqali obrazlarning poetik talqini ifoda etiladi. Shuningdek, realizm, psixologizmning ifodasi o‘zbek hikoyalarida qay ko'rnishda talqin va tahlil etilgani o‘zbek hikoyalari bo'yicha qilingan tadqiqotlar misolida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POETIC STRUCTURE OF UZBEK STORYTELLING

In this article, the poetic structure of Uzbek storytelling: the poetic interpretation ot characters through human spiritual experiences is expressed in the story. In ceddition, how the expression of realism and psychology is interpretid and analysed in Uzbek stories is described as an example of pesearch on Uzbek stories.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK HIKOYACHILIGINING POETIK STRUKTURASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'ZBEK HIKOYACHILIGINING POETIK STRUKTURASI

Almardanova Iroda Toshmamatovna Ilmiy rahbar: Suvonov Z.(Phd)

Termiz davlat universiteti 2- kurs magistranti Tel raqami:+998919761420 e-mail: shamshodbek0 518@gmail. com

Ushbu maqolada O'zbek hikoyachiligining poetik strukturasi:hikoyada inson ruhiy kechinmalari orqali obrazlarning poetik talqini ifoda etiladi. Shuningdek, realizm, psixologizmning ifodasi o'zbek hikoyalarida qay ko'rnishda talqin va tahlil etilgani o'zbekhikoyalari bo'yicha qilingan tadqiqotlar misolida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: O'zbek hikoyachiligi, hikoya poetikasi, XX asr o'zbek hikoyachiligi, 70- 80- yillar hikoyalari poetik strukturasi, realistik hikoya namunalari, psixologizm, psixologikpoetik uslub.

In this article, the poetic structure of Uzbek storytelling: the poetic interpretation ot characters through human spiritual experiences is expressed in the story. In ceddition, how the expression of realism and psychology is interpretid and analysed in Uzbek stories is described as an example of pesearch on Uzbek stories.

Keywords:Uzbek storytelling, story poetics, 20 th century story tilling, poetic structure of stories of the 70s and 80s, examples of realistic stories psychologism, psychological poetic style.

В данной статье описывается строй узбекского сказительства, поетическая интерпретация образов через духовные перживания человека рассказе.Также описывается, как анализируется и интерпретируется выражения реализма психологии в узбекских рассказах на примере исследований узбекских рассказов.

Ключевы слова:узбекское повествование, повествованая поэтика, узбекское повествование ХХ века, поэтический строй рассказов 70-х и 80-х годов, примеры реалистических рассазов, психологии, психологический поэтический стиль.

Hikoyada bayon usuli tasvirlanayotgan voqea-hodisa, tabiat tasviri yozuvchining koloriti, an'anasi, hikoyachilik maktabining o'ziga xos jihatlarini ochib beradi. "Hikoya'' atama sifatida ham qo'llaniladi. Hikoya qiluvchi shaxs tushunchasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ham bildiradi: A.Navoiyning ''Sab'ai sayyor '' dostonidagi, A.Muxtoming ''Chinor'' romani, O'. Hoshimovning ''Dunyoning ishlari'' qissasi hikoyalardan tashkil topgan bo'lib asarlarda hikoya qiluvchi roviy tilidan voqealar bayon qilinadi.O'zbek hikoyachiligining mumtoz namunalaridan so'ng XX asr boshlarida hikoyachilikning ajoyib namunalari yaratildi.Ular yaratgan hikoyachilik an'anasi o'zbek hikoyachilik maktabining shakllanishida yangi o'z davrining adabiy jarayonlarini qamrab oldi.Xususan, 30-yillarda A.Qodiriy, G'.G'ulom, A.Qahhor, Oydin yetakchilari hisoblanadi.''O'g'ri'', ''Anor '', ''Bemor'', ''Hiylai shar'iy'', ''Hazil emish'', ''Yamoqchi ko'chdi'', ''Gulsanam'' kabi hikoyalardir. Urush yillarida ham A.Qahhor va Oydin ijodi tahsinga sazovor.Urush syujetini qamrab olgan A.Qahhorning ''Asrorbobo'', ''Xotinlar'', ''Botirali'', Oydinning ''Umr sovg'asi'', ''Asl yor'', ''Iroda'',''Er yurak'' shular sirasiga kiradi.Urushdan keying yillarda yuqoridagilar safiga A.Muxtor, S.Zunnunova, P.Qodirov, O.Yoqubov, S.Anorboyev, H.Nazir singarilar bu davrda qalamini hikoyada sermahsul qo'ydilar. 60-80 yilllar o'zbek nasrida hikoya yekakchi janrga aylanib ulgurgan, uning ijodlari ham kengaygandi. A.Muxtor,Said Ahmad, Odil Yoqubov, Mirmuhsin, P.Qodirov, O'.Umarbekov, O'.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev, U.Nazarov, M.M.Do'stlar hikoyaning realistik namunalari yaratildi. Istiqlol yillarida Said Ahmadning ''Sarob'', ''Azroil o'tgan yo'llarda'', ''Qorako'z Majnun'' kabi hikoyalarida davr fojiasi yorqin aksini topdi.Salmoqli ijod qilgan hikoyanavis Shukur Xolmirzayevning ''Haykal'', ''Jonginam'', ''Xorazm'', ''Yig'i'', ''O'zbeklar'', ''N avro'z, Navro'z'' hikoyalarida asar g'oyasi obrazlar xarakterlariga singdirilib hayot haqiqati ochib berildi.Hozirgi adabiy jarayonda o'z davrasini kengaytirgan hikoya janri ijodkorlarining safi kengaymoqda. X. Do'stmuhammad, A.Yo'ldoshaev, N.Jaloliddinov, Z.Qurolboy qizi, S.Vafo, U.Hamdam, I.Sulton Nazar Eshonqul, Jamila Ergasheva bu janrning serqirra ijod namunalarini yaratdilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hikoyaning bu bosqichlarida ijodkorlar hikoya janri orqali poetik mahoratlarini jamiyatdagi voqealar, kishilarning xarakterlarida mujassamlashtirdi. Hikoya janrida tadqiqot olib borgan Xurshid Dostmuhamedov ''Hozirgi o'zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi''[1:3] nomzodlik dissertatsiyasida 80-yillarning ikkinchi va 90-yillarning avvalidagi hikoyalar misolida realistik o'zbek hikoyachiligi Sobiq sho'ro tuzumida o'z ifodasini ko'rsatmagan bo'lsa ham badiiy asarda xarakterlar orqali singdirilib yuborildi. Bu esa hikoyamizning poetik strukturasining bir ko'rinishidir. Bunga ko'plab misollar keltirgan tadqiqotchi O'.Hoshimovning ''O'zbek ishi'', B. Egamqulovning "Olomon" hikoyasini dolzarblik va abadiylik qadriyatlari talabidan kelib chiqadigan tarozi pallasiga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

qo'ysak ularda hozirjavoblikka chalg'ish kuchliligi ko'rinadi. 80-yillarning oxiridagi o'zbek xalqi ustiga yopirilib kelgan gdlyanchilar harakati , ikkinchi hikoyada demokratik jamiyat tuzish davri saylovlarida aholining tabiatida katta maqsadlar yo'lida birlashishga moyillikning yetishmasligi qayd etilgan, xolos[2:3]. Hikoyaning bugungi ko'rinishi oson. Mustabid davrida o'zbek hikoyanavislari psixologizm tamoyillarini shakllantirdilar. Bosh qahramonda bu tamoyillar ochib berildi. I.Sulton bu haqida shunday fikrlar bildirgan: ''Adabiyotdagi yangilik hayotdagi yangilikni payqab olishdan boshlanadi''[3:9]. ''O'zbek hikoyalarida g'oya va obraz'' kitobi muallifi Vladimorova N. Qodiriy, Fitrat, G'ayratiy, A.Qahhor, G'.G'ulom va Oydinning hikoyalarini tadqiq qilib shunday xulosalarni bergan:voqealardan ko'ra ko'proq xarakterlarga e'tibor berilganligi inson muammosi ko'tarilgani; yangi tendensiya darajasiga ko'tarildi. Shu o'rinda Sh.Xolmirzayev, M.M.Do'st, Mahkam Mahmudov, E.A'zam, T.Murod, Q.Kenja, H.Sultonning hikoyalarida ilk namunalar paydo bo'ldi. XX asr jahon hikoyachiligining eng sara namunalarida ham A.CHexov. Jek London, Heminguy, Tolstoy ijodida qahramonlar xatti-harakati, kechinmalari, o'y hayollari syujetni qamrab olgan.O'zbek nasrida esa A.Muxtorning ''Chodirxayol'', N.Eshonqulning ''Ozod qushlar'', ,''Maymun yetaklagan odam'', N.Normatovning ''Anorzor'', SH.Hamroyevning ''Ko'k yo'l'' hikoyalarida ham ko'rinadi. Ushbu hikoyalarda g'oya fikr qahramon obrazidan ustundir. ''Yaqin o'tmishimizda yaratilgan sara asarlarda ham yozuvchining ko'ngilida tug'ilgan g'oya turli pardalarga o'rab-chirmab, kishi bilmas yo'sinlarda ifoda etilgan bo'lsa, N.Normatovning ''Anorzor'', N.Eshonqulning ''Ozod qushlar'', ''Maymun yetaklagan odam'', ''Tobut'', Sh.Hamroyevning ''Alvon mato ostidagi hayot'', ''Ko'k yo'l'' hikoyalari milliy istiqlol sharofati o'laroq to'la hurlik davri mahsuliga aylandi''[4:3]. Shu o'rinda Sh.Xolmirzayevning ''Cho'loq turna'', M.M.Do'stning ''Dashtu dalalarda'', M.Mahmudov ''Teskari ko'zlar sayyorasi'', O'.Usmonov ''Birovga kuning qolmasin'', H.Sultonovning ''Yo Jamshid'', Q.Kenjaning ''Sohilda'' hikoyalarida bosh g'oyani anglashda qahramonlar obrazlarini yaratishda voqea-hodisani anglab yetish ehtiyojini tug'diradi.

Rus psixologi A.S.Vigotskiy o'zining ''San'at psixologiyasi'' asari bilan adabiyotga ham psixologizmning kirib kelishiga turtki bo'ldi. Ya'ni inson ruhiyatining badiiy ifodalanishi, adabiy asarlarda jo bo'lishi uni tadqiq etish, psixologik metodning yuzaga kelishi, tahlilda yozuvchining poetik tendensiyalarini ochishga xizmat qildi. Adabiyotshunos Jabbor Eshonqulov inson ruhiyati va his-tuyg'ularini: ''Inson ruhiyati juda keng olam bo'lib, undagi hissiyot va tuyg'ular ikki xil shaklda o'zini namoyon etadi:birinchisi anglangan, ma'lum mantiqqa ega, tashqi dunyoga nisbatan o'zining qat'iy xulosa va yo'nalishiga ega tuyg'ular. Bu tuyg'u

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

insonning jamiyatga, odamlarga, atrof-muhitga munosabati va bu haqidagi ma'lum tushunchaga ega bo'lgan qarashlarni ifodalaydi; bularning barchasini ong sintez qilib beradi, ya'ni ong bevosita ishtirok etadi. Ikkinchisi, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida doimo mavjud, tashqi dunyo bilan tinimsiz aloqa qilib turuvchi hislar.Bu hislar inson harakati, ruhiyatining asosini tashkil etadi''[5:6]. Adabiyotshunosning fikrlariga tayanadigan bo'lsak,bugungi kun o'zbek hikoyalaridainsonning xatti-harakatlaridan ko'raruhiy kechmishlari ko'proq ko'rinadi.1987-yil ''Sharq yulduzi'' jurnalining 4-sonida bosilib chiqqan maqola o'sha yillarda ham o'zbek hikoyachiligida bu jarayon boshlanganligidan dalolat beradi. Maqola muallifi Olim Otaxonov 70-80-yillar o'zbek hikoyalarini tanqid qilib shunday deydi: ''Men an'anaviy uslublarga emas, balki an'analarga ko'ra-ko'rona yopishib olish, uning qurboniga aylanishga qarshiman. Menimcha, yana takrorlayman, kichik janr imkoniyatlarini to'la-to'kis sinab ko'rish payti keldi. Endi real voqealarning pinhoniy va jozibador qatlamlarini kashf etish,zamondoshlarimizning bevosita, qarama-qarshi xayollari, psixologiyasida ro'y berayotgan ko'zga ko'rinmas siljishlar, kechinmalarni ifodalash uchun yangicha tasviriy vositalar va imkoniyatlar-yangi badiiy ''mikroskop'' ixtiro etish, jahon adabiyotida allaqachon ixtiro etilib, nima sababdandiro'zbek prozasini shu vaqtgacha chetlab kelayotganturli-tuman badiiy vositalarni ixtiyor etish zaruriyatga aylandi....Shukur Xolmirzayevning "Ot egasi", "Bodom qishda gulladi", "Omon mergan", "Kimsasiz hovli", E.A'zamovning "Eng kuchli odam", "Dovon", "Anoyining jaydari olmasi", Hayriddin Sultonovning tarixiy mavzudagi ba'zi hikoyalari, Shoxodat Isaxonovaning "Katta A, kichik a", Qamchibek Kenjayevning "Baliq ovi" hikoyalari mana shular sirasiga mansub deylik....70-yillarning ikkinchi yarmi 80-yillarning birinchi yarmidagi o'zbek hikoyachiligining qiyofasini belgilaydi''[6:8]. Yozuvchi o'zbek hikoyachiligining uslubini qattiq tanqid qiladi va kamchiliklarni aytishdan tashqari qanday usulda yozilishi muhimligi haqida mulohazalari bildirib o'tgan.

Kenjayeva Poshshajonning "Hozirgi o'zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari" nomzodlik dissertatsiyasida[7:7], Salomat Vafoning "Farida", "Mehmona xola", "Yorug'likdagi odam", "Farishta", "Nomsiz kema", "Qora beva" hikoyalarida ayol ruhiyatining badiiy kashf etib, o'zbek ayolining ma'naviy ko'rinishini tiklashga harakat qildi va ochib berganligi haqida so'z yuritadi. Keyingi o'rinlarda Salomat Vafodan tashqari Abduqayum Yo'ldosh, Zulfiya Qurolboy qizi, Dilfuza Qo'ziyeva, Jamila Ergasheva hikoyalarida ayol va erkak his-tuyg'larining ifodalanishi yangicha talqinda tahlil qilgan.

XXI asrning boshi 20-yilligi N.Eshonqul hikoyalarida qahramon holatini tasvirlashda ramziy tasvir uslubi keng qo'llanilgani haqida shunday deydi: ''Ramz-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

voqelikning timsolidir. Voqelikning aynan o'zi go'zal emas, uning timsoli go'zaldir. Illo tosh emas, toshga yo'yilgan hayol go'zal. Adabiyotning ilohiy kuchi-ana shu hayolni yarata olishda ko'rinadi. Ijod yaratishdir.Yaratish esa, ilohiyotga daxidorlikdir. Yaratish zavqi barcha zavqdan, yaratish azobi barcha azobdan yuksakroqdir. Go'zallik yaratish esa-bu ilohiyotni charxlashdir''[8:5]. So'nggi 20 yillik hikoyanavislar ichida ijod namunalari kurtak yozganidan Shukur Xolmirzayev e'tiboriga tushgan Jamila Ergasheva haqida shunday yozgan edi: ''Nimagaki uning uchun asar yozish-amal edi. Ana uni chindan ham ''avvalo, o'zi uchun -o'zini qanoatlantirish uchun yozib kelayotir'', deyish mumkin''[9:4]. Bu fikrlar bilan adibaning o'zbek hikoyachilida o'ziga xos uslubi bilan poetik struktura yaratayotganini ilg'aymiz. Psixologik tasvirning qahramon so'zidan kuchli vosita sifatida namoyon bo'lishini A.Alimuhammedov alohida ta'kidlab o'tgan edi"[10:2]. E'tirof etilgan hozirgi o'zbek hikoyachiligida o'z o'rnini topib hikoya qahramonlarining ruhiy holatini tasvirlashda alohida poetik uslub yaratgan Salomat Vafo, Xurshid Do'stmuhammad, Zulfiya Qurolboy, Dilfuza Qo'ziyeva, Jamila Ergashevalar ta'kidlab o'tish joizdir. O'zbek hikoyalarida odamlar ruhiyatini ko'rsatish haqida adabiyotshunos Munavvar Abdurahmonova shunday yozgan: ''Shaxsning psixik qiyofasi, shaxsda sodir bo'ladigan turli psixologik holatlar ma'lum darajada barqaror bo'lib, ularning xarakter xususiyatlarining shakllanishidagi roli nihoyatda ahamiyatlidir. Negaki, davr o'zgarishlari bilan barobar inson ongi va tushunchasi ham o'zgarib borishi mumkinu lekin psixologiyasidagi o'zgarishlar nisbatan sekinlik bilan ro'y beradi''[11:1]. Psixologik jarayonlar zamondagi voqelar hikoyada qahramonlar ruhiyati, ichki monologlar orqali ham namoyon bo'ladi. Har bir o'zbek hikoyachiligining o'ziga xos barcha davrlarda ham qahramonlar ichki kechinmalarining guvohi bo'lganmiz. Bugun insonlar adabiyot olamida hikoyalarda bir epizod voqealarida ruhiy kechinmalarining rang-barang qirralari ochilib bormoqda.

mahorati.Filol.fan.nomzod.diss.-T, 1977.

2. Alimuhammedov A.Abdulla Qahhor hikoyalarida psixologik tasvir//Sharq yulduzi-Toshkent, 1947, 2-3son

3. Dostmuhamedov X.Hozirgi o'zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi.Filol.fan. nom.diss.Toshkent, 2000.

4. Ergasheva J.Tamasiz adiba//Ayol jodusi(Qissa va hikoyalar to'plami)-Toshkent: Adabiyot jamg'armasi, 2004.

REFERENCES

1. Abdurahmonova M.Abdulla Qodiriyning psixologik tasvir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

5. Eshonqulov N.Ijod qudrat, go'zallik ,ilohiyotga daxldorlik.Milliy tiklanish-Toshkent, 1998.

6. Eshonqulov J.Ruhiy tahlil metodi xususida// O'zbek tili va adabiyoti- Toshkent, 1997- 2-son.

7. Kenjayeva P.Hozirgi o'zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari:Filol.fan.nom.diss.Toshkent:2008.

8. Otaxonov O."Borsa kelmas"dagi xazina//Sharq yulduzi, 1987-4-son.

9. Sulton I.Aziz ostona so'z//O'zbekiston adabiyoti va san'ati-1990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.