Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODIDA DETALNING BADIIY - FUNKSIONAL O‘RNI'

SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODIDA DETALNING BADIIY - FUNKSIONAL O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
805
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
HIKOYA / DETAL / PEYZAJ / PORTRET / INTERYER / “NOTANISH ODAM” / “CHO’LDAN KO’TARILGAN BULUT” / “KO‘NGIL” / “TANHOLIK” / “KUZDA BAHOR HAVOSI” “O‘ZBEK BOBO” HIKOYALARI

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Murodov G., Shukurova B.

Detal badiiy tasvirdagi muayyan bir kichik bo‘lak (uzv) bo‘lib, uning badiiy asar qurilmasini yuzaga keltirishda o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhim. Maqolada badiiy ifodaning ob’ektivligini nazarda tutgan holda, asosan, Shukur Xolmirzayev hikoyalarida detalning badiiy-funktsional o‘rni tahlil qilingan, yozuvchining o‘ziga xos uslubi, ifoda yo‘sini xususida fikr yuritilgan. Yozuvchi ijodiningo‘ziga xosligi ayni paytda ijodiy jarayonning o‘ziga xosligini belgilaydi. Ijodiy jarayon har bir yozuvchida o‘ziga xos tarzda kechadi. Shunday ijodkorlar borki, ifoda yo‘sinining betakrorligi, badiiy tasvir uslubining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Adabiyotshunoslik, xususan, uning tarkibiga kiruvchi adabiy tanqid o‘zbek hikoyachiligi taraqqiyotida ikki ijodkor - Abdulla Qahhor va Shukur Xolmirzayevning xizmatlarini alohida ta’kidlab ko‘rsatib keladi. Aslida mazkur yozuvchilar nafaqat hikoya, shuningdek, qissa, roman, drama janrlarida ham samarali ijod qilishgan. Shunga qaramay, bu qalam sohiblari aynan kichik epik janr deb hisoblanadigan badiiy shakl rivojining o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini va mavqeini yuksaltirish bo‘yicha e’tiborga molik ishlarni amalga oshirganlar. Shukur Xolmirzayevning ifodalash tarzi va ifoda yo‘sini Abdulla Qahhorga

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ARTISTIC AND FUNCTIONAL ROLE OF DETAILS IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S CREATION

Detail is a specific part of an artistic image, and its role and importance in the creation of the device of a work of art is extremely important. Given the objectivity of artistic expression, the article analyzes the artistic and functional role of detail in the stories of Shukur Kholmirzaev, the author's unique style and way of expression. The uniqueness of a writer’s work also determines the uniqueness of the creative process. The creative process is unique to each writer. There are artists who have a unique way of expression, a unique style of art. Literary criticism, in particular, its literary criticism, emphasizes the contribution of two writers - Abdulla Qahhor and Shukur Kholmirzaev - in the development of Uzbek storytelling. In fact, these writers have been effective not only in the genres of story, but also in the genres of short stories, novels, and dramas. Nevertheless, the owners of this pen have done a remarkable job in enhancing the place and status of the development of the art form, which is considered a small epic genre, in Uzbek literature. Shukur Kholmirzaev's style of expression is similar to that of Abdullah Qahhor. He speaks little in his stories. Basically, he gives the heroes their word and uses the details appropriately.

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODIDA DETALNING BADIIY - FUNKSIONAL O‘RNI»

Murodov G. filologiya fanlari doktori Buxoro davlat universiteti Shukurova B. tadqiqotchi

Termiz muhandislik-texnologiya instituti

SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODIDA DETALNING BADIIY -

FUNKSIONAL O'RNI

Annotatsiya: Detal badiiy tasvirdagi muayyan bir kichik bo'lak (uzv) bo'lib, uning badiiy asar qurilmasini yuzaga keltirishda o'rni va ahamiyati nihoyatda muhim. Maqolada badiiy ifodaning ob 'ektivligini nazarda tutgan holda, asosan, Shukur Xolmirzayev hikoyalarida detalning badiiy-funktsional o 'rni tahlil qilingan, yozuvchining o 'ziga xos uslubi, ifoda yo 'sini xususida fikr yuritilgan. Yozuvchi ijodiningo'ziga xosligi ayni paytda ijodiy jarayonning o'ziga xosligini belgilaydi. Ijodiy jarayon har bir yozuvchida o'ziga xos tarzda kechadi. Shunday ijodkorlar borki, ifoda yo 'sinining betakrorligi, badiiy tasvir uslubining o 'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Adabiyotshunoslik, xususan, uning tarkibiga kiruvchi adabiy tanqid o 'zbek hikoyachiligi taraqqiyotida ikki ijodkor - Abdulla Qahhor va Shukur Xolmirzayevning xizmatlarini alohida ta 'kidlab ko 'rsatib keladi. Aslida mazkur yozuvchilar nafaqat hikoya, shuningdek, qissa, roman, drama janrlarida ham samarali ijod qilishgan. Shunga qaramay, bu qalam sohiblari aynan kichik epik janr deb hisoblanadigan badiiy shakl rivojining o'zbek adabiyotidagi o'rnini va mavqeini yuksaltirish bo'yicha e'tiborga molik ishlarni amalga oshirganlar. Shukur Xolmirzayevning ifodalash tarzi va ifoda yo 'sini Abdulla Qahhorga

o 'xshab ketadi. U hikoyalarida kam gapiradi. Asosan, qahramonlarning o 'ziga so 'z beradi, detallardan o 'rinli foydalanadi.

Kalit so 'zlar: Hikoya, detal, peyzaj, portret, interyer, "Notanish odam ", "Cho'ldan ko'tarilgan bulut", "Ko'ngil", "Tanholik", "Kuzda bahor havosi" "O 'zbek bobo " hikoyalari.

Murodov G., doctor of philological sciences Bukhara State University Shukurova B. researcher

Termez engineering-technology institute

THE ARTISTIC AND FUNCTIONAL ROLE OF DETAILS IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S CREATION

Annotation: Detail is a specific part of an artistic image, and its role and importance in the creation of the device of a work of art is extremely important. Given the objectivity of artistic expression, the article analyzes the artistic and functional role of detail in the stories of Shukur Kholmirzaev, the author's unique style and way of expression. The uniqueness of a writer's work also determines the uniqueness of the creative process. The creative process is unique to each writer. There are artists who have a unique way of expression, a unique style of art. Literary criticism, in particular, its literary criticism, emphasizes the contribution of two writers - Abdulla Qahhor and Shukur Kholmirzaev - in the development of Uzbek storytelling. In fact, these writers have been effective not only in the genres of story, but also in the genres of short stories, novels, and dramas. Nevertheless, the owners of this pen have done a remarkable job in enhancing the place and status of the development of the art form, which is considered a small epic genre, in Uzbek literature. Shukur Kholmirzaev's style of expression is similar to that of Abdullah Qahhor. He speaks little in his stories. Basically, he gives the heroes their word and uses the details appropriately.

Keywords: Story, detail, landscape, portrait, interior, "Stranger", "Cloud rising from the desert", "Soul", "Loneliness", "Spring air in autumn" "Uzbek bobo "Stories.

Yozuvchi ijodining o'ziga xosligi ayni paytda ijodiy jarayonning o'ziga xosligini belgilaydi. Ijodiy jarayon har bir yozuvchida o'ziga xos tarzda kechadi. Shunday ijodkorlar borki, ifoda yo'sinining betakrorligi, badiiy tasvir uslubining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Adabiyotshunoslik, xususan, uning tarkibiga kiruvchi adabiy tanqid o'zbek hikoyachiligi taraqqiyotida ikki ijodkor -Abdulla Qahhor va Shukur Xolmirzayevning xizmatlarini alohida ta'kidlab ko'rsatib keladi. Aslida mazkur yozuvchilar nafaqat hikoya, shuningdek, qissa, roman, drama janrlarida ham samarali ijod qilishgan. Shunga qaramay, bu qalam sohiblari aynan kichik epik janr deb hisoblanadigan badiiy shakl rivojining o'zbek adabiyotidagi o'rnini va mavqeini yuksaltirish bo'yicha e'tiborga molik ishlarni amalga oshirganlar. Shukur Xolmirzayevning ifodalash tarzi va ifoda yo'sini Abdulla Qahhorga o'xshab ketadi. U hikoyalarida kam gapiradi. Asosan, qahramonlarning o'ziga so'z beradi, detallardan o'rinli foydalanadi.

Yigirmanchi asrning oltmishinchi yillari boshidan milliy nasr maydoniga kirib kelgan iste'dodli yozuvchi Shukur Xolmirzayev o'ziga xos uslubi, hayot haqiqatini ob'ektiv va teran badiiy ifoda etishga moyilligi o'ziga tengdosh adiblardan ajralib turardi. U ellik yillik ijodiy faoliyatida qissa, roman, drama, esse janrlarida samarali ijod qildi. Shunga qaramay, u o'zini birinchi navbatda hikoyanavis deb bilar edi. Umr bo'yi mana shu badiiy shaklga sodiq qoldi. O'zbek hikoyachiligini jahon adabiyoti durdonalari darjasiga olib chiqish uchun juda ko'p izlandi, kichik epik shakl imkoniyatlarini yanada kengaytirish borasida muntazam ish olib bordi.

Shukur Xolmirzayev dastlabki ijodiy mahsullari bilan kitobxonlar, xususan, taniqli adabiyotshunoslar nazariga tushgan edi. Uning dastlabki qissasi - "To'lqinlar"ni "Sharq yulduzi" jumalida o'qigan atoqli so'z san'atkoгi Abdulla Qahhor yosh qalamkashning nodiг iste'dodini birinchi bo'lib payqagan, unga: "Ijodiy ishlaringiz baгoгidan kelsin", - deb xat yozgan edi.

Bu adib ijodiy-badiiy uslubini o'sha vaqtlardayoq taniqli yozuvchi Odil Yoqubov shunday tavsiflagan: "Shukur Xolmirzayev tasvimi juda quyuq detallashtiradi, o'zi go'yo aгalashmaydi. Xuddi rassomdek go'yo so'z bilan emas, bo'yoqlar bilan ish ko'гadi... Siz o'qimaysiz, go'yo kartina tomosha qilasiz" Mazkur bahoda yosh ijodkoг uslubining quyidagi ikki asosiy alomati ko'rsatilgan:

1.Badiiy ijod namunasida detallardan ko'p va o'rinli foydalanish.

2.Tasvir ob'ektivligi. Biz ushbu maqolada badiiy ifodaning ob'ektivligini nazarda tutgan holda, asosan, adib hikoyalarida detalning o'mi xususida fikr yuritmoqchimiz.

Detal badiiy tasvirdagi muayyan biг kichik bo'lak (uzv) bo'lib, uning badiiy asaг qurilmasini yuzaga keltiгishda o'mi va ahamiyati nihoyatda muhim.Shukuг Xolmiгzayev hikoyalaгini o'rganganimizda, chindan ham ustoz yozuvchi Odil Yoqubov ko'rsatgan xususiyat uning ijodida muhim o'rin tutganligiga ishonch hosil qilamiz. Mazkur fikrni dalillash maqsadida uning 1960- yilda yozilgan "Notanish odam" hikoyasiga muгojaat qilamiz. Hikoya yosh bir yigit, havaskor ovchi tilidan bayon qilingan. Bu asarda bir qancha detallar borki, ular asarning yetakchi badiiy konsepsiyasini yuzaga chiqarish ishiga xizmat qilgan. Bulaban ayгimlaгini ko'гib o'tamiz:

"Jaгga yaqinlashishim bilan shuvoq isi aгalash tutun dimog'imga urildi" 8 Ushbu asaгda ifodalangan asosiy fikr kamaг (tog' yonbag'ridagi kichik g'oгga o'xshash joy) ichida yoqilgan gulxan bilan bog'liq. Shu sababli hikoyadagi boshqa detallar ham mana birinchi tasvirga bog'lanib asardagi ustuvor nuqtai nazarni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Shuvoq bilan bog'liq detalga kitobxon asar davomida yana duch keladi: "Nam shuvoq hidi anqiydi" Bu endi kamar ichidagi tasvirga aloqador detal. Bu tasviriy uzvlarni muallif izohlamagan. U Odil Yoqubov qayd etganidek, tasvirni detallashtiradi-yu, voqeaga aralashmaydi, ya'ni uni izohlamaydi. Yuqoгida ko'гib o'tilgan shuvoq bilan bog'liq ikki detal (kamarda shuvoqning borligi va undan gulxan yoqilgani) bulut va yomg'iгga aloqador detallar bilan birlashib struktur-semiotik nuqtai nazardan qaralganda yagona paradigmani yuzaga keltiradi:shuvoq isi aralash tutun - nam shuvoq hidi - cho'ldan ko'tarilgan bulut -kamar o'гtasidagi gulxan - yomg'ir quyishi - notanish odamning soy yoqasida shox-shabba terishi.

"Cho'ldan ko'tarilgan bulut" roviy nutqida berilmagan. U asardagi dialogda hikoya personajlaridan biri (noma'lum odam) tomonidan aytiladi. Bu hikoya matnidagi eng muhim detal bo'lib, u nafaqat asardagi boshqa detallar,

8 Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013. - 12-bet.

shuningdek, syujet strukturasi, ustuvor badiiy konsepsiya bilan chambarchas bog'liq.

Asaming asosiy personaji, nomi ma'lum etilmagan qahramon (notanish odam)ning aytishicha, cho'ldan ko'tarilgan bulut "to'kkan yomg'ir ancha-muncha mahalda tinmaydi. Agar bulut tog'dan pastlagan bo'lsa, uning yo'rig'i boshqa edi".9 Hikoyada roviy vazifasini ham bajaruvchi personaj hayotda hali yetarli tajгibaga ega emas. Shu boisdan u cho'l taгafdan kelayotgan bulutni ko'rsa-da, unga ahamiyat beгmagan, oqibatda yomg'ir ostida qolib ust-boshi shalabbo bo'ladi. Kamaгdagi suhbatdoshi unga aytganidek: "Shuni ko'ra-bilganingizda, ilgaгiгoq o'zingizni panaga toгtaгdingiz, bunday qunishib o'tirmasdingiz" 10 Bu mulohazalar kamaгdagi "qirg'iz bashara, lekin qosЫari quyuq, qirq yoshlaTdan oshgan baquvvat kishi"11 ning kuzatuvchan, tuyg'un, xalq donoligini o'z shaxsiyatida jamlagan dono inson ekanligidan dalolat berib turadi. Ammo bu kichik hajmli asar mazkur personajning amaliy bilimining balandligini ko'rsatish uchungina yozilmagan. Hikoyada yozuvchining yetakchi niyatini yuzaga chiqarishda "notanish odamning soy yoqasida shox-shabba terishi" bilan bog'liq detal muhim ahamiyatga ega. Ushbu adabiy uzvning badiiy matn tarkibiga kiritilishi insonparvarlik asosiga ega milliy urf-odat bilan bog'liq.

Shukur Xolmirzayev biг qancha asaгlaгi, jumladan, "Qil ko'pгik" romanida mana shu ibratli odat haqida personajlar nutqi yohud xotirasi orqali ma'lumot bergan. Ularda aytilishicha, mana shunaqa kamaг yoki o'rmon ichidagi kulbalaгda hamisha o'tin, tuz, gugurt kabi eng zarur narsalar ehtiyotlab saqlab qo'yilgan. Shu joylarga kelib dam olgan yoki tunab qolgan yo'lovchilar ushbu zaxiradan foydalanganlaг va va ularning o'mini to'ldiгib qo'yganlaг. Bunday qadimiy udum yozuvchiga juda kuchli ta'siг qilgan. Chunki u bu kabi an'anada buyuk insoniylik alomatlarini ko'гgan.

Asar qahramoni (гoviy) noma'lum odamning shiddatli yomg'ir yog'ayotgan paytda kamaгdagi gulxan yonida o'tirishdan oldin soy yoqasiga suv allaqaylardan olib kelgan shox-shabbalarni yugurib-elib teгishini ko'гadi. U bu odamning betgachoparligi (yigitning jala ostida qolishi ilmsizligidan ekanligini daгhol aytgani) uchun yoqtiгmay qolgan edi. Shu sababga ko'ra u "...pishiq odam. Bu o'tinlami uyiga olib ketadi. Eshagiyam tayyor", - degan xayolga boradi. Ammo ko'p o'tmay uning odamoxunligi (gulxan yoniga o'tiгib yomg'ir yog'ishini tomosha qilishni taklif qilishi), mehmondo'stligi ( xurjindan olgan yog'liq patir va quгutni biгgalikda baham ko'гishi) tufayli bu odam haqidagi fikri o'zgaradi.

Badiiy adabiyotda detallar quyidagi tasvirlarga daxldor bo'lishi mumkin:

9 Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013. - 13-bet.

10 Shu asar, 13-bet

11 Shu asar, 13-bet

a) peyzaj. Sh.Xolmirzayevning nafaqat hikoyalari, balki butun ijodida tabiat tasviri (peyzaj) muhim o'ringa ega. Shu boisdan ham uning ixcham epik asarlaridagi tabiat manzaralari tarkibida ko'plab detallarni uchratish mumkin: "Bu yerda tuman bor edi. Shuning uchun qor siyrak va yumshoq yog'ardi" ("Ko'ngil" hikoyasi). "O'rtoq direktor xiyobondan sap-sariq barglarni qisir-qisir bosib hafsala bilan yurib keladilar" ("Bir ko'rgan tanish" hikoyasi). Birinchi parchadagi tasvirda detal qishga xos bo'lgan bir alomat (tuman tufayli qorning siyrak va yumshoq yog'ishi)ni kitobxon ko'z o'ngida aniq ta'sirli namoyon etgan bo'lsa. ikkinchi tasvirdagi detal (xiyobondagi sap-sariq barglar) voqeaning kuz faslida ro'y berganini obrazli tarzda ifoda etmoqda.

b) portret: bunga misol biz dastavval tahlil etgan "Notanish odam" hikoyasida bor: qirg'iz bashara, lekin qoshlari quyuk kishi" - inson badiiy suvrati tasviridagi kontrast asosida qurilgan detal personajning o'ziga xos qiyofasini gavdalantirish ishiga xizmat qilgan.

v) interyer - adabiyotshunoslikda ekspozitsiya deb ataladigan tasvir vositasiga taalluqlidir. Ekspozitsiyada biror-bir joy (xona, uy, hovli, ko'cha, maydon) badiiy ifoda etilsa, intyerer - yopiq binoning ichki tasviri. U " tor ma'noda binoning ichki hududi bo'lib, o'z ichiga shu hududga oid narsa-jihozlarni ham oladi"12 Bunday tasvirning hikoya, qissa, roman kabi epik janrlarda o'ziga xos o'rni bor.

Shukur Xolmirzayev ijodiga xos xususiyatlardan biri shundaki, u ichki tasvirdan ko'ra tashqi tasvir, ayniqsa, peyzajga asosiy e'tibor beradi. Shunga qaramasdan, uning asarlari, shu jumladan, hikoyalarida interyerga oid tasvirlar mavjud. Chunki inson (badiiy adabiyotda qahramon, personaj) qanchalik dashtu dalalar, tog'u toshlarda kezmasin, albatta uyiga, ishxonasiga qaytadi. Shunday ekan, har bir yozuvchining epik ijodida boshqa tasvir usullari qatorida interyerning ham u yoki bu darajada ahamiyati bor.

Adib ijodida dastlabki asarlaridan biri - "Notanish odam"da kamar tasviri bor. Ammo uning ichki tasviri va tavsifiga o'rin ajratilmagan. Buning sababi shundaki, ijodkor badiiy konsepsiyasida kamar ichining tasviri nazarda tutilmagan. Mazkur yaratmadan bir yil keyin - 1961 yida yaratilgan "Ko'ngil"da esa interyerga oid ayrim chizgilar mavjud: hikoya qahramoni (u roviy vazifasini ham bajargan)ning Narzulla degan o'rtog'i yashaydigan uy tasvirida pechka, ko'rpacha, pech yonidagi po'stak badiiy ifodada o'zaro birlashib, yozuvchi ijodiy niyatini anglashda muhim o'rin tutadigan detal (interyer)ni yuzaga keltirgan. Bu tasvirda interyerga daxldor har bir buyumning badiiy-funktsional o'rni mavjud. Narzullaning onasi yakka-yu yolg'iz farzandining o'rtog'iga ko'rpacha to'shashi o'zbek ayollariga xos jonkuyarlik, e'tibor-hurmat, mehmondo'stlik kabi qadimiy va ibratli xislatlarni ko'rsatyapti.Onaning pechga ko'mir solishi birinchidan voqeaning qish fasliga tegishli ekanligini ko'rsatsa, ikkinchidan Narzulla va uning ovchi do'stining tog'da nihoyatda sovqotib

12 https://ru.wikipedia.org/

qaytganliklarini ham bildiradi. Bu fikrni tasvirning aynan shu o'rnida qayd etilgan, interberga aloqasi bo'lmagan boshqa bir d'etal ham tasdiqlaydi: "Men pech yoniga - po'stakka o'tirib muzlab tarashaday bo'lib qolgan shimim pochalarini o'tga toblay boshladim".13 "Muzlab tarashaday bo'lib qolgan shim" portretga daxldor detal bo'lib, u qahraton qish pallasida tog'ga yoqqan qalin qorni bosib ov qilgan qahramon suvratini aniqlashtirish maqsadida qo'llanilgan. Xona interyeriga oid navbatdagi ashyo - po'stak bo'lib, u milliy-maishiy hayot tarzining o'ziga xosligini ko'rsatish maqsadida badiiy tasvir doirasiga olib kirilgan. Biror-bir hayvon (ko'pincha qo'y) terisini oshlab tayyorlanadigan po'stak odatda yurtimizning ovchilik, chorvachilik bilan bog'liq hududlarida ko'rpacha vazifasini bajargan.

Yozuvchi ijodiy-badiiy faoliyatining keyingi bosqichlarida ham interyer tasviriga nisbatan kam murojaat etgan. Bu adabiy vosita tasvir uchun zarur bo'lgan hollarda esa imkon darajasida interyerning muxtasar - ayrim chizgilar bilangina ko'rsatish tajribasini qo'llagan. Biroq uning ayrim ijod namunalarida interyer tasviriga odatdagidan ko'proq e'tibor berilgani, uy ichidagi jihozlar mukammalroq ko'rsatilganini ko'rish mumkin. Buning boisi oldin aytib o'tilganidek, qalam sohibining ijodiy maqsadi, asarning falsafiy konsepsiyasi, shuningdek, ma'lum bir darajada asar hajmi bilan bog'liq.

Milliy mustaqillik davrida adib hikoya janrini struktur-kompozitsion jihatdan yangilash, uning asosiy janriy xususiyatlarini saqlab qolgan holda tasvir maydonini imkon darajasida kengaytirish bo'yicha dadil tajribalar qila boshladi.

An'anaviy adabiyotshunoslikda hikoyaga baho, ta'rif berilganda, birinchi navbatda uning kichik hajmga ega ekanligi ko'rsatiladi. Shunga ko'ra hikoya "kichik epik yoki nasriy asar" deyiladi. Shu bilan birga, mavjud darslik, lug'at va tadqiqotlarda roman, qissa, hikoya janrlarini belgilashda uning hajmi asosiy mezon bo'lmasligi ham aytilgan. Chunki adabiy-badiiy ijod tarixida hajmi odatdagi me'yordan oshib ketgan hikoyalar, romandan kattaroq qissalar yaratilgan. Lekin kengroq miqyosda olib qaraganda, odatda nasr janrlarida muayyan hajm me'yorlariga amal qilingan.

Adibning ko'p tomlik "Saylanma"sini nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Sayyora Xolmirzayeva (ijodkorning qizi) mazkur nashrning uchinchi jildiga kiritilgan ekspremental hikoyalar haqida shunday yozgan edi: "bu to'plamdan joy olgan hikoyalarning deyarli uchdan bir qismi hajm jihatidan ham, badiiy niyatning ko'lami jihatidan qissa darajasidadirki,...ularning "hikoya" deb atalishi yozuvchining kamtarligidanmi yoki hikoya janriga qo'ygan talabidanmi, balki yozuvchining qamrovi kengayib kattaroq ko'lam kasb etayotganidandir, har holda bu holni

13 Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013. - 16-bet.

tadqiq etish mutaxassis olimlarning vazifasiga kiradi" 14 Yuqorida keltirilgan iqtibosda tadqiqotchi uchta farazni ilgari surgan: yozuvchining kamtarligi; hikoya janriga qo'ygan talabi; yozuvchining qamrovi kengayishi. Ushbu nuqtai nazarlarning har biri oz yoki ko'p darajada haqiqatni aks ettiradi. Bu o'rinda asosiy sabab sifatida shuni ayta olamizki, adib umrining so'nggi bosqichlarida yozgan bir qator hikoyalarida "yozuvchining qamrovi kengayib kattaroq ko'lam kasb etayotgani" uning ushbu janr imkoniyatlarini kengaytirish istagi bilan bog'liq.

Yuqorida qayd etilgan jildga kiritilgan asarlar ichida "Tanholik", "Kuzda bahor havosi", xususan, "O'zbek bobo" hikoyalari ana shunday turkumdagi epik yaratmalar sirasiga mansub. Tabiiyki, janr hajmining kengayishi, muayyan tasvir vosita va usullarining birmuncha ko'payishiga olib keladi. Bunday badiiy -poetik alomatni 192 sahifadan tashkil topgan "O'zbek bobo" hikoyasining muqaddimasidayoq ko'rishimiz mumkin. Bu lavhada qarovsiz qolgan bog'dagi peshayvon interyeri tasvirlangan:

"Peshayvon supasining lablari allaqachon yemirilib-uvalanib tushgan. Bo'g'otlardagi chumchuq inlaridan xas-xashak osilib yotar, tarnovlar ko'rinmasdi. Ayvon supasi ham zaxlab ketib, unda maysalar ko'kargan. O'ng burchakka suyab qo'yilgan bir o'ram bo'yra allanechuk qorayib ketgan v a uning pastida uyum-uyum ho'l tuproq ko'zga tashlanadiki, bu uyumlar sichqonlarning ishi".15 Yozuvchining 60-80 yillarda yaratilgan hikoyalaridagi detallar, shu jumladan, interyer tasvirlarini yuqoridagi tasvir bilan muqoyasa qilinganda, adabiy-badiiy faoliyatining keyingi bosqichida ijodkor interyer tasvirida batafsillikka intilishi ko'rinyapti. Bu esa ma'lum bir darajada hikoya badiiy sathining kengayishi bilan bog'liq.

g) badiiy asarda tasvir etilgan ishtirokchilar, shu jumladan, jonivorlarga aloqador bo'lgan harakat. Detalning bunday xiliga ham "O'zbek bobo" hikoyasidan misol topish mumkin:

"O'ng qo'lda uzun tushgan og'ilxona yonidan - tosh to'shalgan yo'lkadan borisharkan, sigirning "fashsh" etib nafas olganini qulog'i ildi-yu, shundoq qayrilib, qo'lbola eshikchani ochdi. Dimog'iga tanish mol, tezak hidi urilishi barobarida ustunga bog'liq ola sigirning boshini burgani, ko'zlari yaltiragani va hatto tumshuqlari tuproq - chang bo'lganini ham ko'rdi"16. Mazkur parchada personaj va sigir harakatlariga bog'liq to'rtta detal badiiy ifoda topgan: 1) sigirning "fashsh" etib nafas olgani; 2) qayrilib, qo'lbola eshikchani ochdi; 3) dimog'iga tanish mol, tezak hidi urilishi; 4) ola sigirning boshini burgani, ko'zlari yaltiragani va hatto tumshuqlari tuproq - chang bo'lgani. Badiiy

14 Xolmirzayeva S. So'ng so'z./ Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 3-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013. - 506-bet.

15 Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 3-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013. - 206-bet.

16 Sh. Xolmirzaev. Saylanma. 3-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013. - 226-bet.

detallarning bunday zanjirsimon majmuasi tasvirning haqqoniyligini kuchaytirib, matn badiiy konsepsiyasini yanada yorkin ifodalanishiga yordam bergan.

Shukur Xolmirzayev ijodi, jumladan, hikoyachiligida detal, tahlilar jarayonida ko'rib o'tganimizdek, yozuvchi ijodiy kredosi hisoblangan tasvir ob'ektivligini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etgan. Umuman, adib o'zbek hikoyachilik sanatini yangi, yuqori bosqichga ko4argan yozuvchilardan biridir. Yangi betakror obrazlar yaratishga intilish, asarning kompozitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar topish, milliy ruh yozuvchi ijodining o'ziga xos jihatlaridir

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013.

2.Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 3-jild. - Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2013.

3. B. Shukurova "Shukur Xolmirzayev hikoyalarida xarakterlar talqini" "Таълимда филологияни ривожлантиришнинг глобал масалалари" мавзусидаги халкаро илмий-амалий анжумани материаллари (Жиззах, 2021 йил 3 май, Узбекистан). - Жиззах. 2021. - 522 б.

3 .https : //ru.wikipedia.org.

4. Xolmirzaev Sh. Bodom qishda gulladi. Toshkent. G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1986.

5. Xolmirzaev Sh. Tog'larga qor tushdi. -T. 1987.

6. Xolmirzaev Sh. O'n sakkizga kirmagan kim bor. T. Yozuvchi. 1999.

7. Xalmirzaev Sh. Nad propastyu. Roman. (per. s uzb.) -T. Izd. Lit. I iskusstvo. 1989.

8. G'. Murodov,B. Shukurova Badiiy adabiyotning tasvir ob"ekti, ma"rifiy va estetik ahamiyati. Models and methods for increasing the efficiency of innovativ research: a collection scientific works of the International scientific conference (11December, 2021) - Copenhagen:2021

8. Mirvaliev S. O'zbek adiblari. -T.: „Yozuvchi", 2000.

9. Karimov N. va b. q. XX asr o'zbek adabiyoti tarixi. -T.: „O'qituvchi", 1999.

10. Q. Yo'ldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „O'qituvchi", 2000.

II. www.literature.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.