Научная статья на тему 'YANGI DAVR HIKOYACHILIGIDA INSON OBRAZINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

YANGI DAVR HIKOYACHILIGIDA INSON OBRAZINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1967
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / novella / milliy xarakter / Nazar Eshonqul “Maymun yetaklagan odam” / Sh.Xolmirzayev “Qish hangomasi” / “Qushlar qishlovdan qaytdi” / “Olam tortilish qonuni” / “Og‘ir tosh ko‘chsa” hikoyalari. / work of Art / novella / national character / look Eshonkul “the man who led the monkey” / Sh.The stories of Kholmirzayev “Winter hangover” / “Birds returned from wintering” / “The law of gravitation of the universe” / “Heavy stone migration”.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — B. Shukurova

Maqolada, avvalo, istiqlol davri ,yangi davr nasriga xos bo‘lgan xususiyatlar, undagi shakliy va mazmuniy yangiliklar, hikoya janridagi o‘zgarishlar atroflicha yoritildi. Yangi davr hikoyanavisligida Nazar Eshonqul va Shukur Xolmirzayev hikoyalarining o‘ziga xos bo’lgan jihatlari, betakror holatlar tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF THE IMAGE OF A PERSON IN THE STORYTELLING OF A NEW ERA

First of all, the article covered in detail the features inherent in the prose of the period of independence, the new era ,the formal and content news in it, the changes in the genre of the story. In the story of the new era, unique aspects of the stories of Nazar Eshonkul and Shukur Kholmirzayev were analyzed.

Текст научной работы на тему «YANGI DAVR HIKOYACHILIGIDA INSON OBRAZINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YANGI DAVR HIKOYACHILIGIDA INSON OBRAZINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI Shukurova Bahor Boltayevna

Termiz muhandislik- texnologiy instituti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7217517

Annotatsiya. Maqolada, avvalo, istiqlol davri ,yangi davr nasriga xos bo'lgan xususiyatlar, undagi shakliy va mazmuniy yangiliklar, hikoya janridagi o 'zgarishlar atroflicha yoritildi. Yangi davr hikoyanavisligida Nazar Eshonqul va Shukur Xolmirzayev hikoyalarining o'ziga xos bo'lgan jihatlari, betakror holatlar tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: badiiy asar, novella, milliy xarakter, Nazar Eshonqul "Maymun yetaklagan odam", Sh.Xolmirzayev "Qish hangomasi", "Qushlar qishlovdan qaytdi", "Olam tortilish qonuni", "Og'ir tosh ko'chsa" hikoyalari.

FEATURES OF THE IMAGE OF A PERSON IN THE STORYTELLING OF A NEW

ERA

Abstract. First of all, the article covered in detail the features inherent in the prose of the period of independence, the new era ,the formal and content news in it, the changes in the genre of the story. In the story of the new era, unique aspects of the stories of Nazar Eshonkul and Shukur Kholmirzayev were analyzed.

Keywords: work of Art, novella,national character, look Eshonkul "the man who led the monkey", Sh.The stories of Kholmirzayev "Winter hangover", "Birds returned from wintering", "The law of gravitation of the universe", "Heavy stone migration".

ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗА ЧЕЛОВЕКА В ПОВЕСТКЕ НОВОЙ ЭПОХИ

Аннотация. Прежде всего, в статье подробно освещены особенности, присущие прозе периода независимости, новой эпохи, формальные и содержательные новости в ней, изменения в жанре рассказа. В повести новой эпохи проанализированы уникальные аспекты рассказов Назара Эшонкула и Шукура Холмирзаева.

Ключевые слова: художественное произведение, повесть, народный характер, взгляд Эшонкула «Человек, который вел обезьяну», Ш. Рассказы Холмирзаева «Зимнее похмелье», «Птицы вернулись с зимовки», «Закон всемирного тяготения», «Миграция тяжелых камней».

KIRISH

"Badiiy asar - insoniyat tarixining qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni birinchi galda inson sifatidagi o'y-fikrlari bilan yoritishi lozim". Jumladan, hikoya - o'quvchini qahramonga ruhan yaqinlashtiradigan janr sanaladi. "Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilardan biri shundan iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga kelgan ijodiy erkinlik tufayli, noan'anaviy ko'rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o'ziga xos milliy xarakterlarni adabiyot maydoniga olib kirdi".[1]

Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: "So'nggi yillardagi bizdagi adabiy jarayonga xos eng muhim xususiyatlardan biri shundaki, adabiyotimiz chinakamga xilma xil bo'lib boriyapti... bizda ham falsafiy asosi jihatidan xilma xil yo'nalishga mansub asarlar paydo bo'la boshladi".[2] Darhaqiqat, bu davrda yaratilgan hikoyalarning g'oyaviy yuki, milliy o'ziga xosligi, badiiy saviyasi va mavzular ko'lami o'tgan davrlarga qaraganda bir qadar ortgani yaqqol

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sezilib turadi. Istiqlol davri nasrida shunday hikoya janri namunalari yaratildiki, ularning g'oyaviy yuki, makon-zamon omillari butun boshli bir romanga asos bo'la oladi.

Yangi asrning boshiga kelib hikoya janrida novellaga xos bo'lgan xususiyatlar qaytadan jonlandi. Bugungi kun hikoyalarida kuchli dramatik voqealar ketma-ket kuchayib boraveradi. Ulardagi makon va zamon omillari ham o'zgacha tus olmoqda. Natijada voqealar qisqa vaqt ichida bayon etiladi. Bunday yangiliklarni N.Eshonqul, U.Hamdam, Z.Qurolboy qizi kabi ijodkorlarning hikoyalarida uchratish mumkin.

Jumladan, Nazar Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam" hikoyasi ramzlar orqali murakkab hayotning turfa xil qirralarini o'ziga xos talqin etadi. Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: "Maymun yetaklagan odam" hikoyasi paydo bo'lgan, unda asrda tengdosh umri asrning alg'ov - dalg'ovlari, bema'ni maqsadlar yo'lida o'tgan, adashgan odamning fojeaviy qismati betakror tarzda ifoda etgan"[2]. Asarda rassom chol obrazi orqali umrning asosiy qismini jamiyat taraqqiyoti uchun baxshida etgan shaxslarning fojeaviy qismatini talqin etadi butun hayoti davomida e'tiqod qo'ygan jamiyatning parokandalikka yuz tutishi haqqoniy tasvirlangan. Umrining so'nggi damlarida butun e'tiqodi sarobga aylangan shaxsninig ayanchli qismati asosli talqin etiladi. Rassom chol ma'lum bir davrda maxsus sohalarda xizmat qilgan, ammo davrlar o'tishi bilan besamar o'tgan hayotiga achinish bilan qaraydi. Bu faqat bir shaxs fojeasi emas, ma'lum bir tizimni jamiyatni fojealarni o'zida umumlashtirgan timsoldir. U o'zligini anglashga intilgan bir davrda taqdir uni beshavqat jazolaydi. U chizgan suratlarda ham ijtimoiy muhitning og'ir va ayanchli fojealari mujassamlashgan edi. "Cholning ko'zlari hissiz va ifodasiz, uni ko'rgan odamning yuragi g'ash tortadi, ko'ngli behuzur bo'ladi, kayfiyati buziladi. Yashab turgan uyidan faqat chirkin va shaltoq is aniqydi. Hikoyada ruhiy holatni kuchaytiruvchi timsollar ko'p, ularning hech biri bevaj ishlatilmaydi, balki muallif ko'zda tutgan bosh maqsad -rassom chol fojeasini chuqurroq va bo'rttiribroq ifoda etishga xizmat qiladi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI Asar talaba yigit tilidan bayon etilgan bo'lib, rassom cholning og'ir hayotini ko'z o'ngimizda jonlantiradi: "Eski uslubda qurilgan, tor tabaqali eshikdan ichkariga kirdim: chol katta ayvonda savat kursida o'tirgancha oldidagi suratromga egilib olgandi. Cholning uyi hashamatli, keng, lekin tashlab ketilgan maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlar chirigan, umuman hovlidan chirkin va badbo'y hid kelardi. Chirkin hid daraxtlardan, qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog'ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar uyumidan kelayotgan edi: shaltoq hid asta axlat solinadigan unduqdan kelardi. Hiddan ko'nglim ayniganday bo'lib chol o'tirgan ayvonga yo'l oldim".[1]

Bu tasvirlardan cholning og'ir hayoti bilan bir qatorda, e'tiborsizligi, o'z iztiroblari iskanjasida hayot kechirayotganligi ko'rinadi. Ammo uy ustunlarning chirishi ramziy ma'noda bo'lib, o'sha davr muhiti, yoki jamiyatning o'zgarishi haqidagi turfa xil qarashlarni ilgari surishga imkon beradi. Uning aksariyat rasmlarida qora rang yetakchilik qilar, buning sababini esa anglab yetolmasdi. Rassom chol dunyo san'atidan xabardor, xuddi uzoq yillar ijod bilan shug'ullangandek taassurot uyg'otadi: "Ayvon uzun bo'lib, suratlar chizilgan yillariga qarab ko'rgazmaga qo'yilgandek terib qo'yilgan, to'g'rirog'i, bor-yo'g'i qirqqa yaqin surat va eskizlar "1957", "1937", "1928", "1926" va hakazo tartibda terib qo'yilgan edi".[3] Suratlarni ramziy ma'noda nomlanishni o'zidayoq rassom cholning hayoti, umr lahzalarining ma'lum bir davri mujassamlashgandek taassurot uyg'otadi. Bu asar ham istiqlol arafasida yaratilgan bo'lsa-da, badiiyatimizdagi ilk o'zgarishlarni bu hikoya misolida isbotlash mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Zamonaviy o'zbek hikoyachiligi haqida so'z borar ekan , bu davr Shukur Xolmirzayev ijodida ham alohida sahifa ochganligigining guvohi bo'lamiz. Zero , bu davr o'zbek nasridaga badiiy tafakkurga xos yangilanishlar, yozuvchi ijodida ham o'z aksini topdi. "Istiqlol arafasida va istiqloldan so'ng yurtimizda sodir bo'layotgan voqealar yozuvchini befarq qoldirmadi. adib ularni tahlil qilishgajamiyatning buguni va ertasi haqida o'z o' zini aytishga intildi. Sho'ro tuzumining yemirilishi hamda yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni adib uchun muhim badiiy tadqiq manbaiga aylandi" [4]

Sh. Xolmirzayev realist yozuvchi sifatida hayotni boricha tasvirlaydi, uning mohiyatini anglashga va badiiy aks ettirishga intiladi. Adibning bu davrda yaratilgan ko'plab hikoyalari fikrimizning dalilidir. Jumladan, yozuvchining I984-I996- yillarda yaratilgan hikoyalarida ma'lum bir umumiylik borligini , muallifning insonga, o'zi yashayotgan jamiyatga munosabati o'zgarayotganini ko'ramiz. Ilgari insonni asosan, ma'naviy-axloqiy jihatdan tahlil qilgan bo'lsa, endi barcha muammolarning idizi jamiyatning , tuzumning mohiyatiga ijtimoiy-siyosiy omillarga bog'liqligini ko'rsatishga harakat qiladi.

Yozuvchining "Qish hangomasi", "Qushlar qishlovdan qaytdi", "Hukumat", Arosat", "Navro'z, navro'z" kabi hikoyalarida yangi davrning muhim muammolarini turli avlod vakillari munosabatlari hamda ularning ruhiyatidagi o'zgarishlar asosida ochib berilganligining guvohi bo'lamiz. Jumladan, "Qish hangomasi"(1987-y) hikoyasida turli avlodga mansub kishilarning fikrlari, qarashlaridagi o'zgachalik tasvirlangan bo'lib , yozuvchi aniq bir ijtimoiy muammoni tahlil qilishni emas, balki davr ijtimoiy muammolariga nisbatan kim qanday pozitsiyada turganini ko'rsatishni maqsad qilgan , nazarimizda.

TADQIQOT NATIJASI

Adib hikoya qahramonlarini quyidagicha tavsiflaydi: "Kozim Puxtaev ellikdan oshgan, mayin-ipakdek kishi. U — yozuvchi. Asosan, tarixiy mavzuda qissalar yozar, Qo'ldosh Botir esa jurnalist, bitta mashhur paxtakor sovxozi direktorini baayni «monopoliya» qilib olgan, o'zi oltmishdan oshgan qariya esa-da, hamon dadil edi" О'сар Усмон esa " yosh shoir, endi yigirma oltiga kirgan, dangal va betgachopar yigit edi.". Personajlarning yoshi va mashg'ulotlariga doir ma'lumotlardan kitobxon ularning turli xil avlod vakillari ekanligi haqida tasavvur hosil qiladi va beixtiyor ularni taqqoslay boshlaydi.

Hikoya personajlari Kozim Puxtayev va Qo'ldosh Botir sobiq tuzumga moslashgan -Kozim Puxtayev zamonaviy mavzulardan qochib, asosan tarixiy mavzularda qalam tebratadi, Qo'ldosh Botir esa " mashhur paxtakor sovxozi direktori" haqida yozib, shuning orqasidan obro' va daromad topadi. Ularga yosh va shartaki O'sar Usmon yoqmaydi, chunki u -'kattalarni hurmat qilmaydigan", " jilovi bo'sh qo'yigan" yoshlardan.

Sh. Xolmirzayev hikoyalarini tahlil qilar ekanmiz, yozuvchining detal yaratish mahoratini alohida ta'kidlash joizdir. Adib hikoya boshidayoq qahramonlarning xarakter-xususiyatlarini detallar orqali ko'rsatib beradi. Dam olish uyi zinasida qorni tomosha qilayotgan - Kozim Puxtayevning holati uning qanchalik o'z ishiga ehtiyotkor ilishiva puxtaligini ko'satishga xizmat qiladi. "U pastga tushishi kerak. Lekin tushsa, tuflisi qorga botadi. Shuning uchun kimdir chiqsa, uning izini bosib yurib, bog'ni aylanish, toza havodan istagancha simirishni mo'ljallar edi. [5] Kozim Puxtayev odamlar bilan o'zaro munosabatlarda ham shunday yo'l tutadi, hayotda ham o'zaro suhbatlarda ham fikrini bexavotir, o'tacharoq shaklda ifodalashga harakat qiladi, tashabbus ko'rsatmaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shahobov Kamoliddin " Hozirgi o'zbek nasrida o'tish davrining badiiy talqini" (Sh .Xolmirzayev asarlari misolida) dissertatsiyasida hikoyani quyidagicha talqin etadi : "Hikoya boshdan - oxir parallelizm asosiga qurilgan.Asardagi qor, yo'lak, qorni kurab yo'l ochish, Qo'ldosh Botir chiqayotganda eshikning sassiz ochilishi, O'sar Usmon chiqayotganda esa sharaqlab ochilishi- barchasi o'z ma'nosidan tashqari boshqa shartli ma'no ham ifodalaydi.Ya'ni hikoyadagi detallar qahramonlarning voqea ro'y berayotganpaytdagi holatlari bilan birga ularning umuman turish turmushi, hayotda, ijodda tutgan yo'llarini izohlaydigan vosita vazifasini bajaradi" [5] Hikoya qahramonlarining ismlari ham ramziy ma'nolarni ifodalaydi. Kozim Puxtayev -o'z ishiga g'oyatda puxta, O'sar Usmon esa o'sadigan yigit, Qo'ldosh Botir o'zining nohaqligini bilsa ham bir birini qo'llaydigan, shunga ishonib har qanday vaziyatda botirligini ko'rsatadigan kishilar toifasidan.

Qish kunlaridan birida dam olish uyida sodir bo'lgan voqeadan yozuvchi katta badiiy umumlashma chiqaradi, ya'ni kichkinagina hikoya davomida uch avlod vakillariga xos xarakter chizgilarini berishga urinadi. Qo'ldosh Botir qaysar, nohaqligini bilsa ham o'zinikini ma'qullaydi, O'sar Usmon esa sharttaki , doimiy isyon kayfiyatida yuradi. Kozim Puxtayevning fikrlashi Qo'ldosh Botirdek qotib qolmagan, har ikki tomonga ma'qul ko'rinishga urinadi. "Endi aka, uning gapida ham jon bor...Lekin sizning fikringizga to'liq qo'shilaman"), Suhbat davomida har ikki tomonga og'ib ketaveradi.

"Bular uchovlon favqulodda ushbu dam olish uyiga tushib qolgan, yozuvchi ёзувчи Kozim Puxtayev bilan journalist Qo'ldosh Botir oq'tin- o'qtin tunlari sayrga chiqishar, shoir O'sar Usmon yolg'iz yurishni yaxshi ko'rardi. Tabiiy, ular yo'lakda uchrashib qolishar, shunda bir og'iz- ikki og'iz gap qotib o'tib ketishar, gaplari to'mtoq, har qaysisining gapida o'zi istagan ma'no bo'lardi"[6].

MUHOKAMA

Hikoyada , asosan, ikki katta avlod vakillaridan bo'lgan ijodkorlarning yosh qalamkash O'sar Usmon bilan yengilgina to'qnashuvi sodir bo'ladi, lekin Qo'ldosh Botir bilan Kozim Puxtayevning suhbatidan ularning munosabatidagi xarakterli xususiyatlarni ko'rishimiz mumkin. Xususan, Qo'ldosh Botirning adabiyotga, hayotga munosabati, gap- so'zlari Kozim Puxtayevda aksriyat holatlarda kulgi, istehzo uyg'otadi, uning ijodiga u qadar jiddiy qaramaydi, uning qahramoniga birmuncha istehzo bilan munosabatda bo'ladiki, bu bilan jurnalistning o'ziga bo'lgan munosabatini ham ko'rastishga urinadi. Bu ayniqsa, O'sar Usmonning betgachoparlik bilan hikoya oxirida aytgan iddaolaridan keyin ochiqcha namoyon bo'ladi. Shunda ham bu ikkala ijodkor yengilgin shama bilan cheklanib, bir- birlarining ijodiga bo'lgan munosabatini oshkor qilishadi. "Kozim Puxtaev mayingina kuldi.

— Endi, aka, uning gapidayam jon bor... Lekin sizning fikringizgayam to'la qo'shilaman!

— Sizniyam tushunish qiyin-da, Kozimjon... Juda-a ba'zan og'ib ketasiz...

— Qayoqqa?— Hm... O'tmishga-da, masalan... Siz ham bir vaqtlar zamonaviy mavzuda yozardingiz. Keyin birdan...

— Buyog'ini bizga qo'ying, aka.

— Esa bizning yozish bilan ham..."

Shu tarzda ikkala ijodkor yosh shoir O'sar Usmon ta'siridarost gapni aytishga, samimiy bo'lishga majbur bo'ladilar.Hikoya yakuni esa shartli-ramziy ma'noga ega bo'ib, yo'lakdagi qorni kurab tashlagan O'sar Usmon: "— Yo'l ochiq!...— Yo'l ochish mana bunday bo'ladi... Nima demanglar, bari-bir, katta yo'lni yoshlar ochar ekan"- deydi.Yozuvchi Kozim Puxtayev va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qo'ldosh Botirdagi qisqa mudatli o'zgarishni quyidagicha tasvirlaydi: "Ular beixtiyor adoqqa qarab ketisharkan, to'xtab qolishdi. Bir-biriga qarab jilmayishdi va orqaga qaytishdi.Ular baribir yoshlik... ochgan yo'ldan kelishardi."

Sh. Xolmirzayevning " Hayot abadiy" va "Qariya" hikoyalarida qo'yilgan asosiy masala hayot va o'lim muammosidir.Yozuvchi hikoyalarida hayotning g'olib kelishi va buning sabablari esa insonlar o'rtasidagi ijobiy munosabat, yaxshilikning yomonlik ustidan g'alaba qilishi ko'rsatilgan. Adib "Qariya" hikoyasida bevosita qahramon ichki dunyosiga kiradi va ruhiy tahlil yo'li bilan katta hikmat topadi, ya'ni inson halol yashashi, adolatli va insofli bo'lishi, birovning haqiga xiyonat qilmasligi kerak, degan haqiqatni ko'rsatadi.

Sh. Xolmirzayevning "Olam tortilish qonuni", "Og'ir tosh ko'chsa" hikoyalarida ham inson qadr-qimmati haqida so'z boradi.

"Olam tortilish qonuni" hikoyasi qahramoni Husan akani "mahallada katta-kichik hurmat qilar, zero, uning o'zi ham goho xasdan past, tuproqdan xokisor bo'lib ketardi. Yo'lda kim uchrasa salom berar, lekin o'sha odam alik oladimi, yo'qmi, bu bilan ishi bo'lmas, o'z vazifasini astoydil ado etgandek, yo'liga keta berardi. Oilada ham shunday edi. Olti qizining eng kichkinasi bilan ham sizlashib gaplashar, ammo ular o'zini nechog'lik hurmat qiladi, bu bilan ham ishi bo'lmas edi. U go'yo odamlarni hurmat qilish, lekin ulardan buning evaziga bir nima talab etmaslik uchun tug'ilgandek edi. Bunday odamlarni har qancha maqtasa kamlik qiladi. Biroq u kishining yana bir jihati bor ediki, uni kuzatgan odam ba'zan g'ashlanardi ham. Masalan, o'zidan amalda sal balandroq kishiga yo'liqsa titrab-qaqshab turar, go'yo u odam Husan akaning qismatini shu damdayoq hal etib qo'yadigandek tuyulardi. Lekin undan ham o'ziga biron bir iltifot kutmas edi."

"Dilida orzulari ko'p bo'lgan. Shubhasiz, bu odam kattakon bir rahbar, arbob bo'lishni orzu qilgan... Lekin buning uchun nima qilish kerakligiga aqli yetmagan. Arboblik zinasidan ko'tarilmoq uchun zarur bo'lgan ichki qobiliyat yetishmagan unga. Oqibat, u kishi o'zidan sal amali katta odamlarga sirli bir nimaga qaraganday qaraydigan bo'lgan va bu narsa qon-qoniga singib kelgan. Endi u kishi nuqul o'shandoq odamlar davrasida bo'lishni istar, davrasiga kira olmasa, o'zi ularni biron-bir bahonada chaqi-rib, o'tirishni istar edi". ( "Olam tortilish qonuni")

"Hikoyaning eng hayajonli nuqtasi shundaki, Husan aka o'limi oldida shafqatsiz bir haqiqatni anglab yetadi, umr bo'yi oromini olgan yot tashvishlarni ko'nglidan quvib haydaydi, qarshisida turgan "nozik" mehmonlardan yuz o'giradi, o'zining insonlik qadrini anglab turib olamdan o'tadi... Adibning "Olam tortilish qonuni"hikoyasida yaxshi yechim topa bilgan. Hikoya insonning jismoniy o'limi va ma'naviy uyg'onishi bilan tugaydi, bu yerda yozuvchi fojia bag'rida yetilgan hayotbaxsh bir ruhni topib tasvirlaydi" [6]

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bu davrda yaratilgan hikoyalarning g'oyaviy yuki, milliy o'ziga xosligi, badiiy saviyasi va mavzular ko'lami o'tgan davrlarga qaraganda bir qadar ortgani yaqqol ko'rinadi. Istiqlol davri nasrida shunday hikoya janri namunalari yaratildiki, ularda inson obrazining o'ziga xos xususiyatlari,yangi -yangi qirralari namoyon bo'ldi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Doston Xolmatov "Hikoyalarda davr va qahramon masalasi" maqola. SCIENTIFIC PROGRESS Farg'ona davlat universiteti

2. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. -T., "Ma'naviyat", 2000. -112 bet

3. B. Shukurova "Yangi davr hikoyachiligining o'ziga xos xususiyatlari" "O'zbekistonda ilmiy- amaliy tadqiqotlar" Respublika ilmiy konferensiyasi

4. Shahobov Kamoliddin " Hozirgi o'zbek nasrida o'tish davrining badiiy talqini"( Sh . Xolmirzayev asarlari misolida ) Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ( PhD) Dissertatsiya 36-bet

5. Sh. Xolmirzayev "Qish hangomasi" (63-bet), (66-bet), ( 73-bet)

6. Tavaldiyeva Gulbahor. "Sh. Xolmirzayev hukoyalarida voqelikni badiiy idrok etish prinsiplari FF nomzodlik dissertatsiyasi:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.