Научная статья на тему 'TARJIMALARDA XITOY JAMIYATI VA MAFKURASI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MASALALARNING BERILISHI (“LIAO JAYNING G‘AROYIBOTLAR HAQIDAGI HIKOYALARI” TARJIMA KITOBI MISOLIDA)'

TARJIMALARDA XITOY JAMIYATI VA MAFKURASI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MASALALARNING BERILISHI (“LIAO JAYNING G‘AROYIBOTLAR HAQIDAGI HIKOYALARI” TARJIMA KITOBI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
117
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / mafkura / hikoya / novella / uslub / tarjima / muqobil. / society / ideology / story / short story / style / translation / alternative.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ziyamuhamedov, Jasur

Mazkur maqolada badiiy asarlarni, jumladan novella va hikoyalarni xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda jamiyat va mafkura bilan bog‘liq ba’zi masalalarning berilishi xususida fikr yuritiladi. Xitoy tilidagi mazkur hikoya va novellalarda “jamiyat va mafkura” masalalarinig o‘ziga xos bayon tarzi va uslubi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF CERTAIN ISSUES RELATED TO CHINESE SOCIETY AND ITHOLOGY (FOR THE EXAMPLE OF THE TRANSLATION BOOK "LIAO JAY'S FANTASY STORIES")

This article discusses some issues related to society and ideology when translating literary works, including stories and short stories from Chinese into Uzbek. The unique style of narration and the style of the issues of "society and ideology" in these Chinese stories and novels are analyzed.

Текст научной работы на тему «TARJIMALARDA XITOY JAMIYATI VA MAFKURASI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MASALALARNING BERILISHI (“LIAO JAYNING G‘AROYIBOTLAR HAQIDAGI HIKOYALARI” TARJIMA KITOBI MISOLIDA)»

TARJIMALARDA XITOY JAMIYATI VA MAFKURASI BILAN BOG'LIQ AYRIM MASALALARNING BERILISHI ("LIAO JAYNING G'AROYIBOTLAR HAQIDAGI HIKOYALARI" TARJIMA KITOBI

MISOLIDA)

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7393717

Jasur Ziyamuhamedov,

filologiya fanlari doktori (DSc), TDSHU Xitoyshinoslik fakulteti, Xitoy filologiya kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada badiiy asarlarni, jumladan novella va hikoyalarni xitoy tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda jamiyat va mafkura bilan bog'liq ba'zi masalalarning berilishi xususida fikr yuritiladi. Xitoy tilidagi mazkur hikoya va novellalarda "jamiyat va mafkura" masalalarinig o'ziga xos bayon tarzi va uslubi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: jamiyat, mafkura, hikoya, novella, uslub, tarjima, muqobil.

ANNOTATION

This article discusses some issues related to society and ideology when translating literary works, including stories and short stories from Chinese into Uzbek. The unique style of narration and the style of the issues of "society and ideology" in these Chinese stories and novels are analyzed.

Key words: society, ideology, story, short story, style, translation, alternative.

"Tarjimon-asarni boshqa tilda, ya'ni ona tilida qayta yaratish uchin muallif fikrini ancha pishitadi, o'ziga singdirib oladi, keyin matn xarakteriga qarab muqobil so'z tanlaydi, bu so'zlar ma'nosi, jarangdorligi, shakli, uslubiy muqobilligi, asl nusxadagi fikrni iloji boricha to'laroq ifodalash tashvishida yonadi" 1 O'zbek xitoyshunoslari tomonidan xitoy tilidan o'zbek tiliga ko'plab badiiy asarlar tarjima qilindi va hozirga qadar qilib kelinmoqda. Badiiy asarlarni tarjima qilishda, ayniqsa tarjimondan yuksak bilim va kattagina mahorat talab qilinishi barchamizga malum.

Xitoy adabiyoti juda qiziq, shu bilan birga undagi asarlarni o'qib o'rganish juda mushkul. Xitoy adabiyotining tarixiy ildizlari juda qadim zamonlarga borib

1 G'.Salomov. Tarjima san'ati. Toshkent,1973. 57-bet.

163

taqaladi. Adabiy asarlar chuqur diniy va falsafiy aqidalar bilan chambarchas bog'liq. Aynan shuning uchun xitoy adabiyotini tushunish murakkabroq tuyuladi. Tarima qilishda ham tarjimondan kattagina bilim, mahorat va hayotiy tajriba talab qilinadi. Bu bilimlar xitoy tarixi, adabiyoti, falsafasi, tilshunosligi, geografiyasi va etnografiyasi xos bilimlar bo'lmog'i kerak.

Yuqorida xitoy tilidan o'zbek tiliga tarima qilingan badiiy asarlar ko'pligini aytib o'tgan edik. Biz ular sirasidan novellalar tarjimalari doirasida mazkur masalalarni ochib berishga bejizga qaror qilmadik. Sababi, xitoy adabiyotidagi epik janrlar ichida aynan novellalarda va hikoyalarda xalq mafkurasi, jamiyat tasviri masalalariga o'zgacha bir yondoshuvni sezishimiz mumkin. Chunki bu epik janrlar hajman kichik va ixchamligi bois ham xalq tomonidan zo'r qiziqish bilan qabul qilingan va o'qilgan.

"Tarjimada ayrim olingan har bir holatda qanday so'z yoki jumla joizligini" lug'aviy ekvivalentlik" emas tabiiy muvofiqlik, ya'ni tasvirlanayotgan xarakterning "mijozi"ga ma'no, uslub, ohang, tomondan kontekstual moslik hal qiladi "2, deb aytgan mashhur tarjimashunos G'.Salomov naqadar xaq ekanliklarini e'tirof etmog'imiz kerak.

Odatda novella va hikoyalarining ko'pida inson ismlari va geogarfik joy nomlari beriladi. Hattoki, xitoy adabiyotidagi juda ko'plab ana shunday kichik hamli asarlar geografik joy nomlarini ko'rsatib o'tish bilan boshlanadi. Bu ham bo'lsa xitoy jamiyatini ommaga tanitish va mafkurasini targ'ib etish bilan bog'liq. Masalan, Lyao Jayning №" "To'rtinchi singil Xu" novellasida3 "

À^tfÈ." "Tayshanda tug'ilgan Siutsay Shang yolg'iz hayot kechirardi." Ahmiyat berilsa birgina jumlada geografik joy nomi va o'sha davr jamiyatining asosiy qonuni bo'lgan imtihon tizimi orqali mansab egallashdagi unvonlardan birining nomi berilmoqda. Tarjimondan bunda geografiya va tarixga oid bilimlar talab qilinadi. O'quvchiga yaxshitroq tushunarli bo'lishi uchun tarjimon unvon nomiga izohni alohida iqtibos orqali quyidagicha berishga qaror qilgan: "Davlat imtihonlari orqali amaldorlik lavozimlariga tayinlash tizimi Xitoyda Xan imperatori U Di (mil.avv. 140-87 yillarda hukmronlik qilgan) davrida vujudga kelgan. Tang imperatori Tay Zung (milodning 627-649 yillari taxtda o'tirgan) davriga kelib, bu tizim yanada

2 G'.Salomov. Tarjima nazariyasi asoslari. -T.: O'qituvchi, 1983. 74-bet.

3 Liao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari. Tarjimon Jasur Ziyamuhamedov. Toshkent:"Voris" nashriyoti, 2021. B.7. Maqolada 10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo'yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan "Pu Sungling nasri poetikasi" mavzuidagi dissertatsiyaga ilova sifatida tayyorlangan Jasur Ziyamuhamedovning tarjimja kitobidagi novella tarjimalaridan foydalandik. Kitobga kirgan hikoyalar Pu Sunglingning 2001-yilda Sung Tongxay muharrirligi ostida nashr etilgan "Lyao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari" to'liq asarlar to'plami"dan olingan va mazkur maqola muallifi tomonidan tarjima qilingan.

164

takomillashib, rasmiy tus oldi. Xitoy tilida bu tizim «kejyu» deb ataladi, o'zbekcha «ilm bilan martabaga erishish» degan ma'noni bildiradi. Tang sulolasidan boshlab, ya'ni VII asrdan davlat imtihonlari orqali lavozimga ega bo'lish uchun barcha ijtimoiy tabaqadagi, o'zlarini amaldor bo'lishga loyiq deb hisoblagan yosh yigitlar qatnashish huquqiga ega bo'lganlar. Kejyu Xitoyda XX asr boshida bekor qilingan.", sababi bu unvonni anglatuvchi so'z ekvivalenti o'zbek tilida yo'q. Xitoy geografiyasidan boxabar tarjimon bunday terminlarni darrov payqaydi. O'quvchiga qo'shimcha ma'lumot berish maqsadida ko'p hollarda hatto ularga qo'shimcha izohlar ham berib ketadi. Har holda shunday qilgani ma'qul.

Yana bir masala. Shunday hikoya matnlarda inson ismlarini ajratib olish juda qiyin. Ayniqsa bu ismlar erkak kishiga yoki ayol kishiga mansub ekanligini bilish yanada murakkabroq. Yagona yo'li bu ismlarni matnning umumiy mazmunidan kelib chiqqan holda farqlash va ajratib olish kerak bo'ladi. Chunki xitoy iyerogliflari orasida insonlarning ismi va familiyasini ifodalovchi yoki alohida shunday turkumga kiruvchi so'zlar-iyerogliflar yo'q. Odatda xitoyliklarning ismi va familiyalari jami uch iyeroglifdan tashkil topgan bo'ladi. Bulardan birinchisi familiyani anglatsa, ikkinchi va uchinchisi ismni anglatadi. Masalan, ^ # lJU4 so'zida ^ Bai familiya, # lJU Xiangshan esa ismdir. Lekin uch emas, ikki so'zdan iborat ism va familiyalar ham bor. Odatda odamlarni kasb- koriga (qiladigan ishi va hunariga qarab) familiyasidan keyin shu kasblarni anglatuvchi yoki hurmatni ifoda etuvchi so'zlar qo'shib chaqiriladi. Masalan: ^ %% Ustoz Bai, ^ % £ Janob Bai, Rais Bai ^^

^ Shifokor Bai va hakazo. Bunday uslub ham bizning o'zbek tilimizga va an'analarimizga xos emas. Yuqorida aytib o'tganimizdek inson ismlari ham xuddi boshqa iyerogliflar singari umumiy ma'nolarni anglatadi. ^ # lJU so'zidagi ^ Bai oq rangni, # Xiang xushbo'y, shirin, totli, lJU Shan esa tog' ma'nolarini anglatadi.

Biz tarjima qilayotgan novellalar muallifi Pu Sungling5 ning o'ziga xos bayon uslubi mavjud. Pu Sungling novellalari o'zigacha bu janrda yozilgan asarlardan ko'p jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalo, shunday bo'lishi tabiiy. Chunki bu yozuvchi Pu Sunglingning ijodiy individualligi bo'lib, uni tafsilotlarni turlicha tasvirlashlarning o'zaro nisbatida, didaktika, insonni tasvirlash usullari, uslub va til, iqtibos keltirish

Bai Xiangshan 772—846 yillar. Tan sulolasiga mansub xitoy shoiri . U Shansi provinsiyasining Tayyuan shahrida yashagan. She'rlari "Tan davri she'riyati antalogiyasi"dan o'rin olgan.

5 Xitoy adabiyoti tarixida novella janrini yuksak takomilga olib chiqqan va keyingi rivojlanish yo'lini belgilab bergan yozuvchilardan biri Pu Sungling (^ ^ M) (1640-1715)dir. U Lyao Jay (If taxallusi bilan ijod qilgan.

usuli kabilarda aks etadigan o'ziga xosliklarda kuzatish mumkin. Pu Sungling novellalarining asosiy o'ziga xosliklaridan biri an'anaviy syujetlar talqinidagi muallif xotimalarida namoyon bo'ladi. Zero, ushbu xotimalarda muallifning o'z ovozi baralla yangraydi va ular etarli adabiy tayyorgarligi bor kitobxongina tushuna oladigan qo'shimcha hikoya, yangi novellani o'z ichiga oladiki, aslida muallifning ijodiy mahorati ushbu xotimalarda yanada yorqin aks etadi.

Yozuvchi ko'pchilik novellalarini biron-bir hududga ta'rif berish yoki biron -bir obrazni tanishtirish, ya'ni uning portretiga chizgilar berish bilan boshlaydi. Ayrim hollarda novella boshidagi bir jumlani o'zbek tiliga bir nechta jumla bilan tarjima qilishga to'g'ri keladi. Zero G'.Salomov ta'kidlaganidek: "Obrazli ifodalarning tashqi formasi emas, balki mantiqiy ahamiyatiga asosiy e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi."

Xitoy jamiyatida ham doim halol pul topish, ahloq-odob me'yorlariga bo'ysunish bilan bog'liq tamoyilllarga amal qilingan. Aynan xuddi shunday hikoyaga e'tibor qaratamiz. "Qadimda bir boy bo'lib, ko'plar tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun undan qarz olishar edi. Bir kuni boy uyidan chiqqanida, bir yosh yigit uning ortidan kelibdi. Aslida u yigit ham qarz olmoqchi ekan. Boy rozi bo'lib, uni o'z uyiga olib kiribdi. Yigitning stol ustidagi bir necha o'n mis tangalarga ko'zi tushibdi. Ularni olib, mohirlik bilan tangalarda o'yin ko'rsatibdi. Buni ko'rgan boy odam ung a qarz berishdan bosh tortibdi.

Odamlar boydan buning sababini so'raganlarida, boy shunday javob qaytargan

ekan:

- Bu odam ko'rinishidan yaxshi odamga o'xshamadi, balki bir qimorbozga o'xshadi. U pulning oldida o'zini boshqara olmadi. Keyinchalik boy bu yigitni tekshirish uchun uyiga odam yuboradi. Haqiqatan, yigit boy aytgandek bo'lib chiqibdi."6 "Lyao Jay"da jamiyatda ideallashtirilmaydigan, ijobiy baholanmaydigan qimor o'yinlari, shahvatparastlik va ichkilikbozlik, mutelik va xitoy shaxmatiga qaramlik holatlari badiiy bayon etiladi. Bunday an'anaviy axloqiy hikoyalar, umuman olganda, haddan ziyod ko'ngilchanlik va o'z-o'zini nazorat qilishning oqibatlarini ta'kidlaydi. "Ne Syaochian" ("^MW") hikoyasida yozuvchi o'z ifoda yo'siniga, ya'ni qisqa jumlalarda katta ma'nolar taqdim etish uslubiga qat'iy amal qilgan holda Ning Saycheng obrazining xarakteri ta'rifini yashash manziliga uyg'un ravishda taqdim etadi. "t ^ ^ K À,'№ fi f M M fr ^ £".

"Jejianglik Ning Saycheng juda sahovatli va yaxshi xulq-atvorga ega inson edi".

6 Liao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari. Tarjimon Jasur Ziyamuhamedov. Toshkent:"Voris" nashriyoti, 2021. "Boy odam" hikoyasi. B.15.

Yozuvchining barcha asarlari tarkibida keladigan bunday badiiy ifoda ta'siri, tabiiyki, o'quvchi e'tiborini o'ziga tortadi; kitobxonga ta'sir kuchini o'tkazadi. Lyao Jay asarlarini qabul qilishning retseptiv estetikasiga ko'ra uch toifa kitobxon-o'quvchini ajratish mumkin: 1) g'ayrioddiy narsaning faqat jozibasini ko'radigan beparvo o'quvchi; 2) faqat yashirin, axloqiy yoki satirik ma'noni ko'radigan dogmatik o'quvchi; 3) yuzaki va asosiy ma'nolarni ko'radigan, ikkalasining ham ta'sirini sezadigan o'quvchi. Bularni biz bejis tilga olmadik. Hikoyalarni tarjima qilishda mahoratli tarjimon aynan shu tomonlarga ham alohida e'tibor qaratmog'i lozim, zero bunday qilmasa asliyatda aytilmoqchi bo'lgan g'oyaga putir etadi. "Laoshanlik rohib" (" ÜJÜ") hikoyasida muallif e'tiqodning qudratliligi mo'jiza yaratishi mumkinligini ko'rsatishga harakat qiladi. Masalan, Vanning tog'dagi devordan o'tishi. Shu bilan birga, hikoyada Vangning Lao tog'laridan daos bilan muloqoti haqidagi voqea haqiqatga juda yaqin va ishonarli chiqqan, insonning hayoti va imkoniyatlari to'g'risida falsafiy mulohazalar keltiriladi va misollar orqali odamning ko'p narsaga qodirligi isbotlab beriladi. "ШЙ^

"Shundan so'ng Vang Sheng shoshib rohibdan uni shogirdlikka olishini iltimos qildi. Rohib: "Sen yoshligingdan dangasa ekansan, bu erda esa hayot mashaqqatli va mushkul", - dedi. Vang Sheng: "Iltimos, rad etmang, menga o'zingizdagi sehrgarlikni o'rgatsangiz bas, boshqa barcha qiyinchiliklarni enga olaman", deb javob qaytardi. Rohib rozi bo'ldi. Rohibning shogirdlari ko'p edi. Ular har kuni xilma-xil vazifalarni bajarishar, kechqurun esa hammalari ibodatxonaga qaytardi.O'sha kuni ham ular odatdagidek kechga yaqin qaytib keldi. Vang Sheng ular bilan birga ibodatxonaga kirib ketdi. Ikkinchi kuni ertalab rohib Vang Shengni oldiga chaqirib, qo'liga bolta tutqazdi-da: "Do'stlaring bilan birga o'tin chopib kel", - dedi. Vang Sheng hech ikkilanmay, hamma bilan birga toqqa chiqib ketdi. Bu ahvol bir oydan ortiq davom etdi. Mehnatning og'irligidan Vang Shengning qo'llari qadoq bo'lib ketdi. Vang Sheng bunday qiyinchiliklarga ortiq bardosh bera olmadi. U uyga ketishni o'ylay boshladi"

Asarning haqiqiy muallifi nima demoqchi bo'lganini kitobxonga etkazib berish ham - yangi bir asar yaratish bilan barobar qiyin ekanligini faqat tarjima bilan

shug'ullangan kishilargina his qilishlari mumkin. "Tarjima undoq chiqibdi, tarjima bundoq chiqibdi", deyishdan oson ish yo'q. Xitoy tilidan tarjima qilish insonga qanchalar mashaqqatli bo'lsa, shunchalar qiziqarli va sharaflidir. Zero har bir tarjima orqali tarjimonlar o'zlari uchun yangi bir kashfiyot qilgandek bo'ladilar. Bu savob ishlari tufayli xalqlarni xalqlarga yaqinlashtiradilar, mamlakatlar o'rtasidagi do'stlik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga zamin yaratadilar. "Lyao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari" tarjima kitobiga kiritilgan novella va hikoyalar tarjimalari orqali kitobxon bu tarjima hikoyalarda korruptsiya botqog'iga botgan amaldorlar, hukmron er egalarini va bu figuralar bilan ko'rsatilgan feodal siyosiy tuzumni fosh etish va ularni ustidan kulishni mohirlik bilan tasvirlanganing guvohi bo'ladilar. Bu tarjima hikoyalarda nafaqat ikkiyuzlamachi hukmron sinf va feodal byurokratlar, balki ko'plab mard va isyonkor oddiy odamlar ham tasvirlanadi. Muallif feodal tuzumning zulmat hukmronligidan nafratlanadi va ulug'vor muhabbat hamda nafratga ega oddiy xalqning jangovar ruhini ulug'laydi. Rasmiy imtihonlardagi noxolis va adolatsiz tizim qattiq tanqid qilinishi va yozuvchi bema'nilik va ochko'zlikni tasvirlash orqali, imtihon oluvchilarning aql-zakovati etarli emasligiga ishora qilishini kuzatadilar. Gap yana imtihonlar xususida borar ekan, shu o'rinda bir narsani aytib o'tmog'imiz kerak. Tarjimon bu qanday imtihonlar qanday imtihon ekanligiga oydinlik kiritmasa, o'quvchi yana tushunmovchiliklar girdobida qoladi. Erkaklar va ayollar, shuningdek, ishq-muhabbatga intilayotganlar o'rtasidagi sof va haqiqiy sevgiga ehtirom masalasi ham mazkur hikoyalarda go'zal ifodalanadi. "Lyao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari" asarida odamlarga oshiq bo'lgan tulki parilar va gul ma'budalari haqidagi ko'plab hikoyalar o'rin olgan. Muallif Hunyuy, Yingnin, Sin'yan, Jyaona va Lyansyan kabi olijanob aqlga ega ko'plab go'zal ayol obrazlarni tasvirlaydi. Bu ayollar feodal axloq kodeksiga qarshi chiqadilar, o'zlarining his-tuyg'ularini oshkora ifoda etadilar va jasorat bilan ayollarning mavqeini yaxshilashga intiladilar. Muallif erkak va ayol o'rtasidagi haqiqiy sevgi-muhabbatni maqtab sharaflaydi. Sevgiga bunday ta'rif va bu tuyg'uni o'ziga xos ifodalash faqat Pu Sungling asarlarida kuzatiladi. Aynan shu orqali ham mazkur hikoyalarni o'sha davr jamiyatining aynan ko'zgusi edi desak hech mubolag'a bo'lmaydi. Bu tarjima hikoyalar ma'rifiy ahamiyatli, odob-axloq tushunchalari bayon etilgan hikoyalar. Insonlarni odobli bo'lishga undovchi, yaxshilikka da'vat qiluvchi, yomon yo'ldan qaytaruvchi hikoyalardir. Shu sababli ham bu yozuvchining asarlarini tarjima qilayotgan tarjimondan alohida e'tibor va sezgirlik talab qilinadi.Yozuvchi asari, muallifning shaxsiyati, uning real hayotda qandaydir tarzda bostirilayotgan yoki to'liq qo'llanilmayotgan jihatlarini ifodalash,

rivojlantirish va imkoniyatlarni izlab topish uchun kerakli vositani taqdim etadi. Odatda, ob'ektiv haqiqatni hujjatlashtirmaydi, aksincha muallifning ichki hayotini aks ettiradi va uning o'z his-tuyg'ulari, kayfiyati, qarashlari va hatto tushlarining tavsiflari yoki tahlillarini o'z ichiga oladi. Muallifning ijodi e'tirofga tobora yaqinlashib boradi. Bunda muallif o'z xarakteri va shaxsiy hayotining turli tomonlarini, ayniqsa, qayg'uli va yashirin qirralarini ochib beradi. Fikrimizcha, ma'lum bir davr adabiyotida ushbu xususiyatlarning o'sishi ular paydo bo'lgan ijtimoiy tuzilishdagi muayyan o'zgarishlarning muhim ko'rsatkichi bo'lib xizmat qilishi mumkin va, ko'pincha, insonning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida an'anaviy qarashlardan xalos bo'lishining belgisi hisoblanadi. Inson o'zini shaxs sifatidagi anglaganidan keyingina o'z hayotini o'z xohishiga ko'ra tasarruf etish va o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini tiklay olishi mumkin. Pu Sungling asarlaridagi an'analar bilan bog'liq jamiyatlarda individual o'zini o'zi anglash hissi dinning va an'anaviy axloqning qat'iy talablari va da'volari bilan bir oz yoki to'liq pasaytiriladi. Yozuvchi qahramonlari agar uning taqdiri qiyin bo'lib chiqsa, sababini o'tgan hayotdan izlaydi, agar u inson o'z yukini o'zi ko'tarsa, u kelajak hayotida mukofotlanadi, deya xulosalar qiladi. Shaxsiy taqdirni oldindan belgilashga bo'lgan ishonchni ifodalashda yozuvchi konfutsiylik ta'limoti tomonidan ham ilgari surilgan fikrlardan o'z o'rnida unumli foydalangan. Buni oila va jamiyat oldidagi burchning shaxsning o'z manfaatlaridan ustun qo'yish tamoyillarida ko'rish mumkin. Yozuvchi hikoyalarida inson tabiati mohiyatan yaxshi va faqat dunyoning vasvasalari bilan buzilgan degan e'tiqod qo'llab-quvvatlaydi. Tabiiyki, zamonaviy, erkin va o'zini o'zi belgilaydigan shaxsning tug'ilishi, ushbu an'anaviy qarashlar va urf-odatlar, shuningdek, ularga asoslangan butun boshli ijtimoiy tuzilmaga barham berish va bunday an'anaviy qarashlar va odatlarni tark etish evaziga mumkin edi. Zamonaviy xitoy tafakkuri va san'atidagi sub'ektiv va individualistik tendentsiyalarning muhim ahamiyatini anglab etish mumkin. Biroq o'z-o'zini anglash, o'z shaxsiyatini o'rganish, realizm bilan yonma-yon, o'z qiyofasiga va hayot haqiqatiga ko'zoynaksiz qarash holati ham tabiiydir. Pu Sungling hikoyalarida obrazlarning individual tabiati ijtimoiy va tabiiy borliqdagi voqea-hodisalar bilan uyg'unlashadi. Shu bois jonli va jonsiz tabiat bir-biriga o'tadi, tabiat unsurlari xuddi o'zbek xalq ertaklaridagi kabi ba'zan so'zlaydi. Tarjimon esa mazkur hikoyalardagi asosiy g'oyani o'zbek kitobxoniga etkazib berishda asosiy shaxs ekanligini har dam sezib turishi lozim.

REFERENCES

1. Liao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari. Tarjimon Jasur Ziyamuhamedov. Toshkent:"Voris" nashriyoti, 2021 y.

"MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO: j> VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 25

MADANIYATLARARO MULOQOT Q ISSN 2181-1784

CHORRAHASIDA" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

2. G'.Salomov. Tarjima san'ati. Toshkent,1973 y.

3. G'.Salomov. Tarjima nazariyasi asoslari. -T.: O'qituvchi, 1983 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.