Научная статья на тему 'XITOY ADABIYOTINING O‘ZBEKISTONDA O‘RGANILISHI VA RIVOJLANISHI'

XITOY ADABIYOTINING O‘ZBEKISTONDA O‘RGANILISHI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1110
210
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xitoy adabiyoti / janrlar / davrlashtirish / mumtoz adabiyot / zamonaviy adabiyot / ustivor vazifalar. / Chinese literature / genres / periodization / classical literature / modern literature / priorities.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ziyamuxamedov, Jasur

Mazkur maqolada O‘zbekistonda xitoy adabiyotining o‘rganilish tarixi va rivojlanishi borasida tahliliy ma’lumotlar beriladi. Xitoy adabiyotiga doir ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi haqida fikr va mulohazalar bayon etiladi. Bu sohaga doir darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, lmiy risolalar va ilmiy maqolalar nashri bilan bog‘liq ma’lumotlar, shu bilan bir qatorda ilmiy tadqiqoqt olib borayotgan shaxslar haqida ham ayrim ma’lumotlar ham havola etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF CHINESE LITERATURE IN UZBEKISTAN AND DEVELOPMENT

This article provides analytical information on the history and development of the study of Chinese literature in Uzbekistan. Opinions and comments on the conduct of scientific research on Chinese literature are presented. Information related to the publication of textbooks, training manuals, monographs, scientific pamphlets and scientific articles in this field, as well as some information about the persons conducting scientific research are also provided.

Текст научной работы на тему «XITOY ADABIYOTINING O‘ZBEKISTONDA O‘RGANILISHI VA RIVOJLANISHI»

"Uzbekistan-China: development of R VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

XITOY ADABIYOTINING O'ZBEKISTONDA O'RGANILISHI

VA RIVOJLANISHI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7335849

Jasur Ziyamuxamedov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti filologiya fanlari doktori, «Xitoy filologiyasi» kafedrasi professori v.b.

[email protected]

Abstract. This article provides analytical information on the history and development of the study of Chinese literature in Uzbekistan. Opinions and comments on the conduct of scientific research on Chinese literature are presented. Information related to the publication of textbooks, training manuals, monographs, scientific pamphlets and scientific articles in this field, as well as some information about the persons conducting scientific research are also provided.

Key words: Chinese literature, genres, periodization, classical literature, modern literature, priorities.

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda xitoy adabiyotining o'rganilish tarixi va rivojlanishi borasida tahliliy ma 'lumotlar beriladi. Xitoy adabiyotiga doir ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi haqida fikr va mulohazalar bayon etiladi. Bu sohaga doir darsliklar, o 'quv qo'llanmalari, monografiyalar, lmiy risolalar va ilmiy maqolalar nashri bilan bog'liq ma'lumotlar, shu bilan bir qatorda ilmiy tadqiqoqt olib borayotgan shaxslar haqida ham ayrim ma'lumotlar ham havola etiladi.

Tayanch so'zlar: xitoy adabiyoti, janrlar, davrlashtirish, mumtoz adabiyot, zamonaviy adabiyot, ustivor vazifalar.

KIRISH. O'zbek xalqi qadim zamonlardan buyon Buyuk Chin mamlakatiga katta e'tibor va qiziqish bilan qaragan. Mamlakatlarimiz o'rtasida qadim-qadimdan savdo-sotiq munosabatlari yaxshi yo'lga qo'yilgan. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O'bekiston Respublikasi Prezidentiga diplomatik munosabatlar ornatilganining 30 yilligi munosabati bilan yo'llagan tabrik xatida jumladan shunday degan edi: "Diplomatik munosabatlar o'rnatilganidan buyon o'tgan 30 yilda Xitoy-O'zbekiston aloqalari izchil rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi hamda tinchlik-totuvlik va o'zaro manfaatli hamkorlik ruhidagi davlatlararo munosabatlarning yorqin namunasiga aylandi."1 Xitoyning mashhur chinnisi, shoyisi, qog'ozi va choyi yurtimizda barchaga ma'lum va manzur bo'lgan. Buyuk ipak yo'lida joylashgan O'zbekiston va Xitoy hozirda ham o'zaro do'stlik, birodarlik va hamkorlik munosabatlarini asrlar osha tobora kengaytirib bormoqda. Xalqlarimizning bunday samimiy bir-biriga yaqinlashuvi va mushtarakligida o'ziga xos sabablari bor. Har ikki xalqda mehnatsevarlik, samimiylik, tarixga va xalq urf-odatlariga hurmat bilan qarash, an'analarga va qadriyatlarga sodiqlik, ota-onalarni va umuman nuroniy-keksalarni e'zozlash, bunyodkorlik va shu kabi qator fazilarlar mujassam.

ASOSIY QISM. Yurtimiz mustaqilligidan so'ng mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarning batamom yangi davri boshlandi. Ta'lim sohasidagi o'zaro aloqalarimizni kengaytirish ustuvor vazifaga aylandi. Xitoy tili va adabiyotini o'qishni hohlovchilar yurtimizda tobora ko'payib borayotgani ham buning isbotidir.

1 https://uza.uz/posts/hitoy-raisi-ozbekiston-prezidentini-diplomatik-munosabatlar-ornatilganining-30-yilligi-bilan-tabrikladi_334466

Xitoy adabiyoti juda qiziqarli va ko'p asrlik tarixga ega. Uning ildizlari eramizdan avvalgi bir necha asrlarga borib taqaladi. Undagi janrlarning xilma-xilligi dunyo adabiyotshunoslarni doimo o'ziga jalb qilib kelgan. O'zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek adabiyotga ta'rif berib shunday degan edilar: "Adabiyot-fikr ommasi, qalb hislari bilan doim sayqallanadigan, to'xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha..." 2

Dunyo xalqlari adabiyoti, jumladan sharq adabiyoti bu ta'rifga loyiq. Adabiyot bir xalqni dunyoga tanitadigan va kezi kelsa uni mashhur qiladigan ulkan va qudratli kuchga ega. Badiiy adabiyot insoniyat ma'naviyatining asl sarchashmasi, bashariyatning ruhiy asoslaridan biri, insonning qalb xarorati in'ikosi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning ilmiy o'rganilishi inson yuragida, uning ko'ngil ko'zgusida aks etgan o'ziga xos takrorlanmas, falsafiy, irfoniy, axloqiy-ta'limiy va ma'naviy ruhining shakllanish jarayonlari, ifodalari, mohiyati va yo'nalishlarini belgilashga imkon beradi. Darhaqiqat, insoniyat ichki olamini boyitadigan, uning dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan g'oyalar talqini, ularning badiiy adabiyotdagi ifodasi va buning natijasida milliy adabiyotning takomili masalalarini o'rganish nafaqat adabiyotshunoslik ilmining, balki milliy o'zanda rivoj topayotgan badiiy adabiyotning takomiliga, adabiy jarayonning taraqqiyotiga o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin.

Markaziy Osiyoda va xususan O'zbekistonda da chet el adabiyoti, xususan, xitoy adabiyotini atroflicha o'rganish va mazkur adabiyot bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga katta e'tibor qaratilmoqda. Xitoy adabiyoti ham o'z taraqqiyoti davomida jahon adabiyotining ajralmas qismi sifatida e'tirof etildi. Mana shu jihatdan xitoy adabiyotining madaniyat bilan bog'liq milliy mentaliteti, dunyoni anglashdagi g'oyaviy-badiiy estetik tafakkur va qarashlari, xususiyatlari, adabiyotda obrazlarni badiiy ifoda etish usul va uslublari, adabiy tasavvur shakllarining mazmun va mohiyatini tahlil qilish, qolaversa ahamiyatini ilmiy asoslash adabiyotshunoslikning muhim vazifalaridan biri bo'lib turibdi. Sharq xalqlari adabiyoti va xususan xitoy adabiyoti ba'zida soddaligi, ba'zida sirliligi, va eng asosiysi noan'anaviyligi, janrlar xilma-xilligi bilan boshqa xalqlar adabiyotidan keskin farqlanib turadi. Undagi mavzular ko'lami juda keng, kompozitsion qurumi o'zgacha. Xitoy adabiyoti ko'hna tarixga ega va an'analarga boy. Xitoyning mumtoz va zamonaviy adabiyotini o'rganish hozirda O'zbekistonda xitoyshunoslikning muhim yo'nalishlaridan biridir. Xitoy adabiyoti juda qadimgi tarixga ega ekanligi bilan sharq mamlakatlari adabiyotlari orasida ajralib turadi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasining xitoy bo'limida o'qiyotgan talabalar bakalavr bosqichining ikkinchi kursidan boshlab xitoy adabiyotini o'rgana boshlaydilar. 4-bosqichga kelib talabalarda xitoy adabiyoti haqida ilk bilimlar shakllangan bo'ladi. Ular avvalgi bosqichlarda bu mo'jaz adabiyotning qadimgi va o'rta asr davrlarini o'rganishadi. Keyingi yuqori bosqichlarda esa xitoy adabiyotining yangi davri xaqida ma'lumotlar beriladi. Xitoy adabiyoti tarixi "Xitoy adabiyoti" nomli fanning namunaviy va o'quv dasturlari asosida yaratilgan. Ma'ruzalar dasturlarga to'liq mos kelishi ta'limning izviyligini ta'minlaydi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch Oliy ta'lim muassasasi bo'lganligi sababli, yutimizda xitoy tili va adabiyoti o'qitilayotgan boshqa oliy ta'lim maskanlari bizning universitetimizda yaratilgan dasturlar asosida xitoy tili va adabiyotini o'qitadilar.

O'zbekistondagi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mamlakatda o'ziga xos xitoyshunoslik maktabini yaratganiga 60 yildan ortdi. Universitetda saboq berayotgan ustozlar xitoy tilini o'qitish bilan bir qatorda, xitoy adabiyotining serqirra va serjilo tomonlarini yoritib kelmoqdalar. Bundan tashqari O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutlarida ham xitoy tili va adabiyoti talabalar tomonidan zo'r qiziqish bilan o'qib, o'rganilmoqda. Xitoy adabiyoti uch ming yilga yaqin tarixga ega. Unda yuzlab turli janrdagi san'at

2 Kh-davron.uz/oybek-adbiyot-togrisida.html

asarlari yaratilgan. Mashhur adabiyot namoyondalari shakllangan. Xitoy adabiyoti mamlakat ichida shakllanibgina qolmay, balki boshqa qo'shni xalqlar adabiyotiga, xususan Yaponiya, Koreya va Vyetnam adabiyotiga ham o'zining ulkan ta'sirini ko'rsatdi. Ayniqsa Yaponiya va Koreya xalqlari adabiyotining ayrim namunalari mumtoz xitoy adabiyotining durdona asarlaridan ilhomlanib yozilganligi, romanlar va hikoyalar, ulardagi janr, syujet va kompozitsion uslub o'xshashligi, xatto ayrim joylarda aynan bir xilligi o'sha davrda qadimgi xitoy adabiy tili bo'lgan "venyan" - bu mamlakatlar hududida hukmron til bo'lganligi haqida biz o'z ilmiy maqolalarimizda asosli ravishda ko'rsatib berganmiz. Keyinchalik bayxuada yozilgan adabiy asarlar ham xitoy adabiyoti tarixida salmoqli o'rin egallaganligi masalalarini ham yurtimiz xitoyshunoslari o'z ilmiy tadqiqotlarida batafsil yoritilmoqdalar.3 Yurtimizda Xitoy adabiyoti o'rganishni va umuman XXR bilan adabiy aloqalarimizning rivojlanish jarayonini men quyidagi yo'nalishlar orqali alohida ajratib ko'rsatishni istardim. Avvalo bu xitoy adabiyotini tadqiqi bilan bog'liq ilmiy tadqiqqot ishlari holati: yozilgan ilmiy dissertatsiyar, monografiyalar, risolalar va ilmiy maqolalar nashrlari borasidagi fikrlar. Ikkinchisi, xitoy adabiyotining oliy ta'lim muassasalarida o'qitish holati: xitoy adabiyotini o'rganuvchi tolibi ilmlar uchun yozilgan darslik va o'quv qo'llanmalari to'g'risidagi mulohazalar. Uchinchisi, xitoy tilidan o'zbek tiliga qilingan kitoblar borasida: ertaklar, hikoyalar, qissalar, romanlar, she'rlar va boshqa janrlardagi tarjimalar haqida ma'lumotlar. To 'rtinchisi ham aslida tarjimalar bilan bog'liq masala, ya'ni xitoy kitobxoni uchun o'zbek adabiyotini tanishtirish masalasi: xitoy tiliga o'girilgan asarlar borasidagi mulohazalar.

Birinchi yo'nalishda O'zbekistonda mumtoz xitoy adabiyotini o'rganish bo'yicha ham ko'plab ilmiy taqdiqotlar qilindi. Xususan, filologiya fanlari doktori Ziyamuxamedov Jasur Tashpulatovich 2005 yili Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi DK.067.70.02 raqamli Ixtisoslashgan kengashda 10.01.06 - Osiyo va Afrika mamlakatlari xalqlarining adabiyoti ixtisosligi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.4 2016 yilda uning "Pu Sungling va o'rta asr xitoy novellalari" nomli monografiyasi nashr qilindi. 5 Ushbu monografiyada xitoy mumtoz adabiyotida novellaning tutgan o'rni va uni o'rganilishi, jahonning turli tillariga tarjimalari, Pu Sungling novellalari ustida olib borilgan tadqiqotlar xususida atroflicha ma'lumotlar beriladi. Pu Sungling hayoti va ijodi bilan o'zbek yozuvchilarini tanishtirishdan boshlanib, adib novellalarining mavzular ko'lami, g'oyaviy xususiyatlari va syujet tizimi tadqiq etiladi. Shu bilan bir qatorda "Lyao Jayning g'aroyib hikoyalari" to'plamining tarkibiy tuzilishi borasida so'z borib, bu novellalarning manbaalari to'g'risida fikr yuritiladi. Xitoy o'rta asr novellasining tadrijiy taraqqiyotida Pu Sungling ijodining tutgan o'rni va Sung davrida (960-1279) novella janri rivojining o'ziga xos xususiyatlari o'rganiladi. Mazkur kitob xitoy tili yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistrlarga asosiy o'quv qo'llanmalardan biri sifatida tavsiya etiladi. Shuningdek, monografiya oliy o'quv yurtlarining filologiya yo'nalishida tadqiqotlar olib borayotgan va tahsil olayotgan barcha professor-o'qituvchilar va bakalavr-magistrlar hamda keng doiradagi adabiyot muxlislariga mo'ljallangan. Jasur Ziyamuhamedov "Pu Sungling nasri poetikasi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bordi va 2021 yilda O'zbekistonda xitoy adabiyoti sohasida ilk doktorlik dissertatasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2022 yilda esa uning "Pu Sungling nasri poetikasi" nomli monografiyasi e'lon qilindi. Dunyo adabiyotshunosligida xitoy adabiyotining taniqli namoyandasi Pu Sungling (^fê^, 1640-1715) adabiy merosidagi o'n olti jilddan iborat "Lyao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari" (SIP^^

3 Hasanova Feruza. Xitoy-bayxua tilining leksik-semantik va grammatik xususiyatlari. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2021 yil.

4 Ziyamuxamedov Jasur. Pu Sunglingning sehrli novellalari (syujetning kelib chiqishi va rivojlanish masalalari). Filolologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2005yil.

5 Ziyamuxamedov J. Pu Sungling va o'rta asr xitoy novellalari: monografiya - Toshkent: Cho'lpon nomidagi NMIU, 2016.

nomli nasriy asari poetikasini o'rganish alohida ahamiyat kasb etadi va shu bilan birga, asarning janr xususiyatlari, yozuvchining ma'naviy-estetik qarashlari, til xususiyatlarini o'rganish ham adabiyotshunoslikda o'rta asrlar xitoy adabiyotining yangi saxifasini ochishga xizmat qiladi. Adib o'z iste'dodi bilan xitoy adabiyotida sehrli novella janriga asos solgan hamda folklor motivlar asosida badiiy asar yozish sohasida o'ziga xos noan'anaviy uslub yaratgan. Bugungi kunda muallifning "Lyao Jayning g'aroyibotlar haqidagi hikoyalari" asarining ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, daniya, chex, rum, polyak, vengriya, rus, latviya, o'zbek, tojik, qirg'iz, rus, ukrain, yapon, koreys, vyetnam va mo'g'ul tillariga o'girilgani mazkur asarning naqadar ommabop asar ekanligidan dalolat beradi. O'zbekistonda so'nggi yillarda jahon adabiyotining durdona asarlarini o'zbek tiliga o'girish va xalqimizga yetkazish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Rpezidenti Qarorida "Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o'zbek tiliga tarjima qilish bo'yicha davlat buyurtmalari berish, ularni zarur nusxalarda yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo'lga qo'yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo'yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash" 6 borasida ustuvor vazifalar belgilandi. O'tgan yillar mobaynida sharq tillaridan ko'pgina asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi. Jumladan, xitoy adabiyotining taniqli namoyandalarining ayrim asarlari ham o'zbek tiliga tarjima qilindi va shu asnoda o'zbek o'quvchilari tarjimalar orqali xitoy adabiyotining bebaho namunalari bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar. Pu Sungling hayoti va ijodi xitoy adabiyoti tarixidagi ziddiyatli davrlarga to'g'ri kelgani bois, adibning "badiiy asar va reallik", "ijodkor shaxsi va jamiyat", "ijtimoiy hayot va poetik mahorat" kabi qator umumnazariy muammolarni oydinlashtirishda tanlagan o'zgacha mohirona yo'llarini kompleks tadqiq etish Jasur ziyamuhamedovning doltorlik tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.

Samarqand davlat universitetida Musurmonov Erkin Robbimovich tomonidan "O'zbek-xitoy xalqlari adabiy aloqalari genezisi: folklor va adabiyotda mushtaraklik" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi (DSc) himoya qilindi. 7 O'zbek adabiyotshunosligida o'zbek-xitoy xalqlari adabiyotlarining mavjud mushtarak tomonlarini tadqiq qilish jarayonida adabiy tur, janr, syujet, personaj-epizod, poetik timsol va mualliflar mifologik obrazlarining o'tmish manbalari asosida genezisini aniqlash; badiiy zamin va undan rivojlanib, takomillashgan parallel, zig-zag, spiral yoki tashqi ta'sirlar yordamida turli evrilish va o'zgarishga yuz tutgan ikki xalq versiyalarini qiyosiy o'rganish, solishtirish va xulosalarni keltirish; Alisher Navoiy, Rahimbobo Mashrabning Yorkend xonligi davridan XX asr boshlarigacha bo'lgan Shimoliy-G'arbiy Xitoy hududi adabiy ravnaqiga qo'shgan hissasini va chig'atoy (eski o'zbek) tilida ijod qilgan barcha taniqli shoirlar ijodiga ko'rsatgan ta'sirini yoritish, badiiy an'ana va yangilik masalalariga oydinlik kiritish muammosi mavjud bo'lib, bu masalalar Erkin Musurmonov doktorlik ishining dolzarbligi va zaruratini belgilab berdi. Erkin Musurmonov o'z tadqiqoti so'nggida bergan xulosalridan birida shunday ta'kidlaydi: "O'zbek-xitoy adabiy aloqalari tarixida O'rxun-Enasoy yozma yodgorliklari, "Irq bitigi", moniylik folnomasi va she'rlari, "O'g'uznoma", shuningdek, "Shujin" shü jing) - Tarix kitobi, "Ijin"

( MM, Yi Jing)- Evrilishlar kitobi, "Chjuangzi" ( ^^, Zhuangzï) - Ustoz Chjuan (kitobi), "Shanxayjing" (^^M, Shanhai Jing) - Tog' va dengizlar kitobi, "Syantanzu" Huáinán zï)

- Xuaynanlik oqsoqollar kitoblari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu kitoblar o'zbek-xitoy xalqlari

6 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-sonli "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi Qarori.

7 Musurmonov Erkin Robbimovich. "O'zbek-xitoy xalqlari adabiy aloqalari genezisi: folklor va adabiyotda mushtaraklik" doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand 2020 yil.

adabiy aloqalari genezisini aniqlashda asosiy manbalar vazifasini o'taydi"8 Erkin Musurmonovning "Nobel mukofoti laureati Mo Yan yohud ertak va haqiqat qorishgan adabiyotning muvaffaqiyatli bo'lishi xususida"9 deb nomlangan maqolasi o'zbek tilida 2016 yilda internet tarmog'ida e'lon qilindi. Mazkur maqola orqali o'zbek o'quvchisi Mo Yan ijodi bilan yanada yaqin tanishish sharafiga ega bo'ldi.

Shuningdek, yurtimizda xitoy adabiyotining rivojlanishiga hissa qo'shgan yirik olimlardan biri f.f.n., professor Akram Abilyevich Karimov tomonidan ham xitoy adabiyotiga doir qator ilmiy maqolalar ham e'lon qilingan. Jumladan olimning "Ba Szin - XX asr xitoy adabiyotining yorqin vakili" (2006yil), "Nilufarlar mamlakati she'riyati" (2009yil) "Qadimgi xitoy she'riyat namunalarini tarjima qilish xususiyatlari" (2013yil) kabi ilmiy maqolalari respublikamizda chop etilgan ilmiy to'plam va jurnallarda nashr qilingan. Hozirda ulardan talabalar va soha mutaxassislari unumli foydalanmoqdalar.

Sharq adabiyoti janrlari turkumidan "Xitoy xalq masallari" kitobi M.Mahmudxo'jayev, J.Ziyamuxamedov va D.Qodirova tomonidan tarjima qilinib 2005 yilda kichik risola tarzida nashr ettirildi. J.Ziyamuxamedov va B.Xolboyevlar tomonidan 2006 yilda "Tan davri novellalari" nomli xitoy adabiyoti bo'yicha xrestomatik o'quv qo'llanma chop etilgan. Katta o'qituvchi L.Sultanova tomonidan tarjima qilib chop etilgan Van Pinning "Xozirgi zamon xitoy adabiyoti", S. Nasimovaning bakalavr yo'nalishi talabalari uchun yozgan o'quv qo'llanmasidan xitoy adabiyotining qadimgi va yangi davri bo'yicha o'zbek talabalariga ma'lumotlar berishda keng ko'lamda foydalanilmoqda. Xitoy adabiyotini tadqiq etish bo'yicha ilmiy ishlar ko'laminig ortib borishi, bugungi kunda O'zbekistonda xitoy adabiyotini o'rganuvchilar miqdorining kun sayin ko'payib borayotganidan dalolat beradi. Xitoyning buyuk mutaffakiri Konfutsiyning "Suhbat va mulohazalar" ("iiii") kitobi10 2016 yilda o'zbekistonlik mashhur xitoyshunos olim, marhum Majit Xamidovich Mahmudxo'jayev va iqtidorli, yosh xitoyshunos olima PhD Nargiza Ismatullayeva tomonidan tarjima qilindi va nashr ettirildi. Yurtimizda mazkur asar ilk marotaba asliyatdan, ya'ni xitoy tilidan tarjima qilinganligi katta olqishlarga sabab bo'ldi. Mazkur tarjima kitobi orqali keng o'zbek kitobxoni Buyuk Konfutsiy ta'limoti va uning mashhur "Lun Yuy" kitobi mazmun-mohiyati haqida batafsil bilimga ega bo'ldilar desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xitoy adabiyoti borasida amalga oshirilgan yana bir arzigulik ish Ochilov Ozodjon Mardievich tomonidan yozilgan dissertatsiyadir. O.Ochilov ham O'zbekistonda yetishib chiqayotgan g'ayrtali va shijoatli yosh, shuning bilan birga juda iqtidorli xitoyshunos-adabiyotshunos olimlardan biri sanaladi. U ko'p yillardan beri universitetda xitoy adabiyotini tadqiq etib kelmoqda. Ozodjon Ochilov 2018 yilda "VII-X asrlar Tang davri she'riyati da ramzlar semantikasi" mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Dunyo adabiy jarayonlarida Tang she'riyati tafakkur, badiiyat, san'at va mahorat jihatidan shunday katta yutuqlarga erishdiki, u hozirgi davr adabiyoti va ijtimoiy hayotida katta manba sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tang she'riyati bir qancha ramziy obrazlar orqali o'ziga ko'p asrlik xalq madaniyati, ruhiyati va tafakkurini singdirdi va u insonlar ongiga, o'yfikrlariga ta'sir ko'rsata oladigan muhim vositaga aylandi. Tang she'riyatning aynan shunday xususiyatlarga ega ekanligi uning hali hamon alohida ahamiyat kasb eta olishini ko'rsatib bermoqda. Tang davrida shakllangan ramzlar semantikasini o'rganish, o'sha davr adabiyotining badiiy-estetik tafakkurini chuqur his qilishgagina emas, zamonaviy xitoy jamiyatining madaniyati, ruhiyati va tafakkur tarzini yaqindan tushunish

8 Musurmonov Erkin Robbimovich. "O'zbek-xitoy xalqlari adabiy aloqalari genezisi: folklor va adabiyotda mushtaraklik" doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand 2020 yil. B.30

9 https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/erkin-musurmanov-mo-yan-xususida.html

10 Konfutsiy. Suhbat va mulohazalar. Tarjimonlar: Mahmudxo'jayev M., Ismatullayeva N. Toshkent:Yangi asr avlodi, 2014. 272 bet.

imkoniyatini yaratadi. Bularning barchasi Ozod Ochilovning PhD dissertatsiyasi mavzusi doirasida tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi. 11 Hozirda esa bu yosh olim Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi doktoranti sanaladi. Ochilov Ozodjon Mardiyevichning 2022-2024 yillar mobaynida 10.00.06 -Chog'ishtirma tilshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisoslik shifri bo'yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun "XX asr birinchi choragida xitoy va o'zbek she'riyati evolyutsiyasi: qiyosiy-tipologik tahlil" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi mavzusi ustida qizg'in ish olib bormoqda. Shu kunga qadar Ozod Ochilov tomonidan yurtimizda "Xitoyning Tang davri she'riyatida ramzlar semantikasi" (Toshkent, 2020yil) hamda "Xitoy folklori"(Toshkent, 2018yil) nomli monografiyalari, J.Ziyamuhamedov bilan hammualliflikda "Xitoy adabiyoti (qadimgi va o'rta asrlar)" (Toshkent, 2020yil) nomli darsligi, shu bilan bir qatorda xitoy adabiyoti tadqiqiga doir 25 dan ortiq ilmiy maqolalari e'lon qilingan.

O'zbekistonda xitoy adabiyoti bo'yicha yana bir ilmiy tadqiqotlardan biri Nazirova Shukriya Miadovnaning 10.00.05 - Osiyo va Afrika tillari adabiyoti va tili ixtisosligi bo'yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan "Xitoyda ayollar ababiyoti: genezisi va takomil bosqichlari" mavzusidagi PhD dissertatsiyasidir. Mazkur dissertatsiyada Xitoyda "ayollar adabiyoti"ning ildizlari, uning paydo bo'lish sabab va omillari, taraqqiyot bosqichlari tizimli tahlil qilinadi. Shukriya Nazirova tomonidan "Xitoy adabiyoti XX-XXI asrlar Xitoyda ayollar adabiyotining shakllanish omillari va takomil bosqichlari" 12 nomli monografiya va talabalar uchun o'quv qo'llanma ham nashr qilindi. Mazkur monografiya zamonaviy xitoy "ayollar adabiyoti"ning yuzaga kelishi, taraqqiyot bosqichlari, janr va uslub xususiyatlarini yoritib berishga bag'ishlangan bo'lib, unda Xitoyda ayollar adabiyotining yuzaga kelishi va rivojlanishiga ta'sir qilgan ijtimoiy-siyosiy muhit, tarixiy vaziyat va adabiy jarayonlarni asoslash,tarixiy taraqqiyot va badiiylik mezonlari asosida xitoy ayollar adabiyotining taraqqiyot bosqichlari va tamoyillarini aniqlash, islohotlar davri xitoy adabiyoti - XX asrning 80-90 yillarida rivoj topgan adabiy oqim va yo'nalishlarda ijod qilgan adibalar faoliyatini yoritish, eng yangi davr - XXI asrning birinchi o'n yilligi xitoy ayollar adabiyotining evolyutsiyasi o'ziga xos adabiy janrlar, ijodiy metodlarni aniqlash va ularda ijod qilgan adiba hamda shoiralar adabiy merosi haqida to'liq ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish, zamonaviy xitoy adabiyotida adibalarning o'rnini aniqlash hamda asarlarining g'oyaviy-badiiy mazmunini yoritish bo'yicha ayrim tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xitoyshunos olima tomonidan bugungi kunga qadar xitoy adabiyotiga doir 20 dan ortiq ilmiy maqolalri ham e'lon qiilingan.

Xitoy adabiyotining tadqiqi va ikki mamalakat o 'rtasidagi adabiy aloqalar borasidagi yana bir quvonarli holat shuki, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalarga saboq berib kelayotga ikki yosh xitoyshunos-adabiyotshunos olimamiz Xitoy Xalq Respublikasida PhD dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib keldilar. Ulardan biri Dana Kamilla Anvarovna "Luo Puning "Buyuk ayol" qissasi tadqiqi" mavzusidagi Phd dissertatsiyasini 2018 yilda XXRning Shanxay shahridagi Xitoy Sharqiy Pedagogika universitetida himoya qilib qaytdi. Dissertatsiya xitoy adabiyoti tarixining yangi davriga xos "Buyuk ayol" qissasi asosida yaratilgan. O'tmishdoshlar ijodi asosida Luo Pu ijodini har tomonlama chuqur o'rganish uchun muallifning tarjimai holini tahlil qilish, qiyosiy o'rganish, induktiv tahlil usullaridan foydalanilgan. 2022yilda Dana Kamillaning shu nomdagi monografiyasi ham chop etildi. Kitobning afzalligi - materiallar taqdimotining yaxlitligi. Muallif ushbu qissani yozgan yozuvchining mahorati va maqsadini aniq ko'rsatishga yordam beradigan voqealar ketma-ketligini aniq belgilab bera olgan. Monografiya

11 Ochilov Ozod. "VII-X asrlar Tang davri she'riyatida ramzlar semantikasi" Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent 2018 yil.

12 Nazirova Shukriya. Xitoy adabiyoti XX-XXI asrlar Xitoyda ayollar adabiyotining shakllanish omillari va takomil bosqichlari. Monografiya. TDShU. Toshkent, 2021 yil.

qat'iy ilmiy mazmuni va ayni paytda materialning ochiq taqdimoti bilan ajralib turadi. Bu nafaqat xitoyshunos olimlar, balki xitoy adabiyotiga ixlosmand kishilarga ham monografiya mazmunini bemalol tushunish imkonini beradi. Bundan tashqari yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida rus tilida saboq oluvchi talabalari uchun yosh olimaning xitoy adabiyoti tarixiga doir rus tilidagi ikki darsligi ham nashr qilindi. 13 Shunday yosh olimlarimizdan ikkinchi Nigina Rasuleva ham Shanxay Universitetida 2019yilning may oyida " ФШ H^iftMf ^ Xitoy tarmoq adabiyotining rivojlanish bosqichlari" mavzuida PhD dissertatsiyasini himoya qilib qaytdi. Hozirda bu iqtidorli olimalar talabalarga xitoy adabiyotidan saboq berib, mazkur sohadagi o'z ilmiy tadqiqoqtlarini ham davom ettirmoqdalar.

S.Sh. Nasimova tomonidan yozilayotgan "Din Lin asarlarida ayol obraziga chizgilar" nomli nomzodlik dissertatsiyasi ham yakuniga yetib qoldi. S.Nasimovaning mazkur mavzuga aloqador bir qator ilmiy maqolalari ham e'lon qilingan.

Xitoy adabiyoti haqida ma'lumotlar beruvchi monografiyalar xitoyshunos bo'lmagan o'zbek olimlari tomonidan ham yaratilayotganligi juda quvonarli holat. Albatta bu monografiyalar uchun xitoy adabiyoti haqida yozilgan rus tilidagi manbalar asos bo'lib xizmat qilganini ham ta'kidlab o'tishimiz kerak. Shunday bo'lsada mazkur monografilar xitoy adabiyoti tarixidan hikoya qiluvchi juda qimmatli ma'lumotlar manbaiga aylanib ulgurdi. Shunday monografiyalardan biri filologiya fanlari doktori Najmiddin Nizomiddinovning "Qadimgi xitoy tarixi, diniy e'tiqodi va madaniyati" deb nomlangan monografiyasi. Mazkur kitob tarkibida monografiya sarlavhasiga doir 30 dan ortiq nomdagi mavzularga oid ma'lumotlar beriladi. Jumladan, kitobning qariyb 10 sahifasida xitoy adabiyotiga taalluqli ayrim tanishtiruv harakteriga ega bo'lgan fikrlar va ma'lumotlar bayon qilinadi.14 Yurtimizda taniqli adabiyotshunos olim filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev va filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mahkam Mahmudov hammuallifligidagi "Adabiy-estetik tafakkur tarixi" nomli monografik tadqiqotda ham Xitoydagi adabiy-estetik tafakkur haqida fikr va mushohadalar yuritiladi.15 Mazkur kitobda qadimgi xitoy adabiyotiga xos ma'lumotlar berilishi bilan bir qatorda, Konfutsiy estetikasi, xitoy adabiyotida ifoda shakllari (nasr, nazm) haqidagi qarashlarning shakllanishi, uch sulola davridagi estetik qarashlar, ma'no va shakl munosabati kabi mavzular borasida tahliliy fikrlar berilgan va munosabat bildirilgan. Mazkur monografiya ham xitoy adabiyoti bilan shug'ullanuvchi yosh tadqiqotchilarga yaxshigina ilmiy manba bo'lib xizmat qilishi muqarrar.

Universitetimizda ko'p yillardan beri talabalarga xitoy adabiyotidan saboq berib kelayotgan ustozlardan Shaxnoza Komilova ham yangi davr xitoy dramaturgiyasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Xitoy adabiyotidagi ko'plab janrlar O'zbekiston xitoy adabiyotshunosligida tadqiq qilinmoqda. Ana shunday janrlardan biri dramaturgiya janridir. Mazkur janr tadqiqi ustida yuqorida nomi tilga olingan yosh va iqtidorli xitoyshunos Komilova Shaxnoza Turobiddinovna shug'ullanmoqda. Hozirgi kuda u 10.00.05. - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo'yicha "XX asrning oxirgi choragi xitoy dramaturgiyasining janr xususiyatlari" mavzusida filologiya fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ustida ish olib borilmoqda va himoya qilish arafasida turibdi. 2019 yilda "Xitoy adabiyoti (XX asr I yarmi)" nomli darslik yaratildi. Uning mazmunida XX asr birinchi yarmi xitoy adabiyotining taraqqiyot bosqichlarining eng asosiy davrlari, shu davrda ijod etgan taniqli vakillari ijodi (xitoy tili va o'zbek tillarida), turli adabiy oqimlar va yo'nalishlar, xamda adiblar ijodidan parchalar o'rin olgan.

13 Dana Kamilla. "Yangi va eng yangi davr xitoy adabiyoti" darsligi. Nashriyot: TDShU, Toshkent 2020 yil; shu muallif "O'rta asrlar xitoy adabiyoti" darsligi. Nashriyot: TDShU, Toshkent 2021 yil.

14 Nizomiddinov N.G'. Qadimgi Xitoy tarixi, diniy e'tiqodi va madaniyati. -T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2014 yil. B.332-345.

15 Болтабоев X,., Махмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи. 1-жилд: Кддимги давр. -Тошкент: Мумтоз суз, 2012. B.64-79.

2021 yilda "Xitoy adabiyoti dramaturgiyasi" nomli o'quv qo'llanma yaratildi. Mazkur o'quv qo'llanma ham xitoy adabiyotida dramaturgiyaning rivojlanish tarixidan to hozirgi kunga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga qamrab olgan. Qo'llanma doirasida xitoy dramaturgiyasining paydo bo'lishi, rivoj topishining asosiy davrlari, o'rta asr xitoy dramaturgiyasi, yangi davr xitoy dramaturgiyasi (XVI-XVIII asrlar), zamonaviy xitoy dramaturgiyasi, uning o'ziga xos xususiyatlari, xamda ushbu davrlarda ijod etgan dramaturglar ijodi, asarlarining qisqacha mazmuni o'z ichiga qamrab olgan.

ToshDShU va xitoy filologiyasi kafedrasi kutubxonalari fondi yosh olim va tadqiqotchilarimiz tomonidan mumtoz xitoy adabiyoti bo'yicha nashr ettirilayotgan va tarjima qilinayotgan risolalar, to'plamlar va o'quv qo'llanmalari bilan boyib borayotir. Bu esa nafaqat xitoy tili adabiyotini o'rganuvchi talabalarga, balki bu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga ancha yengillik yaratmoqda. Hozirda xitoy adabiyoti tarixi biznint ta'lim dargphlarida to'rt davrga bo'lib o'rganilmoqda. Qadimgi (mumtoz) xitoy adabiyoti, o'rta asr xitoy adabiyoti, yangi davr xitoy adabiyoti va eng yangi davr xitoy adabiyoti. Har bir davrning o'rganilishi xitoy adabiyotidan tayyorlangan maxsus namunaviy dasturga asosan muayyan kurslarga to'g'ri keladi. Dars berish jarayonida o'qituvchilarimiz ma'ruza matnlari va o'quv qo'llanmalardan, hamda Xitoyda nashr etilgan xitoy tilidagi qator darslik va turli ilmiy kitoblardan unumli foydalanib kelmoqdalar.

Yuksak ahloqiy qadriyatlar bilan bog'liq muqaddas tushunchalar, e'tiqodi va millatidan qat'iy nazar har bir bashar farzandi uchun tushunarli til va shaklda, betakror obrazlar talqinida tarannum etiladi. Kitobxon mutoala jarayonida o'z qalb tug'yonlariga quloq tutadi, ruhiy kechinmalariga hamohang ohanglarni izlaydi. Tayvan orolida yashab ijod qilayotgan yozuvchi Siong Yao (ШШ) asarlarini ham shunday asarlar sirasiga kiritish mumkin. O'zbekistonda xitoy adabiyoti va aynan shu adiba ijodi tahlili bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan TDShU qoshidagi akademik litsey o'qituvchisi Nilufar Zaitovadir. Yosh olima tomonidan "Zamonaviy Xitoy-Tayvan yozuvchisi Siong Yao ijodining tarjimasi xususida", "Xitoy-Tayvan yozuvchisi Siong Yaoni o'zbek adabiyotida o'rganilishi" nomli maqolalari jurnallarda e'lon qilindi. Professor A.Karimov bilan hammualliflikda nashr qilingan tarjima kitobi "Siong Yao. Hikoyalar" deb nomlanadi. Kitobda yozuvchining o'zbek tiliga tarjima qilingan hikoyalari kiritilgan. Syung Yaoning to'plamdagi uch badiasi o'zbek tilida ilk marotaba nashr qilindi. Asarlarning uslubi ravon, kitobxonni zeriktirib qo'ymaydi. Shuningdek yozuvchi asarlarida o'zbek o'quvchisi uchun tanish bo'lgan tuyg'ular mujassam. Hikoyalarni bevosita xitoy tilidan o'zbekchaga Nilufar Zoitova o'girgan. Kitobni badiy adabiyoti muxlislari juda iliq kutib oldilar.

Xitoy adabiyoti bo'yicha tadqiqqotlar nafaqat doktorlik va nomzodlik darajasida, balki magistr va bakalavr darajasida ham olib borilmoqda. Aniqroq qilib aytilsa, ta'limda uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash maqsadida tadqiqotlarni olib borishda ilmiy rahbarlar bakalvr darajasida iqtidorli talabalarni tanlab olib, ular bilan ish boshlab, magistrlik darajasida davom ettiriladi, so'ngra PhD darajasi bilan yakunlash yo'lga qo'yilgan. Bunday usul tanlangan mutaxassislik doirasida yanada pishiq va mustahkan ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratilishiga asos bo'lishini vaqtning o'zi isbotlab berdi. Magistrlik dissertatsiyalari misolida bunga nazar solsak. Magistrlik dissertatsilar xitoy adabiyotining mumtoz davri, shu bilan birga yangi davridan ham tadqiqqotlar qilingan. 2016 yilda magistrant Zamira Ahadova "Lo Guang Chjunning "Uchshoxlik" romani adabiy manba sifatida" mavzusida, 2018 yilda esa magistrant Umida Sultonova "Ding Lin ijodida realizm" mavzusida magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Mazkur ishlar magistrlik darajasida yurtimizda ilk bor amalga oshirildi. Asossiy e'tirof etiladigan jihati shundaki bu tadqiqitlar sof xitoy tilidagi manbalar asosida amalga oshirildi. Bulardan tashqari o'tgan yillar mobaynida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoy adabiyoti tarixida mashhur bo'lgan yozuvchi va dramaturg Tan Syanzu ijodining tadqiqi, (Ixtiyor Niyazmuradov), shoira Se Binsin va Day Vanshular ijodi tahlili (Gulnoza Ziyamuhamedova), Xalqaro nobel mukofoti laureati Mo Yan

ijodi va uning "Baqa" romaning badiiyatini o'rganish (Malika Urunbayeva) bo'yicha ham qator magistrlik dissertatsiyalari yozildi va muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Adabiyot qadimdan turli millat va elatlarni, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan va tanishtiradigan sehrli kuchga ega bo'lgan. Jumladan xitoy adabiyoti ham o'zbek kitobxon o'quvchisiga kun sayin ma'lum bo'lib bormoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda yurtimizning xitoyshunoslari muhim o'rin tutadilar va samarali mehnat qilmoqdalar. Mana bir necha yillardan beri xitoy adabiyotidan namunalar o'zbek tiliga tarjima qilinib, o'zbek kitobxonlari e'tiboriga havola etib kelinmoqda. Oxirgi yillarda mashhur o'rta asr xitoy yozuvchisi Pu Sungling novellalaridan, zamonaviy xitoy adibasi Bi Shumin hikoyalaridan bir nechtasi o'zbek tiliga o'girildi va kitob shaklida o'zbek kitobxonlariga taqdim etildi. O'z navbatida o 'zbek xalq ertaklaridan va hikoyalaridan ayrimlari xitoy tiliga o'girilib xitoylik o'quvchilarga yetkazildi. Bunday tarjima ishlaridan juda ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. O'zbek xitoyshunos-adabiyotshunosligidagi yana bir yangi ufqlardan biri ilk bora xitoy bolalar adabiyotshunosligidan hikoyalar tarjima qilinib keng kitobxonlar ommasiga yetkazildi. Mazkur tarjima kitobida XXRning Pekin bolalar adabiyotida 1987 yili Liu Houming muharrirligi ostida nashrdan chiqqan "1980-1986 yillardagi Pekin bolalar adabiyotining eng sara tanlangan asarlari" nomli kitobidan tanlab olingan yigirmata hikoyaning tarjimasi berilmoqda. Turli mualliflar qalamiga mansub mazkur hikoyalarni o'qir ekanmiz, ularning barchasi tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ko'ramiz va guvohi bo'lamiz. Hikoyalarnig har birida u yoki bu dolzarb mavzular ko'tarilgan. Hikoyalarda xitoy xalqining milliy ruhiyatini sezamiz. Bu hikoyalar o'zbek o'quvchi-bolajonlarida Vatanga, tabiatga, milliy qadriyatlarga va insonlar o'rtasidagi munosabatlarni hurmat qilishga asos bo'ladigan g'oyalarni shakllantirishga ko'mak beradi. Ayniqsa mazkur tarjimalar ustoz-shogird tamoyili va tizimida amalga oshirilganligi alohida tahsinga sazovor.

Tarjimalar haqida gap borganda Xitoy xalqining buyuk yozuvchisi Lao Shening "Mushuklar saltanati" satirik romanining o'zbek o'quvchisiga yetkazilishi haqida ham aytib o'tish joiz. Mazkur roman rus tilidan o'zbek tiliga ilk bor Baxtiyor Omon tomonidan tarjima qilingan16 (1996). Ikkinchi martta esa rus tilidan Erkin Ernazarov tomonidan o'zbek tiliga "Mushuklar shahri xotiralari" nomi bilan tarjima qilindi17. Mazkur ikkinchi kitobning afzallik tomoni shundaki, kitob so'zboshi muallifi va to'plovchisi mashhur professor Akmal Saidov tomonidan kitobga yozilgan so'zboshida xitoy adabiyotining yangi davri haqida anchagina kerakli ma'lumotlar berilgan. Shu bilan birga kitob so'ngida yozuvchi Lao Shening "Men "Mushuklar shahri xotiralari"ni qanday yozdim" nomli maqolasining tarjimasi, Lao She aytgan mashhur hikmatlaridan namuna-taijimalar, Lao She asarlarining o'ziga xos bibliografiyasi, Lao She hayoti va ijodining asosiy sanalari to'g'risidagi qisqa ma'lumotlar ham berilgan. Bu ma'lumotlar nafaqat xitoy adabiyoting zamonaviy davri tadqiqi bilan shug'ullanayotgan izlanuvchilarga, balki keng kitobxonlar ommasiga ham juda muhim va qiaiqarli manba bo'lib xizmat qiladi.

Ana shunday tarjimalardan yana biri iqtidorli yosh xitoyshunos Nozima Maxmudovaning "Bi Shumin hikoyalari" deb nomlangan tarjima kitobidir. Bu kitob ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda Bi Shuminning 10ta hikoyasining tarjimasi beriladi. Kitobning ikkinchi qismida Bi Shumin hikoyalarining tadqiqotchi Nozima Maxmudova muallifligidagi tahlili va xulosalari beriladi. Makur kitobga so'zboshi yozgan marhum akademik Baxtiyor Nazarov Nozima Maxmudovaning bu ishi o'zbek-xitoy adabiy va madaniy aloqalarinig rivojiga munosib hissa bo'lib qo'shilishiga umid bildirgan18.

16 She Lao. Mushuklar saltanati. Tarjimon: Baxtiyor Omon.Yozuvchi nashriyoti. Toshkent, 1996 yil. 128 bet.

17 She Lao. Mushuklar saltanati. Tarjimon: Erkin Ernazarov. So'z boshi muallifi va to'plovchi Akmal Saidov. "Davr Press" NMU. Toshkent, 2015 yil. 224 bet.

18 Bi Shumin hikoyalari. "Qalb tug'yonlari" to'plami asosida. Tuzuvchi va muallif N.S,Maxmudova. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2016. B.7

R

О

O'zbekistonda mumtoz xitoy adabiyotining o'rganilishiga bir qator Rossiyalik olimlarining yozgan ijodlari ham ko'mak bergan. Jumladan Ye.A. Serebryakov, K.I. Goligina, I.S. Lisevich, O.L. Fishman, V.M. Alekseev, N.T. Fedorenko va boshqalarning tadqiqotlari, monografiyalari va boshqa kitoblaridan xitoy adabiyotiga doir ma'lumotlar olish mumkin. Lekin hozirda xitoy tilidagi asl manbalardan foydalanib yozilayotgan ilmiy maqolalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarining asl mazmun va mohiyati, rus olimlari yozgan ijod namunalaridan bir muncha farq qiladi. Binobarin, ijodkor shaxsi deyarli maxsus tadqiqot ob'ekti qilib olinmasdan, adabiy guruhning bir qismi sifatida tadqiq etilgan. Deyarli barcha tadqiqotlar sobiq sovet totalitar tuzumi davrida amalga oshirilganligi bois ularda sovetizm an'analari, ko'proq ijtimoiy - siyosiy yondoshish, jamiyat haqidagi o'y fikrlar ustuvorlik qilar edi. Asar badiiyati masalalri borasida mulohazalar kam edi. Shu bois O'zbekiston xitoyshunos- adabiyotshunoslari xitoylik adabiyotshunoslarning ijodlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib, asosiy e'tiborni oldingi ishlarda nazarda chetda qolgan jihatlarga, jumladan, har bir badiiy asarning badiiy va g'oyaviy xususiyatlari, ulardagi janr takomili, mualliflar uslubini o'rganish,asarlardagi folklor motivlarni tadqiq etish, syujet, kompozitsiya, personaj kabi badiiy komponentlar asosida tahlil qilish, ularda inson obrazi qanday shakl va vositalar yordamida aks ettirilganligini talqin qilish masalalarigga qaratmoqdalar. Ikkinchi tildan tarjima qilgandan ko'ra asl manbalardan qilingan tarjimalar aniq va ravon chiqadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, hozirda tadqiqotlarimizning xitoy tilidagi asl manbalardan o'zbek tiliga o'girayotgan ertak, hikoya va novellalari rus tilidan qilingan tarjimalardan farqli o'laroq o'zgacha mazmunga ega bo'lmoqda.

Xulosa. O'zbekistonlik olimlar, yoshlar, tadqiqotchilar va xitoy adabiyotiga qiziquvchilar uchun xitoy adabiyotini o'qish, o'rganish, tahlil qilish va eng asosiysi xitoy adabiyoti durdonalaridan ulkan zavq va bahra olish imkoni yetarlicha. Faqatgina ilm sohasini mahkam tutgan, xitoy adabiyotini sevgan insonlar bo'lsa bas. Shunday ekan, to'la ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bugun O'zbekistonda xitoy adabiyotini o'rganish bo'yicha yurtimizda keng ko'lamdagi ishlar izchil davom etmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Ziyamuhamedov, J. (2021). ARTISTIC DETAILS IN PU SUNG-LING'S CREATIVE STYLE. Philology Matters, 2021(1), 22-36.

2. Зиямухамедов, Д. Т. (2021). ПУ СУНГЛИНГ НОВЕЛЛАЛАРИДА ЕАЙРИТАБИИЙЛИК УНСУРИНИНГ ИФОДАСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, ¥(2).

3. Ziyamukhamedov, J. (2022). BUDDHIST AND TAOIST MOTIFS IN PU SUNGLING'S" LIAO JAI'S STORIES OF MIRACLES". Builders Of The Future, 2(02), 181-188.

4. Зиямухамедов, Д. Т. (2021). Вопросы передачи национального характера в переводах с китайского языка. тельность всем коллегам, принявшим участие в рецен-зировании статей сборника: МЮ Авдониной, СР Агабабян, ВМБухарову, ГМВасиль, 86.

5. Зиямухамедов, Д. Т. (2021). КОНЦЕПЦИЯ ОБЩЕСТВА И ЧЕЛОВЕКА В НОВЕЛЛАХ ПУ СУНЛИНА. Социосфера, (3), 23-31.

6. Камилла, Д. (2022). ПРЕДПОСЫЛКИ И ИСТОРИЯ СОЗДАНИЯ ПОВЕСТИ ЛО ПУ "ВЫДАЮЩАЯСЯ ЖЕНЩИНА". Sharq ma'shali/Восточный факел, 14(1), 33-42.

7. Miadovna, N. S. (2020). Contemporary Chinese Literature: Creators of Style and A Wide Range of Themes. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(04).

8. NS Abdullayevna.±^l^ffl^M^«: №^-#,87,0

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.