Научная статья на тему '“ZID QUTIBLI” KONSEPTLARNING SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDAGI O‘RNI'

“ZID QUTIBLI” KONSEPTLARNING SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
lingvopoetika / konsept / lingvokonseptuallik / lingvokonseptologiya / shaxsiy-muallif konsepti / zid qutbli konsept.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Haydarov Shohqadam Mamayusupovich

Mazkur maqolada Shukur Xolmirzayev asarlarining tahlili, lingvokonseptual xususiyatlari, “hayot va o‘lim” konseptining o‘ziga xosligi, “ezgulik va yovuzlik” konseptining stilistik uslub vositalari bilan ifodalanishi xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ZID QUTIBLI” KONSEPTLARNING SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDAGI O‘RNI»

"ZID QUTIBLI" KONSEPTLARNING SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDAGI O'RNI

Haydarov Shohqadam Mamayusupovich

filol.f.n. TIPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11368667

Annotatsiya. Mazkur maqolada Shukur Xolmirzayev asarlarining tahlili, lingvokonseptual xususiyatlari, "hayot va o'lim" konseptining o'ziga xosligi, "ezgulik va yovuzlik" konseptining stilistik uslub vositalari bilan ifodalanishi xususida fikr yuritiladi

Kalit so'zlar: lingvopoetika, konsept, lingvokonseptuallik, lingvokonseptologiya, shaxsiy-muallif konsepti, zid qutbli konsept.

Tilshunoslik ilmida asar tili tahliliga bag'ishlangan izlanishlar va tadqiqotlar ortib borishi barobarida badiiy matnga bo'lgan qiziqishlar lingvopoetik, lingvokulturologik va lingvokonseptologik aspektdagi amalga oshirilgan ishlarda o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Har qanday mukammal badiiy asarning yuzaga kelishida esa yozuvchining shaxsiy-mualliflik konsepti muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy-mualliflik konsepti esa ijodkor o'zi yashab turgan muhit bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keladi.

Shaxsiy - mualliflik konseptmuhit yozuvchining shaxsiy dunyo manzarasini mujassamlanishi sifatida lingvomadaniyatda konseptlar inson xotirasida saqlanayotgan tajribaning ahamiyatini anglashilgan, tipiklangan birligidan iborat bo'lgan mental ta'lim sifatida qaraladi. Yozuvchi aynan o'z konseptmuhitidan kelib chiqib, ijodining boshqalarda uchramaydigan nozik jihatlarini asarlariga singdiradi va o'z idealini yaratishga jazm etadi.

Yozuvchi ideali go'zallikdir, u tabiiy va estetik go'zallik tarzida ko'rinadi, ammo fojia xunuk, komik hodisalar ta'siri zamirida yashiringan bo'ladi. U milliy va umuminsoniy manfaatlar va qiziqishlarga tayanadi. Yozuvchining estetik ideali ijobiy qahramonning estetik idealiga qo'shilib ketadi. Jamiyat, inson ibrat va o'rnaksiz yashay olmaydi, ya'ni ideal uning uchun suv va havodek kerak. Ko'rinib turibdiki, estetik idealsiz badiiylik yo'q. Biroq estetik ideal qat'iy o'lcham yo chegara emas, ammo yozuvchi unga ega bo'lishi shart. Yozuvchi ega bo'lgan sehrli mantiq har bir adabiy tur va janrda o'ziga xos ifodalanadi.

Zamonaviy lingvokonseptologiyaning asosiy tendensiyalaridan biri shaxsiy-mualliflik konseptlarini o'rganish bo'lib, uni konseptlar ustida izlanish olib boruvchilarning ma'lum bir til madaniyatining ijtimoiy-siyosiy hayotini o'z asarlarida aks ettirgan yozuvchi va shoirlarning badiiy dunyo manzaralarini to'liqroq yoritishga intilishi bilan tushuntirish mumkin.

Jumladan, Shukur Xolmirzayevni o'zbek yozuvchilarining haqiyqiy jonkuyarlari qatoriga qo'shishadi, biroq ijodkorning hozirgacha shaxsiy-mualliflik konsepti tahliliga bag'ishlangan ishlar yaratilmagan. Ijodkorning badiiy asarlari muhokamasi shaxsiy - mualliflik konseptlarining obrazli va qadriyatli tomonlarini tasvirlash til nazariyasi, til madaniyatining rivojlanishi uchun foydalidir. O'zbek tili imkoniyatlaridan oqilona va jozibali foydalanib kelayotgan, o'z asarlarida so'zlarning jonli muloqat shaklidagi kabi ta'sirli, ixcham va sodda ko'rinishini yetkazib berishni san'at darajasigacha olib chiqqan ijodkorning shaxsiy - mualliflik konsepti o'zbek tilning ham cheklanmagan imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.

Shukur Xolmirzayev asarlari tilining uslubiy tomonlari serqirraligi va soddaligi bilan ham kitobxonda o'zgacha tasurot o'yg'otadi. Yozuvchining asarlari tili orqali kitobxonda ayni o'sha muhit ta'siriga tushgandek hayojan hosil bo'ladi. Bunda ijodkorning shaxsiy-mualliflik

konseptmuhiti ham muhim rol o'ynaydi. Uning "hayot va o'lim", "ezgulik va yovuzlik" "mehnatkashlik va tanballik", "to'g'rilik va egrilik", "boylik va kambag'allik", "nafrat", "yolg'izlik",kabi zid qutubli konseptlari til tomondan psixolingvistik va lingokognitiv tahlil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Ijodkoming shaxsiy - mualliflik konseptmuhitini tadqiq qilish haqida gapirilganda, biz uning butun ijodini yoki asosiy davrlarini qamrab olgan ishlarining yo'qligini qayd etamiz.

Badiiy matnda muallifning o'quvchi yoki kitobxonga estetik ta'sir qilish maqsadi brinchi planda tursa, nobadiiy matnda muallifning asosiy maqsadi o'quvchi yoki kitobxonga kommunikativ ta'sir qilishdan iborat bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, nobadiiy matnda muayyan axborotning mazmuni va uning ifodasi birlamchi bo'lsa, badiiy matnda bunday axborot birlamchi emas, balki shu axborot vositasida aytilmoqchi bo'lgan fikr - g'oyaning estetik ta'sirli ifodasi mutlaqo hal qiluvchidir.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, asosan zid qutubli konseptlarga to'xtalishni lozim topdik. Yozuvchining "Tabassum" nomli hikoyasida "hayot va o'lim" konsepti muallif tomonidan asar bosh qaxramonlari hayotining turli xildagi rangbarang, bir-biriga zid tushunchalarni ifodalovchi konseptlar bilan ifodalangan bo'lib, ular o'z va ko'chma ma'nolaridan tashqari so'z va birikmalar orqali ifodalanganligi bilan ham ahamiyat kasb etadi. Masalan, - Jalil akaning o'zi ham ketish oldida. O'sma bilan og'rigan. Biladi. Do'xtirlar ko'p vaqt yashirib yurishdi. Lekin Jalil aka ovqatdan qolayotgani, ozib ketayotganidan qo'rqib yurardi. (Sh.Xolmirzayev "Tabassum" hikoyasi. T., 2020. 110-b.). Keltirilgan misolda "ketish oldida" birligi o'z ichiga asar qaxramonining tug'ilgandan boshlab, hayotining mazmunli, qiziqarli, sertashvish, turmushning pastu balandlariga boy damlari-yu, yoshlik yillari, umri, hayoti nihoyalab qolganligidan dalolat bersa, "O'sma bilan og'rigan" gapi orqali asar qaxramonining bedavo dardga chalinganligi, hali bu dardan hech kim yashab ketmaganligi, hayotining so'nggi lahzalarida o'limni o'z bo'yniga olishligi, bundan o'zga chora yo'qligini bilishi kabi ma'nolarni qamrab olgan. Shuningdek, ushbu hayot va o'lim konseptining boshqa turdagi o'lim shakllaridan farqli jihatlari chorasizlik, noilojlik, ojizlik singari tushunchalarni ham o'zida mujassamlashtiradi. Misolda tahlil qilinayotgan "hayot va o'lim" konseptining tasavvur tomonlarini quyidagi stilistik usul rasmiylashtirgan: metonimiya (- Jalil akaning o'zi ham ketish oldida. O'sma bilan og'rigan)

Hikoyada asar qaxramoning o'zi uchun mazmunli, yaxshi-yomon, sarguzashtlarga boy, ochlik va to'qchilikdan iborat kunlaridan ayrilayotganligi erish tuyilishi ma'nosini ifodalovchi "hayot va o'lim" konseptini ham uchratish mumkin. Masalan, O'zi bir hisobda yoshimni ham yashab bo'ldim. Men tengi qurdoshlarimdan kimlar qoldi? Ha-a, Mo'min... bor. U mendan ikki-uch yosh katta-ya. Yuragi butun ekan-da! Ha, uningyuragi butun, - Jalil ota g'ashlanib o'ylay boshladi. - U boshqacha... Yomonga, nomardga... o'lim yo'q deydilar-ku! Ha-ye, mayli... Uyam yashasin. Baribir dunyoga ustun bo'lmaydi (o'sha asar 111-bet.).Yuqoridagi misoldan shuni sezish mumkinki, yozuvchi asar qaxramonining hayotga bo'lgan qiziqishini, o'limga bo'lgan munosabatdan ustun turishini umrining so'nggi damlarida ham o'z xayolidan o'tkazayotgan fikrlar orqali mustahkamlagan. "Hayot va o 'lim" zid qutubli konseptlari asar qaxramonining nutqidan yaqqol namoyon bo'lib turadi. Qaxramon nutqidan ifodalangan "yoshimni ham yashab bo'ldim" iborasi o'limni bo'yniga olish va taqdirga tan berish konseptlarini anglatsa, "Yomonga, nomardga... o'lim yo'q deydilar-ku! Uyam yashasin'' birliklari orqali hayot, yashashda davom etish ma'nosidagi zid qutubli konseptlar anglashiladi. Qaxramonning fikrlarini xulosalovchi qismida "Baribir dunyoga ustun bo'lmaydi" gapi keltirilib, hayotda hech kim abadiy yashamasligiga ishora qiluvchi o'lim konsepti bilan yakuniy nuqta qo'yilgan. Keltirilgan ushbu

misollarda ham tahlil qilinayotgan konseptning tasavvur tomonlarini stilistik usullardan metafora (Baribir dunyoga ustun bo'lmaydi), (Yomonga, nomardga... o'lim yo'q) hodisasi orqali ochib berishga harakat qilingan.

-Shunday. Endi, na chora! Omonatini olguncha kutaman-da. Shokir iliqqina kuldi. -Yoshingiz o'tib, judayam taqvodor bo'lib qoldingiz (Sh.Xolmirzayev "Tabassum" hikoyasi. T., 2020. 114-b.). Keltirilgan ushbu misolda ham hayot va o'lim konseptini bir-biriga zid qutublilik asosiga qurilganini ko'rishimiz mumkin. Asar qaxramoni hali hayotda bo'la turib o'limni bo'yniga olishi, o'limga hozirlik ko'rayotganligi, bedavo dard bilanmi yoki yo'qmi yaratgan bergan umrni oxiriga yaqinlashganini his qilishi tushunchasi (bu holatni ba'zan taqdirga tan berish konseptida ham uchratish mumkin)ga uning o'g'li Shokir tomonidan bildirilgan keksalikda taqvodorga aylanganligi fikri ifodalanishi orqali Jalil akaning hali hayotda o'z o'rni borligiga ishora qilish yotadi. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, o'zbek tilining turkiy tillar ichidagi o'ziga xosligi ham leksik qatlamining so'z va iboralar, ko'chimlarga boyligidadir Ushbu misolda ham tadqiq qilinayotgan konseptning tasavvur tomonlarini quyidagi stilistik usullar rasmiylashtirgan: metafora (omonatini olmoq-iborasi), metonimiya (yoshingiz o'tib; taqvodor bo'lmoq-birikmalari).

- Ha, qayoqqa? -deb baqirdi Mo'min va lapanglab yurib, Jalilga yaqinlashdi. - Orzixo'ja akayubordi meni.-shivirladi Jalil. — Tiriklay tutib borar ekanmiz (Sh.Xolmirzayev "Tabassum" hikoyasi. T., 2020. 120-b.). Ushbu misolda ham hayot va o'lim konsepti bir-biriga zid qutublilik asosiga qurilgan. Asar qaxramonlari tutub keltirishlari lozim bo'lgan shaxs holatini tiriklay tutmoq birligi orqali, o'lim konseptiga zit qutibli sanaladigan hayot konseptini tirik leksik birligi orqali ochib berishga harakat qilingan. Orzixo'ja tomonidan belgilangan topshiriqqa ko'ra Quyun qo'rboshining hayotligi, uni faqat olomon oldidagina o'limga mahkum etilishi, shu sababli uni hayotligicha tutish lozimligi va tirik holda qishloqqa olib borishligi hayot konseptini shaxsiy muallif konsepti orqali yoritilishiga erishilgan. Bu misolda ham tadqiq qilinayotgan konseptning tasavvur tomonlarini quyidagi stilistik usul rasmiylashtirgan: metafora (tiriklay tutmoq).

Yozuvchining ijodi davomida "hayot va o'lim" konseptining o'ziga xos o'zbek milliy mentalitetidan kelib ciqib yondashuvlarini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, har bir so'zni o'quvchiga ta'sir doirasini ham hayotiy reallik asosida yetkazilib berilishi kitobxonlarni o'ziga jalb etib turadi. Masalan, -Quyun qo'rboshi nima jazoga loyiq? - O'lim! O'lim! - deyishdi ular qo'rqa-pisa. Orzixo'ja yana Quyundan so'radi: - Tag'in nima uchun kurashding? Quyun qo'rboshi: - Ozodlik... uchun, - dedi. - Xalq! - xitob qildi Orzixo'ja. - Quyun qo'rboshi nima jazoga loyiq? — O'lim, o'lim!.. Quyun qo'rboshi shu yerda otildi. (Sh.Xolmirzayev "Tabassum" hikoyasi. T., 2020. 125-b.). Yuqorida keltirilgan misolda ham o'lim leksemasi ishtirok etgan bo'lib, uning asosiy lingvistik ma'nosi - muayyan shaxsning o'zga, ikkinchi bir shaxs yoki voqea-hodisaning ta'siri natijasida xato ishlarni amalga oshirishiga jazo sifatida o'lim konseptining ishlatilishi va bu holat shunchaki umrining oxirini emas ko'proq amalga oshirgan ishlarining jazosi sifatidagi tushunchani ifodalamoqda. Qolaversa, Quyun qo'rboshining o'ziga o'lim bilan bog'liq jazo tayinlanishini bila turib, o'limga tik borishini yozuvchi oddiy bir hol emas, bunga yetarli sabablar mavjudligi orqali o'rinli ifodalab bergan. O'lim konsepti jazo turlaridan sanalmish otuv bilan amalga oshirilganligi ham o'lim konseptining jazo tariqasida qo'llanganligidan dalolat beradi. Ushbu misolda o'lim konseptini stilistik vositalar bilan emas leksik birliklar bilan ifodalanganligini kuzatish mumkin.

-Bola ekansan-ku, Jalil, - dedi. - Buni men bilaman... Bu seniyam otib qo'yishi mumkin (Sh.Xolmirzayev "Tabassum" hikoyasi. T., 2020. 124-b). Keltirilgan misolda ham o'lim va hayot zid qutibli konsepti otib qo'yishi mumkin birligi orqali ifodalanib, unda o'ldirib qo'yishi mumkin

tushunchasiga ishora qilinmoqda. Yozuvchi shaxsiy mualliflik konseptining o'ziga xos alohidaligi ayni o'lim konseptining turli ko'rinishlarini ochib berilishiga xizmat qilgan. Ushbu misolda tadqiq qilinayotgan konseptning tasavvur tomonlarini stilistik usul metafora (otib qo'yishi mumkin) hodisasi orqali ochib berishga harakat qilingan bo'lsa, lingvopoetik vositalardan paralelizm vositasi juda o'rinli hamda emotsionallikni o'zida tashish uchun xizmat qilgan. Chunki o'zbek xalqining jonli so'zlashuv leksikasida bu kabi holatlarni ko'plab uchratish mumkin. Ushbu misolda nafaqat o'lim konsepti balki ezgulik va yovuzlik zid qutibli konseptining yovuzlik konseptiga ham alohida urg'u berilgan. Asarda Mo'minning o'z do'stiga, yoyinki sherigiga ham ezgulik tilamasligini yozuvchi otib qo'yishi mumkin birligi orqali yovuzlikdan qaytmaydigan personajni ifodalagan. Bunda otib qo'yishi mumkin birligi adashib yoki kutilmaganda emas, yovuzlikda o'z do'sti, hamqishlog'ini ham ayamasligiga ishora qilmoqda. O'lim konsepti yovuzlik konsepti bilan paralellikni hosil qilishini yozuvchi shaxsiy mualliflik konseptida moxirona ochib bergan.

Bobotog'dan enaverishda Mo'min ancha o 'zgardi. Ovozi ham balandlab, Quyun qo'rboshiga: - Buyoqdan, uyoqdan yuring! - deydigan bo'ldi. Keyin uni senlashga o'tdi. Ilk qishloqqa yaqinlashganda, Jalilga qarab: - Ko'rdingmi, bosmachini ushlash qanday bo'ladi? — dedi. Jalil garangsib: - Siz ushlaganingiz yo'q, - dedi. Mo'min taqqa to'xtadi. - Esa senmi? -Bog'lashga bog'ladingiz (Sh.Xolmirzayev "Tabassum" hikoyasi. T., 2020. 124-b) Ushbu misolda Jalilning nutqi ezgulik konseptini o'zida aks ettirsa, Mo'minning nutqi ezgulikka zid qutibli sanalgan yovuzlik konseptini o'zida aks ettiradi. Yozuvchining shaxsiy mualliflik konseptidan o'rin olgan bu kabi tushunchalar reallikni tasvirlashda anchayin keng qo'llanilganligini ko'rsatadi. Yovuzlik konsepti personaj nutqining ijobiylikdan bosqichma bosqich salbiylikka siljishi barobarida yovuzlik konseptini ochib berishga xizmat qilgan. O'zbek tilining stilistik vositalaridan metafora (senlashga o'tdi) hamda metonimiya (bosmachini ushlash) hodisalari o'rinli qo'llanilgan.

Xullas yozuvchi Shukur Xolmirzayevning asarlarida shaxsiymuallif zid qutibli konseptlaridan sanalagan hayot va o'lim, ezgulik va yovuzlik konseptlari metafora, metonimiya kabi so'zning stilistik vositalari yordamida hayot va o'lim hamda yovuzlik va ezgulik konseptining to'g'ridan to'gri nominanti hisoblanadi,

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yo'ldoshev M. "Badiiy matn lingvopoetikasi", "O'zbekiston".T.: 2019.

2. Yo'ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish. - Toshkent: TDPU, 2007. -112 b.

3. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - Toshkent: Fan, 1989. 112 b.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati, II tom, 2006-y

5. Xolmirzayev Sh. "O'n sakkizga kirmagan kim bor". Tabassum hikoyasi. Toshkent,-2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.