Научная статья на тему 'BADIIY ASAR VA MUALLIF KONSEPSIYASI'

BADIIY ASAR VA MUALLIF KONSEPSIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
46
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyotning polifunksionalligi / badiiy-konseptual funksiya / baxt konsepsiyasi / folklor / “Susambil” / “Martin Iden”. / encompass polyfunctionality of literature / artistic-conceptual function / the happiness concept / folklore / "Susambil / " and "Martin Eden."

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muhammadjonova, Gо‘zalxon, Jalolova, Shalolaxon Islomjon qizi

Maqolada baxt konseptining badiiy adabiyotdagi talqini о‘rganilgan. Adabiyotda baxt va baxt о‘lkasi haqidagi qarashlarning genezisi folklor namunalariga borib taqalishi xalq ertaklari, xususan, “Susambil” misolida asoslangan. Shuningdek, folklor va yozma adabiyotdagi baxt konsepsiyasi qiyosiy aspektda о‘rganilgan. Xususan, badiiy konsepsiyaning talqinlarida muallif pozitsiyasi masalalari Jek Londonning “Martin Iden” asari misolida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTWORK AND AUTHOR'S CONCEPT

The article explores the interpretation of happiness within fiction, tracing its origins in literature back to folklore, notably examining the folk tale ";Susambil." It delves into the comparative analysis of happiness in both folklore and written literature, focusing on the author's stance within the artistic interpretation, exemplified in J. London's "Martin Eden."

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR VA MUALLIF KONSEPSIYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

BADIIY ASAR VA MUALLIF KONSEPSIYASI

Go'zalxon Muhammadjonova

filologiya fanlari doktori, dotsent Jalolova Shalolaxon Islomjon qizi

Erkin tadqiqotchi, Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumani 20-maktab o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada baxt konseptining badiiy adabiyotdagi talqini o 'rganilgan. Adabiyotda baxt va baxt o 'Ikasi haqidagi qarashlarning genezisi folklor namunalariga borib taqalishi xalq ertaklari, xususan, "Susambil" misolida asoslangan. Shuningdek, folklor va yozma adabiyotdagi baxt konsepsiyasi qiyosiy aspektda o'rganilgan. Xususan, badiiy konsepsiyaning talqinlarida muallif pozitsiyasi masalalari Jek Londonning "Martin Iden " asari misolida yoritilgan.

Kalit so'zlar: adabiyotning polifunksionalligi, badiiy-konseptual funksiya, baxt konsepsiyasi, folklor, "Susambil", "Martin Iden ".

ABSTRACT

The article explores the interpretation of happiness within fiction, tracing its origins in literature back to folklore, notably examining the folk tale "Susambil." It delves into the comparative analysis of happiness in both folklore and written literature, focusing on the author's stance within the artistic interpretation, exemplified in J. London's "Martin Eden."

Key words: encompass polyfunctionality of literature, artistic-conceptual function, the happiness concept, folklore, "Susambil," and "Martin Eden."

KIRISH

Adabiyotshunoslikda adabiyotning polifunksionalligi haqida ko'p bor ta'kidlanadi. Uning evristik, estetik, didaktik, kommunikativ, kompensatorlik, badiiy bashorat[1. 40-43] kabi qator vazifalari sirasida badiiy-konseptual funksiyasi muallif - badiiy asar - retsipiyent omilini bir nuqtada sintezlashi bilan alohida ahamiyatga ega. Chinakam badiiy asar beqiyos estetik ta'sir manbayi sifatida katta ta'sir kuchini o'zida mujassamlaydi. Ya'ni badiiy asar kitobxon dunyoqarashiga ta'sir etish, o'zgartirish orqali jamiyatni, borliqni o'zgartira oladi, uni sayqallaydi, insonni ma'nan yuksaltiradi. Shuning uchun ham badiiy adabiyot jamiyat rivoji va insoniyat hayotida juda katta qudrat kasb etadi.

Badiiy asarni "muallifning farzandi"[2.42] sifatida talqin etsak, har bir asarda muallifning u yoki bu darajada o'zligi aks etadi. Boshqacha aytganda, muallif o'zi yaratgan asariga hayot haqidagi muayyan qarashlarini, xulosalarnini singdirib

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yuboradi. Ana shunday qarashlarning sirasida baxt haqidagi tasavvur muhim o'rin tutadi.

Baxt va baxtiyorlik konsepsiyasi badiiy adabiyotda ko'hna talqinlardan biri. Folklorda ham, yozma adabiyotda ham bu boradagi tasvirlarni kо'plab uchratish mumkin. Abadiy mavzular singari baxt konsepsiyasi davrlar osha badiiy asarlarda asosiy o'rin tutib kelmoqda va mental jihatdan qaraganda ham mushtarak jihatlar ko'p. Bularning barchasida INSON omili va uning butun umri davomida intilayotgani - baxtli hayot turadi.

Baxt konsepsiyasining ildizlari xalq og'zaki ijodi namunalari bo'lgan miflar, ertak va dostonlarga borib taqaladi. Kuzatishlarimizdan, shunga amin bo'ldikki, aslida xalq ertaklarining barchasida muayyan ma'noda baxt konsepsiyasi aks etadi. Ezgulik va yovuzlikning kurashi asosiga qurilgan va oxiri yaxshilikning g'alabasi bilan yakunlanuvchi ertaklarning butun mazmun-mohiyatida baxt tushunchasining xalqona talqini o'z ifodasini topgan. Ertaklarning kompozitsiyasi ham shunga monand, an'anaviy boshlanish, ayniqsa, an'anaviy tugallanish qismida bu mazmun yaqqol aks etadi. Ya'ni "murod-maqsadlariga yetibdi", "umrlarining oxiriga qadar baxtli hayot kechirishibdi" kabi ta'birlarda hayotdan mamnunlik, baxtiyorlik yaqqol aks etib turadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hammamizga ma'lumki, "Susambil" baxt oshiyoni sifatida xalq orasida ham tez-tez tilga olinadi. Uning asosi esa shu nomdagi xalq ertagini taqazo qiladi. Ertak kompozitsion jihatdan, mazmun-mohiyatan baxtning ta'rif-tavsifiga mos keladi. O'z xo'jayinidan qadr topmagan, aziyat chekkan jonzotlarning qadr maskani, baxtiyorlik oshiyoni "o'tning bo'lig'i, suvning tinig'i mo'l, azob-uqubat yo'q"[3] - Susambil jannat maskan sifatida tasvirlanadi. Ertak kompozitsiyasi baxt maskaniga safar motivi asosiga qurilgan. Unda sarguzashtlik xususiyatlari mujassamlangan.

Asarning boshida umri davomida o'z egasiga fidoyilik bilan xizmat qilgan eshakning qadrsizlanishi asosiy voqeliklarning boshlanishiga kalit - tugun vazifasini o'taydi. Eshakning onasi tasvirlagan jannat maskanni izlab yo'lga chiqishi bilan sarguzasht boshlanadi. Har bir jonzotning so'roviga baxtiyorlik maskanini qayta-qayta ta'riflanishi baxt haqidagi tasavvurlarni aniqlashtirish, boyitishga, asosiy maqsad sari qat'iyatli harakatni amalga oshirishga xizmat qiladi.

"Susambil juda keng va bepoyon joy ekan. Havosi juda toza, narigi yoqda ulkan tog' bо'lib, uning shabadasi doim g'irillab kelib turar ekan. Yerda ko'm-ko'k maysalar, bedalar yashnab yotibdi. Bir yoqda bug 'doy arpalar, bir yoqda qovun-tarvuzlar, bir taraf keta-ketguncha bog': unda uzum, anjir, o'rik, shaftoli va turli-tuman mevalar g'arq pishgan. Ariqlarda oppoq sutday suvlar sharqiraydi"[3].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Ushbu ta'rif-tavsiflar bir qarashda jonzotlar tilidan, tomonidan berilayotgandek taassurot uyg'otsa-da, "bir yoqda" jumlalari bilan ta'rifning kengaytirilishida insonning baxt haqidagi qarashlari uyg'unlashadi. Mavzuiy jihatdan jonzotlar haqidagi turkumga kiruvchi ushbu ertakda insonlarning baxt haqidagi tasavvurlari jonzotlar timsollariga ko'chiriladi. Tashxis, intoq san'ati asosiga qurilgan badiiy tasvirlarda bola dunyoqarashiga xos holatda baxt konseptining mezonlari aks etadi.

Kenglik, bepoyonlik erkinlikni ifodasi, havosi tozaligi mo'tadil biologik hayotning muhim asoslaridan biri, to'kinlik, to'qchilik, ariqlardagi suv esa, bu hayotning davomiyligiga garov. Jonzotlar baxtiyor yashashlari uchun ko'p va xo'b yurib, katta mashaqqat chekib, ko'ngildagidek manzilni topa oldilar. Endi ular ushbu maskanni tashqi yovuz kuchlardan asrab yashay olsalargina baxtlari davomiy bo'ladi. Jonzotlar birlashish, birdamlik barqaror xotirjam hayotning asosi ekanini anglay oldilar. O'zlaridagi kuchli va ojiz tomonlarni anglab, ularni yagona maqsad sari birlashtira oldilar, natijada go'zal, baxtli hayotning sohibiga aylanib, murod-maqsadlariga yetdilar.

Asarning so'nggida baxt haqidagi tasavvurlar kengayadi, to'laqonli bo'ladi. Ertak boshida faqat yemish, farovonlik bilan bog'liq tasavvur, ertak so'ngida yana-da boyiydi. Yashil, obod maskan, tinch-xotirjam hayot, eng muhimi, ruhan, fikran yaqinlar bilan birgalikdagi do'st-inoqlikdagi baxtiyor hayot. Bularning barchasi asar nihoyasida katta bir falsafiy umumlashmaga olib keladi. Hatto jonzotlarning o'z maskanlarini himoya qilish uchun birgalikda kurashishlari ham baxt. Avvalo, kurashish uchun xohish va jur'atning bo'lgani, qolaversa, kuchlarni birlashtira olganlik, kuchli va ojiz tomonlarni sezib, ularni aniq maqsad sari to'g'ri yo'naltira olishlik ham maqsadga, saodatga yetishishning bir ko'rinishidir. Shu ma'noda olganda, baxt bir o'zing emas, ko'pchilikning birgalikda baxtiyorligidir. Ertak bu jihatdan nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham muhim hayot sabog'i bo'la oladi. Ya'ni ertakning badiiy-konseptual mohiyati ayni jihatga ko'ra juda xarakterlidir.

Xalq og'zaki ijodida umumlamalik va sodda ifoda yo'sini bilan ajralib turadigan baxt konsepti yozma adabiyotda mezonlarining kengayishi va turfaligi, muallif konsepsiyasining davriy va mental, ijtimoiy-mafkuraviy jihatdan o'ziga xosligi, talqinlarda badiiyatning ustuvorligi bilan ayrichalik kasb etadi. Ularda muallif pozitsiyasining aks etishi, baxt konseptini turli rakurslardan yoritilishi bilan e'tiborli tadqiqot obyekti bo'la oladi. Ushbu qiyosni jahon adabiyoti namunasi bo'lgan "Martin Iden" romani bilan asoslash mumkin. Mashhur adib Jek London ijodi jahon adabiyotida inson va tabiat muammosining yetakchilik qilishi, inson irodasi masalasining ustuvorligi bilan muhim o'rin tutadi. Shu ma'noda romandagi baxt talqini muallif adabiy-estetik tafakkurining mental, davriy jihatdan xoslanishini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ko'rsatadi, shuningdek, muallifning g'oyaviy-badiiy niyati nuqtayi nazaridan farqlanadi.

Yozuvchi asarlariga "insonni sinovlar toblab, kuchli shaxsga aylantiradi", degan g'oyani singdirib yuborgan. Shuningdek, uning asarlaridan "Hayot - bu kurash demak, kurashsiz hayot ma'nisizlikdir. Asli hayotning mazmuni ham shunda", degan falsafiy fikrlar ufurib turadi.

"Yozuvchining hikoyalarida iroda mavzusi o'zgacha talqin etiladi. Inson qudratini namoyish etadigan bu uning irodasidir. Iroda insonni hayotning mashaqqatli so'qmoqlaridan olib o'tadi. Iroda insonni tushkunlikka tushishdan saqlaydi. Iroda insonni har qanday mudhish, qayg'uli voqealar oldida ham bardoshli bo'lishga undaydi. Jek London hikoyalarida mana shunday iroda egalari qalamga olinadi"[4. 112].

Jek London yaratgan siymolar osonlik bilan qiyinchiliklarga taslim bo'lmaydigan, kurashuvchan, irodali kishilardir. Ular o'z oliy maqsadlari yo'lida har qanday mashaqqat-u, qiynoqlarga, ochlik va iztiroblarga tayyordir. Zero, ular oliy maqsad yo'lidalar. Ammo qay bir sabablarga ko'ra oliy maqsadning yo'qolishi bosh qahramon fojeasini yuzaga keltiradi. "Martin Iden" romani qahramoni ham shunday taqdir sohibi.

Adabiyotshunoslar, adabiy tanqidchilar tahlillarida Martin Iden o'z

jamiyatiga sig'magan inson sifatida e'tirof etiladi. Ba'zan irodasizligi tanqid qilinadi. Fikrimizcha, yozuvchining bu tasvirlardan ko'zlagan boshqa g'oyasi bor. Insonning inson ekanligi uning sinov va mashaqqatlarda o'zligini yo'qotmasligida, hayotning mazmuni - kurashda.

Martinning Rufga bo'lgan muhabbati unda hayotga nisbatan qiziqish, umid va tengsiz qudrat hissini uyg'otdi. Rufga munosib bo'lish ilinjida u kitob va bilimlar olamiga kirib keldi. Har bir o'qigan kitobi uni mushohada va savollar iskanjasiga solib tashlar, ularning mag'zini chaqishga intilar edi. Avvallari kuchini sotib, o'z mehnati ortidan kun ko'rib yurgan Martinda endi tafakkur kurashi kuchaya bordi. Fikrlar turfa xilligi, jamiyatdagi hayotning nomuvofiq qiyofasi borgan sari bosh qahramonni o'ylar girdobiga tashlar va u hayotning chin mohiyatini anglashga intilar edi.

Martinning o'ylari, fikrlari chiroyli. U o'ziga mos hayotda baxtli yashashni istaydi. Hamma narsaning go'zal bo'lishini va go'zal ko'rishni istaydi. Biroq hamisha ham orzu-o'ylar, niyatlar bilan real hayot muvofiq kelavermaydi. Martin ana shu nomutanosiblik o'rtasida qiynalar edi.

Martinning hayot, jamiyat davr haqidagi qarashlari bosqichma-bosqich o'zgara bordi. U avvallari barcha xunuklik, qoloq madaniyat ilmsizlikdan iborat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Ilmsizlikni bartaraf etsa, barchasi hal bo'ladi. Go'zal hayot o'z-o'zidan unga peshvoz chiqadi, deb o'ylagan edi. Lekin u intilgan go'zal hayot, u yaxshi deb o'ylagan odamlar davrasi u o'ylaganchalik emas ekan.

"Morzlarnikida bo 'lgan bu o'tirish Martinning dilida juda g'alati va bir-biriga zid hislar tug'dirdi. Qilmoqchi bo'lgan ishidan ko'ngli sovidi, o'zi yuksak saviyali deb o 'ylagan odamlardan hafsalasi pir bo 'ldi, vaholanki, Martin ularning saviyalariga yetishishni orzu qilardi. Ikkinchi tomondan, erishgan muvaffaqiyati unga dalda berdi. E'tibor qozinish u o'ylaganidan oson ekan. Martin yuksaklikka ko'tarilish qiyinchiliklarini yengib olish bilan birga o'zi tenglashmoqchi bo'lgan odamlardan yuqorilab ketgan edi"[5.257]. Endi unga hatto professor darajasidagi odamlaming fikri oddiy, u hayotni ham, kitoblarni ham ulardan yaxshi bilar edi. U intilgan doira odamlarining "aksariyati qip-qizil nodon odamlar, qolgan to 'qson foizi chidab bo 'lmaydigan darajada ruhsiz odamlar edi ".

Shunday qilib, Martin dunyoni, o'zi yashayotgan davrni boshqacha nigoh bilan idrok eta boshladi. Bu idrok qilish davri esa uning asarlarini asta-sekin gazeta va jurnallarda nashr etilish davriga to'g'ri keldi. U ko'p o'qigani, hayot haqida yozgani sari hayot mohiyatini teran anglab borar va bu tahlit muhit unga muvofiq kelmay borardi.

Martin - murakkab tabiatli shaxs. Unda kuch-quvvat, iste'dod mujassam, shuning bilan birga xudbinlik, bir oz shafqatsizlik, o'z "meni"ni ustun qo'yish illatlardan ham holi emas. U - bilimdon, biroq bu bilimdonlik ortida bir oz kibr bor. U - sof muhabbat egasi. U muhabbatdagi sof tuyg'ularni sevgilisidan-da ustun qo'yadi. Mana uning davr va insonlar haqidagi qarashlari. Yozuvchi o'z qahramonini katta hayot ummoniga o'zi suzib chiqishi uchun qo'yib yubordi. Qahramon o'z iroda kuchi ila bu sinovlarni yengib o'tdi. Biroq bu kurash uning hayotini mazmuni edi. Kurash yo'lida maqsadiga erishgach, ya'ni iste'dodning e'tirofi, uning ortidan esa pul va moddiy boyliklar, shon-shuhrat, hatto muhabbatning qaytishi endi Martin uchun hayotni rangsiz qilib qo'ydi. Unda loqaydlik, hayotdan norozilik, tushkunlik ustunlik qildi. Bunga u zo'r berib, jonini jabborga berib intilgani - asli sarob ekanligi sabab bo'ldi. Uning xayolida yaralgan dunyo u duch kelgan dunyo bilan muvofiq kelmadi. Martinning insonlar, jamiyat, davr, hayot to'g'risidagi o'ylari boshqa edi. U o'zi o'ylagan orzulariga erishganda insonlardagi mislsiz ikkiyuzlamachilikning shohidi bo'ldi. Martin muhabbat borasida ham sarobga uchragan edi. Uning muhabbat haqidagi qarashlari faqatgina xayolotida qoldi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, "Martin Iden" romanidagi baxt konsepsiyasi ijtimoiy-mafkuraviy, davriy va mental mezonlar mushtarakligida ilgari surilgani bilan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

xarakterlidir. Unda baxt konseptining mazmun-mundarijasi anchayin kengayadi. Bu kengayish baxt va baxtsizlik sarhadlari qadar yetib boradi. Ijtimoiy munosabatlar, falsafiy-estetik qarashlar, sotsiologik tafovutlar, iqtisodiy imkoniyatlar va qator boshqa omillar asosida muallifning badiiy-falsafiy qarashlari kitobxonni mushohadaga chorlaydi. Xalq og'zaki ijodidagi baxt konseptida esa bunday keng ko'lamlilik va murakkab talqinlar uchramaydi.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent: Fan, 2007.

2. Умуров Бадиий ижод асослари. ^шкет1: O'zbekiston, 2001.

3. Сусамбил. www.ziyouz.uz.

4. Бойназаров Б. Жахон адабиёти. ^шкет1: Musiqa, 2006.

5. Жек Лондон. Мартин Иден. ^шкет1: Yangi asr avlodi, 2016.

6. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

7. Mukhammadjonova, G. (2021). Artistic interpretation of Ahmad Yassaviy image. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 177-182.

8. Mukhammadjonova, G. (2021). PSYCHOLOGICAL ANALYSIS FROM PORTRAIT. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 2(05), 79-84.

9. Mukhammadjonova, G. (2021). Problems Of Creative Human Concept And Artical Interpretation. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(11), 1-6.

10. Mukhammadjonova, G. (2020, December). Artistic interpretation of the creative concept in world literature. Конференции.

11. Mukhammadjonova, G. (2022). THE ARTIST'S IMAGE-LANDSCAPE-LITERARY SYNTHESIS. Models and methods in modern science, 1(1), 46-48.

12. Mukhammadjonova, G. (2020, December). Artistic interpretation of the creative concept in world literature. Конференции.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.