Научная статья на тему 'NАSRIY АSАRDА UCHLIK TIMSОLINING О‘ZIGА XОS XUSUSIYАTLАRI'

NАSRIY АSАRDА UCHLIK TIMSОLINING О‘ZIGА XОS XUSUSIYАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
31
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uchlik timsoli / bаdiiу mаtn / kоmpоzitsiуа / bаdiiу idrоk / muаllif / gedоnistik / kоmmunikаtiv badiiy-estetik vazifa / shakl va mazmun birligi. / triad symbol / artistic text / composition / artistic perception / author / hedonistic / communicative / artistic-aesthetic / philosophical functions / unity of form and content.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xodjayev, Sidiq Axmedovich

Maqolada nasriy asarlarda uchlik timsolining o‘zigа xоs xususiуаtlаri va ularning badiiy-estetik va falsafiy vazifalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE SYMBOL OF THE TRINITY IN A PROSE WORK

The article analyzes the originality of the interpretation of the triad symbol and its artistic, aesthetic, philosophical functions in prose works.

Текст научной работы на тему «NАSRIY АSАRDА UCHLIK TIMSОLINING О‘ZIGА XОS XUSUSIYАTLАRI»

_ SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

NASRIY ASARDA UCHLIK TIMSOLINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Xodjayev Sidiq Axmedovich,

FarDU katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Maqolada nasriy asarlarda uchlik timsolining o'ziga xos xususiyatlari va ularning badiiy-estetik va falsafiy vazifalari tahlil qilingan.

Kalit so 'z va iboralar: uchlik timsoli, badiiy matn, kompozitsiya, badiiy idrok, muallif, gedonistik, kommunikativ badiiy-estetik vazifa, shakl va mazmun birligi.

В статье анализируется своеобразие интерпретации символа триады и его художественно-эстетические, философские функции в прозаических произведениях.

Ключевые слова и выражения: символ триады, художественный текст, композиция, художественное восприятие, автор, гедонистический, коммуникативный, художественно-эстетическая, философская функции, единство формы и содержания.

Badiiy adabiyotga mansub asar namunalari ko'zdan kechirilganda ularda voqelikni badiiy idrok etish hamda badiiy matn yaratish jarayonida yozuvchilar asar arxitektonikasiga turli yo'llar bilan yondashgani kuzatiladi. Xususan, ba'zi asarlarda kompozitsiya, ba'zilarda esa obrazlar uchlik tamoyiliga asoslanganiga guvoh bo'lish mumkin bo'lamiz. Zero, badiiy asar yaratilishida ijodkor qo'llagan uchlik tamoyili va uning asar kompozitsiyasiga alohida xususiyat sifatida singdirib yuborilishi badiiy asarning shakl va mazmun birligini ta'minlovchi muhim unsur sanaladi.

Adabiyot nazariyasi ham hukm va xulosalarda uchlik tamoyiliga tayanadi. Lekin so'nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda, xususan, badiiy asar arxitektonikasiga oid izlanishlarda uchlik tamoyili ko'pincha e'tibordan soqit qilinadi. Vaholanki, asar kompozitsiyasida uchlik va uning turli shakllari mazmuniy komponentlar yuzaga chiqishini ta'minlovchi asosiy vositalardan biri deyish mumkin. Aslida uchlik voqelikni badiiy idrok etish, tasvirlash tamoyili sifatida adabiyotshunoslikda mavjud. Xususan, ertak strukturasini tashkil etuvchi asosiy tamoyil binarlik(invariantlilik, ikkilanish) hisoblanadi. Biroq syujet qurilishida uning yonida uchlik tamoyili ham ishtirok etadi va u strukturaning ikkilik xususiyatini buzmagan holda unga sezilarli o'zgarishlar kiritadi. Buni, avvalo, badiiy matnning

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

turli darajalarida kuzatsa bo'ladi. Tadqiqot davomida ma'lum bo'ldiki, uchlik asosiga ega badiiy asarlar talaygina bo'lib, bunday matnlarda uchlik voqelikning asosiy qismida namoyon bo'ladi. Masalan, barcha asarlarda badiiy voqelik kompozitsion ifodaga ko'ra, uch o'lchamli shaklda aks ettiriladi. Ba'zi asarlarda syujet tuzilishiga ko'ra, uchlikning yondosh yoki sayyor jihatlari ham ko'zga tashlandi. Biz faslda tadqiq etilayotgan muammoning asosan ana shu uch jihatiga e'tibor qaratamiz. Lekin g'oyaviylik, falsafiylik hamda badiiy-estetik jihatlar ham nazardan nazardan soqit qilinmasligi lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, badiiy asar kompozitsiyasida obraz yoki syujet qurilishida uchlik alohida o'ringa ega. Chunki badiiy adabiyot o'z mohiyatiga ko'ra, borliqni, butun hayotni qamrab oladi. Borliq esa kishiga uch o'lchamda namoyon bo'ladi. «Chunki badiiy asardagi shakl va mazmun birligi aniq makon va zamon doirasida namoyon bo'ladi». Shunday ekan, har qanday badiiy asar kompozitsiyasidagi syujet qurilishi uch o'lchamda namoyon bo'lishi haqida so'z yuritish maqsadga muvofiqdir. Badiiy tahlil asoslari shakllanishida ham uchlik asosida fikr-mushohada yuritish ko'zga tashlanadi. Masalan, akademik A.M. Levidov «Avtor - obraz -chitatel» «Muallif -obraz - o'quvchi») nomli dialektikasini badiiy adabiyotda... qanday mujassamlashishini yoritar ekan, bu dialektik qarama-qarshilik asosida uch holat yotishini qayd etadi:

1. Muallif o'zini bermasligi mumkin emas.

2. Muallif o'zini berishga majbur.

3. Muallif o'zini bermasligi kerak («o'lishi shart»).

Ya'ni, 1. Muallif o'zini bermasligi mumkin emas, degan fikr o'z-o'zidan muayyan bir g'oyani ilgari suradigan badiiy adabiyot bo'lishi mumkin emasligini bildiradi. Muallif asar yozish jarayonida qahramonlariga xolis yondashishga harchand harakat qilmasin, ba'zan simpatiyasi yoki antipatiyasi sezilib qoladi.

2. Muallif qahramonlarni ishonarli qilib tasvirlash uchun, aktyorlar o'z roliga kirganlari kabi asar qahramonlarining qiyofasiga kirishi kerak. Shunga qaramay, obrazlar xatti-harakatiga, ichki dunyosiga aralashmaslikka harakat qilsa-da, ong-u shuuridagi fikrlarni tabiiy ravishda kiritadi, lekin o'zligini yo'qotmaydi.

3. Muallif faqat va faqat obyektiv yondashishi, o'z fikrini aytmasligi, ya'ni «o'lishi shart», yoki fransuz adibi G.Floberning iborasi bo'yicha «u(muallif) o'z ijodida xudoga o'xshashi shart, ya'ni yaratsin-u jim tursin», voqealarga aralashmasin, ular o'z tabiiy yo'nalishi bilan rivojlansin. Olimning ta'kidlashicha, «bu holatlarning har biri alohida olinganda - haqiqat, ular birlashganda, yaxlitlikda ham - haqiqat».

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

XX asr boshlarida o'zbek adabiyotiga kirib kelgan, V.G.Belinskiy ta'biri bilan aytganda, «zamonamiz epopeyasi» bo'lgan epik turning badiiy adabiyotning gedonistik va kommunikativ vazifasini yaxlitlashtiradigan roman janri asrlar davomida shakllanib, sayqallanib bordi va bu jarayon hozirda ham izchil davom etmoqda. Buni adabiyotshunos olim A.Rahimov quyidagicha qayd etgan: «Roman barcha adabiy turlar ichida eng ko'p o'qiladigan janrdir. Bu jihatdan uni inson yaratgan mo'jizalardan biri deb aytish mumkin. Roman adabiy janrlar orasida o'zining qamrovi kengligi bilan ajralib turadi. U borliq va inson ichki dunyosini ochish imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Shu ma'noda roman epik rivoyaga asoslangan barcha janrlarga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Hayotning ko'p qirraliligini ochish imkonini beradigan ushbu janr tabiatini o'rganish maroqli bo'lib, bu romanni tushunishga ko'maklashibgina qolmasdan, adabiy janrning juda ko'p muammolarini anglashga yo'l ochadi». Demak, zamonaviy roman badiiy-estetik jihatdan teran mazmun va voqelikni ifodalash uchun to'laqonli ko'rinishga ega bo'lgandagina, o'zida adabiyotning barcha muhim xususiyatlarini jamlagandagina, betakror badiiylik namunasi hisoblanadi. Roman janri haqidagi fikrini davom ettirib A.Rahimov yana quyidagilarni e'tirof etadi: «Romanning imkoniyatlari beqiyosdir. ... Romanning afzalliklari shundan iboratki, avvalo, unda konkret hayot voqealari beriladi. Ikkinchidan esa, romanga xususiy hayot ham material bo'ladi. Qadimgi epos bunday imkoniyatga ega emas edi. Chunki hali u davrda shaxs jamoadan ajralib chiqmagandi. Romanning badiiyligi kundalik hayot va tarixiy voqealardan barcha tasodifiy narsalarni olib tashlash, ularning yashirin qalbiga kirish, tarqoq voqealarni ruh va aql maskaniga aylantirishdir. Romanning badiiyligi unda ifodalangan g'oyaning chuqurligiga bog'liqdir».

Bunda romandagi uchlik tamoyilining ham alohida o'rni borligini ta'kidlash zarur. Masalan, A.Qodiriyning «O'tgan kunlar» romanida umuminsoniylik, milliylik va individuallik tamoyillari syujet kompozitsiyasining asosini tashkil etgan. «O'zbek adabiy tilining estetik, kommunikativ, funksional usuli asosan XX asr boshlarida, ya'ni adabiyotimizda epik tur endigina ommaviy tus ola boshlagan paytlarda shakllanishga kirishdi. Bu davrda dunyoga kelgan nasriy asarlarning o'ziga xosligi shundaki, ularda qalamga olingan voqealar mohiyatini asarda ishtirok etuvchi personajlarning o'zaro suhbatidan yoki yana yagona avtor axborotidan bilib olamiz. Albatta, bu axborot shunchaki yuzaki bo'lib qolmasligi uchun avtor hayotni c huqur bilishi va uni butun murakkabligi bilan tahlil qila olishi, axborotda ishlatilgan so'zlar vositasida inson tuyg'ulariga bevosita ta'sir o'tkaza olishi kerak». Adabiyotshunos olim Y.Solijonovning mazkur ilmiy-nazariy mushohadalari asar tahlilida qo'l keladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

XIX asr o'rtalaridagi o'zbek jamiyati tasviri syujetning milliyligini ta'minlagan bo'lsa, ulardagi insonparvarlik, hayotsevarlik, sevgi-sadoqat kabi tushunchalar romandagi voqealarning umuminsoniyligini ifodalagan. «Sevgi-muhabbat umuman inson naturasining xususiyati bo'lib, xuddi nafas olish, ko'rish, ochiqish, tashnalik, aql, so'z singari birgina xalq yoki qabilaga xos emas». Otabek, Kumush, Zaynab, Homid, Yusufbek hoji, O'zbek oyim kabi obrazlarning xarakteriga xos jihatlar esa asardagi individuallik tamoyilini namoyon etgan. «Masalani oydinlashtirishda umumiylik - alohidalik - xususiylik kategoriyalarining dialektikasini eslash o'rinli... Individuallik har bir personaj xarakteri va qiyofasini boshqalardan farqlab turuvchi xatti-harakatlar va qiliqlar bo'lib, milliy xususiyatlar va tipik, umumiy jihatlar ana shu takrorlanmas individuallik, u orqali namoyon bo'ladi. Har qanday individ takrorlanmasdir». Demak, yozuvchi romanda zamonaviy ijtimoiy muammolar, xususan, hayotda o'z o'rnini topish, baxtga intilish, insonni tushunish, o'z baxti uchun kurashish, sadoqatli bo'lish kabilarni yuqoridagi uchlik tamoyili asosiga qurgan.

Bundan tashqari, obrazlar kompozitsiyasida ham uchlik tamoyiliga qat'iy amal qilingan bo'lib, romanda Kumush - Otabek - Zaynab, Otabek - Kumush - Homid sevgi uchliklarida har bir obraz o'zaro birlashib, yagona badiiy yaxlitlikning bo'linmas qismlariga aylanib ketadi. Aynan mana shu yaxlitlikni yaratishda xilma-xillikning oliy holati va yorqin ko'rinishi bo'lgan uchlikning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Agar Tohir - Zuhra -Qorabotir, ya'ni erkak - ayol - erkak tarzida shakllangan sevgi uchburchagini an'anaviy deb qabul qilsak, A.Qodiriyning Kumush - Otabek - Zaynab(ayol - erkak - ayol ) triadasi o'zbek romanchiligida noan'anaviy sevgi uchburchagiga asos bo'ladi. Adibning «Mehrobdan chayon» romanida an'anaviy uchlik bir qator o'ziga xos jihatlarga ega. Bu esa mana shu «uchlik»ka mansub qahramonlarning spesifik xususiyatlari va syujet maydonining o'zgacha badiiy-poetik belgilari bilan aloqador. Jumladan, oshiq va ma'shuqa o'rtasidagi «Qorabotir» rolini -Abdurahmon domla bajaradi. Uning mirzo Anvarga bo'lgan adovati xon saroyida xizmat qilayotgan paytida, undan yuqoriroq lavozimdagi «maktabdoshi»ga hasad qilishdan, Ra'no yosh mirzoni tanlashidan, Buxoro madrasasida tahsil olgan «olim»ning kichik bir masjidga imom bo'lgani holda, «bir besavod yetim va badnajot isqirt» ning saroyda vazifador bo'lishidan boshlangan. Bundan tashqari, Abdurahmonda «O'tkan kunlar» romani qahramoni Homiddagi jismoniy kuch-quvvat, o'ktamlik yo'q. Qurol bilan dushmaniga ochiqdan-ochiq qarshi chiqishga jasorati yetishmaydi. Biroq uning arsenalida tilyog'lamalik, g'iybat, bo'hton, fítna kabi kurash vositalari mavjud bo'lib, u aynan mana shu qurollar bilan «O'tkan kunlar»dagi maslakdoshiga yaqin va mushtarak.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

Oybekning «Qutlug' qon» remanida uchlik tizimi tarixiy-an'anaviy obraz yaratish yo'lida ishlangan. Romanda uchlik tizimining tipiklashganini kuzatamiz. «Qutlug' qon»da har jahatdan obraz yaratishda tarixiy-an'anaviylik saqlanib qolgani va keyingi davr romanlarida uchlik tamoyiliga xizmat qilganini alohida ta'kidlab o'tish joiz. «Qutlug' qon» romanida obraz-triada (S.X. Bu yerda Yo'lchi - Gulnor -Mirzakarimboy uchligi nazarda tutiladi ) tahlil qilinganda ijtimoiy sinfiylik nuqtai nazaridan kelib chiqib baholash kerak.

Bunga yana A.Muxtorning «Chinor» romanida Sattor - Komila - Matniyoz, P.Qodirovning «Qora ko'zlar»ida Avaz - Hulkar - Xolbek kabilarni ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin. To'g'ri oshiq-ma'shuqa va oshiq tipidagi uchlikni xalq dostonlari, ertaklarida ko'plab topish mumkin. Ammo ma'shuqa - oshiq -ma'shuqa tipidagi sevgi triadasi nisbatan keyingi davr romanlariga xos xususiyat sanaladi.

«Bola bosh qahramon bo'lgan qissalarda, jumladan, G'afur G'ulomning «Shum bola», «Bolalik», Chingiz Aytmatovning «Oq kema» qissalarida» asar kompozitsiyasidagi o'ziga xos uchliklarni, ya'ni roviy - obraz - prototip yoki roviy-muallif - obraz - prototiplarni kuzatish mumkin. Shu bilan «badiiy adabiyotda bola obrazi eng qadimgi folklor asarlaridan boshlab, zamonaviy davrga qadar allegorik ramziy obraz tadrijiy strukturasi asosida rivojlandi»1.

Xulosa qilib aytganda, badiiy asarlarni o'rganishda asar kompozitsiyasidagi obrazlar munosabati, syujet va uning komponentlari joylashuvi uchlikning o'zak, yondosh va sayyor xususiyatlarini yorqinroq ifodalaydi. Badiiy obraz yuzaga chiqishida insonning ongi, ruhi va his-tuyg'ulari kabi uchlik yoki yozuvchi-matn-o'quvchi kabi uchlik tamoyiliga asoslangan tarkibiy qismlar asar badiiyatini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Йулчиев К. В. Лирик шеърдa бaдиий MaKoH MyaMMo^. Суз сaнъaти xan^apo жyрнaли | Mеждyнapoдный жyрнaл McKyccTBo onoBa | International journal of Word Art. №5, 2020. - Б.Ш-152.http://dx.doi.org/10.26739/2Ш-9297-2020-5-23 http: //dx.doi. org/10.26739/2181 -9297-2020-5-23.

2. Левидoв A.M. Автор - o6pa3 - читaтель. - Л., 1977. - С. 159.)

3. Myxдммaджoнoвa Гyзaлxoн. Mycтaк;иллик дaвpи узбек нaсpидa инсoн кoнцепцияси. Фи^л^^д-ри. ... (DSc). - дисс.aвтopеф. - ФapFOнa, 2022. - Б.

31)

1 P.M.yMyp3a«oB.XX acp узбек киссaлapидa бoлa o6pa3n: дявр Ba рухият. Филoлoгия фaнлapи 6yñn4a фaлсaфa aoktoph (PhD) диссертадияси aБтopефеpaти. ФapFOнa, 2021.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

4. Белинский В.Г. Танланган асарлар. -Т.: Е.Еулом номидаги Адабиёт ва санъат, 1977. - Б. 176.

5. Рахимов А. Роман санъати. - Фаргона: «Фаргона», 2015. - Б.6.

6. Солижонов Й. ХХ асрнинг 80-90 йилларида узбек насрида бадиий нут; поэтикаси: Филол. фан. д-ри. - дисс.автореф. - Т., 2003.

7. Зияева Ю. Т. Ойбекнинг «Кутлуг кон» романида «оши; - маъшука -ракиб» образи талкини. «Jeton аdаbiуоti vа qiуоsiу аdаbiуоtshunоslikning dоlzаrb mаsаlаlаri» mаvzusidаgi respublikа Ит1у-атаНу аnjumаni 2022- уil, 31-оktуаbr. 109-113 б.

8. Р.М.Умурзаков.ХХ аср узбек киссаларида бола образи: давр ва рухдят. Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Фаргона, 2021.

9. Xo'jayev, S., & qizi Tuychiboyeva, N. K. (2022). BOLA RUHIYATI TASVIRI (CH. AYTMATOV VA О '. HOSHIMOV ASARLARI MISOLIDA). RESEARCH AND EDUCATION,, 7(3), 125-129.

10. Xo'Jayev, S., & Abdumalikova, D. R. Q. (2022). BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 734-740.

11. Xo'Jayev, S., & Tuychiboyeva, Nodira Komiljon Qizi (2022). BOBO VA NABIRA MASALASI. (CH.AYTMATOVNING "OQ KEMA" ASARI MISOLIDA). International scientific journal of Biruni, 1 (2), 376-381.

12. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.

13. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga". International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.

14. Sabirdinov, A. (2020, December). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. In Конференции.

15. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of the banned period in the stories of Naim Karimov. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 4-91.

16. Сабирдинов, А. Г. (1993). Слово и образ в поэзии Айбека.

17. 6. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

18. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

19. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.

20. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - T. 3. - №. 03. - C. 245-249.

21. Oripova, G. (2020, December). RHYTHM AND MYTHING IN LYRICAL GENRE. In Кон$еренцнн.

22. Oripova, G. (2019) "Traditions of folk ballads and distinctiveness of uzbek poetry of independence period," Scientific journal of the Fergana State University: Vol. 2 , Article 12.

23. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

24. Oripova, G., & Ibrohimova, G. (2022). SIROJIDDIN SAYYID IJODIDA MUMTOZ MUSHTARAKLIKLAR. International scientific journal of Biruni, 1(2), 251-255.

25. Oripova, G. M., Akhmadjonova, O. A., Kholmatov, O. U. U., & Muminova, T. S. (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1(2), 304-309.

26. Oripova, G., & Alijanova, M. A. Q. (2022). ASQAD MUXTORNING "CHINOR" ROMANIDA AYOL PORTRETINING BADIIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 221-226.

27. Oripova, G. M., & Abdurasulova, N. A. Q. (2022). O'ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA "YO'QOTILGAN AVLOD" MUAMMOSI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 213-220.

28. Oripova, G., & Mirzajonova, G. (2023). TARIXIY SHAXSLAR TASVIRI VA MUALLIF MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(10), 411-415.

29. Oripova, G., & Abdurasulova, N. A. Q. (2023). NABI JALOLIDDIN NASRIDA URUSH QATNASHCHILARI RUHIYATI TASVIRI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 495-501.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.