Научная статья на тему 'ISAJON SULTONNING “OZOD”ROMANIDAGI RAMZIYLIK'

ISAJON SULTONNING “OZOD”ROMANIDAGI RAMZIYLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1474
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq falsafasi / modern adabiyot / razmiylik / vahdat ul-vujud / hikmatlar olami / ma’nolar qatlami / estetik ideal. / Eastern philosophy / modern literature / spirituality / unity / world of wisdom / semantic layer / aesthetic ideal

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qayumov, Abduvahob, Gafurova, Dilobar

Ushbu maqolada I.Sultonning “Ozod” asari bilan bog‘liq yangicha, noreal talqinlar tahlilga tortildi. Asarda modern adabiyotning mumtoz adabiyot bilan uyg‘unlashuvi, bugungi kunning tarix bilan bog‘lanishi, tasavvufiy qarashlarning ustunligi, ma’no qatlamlari, zohiriy ko‘rinishlarning botinda akslanishi va hikmatlar olamlari haqida mulohazalar yuritildi. Ramziy detallar va ishoraviy belgilar anglatadigan muayyan ma’nolarning xususiyatlari qisman ifoda etildi. Yozuvchining individual uslubi, ramz tanlash mahoratiga baho berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYMBOLISM IN THE NOVEL "AZOD" BY ISAJAN SULTAN

This article analyzed new, unrealistic interpretations associated with the work of I. Sultan "Ozod". The work discussed the combination of modern literature with classical literature, the connection of today with history, the superiority of mystical views, layers of meaning, internal reflection of external phenomena, worlds of wisdom. Symbolic details and specific meanings of symbolic signs are partially expressed. The individual style of the writer, the ability to choose characters was evaluated.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTONNING “OZOD”ROMANIDAGI RAMZIYLIK»

ISAJON SULTONNING "OZOD"ROMANIDAGI RAMZIYLIK

f

\ I -.1 II /

QAYUMOV Abduvahob

filologiya fanlari bo 'yicha falsafa doktori, Farg'ona davlat universiteti, GAFUROVA Dilobar

Farg'ona davlat universtiteti 2-bosqich magistranti

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-241-250

Ushbu maqolada I.Sultonning "Ozod" asari bilan bog'liq

yangicha, noreal talqinlar tahlilga tortildi. Asarda modern adabiyotning

_______ mumtoz adabiyot bilan uyg'unlashuvi, bugungi kunning tarix bilan

ANNOTATSIYA ,, , . , , , .

bog lanishi, tasavvufiy qarashlarnmg ustunligi, ma no qatlamlari, zohmy

ko'rinishlarning botinda akslanishi va hikmatlar olamlari haqida

mulohazalar yuritildi. Ramziy detallar va ishoraviy belgilar anglatadigan

muayyan ma'nolarning xususiyatlari qisman ifoda etildi. Yozuvchining

individual uslubi, ramz tanlash mahoratiga baho berildi.

Kalit so'zlar: Sharq falsafasi, modern adabiyot, razmiylik, vahdat ul-vujud, hikmatlar olami,

ma'nolar qatlami, estetik ideal.

ABSTRACT

This article analyzed new, unrealistic interpretations associated with the work of I. Sultan "Ozod". The work discussed the combination of modern literature with classical literature, the connection of today with history, the superiority of mystical views, layers of meaning, internal reflection of external phenomena, worlds of wisdom. Symbolic details and specific meanings of symbolic signs are partially expressed. The individual style of the writer, the ability to choose characters was evaluated.

Keywords: Eastern philosophy, modern literature, spirituality, unity, world of wisdom, semantic layer, aesthetic ideal

KIRISH (Introduction)

Badiiy asarning yaralishi ijodkordan katta mahorat talab qiladi. U muallifning tinimsiz mehnatlari, izlanishlari, uyqusiz tunlari, halovatsiz hayoti, buyuk istedodining samarasi o'laroq maydonga keladi. Asar yozish ijodkordan tengsiz mahorat, malaka, matonat va qobiliyatni talab qiladi. Mana shu xislatlarning bir yozuvchida jamlanishi badiiy ijoddagi eng nodir va ulkan hodisa sifatida baholanadi. Chunki, yozuvchilarning ayrimlari chinakam iste'dod egalari bo'lsa, boshqalari

241

> www.birunijournal.uz

mashaqqatli mehnatlar orqali yozuvchilik maqomiga erishadilar. Mana shunday nodir ijodkorlardan biri Isajon Sultondir. Uning "Ozod"romani o'zbek romanchiligiga yangicha ruh, kayfiyat olib kurdi. Roman modern adabiyotning namunasi bo'lib, o'z mazmun-mohiyati bilan hozirgacha yozilgan ko'plab romanlardan tubdan farq qiladi. Syujeti jihatidan asar mumtoz adabiyot namunalariga borib taqalsa ham, aslida butunlay yangicha xarakterdagi ijod mahsulidir. Romanda Sharq falsafiy tafakkuri, ya'ni zohirni ko'rib botinni anglash, ruhiy poklanish, ma'nolar olami, Haqqa yetishish kabi tasavvufiy qarashlar muhim o'rin tutadi. Asar to'laligicha ramziy belgilar asosiga qurilgan, ya'ni "hech narsa ko'ringani kabi emasdir.." [1; 3-b]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mustaqillik davriga kelib adabiyot yo'lidagi mafkuraviy g'ovlardan xalos bo'lgach, an'anaviy romanchilikdagi ijodkorning o'ziga xos shakl va uslub individulalligi ko'rina boshladi. Mumtoz adabiyot chashmalaridan oziqlanish, milliy qadryatlarga e'tibor kuchaydi. O'zbek adabiyotida modernizm yo'nalishi shiddat bilan yuzaga qalqdi. Bu holat G'arb adabiyotiga taqlid natijasida emas, tabiiy ravishda tug'ilgan ehtiyoj samarasi sifatida maydonga keldi. Bularning bari roman janri imkoniyatlarini kengaytirdi.

Modern adabiyotda tasavvur va hayolot parvozi cheksiz , uzluksiz. Hayoliy bu jarayon qahramonga ko'chib o'tgach, o'ziga xos ong oqimini vujudga keltiradi. "Ozod" romanida reallik bilan tasavvur uyg'unligi bir vaqtning o'zida namoyon bo'ladi. Qahramon ongida hikmat qatlamlariga to'la ma'naviy olamlar yaraladi. Vaqt chegarasi yo'qolib, zamon va makon mohiyatini o'zgartiradi. Hodisalar zamiridagi ramziy qulflarni ochish orqali asarning g'oyaviy maqsadi yoritiladi. An'anaviy romanchilikka yot bo'lgan bu kabi yondashuv, modernizmning ustivorligi, g'oya va uslubning orginalligi asarning badiiy qimmatini oshiradi.

Diqqatga molik jihati, romanda yozuvchi o'ziga xos yangicha uslubdan foydalanadi. Unda modernistik yo'nalishga oid bo'lgan turli usullar, masalan, asarga aloqasi yo'qdek ko'ringan tasodifiy qahramonlar, voqealar, fikrlar talaygina. Asar yakuniga yetgani sari bu tilsimotlarga aniqlik kiritilib, mohiyat ochilib boradi. Qahramonning turli holatlarda sinovlardan o'tishi, qarshisida moziy pardalari ko'tarilib, tarix sahifalari namoyon bo'lishi, aql idrokiga tayanib balolardan omon qolishi, nihoyat maqsadga yetish jarayonlari tizimli tarzda izchillik bilan ifodalanadi. Maqsad sari bosilgan yo'l o'tib borayotgan umrdir. Insonning umri bir tekis kechmaydi. Unda yaxshilik ham, yomonlik ham bor. Umr yo'li davomida odamzodni harakatga undovchi asosiy omil ehtuyojdir. Ayni shu ehtiyoj ramzi sifatida "baxt lolasi" tavsif etilgan. Uning siymosida har kim o'z istagini ko'radi. Aksariyat

242

www.birunijournal.uz

kishilar hayotda faqat o'z ehtiyojlarini qondirishni o'ylaydilar. El-yurt manfaati uchun qayg'uradigan insonlar asarda Ozod timsolida ifodalangan. Ulargina baxt lolasiga yetib boradilar, o'zi uchun unga ko'z tikkanlar oqibatda bo'sh qo'l bilan ortga qaytishga majbur bo'ladi.

NATIJALAR

I.Sultonning so'zga munosabati, individual uslubi, ramz tanlash mahorati uning romanlari saviyasini ko'taradi. Asarlarining sarlavhasi ham ramziydir. Ozodning mashaqqat chekib manzilga yetib borishi, baxt lolasiga erishishi, maqsadiga yetishi va bu yo'lda ruhan poklanishi, ruhning turli illatlardan ozod bo'lishiga ishoradir. Boshqa tarafdan yondashganda yigitning qishloqdan chiqishi, muayyan maqsad bilan mustaqil safarga otlanishi, ya'ni chegaradan o'tishi deb qarash ham o'rinli bo'ladi. Bu yerda chegara qishloqdir. Unda Ozodning ota-onasi, turli tartib-qoidalar bor. Tashqarida esa chegarasi yo'q kenglik, erkinlik bor.

Asarda ramz, majoz, aforizmlardan unumli foydalanilgan. I.Saymurodova bu haqida fikr bildirib, romanda bashariyatning o'zligini anglashga bo'lgan intilishlarini mahorat bilan ko'rsatib berilganini ta'kidlaydi: "I.Sulton "Ozod" romanida ilgari surilayotgan g'oyani inson o'zini-o'zi anglash yo'lidagi manzil, ma'no va mazmunni o'ziga xos ifoda yo'sini orqali noan'anaviy tarzda kitobxonga taqdim etadi" [2;96-b].

MUHOKAMA

Badiiy matnda Uchyong'oq, Iskandar devori, Tuz cho'li kabi ramziy ma'nolarni aks ettirgan noreal makonlar tasviri, Ozodning hayratlari, o'ylari, anglashlari, bugungi kun ortida tarixni namoyon bo'lishi kabi noan'anaviy ifoda usullaridan foydalaniladi. Romanni akslarda ifodalangan ma'no olamlariga yashiringan hikmatlar haqida deyish ham mumkin. Muallif butun olam, borliqni ko'zguga mengzaydi, har bir narsa nimaningdir aksi degan fikrni olg'a suradi. Masalan, qaqragan giyoh qurg'oqchilikning aksi, qiyshiq imorat uquvsiz ustani aks ettirishini ta'kidlaydi. Ammo ijodkorning nazarida akslarning eng ajoyibi so'zdir. Boshqa akslar olamdagi narsalarni ko'rsatsa, so'z inson ruhini aks ettiradi. Adabiyot so'z san'ati, insonshunoslik ekan, demak, u inson ruhiyatining oynasidir. I.Haqqul "bir obraz tarixi va taqdiri" maqolasida bu haqida yozadi: "Adabiyot inson ruhining bir oynasi. Odam qismati ba'zan shu qadar murakkab, shu darajada ziddiyatli bo'ladiki, uning tub mohiyati va ichki bog'lanishlarini faqat adabiyot suvratlantirib ko'rsatishi mumkin" [3;20-b]. Uning ma'nolari tasavvurga sig'magan xayoliy manzaralarni ham yaqqol namoyon qiladi. Aks haqida so'z yuritganda adabiyotshunos Izzat Sultonning bu borada bildirgan fikri ham ahamiyatga molikdir: "Kishi ongi hayotni aks

243

www.birunijournal.uz

ettiruvchi oynaga o'xshab ketsa ham, oynadan keskin ravishda farq qiladi. Oyna hayotni befarqlik bilan aks ettiradi, kishi ongi esa faol ravishda aks ettiradi, ya'ni aks ettiruvchi narsani kishi moddiy va ma'naviy ehtiyojlari jihatidan baholaydi ham" [4;122-b]. Isajon Sulton ijodkor sifatida so'zni ruhning aksi ekanini tushuntirsa, Izzat Sulton ilmiy nuqtai nazardan ongni hayotni aks ettirishi to'g'risidagi nazariyaga qisman qo'shiladi. N.Ahmedova esa "Nutqiy voqealanish va obraz" nomli maqolasida bunga yanada o'zgacha ta'rif beradi: "Demak, inson hissiy bilish faoliyati orqali narsa-hodisalarning dastlab tashqi ko'rinishini, suratini ongida aks ettiradi, keyinroq esa ularning xossalarini ajrata boshlaydi. Bu xuddi ko'zguga o'xshab ketadi. Ya'ni narsa-hodisalar ham ko'zguda akslanadi" [5;107].

Voqelikni akslarni ifodalash asardagi yetakchi omillardan biri. Aslida butun olam katta bir ko'zgudir va har narsaning aksi unda namoyon bo'ladi. Borliqdagi yaratiqlar shu oynaning parchalari kabidir. Muallif buni arslon va ko'zgu haqidagi kichik rivoyat orqali o'quvchiga yetkazishga urinadi. Arslonni har tomoni faqat oynadan qurilgan xonaga qamab qo'yilganda, har tarafda o'z aksini ko'rgan arslon g'azab bilan akslariga tashlanadi va ular bilan olishib halok bo'ladi. Ya'ni dunyo hech kimga o'zicha yomonlik ham, yaxshilik ham qilmaydi. Bu ko'zguda faqat amallarimiz va harakatlarimiz natijalari aks etadi. Inson unda ko'rishni xohlagan narsalarnigina ko'radi. Bu tushuncha tasavvufdagi "vahdat ul-vujud" haqidagi qarashlar bilan ham chambarchas bog'liq. Tasavvufshunos olim N.Komilov shunday ta'rifni keltirgan: " Vahdat ul-vujud nazariyasiga ko'ra, olam mutlaq zoti mukarram Haq taoloning o'z husni jamoli, qudrat va sifatlarini namoyon etish istagidan paydo bo'lgan. Ya'ni, Haq taolo o'z-o'zini tanish uchun borliqni yaratdi. Borliq go'yo ko'zgu bo'lib, Haq jamoli, ilmi-hikmati unda aks etadi, jilolanadi" [6;47-b]. Shuningdek, ijodkor so'zlar, ularning qudrati haqida bir qancha falsafiy fikrlarni bayon etadi.

So'zlar inson ichki olamini, uning tuchuncha va tuyg'ularini namoyon etuvchi tilsimdir. So'zlash ne'matining faqatgina insonga xosligi ham uning sharaf egasi ekanini anglatadi. Yozuvchi jism va ruhni ko'za va mayga qiyoslaydi. Ko'zaga loydan yasalgan qo'pol bir jism, mayga esa latif bir narsa sifatini beradi. Xuddi shu kabi bir qancha ta'riflarni keltiradi. Masalan, tana ham g'ilof kabi, ruh ma'vosida esa ummonlar , daryolar to'lqinlanishi, ba'zan qushlar sayrasa, ba'zan yong'inlar chaqnashini e'tirof etadi. Bunday ruhiy holatlarni anglatishning bir yo'li so'zlash, faqat so'zgina buni ifodalashga qodir ekanini uqtiradi. So'zning qudrati haqida mulohaza yuritgan yana bir ijodkor Polsha yozuvchisi Yan Parandovskiydir. U o'zining "So'z kimyosi" nomli kitobida ijodkorlik haqida fikr bildirib shunday yozadi: "So'zda qancha yashirin qudrat bor ekanini his qila olish va bu qudratni

244

www.birunijournal.uz

bo'ysundira olish qobiliyatidir" [7;17]. So'zning qudratidan foydalanib ko'plab ma'no va mazmun qatlamlarini hosil qiladiganlar ijodkorlardir. Shuningdek, Parandovskiy so'zni g'azabni yengish, qayg'uni aritish, qalb isyonini bostirish vositasi ekanini ta'kidlaydi: "Qotib qolgan qayg'u-ahduhlarni, taassuflarni, xavotirliklar, g'ashlik va g'azabni so'zga ishonib topshirish ruhan poklanmoq demakdir" [7;17]. Yana u so'zlar ba'zan insonni nobud bo'lishdan yoki jinni bo'lib qolishdan saqlab qoladigan yagona chora ekanini aytadi. Demak, inson so'zlar vositasida ichki g'alayonlarini, quvonch va qayg'u tug'yonlarini tashqariga chiqaradi, dardlashadi, sevinchni baham ko'radi. So'zlar yordamida qalbidagi alamli og'riqlardan xalos bo'ladi, aks holda qalb jarohatlanishi mumkin. Inson so'zlar ekan, hech bir so'z yo'q bo'lib ketmaydi, hammasi muayyan bir shaklni hosil qiladi, shakllar kishilar hayotiga yaxshi yoki yomon ta'sir qiladi, ba'zan taqdirlarni o'zgartiradi: " Zotan aytilgan so'zlar allaqachon moddiylashib bo'ldi, shakl yasadi, tevarakni o'zgartirdi va aytuvchi hayotining mohiyatini belgilab berdi" [8;4-b]. Ayrim so'zlar aytilishi bilan o'z sohibini ko'klarga ko'tarsa, ba'zilari boshiga balolar yog'diradi. Bu jihatdan so'z aytguvchining kim ekani ham ahamiyatga molikdir. Dononing so'zi salmoqli, so'zdagi hikmatlar toshi og'ir, elu yurtga foydali. Nodonning so'zi ko'p va behuda, ko'p bo'lsa-da, yuki yengil. Chunki so'zda ma'no yo'q, ammo qanday so'z bo'lmasin, undan, albatta, biror bir shakl yasaladi.

Asarda odam bolasining o'ylamay aytgan so'zlaridan insoniyatning kushandasi bo'lgan dahshatli maxluqlar yaralishi, ular Qof tog'i orqasida urchib ko'payib, fursat poylab yotishlari aytiladi. E'tiborli jihati shundaki, maxluqlarning tog'dan ozod bo'lib chiqib ketishlariga ham yana shu so'z sababchidir: " ..Bir kuni odam bolasi bir nojoiz so'z aytadi, u gunohga aylanadi-shunda tog' darz ketadi. Yana bir so'z aytadi-darz kengayadi. Keyin esa darz yoriqqa aylanadi. Ana shu yoriq ochilsa bas.." [9;243-b] Ammo savobli amallar qiladigan va yaxshi so'zlar so'zlaydigan insonlar tufayli darz yana torayadi, yoriq yopiladi. Bu hodisa orqali olam yaxshilar, yaxshiliklar tufayli buzilib ketmasligi, ular dunyo muvozanatini ushlab turishlarini tushunish mumkin. Maxluqlar hali ham Qof tog'ining ortida ekan, demak olamda yaxshilar ko'p, ular ezgu amallar qilishyapdi.

Asar kompozitsiyasi Ozodning Oydin qizga baxt lolasini olib kelish uchun safarga chiqishidan boshlanadi. Qahramon zimmasidagi vazifa kechga qadar lolani olib kelish: "Tushgacha yetib boraman, cho'qqilarga chiqib-tushgunimcha yana biroz vaqt o'tsa, shomga qadar izimga qaytsam kerak" [9;151]Yo'l umrga ishoradir. Shom umrning poyoni, lola esa farovon va to'kin hayot ramzidir. Kimki lolaga yetsa, uning hayoti baxt-saodatga to'ladi. Bu ezgu niyatga asoslangan tushuncha asrlar osha xalq orasida an'anaga aylanib ketgan. Odamlar bunga ishonadilar va har bir bo'y

245

www.birunijournal.uz

yetgan yigit albatta mo'jiza lolani olib kelish haqida o'ylaydi: "Minglar u mahal baquvvat, chayir, o'ktam yigit edi, mana shu ayoliga fotiha qilinganida qoyalaru o'ngirlar osha borib, taqdir lolasini uzib kelgan, deydilar. Odamlar o'shanda lolani ko'rishdan umidvor bo'lib Minglarning uyi oldiga yig'ilishdi. Biroq, horib-charchab, nechundir o'zgarib-yoshi ulg'ayganday bo'ib qaytib kelgan Minglar hech kimga ko'rsatmadi. Minglarning nikohidan keyin ham lolani birov ko'rmadi, ammo bu oila g'oyat sarishta, uvali-juvali, qutli-barakatli bo'lib chiqdi"[9;23-b].

Nima uchun baxt guli sifatida muallif aynan lolani tanladi? Atirgul yoki qizg'aldoq deb atamadi. Sababi atirgulni hamma ham uzib olishi mumkin, uni har yerdan topsa bo'ladi. Lola esa o'ziga cho'qqilarni, qorli va toshli joylarni makon qilgan. Uning yoniga yetib borish oson emas, duch kelgan yerda uchratib ham bo'lmaydi. Mana shuning uchun lolaning qadri baland, bahosi qimmat. Garchi atirgulning go'zalligi undan kam emas, hidi ham hushbo'y. Lekin qiyinchiliksiz kelgan ne'matning zavqi bo'lmaydi. Shu sababli insonlar baxt lolasiga ixlosmand edilar, deb xulosa chiqarish mumkin. Ammo oilasiga lolani olib kelganlar juda kam. Lolaga yetishish yo'li mashaqqatli, hatto ilojsiz: "Bu yo'lda xunobadan iborat daryolar bor, xunoba emas, balki zahar-zaqqum, deyilsa, to'g'riroq bo'lar. Tog'lari ham osmonga tig' tortgan.." [9;156-b]. Demak, farovon hayotga yetish har bir voyaga yetgan yigitning orzusi, niyati. Lekin bunga erishish kishidan ko'p mehnat, sabot, matonatni talab qiladi. Orzu qilganlarning hammasi ham bu fazilatlarga ega emas. Ular uchun bu manzilga yetishning iloji yo'q, faqat jasorat egalarigagina nasib etadi baxt lolasi. Ba'zilar uchun esa buning mutlaqo ahamiyati yo'q. Ular befarq, loqayd, rivojlanish, muvaffaqiyat qozonishga intilmaydilar, turli bahonalar topib o'zlarini aldab yashaydilar: "U yerda guvillab esayotgan shamoldan boshqa hech narsa yo'q" [9;157]. Bunday kimsalar qorong'u hayotlariga bir tutam nur olib kirishga urinib ham ko'rmaydilar, erinchoqlik qiladilar, o'zgarishlarga toqat qilolmaydilar. Bular bir ishni boshlamoqchi bo'lsa, uddalay olmasliklari haqida o'ylaydilar, mag'lub bo'lishlaridan, omadsizlikdan qo'rqadilar. Natijada rostdan ham hech narsaga erisha olmaydilar. Chunki, ular qalblaridagi ishtiyoqni, ishonchni shubha-gumonlari bilan o'ldirib qo'yadilar. Bunga, ko'pincha, atrofdagi yaqinlari ham sababchi bo'ladilar: "Go'daklik paytdayoq hayotda erishishni juda istagan narsalarga intilganimizda, yo'q, bu narsalarga erishib bo'lmaydi, degan gapni quloqqa quyib qo'yishadi. Bola: harchand urinmay, baribir o'zim xohlagan narsaga erisha olmayman, degan fikr bilan ulg'ayadi" [10;2-b]. Dunyoga kelishlaridan maqsad nima ekanini ham tushunmay shu holda nom- nishonsiz o'tib ketaveradilar.

Ozod esa bulardan farqli ravishda o'z maqsadi sari qiyinchiliklarni yengib, olg'a boradi. "Agar inson ezgu maqsadlari sari intilsa, unga butun koinot yordam

246

www.birunijournal.uz

beradi" [11;63]. Aslida Ozodning bu safari ma'nolar olamiga qilingan safar edi. Qahramon bu yo'lda anglagan ma'nolari haybatidan hayratga tushadi. Insonning qanchalik sharaflangan idrok egasi ekanini his qiladi. Ma'nolarni anglashida shamolning hissasi beqiyos edi. "..lekin bilib ol, u yoqda eng yaqin hamrohing-shamol bo'ladi.." [9;156-b] Shamol romanda yo'l boshlovchi, donishmand, roviy qiyofasida namoyon bo'ladi. U qahramonni oddiy ko'ringan hodisalar darchasidan uning tub zamiriga boqib, tarix sahifalari ostida ko'milib ketgan ming yillik hikmatlar qatlamini ko'rishga o'rgatadi. Muallif manzilga yetib borish mashaqqaatlarini turli rakurslarda turib ramziy detallar vositasida mahorat bilan tasvirlaydi.

Ozod nihoyat lolaga yetib borganda ko'radiki, u boshqa lolalardan farqli ravishda qora rangda edi. Qora rang salobat va ulug'vorlik belgisi ekani inobatga olinsa, lolaning rangi uning yuksak ekaniga bir ishora bo'lishi mumkin, boshqa lolalarga o'xshamasligi uning darajasini yanada balandlatgandir. Balki u chaqmoqlar tufayli qora rangda tug'ilar? Ochilishida chaqmoqlarning xizmati bo'lgan bu gulning sathida chaqmoq kuydirgan izlar bor. Ikkinchi tomondan, u g'amgin edi: "Bilmadim, -dedi Lola, bosh egib. Shunda Ozod lolaning mungli va mayus ekanini ko'rdi, uning nozik gulkosalarida ko'z yoshlari monand tomchilar titrar edi" [9;156]. Mulohaza qilinadigan bo'lsa, bu o'rinda qora rang qayg'uni bildirish uchun ishlatilgan degan xulosa haqiqatga yaqinroq. Lola gulkosalaridan uchqunlar taratib, yog'dulanib turardi, ammo uning hayoti qorong'ulikdan iborat edi, hatto nima sababdan unib chiqishi, nega bebaho ekanini ham bilmaydi. Unga talpinayotganlari, aziz tutishlari also quvontirmaydi. Yagona tilagi chaqmoqli qoyatoshlar ortidagi yana bir lolaga yetishish va murg'ak lolasini - zuryodini dunyoga keltirish. Ozod anglaydiki, baxt atalgan lolaning o'zi baxtga mushtoq. Bundan kelib chiqib, inson intilayotgan, talab qilayotgan ne'matlarning o'zi insonga muhtoj deyish mumkin . Baxtni har kim har xil tushunadi. Kimgadir sog'lik baxt. Boshqaga boylik. Ko'pincha kishi o'zida bo'lmagan narsani baxt deb hisoblaydi. Boshqa jihatdan qaraganda, orzu qilgan, erishishni xohlagan narsalarinmizning hammasi ham biz o'ylaganday mukammal bo'lmasligi anglatiladi. Chunki hamma narsa ham ko'ringanidek yoki ta'riflanganidek emas. Baxt aslida insonning o'zi, borligi, asliyatining sharafliligidadir. Muammo shundaki, inson har doim ham buni anglab yetmaydi. Buyuk bo'lib yaratilganini tushunmaydi. Barcha yaratiqlar ichida eng oliy maqomga egaligini unutib qo'yadi. Muallifning maqsadi o'quvchiga shularni singdirish, ruhini qalqitib, alq ko'zini ochish, olamga, undagi har bir yaproq, tosh, giyohga tafakkur nazari bilan qarashga majbur qilishdir. Inson o'z taqdirining yaratuvchisi, farovon hayotning bunyodkori. Hammasi uning qo'lida, lola faqatgina ramziy ishora xolos. Ayni paytda Ozod obrazini yoritishda qo'shni ayollarning suhbati, uzumzorlar

247

www.birunijournal.uz

egasining so'zlari, toshdan imorat qurayotgan kishining falsafasi, ko'zi ko'r kishining hikmati, bularning barchasi kalit vazifasini bajaradi.

Adib asarda A.Navoiy, Imom G'azzoliy, Rumiy, Mashrab kabi tasavvuf donishmandlarining ibratlarini, Mirtemir, Oybek, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, kabi yozuvchi va shoirlar ijod namunalarini mahorat bilan qo'llagan. Xalq o'gitlari, ibratli rivoyatlar mag'zini asarga singdirib yuborgan. Qahramonning yo'lida uchraydigan har bir manzaraga ramzlar vositasida turli hikmatlarni joylagan. Natijada borliq olam ma'nolar qatlamlarini hosil qilgan.

XULOSA (Conclusion)

Romanda ramzlarga o'ralgan Dilorom, Oydinqiz obrazlari yetakchi ahamiyatga ega. Syujetdagi asosiy tugun ular orqali beriladi, Oydinqiz Ozodning asar maydonida harakatga keltiruvchi kuch sifatida ko'rinadi. Ya'ni u suyuklisiga baxt lolasini keltirish maqsadida safarga otlanadi. Aslida bu ikki qiz ham ramziy timsollar. Eran Diloromning himoyasi uchun yov yo'lini to'sdi. Yovning maqsadi Dilorom edi. Dilorom o'zi kim? Nima uchun bahodir o'g'lonlar uni asrash uchun jonini fido qildilar. Muallif asarda Dilorom orqali vatanni anglatmoqchi edi, deb xulosa qilish mumkin, ya'ni Vatan uchun jonini tikkan har bir yigitni Eran timsolida ko'radi.Tarixda ona yurtini himoya qilgan Eranlar ko'p o'tganligi, ularga orqadan pichoq urgan mardudlar ham topilgani, Vatan har bir halok bo'lgan o'g'loni boshida Dilorom kabi hasrat chekkanni kabi haqiqatlarni o'quvchiga anglatmoqchi bo'ladi. Ozod ham aslida Eranning o'zi, uning istiqloldan keyingi qiyofasi. Qahramonda o'zlikni anglash, o'z taqdirini yaratish, vatan tuyg'usi, komillikka intilish xislatlari kuchli. Voqealar rivojida qahramon tiynatidagi ezgulik, aql-idrok, fasohat kabi qirralar ochila boradi. Ozoddagi teran fikr, keng tafakkur, uyg'oq aql va musaffo qalb komil inson qiyofasidir. Bu esa muallif o'zidagi yuksak estetik idealni mahorat bilan ifoda eta olganini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

2. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

3. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

4. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

248

www.birunijournal.uz

5. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

6. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

7. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

8. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

9. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.

10. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

11. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

12. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.

13. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

14. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

15. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

16. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

17. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

18. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

249

19. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

20. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

21. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

22. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

23. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

24. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

25. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

26. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

27. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

28. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

29. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.

30. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

31. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

250

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.