BAXT KONSEPTINING O'ZBEK BADIIY ASARLARIDAGI TALQINI
Mardiyev T.K.
SamlSI "Tillarni o'qitish" kafedrasi mudiri, dotsent, PhD
Annotasiya: Ma'lumki, muayyan bir jamiyatning madaniyati, ma'naviyati va tarixi uning adabiyotida namoyon bo'ladi. Maqolamizda baxt tuyg'usiga oid qator badiiy asarlarda misollar mavjud, ularda ushbu konseptni aks ettiruvchi metafora, epitet, o'xshatish, metonimiya, mubolag'a, oksimoron kabilardan keng foydalanilganini ko'rishimiz mumkin.
Kalit so'zlar: baxt, tuyg'u, muhabbat, omad, ishonch,mehr,munosabat.
Аннотация: Известно, что культура, духовность и история определенного общества находит отражение в его литературе. В нашей статье приведены примеры ряда художественных произведений о чувстве счастья, в которых мы можем видеть широкое использование метафор, эпитетов, сравнений, метонимий, преувеличений, оксюморонов и т. д., отражающих это понятие.
Ключевые слова: счастье, эмоция, любовь, удача, доверие, привязанность, отношение.
Abstract: It is known that the culture, spirituality and history of a certain society are reflected in its literature. Our article provides examples of a number of works of art about the feeling of happiness, in which we can see the widespread use of metaphors, epithets, comparisons, metonymies, exaggerations, oxymorons, etc., reflecting this concept.
Key words: happiness, emotion, love, luck, trust, affection, attitude.
Kirish. Ma'lumki, baxt tuyg'usi o'zbek mentalitetida g'arbdan farqli o'laroq quyidagi holatlarda namoyon bo'ladi. Baxt - mening bu dunyoga kelganim. Baxt bu -ota-onamning borligi. Baxt bu - musulmon bo'lganimiz. Baxt bu - yaxshi odamlar diydori. Odamlar baxt deganda ko'proq nimani tushunishadi? Har kim o'zining ongi, tafakkuri rivojiga qarab baxtni har narsada ko'radi. Ayollar asosan oilasining tinch-xotirjamligi, erining unga mehr-muhabbatli bo'lib, farzandlari barkamol bo'lishini, qizlar esa har tomonlama o'ziga mos kishini uchratishni baxt deb hisoblaydi. Baxtni boylik bilan o'lchab bo'ladimi? Boylik baxt ko'rsatkichi emas. Masalan, bir buyuk rus olimi o'zining baxtini raketalar yaratishda ko'rgan. U oshxonalardagi qoldiq ovqatlarni yeb kun ko'rgan. Lekin bunday sharoitda ham o'zini baxtli hisoblagan.O'ziga to'q bo'lish baxtni his qilish uchun ozgina omil bo'lishi mumkin. Odam ehtiyojlarining hech bo'lmaganda o'rtamiyona darajada qondirilishi ham baxtli bo'lish uchun zamin yaratadi. Ba'zan hamma narsasi yetarli odamlar ham o'zini baxtsiz his qiladi. Kishilar o'zlarini baxtli his etishlari uchun nima qilishlari kerak? Bu dunyoga inson bo'lib kelishning o'zi baxt, undan inson bo'lib ketish undan ham katta baxt. Afsuski, baxtning qadriga har doim ham yetavermaymiz. Erta bilan turib quyosh nurini ko'rishning o'zi katta baxt. Gap uni his qilib, dunyo ne'matlaridan
lazzatlana olishda. Baxtning davomiyligi qancha? Bir umrlik deb qarash noto'g'ri. Faqat kasbdan topilgan baxt bir umrlik bo'lishi mumkin.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Baxt konseptni tahlil qilishda nemis olimlari V.Gumbolt, aka-uka Grimmlar, ingliz olimlari J.Lakoff, M.Jonson, R.Langaker, R.Djekendorf, rus tadqiqotchilari A.Babushkin,Yu.Stepanov,Yu.Apresyan, S.Lyapin, V.Karasik, D.Dobrovolskiy, N.Boldyrev,Sternin, E.Kubryakova, M.Galiyeva, Yu.Karaulovlar hamda o'zbek tilshunoslari D.Ashurova, M.Mamatov, Sh.Safarov, O'.Yusupov,N. To'xtaxo'jayeva, O'.Qurbonov, N.Mahmudov, J.Yoqubov, A.Abduazizov, G.Mahkamova, T.Mardiyev va N.Ashurova kabi olimlarning ilmiy ishlari tayanch vazifasini o'taydi. Baxt konsepti milliy-madaniy xususiyatga ega bo'lgan juda ko'p ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va shu bilan mahalliy ingliz tilida so'zlashuvchilar dunyosining lingvistik rasmining bir qismini aks ettirishi ham e'tiborga molik. Zamonaviy tilshunoslik fanida mavjud bo'lgan konseptni aniqlash muammosi, konsept va til birliklari o'rtasidagi munosabatlar muammosiga bevosita bog'liqdir.
Olamning lisoniy tasviri insonning dunyo haqidagi bilim va tasavvurlarining tildagi in'ikosidir. Ma'lumki, muayyan bir jamiyatning madaniyati, ma'naviyati va tarixi uning adabiyotida namoyon bo'ladi. Maqolamizda baxt tuyg'usiga oid qator badiiy asarlarda misollar mavjud, ularda ushbu konseptni aks ettiruvchi metafora, epitet, o'xshatish, metonimiya, mubolag'a, oksimoron kabilardan keng foydalanilganini ko'rishimiz mumkin. Baxt deganda men oila xotirjamligini, qarindosh-urug'lar, do'stlarning shodon chehrasini, ota-onaning farzand kamolini ko'rib, yuzidagi mamnunligini tasavvur qilaman. Dunyodagi eng baxtiyor insonlar esa bolalardir. Ularning bu dunyodan g'amlari yo'q. Baxtlimisiz? - deb savol berishsa, -ha, baxtliman, Allohim meni yaratganidan, to'rt mucham sog'ligidan, ota-onam, do'st-u yorlarim borligidan baxtliman, - deya javob beraman. Avvallari baxt deganda yetib bo'lmaydigan bir manzilni tushunardim. Hozir esa hayotda orzu qilib, yetishgan barcha manzillarimni baxt deb bilaman.
Tahlil va natijalar: Iqbol Mirzoning "Bonu" romanini o'qigandan so'ng fikrlarim..."0 'qiganing, uqqaning emas, tanangdan o 'tkazganing falsafadir..."
Men yozuvchining "Bonu" romani haqida u qadar iliq bo'lmagan, yuzaki fikrlarni o'qigan edim. Albatta ular orasida yoqimli va ijobiy qarashlar ham anchagina edi. Ammo ijodkorning ayniqsa shoir insonning nasr yo'nalishida yozgan ushbu asarini men ulkan jo'shqinlik bilan ajib bir hayajon bilan "bir nafasda" o'qib tugatdim... Odamlar bir tomchi ko Z yoshingga arzimaydi, arziydigan odam esa seni yig'latmaydi...
Bosh qahramon tabiat bor go'zallikni sahiylik bilan ato etgan, ham jismonan, ham ruhan, ham qalban go'zal qiz - taqdiridan baxt topa bilmaydi. O'ttiz yil ortiq yashaydi yo yo'q, alam va qayg'u, iztirob va dard shularning barcha negativ sinonimlari "kulfat" bo'lib mitti boshiga yog'iladi. Naq boshiga ko'targan padari buzrugi ham, bobosi ham, hatto volidayi muhtaramasi ham bu "o'yinchoq" dunyoda ustun bo'lmasligini, uni bu olchoq va maddoh jahonda hech kim himoya qilolmasligini "ojiza" nomi bilan his qiladi.
O'quvchi uchun ajoyib jam - maktub - xotira yo'nalishida bitilgan bu asar noma'lum ayolni ko'ngliga tutashgan biг noma'lum yozuvchi (asarda faqat endi tanilib mashxrn- bo'layotgan adib) ga o'z daráini doston qilishi yohud yuragini qog'oz tushirish syujeti asos bo'lgan. Bonu go'zal, xushaxloq, oriyatli va halol qiz. U zamonaviy o'zbek qizlariga o'mak bo'lishgacha ideallashtiгib yuborilgan bo'lsa ham, uning ham kamchilik va qusurlari (adolatsizlikka olov purkashi, soddadil va yakbinligi ) ham mavjud. Uning baxt deb o'ylagani baxtsizlik muhabbat deb hisoblagani yolg'on tuyg'u bo'lib qoladi. Asar 1- shaxs tilida muallif (novator -hikoyachi) tilida so'zlanadi. Syujet puxta, voqea rivoji, hamda tasvir tili shiddatli tusda kechadi. Asar markazida bir ayol qismati yastanib yotarkan tarvaqaylagan "qismat liniyalari"da Shoira, Mireond, Ikrom, Olmos, "Huvaydo" ota, Yusuf, Dilbar, Makar va uning oilasi, ota - onasi va yuzlab epizodik obrazlarda mohirona asil chehralarida zamonamiz tasvirini fosh qiladi. Asaráa biz baxt tuyg'usining vertallashuvini batafsil ko'rib chiqdik: ...Bobosining vafoti unga ilk zarba bo'ldi. ....Tillar o'tdi u talabalar safiga qo'shildi va baxti ochildi. Olmos ismli yigit bilan tanishdi. Mazkur jumlada "baxti ochilmoq" metaforik iborada qahramonning ishqiy munosabatlari haqida gap boradi. ...Dard kelsa qo'sha-qo'sha keladi deganlaridek, uning baxtiga qora dog'lar oraladi. Otasi ham vafot etdi. Olmos esa bu orada boshqa qizga uylandi [2, 50-92.]. Ushbu metonimik ibora o'z o'mida esa "baxti kul bo'lmoq, baxti qora bo'lmoq" kabi sinonimik ekvivalentlariga ham egadir.
Biz baxtni angladikmi? Bir ustozim doim xayrlashishdan oldin "Baxtli bo'linglar"- deya xayrlashadilar. U kishining bunday tarzda xayrlashuvi meni mushohadaga chorladi: "Men baxtlimanmi? Unga qanday erishiladi?" shu kabi savollarga javob izlashga harakat qildim. Baxt — tusyg'usi keng qamrovli deb qabul qilinadi, aslida esa umrimizni bezab turgan arzimas omillar ham baxtli ekanimizdan darak beradi. Baxtli bo'lish uchun o'sha baxtga intilmoq va muhimi o'sha baxtni his etmoq kerak!
Said Ahmad ijodida zid ma'noli so'zlaming qo'llanilishi juda ko'p uchraydi. Tilda zid ma'noli so'zlaming, ya'ni antonimlaming mavjudligi badiiy nutqning ifodaliligi, eksprossivligi, ta'sirchanligini ta'minlashga va personajlar xarakter-xususiyatini ochib berishga yordam beradigan qulay vositalardan biridir.
Antonimlar (yun. anti - qarshi, zid; onyma - nom) o'zaro zid va qarama-qarshi ma'noli til biñiklari bo'lib, bu b^lik^ asosida antiteza hodisasi yuzaga keladi. Antiteza (yun. antithesis - qarama-qarshi qo'yish) qiyoslanuvchi fikr, tushuncha kabilarni qarama-qaTshi qo'yishdan iborat uslubiy qo'llanish bo'lib, yozuvchi asarlari tahlili jarayonida ziddiyatga asoslangan badiiy nutqlami aniqladik: Bu voqeaga ko'p yilto bo'lgan. Ц^г ikkovining yoshi ham biг joyga borib qolgan. Biгining omadi kelgan, biri omadsizlik azobini tortardi. Ushbu misolda antonimlar shakliga ko'гa o'zakdosh (omad-omadsizlik) bo'lib, ikki inson umri o'zaro qa^hilantirilgan.
Biz Said Ahmad asarlari tahlili jarayonida tildagi tayyor antonimik birliklardan foydalanmasdan, balki, badiiy asaráa tasviming ta'siгchanligini oshiгishga xizmat qiladigan kontekstual antonimlardan ham o'гinli foydalangan badiiy nutqlami
uchratdik: Bu dunyo shundoq bolam. Olam yaralibdiki, birovga baxt, birovga alam keladi [3, 103.].
Yozuvchi ushbu o'rinda baxt va alam leksemalarini o'zaro antonimik munosabatda qo'llagan. Baxt va alam leksemalarini lug'atlarda o'zaro antonim sifatida uchratmaymiz. Baxt leksemasining bosh ma'nosi hayot (turmush)dan to'la mamnunlik va bearmonlik holati bo'lsa, alam leksemasining bosh ma'nosi esa ruhiy azob, iztirobdir. Bunda adib shodlik va iztirob tushunchalarini badiiy nutqda kontekstual antonimik munosabatga kirishtirgan. Bu esa nutqiy ta'sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan. Xususan, stilistikada inglizcha variantlarda happy so'zi sunny hours ya'ni o'zbek tilidagi yorug' kunlar stilistik vositasi baxtli so'zi o'rnida epitet orqali namoyon bo'ladi.
Masalan: Yorug' kunlar keladi, albatta. ... Men o'zbek xalqiga haykal qo'yaman [4, 101.]. Bu yerda baxtli onlar "sunny hours" epiteti bilan ifodalangan. Ingliz tilidagi izohli lug'atlarda qayd etilishicha, sunny leksemasi ma'nosi quyoshli, yorug'dan tashqari, ko'chma ma'noda baxtli, do'stona ma'nolarida ham qo'llanilar ekan.
Eg: Even in the best, most sunniest and simplest relations of life, praise and commendation are essential, just as grease is necessary to wheels that they may run smoothly [5, 67. ].
Olib borilgan happiness/baxt konsepti strukturasining qiyosiy tahlilaridan mazkur konseptning tushuncha, obrazlilik va munosabatga oid jihatlarida har ikki til va madaniyatda o'xshash va farqli tomonlarga ega ekanligini ko'rib chiqdik.
Xulosa qiladigan bo'lsak, tahlillar natijasiga ko'ra, happiness/baxt yadroviy leksemaning sinonimik qatori ikki tilda hamsemantik jihatdan o'zining ekvivalentlariga ega ekan: glad - mamnunlik, fortunate - tole, contentment - rohat-farog'at. Ikki tilda happiness/baxt konseptining bir-biriga konseptual tomondan yaqinligi shu bilan belgilanadiki, sinonimik qatorlarning ma'nolari paremiologiyada adekvat holatda aks etishini ta'minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish 2-nashr.-T.Sharq, 2010.-150 b.
2. I. Mirzo "Bonu" Toshkent.:2018. - 50-92b.
3. Said Ahmad. Cho'l burguti (Hikoyalar to'plami). - Toshkent: "G'afur G'ulom", 1998. - 103b.
4. Tog'ay Murod "Otamdan qolgan dalalar"-T.: - 101.
5. Oxford Advanced learner's dictionary of current English. - 2000. - 67.