Научная статья на тему 'OYDIN HOJIYEVA IJODIDA AYOL OBRAZI TALQINI'

OYDIN HOJIYEVA IJODIDA AYOL OBRAZI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
559
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
POETIK RUH / TASHBEH / POETIK OHANG / LIRIK QAHRAMON / OBRAZ / TABIAT TASVIRI / AYOL RUHIYATI

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Asatjannova I.M.

Ushbu maqolada iste’dodli shoira Oydin Hojiyeva ijodi xususida so‘z yuritildi. Uning adabiy asarlari va ularda yoritilgan ayol obrazining talqiniga e’tibor qaratildi. Ayol mavzusida yozilgan she’rlarning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinib, ularda ochib berilgan haqiqiy o‘zbek ayoli fe’l-atvoriga to‘xtaladi. Shoira she’riyatining o‘zbek ayolining ichki dunyosiga, kechinma va istaklariga nozik ayol ruhi orqali kirib borish qirralari o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INTERPRETATION OF THE IMAGE OF WOMEN IN THE CREATION OF OYDIN HOJIYEVA

This article talks about the work of the talented poet Aydin Khojieva. Attention was paid to his literary works and the interpretation of the image of a woman in them. The specific aspects of the poems written on the theme of women are analyzed, and the character of a real Uzbek woman is revealed in them. The aspects of the poet's poetry penetrating the inner world, experiences and desires of an Uzbek woman through a delicate female soul are studied.

Текст научной работы на тему «OYDIN HOJIYEVA IJODIDA AYOL OBRAZI TALQINI»

Asatjannova I.M. Filologiya fakulteti talabasi Urganch davlat universiteti

OYDIN HOJIYEVA IJODIDA AYOL OBRAZI TALQINI

Annotatsiya. Ushbu maqolada iste'dodli shoira Oydin Hojiyeva ijodi xususida so'z yuritildi. Uning adabiy asarlari va ularda yoritilgan ayol obrazining talqiniga e'tibor qaratildi. Ayol mavzusida yozilgan she'rlarning o'ziga xos jihatlari tahlil qilinib, ularda ochib berilgan haqiqiy o 'zbek ayoli fe'l-atvoriga to'xtaladi. Shoira she'riyatining o'zbek ayolining ichki dunyosiga, kechinma va istaklariga nozikayol ruhi orqali kirib borish qirralari o'rganiladi.

Kalit so'zlar: poetik ruh, tashbeh, poetik ohang, lirik qahramon, obraz, tabiat tasviri, ayol ruhiyati

Asatzhannova I.M.

student faculty of philology Urganch State University

THE INTERPRETATION OF THE IMAGE OF WOMEN IN THE CREATION OF OYDIN HOJIYEVA

Annotation: This article talks about the work of the talented poet Aydin Khojieva. Attention was paid to his literary works and the interpretation of the image of a woman in them. The specific aspects of the poems written on the theme of women are analyzed, and the character of a real Uzbek woman is revealed in them. The aspects of the poet's poetry penetrating the inner world, experiences and desires of an Uzbek woman through a delicate female soul are studied.

Key words: poetic spirit, allegory, poetic tone, lyrical hero, image, image of nature, female psyche.

Millatning jon tomiri, Sen Vatanga timsolsan. Yurtning o'lmas chirog'i, Momo Havo ayolsan.

O'zbek adabiyotida har qanday ijodkor borki, ularning barchasi ayol haqida yozadi, ayol haqida so'z yuritadi. Sohir so'z ijodkori, nafis ijod namunalarini yaratuvchi shoira bu Oydin Hojiyevadir. Uning ijodiga ko'z yugurtirar ekanmiz, har qanday mavzuda yaratilgan she'rlar, go'zal abyotlarni ko'rishimiz mumkin. Bugun biz yuqoridagi mavzulardan biri - ayol mavzusiga to'xtalishni joiz topdik.

Muqaddas kitoblarda yozilishicha: "Ayol zoti bolaligida otasining, voyaga yetgandan keyin erining, eri o'lsa o'g'illarining, agar o'g'illari bo'lmasa, erining yaqin qarindoshlarining, agar ota tomondan ham qarindosh bo'lmasa, otasining qarindoshlarining, agar ota tomondan ham qarindosh bo'lmasa, poshsholikning qaramog'ida bo'lishi lozim" 1 Shundan anglashiladiki, ayol shu qadar nozik hilqatki, u musichaday beozordir. U jismoniy jihatdan emas balki ruhiy jihatdan qaram insondir. U har doim mehrga va e'tiborga muhtojdir. Ayol yashash mohiyatini to'la anglagan, hayot qiyinchiliklariga, tashvishlariga ko'ngan, goho shod bo'ladigan, goho g'am chekadigan insondir. U bir so'z bilan aytganda, ona, kelinchak, ishbilarmon hisoblanadi. Oydin Hojiyeva haqida gapirganda quyidagi misralar beixtiyor esimizga keladi: Sen ayolga,

Shohi ko'ylak olib berma Gulimsan, degil. Afsonaviy qasr qurma, Dilimsan degil. Sen shundayki: Oltin beshik, Elimsan degil.2

Uning she'riyati o'zining ichki dunyosiga, kechinma va istaklariga nozik ayol ruhi orqali sezgirligi bilan ajralib turadi. Ayol shunday nozik qalb egasiki, u hatto musichaga ham ozor bermaydi. Ayol haqida yaratilgan mana shunday nafis abyotlarda ayolni e'zozlash, uni qadrlash va ko'kka ko'tarish ilgari surilgan. Hayot sinovlarida qoqilgan, turtingan ayolgan qimmatbaho ko'ylaklar-u tilla taqinchoqlar olib bermagin "gulimsan" deb erkala, afsonaviy qasrlar, uylar qurib berma "dilimsan", "ko'nglimsan" deb erkala, yakka-yolg'iz tanlab yurgan yo'limsan deb aytgin deyilgan. Quyidagi tashbehlar vositasida ayolning naqadar buyuk zot ekanligiga yana bir bor guvoh bo'lamiz: "ayol"siz hayot suvsiz daryo, giyohsiz cho'l, yulduzsiz osmon, havosiz hayot. Lirik qahramon bu dil izhorlarini ayolga tili bilan emas faqat qalbi bilan murojaat qiladi. Qachonki shu dil izhorlari tilda aytilsa ayol sen uchun mo'jizaga aylanadi. Qog'ozga ne hojat, bu zavqni yurak, Mehr qatlariga yozgil birma-bir. Shabada elitib mizg'ir u andak, Ayolning olami o'ng mingta she'r.3

Bugun ko'pgina gazeta va jurnallarda ayol haqida, uning yutuqlari va ishbilarmonligi haqida ko'plab maqtovlar va she'r, alqovlar berilmoqda. Bulardan biri "Saodat" jurnalidir. "Bugungi "Saodat" jurnali ko'z o'ngimizda yasharib bormoqda - qiyinchilik yillarida u ikki oylik jurnalga aylanib qolgan edi - hozir u asta-sekin avvalgi maqomga erishmoqda. Jurnal muqovasi rangli

1 Adabiy asarlar to'plami. - T:. "Sharq":. 2011-yil. 13-bet

2 Oydin Hojiyeva. Tamal toshi. - T.: "Adabiyot va san'at nashriyoti". 1988. 74-bet

3 Oydin Hojiyeva. Mushfiq onajon. She'rlar va she'riy qissa. - T. : Adabiyot va san'at. 1983. 220-bet

va jozibador bo'lib qoldi, qog'ozi ham nisbatan yaxshi. Eng muhimi, jurnaldagi fotasuratlar, harholda, mushtariyni o'ziga jalb qila oladi. Lekin jurnalda e'lon qilinadigan lavhalar, maqolalar, ocherklar, esselarning saviyasi. Xo'sh, ular asosiy masalalar, muammolarni yoritib berayaptimi? Menimcha, bu savolga ijobiy javob berish kerak."4

Haqiqatdan ham, bu ta'rif-u tavsiflar to'g'ri. Yuqoridagi shoira qalamiga mansub she'rda ham haqiqiy o'zbek ayolining asl qiyofasi turli sifatlashlar orqali tasvirlangan. Ushbu she'rda yangi chaqaloq tuqqan bir qishloq ayolining holati beriladi. Shoiraning oqqush patlariday stoli ustida sochilib yotgan qog'ozlarni ko'rib ilhomi qaynaydi. Xrom etikda tosh yo'lda dala shiyponga qarab ketayotan ayol qo'lida yangi tug'ilgan chaqaloqi. Och qolgan go'dak tamshanadi. Ayni paxta yig'im-terim payti, issiqda terlab-pishgan ona tinmay paxta teradi. Tush payti kelgach shiyponga qarab ona bola emizish uchun yo'l oladi.

O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov quyidagi fikrlarni ilgari suradi: "Ayol kishining qalbi, uning quvonchlari va hasratlari to'g'risida kuylaganda ham, jonajon xalqining bir shaydo qizi bo'lib oh urganida ham Oydinxon o'z nigohi va o'z ovozini saqlab qolishga harakat qiladi. Shu jihatdan uning yurtimiz mustaqilllikka qadam qo'yish arafasida yozilgan bir turkum she'rlari diqqatga sazovordir."5 Ushbu fikrlarning isbotini quyidagi baytlarda ko'rishimiz mumkin:

Sunbula suviday tiniq bir ayol, Dunyoni asraydi balo-qazodan. Yurtning ro'zg'orida sen Baraka bo'l, Qaldirg'och niyatli, umri ozodam.

Ayol - ona yurtning qizi, ayol - xalqning milliy-axloqiy fazilatlari tashuvchisi, ayol - ona, opa, singil, hamroh, suyukli yor. Oydin Hojiyeva esa ayolni "sunbula suvi"ga qiyoslaydi. Sunbula suvi kabi musaffo, u kabi nafis. Oydin Hojiyeva zamonaviy o'zbek she'riyatiga o'ziga xos poetik ruh va ohang bergan, she'rlarida ayol qalbining ichki kechinmalarini, so'zga yengil yondashishni ta'sirchanlik bilan yetkazgan shoiradir. "Tabiat ato etgan iste'dod, yurt muhabbati, el xizmatiga kamarbastalik, she'riyat zahmati, yo'llar va odamlar shoira yuragining buyuk tayanchi bo'ldilar."6 Oyog'ingda tilla kavushchalarmas, Kirza etik ko'rdim cho'yanday og'ir. Sunbul sochlaringga shivirlab ming sas Har yil oshiq bo'lar ko'klamgi yomg'ir.

U soddadil, turmush tashvishlaridan oftobmisol yuzlariga barvaqt ajin tushgan, nozik qo'llari ba'zida ketmon, belkurak, ba'zida o'tin chopish uchun bolta ushlab qavargan oila go'zali. Bahor yomg'iri esa go'yoki tabiatning bu

4 Oydin Hojiyeva. Mushfiq onajon. She'rlar va she'riy qissa. - T.: Adabiyot va san'at. 1983-yil. 156-bet

5 O'sha manba. 154-bet

6 Vohidov Erkin. Shoir-u, she'r-u shuur. Adabiy esselar.- T.: "Yosh gvardiya.", 1987. 79-bet

buyuk xilqat uchun yuborilgan in'omi. Lirik qahramon o'y-xayollari she'rxonni ummon tubidek sinoatlarga to'la ayol hayotidagi manzaralar tahliliga tayyorlaydi. Sabrdan bunyod etilgan qo'rg'on bekasi ruhiy olamiga nigoh tashlanar ekan, unda xokisorlik, keng fe'llilik fazilatlari barq urib turganiga guvohi bo'lish mumkin.

Ro'zg'or g'or deydilar. Shu tubsiz g'orda

Ravshan bir chiroqday yurasan beg'am,

Shu g'orni butlagil deb biru borda,

Joningni qirq bitta yaratmish Egam.7

"Mustaqil Vatanni baxt nuri chaysin" deb nomlangan ushbu she'rda har tomonlama mukammal bo'lgan ayol tasviri berilgan. Stiv Marobali ta'biri bilan aytganda: "Ayol samimiyligi kamdan-kam uchraydigan, ammo hech bir go'zallik bilan tenglashtirib bo'lmaydigan holat. Ayolning soxta fe'l-atvordan holi bo'lishi undagi har qanday kam-ko'stni yopib ketadi. Men mana shunday sodda, samimiy ayollarda chinakam go'zallikning guvohi bo'laman." Ushbu she'rda xuddi mana shunday ayol tasviri haqida so'z boradi. Oyog'ida tilla kavushcha bolmay tirza etik kiygan dehqon o'zbek ayolining daladagi holati tasvirlangan. Boshingdan ter oqquncha erkaklar qochgan chopiq ishidan qochmay ketmon qilasan, har xil shonalagan go'za boshiga polaponlaringni unutib shaylanasan deydi shoira. She'rdagi eng ahamiyatli baytlar shuki, kuni bilan charchab, barcha ishga ulgurgan ayol kechasi beshik boshiga kelib bolasiga sho'x alla aytadi. Mustaqil Vatanni madh qilib aytgan allalaringda ulg'aygan go'daklaring voyaga yetsin, o'g'ling elga ega, qizing malika bo'lsin deydi shoira.

Ayol shamolidan zamin junjikar,

Erina-erina ko'kka kun chiqar.

Muzday etiklarin shoshqinib kiyib,

Mudroq dalalarga nozanin chiqar.8

Ushbu she'rda ayol tasviri bilan tabiat tasviri uyqashib ketgandek go'yo. Shoira avval tabiat tasvirga murojaat qilib, Kun chiqish tasvirini ustuvor o'ringa olib chiqadi. "Lolaxonga" bag'ishlangan bu she'rda muzday etiklarin shoshqinib kiygan qiz tasvirlanadi. Surmasiz ham, sirg'asiz ham soy yoqalab o'tsa muzlagan anhor erib ketadigan bu qiz g'oyatda go'zal va nozik. Nozikligidan uni shoira "jiyda"ga o'xshatadi. "Jiyda" tasvirini biz uch xil ma'noda tushunishimiz mumkin:

1. Jiydadek nozik, hushbichim qiz.

2. Jiydadek shirin.

3. Tog' qizi.

Tog'dagi yalpiz qizning etaklariga yosh go'daklarday suyklsa, shamol esa beixtiyor oshiq yigitday sochining o'rmaklariga lab bosadi. Bu oyparcha qiz dalasini, yerini, boringki qishlog'ini shu daraja sevadiki, o'zini senlasa ham

7 Hojiyeva Oydin. Nazokat. She'rlar, doston, qasidalar, badia,o'ylar. - T.: "Sharq", 2010. 156-bet.

8 Hojiyeva Oydin. Nazokat. She'rlar, doston, qasidalar, badia,o'ylar. 233-bet

yerini sizlaydi. 1997-yil ayni ko'klam paytida yaratilgan bu she'rda yangrash ruhi ustuvor. Tabiat madhi ayol tasvirini yuqori bo'ginga olib chiqqani aniq.

G'oyaviy-badiiy jihatdan yuksak did, badiiy nafislik bilan yaratilgan, misralar o'zaro bir-birini talab qiladigan mana bu she'rda o'zbek ayolining haqiqiy qiyofasi hech bo'yoqlarsiz chizilgan desak adashmagan bo'lamiz. Tanholikda o'tding beshavqat, Dunyo bo'lib tirildim qayta. Chashma kabi tingan muhabbat Sharqiradi men yozgan baytda!

Ushbu she'rda ayolning yolg'izlikda zirqirab og'riyotgani, muhabbatga intiluvchi qalbining iztiroblari aks etgan. Shoira yaratgan ayol obrazi qanchalik yolg'iz bo'lsa, u kelajakka shunchalik umid va ishonch bilan qaraydi. Muhabbatdan umidini uzmaydigan lirik qahramon bir kun kelib sevib qolaman, deb o'ylaydi, hech qachon umidini yo'qotmaydi. Kun botar tovuqlar chiqar qo'ndoqqa, Oqshom pari qizday silkitar ro'mol. Bir etak bolasin jamlab quchoqda, Qozonga o't yoqar tabarruk ayol.

Oydin Hojiyeva she'riyati bamisoli ayollar qismatiga, jamiyat hayotini yoritishga qaratilgandek go'yo. "Ayol kishining qalbi, uning quvonchlari va hasratlari to'g'risida kuylaganida ham Oydin o'z nigohini va o'z ovozini saqlab qolishga harakat qiladi."9 O'zbek ayollari dala gullariday sodda, lekin xushro'y, so'zi issiq, hammasining bir etak bolasi, bir olam tashvishi bor edi. Ushbu she'r ayol xarakterining mohiyatiga asoslangan fidoyilik hikoyasiga o'xshaydi. Shoira hech qachon bu ayollarni hasrat qilayotganda ko'rmaydi, bir og'iz g'iybat so'zini eshitmaydi. Shoira ayolning jamiyat va oiladagi mashaqqatli turmush tarzini o'zining lirik asarlarida ulkan matonat bilan tarannum eta oldi. Ko'ksida yarqillab qizil marjoni, Ayol egatlarda yurar jonsarak. Har to'p g'o'zasiga bog'liqday joni, Har nihol boshida xayoli halak.

She'rni o'qiyotib kitobxon tasavvur qiladi: tushligini ro'molga tuyib, emizikli bolasini kimgadir qoldiradi-da, ikki toychog'ini yetaklab dalaga oshiqadi, qoramag'iz yuzlarida esa siniq bir xayol yashiringan. Qadamlari shu qadim yerning chayir qadoqlariga bosilgan malhamday yoqadi. "Ma'lumki, o'zbek xalq dostonlarida, ertaklarida ayol obraziga katta ehtirom sezilib turadi — ularda ayollar to'rt devor asirasi, nochor, mushtipar, mungli kimsalar sifatida emas, ko'pincha o'z taqtsirini o'z qo'li bilan yarata oladigan, o'z baxti uchun kurashadigan, hatto qo'lida qurol bilan adolat va haqiqatni himoya qiladigan, hech qaysi jihati bilan erkak zotidan kam turmaydigan oqila, tadbirkor, shiddatli, jasur shaxslar tarzida tasvirlanadi."10 Shoira yaratgan ayol obrazlarida

9 Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti.- T.: "Sharq", 2004. 618-bet.

10 Sharafiddinov O. Dovondagi o'ylar. - T.: "Ma'naviyat", 2004. 318-bet

xalqimizning eng yaxshi xususiyatlari ochib beriladi. Sodiq va mehribon qalblari, betakror ma'naviy go'zalligi bilan ajralib turadigan bunday go'zal va pokiza ayollar Oydin Hojiyeva lirikasida doimo ibrat namunasi sifatida gavdalanadi. Ijodkorning xayoli bilan yaratilgan ayol obrazini badiiy ijodning barcha janrlari va turlarida topish mumkin. Bu ijodkor badiiy olami mahsulidir. Emish shuhrat o'rab kemtik qismatim, Ko'zlardan yiroqda sirqirab oqar. Dilda qo'rg'oshinday yotib hasratim, Ko'zlarim jahonga baxtiyor boqar.

O'zbek ayollari... boridan ro'zg'origa baraka topgan uy bekalari, el-u yurt hasratibilan yashagan insonlar, dabdaba va dovruqsiz, el qatori ishlab, ter to'kib, yig'isini yutib yashagan yaxshilar ular! Bugungi yugurik zamon, to'kin-sochin kunlarda bu "kemtik qismatli" mardona ayollardan sabr-u qanoatni, mehribonlikni, sadoqatni, o'zni el-u yurt uchun jon fido qilmoqni o'rganishimiz kerak!

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkin, ayolga atab yaratilgan she'rlarning barchasi mangulikka dahldordir. Xoh bu davrda bo'lsin, xoh keyingi asrlarda bo'lsin ayol haqida yaratilgan go'zal ijod namunalari kitobxonlar qo'lidan aslo tushmaydi. Chunki ayol muqaddas va azizdir. Uni qanchalik ta'rif-u tavsif qilsak shunchalik ozdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Adabiy asarlar to'plami. - T.: "Sharq". 2011.

2. Oydin Hojiyeva. Tamal toshi. - T.: "Adabiyot va san'at nashriyoti". 1988.

3. Oydin Hojiyeva. Mushfiq onajon. She'rlar va she'riy qissa. - T.: "Adabiyot va san'at." nashriyoti 1983-yil.

4. Vohidov Erlkin. Shoir-u, she'r-u shuur. Adabiy esselar.- T.: "Yosh gvardiya.", 1987.

5. Hojiyeva Oydin. Nazokat. She'rlar, doston, qasidalar, badia,o'ylar. - T.: "Sharq", 2010.

6. Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. - T.: "Sharq", 2004.

7. Sharafiddinov O. Dovondagi o'ylar. - T.: "Ma'naviyat", 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.