ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA UYAT KONSEPTI ( ABDULLA QAHHORNING "MAYIZ YEMAGAN XOTIN" HIKOYASI
ASOSIDA) Mo'tabarxon Ozodbek qizi Soibjonova
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6635466
Annotatsiya. Ushbu maqola Abdulla Qahhorning "Mayizyemagan xotin" hikoyasi asosida XIX asrning 20 - 30 - yillarida o'zbek lingvokulturologiyasida qo'llangan uyat konseptini semantik va leksik tadqiqiga bag'ishlanadi.
Kalit so'zlar: Kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, konsept, konseptsiya, uyat, sharmandalik.
THE CONCEPT OF SHAME IN THE WORKS OF ABDULLAH WRATH (BASED ON ABDULLAH QAHHOR'S STORY "THE WOMAN WHO DIDN'T
EAT RAISINS")
Abstract. This article is based on Abdullah Qahhor's story "The Woman Who Didn't Eat Raisins" and is a semantic and lexical study of the concept of shame used in Uzbek linguoculturology in the 1920s and 1930s.
Keywords: Cognitive linguistics, linguoculturology, concept, concept, shame, embarrassment.
КОНЦЕПЦИЯ СТЫДА В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ АБДУЛЛЫ ГНЕВА (НА ОСНОВЕ ИСТОРИИ АБДУЛЛА КАХОРА «ЖЕНЩИНА, КОТОРАЯ НЕ
ЕЛА ИЗЮМ»)
Аннотация. Данная статья основана на рассказе Абдуллы Каххора «Женщина, которая не ела изюма» и представляет собой семантическое и лексическое исследование концепта стыда, использовавшегося в узбекской лингвокультурологии 1920-1930-х годов.
Ключевые слова: Когнитивная лингвистика, лингвокультурология, концепт, концепт, стыд, смущение.
KiRISH
Qisqacha taqriz: Yuqorida aytib o'tganimizdek, biz Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laurenti, O'zbekiston xalq yozuvchisi, shu bilan birga mohir so'z ustasi Abdulla Qahhorning "Mayiz yemagan xotin" hikoyasida uchraydigan uyat konseptining leksik birliklardagi aksi va shu bilan birga asar yozilgan davr koloritining asar qahramonlari so'zlari orqali ifodalangan kontekst misolida o'rganishni ko'zda tutdik. Aziz o'quvchidan maqolani hikoyaning yozilish davrini e'tiborga olgan holda tushunishi so'raladi. Asar 1935 - yilda yozilgan. Unda X IX asrning 20 - 30 - yillarida O'rta Osiyo mintaqasi ayollari taqdirida ro'y bergan "Hujum" harakatidan keyingi davrlar tasvirlangan.
Kognitiv lingvistika. Bu fan zamonaviy tilshunoslik sohalaridan biri hisoblanib, kognitivlik istilohi ham o'zbek lingvistik maydonida o'tgan asrning 70 - yillaridan keyin bo'y ko'rsata bordi . Ye . S. Kubryakova , kognitiv fan bilim va ong , bizning ongimizda qandaydir usul bilan reprezantatsiya qilingan , fikrlash ko'rinishida to'plangan hamda ma'lum ma'lumotlar tizimiga keltirilgan odamlarning narsa - bilish faoliyati va olamni ko'rish natijalari haqidagi fandir , deb yozadi . Kognitivlik olamning kontseptual tasvirini shakllantirish va til xususiyatida
tafakkur jarayoni ehtiyojini ta'minlash hamda borliq haqidagi bilimlarni umumiy ko'rishda berish va saqlashda namoyon bo'ladi . Kognitiv tilshunoslik zamonaviy tilshunoslik paradigmasida o'zining mustahkam o'rnini egalladi [ 1 , 34 ]. Uning asosiy atamasi konsepsiya - murakkab tarkibiy semantik shakl. Unga ikki tomonlama yondashuv mavjud: lingvokognitiv va lingvokulturologik. Lingvokognitiv tarafi umumiy qonuniyatlar asosida shakllansa, lingvokultrologik tarafi ma'lum bir madaniyat hayotida yoki shu hayot asosida tasvirlagan kontekst orqali tushuniladi. Uyat konseptini to'la shaklini gavdalantirish uchun tilshunoslik va madaniyatshunoslik chizgilari tutashgan nuqtada tahlil qilish lozim bo'ladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Uyatning mohiyatini o'rganishda zamonaviy axloq va falsafa, qadimgi yunon falsafasi va madaniyatidan kelib chiqqan boy merosga ega bo'lib, inson axloqi o'lchovi roli demakdir.
Hozirgi zamon faylasuflari inson sezgi sohasining mohiyatiga falsafiy yondashishlari bilan uyatni birinchi navbatda uning inson ruhiyatiga ijobiy yoki salbiy ta'siri, shakllanishi nuqtai nazaridan o'rganadilar. Shu jumladan, oldingi ajdodlar tajribasini umumlashtirgan holda falsafa va etika uyat (sharmandalik)ni axloqiy yetuklik mezoni, shaxsning o'zini axloqiy anglashining korinishlaridan biri sifatida talqin qiladi. Sharmandalik uyat leksemasiga nisbatan o'zbek leksikasida salbiy sema kasb etadi. Uning falsafiy ma'nosi axloqiy yetuklik mezoni ekanligini esa Mavlono Rumiyning:"Har qanday ashyoning qimmati ziddi bilan ayon bo'ladi. Ziddi bo'lmagan narsani ta'rif etish imkoniyatdan tashqaridir", - so'zlari orqali izohlash mumkin bo'ladi.
Konseptlar inson ongidagi ideal shakl demakdir. Uyat - ular orasida eng keng tarqalgan konsept. Madaniy jihatdan uyat( sharmandalik, aybdorlik) konsepti o'zbek grammatik lingvistikasida mavhum ot nomi bilan atalgan. Ko'p hollarda esa u his - kechinma semasi orqali anglashilganining o'zi ham u tushunchadan kengroq ekanligi va bu jihatidan konsept deya olishimizning izohi bo'la oladi deb o'ylaymiz. Uyat konseptining mavjud leksikografik so'zlardagi ma'lumot hamda faktlar tavsifi tushunchaning asosiy qismini, ya'ni asosiy konseptual xususiyatlarini ochib berishga yo'l ochadi. Tilshunoslikda ancha muddatga qadar tushuncha va konsept atamalari bir - biriga sinonim sifatida qo'llanib yurilgani, lekin vaqt o'tishi, shu bilan birga birmuncha tadqiqotlar natijasi o'laroq har ikkisi alohida ma'no kasb etganligi bois ham ayni vaqtda biz tadqiq etishni niyat qilgan uyat so'zi tushuncha atamasiga nisbatan kengroq anglashiladigan, shu bilan birga mazmun ko'lamiga ko'ra ham keng maydon kasb etadigan konsept atamasini qo'llashni joiz deb topdik.
TADQIQOT NATIJALARI
Tahlil qilinayotgan uyat kontseptsiyasi tadqiqotchi nomzodlarning ta'riflarini ko'rib chiqish orqali ularning ma'nolarida quyidagi semalarni ochish imkonini berdi: 1) umumiy sema (his); 2) his-tuyg'u sababchilari (kishi qilmishining, xulq-atvorining nomunosibligidan ); 3) kuchaytiruvchi (uyat hissining sharmandalik semasi tomon siljishi); 4) hissiy tajribaning fiziologik belgilari ( yuzlar qizarishi, fiziologik behalovatlik). Ushbu semalar asosida asarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Tavba qildim...
Hayo bormi shularda? Shariat yo'li - xo'p yo'l (shariatga qarshi qilingan har qanday harakat o'zida uyat konseptini namoyon qilgan).
2. Norqo'zining g'ashi keldi va shunday beibo xotinning ichkariga - farishtalar oldiga kirishini xohlamadi ( farishta ayni vaqtda uyat, or - nomus hisoblansa, ularning oldiga uyatsiz insonning kirishi sharmandalik, jahl chiqishining sababchisi)
O'zingga munosib gapir! ( kishi gapirishining nomunosibligi uyat konseptini paydo qiluvchi shakl )
3. Bo, Xudo , paranjini tashlab ko'chada yurishga yuzi chidagandan keyin uyati bormi? ( uyati yo'qlik - sharmandalik, yuzsizlik)
Qurib ketgurlar, biram sharmanda-ki...( uyatning salbiy semasi kuchliligidan ularning qurib, yo'q bo'lib ketishi ustun qo'yilyapti)
4. Terlab ketdim(uyatdan). Orqamga qaramay bir qochdim...
Uyatga ham o'ldirasiz kishini! - dedi yig'lamsirab,...
Asar qismlari konseptning semantik jihatidan ma'lum darajada yuqoridagi singari guruhlarga bo'linadi. Shu qatorda uni leksik birliklar asosida ham tahlilini ko'rib o'tishimiz ham mumkin.
MUHOKAMA
Yosh tadqiqotchilardan Naimaxon To'xtasinovaning maqolalarida uyat konsepti ma'nosini til birliklari orqali ifodalashini ko'rishimiz mumkin . Izlanuvchi o'zbek tilida uyat konsepti ifodalanishini quyidagi leksik birliklari asosida tasniflagan:
I. Soz orqali: andishasiz , axloqsiz , ahmoq , aqlsiz , bay-bay , beinsof, beor , behayo , befarosat , yuzsiz , beburd , benomus va boshqalar .
II. Frazeologik birliklar orqali: Yer yorilmadi - yu, yerga kirib ketmadi; yuzi chidamadi; yuzidan o'tolmadi; yuzini yerga qaratdi; yuzi shamg'in bo'ldi; yuzi qanday chidaydi va boshqalar.l
III. Gap orqali: Duduqlanma, buyruq bajarildimi, yo'qmi? Qachon ishni vaqtida bajargansan ? Soqolingizda bitta ham qora tuk yo'q-ku, yolg'on gapirasiz. Odam bo'lmaysiz, essiz. Yo o'g'ling sartarosh bo'lsa, uyalasanmi? Dunyoda g'arlik uyat, o'g'irlik uyat!
IV. Intonatsiya orqali: Hazratim bizni Qobuldan Qunduzga olib kelgan boyisi ham shuki, - dedi Moxim begim ovozini pasaytirib, vatanlariga qaytmoqchilar. Ushbu jumlada ovozning pastligi hijolatlikni ifodalashda o'rinni egallagan . O'zbek ayollari orasida past ovoz bilan gapirish hol hamda uyat hissini ifodalaydi [1].
Yuqoridagi tahlil umumiy o'zbek leksikasi asosida tadqiq etilgan bo'lsa, " Mayiz yemagan xotin" hikoyasida uchraydigan uyat konseptini ifodalovchi leksemalarni xuddi shu tartibda tasniflash imkoniyatini tug'iladi.
I. So'z orqali: behayo, beibo, manjalaqi, megajin, buzuq ...
II. Frazeologik birliklar orqali: Gapni ko'ring - a, aytgani kishiningyuzi chidamaydi: begona erkakning qo'li oq sochni qoraytirar emish.
Uyatga ham o'ldirasiz kishini! - dedi yig'lamsirab,...
Bo, Xudo , paranjini tashlab ko'chada yurishga yuzi chidagandan keyin uyati bormi?
Qurib ketgurlar, biram sharmanda-ki...
III. Gap orqali: Yengil bo'lma!
Tavba qildim,...
Ha, xotin, deyman , qandoq behayosan!
Erkakni ko'rib turib yuzini berkitmaganiga Norqo'zining g'ashi keldi va shunday beibo xotinning ichkariga - farishtalar oldiga kirishini xohlamadi.
Intonatsiya orqali: Shuncha keladi, haftalab, o'n kunlab turib qoladi, nainki shu choqqacha mulla Norqo'ziga tovushini eshittirmasa!
- Xo'pmi, singlim?
- Xo'p, deyaptilar, - dedi mulla Norqo'zining xotini, - bu kishining ham, menga o'xshab, boshqa gapirishadigan o'rtoqlari yo'q.
20-30-yillar lingvokulturologiyasida uchraydigan ayollarning shariat qonunlari bo'yicha nomahram erkak bilan muomala qilmasligi ya'ni sukut saqlashi juda ko'p manbalarda qayd etilgani ma'lum. Ayollar yaqinlari bilan past ohangda muomalalashishi ham farosat, uyat ma'nosini anglatsa, turmush o'rtog'iga nisbatan bu holatning bajarilishi hurmat, mulozamat ma'nosini anglatadi.
Uyat - inson o'zi yoki qilmish natijasida kasriga qolgan insonning noo'rin harakati va buning natijasida paydo bo'lgan empirika. Axloq - odob taomiliga to'g'ri kelmaydigan unga zid ish. Uyat konseptini leksik ma'nosini aniqlash uchun avvalo semalarning o'ng va chap ma'nolarini mazmundan shaklda qarab o'rganib chiqdik. Uyatning nomussizlik, xijolat, sharmandalik singari sinonimlari borligi aniqladik va bu so'zlar nutqiy sharoit , kontekst nuqtai nazaridan stilistik foydalaniladi . Uyat dominanta bo'lsa, xijolat uyatdan empirik jihatdan pastroq: Noto'g'ri gapirib qo'yganidan xijolat chekardi. Bunda sharmandalik salbiy sema kasb etadi:U bulturgi sharmandalikni har eslaganda, badani o't bo'lib yonadi [S.Siyoyev "Avaz"]. Nomusizlik tushunchasi esa ayniqsa turkiy ellarda keng tomir otgan, konseptning kulminativ qismi. Ya'ni kishining o'z obro'sini ulag'lash va ardoqlashga zid tuyg'u.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, uyat semantik maydonining mohiyati uning verbal va noverbal birliklarda ifodalanishiga nisbatan tutadigan o'rni va mavqeiga muvofiq tarzda belgilanadi. Bu esa uning qator lingvokulturologik jihatlarini ochadi. Lingvokulturologiya esa davr madaniyati bilan bir qatorda o'sib, bo'yib boradi hamda u zamon va bu zamon o'rsasidagi lingvistik birliklar o'rtasida qator tafovutlarni keltirib chiqaradi Maqolani yakunlar ekanmiz, Abdulla Qahhor qalamiga mansub ushbu so'zlarni keltirmoqchimiz: Uyat faqat insonga xos tuyg'udir. Hayvon uyat paydo qilolmagani uchun insonga yaqinlasholmaydi, lekin inson uyatini yo'qotib hayvonga yaqinlashib qolishi mumkin.[3]
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. To'xtasinova N.R. Uyat" konsepti tadqiqi. НамДУ илмий ахборотномаси -Научный вестник НамГУ 2021 йил 2-сон . Pp. 361-364.
2. Anor.[Matn]. A. Qahhor.: - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi 2018. - 240 b.
3. ABDULLA QAHHOR. UYAT (1966)
4. Https://uz.m.wikipedia.org