Научная статья на тему 'ABDULLA QAHHORNING SO‘Z TANLASH MAHORATI'

ABDULLA QAHHORNING SO‘Z TANLASH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

2779
248
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdulla Qahhor / badiiy til / adabiy til / jonli so‗zlashuv tili / morfologik / Lingvopoetik / Badiiy asar tili / Ona tilini / Sinonimlar / obrazlilik / emotsionallik.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Mehrangiz Qurbonova

Badiiy adabiyot tilini o‗rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari ko‗pdan buyon filologlarni qiziqtirib keladi. Chunki muayyan til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QAHHORNING SO‘Z TANLASH MAHORATI»

ABDULLA QAHHORNING SO'Z TANLASH MAHORATI

Mehrangiz Qurbonova

Chirchiq davlat pedagogika instituti, "O'zbek tili va adabiyoti" yo'nalishi IV kurs talabasi, ilmiy rahbar: Abdishukur Musayevich Shofqorov

ANNOTATSIYA

Badiiy adabiyot tilini o'rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari ko'pdan buyon filologlarni qiziqtirib keladi. Chunki muayyan til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir.

Kalit So'zlar: Abdulla Qahhor, badiiy til, adabiy til, jonli so'zlashuv tili, morfologik, Lingvopoetik, Badiiy asar tili, Ona tilini, Sinonimlar, obrazlilik, emotsionallik.

KIRISH

Har qanday milliy til kabi o'zbek tili ham o'zbek millatini birlashtiruvchi, uning milliy ruhini ifodalovchi vositadir. Chunki Respublika Prezidenti ta'kidlaganidek: "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Ona tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar".

Badiiy adabiyot tilini o'rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari ko'pdan buyon filologlarni qiziqtirib keladi. Chunki muayyan til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati kattadir.

Badiiy asar tilida keng qamrovli til birliklari fonetik, leksik, grammatik va majoziy vositalarni kuzatish mumkin. Shu bilan birga ijodkorning so'z boyligidan o'ziga xos tarzda foydalanishi, morfologik shakllar va sintaktik qurilmalarni tanlashi va boshqa jihatlarida yozuvchining individual uslubi ham yuzaga chiqadi.

Muayyan biror til stilistikasining rivojlanishida milliy badiiy adabiyot tilining ahamiyati katta ekanligi badiiy asarlar tilini o'rganish va tahlil qilishning ham nazariy, ham amaliy masalalari tadqiqotchilarni o'ziga jalb qilib kelayotgani ma'lum. Badiiy asar tili haqida so'z borar ekan, dastavval, tilning bevosita bir-biriga aloqador uch tomonini qayd etish zarur bo'ladi: badiiy til, adabiy til, jonli so'zlashuv tili.

Bu tushunchalar bir-birini to'ldirib, ayni paytda bir-biridan ozuqa olib yashaydi. Nazariy manbalarda ularning quyidagi xususiyatlari qayd etiladi:

May, 2022

1162

1) adabiy til grammatik me'yorlarga bo'ysundirilgan, qat'iy talaffuz normalariga ega bo'lgan, jonli xalq tilidagi har xilliklarni bir xillikka olib kelgan tildir;

2) jonli so'zlashuv tili yoki umumxalq tilida grammatika va orfoepiya qoidalariga doim ham amal qilinavermaydi, emotsional leksika va frazeologiya, sheva elementlari, kasb-hunar leksikasi, jargonlar va boshqalardan keng foydalaniladi;

3) badiiy til esa jonli so'zlashuv tiliga asoslangan, adabiy til bilan chambarchas bog'langan, hammaga tushunarli bo'lgan, «so'z ustalari tomonidan pardozlangan, sayqal berilgan poetik tildir».

Ishning maqsadidan kelib chiqib, faqat badiiy til, ya'ni badiiy asar tili doirasida fikr yuritamiz. «Chunonchi, yozuvchi hayotiy voqea-hodisalarni tasvirlab, obraz yaratar ekan, u so'zlashuv tili boyliklaridan, jonli tildagi sheva va kasb-hunarga oid til birliklaridan ham, adabiy til normalaridan ham keng foydalanadi».

Demak, ijodkorning til birliklaridan o'ziga xos tarzda foydalanishi, morfologik shakllar va sintaktik qurilmalarni tanlashi va boshqa jihatlarida yozuvchining individual uslubi ham yuzaga chiqadi.

Badiiy asar tilining badiiy-estetik vazifalari tilshunoslikning nazariy tomonlari bilan bog'liq holda tadqiq qilinar ekan, keyingi paytda iste'molga kirib kelgan lingvopoetika atamasini qo'llash o'rinli hisoblanadi. Chunki, «Lingvopoetik tahlil jarayoni faqat yozuvchining tili va uslubi haqida ma'lumot berish bilan chegaralanmaydi, balki asar yaratilgan davr tilining o'ziga xosligi, yozuvchining so'z boyligi, til vositalaridan foydalanish usullari, badiiy tasvir vositalarining til faktlari vositasida aks ettirilishi, umuman, tilni uning barcha sathlari yuzasidan tahlil qilishdan iborat bo'ladi».

Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, yozuvchi asarlarining lingvistik xususiyatlarini o'rganishga doir keyingi paytdagi ishlarda asosan, leksik-semantik qatlam doirasida fikr yuritilgan. Bu jihatdan Abdulla Qahhor ijodi tilning barcha sathlari uchun boy material bera oladi deb o'ylaymiz.

Badiiy adabiyotning asosiy vositasi til bo'lganligi uchun ham badiiy asar tili, obrazli ifoda mahorati masalasi badiiy adabiyot bilan deyarli bir vaqtda vujudga keldi va rivojlandi.

Badiiy tilning belgilovchi xususiyatlari obrazlilik va emotsionallik hisoblanadi. Poetik obrazlar esa fikrni ixcham va lo'nda ifodalashga, yorqin va umumlashgan tasavvurlar yaratishga, ular orqali muayyan hodisa, fikr va his - tuyg'ularni eslab qolishga yordam beradi. Shu tariqa asar poetikasi vujudga keladi.

O'zbek adabiy tilining rivojlanishi, umummilliy adabiy til

darajasiga ko'tarilishida badiiy adabiyotning o'rni beqiyosdir.

May, 2022

Shunday ekan, bugungi davr adabiyotiga o'z hissasini qo'shayotgan ijodkorlar asarlarining tili va uslubini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda yozuvchi Abdulla Qahhor asarlarining o'ziga xos uslubiy jihatlarini o'rganishga ahd qildik.

MUHOKAMA VA NATIJA

Badiiy nutq obrazli va emotsional-ekspressiv ifodalilikka ega ekan, bunda tilning kommunikativ funksiyasi bilan emotsional-ekspressivlilik funksiyasi qo'shilib ketadi. Shunday ekan, badiiy asarni idrok qilish til qurilishini anglash orqali amalga oshiriladi.

«Badiiy nutq stili avtorlarga asarning estetik ta'sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi ifoda vositalari yaratish imkonini beradi».Yozuvchilarning til vositalaridan foydalanishdagi individual ijodiy mahorati turlichadir. Badiiy asar tili va yozuvchi uslubini o'rganishda, ko'pincha, leksik, frazeologik vositalar, badiiy tasvir vositalari, ijodkorning okkazional so'z va ibora yaratish mahorati kabi masalalar o'rganiladi-yu, ularning fonetik va grammatik xususiyatlari e'tibordan chetda qoldiriladi. Lekin Abdulla Qahhor asarlari tahliliga jiddiy yondashilsa, tilning barcha sathlari uchun ham boy poetik material bera olishi kuzatiladi.

Abdulla Qahhor asarlarida sinonim so'zlarning qo'llanishi.

Sinonimlar yunoncha synonymos - bir nomli ya'ni bir umumiy ma'noga ega bo'lgan, qo'shimcha ma'no ottenkasi, uslubiy bo'yog'i, qo'llanishdagi xususiyati va shu kabi belgilari bilan farqlanadigan so'zlar.

Misol: Behuda gap! Mana mening xotinim nima ekanini o'zim bilaman. Paranjisini tashlab ikki kun ko'chada yursin-chi! U odamning zardasi qaynab ketdi:

—Nega ko'chada yuradi? Ko'chada paranjilik yursa ham ayniydi-da! To'g'risini aytaymi? Paranjilik xotin harom ishga yaqinroq bo'ladi. Sabab deng! Agar siz yuziga kulib qaramasangiz, devorg'a shoti qo'yib ko'chaga mo'ralaydi: ko'ylaklik olib bermasangiz, tom orqasidan ko'ylaklik uzatadigan chiqib qoladi. Ochilgan xotin-chi, ko'ylak olib bermasangiz o'zi ishlab, o'zi oladi.

Paranji tashlatmoq, paranji-siz yurishga imkon yoki ruxsat bermoq.

Tuxum bosib, undan jo'ja chiqarmoq. Tovuq o'nta jo'ja ochibdi. Musicha bola ochibdi. -Biz yorug' dunyoni ko'rish uchun tug'ilganmiz, Turg'unoy!— dedi Maston. - Biz tovuk emasmizki, qanday tuxum bostirsa, shuni ochib chiqarsak.

May, 2022

Yigit hayron edi:"Buning husnigina emas, hatto kiygan kiyimi ham mo'jiza-ku, nega mening otimni biladi, nega yani o'zini past olgan tovush bilan so'raydi?,,

Yigit afv so'radi:

Mening qulog'imga Saidiy bo'lib kiribdi,-- dedi va cho'ntagiga solgan qog'ozlarini yana qo'liga oldi.

Abdulla Qahhor o'z asarlarida ko'chma ma'noli so'zlarni mohirlik bilan qo'llay olgan yozuvchilardan. Asarlarini tahlil qilib o'qish jarayonida bir necha o'rinlarda ko'chma ma'noli so'zlarni qo'llaganiga guvoh bo'ldik.

Har narsaga ro'zg'or achchiq bo'la bersa... qiyinroq bo'lar.- dedi To'rabjon yaktagim kiyayotib, -kambag'alchilik o'lsin. " Tanlangan" asarlar

Bu achchiq leksemasining asil ma'nosi istemol qilinadigan sabzavotning tami. Bu yerda esa o'sha achchiq tamga o'xshatilgan.

Yo'l bo'yidagi ariqlar afti burishganicha muzlab qolgan, daraxtlar cho'ltoq supurgiga o'xshaydi.

Badiiy asar tilining badiiy-estetik funksiyalarini tilshunoslik aspektida o'rganish muayyan asar yaratilgan davr tilining o'ziga xosligi, yozuvchilarning so'z boyligi, til vositalaridan foydalanish usullarini, demakki, «xalqning ruhi» bo'lgan tilga ijtimoiy ta'sirlarni tahlil qilish bilan chambarchas bog'liq. Shu kunga qadar o'zbek filologiyasida uslubiyat va uslubshunoslik, uslub tushunchalari o'zining aniq va lo'nda ta'rif-tavsifiga ega emas. Bu masalaga turiicha yondashuvlaг va ayrim chalkashliklaг davom etib kelmoqda. Bizningcha, muayyan jarnga xos xususiy belgilami uslub tushunchasi, janгlaгaгo umumiy belgilami metod tushunchasi ifodalaydi. «Umumiylik»ka xos bo'lgan tushunchalar metod doirasida tekshirilishi kerak. «Xususiylik»ka xos bo'lgan tushunchalar uslub doirasida tekshirilishi kerak. Usul esa, muayyan ijodkoming individual uslubi doirasida tanlagan tasvir yo'lidir. Ijodkorning individual uslubini o'rganish murakkab jarayon bo'lib, u ham adabiy, ham lingvistik tahlil imkoniyatlarini o'zida mujassamlashtiradi va shu tarzda shoir yoki yozuvchi ijodiy tafakkuri o'ziga xos jihatlarining qay tarzda yuzaga chiqishini tekshiradi. Bu tarzdagi tadqiqotlarni «ma'lum bir ijodkorning tildan foydalanish mahoratiga doir ishlar» sifatida alohida guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir. Abdulla Qahhor ijodidagi o'ziga xos

Misol:

Men sizga biran narea deyabmanmi? Tikib qo'yarman.

XULOSA

May, 2022

okkazionalizmlarning matn jozibadorligi, badiiy bo'yoqdorligi, hissiy ta'sirchanligini oshirishdagi o'rni xarakterlidir.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.: Ozbekiston, 2017.

2. Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda quramiz.- T.: Ozbekiston, 2017.

3. Sh.M.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T.: Ozbekiston, 2017.

4. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qafiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishim kerak.- T.: Ozbekiston, 2017.

5. Abdulla Qahhor, Tanlangan asarlar.- Toshkent G'ofur G'ulom 1987

6. Abdurahmonov G'., Mamajonov S. O'zbek tili va adabiyoti. -T.: O'zbekiston, 2003. - 351b.

7. Aliyev A.Yu. O'zbek adabiy tili tarixidan materiallar. -T.: O'zbekiston, 1996. -118 b.

8. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. -T.: O'zbekiston, 2002. - 558 b.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.