Научная статья на тему 'SHE’RIY NUTQNING LINGVISTIK TADQIQI'

SHE’RIY NUTQNING LINGVISTIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
776
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy nutq / she’riy nutq / poetik nutq / so‘z yasalishi / ijodkor uslubi / stilistika / tilshunoslik / adabiyotshunoslik / til va nutq / okkozionalizm / individualism / artistic speech / poetic speech / word formation / creative style / stylistics / linguistics / literature / language and speech / occasionalism / individualism

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umarova, Hilolaxon Ilxom Qizi

Ushbu maqolada badiiy nutq atamasi, uning turli nomlar bilan yuritilishi, tilshunoslik va adabiyotshunoslikning o‘rganish obyekti ekanligi, qaysi yo‘nalish qay jihatdan o‘rganishi xususidagi bahsli fikrlar o‘rtaga tashlangan. She’riy nutning ijodkor ijodi va uslubidagi o‘rniga alohida e’tibor berilgan. She’riy nutqning nasrdan ustun jihatlari ko‘rsatib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC RESEARCH OF POETIC SPEECH

This article discusses the term artistic speech, its different names, the object of study of linguistics and literature, the direction in which it is studied. Particular attention is paid to the role of poetry in the creative work and style. An attempt has been made to show the superiority of poetic speech over prose.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY NUTQNING LINGVISTIK TADQIQI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SHE'RIY NUTQNING LINGVISTIK TADQIQI

Hilolaxon Ilxom qizi Umarova

Quva tumani 1-umumta'lim maktabi O'zbek tili o'qituvchisi E-mail: hilolaxonu@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada badiiy nutq atamasi, uning turli nomlar bilan yuritilishi, tilshunoslik va adabiyotshunoslikning o 'rganish obyekti ekanligi, qaysi yo 'nalish qay jihatdan o 'rganishi xususidagi bahsli fikrlar o 'rtaga tashlangan. She'riy nutning ijodkor ijodi va uslubidagi o'rniga alohida e'tibor berilgan. She'riy nutqning nasrdan ustun jihatlari ko 'rsatib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: badiiy nutq, she'riy nutq, poetik nutq, so'z yasalishi, ijodkor uslubi, stilistika, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, til va nutq, okkozionalizm, individualism

ЛИНГВИСТИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ПОЭТИЧЕСКОЙ РЕЧИ

Хилолаxон Ильхом кшы Умарова

1-общеобразовательная школа Кувинского района учитель узбекского языка

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается термин художественная речь, разные ее названия, объект изучения языкознания и литературоведения, направление, в котором она изучается. Особое внимание уделено роли поэзии в творчестве и стиле. Сделана попытка показать превосходство поэтической речи над прозой.

Ключевые слова: художественная речь, поэтическая речь, словообразование, творческий стиль, стилистика, языкознание, литература, язык и речь, окказионализм, индивидуализм.

LINGUISTIC RESEARCH OF POETIC SPEECH

Hilolaxon Ilhom qizi Umarova

Quva district 1st comprehensive school Uzbek language teacher

ABSTRACT

This article discusses the term artistic speech, its different names, the object of study of linguistics and literature, the direction in which it is studied. Particular

603

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

attention is paid to the role of poetry in the creative work and style. An attempt has been made to show the superiority of poetic speech over prose.

Keywords: artistic speech, poetic speech, word formation, creative style, stylistics, linguistics, literature, language and speech, occasionalism, individualism

Til va shoir o'rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi o'rtasidagi munosabatga qiyoslash mumkin. Shaxmatda har bir donaning mavqeyi, darajasi, shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish qoidalari avvaldan belgilangan. Ana shu qoidalarni tugal egallash oqibatida yuzaga kelgan yuksak mahorati tufayli shaxmatchi tamoman yangi, kutilmagan yurishlar qiladi, betakror kombinatsiyalar yaratadiki, bu unga raqibini mag'lub va muxlisini maftun qilish imkonini beradi. Tilda ham har bir unsurning o'z vazifasi, ma'no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog'lanish qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo'lgan, badiiy didi, so'z sezgisi va mahorati yuksak shoir betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, so'z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g'oyasi, balki go'zal tilining asiriga aylanadi. Bunda shoir umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma'nolar hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Tilshunoslikda «badiiy til», «poetik til», «she'riy nutq», «badiiy asar tili», «badiiy nutq», «poetik nutq» kabi atamalar juda faol va ko'pincha bir-birining o'rnida, ya'ni sinonim o'laroq qo'llanilib keladi. Xususan, o'quv adabiyotlarida shu kabi terminologik anarxiya holati yaqqol ko'zga tashlanadi.1 Holbuki, aslida, terminlarning qaysi birini qo'llash masalaga tilshunoslik yoki adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan yondashilayotganiga bog'liq bo'lishi lozim. Tilshunoslikda til va nutq bir-biridan farqlanganiga yuz yildan oshdi: XIX asr oxiri - XX asr boshlarida bu haqiqat Ferdinand de Sossyur tomonidan isbotlangan. Adabiyotshunoslikdagi yuqorida tavsiflangan holat esa mazkur haqiqatni yo tan olmaslik, yo ko'rib-ko'rmaslikka olishdirki, bularning ikkisi ham ilmiylikka xilofdir. Ikkinchi tomondan, badiiy asarlar tilining jonli so'zlashuv tiliga yaqinlasha boshlashi (Yevropada bu jarayon XVII - XVIII asrlarda, bizda XX asr boshlaridan kuzatiladi) bilan ikkalasi orasidagi farq yo'qola boradiki, buning natijasida «badiiy til» istilohi ham tobora mavhumlashib, ma'nosini yo'qotib boradi. Ya'ni ilgari, poeziya tili jonli so'zlashuv tilidan keskin farq qilgan vaqtda, istiloh ostida o'sha farqli til tushunilgan. Endilikda esa, ya'ni badiiy til bilan jonli so'zlashuv tili bir-biriga nihoyatda yaqinlashgan

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sharoitda istiloh anglatayotgan narsani tasavvur qilish qiyinlashib, uning ortiqcha bo'lib qolgani yaqqol sezila boshladi. Fikrimizcha, mazkur holat ko'rilayotgan masalaga oid istilohlarning qo'llanishini tartibga solish zarurligini asoslash uchun yetarlidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Badiiy nutq masalasini qaysi soha o'rganishi borasida ham manbalarda turlicha qarashlarga duch kelamiz. Jumladan, B.Tomashevskiyga ko'ra, badiiy nutqni o'rganish vazifasi to'laligicha tilshunoslik zimmasida. Faqat an'anaviy ravishda, badiiy nutq bilan bog'liq masalalar ritorika va poetika bag'rida paydo bo'lgani uchungina ular keyinchalik tilshunoslik emas, adabiyot nazariyasi tarkibiga kiritiladi va ayni an'ana oqimida eskidan adabiyotshunoslik fanlari sirasida o'qitib kelinadi.1 Shuningdek, masalaga umumfilologik muammo sifatida qaraydigan yoxud uni muhim sanamagani sabab e'tiborsiz qoldiruvchi olimlar ham bor. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda badiiy nutqni ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikning obyekti deb hisoblaydigan mutaxassislar ko'pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, V.Xalizevga ko'ra ham xuddi shunday, faqat bu ikki sohaning badiiy nutq masalasiga yondashuvi, uni o'rganishdan ko'zlaydigan maqsadlari farqli. Xususan, tilshunoslikni badiiy nutq eng avval tildan foydalanishning muayyan maqsadga yo'naltirilgan, shunga xoslangan vosita va me'yorlariga ega bir shakli o'laroq qiziqtiradi. Badiiy nutqni o'rganuvchi tilshunoslik sohasi lingvistik poetika deb atalib, u badiiy asar tili (yoki poetik til) tushunchasini tayanch — asos qilib oladi. Adabiyotshunoslik uchun esa tayanch -asos tushuncha badiiy nutq bo'lib, adabiyot ilmining uni o'rganuvchi bo'limi stilistika

S)

deb ataladi. Shu o'rinda «tilshunoslikda nutqning funksional-uslubiy shakllarini, jumladan, badiiy nutqni ham o'rganuvchi stilistika bo'limi mavjud, bu ikkisining munosabati qanday?» degan savol tug'iladi. Asosiy farq shundaki, lingvistik stilistika badiiy nutqqa funksional uslublardan biri deb qaraydi va uning til xususiyatlarini o'rganadi. Ya'ni tilshunoslik nuqtayi nazaridan badiiy nutq (badiiy matn) til qonuniyatlarini o'rganish uchun material, vosita bo'lsa, adabiyotshunos uchun u -estetik obyektni yuzaga keltiruvchi yagona asos. Zero, shaklning uch aspektidan birgina badiiy nutq moddiy bo'lib, o'quvchi faqat uni tovush yoki yozuv o'laroq bevosita qabul qiladi, unga asoslanibgina tasavvurida badiiy voqelikni jonlantira oladi. Shunga ko'ra, birinchidan, tilshunoslikdan farqli o'laroq, adabiyotshunoslik uchun badiiy nutq vosita emas — ayni maqsad; ikkinchidan, badiiy nutqning qanday

1

2 Хализев B.E. Теория литературы. - M.: Высшая школа, 2002. - С.260;

605

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qurilgani, uning o'ziga xos xususiyatlarini bilish asar poetik olamiga kirish uchun ko'prik vazifasini o'taydi.

Badiiy nutqning o'ziga xos xususiyatlari uni amaliy nutq kundalik muloqot amalga oshiriladigan nutq bilan qiyoslaganda yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Amaliy nutq uchun muhimi — muayyan informatsiyani yetkazish, uning qanday yetkazilishi muhim emas. Badiiy nutqda esa, aksincha,o'sha informatsiyaning qanday yetkazilishi ham g'oyat muhim, unda ifodaga e'tibor ustuvorlik qiladi. Shu bois badiiy nutq tasvir vositasigina emas, ayni paytda, tasvir predmeti ham sanaladi. Amaliy nutq axborot-kommunikativ funksiyani, badiiy nutq esa badiiy-kommunikativ, aniqroq aytsak, badiiy muloqot asosida estetik funksiyani bajaradi. Badiiy nutqning xususiyatlari haqida so'z borganda eng avval uning obrazliligi tilga olinadi. Ma'lumki, tilda mavjud so'zlarning ko'pchiligi shundoq ham obrazli tabiatga ega, Biroq badiiy nutqning obrazliligini bu bilan chalkashtirmaslik kerak. Zero, badiiy nutqning obrazliligi o'sha so'zlarning o'zaro mazmuniy-grammatik aloqa-munosabatda izchil bir qatorga tizilishidan voqe bo'ladi, ya'ni u ikkilamchi obrazlilikdir. Badiiy nutq shunchaki informatsiya yetkazmaydi, balki lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-ketlikda yaratib boradi va pirovardida o'quvchini yalang fikr-xulosaga emas, badiiy voqelikka ro'baro' qiladi. Shu bois ham o'quvchi o'sha badiiy voqelik haqida

"5

shunchaki ma'lumotga ega bo'libgina qolmaydi, uning ichida yashab, his qilib o'tadi. Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy nutq obrazliligi go'zal tashbeh-u istioralar yoxud boshqa tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.) ga boyllk, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko'tarinkilig-u jimjimadorlik kabi sifatlar bilan belgilanligini ham unutmaslik lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy nutq hali jonli so'zlashuvga yaqinlashmagan davrlarda belgilovchilik maqomida edi. Hozirgi adabiyotda esa bu xil vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar ham juda ko'p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, Zulfiyaning "Sensiz" she'riga diqqat qilaylik: Nega tirik ekan, tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?!

Ushbu satrlar badiiy tasvir vositalaridan holi, ammo bu misralar badiiy nutqdan holi emas. Unda lirik qahramonning alami, afg'oni, o'kinchi, qiynalganligi va kuchli muhabbati shu ikki satrga sig'dirib yuborilgan. Lirik qahramonning his-tuyg'ulari bir onda o'quvchiga ham ko'chishini sezish qiyin emas. Shu sababdan, birinchi galda badiiylikni ta'minlovchi omil sifatida obrazlilik va emotsionallik beradi.

3 Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. T.: "Akademnashr"2018

606

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

She'riy nutq - badiiy nutqning nasriy (sochma) va she'riy (tizma) tarzidagi ikki shaklidan biri bo'lib, tilning muayyan ichki o'lchamga solingan, mano ko'chishiga asoslangan, hissiyotga to'yingan alohida ko'rinishi.

She'riy nutq she'rning yaratilishi uchun eng muhim birlamchi vosita bo'lib, kelib chiqishiga ko'ra nasriy nutqdan qadimiydir. U inson tamaddunining dastlabki paytida uzoq vaqtgacha badiiy nutqning yagona shakli bo'lgan. Chunki She'riy nutq qurilishidagi tartiblilik, musiqiylik, hissiylik, o'lchovlilik uni kundalik qora so'zdan farqlagan, u orqali ifodalanayotgan axborotning san'atga tegishliligini ko'rsatib turgan. She'riy nutq muayyan o'lchov asosida takrorlanib turadigan tartibli zarb (ritm) ga qurilgan, inson sezimlarini uyg'otishga yo'naltirilgan, hissiyotga to'yingan ko'tarinki nutqdir. Uning o'ziga xosligini ritmik bo'lak va ritmik vositalar ta'min etadi. Butun borliq harakati zarblarning izchil takroriga asoslangani kabi she'riy nutq ham qatiy ritmga tayanadi. Tabiatdagi tartibli takrorlar kun va tun hamda fasllar almashinishini ta'minlagani, inson tanasining ritmikasi yurak urishi, nafas olishi maromini tashkil etgani kabi bo'g'in, turoq, rukn, misra va band shaklidagi ritmik bo'laklar takrori She'riy nutqning tasirli va yashovchan bo'lishiga olib keladi. Uni shakllantirishda pauza, qofiya va qofiya tizimi singari ritmik vositalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, She'riy nutqni yuzaga keltirishda poetik sintaksisning inversiya, sintaktik parallelizm kabi ko'rinishlari, fonetik vositalarning vokal va konsonans alliteratsiya, anafora, epifora, gradatsiya singari turlari ham katta samara beradi.

She'riy nutqni ijodkorning individual uslubisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Sababi har bir ijodkor boshqalarga o'xshamaydigan o'ziga xos "ovozi" ajralib turishi kerak. Har bir inson individ bo'lgani kabi har bir ijodkor she'riy nutqi ham individualdir. Zulfiya she'riyati misolida buni tahlil qilib chiqamiz.

Quyida berilgan "Muhabbat tonggi kulganda" she'rida assonans va alliteratsiya vositalarining uyg'un holda qo'llanishi ekspressivlik namoyon bo'lmoqda: Oqshom edi, oydin ko 'prikda Barno qiz-u yigit turardi, Oyni kutgan oqshomgi ko 'kda Beshik-beshik bulut yurardi.

Ushbu she'rda O tovushi bilan bog'liq assonans va K va B tovushlari bilan bog'liq alliteratsiyaga duch kelamiz. "Oqshom" so'zi "kechki g'ira-shira payt" ma'nosini, "oydin" so'zi esa "oy chiqib hammayoq yorigan, yorug'" ma'nosini anglatadi. Lekin she'riy parchada oyni "beshik-beshik bulutlar" to'sganligi aytiladi. Demak bu yerda oydin so'zining ko'chma ma'nosi "aniq, ko'rinib, bilinib tugan"ni

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

qo'llanilgan. Bulutlarning kattakattaligi va ko'pligini ifodalsh maqsadida esa "beshik-beshik" so'zidan foydalanadi, natijada shoira ham yangi individual so'z takrorini yaratmoqda , ham ajoyib metaforik o'xshatish hosil qilmoqda. Bu jarayon takroriy so'z va metaforik o'xshatish kompozitsiyasini hosil qilish bilan birgalikda she'rga o'ziga xos ohang, musiqiylik berib, badiiylikni kuchaytirshga xizmat qilmoqda. She'riy parchani o'qir ekanmiz, tasvirlanayotgan joy, voqealar ko'z oldimizda namoyon bo'ladi.

Badiiy uslub til birliklaridan foydalanishda ijodkorga nihoyatda keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda biror mazmun va obraz yaratishda ijodkor tilida mavjud shakllardan tashqari yangi modellar ham hosil qilish mumkin. Zero bunda eng asosiy maqsad badiiylikni yuzaga chiqarishdan iborat bo'ladi. Badiiy matnda biror maqsad yo'lida hosil qilingan ijodkorning individual uslubigagina xos bo'lgan yangi shakllar okkazionalizmlar deyiladi.

Zulfiyaning "Oltin kuz" she'rida mana shunday individual, hech kimda uchramaydigan so'zga guvoh bo'lamiz:

Men g'amgin boqmayman, ko 'nglimda bahor, Oltin yaproqlarga qarab tolmayman. Yasan kelinchakday har bir daraxtni Sevaman! Nigohim uza olmayman.4 Kuz ko'pincha ayriliq ramzi sifatida shoira asarlarida tasvir ob'ektiga aylangan. Yuqoridagi she'rda lirik qahramon, ya'ni shoiraning o'zi kuzga o'zgacha yondashadi. Chunki uning qalbida bahor kayfiyati hukm surmoqda. Oltin yaproqlar bezangan daraxtni yasan kelinchakka o'xshatmoqda. "Yasan" so'zi aslida fe'l so'z turkumiga oid bo'lib, yasamoq fe'lining o'zlik nisbatdagi shakli hisoblanadi. Yasanmoq fe'li 3-shaxs birlikdagi buyruq istak shaklida matnda qo'llangan. Ammo bu fe'l boshqargan kelinchakday so'zi yasan fe'lini o'tgan zamon -gan formasida bo'lishini talab qiladi. Agar shoira ushbu birikmani kelinchakday yasangan tarzida aslida qo'llasa, inversiya sodir bo'lmasa, misralar ohangdoshligiga putur etishi mumkin edi. Bu misolda shoira tomonidan qo'llangan yasan so'zi morfologik-sintaktik okkazionallik hosil qilmoqda.

Shoiraning "Tun" she'rida ham so'zni noodatiy qo'llanishiga guvoh bo'lamiz: Sof yel esar... Parvona uchar, Chiroq atrofida o 'grilib, O 'zin urib part bo 'ladi-yu,

4 3y^$HH.CaH^aHMa. TomKem\fflapK.2006.E.7

608

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Stolimga tushadi kelib.5 Shoira she'r misralarida o'z o'limini tezlashtirgan parvonaning haqiqiy holatini tasvirlash uchunpart bo'lmoq qo'shma fe'lidan foydalanadi. Natijada oddiy xalqona ibora parvonaning holatini tez va aniq idrok qiladi. "O'zbek tilining izohli lug'ati" da part bo 'lmoq so'ziga "qaynoq suvda kuymoq" deb ta'rif berilgan. Ammo shoira chiroq issiqligida qanotlari kuygan parvonaga nisbatan part bo'lmoq fe'lini qo'llashni ma'qul topadi. Demak, bu o'rinda shoira part bo'lmoq fe'lining yangi ma'no qirrasini yaratadi va bir xillikdan qochish, betakrorlikka erishadi. Zulfiyaning "Ko'ngil" she'rida shunday misralar bor: Ko'ngil, bo'lma shisha singari siniq, Behuda bir so'zyo nigohdan chil-chil? Borliqni sig'dirgan buloq bo'l, tiniq, O'zni o'zing bosma og'iryuk shekil.

Shekil so'zi og'zaki nutqda qo'llanadigan shekilli so'zining varianti hisoblanadi. Shekilli so'zi fikrning gumon, taxmin, tusmol bilan aytilganligini bildirib, "balki", "ehtimol", "... bo'lsa kerak" ma'nolarini ifodalaydi. Ammo bu o'rinda shekil so'zi shekilli so'zining og'zaki nutqdagi variantini ifodalab kelmaganligini sezishimiz mumkin. Bu yerda shekil so'zi ko'proq "kabi" so'zi ma'nosiga to'g'ri keladi. SHuningdek, bu so'z ikkinchi misradagi chil-chil so'ziga ohangdosh juftlik sifatida ham shu tarzda qo'langan. Bu so'z ham ijodkorning o'ziga xos til uslubini ko'rsatib bermoqda.

Ma'lumki, taniqli shoir va ijodkorlar frozeologik birliklar, frazeologizmlar, frazemalardan unumli foydalanib personaj nutqini individuallashtirish, asarning ta'sirchanligini oshirish sohasidagi zahmatli ijodiy mehnati haqida qator risolalar, monografiyalar yaratilgan. Bu o'rinda I.Qo'chqortoyevning "Badiiy nutq stilistikasi"(1975), H.Qahhorovaning "Abdulla Qodiriy frazeologiyasi"(1985), A.Mamatovning "Frazeologik stilistika masalalari"(1991), M.Yo'ldoshevning "Cho'lpon so'zining sirlari"(2002) nomli tadqiqotlari xarakterlidir. Jumladan, I.Qochqortoyevning asarida yozuvchi Abdulla Qahhorning tildan ijodiy foydalanish mahorati va matn talabi bilan "izvoshga ho'kiz qo'shilganday" - "izvoshga eshak qo'shib bo'lmaydi"; "kambag'al non deb bosh ko'tarsa, bu mushtumzo'rlar qon deb tosh ko'taradi"; "yerda turib oyda chorvachilik qilmoq" kabi yangi frazemalar hosil qilish usullarini yoritgan edi.6 O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiya ham o'z ijodi davomida umuman tilga, jumladan, ibora qo'llashga ana shunday ma'suliyat bilan

5 3y^$HH.CaH^aHMa.TomKeHT.fflapK.2006.E.8

6 K^yHRopToeB H.EagHHH Hyra; CTH^HCTHKacH. - TomKeHT:Tom^,Y Hampu.1975. E.47-72

609

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yondashadigan so'z san'atkorlardan biri edi. Misollar asosida aytish mumkinki, shoira asarlarida yetti yuzga yaqin frazema qo'llangan bo'lib, ularning asosiy qismi jonli so'zlashuv nutqiga xoslangan va kitobiy frzemalar sanaladi. Shoira Zulfiya ijodida frazemalar birinchi navbatda matnning obrazliligi, ta'sirchanligini oshirish

n

vositasi sifatida xizmat qiladi. Xususan, shoiraning "Bahor keldi seni so'roqlab" she'rida ham juda ko'plab iboralar qo'llangan bo'lib, ularning asosiy qismi badiiy uslubga xos kitobiy frazemalardir:

Misrada Hamid Olimjon sog'inchidan shoirni izlab yo'lga chiqqan shabboda holati jonlantirilar ekan, shoira hijrondagi matn referentining iztiroblarini tabiat hodisalariga qiyoslaydi. Natijada shabboda anemonimining semantik pog'onada o'zidan ancha yuqorida turadigan "esish", "harakatli , ""eFUHnn" semantik uyadagi jufti - bo 'ron lekesmasini qo'llashga olib keladi. Bo'ron bo'lmoq harakat tushunchasi aslida shabboda ruhiy holatini, kechinmalarini ifodalashda aktual leksik birlik sifatida ko'zga tashlanadi. SHabboda holati boshini olib ketmoq iborasida obrazli ifodasini topgan, lirik qahramon ruhiyatidagi umidsizlikni yaqqol namoyon etgan. SHabboda shoiraning o'zi. Bu timsol vositasida o'z kechinmalarini she'riy misralarda ifoda etgan.

Nutqning aniq va ravshan bo'lishi, avvalo, so'zdan to'g'ri foydalanishga bog'liq. So'zni o'z o'rnida to'g'ri qo'llay olish foydalanuvchining teran fikrlashi va yuksak mahorat egasi ekanligini ko'rsatadi. So'zni to'g'ri qo'llay olish so'zlovchi (ijodkor) va tinglovchi (kitobxon) shuurida kechayotgan hislar va kechinmalarning ko'zda tutilgan tarzda idrok etilishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, badiiy asar tili o'z vazifasiga ko'ra, o'quvchiga estetik ruh bag'ishlash, yani uning ichki kechinmalari, tuyg'ularining u yoki bu ma'noda ta'sirlanishini nazarda tutadi. Bunda she'riyatning o'rni beqiyos. Ijodkor biror holatni tasvirlashda so'z vositasidan foydalanar ekan, asarning qay darajada mukammal va yetuk bo'lishi, boshqacha aytganda, "badiiy

7 Hy^gomeB B.3y^$HH metpHHTHga anpuM $pa3eMMapHHHr ^y^aHum xycycnaraapH xaKnga//HyTK; MagaHuaTu Ba y36eK TH^myHOC^HrHHHHr gomap6 Macamrapn. AH^H^OH - 2015 B.76

8 3y^$HH.CaräaHMa.TomKeHT.fflapK.2006.B. 12

Topmay, sabri tugab bo 'ron bo 'ldi-yu, Jarliklarga olib ketdi boshini. Farhod tog 'laridan daraging izlab,

o

Soylarga qulatdi tog 'ning toshini.

8

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

asarning sifati va qimmati yozuvchining individual uslubi, birinchi navbatda uning maqsad o'qini nishonga bexato uradigan jozibador tili bilan belgilanadi."9

REFERENCES

1. Дониёров H. Йулдошев Б. Адабий тил ва бадиий стиль. Тошкент, Фан. 1988. Б.79

2. Зулфия.Сайланма.Тошкент.Шарк.2006.Б. 12

3. Кучкрртоев И.Бадиий нутк стилистикаси. - Тошкент:ТошДУ нашри.1975. Б.47-72

4. Йулдошев Б.Зулфия шеъриятида айрим фраземаларнинг кулланиш хусусиятлари хдкида//Нутк маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Андижон - 2015 Б.76

5. Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari. T.: "Akademnashr"2018

6. Хализев B.E. Теория литературы. - M.: Высшая школа, 2002. - С.260;

7. Зулфия.Сайланма.Т.:2006.Б.125

8. Алдашева Ш. Поэтик шакл ва ижодкор индивидуаллиги//Узбек тили ва адабиёти.2013.2-сон,54-бет.

9. Бадиий тил муаммолари.// «Инкилоб ва адабиёт» Т. 1977

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Болтабоев X,. Шарк мумтоз поэтикаси // Тил ва услуб масалалари. -Тошкент, 2008.

11. Сиёэв С. Суз кадрини билмаган// "Узбек адабиёти ва санъати" газетаси 1997 ийл 11 апрел №15

12. Зулфия. Асарлар: 3 жилдлик. 1-жилд: Шалола. Г.Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти .Тошкент. 1985.

13. Зулфия. Асарлар: 3 жилдлик. 2-жилд: Мушоира. Г.Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти .Тошкент. 1985.

9 Дониёров H. Йулдошев Б. Адабий тил ва бадиий стиль. Тошкент, Фан. 1988. Б.79

611

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.