Научная статья на тему 'O’ZBEK ADABIY ASARLARIDA BADIIY TILNING O’RNI VA AHAMIYATI'

O’ZBEK ADABIY ASARLARIDA BADIIY TILNING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3724
192
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy til / adabiy til / umumxalq tili / til badiyyati / badiiy obraz / pоlisemik (ko‘p ma’nоli) va stilistik (uslubiy). / Literary language / literary language / vernacular language / linguistic art / artistic image / polysemic (ambiguous) and stylistic.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zulxumor Shavkat Qizi Tursunova

Maqolada badiiy til haqidagi tushunchalar tahlil qilindi. Badiiy adabiyotda o’zbek tilidagi so’zlardan foydalanish darajasi, badiiy til, adabiy til va umumxalq tillari o’rtasidagi tafovutlar va bog’liqliklar yoritib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE AND IMPORTANCE OF ARTISTIC LANGUAGE IN UZBEK LITERATURE

The article analyzes the concepts of literary language. Attempts have been made to shed light on the level of use of Uzbek words in fiction, the differences and connections between the literary language, the literary language and the vernacular..

Текст научной работы на тему «O’ZBEK ADABIY ASARLARIDA BADIIY TILNING O’RNI VA AHAMIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

O'ZBEK ADABIY ASARLARIDA BADIIY TILNING O'RNI VA AHAMIYATI

Zulxumor Shavkat qizi Tursunova

Samarqand davlat chet tillari instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada badiiy til haqidagi tushunchalar tahlil qilindi. Badiiy adabiyotda o'zbek tilidagi so'zlardan foydalanish darajasi, badiiy til, adabiy til va umumxalq tillari o'rtasidagi tafovutlar va bog'liqliklar yoritib berishga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: Badiiy til, adabiy til, umumxalq tili, til badiyyati, badiiy obraz, polisemik (ko'p ma'noli) va stilistik (uslubiy).

THE PLACE AND IMPORTANCE OF ARTISTIC LANGUAGE IN UZBEK

LITERATURE

Zulkhumor Shavkat kizi Tursunova

Student of Samarkand State Institute of Foreign Languages

ABSTRACT

The article analyzes the concepts of literary language. Attempts have been made to shed light on the level of use of Uzbek words in fiction, the differences and connections between the literary language, the literary language and the vernacular..

Keywords: Literary language, literary language, vernacular language, linguistic art, artistic image, polysemic (ambiguous) and stylistic.

KIRISH

Badiiy ijod so'z tanlashdan boshlanar ekan, har bir ijodkor uchun so'z mas'uliyatini g'oyat teran his qilish, oddiy so'zlarni ham mukammal badiiy vositaga aylantirish, ular zimmasiga salmoqli ma'no yuklay olish nihoyatda zarur. Chunki, bunday so'z asarning qaysi qismida bo'lishiga qarab aniq badiiy niyatni ifodalashga, so'zni polisemik (ko'p ma'noli) va stilistik (uslubiy) xususiyatini aks ettirishga, ma'lum vazifa bajarishga xizmat qiladi. Zero, so'z estetik ta'sir vositasi bo'lib, muallif tildagi ma'no rang-barangliklari, shakliy turfaliklardan teran anglay olishga intiladi. Bugungi kunda badiiy asarni, uning poetik tilini o'rganishda falsafiy qonuniyatlar til tizimiga yana ham keng masshtabda olib kirilib, ularning negizida qator tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Badiiy adabiyot tili umumxalq tili madaniyatida o'ziga xos hodisa sifatida yuzaga kelgan, badiiylikka bo'ysundirilgan tildir. Har bir yozuvchining tili bir necha ming so'zdan tashkil topadi. U ana shu so'zlar boyligidan nutq uchun so'zlar tanlaydi, badiiy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

obraz yaratishda u yoki bu badiiy vositaga murojaat etadi. Shu ma'noda yozuvchining uslubi uning tilida o'z aksini topadi. Shuning uchun ham adabiy til yozuvchi uslubiga bog'liq holda o'rganiladi. Masalan, badiiy asar tili yozuvchining nutq vositalarini tanlash tamoyili, obrazlar tizimi kabilar bilan bog'liq bo'ladi. Badiiy asar tilida faqat xalq nutq madaniyatining - jamiyat tili va uning mdividuallashtirilgan va umumlashtirilgan ifodasigina emas, balki xalq madaniyati uchun zarur bo'lgan nutq shakllarining ifodasi ham o'z aksini topadi. Badiiy tilning tarbiyaviy-estetik ahamiyati ham ana shundadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Badiiy asar tilining bunday estetik vazifasi badiiy obrazda mujassamlashgan estetik g'oya bilan belgilanadi. Chunki badiiy obrazdagi bu go'zallik badiiy asar tiliga o'tadi. Inson madaniyatining yuksak darajasi, ahamiyati va mohiyati uning xarakterini ifodalaydigan nutqida namoyon bo'ladi. Shu zaylda badiiy adabiyot tilida gapira bilish ko'nikmasini hosil qiladi, tilning nafosatini his qilishga va bu nafosatni xalqda tarbiyalashga imkon beradi. Badiiy tilning shunday estetik vazifasi uning tarbiyaviy, ijtimoiy ahamiyatini ham belgilaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida jonli nutqning barcha hodisalari umumlashtiriladi va o'zining estetik bahosiga ega bo'ladi. Ma'lumki, fanda tilni 1) umumxalq tili; 2) adabiy til; 3) badiiy til shaklida tasvirlash e'tirof etilgan. Keyingi davrdagi ayrim ilmiy qarashlarda badiiy tilni "til badiiyati" atamasiga almashtirish, uni xalq tili imkoniyatlaridan biri deb hisoblashga moyillik ko'rinmoqda. Bu bahsli masala bo'lib, uzil-kesil hal qilingan emas. Nazarimizda, "badiiy til" atamasi ilmda chuqur singishgan bo'lib, "til badiiyati" tushunchasiga nisbatan keng qamrovli, ko'pchilikka tushunarlidir. Ikkinchidan, badiiy tilning semantik doirasida uning funksional xususiyatlari umumiylikni anglatsa, "til badiiyati"da, ko'pincha, konkret asarlarga nisbatan qo'llanilishi, muayyan masalalarning biror jihatdan o'rganishga yo'naltirilishi ustuvor bo'ladi. Hozirgacha mavjud adabiyot nazariyasiga oid barcha tadqiqotlar, darslik, qo'llanma va lug'atlarda "til badiiyati"ga qaraganda "badiiy til" atamasi ko'p qo'llanilmoqda va ma'qullanmoqda.

MUHOKAMA

Atoqli adabiyotshunos O.Sharofiddinov asar tiliga e'tiborsizlikning xunuk oqibatlari haqida shunday xulosaga keladi: "Tilga bepisand munosabat uch jihatdan katta zarar keltirishi mumkin: birinchidan, oxir-pirovardida, umuman adabiy tilimizning rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi; ikkinchidan, adabiyotimizning badiiy saviyasini tushirib yuboradi; uchinchidan, kitobxonning estetik didiga yomon ta'sir ko'rsatadi!" [2]. So'z -adabiy asarni vujudga keltiruvchi material. U o'z holicha muayyan ma'noga ega bo'lsa ham, boshqa so'zlar bilan aloqasiz ijtimoiy-estetik ahamiyat kasb eta olmaydi. Shu bois so'z tanlash va qo'llash, uni ma'lum maqsadga qarata yo'naltirish, asar muvaffaqiyatini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

ta'minlash ijodkor mahoratining muhim shartidir. So'z asarning barcha unsurlari: sujet, kompozitsiya, obraz, til, badiiylikni yuzaga chiqaruvchi asosiy moddiy vosita bo'lib, ijodkor iste'dodi va tasvir uslubining ko'zgusi hamdir. Adabiy asardagi so'z badiiy so'zdir. Lekin har qanday so'z ijodkor munosabatisiz badiiy bo'la olmaydi. Badiiy obraz ham so'z orqali yaratiladi.

NATIJA

Darhaqiqat, "badiiy adabiyotda obraz yaratuvchi asosiy va yagona vosita so'zdir. Lekin, badiiy adabiyotdagi so'z oddiy so'z emas, balki insondagi muayyan his-tuyg'uni, holat va harakatni, o'y va kechinmani o'zgalar qalbiga, shuuriga ta'sir etadigan darajada ifodalaydigan so'zdir " [4].

Tilshunos olim M.Yo'ldoshev mazkur qonuniyatlarni muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarurligini ta'kidlaydi. Shundan kelib-chiqib, badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko'rilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini aytib o'tadi:

1. Shakl va mazmun birligi tamoyili.

2. Makon va zamon birligi tamoyili.

3. Xususiylikdan umumiylikka o'tish tamoyili [5].

XULOSA

Negaki, olim dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib berishini, dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratishini ta'kidlab o'tadi.

REFERENCES

1. Sharafiddinov O. Adabiyot tildan boshlanadi. "Haqiqatga sadoqat". Toshkent; Adabiyot va san'at. 1998.

2. Belinskiy B.F. "Adabiy orzular". T. 1977. B.158.

3. Yo'ldoshev M. "Badiiy matnning lisoniy tahlili". T: 2007. B. 87.

4. Ziyonet.uz

5. Arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.