Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOPOETIKA TADQIQI'

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOPOETIKA TADQIQI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
8335
1054
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvopoetika tushunchasi / lingvopoetikaning o’rganish ob’ekti va predmeti / maqsad va vazifalari .Lingvopoetikaga oid tadqiqotlar tarixi va tahlil turlari ko’rsatilgan / kognitiv tilshunoslik / badiiy matnni lingvopoetik tahlili / The concept of lingvopoetics / the object and subject of study of lingvopoetics / goals and objectives.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — O’ralova Charos Baxodir Qizi, Boymatov Sunnatilla Chori Ogli

Maqolada bugungi o’zbek tilshunosligida lingvopoetika tushunchasining mohiyati xususida so’z boradi. O’zbekva jahon tilshunosligida lingvopoetikaga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar hamda qilingan ilmiy ishlar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESEARCH OF LINGUOPOETICS IN MODERN LINGUISTICS

The article discusses the essence of the concept of linguopoetics in modern Uzbek linguistics. The assessment of linguopoetics in Uzbek and world linguistics and the different approaches to this phenomenon, as well as the scientific work done are discussed.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOPOETIKA TADQIQI»

Scientific Journal Impact Factor

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOPOETIKA TADQIQI

O'ralova Charos Baxodir qizi Boymatov Sunnatilla Chori o'g'li Termiz davlat universiteti lingvistika: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi I bosqich magistrantlari

Annotatsiya: Maqolada bugungi o 'zbek tilshunosligida lingvopoetika tushunchasining mohiyati xususida so'z boradi. O'zbekva jahon tilshunosligida lingvopoetikaga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar hamda qilingan ilmiy ishlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar:Lingvopoetika tushunchasi, lingvopoetikaning o'rganish ob 'ekti va predmeti, maqsad va vazifalari .Lingvopoetikaga oid tadqiqotlar tarixi va tahlil turlari ko'rsatilgan, kognitiv tilshunoslik, badiiy matnni lingvopoetiktahlili.

Abstract: The article discusses the essence of the concept of linguopoetics in modern Uzbek linguistics. The assessment of linguopoetics in Uzbek and world linguistics and the different approaches to this phenomenon, as well as the scientific work done are discussed.

Key words: The concept of lingvopoetics, the object and subject of study of lingvopoetics, goals and objectives.

Аннотация: В статье раскрывается сущность понятия лингвопоэтика в современном узбекском языкознании. Обсуждаются оценка лингвопоэтики в узбекском и мировом языкознании и различные подходы к этому явлению, а также проделанная научная работа.

Ключевые слова: понятие лингвопоэтики, объект и предмет изучения лингвопоэтики, цели и задачи.

Mazkur ilmiy maqolada bugungi o'zbek va jahon tilshunosligida lingvopoetikaning nazariy masalalari tushunchasining mohiyati xususida so'z boradi. O'zbek va jahon tilshunosligida lingvopoetikaga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar hamda qilingan ilmiy ishlar haqida fikr yuritiladi.

Maqolada bugungi o'zbek va jahon tilshunosligida lingvopoetikaning nazariy masalalari tushunchasining mohiyati xususida so'z boradi. O'zbek va jahon tilshunosligida lingvopoetikaga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar hamda qilingan ilmiy ishlar haqida fikr yuritiladi va ular qiyosiy tahlil qilinadi. Adabiyot sifatida M.Yo'ldashevning"Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi"

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

asari va lingvopetika mohiyati bilan bogliq bolgan ilmiy adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan.

Badiiy asar tiliga kategorial yondashuvning shakllanishi, badiiy so'zni ijodning shakl va mazmun xossalari birligida o'rganishga harakat badiiy asarni estetik va falsafiy nuqtai nazardan tushunish uchun asos bo'ldi. Jumladan, G.E.Lessing, F.Shiller, Gumboldt, A.A.Potebnya, V.V.Vinogradov, V.M.Jirmunskiy, V.Ya.Zadornova, O.S.Axmanova, G.O.Vinokur, L.V.Shcherba ishlari o'rganildi, muhim ilmiy xulosalaridan foydalanildi. A.Xolodovichning «Adabiy til uslubshunosligi», «Poetikada lisoniy usul» asarlarida, nemis olimi E.Koseriuning poetik tilning yangi izohi kabi tushunchalarida, fransuz tilshunoslari D.Delas va J.Fiyollarning lingvistika va poetika bo'yicha yangi qo'llanmalarida, Ye.B.Artemenkoning lingvofolkloristika bo'yicha olib borgan tadqiqotlaridalingvopoetikaning filologiya ilmida alohida fan sifatida o'rganilishi yuzasidan qarashlar bayon qilingan. Zamonaviy rus tilshunosligida lingvopoetikaning nazariy masalalari tadqiqi bilan shug'ullangan olimlardan biri A.Lipgartdir.

Tilshunoslikning lingvopoetika sohasi davrning dolzarb ilmiy-nazariy masalalari, muammolari, tadqiqiy vazifalari bilan xarakterlanadi.Xususan, adabiy ijodlar, yetuk badiiyat namunalarini lingvopoetik xususiyatlar nuqtai nazaridan kuzatib, o'rganib borish, bu yo'nalishdagi tahlil, talqin, baholashni izchil yo'lga qo'yish bugungi o'zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biridir.

Bu sohada ayniqsa o'zbek nasri namunalari tadqiqining faollashgani keyingi yillarda yaratilgan tilshunoslik natijalaridan ma'lum. Mustaqillik yillaridagi adabiyotimiz, uning barcha turlardagi namunalari, ayni choqda, adabiyotshunoslik va adabiy tanqid ilmlari o'z nuqtai nazari, dunyoga qarashi, mazmun-mohiyati, metod, uslub va usullariga ko'ra yangichadir. Bu jarayonda yangilanish tamoyili qizg'in kechmoqda.Adabiyotning nasri ham, she'riyati ham qator yangi, teran ijodlar, badiiy asarlar bilan boyimoqda. Binobarin, ularning eng manzur va e'tiborga sazovorlari asosida lingvopoetik tadqiqotchilikni faol yuritish maqsadga muvofiqdir.

Tabiiyki, ana shu zaruriyat bilan bogliq dunyoqarash tilshunoslik ilmini o'qitish jarayoniga ham taalluqlidir. Bu sohani o'rganishdagi ko'plab qonun-qoidalar, til materiali doirasidagi o'zgarishlar juda sekinlik bilan amalgam oshgan bolsa-da, tilning sotsialingvistik jihatlari, uni amalda qo'llash jarayonining yangicha, zamonaviy talablarga muvofiqlashtirilishi hayot talabidir. Bu,dastavval, til materialidan nutq jarayonida samarali foydalanish, nutq madaniyatini yanada takomillashtirish borasida me'yoriy muammolarni ma'lum darajada hal qilish va bunga oid bilimlardan talabalarni, jamoatchilikni xabardor qilib borish bilan bogliq.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

Tilning turli qirralarini uzviy tarzda birlashtirib, uni yaxlit bir butunlik, bir sistema sifatida o'rganuvchi tilshunoslik asrimizning 20-yillarida shakllandi va sistem-struktur tilshunoslik nomi bilan mashhur bo'ldi. Shuni aytib o'tish kerakki, Ferdinant de Sossyur asos solgan XX asr sistem tilshunosligi bag'rida o'nlab yangi lingvistik oqim va maktablar vujudga keldi, ularda ulkan zamonaviy yutuqlar qolga kiritildi.

Til ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida doimo qisqalik va osonlikka intiladi. Inson uchun qanday talaffuz qilish to'g'riligidan ko'ra, ko'proq qanday talaffuz qilish qulay va osonligi muhimroq. Tildagi fonetik va leksik so'zlarni qo'llash bir qancha osonlikni va ravonlikni ta'minlaydi.

Badiiy asarning bosh unsuri so'z, umuman, til ekan, ana shu asarning chinakam san'at darajasiga ko'tara olishida uning tili, muallifning til vositalarini qay darajada qo'llay olishi asosiy omildir. Adabiyotimizda iz qoldirgan har bir ijodkor asarlarining tilini o'rganish, birinchidan, adibning mahoratini o'rganish, shu bilan birga, tilimiz rivojiga uning asarlari tili ta'sirini, tadqiqotning esa tilshunosligimiz taraqqiyotiga qay darajada ta'sir ko'rsatayotganligini belgilash ehtiyojidan kelib chiqadi.

Tabiiyki, badiiy asarni lingvopoetik tahlil qilishning bir qator tamoyillari mavjud. Badiiy matn lingvopoetikasi muammosini o'zbek tili materiallari asosida mufassal tadqiq etgan M.Yo'ldoshev lingvopoetik tahlilning quyidagi asosiy tamoyillarini ko'rsatadi: 1) shakl va mazmun birligi asosida yondashuv; 2) makon va zamon birligidan kelib chiqish; 3) umumxalq tili va adabiy til munosbati asosida baholash; 4) badiiy matnga badiiy-estetik yaxlitlik sifatida yondashuv; 5) badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash; 6) badiiy matndagi eksplitsitlik va implitsitlik nisbatini aniqlash; 7) badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash. Tadqiqotchi —lingvopoetik tahlilda badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash muhim tamoyillardanll ekanligini alohida ta'kidlaydi, chunki —bunday vositalarning lingvistik va badiiy mohiyatini ochib berish orqali badiiy mazmunning shakllanishi va ifodalanishi mexanizmlarini aniq tasavvur qilish mumkin. Chindan ham, badiiy matnning estetik qimmatini bevosita belgilash va baholashda ayni shu tamoyil qulay va boshqa tamoyillar asosida ish ko'rishda ham zamin vazifasini bajarishi mumkin. Buning ustiga, mazkur tamoyil asosida lisoniy badiiyatni tasavvur qila olish boshlovchi tahlilchiga ham og'irlik tug'dirmaydi, chunki tahlilga tortiladigan ob'ekt matndagi konkret til birliklaridir.

Albatta, badiiy mazmunning ifodalanishida tilning fonetik-fonologik, morfemik, leksik, morfologik, sintaktik va hatto supersintaktik kabi barcha sathi birliklari ishtirok etadi. Ammo ta'kidlash joizki, bu birliklarning, hech bir istisnosiz, hammasi

Scientific Journal Impact Factor

ham ijodkorning badiiy niyatiga bevosita va bir xilda xizmat qilmaydi. Ijodkor tomonidan uning mahorati darajasiga ko'ra yaratilgan muayyan qulay badiiy kontekst qurshovida mazkur birliklarning ayrimlari alohida badiiy-estetik ta'kid oladi.

Lingvopoetik tahlilning tamalida ayni shu tamoyil, ya'ni poetik aktuallashgan -poetik mazmun bilan yukungan til birliklarini aniqlash va ularni tegishli tarzda baholash tamoyili turmog'i maqsadga muvofiqdir. Bunday tahlil ijodkorning tilimizning tuganmas boyligi imkoniyatlaridan foydalanishdagi mahoratini ko'rsatish barobarida badiiy niyat xizmatidagi birliklarning butun mohiyatini ochishga, xolis baholashga ko'maklashadi. Ayniqsa, bunday tahlil ulkan so'z san'atkorlarining asarlari asosida olib borilsa, badiiy til mahoratidagi ibratli jihatlar baralla namoyon bo'ladi.

Yirik adabiyotshunos olim B.Sarimsoqov yozganiday: —Badiiylik — san'atning, jumladan, so'z san'atining asosiy, doimiy xususiyati. Juda qadim zamonlardan buyon hozirga qadar ko'plab olimlar badiiylikni xilma-xil talqinlar, ta'rifu — tavsiflar etib kelishadi. Ammo biron-bir olim badiiylik haqidagi mening talqinim to'g'ri, deb da'vo qila olmaydi. Chunki san'atning qoni va joni bo'lmish bu hodisaning sir-sinoatlari beadad bo'lib, ular bir davr adabiyotida, uning turli yunalish va oqimlarida, har bir milliy adabiyot va uning ayricha olingan namoyandasida o'ziga xos tarzda, o'ziga xos miqyos va darajada namoyon bo'ladi. Badiiylikning barcha zamonlar va ijodkorlar uchun mos keladigan andozalari ta'rifu talqinlari yo'q, bo'lishi ham mumkin emas. Qolaversa, badiiylikni har bir shaxs o'z dunyoqarashi, g'oyaviy-estetik tamoyillari, missiy olami va bilim doirasida idrok etadi va tushunadi. Ammo bu degani — badiylik hodisasini o'rganishning umuman foydasi yo'k, degani emas. Aksincha, har bir san'at turida badiiylikning namoyon bo'lishi, miqyosi va darajalarini bevosita o'sha soha mutaxassislari tomonidan muntazam o'rganilib borishi zarur.

Badiiy asarning lingvopoetik tahlili tilning nazariy tomonlari, ijtimoiy funktsiyalari va inson ma'naviyatining in'ikosi ekanini bir butun holda tasavvur etishimizga imkon yaratadi. Chunki lingvopoetika o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra filologiya sohasi tarmoqlarini o'zida mujassamlashtirishga, uning bir butunligini ta'minlashga qaratilgandir. Lingvopoetik tahlil jarayoni faqat yozuvchining tili va uslubi haqida ma'lumot berish bilan chegaralanmaydi, balki asar yaratilgan davr tilining o'ziga xosligi, yozuvchining so'z boyligi. til vositalarining ifodalanish usullari, badiiy tasvir vositalarining til faktlari vositasida aks ettirilishi, umuman, tilni uning barcha sathlari yuzasidan tahlil qilishdan iborat bo'ladi.

O'zbek tilshunosligida «lingvopoetika» atamasi hali o'z o'rnini topmagan paytlarda ham masalaga aloqador juda ko'p ilmiy ishlar qilingan, lekin ularning

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ko'pchiligi ma'lum bir yozuvchining tili va uslubi doirasidagi tahlillardan iborat bo'lib, asosan uslubshunoslik yo'nalishida amalga oshirilgan.

Badiiylikni ta'minlovchi til unsurlari, ularning yozuvchi maqsadini ifodalashdagi o'rni turli darajada va turli nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda tavsifiy usul asosiy o'rin egallagan bo'lib, tahlilning ayrim-ayrim jihatlariga ko'proq e'tibor berilgan. Badiiy til aksariyat hollarda adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan baholanib, unda asosiy e'tibor tasvir vositalarining qo'llanishi natijasida vujudga kelgan poetiklik (poetik tasvir) tahliliga qaratilgan. SHuningdek, badiiy uslub tilshunoslik nuqtai nazaridan o'rganilgan ilmiy ishlar ham mavjud.

Shu o'rinda «lingvistika» va «poetika» atamalari, ularning tutashgan nuqtalari yuzasidan fikr yuritish lozim. Arastu o'zining mashhur «Poetika» asarida poetik san'at — she'riy navlar (janrlar) xususida to'xtalib, poetika — poeziya san'ati haqida so'z yuritgan. «Til va fikr» bobida esa nutq va fikrga tegishli hodisalarning ritorikaga aloqadorligi ta'kidlanib, uning nutq tuzish bilimlari bilan bog'liqligi e'tirof etiladil. Tug'ri, qadimgi fan tarixida ritorika alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Lekin poetikani ritorikadan ajratib bo'lmaydi. Chunki har bir til hodisasi nutqiy vaziyatga o'tar ekan, insonning tasavvuri, ruhiyati, hissiyotlari bu nutqiy bog'lanishga o'zaro aloqador holda ko'chadi. XX asr tilshunosligida badiiy asar tili tadqiqiga keng e'tibor berilgani bois, ritorika va poetika tushunchalarini birlashtirgan holda badiiy asardagi voqelik tasvirini har tomonlama, chuqur va yaxlit holda tadqiq etishni o'zida aks ettiruvchi «lingvopoetika» atamasi paydo bo'ldi.

Bugungi kun filologiyasining dolzarb vazifalaridan biri o'zbek lingvopoetikasining nazariy asoslarini ishlab chiqish, aniqrog'i, bir tizimga solish, uning tadqiq usullari va vositalarini, tadrijiy takomlini yaxlit holda o'rganish: barcha tushunchalarni guruhlashtirish va shu yo'l bilan badiiylikni ta'minlovchi unsurlarni ham til jihatdan tadqiq etishdan iborat. Bizningcha, ularni quyidagi yunalishlar bo'yicha tasniflash mumkin:

- Poetik fonetika. Bunda badiiylikni ta'minlovchi unsurlar sifatida tovushlar tadqiq etiladi. Ya'ni uslubni yaratishda o'ziga xos tovush o'zgarishlari, urg'uning berilishi, ularning o'quvchi tasavvuriga ta'siri va boshqa omillar e'tiborga olinadi. Masalan, she'riyatdagi vazn talabiga ko'ra tovush tushishi, tovush orttirilishi, tovushlarning o'rin almashishi kabilar. Nasrda ham obrazning ishonchli bo'lishi uchun turli so'zlar ifodasidagi o'ziga xos holatlar (masalan, yo'o'o'g'-e? yoki mazza!) kuzatiladi. Bu kabi o'zgarishlarning maqsadini lingvopoetik tahlil ochib beradi.

- Poetik leksikologiya. Bu yo'nalishning tadqiqot ko'lami nihoyatda keng bo'lib, o'zbek tilshunosligida ham ko'pgina ilmiy ishlar qilingan. Masalan, biror asar

Scientific Journal Impact Factor

tilida sinonim, omonim iboralar yoki chegaralangan leksika (dialektizmlar, istorizmlar, arxaizmlar...), o'z va o'zlashgan so'zlar qatlamining ishtiroki kabi masalalar bir qancha asarlar tili yuzasidan tahlil etilgan.

- Poetik morfemika. Bu nafaqat morfemika, balki morfologiya va so'z yasalishi bo'yicha tahlillarni ham o'z ichiga olgan nihoyatda keng yo'nalish bo'lib, qiziqarli tadqiqotlarga sabab bo'ladi. Masalan, asar matnida o'ziga xos tarzda qo'llangan har bir affiksning tahlili ham tarixiy, ham tavsifiy, ham qiyosiy jihatdan olib boriladi.

- Poetik semantika. Bunda so'zlarning turli ma'no qirralarini ifoda etishi, ayniqsa, ko'chma ma'noda qo'llanishi tadqiqida ham til boyligi, ham uslubning o'ziga xosligini ko'rsatib beruvchi vositalarga diqqat qaratiladi. Bu yo'nalishni bevosita badiiy san'atlar, tasvir vositalari (sifatlash, o'xshatish, mubolag'a va b.) tahlili bilan bog'liq holda olib borish kerak bo'ladi.

- Poetik sintaksis. Bu yo'nalishda matnning gap qurilishi tadqiq etiladi. Unda lingvopoetik tahlil formal sintaksis, mazmuniy sintaksis, kommunikativ sintaksis va matn sintaksisi bilan bog'liq holda olib boriladi. Poetik nutqni tahlil etish usuli 2 xil: she'riy va nasriy matn asosida amalga oshiriladi. Chunki bunda she'riy nutqni shakllantiruvchi unsurlarga, she'riy nutq tuzilish tizimiga, gap bo'laklari tartibiga, lafziy va ma'naviy san'atlarning qo'llanishiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Shoirning g'oyasi va maqsadini aniqlashda gap bo'laklarining shaklan va mazmunanifodalanish usullarini, emotsional-ekspressivlikni ta'minlovchi barcha vositalarni tahlil etish zarur. Nasriy nutqda ham gaplar va gap bo'laklari tartibi, shakliy va mazmuniy mutanosiblik kabilarga e'tibor berish kerak. Bunda tahlil gapning formal-grammatik bo'linishi, aktual bo'linishi, mantiqiy urg'u, presuppozitsiya kabi hodisalar bilan bog'liq bo'ladi. Umuman, bu yo'nalish struktural poetika tushunchalari bilan aloqador.

O'zbek tilshunosligida lingvopoetikaning oyoqqa turishida va rivojlanishida X.Doniyorov, S.Mirzaev, Q.Samadov, I.Qo'chqortoev, X.Abdurahmonov, N.Mahmudov, B.Umurqulov, I.Mirzaev, M.Yo'ldoshev kabi olimlarning xizmatlari katta bo'ldi. Ular badiiy asar tilining stilistik, badiiy -estetik jihatlarini yozuvchining so'z tanlashi, uning o'ziga xos tili, umumxalq tiliga bo'lgan munosabati, yangi so'z va iboralar yaratishi kabi omillar nuqtai nazaridan tekshirdilar.

Xulosa shuki, lingvopoetik tadqiq asoslarini, ularning nomlanishini bir ko'rinishga keltirish kerak. Bu masala yuzasidan yaratilgan tadqiqotlar tilimizning boyligini ko'rsatish, filologiyaning yaxlitligini ta'minlash bilan bir qatorda, yetuk tilshunos va adabiyotshunos mutaxassislar tayyorlashga ham xizmat qiladi, deb o'ylaymiz. Yuqoridagi fikrlar asosida yaxlit xulosa qilishimiz mumkinki matn

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

tilshunoslik nuqtai nazaridan barcha lingvistik xususiyatlarni ozida mujassam etgan murakkab tuzilmadir va u tilshunoslikning barcha sohalarining asosiy o'rganish obyektlaridan biri hisoblanadi .

1. Xolodovich A. K voprosu o lingvisticheskom metode v poetike // V borbe za marksizm v literaturnoy nauke. - L.: Priboy, 1930.

2. Coseriu E. Thesen zum Thema "Sprache und Dichtung" // - In: Beitrage zur Textlinguistik / Hrsg. W.D. Stempel. -Munchen: Fink, 1971. 11

3. Yo'ldashev M.Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi.Filol.fan.dokt...dis.-Toshkent, 2009.3

4. Galperin I.R. Tekst kak ob'ekt lingvisticheskogo issledovaniya. M., 1981.

5. Karimova R.A. Semantiko strukturnaya organizatsiya teksta(na materiale ustnix spontannix i pismennix tekstov) : Avtoref. diss... d..ra fil. auk. -M.: 1992, s 27.

6. To'xsonov M. Mikromatn va uning kommunikativ yahlitligi // O'zbek tili va adabiyoti, 1990, 5 - son, 66 - 69 - betlar.

7. Tuxsanov M.Mikrotekst i sistema virajeniya ego kogenetnosti v uzbekskoy xudojestvennoy rechi: Avtoref.diss. ...k-ta filol.nauk. -Tashkent, 1987.

8. TurniyozovN. Matn lingvistikasi (ma'ruzalar matni). -Samarqand, 2004

9. Turniyazova Sh.Hozirgi o'zbek tilida matn shakllanishining derivatsion xususiyatlari.Filol.fan.nomz... dis.-Toshkent, 2010.

10. Hakimov M.O'zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol. fan. d-ri ...diss. -Toshkent, 2001.

11. Mamajonov A. .Abdupattoyev M. Matn sintaksisi.- Farg'ona, 2002 .

12. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.: 1989.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.