BADIIY ASARLARNING O'ZIGA XOS TIL XUSUSIYATLARI
Umida Baxtiyor qizi Odambayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Musajan Tadjibayev
ANNOTATSIYA
Maqolada badiiy asarlarning til xususiyatlari tahlil qilingan holda ulardagi o'ziga xosliklar haqida mulohaza qilinadi . Asar yaratishda qanday tilga murojaat qilish o'rinli ekani misollar yordamida ko'rsatib o'tiladi .
Kalit so'zlar : badiiy asar , asar tili , tasviriy vositalar , leksik resurslar , obrazlilik , M.Gorkiy .
The article analyzes the linguistic features of works of art and discusses their peculiarities. Examples show how appropriate the language should be when creating a work .
Keywords: work of art , language of work , visual aids , lexical resources , imagery , M.Gorky.
Yozuvchi yoki shoir mehnati asosida dunyoga kelgan har bir ijod mahsulining o'qishliligini ta'minlaydigan narsa -undagi so'zlar jilosi . Shuning uchun bo'lsa kerak " adabiyotning quroli -so'z " deb ta'riflanadi. Ya'niki , biron bir asar yaratayotgan ijodkor "adabiyot quroli " yordamida shu asarning o'ziga xos til xususiyatlarini ko'rsatib beradi .
" Adabiyotning birinchi elementi -tildir . Til -adabiyotning asosiy qurolidir , hayot hodisalari faktlar bilan birga uning materialidir" [1].
ASOSIY QISM
Adabiy asarda har bir so'z olmosdek tovlanishi , marvariddek zebolanishi lozim . Hazrat Navoiyga quloq tutaylik-a , ulug' shoirimiz shunday deydilar: So'z guhariga erur oncha sharaf , Kim bo'la olmas anga gavhar sadaf .
SPECIFIC LANGUAGE FEATURES OF WORKS OF ART
ABSTRACT
KIRISH
To'rt sadaf gavharining durji ul ,
Yetti falak axtarining burji ul...
Dona-u dur so'zni afsona bil , So'zni jahon bag'rida durdona bil ... [2]
Til badiiy adabiyotda xarakterlar va manzaralar yaratish qurolidir[3].
Badiiy asar tilining qator xarakterli xususiyatlari bor. Shulardan ba'zi birlarini eslab o'tsak .
1.Adabiy asar tili ( hikoyachi - muallif va personaj nutqi ) tipiklashtirilgan , ya'ni umumlashtirilgan va individuallashtirilgan tildir. "Garchi bu til mehnatkash ommaning so'zlashish tilidan olingan bo'lsa-da , deb uqtiradi M.Gorkiy , - o'zining bosh manbaidan tamomila farq qiladi . Chunki , tasvirlash yo'li bilan ta'riflar ekan yozuvchi o'zaro so'zlashishda ishlatiladigan barcha tasodifiy , vaqtincha kirib kelgan , mantiqsiz , fonetik jihatdan buzuq , turli sabablarga ko'ra asosiy " talabga " , ya'ni umumxalq tili tuzilishiga to'g'ri kelmaydigan so'zlarni olib tashlaydi[1].
Shunisi ham e'tiborliki , har bir yozuvchi asarida so'z qo'llash jarayonida ham o'z uslubini namoyon qiladi - natijada bir yozuvchining tili ikkinchi yozuvchining tilidan ozmi -ko'pmi farqlanib turadi .Masalan, Oybek romanlari tilida epiklikka , liriklikka moyillik sezilib tursa , A.Qahhor asarlari tilida esa kinoyalar , kesatiqlar , qochiriqlar ko'p uchraydi - unda hajviylikka moyillik bor[2].
Xususan , o'zbek romanchiligi asoschisi sifatida qaraladigan Abdulla Qahhorning ham asarlarida qo'llaydigan o'z tili mavjud. Buni "O'tkan kunlar " romanidan olingan quyidagi parchada ham ko'rishimiz mumkin: " Ammo siz hurmatlilarga ma'lumdirki , bizning shul Otabekdan o'zga farzandimiz bo'lmay , dunyoda qoldiraturg'on tuyoqimiz va ko'z tikkan orzu-havasimiz faqat shul Otabekdir "[4]. Abdulla Qodiriy asardagi ushbu xat orqali nafaqat Yusufbek hojining madaniylik darajasini ,balki , o'sha davr uchun xos bo'lgan til xususiyatlarini ham ochib bergan .E'tibor bersak ,Yusufbek hoji Otabekni faqat "farzandimiz " deb cheklanib qolmasdan unga "ko'z tikkan orzu-havasimiz " , " umid hadafimiz " kabi sifatlarni beradi. Oddiygina shu jumlalar ham o'sha davrdagi Yusufbek hoji singari zakiy insonlar nutqini tasvirlashda Abdulla Qodiriyning qanday betakror so'zlardan foydalanganligini yaqqol namoyon qiladi.
2.Chinakam san'at asarlari tili xalqchillik ruhi bilan sug'orilgan bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda san'at asarida qo'llanilgan har bir so'z , jumla , maxsus leksik resurslar va tasvir vositalari , poetic figuralar , so'z o'yinlari va hokazolarda ifodalangan fikrlar kitobxonlar ommasiga tushunarli bo'lishi -yozuvchi xalqning dilidagi , tilining uchidagini topib aytishi , xalq ruhi kayfiyatlarini , orzu-umidlarini ifodalashi kerak. Buning uchun yozuvchi ,albatta , kitobiy til va uslubdan qochishi , jonli xalq tili va uslubiga yaqinlashishi lozim[2]. Misol uchun , Abdulla
Qahhorning "Jonfig'on" hikoyasida er va xotin o'rtasidagi mojaro ustiga kelib qolgan uch-to'rt kishiga Malohatxon shunday deydi: " Sho'rginam qursin... ko'rmaysizlarmi ... Besh-olti yildan beri bitta paypoq olib bergani yo'q-ku , ishlab-ishlab topgan pulimga qilgan hamma kiyim-larimga kerosin sepib o't qo'ydi... Shu ustimdagi kiyimim bilan qoldim ..." Asarning tiliga nazar tashlaydigan bo'lsak , Abdulla Qahhor qo'llagan til xalq tiliga naqadar yaqin ekanligini ko'rishimiz mumkin. O'zbek ayollaridan ko'pchiligiga xos bo'lgan nutq xususiyatini yozuvchi aynan shu qisqa jumlalar yordamida teran ifodalay olgan . Bu , albatta , Abdulla Qahhorning tengsiz mahoratidan darak .
3.Badiiy asar tili - obrazli til . Yozuvchi o'z asarida bir qancha yo'llar bilan tilning obrazliligiga, tasviriyligiga erishadi. Shulardan biri maxsus badiiy tasvir vositalari , so'z o'yinlarini mohirona qo'llash yo'li bilan asar tilining obrazliligiga erishish/
Masalan , Hamid Olimjon " O'zbekiston " she'rida shunday obrazli iboralarni qo'llaydi :
E'tibor qilaylik-a : shoir " O'zbekiston chiroyli " deb qo'ya qolmaydi , aksincha, uning chiroyliligini yosh kelinning go'zalligiga o'xshatadi - shu qiyos jarayonida O'zbekistonning go'zal jamolini o'quvchi ko'z o'ngida yorqin gavdalantiradi .Ikkinchi misrada esa shoir O'zbekiston vodiylarini yosh kelinning kokillariga o'xshatadi . Bu bilan o'lkamiz vodiylarining benihoya ko'rkamligini ifodalaydi .
Adabiy asar tilining poetikligi , obrazliligi , tasviriyligi asar g'oyasini , shuningdek , qahramon xarakterini jozibali qilib ochishga xizmat qiladi. Biroq , bundan faqat maxsus badiiy tasvir vositalarini qo'llash orqali asar tilining tasviriyligiga , obrazliligiga erishilar ekan-da , degan bir yoqlama xulosa chiqarish yaramaydi . Chunki , adabiy asar tilida o'z o'rnini topib ishlatilgan oddiy so'z va iboralar ham xarakter va manzaralarni aniq ifodalay oladi: binobarin, bunday so'z va iboralar ham tasvir vositasi rolini baja-radi[2].
Demak , yuqoridagi misollar orqali ko'rishimiz mumkinki , badiiy asar tili faqat murakkab shakllar va jumlalardan hamda har xil olib qochishlardan iborat bo'lmasligi lozim . Aksincha , asarlar tili hamma uchun sevimli , hamma uchun birdek o'qishli bo'lmog'i darkor.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. M.Gorkiy . Adabiyot haqida , T .O'zdavrnashr .
Chiroylidir go'yo yosh kelin , Ikki daryo yuvar kokilin .
XULOSA
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022
2. To'xta Boboyev , Adabiyotshunoslik asoslari , Toshkent , "O'zbekiston " nashriyoti, 2002 .
3. Qarang . M.Gorkiy , Литературное -критические статьи .
4. Abdulla Qodiriy " O'tkan kunlar " , 2008 .
52
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz