Научная статья на тему 'MILLIY KINOLARIMIZDA TIL MASALASI'

MILLIY KINOLARIMIZDA TIL MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
432
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til / Kino / hujjatli film / Qoraatirgul / Islomxo‘ja. / Language / Cinema / Documentary / Black Rose / Islamkhoja.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mizomova Aziza G‘offor Qizi

Ushbu maqolada o‘zbek kinosida milliy tilimizning ahamiyati, kuzatilayotgan kamchiliklar o‘rin egallaydi. Shuningdek maqolada dolzarb masalalar o‘rtaga tashlanib, ular yuzasidan takliflar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LANGUAGE ISSUE IN OUR NATIONAL CINEMAS

This article discusses the importance of our national language in Uzbek cinema and its shortcomings. The article also raises topical issues and makes suggestions on them.

Текст научной работы на тему «MILLIY KINOLARIMIZDA TIL MASALASI»

Scientific Journal Impact Factor

MILLIY KINOLARIMIZDA TIL MASALASI

Mizomova Aziza G'offor qizi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Kino san'ati tanqidi va tahliliyo'nalishi talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek kinosida milliy tilimizning ahamiyati, kuzatilayotgan kamchiliklar o'rin egallaydi. Shuningdek maqolada dolzarb masalalar o 'rtaga tashlanib, ular yuzasidan takliflar ilgari surilgan.

Kalitso'zlar: Til, Kino, hujjatlifilm, Qoraatirgul, Islomxoja.

Abstract; This article discusses the importance of our national language in Uzbek cinema and its shortcomings. The article also raises topical issues and makes suggestions on them.

Keywords:Language, Cinema, Documentary, Black Rose, Islamkhoja.

Аннотация: В этой статье рассказывается о значении нашего национального языка в узбекском кино и его недостатках. В статье также поднимаются актуальные вопросы и даются предложения по ним.

Ключевые слова:Язык, Кино, Документальный, Черная роза, Исламходжа.

Kino hammamiz bilgan va doimo rivojlanib boradigan san'at turidir. Kino hayotimizning ajralmas qismi, unda o'tmishimiz, bugunimiz va ertangi lcunimizni ko'rish mumkin. O'zbek kino san'ati davrlar mobaynida millatning о zligini ko'rsata olganligini yaratilgan filmlardan ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Kino san'ati tomoshabinni madaniy jihatdan tarbiyalaydi, uinsonlar ongi, fikr va qarashlari, estetik did va his tuyg'ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning ma'naviy dunyosini shakllanishida ham g'oyaviy, ham badiiy ta'siri jihatdan kuchli ta'sir o'tkazadi. Sababi inson ruhiyatida ko'z bilan ko'rib quloq bilan eshitgan ma'lumotlarni esda saqlab qolar ekan. O'tmishda ham chor rassiyasi xalqning ma'naviyatini buzish uchun kinoni shakillanish davrida ijtimoiy-siyosiy muhitni olib kirib xalq ongini zaharlagan. Jad idlarimiz bu yo'lda xalqning ilm ma'rifatli bo'lish uchun kurashgani, xususan mahmudxo'ja Behbudiyning "Oyna" jumalida chop etilgan maqolasida barcha pullarini film ko'rish uchun sarflayotgan musulmonlar, film yaratishga doir kasblami xarom deyishlarini "ahmoqlik" deb tariflagan1. Bu yerda xalqimizni qilgan ishiga baho bermoqchi emasman ammo

1 Sh. Eshonboboyeva "kino san'ati" jurnall - T.:2018 yil. 100-b

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

o'sha davrdanoq kinoga bo'lgan qiziqishni keltirib o'tdim xalos. Demak kinoni tomosha qilayotgan tomoshabinni Stiven Spilberg tili bilan aytganda Kino — kuldirish, qo'rqitish va larzaga solishni hammadan yahxshiroq eplaydi. Tom ma'noda insonni tarbiyalovchi kinodan ibrat olar ekan unda kinoning tili yuksak darajada bo'lmog'I lozim

Milliy kino san'atini yuksaltirish uchun avvalo ko'plab, filmlar yaratilmog'I zarur, ular har jixatidan puxta filmlar yatish , bu soxa rivoji uchun kerakli chora -tadbirlar ustida ish olib borish muxim va ustuvor vazifalardan bo'lib kelmoqda. Xususan, O'zbekiston Respblikasi Pezidentining tashabbuslari bilan Milliy kinematografiya sohasiga qaratilgan e'tibordan so'ng bugun tubdan o'zgarishlar davriga asos solindi.

Hozirgi kunda kinoning ijtimoiy nufuzi oshdi, mavzu doirasi kengaydi, badiiy filmlar, x,ujjatli filmlar, ilmiy-ommabop fil'mlaming yaratilishi shular jusmlasidandir. Darhaqiqat bugun o'zbek kino sohasida zahmat chekayotgaan ijodkor va texnik xodimlaming x,ayrat va mas'ulyatini yanada oshirdi

Kinematografiyada sezilarli izlanishlar olib borilayotgan bo'lsa -da, mukammal va salmoqli kartinalar suratga olish, tomoshabin badiiy va estetik didini o'stiruvchi, ruxiy olamni, botniy kechinmalarini taftish qiladigan, tom ma'nodagi, yaxshi kino mahsulotlariga ehtiyoj katta. Kinoning eng og'riqli nuqtalaridan biri -ssenariy va rejissura masalalarini o'rganish badiy yaxlitlik kesimida tadqiq etishi hamda unda til masalasiga to'xtalish dolzarb sanaladi. Milliy filmlar badiiy yaxlitligini ta'minlash deganda avvalo, rejissyor va ssenarinavis hamfikirligi, ijodiy asaosiy nuqtalaridan biriga aylangan.

Kinoda so'z barcha kinoning tushunishlik ahamiyati bilan ya'ni kinemotografik ifoda vositalari bilan mustahkamlanadi. Kino ham teatrga

o'xshab qahramon fe'l-atvorini ochib beradi. Xatti-harakat uchun turtki bo'lib xizmat qiladi. Sahna va har bir epizodning vaziyatini hamda ruhiyatini aks ettiradi. Qahamonning tili o'ziga xosligi aktyorlarga o'zi ijro etadigan obraz ustida ishlashda yordamlashadi, uning ichki olamini tushunib olishda ko'maklashadi. Rejissyor qancha bilimdon bo'lmasin, kinodramaturg yozuvchisiz baribir ojizdir. Shuning kabi kinodramaturg -ssenariynavis qanchalik buyuk bo'lmasin rejissyorsiz uning ijod mahsuli ekran yuzini ko'ra о maydi. Buning uchun ikki hamfikr inson, ya'ni yaxshi ssenariynavis bilan rejissyor birgahkda harakat qilsa, kutilgan natijaga ega bo'ladi. Kino asari va teleseriallar yuzaga keladi. Ssenariynavis ikkita asosiy bilimga ega bo'lmog'I kerak: kinoni o'ziga xos san'at sifatida xususiyatini, boshqa

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Scientific Journal Impact Factor

san'atlardan farqini bilish, lkkmchidan, ma'lum hayot tajribasiga ega bo'lishi krak2. Demak senariy yozuvchisi o'ta bilimli va hayotni xalqining o'tmishi va bugunini ekranda haqqomy yoritib, kelajakka uzatuvchi vositasidir. Chunki hayotda uchragan hodisalar haqidagi mushohada va mulohazalami, ya'ni hayotning inson aqlini o ziga jalb etgan boy mazmuni unga bugun va kelajak uchun ulug' hayotiy maktab vazifasmi o'taydi. Ssenariy yozishning muhim jihatlaridan biri bu mualhfnmg so'z ustida ishlashidir. Teatrdan farqli o'laroq, kinoda so'zdan tejab - tergab foydalamladi, chunki ko'plab voqea hodisalar kinoda tasvir vositalari ur l xil rakurslar orali ifodalandi. Kinoda so'z barcha kinematografik ifoda mustahkamlanadi va huddi teatrdagi kabi qahramon fe'l atvorini ochib beradi. Hatti - harakat uchun turtki bo'lib xizmat qiladi, sa hna va har bir epizodning vaziyatini hamda ruhiyatini aks ettiradi. Qahramon tilining o'ziga hoshgi aktiyorga o'zi ijro etadigan obaraz ustida ishlashida qo'l keladi, uning ic l olamini tushunib olishda Ko'maklashadi. "Ssenariyning so'zi ustida ishlash kinodramaturg ijodidagi eng murakkab jarayondir. Qahramonlar nutqidagi monologlar va savol - javoblardagi har bir so'z qa'tiy ishlangan bo'lishi zarur. So z qahramon hatt - harakat bezagini emas, balki ta'sirchanligi bilan uning ichki g alayonlan, kechmmalarini o'zida mujassam etish lozim. Badiiy yuki o magan ko pso'zlik kinoga to'g'ri kelmaydi. Hatto monologlar qisqa - lo'nda va tub ma'noli bo'hshi kerak". Aks holda rol qiziqarli chiqmaydi. Ssenariyda so ngra filmda so'z o'z mantiqiga ega bo'lmog'i va uning har biri qa'tiv zaruratdan kelib chiqib lshlatilmog'i kerak. Busiz so'z kinoasarida o'z ma'nosini yo qotib voqyealar rivoji, qahramonlar hatti -harakatlarini sharhlaydi tushuntiradi. Bunday nutq esa filmga, hamda tomoshabinga ham ko'tarinki ruh bag lshlaydi. So'z va tasviming bo'gliqligi-kinosan'atining boshqa turlaridan larq qiladigan muhim jihatlaridandir. Film yaratish jarayonlarida, jahon lnosming mumtoz nazariy asarlarida hamda kinoshunoslar tadqiqotlarida bu masala ko'p o'rgamlgan. Kinoda so'z bilan tasvir bog'liqlikning to'laqonli iiodiv yec imiga enshish filmnmg kinematografik saviyasi va badiiy ta'sirchanligini belgilaydi. Nafaqat qahramon nutqida, monolog va dialoglarada, balki ssenariyning yozilish uslubidayoq voqyea -hodisalami quruq bayon etishdan qochish kerak. Ssenariy so'zlar vositasi bilan voqyeaning tasviriy lavhasini, muhitini yorqin jonlantirish lozim. Hozirda kino san'ati adabiyot asarini namoyish etish yo'lidan uni hikoya qilishga, o'z tasvir vositalari orqali syujetning o'ziga hos tomonlarinigina emas, uning uslubini ham berishga o'tgan. Bu eng avvalo kinodramaturg zimmasiga qiyin vazifa yuklaydi. Bunda kinodramarutg ijodi o'ziga yaxshi tanish, tushunarli va

X.Abulqosimova. Kinodramaturgiya asoslari.:T. "Turon-iqbol" 2018 y. 17-b

851

Scientific Journal Impact Factor

sevimli bo'lgan muayyan bir yozuvchining asarini tanlaydi. Asar badiiy saviyasidan qolishmaydigan ssenariy yaratish endi yozuvchi emas, kinodramaturg mahoratiga bog'liq bo'ladi. Erkinlashtirish kinonning ma'suliyatli janridir. Asami ekranga ko'chirishga qaror qilgan ssenariy muallifi va rejissyor kitobxonning sezgir nigohi ostida bo'ladilar, chunki ular filmni asl manbai bilan solishtiradilar. Ekranlashtiruvchi mualliflar mahoratlari yetgancha filmni adabiy asarga yaqin bo'lishga harakat qiladilar. Kinoning barcha turlariga molik ssenariylari o'zaro bir -biridan farq qiladi. Ssenariyning boshlanishidayoq bo'lajak filmning mazmun va g'oyasi, obrazlari o'z ifodasini topmog'i kerak. Filmni yaratish jarayonida ssenariydagi u yoki bu detallarga, obrazlarga aniqlik kiritilishi mumkin, ammo tubdan o'zgartirilmasligi kerak, aks holda u butunlay boshqa ssenariyga aylanib qoladi. Kinodramaturgiya ravnaqi, saviyasining o'sishi kino san'atining rivojlanishi bilan bog'liq.

Prezidendimizning 2017-yil 3-avgust kuni ziyolilari bilan uchrashvida "Madaniy hayotimizda tanqidiy ruh sezilmayotgani, sog'lom tanqid, bahs va tortishuv bo'lmagan joy da chinakam ijod bo'lishi mumkin emasligi, bu borada Madaniyat vazirligi, "O'zbekkino" agentligi, Bastakorlar uyushmasi, "O'zbekkonsert" va boshqa ijodiy tashkilotlar qoshidagi badiiy kengashlaming faoliyati deyarli sezilmayotgani afsus bilan tilga olindi. Yaratilayotgan asarlar, film va spektakllar, ko'rgazma va konsert dasturlariga prinsipial va malakali baho berish, matbuotda xolis va haqqoniy retsenziyalar, xulosalar bildirish tobora kamyob hodisaga aylanib borayotgani ta'kidlandi. Necha yillardan beri zamonaviy qahramon obrazini yaratish haqida gapirilishi, ammo birorta jiddiy natijaga erisha olmayotganimiz eslatildi. Albatta, bu borada qandaydir intilish va ha rakatlar ko'zga tashlanayotganini, badiiy va publitsistik asarlar, pyesa va kinolentalar paydo bo'layotganini inkor etib bo'lmasligi, ammo ulaming ko'pchiligi yurakdan chiqmagan, zo'rma-zo'raki urinishlar bo'lib, hali madaniy hayotimizda voqyea bo'ladigan yetuk va mukammal asarlar yaratilmagani afsus bilan ta'kidlandi. "Ochig'ini aytganda, ba'zi ijodkorlarga bu masala biroz g'alati tuyulishi, ular buyurtma bilan yaxshi asar, to'laqonli obraz yaratib bo'lmaydi, degan fikmi bildirishi ham mumkin. Lekin san'atkor - agar u haqiqiy iste'dod egasi bo'lsa -ijtimoiy buyurtma asosida ham yetuk asar yaratishga qodir bo'ladi. G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Turob To'la, Jumaniyoz Jabborov va boshqa atoqli shoirlarimiz ijodidan bunga ko'plab misollar keltirish mumkin. "Alisher Navoiy", "Tohir va Zuhra", "Abu Rayhon Beruniy", "Mahallada duv-duv gap", "Yor-yor" kabi mashhur filmlarimiz ham o'z vaqtida davlat buyurtmasi bilan yaratilgani yaxshi

Scientific Journal Impact Factor

ma'lum",- deya eslatib o'tdi Prezidentmiz.( (O'zbekiston Respubliksi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari, milliy madaniyatimizning lco'zga ko'ringan namoyandalari, atoidi shoir va adiblarimiz, teatr, kino, Tm^a san'ati sox,asining taniicli hamda yosh vakillari bilan, san'atshunos olimlar, jumalistlar bilan uchrashuvdgi suhbatdan) Darhaqiqat ko'rishga arzigulik filmlarimiz bor Abdulla Qodiriy "O'tgan kunlar" romanida har tomonlama mukammallikni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Zero uning ijodini talqin qilib o'rganishga uringan. M.Sheverdin, S.Husayn, Oybeklar Abdulla Qoliriyning ijodiga o'z qarashlarii bilan bahsga kirishadi. Abdulla Qodiriy obrazlami yaratishda sinchkovlik bilan ishlaydi. Otabek va Kumushni hamda barcha obraz ishtirokchilarini mahorat bilan tasvirlab, xarakterini ham nafaqat yozuvchi, balki mohir rassomligini hamda buyuk rejissyorlik mahoratini ul zotda anglashimiz mumkin bo'ladi. Sababi Abdulla Qodiriyning tasviriy quvvati kuchlidir. O'xshatishlar, mubolag'alar bilan so'zlardan ma'nolik gul dastasi tizib bera biladi3... Yo'ldosh Azamovning 1970 yillarda su'ratga olgan "O'tgan kunlar" filmidan so'zning kuchli ishlatilganini, undagi qahramonlaming dialoglaridagi qisqa ammo chuqur ma'noga so'zlari ssenariy muallifming so'z ustida ishlaganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Kino mukammal chiqishi uchun ssenariy kuchli yozilgan bo'lishi lozim. Ma'lumki teatrdan farqli o'laroq, kinoda so'zidan tejab-tejab foydalanadi, chunki, ko'p narsalar kinoda tasvir orqali ifodalanadi. Rejissoming kuchli topilmasi orqali film ham chunarli ham tildan unumli foydalanilganini ko'ramiz. Filmnin ko'rgan sari ko'rgingiz kelaveradi. Bunda badiiy jamoa hamda asaming sodda tilda yozilgani uchun ham yuksaklikka erishdi. Asarda ko'p hollarda so'zsiz harakatlarb orqali nima demoqchi eknini kuzatishimiz mumkin. Bunda rejissor Y. Azamovning tasurotlarini kinoda ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Otabek va Kumushning chimildiqda uchrashuv sahnasidagi "Siz o'shamu" deya ta'rifming o'zidayoq sevgilisi vasliga erishilganini, uni bir ko'rishda sevib qolganini ikki og'iz so'z bilan ifodalagan. Shu ikki bo'g'inli so'z qancadan-qancha so'zlaming qisqatrmasi ekanligini so'zsiz ham tomoshabin anglaydi. Bunda buyuk yozuvchi, so'z ustida ishlay oladigan Abdulla Qodiriy o'z soxasinini yetuk mutaxasisi ekanligini bilishimiz mumkin bo'ladi. Melks Abzalovning filmida ham asar mavzusi hamda unda ijo etilayotgan tili saqlanib qolingan, faqatgina rejissor o'z dunyo qarashlari orqali filmga o'zgacha tus bera olgan. Adabiy asami ekranlashtirish anchayin murakkab bo'lsa-da rejissor ma'lum darajada asar mavzusini olib chiqa olgan.

Scientific Journal Impact Factor

Kinonmg mukammal chiqishida til muhim ahamiyat kasb etadi. Unda dramaturc tddan unumli foydalanmog'I lozim Til va madaniyat masalasi juda qadimdan o ta dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelgan. Chunki til orqali har bir millatning xulqi, odobi, ma'naviyati, madaniyati, qolaversa, millat sifatida nechog'lik o'rin egallaganligi ma'lum bo'lgan shu bois ulug' ajdodimiz Yusuf Xos Hoiib Odobning boshi tildir" deb bejiz aytmagan. Buyuk Navoiy "Xamsa"ni bitib, bu ti nmg o mini bejiz yuksaklikka ko'tarmagan. Ulug' Navoiy aytganidek, "Tilga e'tibor -elga e'tibor"dir. Demak, har birimiz o'z ona tilimizga e'tiborli bo'lishimiz , uni ardoidashimiz, kelajak avlodga nafosat va nazokatli tilimizni

Butun go'zalligi bilan yetkazishimiz lozim. Bu ish bugungi avlodning kelajak avlod oldidagi eng muqaddas burchlaridan biridir. Mamlakatimiz kino san'ati bir asrdan ziyod tarixga ega bo'lib, o'ziga xos taraqqiyot yoTini bosib o'tdi. Bu davr mobaymda o'zbek kinosining poydevori yaratilib, u xalqimizning madaniy - mamviy byotida muhim rol o'ynaydi. Aksariyat ko'plab filmlarimiz g'oyaviy badny jihatddan sayoz abugungi kun nafasi, odamlami o'ylantirayotgan hayajonga solayotgan jiddiy muammolar ayrim filmlarda o'z aksini topmayabdh u nuqtayi nazardan olib qaraganda, kino sohasi faoliyatiga baho beradigan o lsak, bu borada muayyan yutuqlar bilan birga jiddiy nuqson va kamchiliklar o zga tashlanadi. Ba'zi filmlarda mayda maqsadlar bilan yashaydigan, hayotga aqat iste molchilik kayfiyati bilan qaraydigan kimsalar asosiy qahramon sifatida tasvirlanayotgani tashvish uyg'otmasdan. qo'ymaydi. Albatta bularga sabab hozirda yozilayotgan ssenariylar va rejissyoming ya'ni tanlayotgan ssenanylarmmg saviyasiga ham bog'liq. O'zbek kinosini yaratishda rejissor va ssenanynavis tilga kuchli ahamiyat qaratmog'I lozim bo'ladi. Yuqorida ta kidlagammdek til xalqning ma'naviyati va madaniyat salohiyatinini dramaturg yozadi, rejissor esa ekranlashtiradi. Bunda kinoda turli xildagi qo'pol va so kish kabi so'zlami ishlatmasligi lozim, sababi ommabop va hammabop bo gan kino m yosh-u qari birdek tomosha qilganida yosh avlodning xotirasida saqiamb qolmashgi lozim. Ammo bachkanabozlik hamda jargon so'zlami lshlatgan holda suratga olingan filmlarimiz ham mavjud. Bunday kinolar xususiy filmlanmizda uchrab turibdi. Bachkanavozlik hamda jargon so'zlami qo'llagan olatda ishlab chiqanlgan kinolar son sanog'I yo'q xususan Jahongir Pozi jonovning filmlarini olsak "Dachalar bor Dachalar", "Boyvochcha" filmlarining tilga ahamiyat qaratadigan bo'lsak qahramonlar tomonidan ishlatiladigan so'zlarning ko'pi o'zbek tiliga mansub bo'lmagan so'zlardan ashkil topgan. Uning kinolarida dialoglaming ko'pligi ham tomoshabinni zeriktirib qo'ydi. Bugungi kunda o'zbek kinosida til masalasi qanday ahvolda? Bugun o'zbek kinoida til masalasi anchayin dolzarb

Scientific Journal Impact Factor

muammo bo'lib turibdi. Sababki yaratilib elingan filmlarda bachkanabozlik, shevada so'zlash hamda jargon so'zlami olib kirish orqali to moshabin ruhiyatiga, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviyatiga salbiy ta'sir qiladi.

Teleradio kanallarimiz orqali ham turli xildagi o'zbek seriallari ham namoyish etilib kelinmoqda, ammo ularda ham shevaga xos bo'lgan adabiy til me'yorlaridan anchayinuzoqlashganini ko;rishimiz mumkin bo'ladi. "Jumalist", "Qora atirgul" "Islomxo'ja" badiiy publistitik janrdagi hujjatli kino bolib, Islomxyja XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab o'tgan Xorazimda eng nufuzli bylgan Said Otoyi xo'jalardan Said Muxammadxo'ja mutavallining nabirasi. Uning hayot yo'li haqidagi filmdir. Kinoda qahramnlaming harakati kamharakat bo Tib asosan kadr ortidan qahramonga ta'rif berilgan. Ushbu filmda asosan adabiy tildan foydalanilgan, kino Xorazim shahrida bo'lib o'tgan voqealar xorazim shevasidan emas asosan adabiy tilga ko'proq urg'u berilgan.

Ba'zi hollarda kino ortidan so'z yangrashi ham mumkin, ya'ni bunda voqeani, qahramonlar harakterini tariflaydi, bunda kino ijodkorlari tomonidan aytilayotgan so'zlar kinoning yumirga boy bo'lishi, voqeaga oydinlik kiritishi bilan izohlanadi. Bunday kinolarga Zulfiqor Musoqovning "Berlin-Oqqo'rg'on" filimini misol qilib olsak bo'ladi. Ushbuffilmning ham postaniovkachi rejissori, ham ssenariy mullifi bolibgina qolmay kinonga muallif sifatida o'z tilidan bayon qiladi. Film namoyish etililishi bilan ekranda quroq mato tasvirda paydo bo'lib, unda muallifning o'zi nega quroq matosini ekranda namoish qilgani haqida o'z tili orqali bayon etadi. "Inson xotirasi g'alati narsaga bo'larkan, xdtira- huddi quroq qiyqimiga o'xshaydi, shu qiyqimlaming har biri kimningdir hayoti,kimningdir qismati. Xotiramda mamlakatlar, odamlar, qolavera sanalar ham chalkashib ketgan..." filmning kadrlarini ham parallel mantaj qilib suratga olgan rejissor Musoqov filmning so'ngiga qadar o'zi tariflab izohlab ketadi.

Rejissor Y. Roziqovning o'z novellasi asosida yaratilgan "Voiz" filmi ham bosh qahramonning ssenariy tilidan hikoya qilinadi. Uning g'amgin, kinoyali, ba'zida yumor bilan sharhlari ijodkoming o'z qahramonlariga bo'lgan munosabatimi tilida bayon etadi4. "oddiy aravakash aravakash bobosi tasodifan inqilibning bosh qahramoniga aylanib xalqni o'z ortidan ergashtira oladigan insonga aylanadi, ekran ortidan esa uning xalqga nisbatan, akasidan qolgan bevalarga, hamda o'zining suyukligi bilan umuman olganda uch ayoliga baravar munosab atini, ichki izohlarini tushuntirishga ya'ni sharxlashga urinadi" demak ushbu kinoda til

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

orqali ichki kechinmalarini nafaqat tasvir, qahramonlar xatti- harakati orqali balki so'z oqali tomoshabinni oz'iga tortadi. Aslida bu ham bir uslub.

1. Sh. Eshonboboyeva "kino san'ati" jurnal

2. X.Abulqosimova. Kinodramaturgiya asoslari.

3. Karimov A..Qodiriy. "Tanqid va tahlil".

4. Abulqosimova. Kinodramaturgiya asoslari.

5. Hamroyeva O. Ona-tili ma'ruzalar to'plam.

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.