Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH METODOLOGIYASI'

TASVIRIY SAN’AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH METODOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

2545
265
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / pedagogika / san’at / metodika / kurs ishi / independent study / pedagogy / art / methodology / course work

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shuhrat Nazarovich Mamatqulov

Ushbu maqolada tasviriy san’at metodikasi fanidan kurs ishi tayorlash metodologiyasi haqida qisqacha ilmiy ma’lumot berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF PREPARATION OF COURSE WORK IN THE FIELD OF METHODOLOGY OF FINE ARTS

This article provides a brief overview of the methodology for preparing coursework in the field of fine arts

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH METODOLOGIYASI»

TASVIRIY SAN'AT METODIKASI FANIDAN KURS ISHI TAYORLASH

METODOLOGIYASI

Shuhrat Nazarovich Mamatqulov

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tasviriy san'at metodikasi fanidan kurs ishi tayorlash metodologiyasi haqida qisqacha ilmiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, pedagogika, san'at, metodika, kurs ishi.

METHODOLOGY OF PREPARATION OF COURSE WORK IN THE FIELD

OF METHODOLOGY OF FINE ARTS

ABSTRACT

This article provides a brief overview of the methodology for preparing coursework in the field of fine arts.

Keywords: independent study, pedagogy, art, methodology, course work.

KIRISH

Tasviriy sanat metodikasi fanidan kurs ishi tayyorlash va uni bajarish bilan bog'lik bo'lgan umumiy masalalami ko'rib chiqamiz. Kurs ishi Sanatshunoslik fakulteti talabasi tomonidan o'qituvchining bevosita rahbarligida tayyorlanadi va ikki xil ko'rinishda bo'lishi mumkin: birinchisi, zarur adabiyotlarni puxta o' rganib chiqib, ularning mazmunini yoritish bo'lsa, ikkinchisi esa maktab hamda kollejda malakaviy amaliyot davrida amal iyotni kuzatib, natijasini umumlashtirish bilan bog'liq bo'ladi.

METODOLOGIYA

Kurs ishi kompyuterda terilib, zarur illustratsiyalari bilan bezatilib, kafedraga himoya qilish uchun topshiriladi.Kurs ishini yozishda talaba adabiy va noyob materiallarni tahlil qilishga o'rganib, tasviriy san'at metodikasi bo'yicha so'nggi yillarda erishilgan muhim yangiliklar bilan tanisha boradi. Eksperimentli ilmiy tajriba xarakteridagi kurs ishi bajarish jarayonida esa ilmiy tadqiqot usullarini o'rganib boradi.Unda mustaqil tahlil qilish, tadqiqot natijalarini bayon qilish, xulosalar chiqarish va amaliy takliflar kiritish ko'nikmasi hosil bo'ladi.

Kurs ishi quyidagi tartibda bajarilishi kerak:

1. Mavzu tanlash.

2. Mavzu rejasini tuzish.

3. Tanlangan mavzuning xususiyatlarini o'rganish.

4. Tadqiqot metodlari va vazifalarini aniqlash.

5. Mavzu bo'yicha adabiyotlar ro'yxatini tuzish.

6. Malakaviy amaliyot davrida mavzu bo'yicha kuzatish o'tkazish, to'plangan ma'lumotlarni tartibga solish, xulosalar chiqarish.

7. Tayyorlangan kurs ishi rahbar tomonidan ko'rib chiqiladi, ko'rsatilgan kamchiliklar bartaraf etiladi hamda kompyuterda terilib, taqriz uchun kafedraga topshiriladi.

8. Kurs ishini himoya qilish. Himoya qilish uchun talaba kurs ishining ikkinchi nusxasi va taqrizni ilmiy rahbariga taqdim etadi. Kurs ishning birinchi nusxasi kafedrada qoladi. Himoyaga tavsiya etilmagan talaba qaytadan ishni to'ldirib tuzatadi, taqrizga beradi va qayta himoya qiladi.

Himoyaga qo'yiladigan kurs ishi kompyuterda terilib muqovalanishi kerak. Kurs ishining titul varag'ida oliy ta'lim, fakultet va kafedra nomi, mavzuning nomianishi, ilmiy rahbar va talabaning ismi-sharifi, himoya yili ko'rsatiladi. Keyingi sahifasida mavzu rejasi, kirish, mavzuning dolzarbliligi, uning maqsad va vazifalari, taxminiy farazi, izlarrish metodlari va uning natijalari hamda ishning oxirida xulosa, amaliy tavsiya, takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati bo'lishi kerak. Mavzuga oid illustratsiyalar, ya'ni jadvaliar, rasm, grafik ishlar matnning kerakli joyida yoki oxirida ilova tarzida adabiyotlar ro'yxatidan so'ng berilishi mumkin.

Kurs ishining hajmi, uning xarakteriga izlanayotgan mavzuning xususiyatiga, adabiyotda yoritilish darajasiga, ishning maqsad va vazifalariga, ilmiy tadqiqot usullariga, shuningdek, to'plangan materialni izlanuvchi qanchalik aniq ravshan yorita olishiga bog'liq. Ish tajribasi shuni ko'rsatadiki, kurs ishi matni kompyuterda terilganda 25-30 betda mufassal bayon etiladi.Kurs ishida stilistik va orfografik xatolar bo'lmasligi kerak, aks holda u bahoning pasayishiga olib keladi. Kurs ishining barcha betlari raqamlangan bo'lishi kerak. Faqat titul va mavzu rejasiga tartib raqami qo'yilmaydi. Ammo ular ham umumiy hajmda hisobga olinganligi uchun «Kirish» 3-betdan boshlanadi.

Kurs ishi uchun mavzular banki kafedrada mavjud bo'lib, ular fakultet ilmiy -metodik kengashida tasdiqlanadi. Mavzular bankini tuzishda pedagogika, psixologiya va tasviriy san'at o'qitish metodikasi fanlan bo'yicha dunyoda erishilgan yangi fan yutuqlari, yangiliklari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablari, kasb-hunar va pedagogika kolleji dasturlarining talablari hisobga olinadi. Har bir mavzu puxta

tuzilgan bo'lib, badiiy ta'lim-tarbiyaning muhim jihatlarini yoritishga qaratilishi kerak. Har bir talaba mavzu tanlashda o'z imkoniyatlardan va qiziqishlaridan kelib chlqishi hamda bo'lg'usi ilmiy rahbari bilan albatta maslahatlashishi kerak.

Mavzu bo'yicha ishlash jarayonida talaba mustaqil fikrlay olishi, zarur adabiyotlarni tanlab, uni tahlil qilishi, tadqiqot usulini belgilashi, tajriba va kuzatish ishlarini o'tkazishi va yig'ilgan natija malumotlarni tartibga solib, izchillikda bayon qila olishi kerak.Zarur holatlarda mavzuni o'zgartirish kafedraning qarori bilan amalga oshiriladi.

Har bir kurs ishi reja asosida bajariladi. Rejaning puxta tuzilishi kurs ishining mazmunli bo'lishiga va qismlari o'rtasidagi mantiqiy uzviylikka bog'liq. Bunday tuzilgan reja ishning maqsadga muvofiq olib borilishiga va muddatida bajarilishiga yordam beradi.

Kurs ishining namunaviy rejasi quyidagicha bo'lishi mumkin:

1. Kirish — mavzuni asoslash va uning muhimligini isbotlab berish.

2. Asosiy va maxsus adabiyotlar tahlili — masalaning nazariyasi va tarixi yoritiladi va uning qay darajada o'rganilganligi bayon etiladi, shu mavzu bo'yicha hali yoritilmagan yoki o'rganilishi zarur bo'lgan muammolar ko'rsatiladi hamda aniq vazifalar belgilanadi.

3. Tekshirish metodlari — eksperiment o'tkaziladigan joyi, vaqti ko'rsatiladi, o'quvchilarni kuzatiladigan va o'rganiladigan xususiyatlari belgilanadi hamda to'plangan malumotlarni ishlab chiqish usullari ko'rsatiladi.

4. Eksperiment natijalari — alohida bobda asosiy qism bo'lib, yig'ilgan malumotlar bayon etiladi. Asosiy qismda muallif mustaqil ravishda olib botgan tadqiqotlarining yakuniy bayonini yoritadi. Bu qismini yozishda tadqiqot ishining borishi, unda qanday usullar qo'llanganligi va hokazalar ko'rsatiladi. So'ng bu tadqiqotdan olingan natijalar tahlili beriladi.

5. Xulosada esa keltirilgan malumotlar umumlashtiriladi va hayotga tatbiq etish bo'yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Adabiyotlarni o'rganish mavzu ustida ish olib borishishning dastlabki bosqichi bo'lib, qo'yilayotgan masalaning, qay darajada o'rganilayotganligi va yana nimalar qilish kerakligini aniqlashga qaratilgan bo'ladi hamda kurs ishining asosi, poydevori hisoblanadi. Faqat maxsus adabiyotlarni atroflicha o'rganish orqali mavzu ustida ish olib borishning yo'nalishini belgilash, uning o'rganaish darajasini va kelgusida ilmiy tekshirish o'tkazish uchun qanday imkoniyatlarga egaligini aniqlasa bo'ladi. Adabiyotlarni o'rganish jarayonida shu masalada nimalar malum va nimalar noma'lum ekanligi, nimalar malum bo'lsa ham hali yetarli darajada to'liq va aniq

isbotlanmagan, malum narsalardan nimalar eskirib qolgangini bilib olish kerak. Bu malumotlar mavzuni aniqlash va o zi o'tkazadigan ilmiy tadqiqotnmg hajmini belgilash uchun zarur.

Maxsus adabiyotni o'rganish, odatda, kurs ishi bajaiirhning boshidan oxirigacha davom etadi. Adabiyotlar ro'yxatini tuzish vaqtida kitoblarning nomi, mazmuni ko'rsatilgan ro'yxat bibliografiyadan foydalanish lozim.

Kitob bilan ishlashda quyidagi tartibga rioya qilish tavsiya etiladi:

a) kitobning muallifi, nomi, nashr etilgan yili va nashriyot ish;

b) so'zboshi, kirish qismi o'qib, muallifning maqsadi va oz oldiga qo'ygan vazifasi amiqlanadi;

d) mundarijasiga qarab kitobning hamma boblarini o'qib chiqish zarurmi yoki yo'qligi aniqlanadi;

e) kitob qaysi mutaxassislar uchun mo'ljallanganligi belgilanadi. Kitob yoki maqolaning mazmuniga qarab, u bilan ishlash usuli aniqlanadi:

a) kitobni ko'zdan kechirish — qiziqarli kerakli material bilan tanishish, mundarijasi, rasimlari, chizmalarmi sinchiklab o'rganish;

b) kitobni bir boshdan o'qish — shoshmasdan, kerakli joylarga belgi yoki savollar qo'yib o'qib chiqish;

c) puxta o'zlashtirish - asar haqida qisqa malumot yozish,konspekt tuzish maqsadida uning mazmuni va mohiyatim chuqur orgarrish.

Adabiyotlami o'qiganda talaba asosiy fikrini tezlik bilan aniqlab olishga, uni tanqidiy idrok etishga, oz g'oyalari bilan bogiangan qisqa, lekin amq qilib konspektlab olishni bilishi kerak. Qulaylik bo'lishi, to'plangan materialni bir tizimga solish va keyinchalik undan foydalanish mumkin bo'lishi uchun har xil ko'chirmalar va belgilar qilinadi. Bular alohida qog'oz varaqlarining faqat bir tomoniga yoziladi. Bu ko'chirimlar keyin alohida papkalarga bajarilayotgan kurs ishining rejasida ko'rsatilgan boblar va bo'limlarga qarab ajratib saqlanadi. Xuddi shu tariqa kurs ishi muallifi adabiyot o'qishi mobaynida paydo bo'lgan o'z fikr-mulohazalarini ham yozib borishi va foydalanish mumkin bo'lgan bob yoki.bo'limni ko'rsatib ketishi kerak.

Kuzatish o'tkazishning asosiy vazifasi izchillik bilan maqsadga muvofiq holda pedagogik tajriba oshirish va uni o'rganishdir. Bu metod o'quvchilarga badiiy talim-tarbiya berishni, turli muammolarini hal qilishda keng foydalaniladi. O'quvchilar tomonidan turli materiallarning imkoniyatlarini va ishlatish yo'larini o'rganish jarayoni, darslarning mazmuni, uning o'quvchilar uchun qay darajada qiziqarli ekani, darsda talimning qaysi usul va uslublaridan foydalanish lozimligini kuzatishga kiradi va hokazo.

Pedagogik kuzatishlar maxsus tayyorlanadi va o'z ichiga:

a) odatdagi, ya'ni har doim o'tkaziladigan tasviriy san'at darsini kuzatish;

b) maxsus tashkil etilgan, oldindan tayyorgarlik ko'rilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan o'tkaziladigan alohida darslami kuzatishni oladi. Bunda pedagogika, psixologiya fanlarining yangiliklari ham hisobga olinadi.

Ilmiy tadqiqot o'tkazish vaqtida o'rganilayotgan hodisani kuzatish natijalari yozib olinadi va zarur bo'lsa, uni yana xuddi o'sha sharoitda takrorlash mumkin bo'ladi. Eksperiment sun'iy yaratilgan sharoitda ham, tabiiy holatda ham o'tkazilishi mumkin.

Eksperiment o'tkazish uchun tadqiqot talabiga muvofiq:

1) o'tkazish rejasini tuzish;

2) nazorat va eksperimental guruhlar, sinflar tanlash;

3) darsga tayyorlanish konspekti, ko'rgazmali qurollar, o'quvchilar uchun rasm qog'ozi, bo'yoqlar, mo'yqalamlar, qalam va hokazo;

4) darsni kuzatish;

5) o'quvchilaming ishlarini yig'ib olish va baholash;

6) natijalami bayonnomaga kiritish;

7) to'plangan m' lumotlarni tahlil qilib, umumlashtirish;

8) o'tkazilgan kuzatish yuzasidan xulosalar chiqarish lozim bo'ladi.

Ilmiy tadqiqotlar o'tkazish jarayonida to'plangan materialni matematik yo'l bilan hisoblash yoki jadval usulida tasvirlash talab etiladi. Har xil jadval, rasm va diagrammalar chizish, to'plangan materialni tahlil qilishga qulay sharoit yaratadi. Bunda ikki sinfda o'tkazilgan kuzatish natijasi jadval orqali ko'rsatiladi va ular bir xil kattalikda, bir xil belgilar bilan bajariladi.

a) adabiyotlardan olingan ma'lumotlaming tahiili;

b) hujjatli dalillami — dars rejalari, o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar, darslaming qarorlari, hisobotlar, sorovnomalar, suhbatlar va savol-javob natijalarining tahlili va umumlashtirish.

To'plangan material bayon etilganda ko'rilayotgan masala va dalillar izchillik bilan hisobga olib borilishi kerak. Kurs ishida berilgan m a'lumotlar maxsus ilmiy bilimlar darajasida bo'lishi kerak. Ko'rilayotgan masalaning asosiy mazmunini yaqqol ochib berish talab etiladi. Har bir murakkab masalaning tugallanishida, albatta, qisqacha xulosa bilan yakunlanadi. 0 'z izlanishlarini bayon qilish chog'ida ashyoviy dahllarga tayanish raqam, jadvallar va hokazo kerak. Rasmlar ilova qilingan matn, odatda, qisqa va tushunarli bo'ladi. Ishda o'z ixtiyori bilan so'zlarni qisqartirish

mumkin emas. Manbalardan ko'chirmalar keltirilsa, uning qayerdan olinganligi kurs ishining ayni shu betida, pastki qismida, aniq va to'liq holda beriladi.

Kurs ishi birinchi shaxs, ko'plikda yoki nom a'lum shaxs nomidan ko'rilgan, yozilgan, qabul etilgan va hokazo yozilgani m a'qul. Kiritilgan taklif va mulohazalar muallifning shaxsiy kuzatishlari bilan yoki adabiyotlardan olingan ma'lumotlar asosida quwatlansa, yaxshi bo'ladi. O'rganilayotgan masala yuzasidan turli fikrlaming o'xshashlik va farqlarini aniqlab, taqqoslab borish juda muhim va ahamiyatlidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bunda bir-biri bilan uzviy bog'lanishda bo'lgan hodisalar taqqoslanishi kerak. Taqqoslashni bir xil belgilar bo'yicha yoki bir xil yo'nalish bo'yicha o'tkazgan m a'qul. Masalan, bir sinfdagi o'quvchilarning o'zlashtirishini, ularning awalgi bilim darajasi bilan qiyoslasa bo'ladi. Ba'zi adabiyotlarda ko'rilayotgan masalaga nisbatan turli munosabatlar uchraydi. Bunda yuqoridagi fikrlami tahliliga tayangan holda talaba, o'z izlanishlari natijasi, shaxsiy qarashlarini ifodalashi mumkin. Bunday mustaqil fikr yuritilishi kurs ishining qimmatini oshiradi va bahosini ko'taradi.

Har bir bobni, albatta, yangi betdan boshlab yozish talab etiladi. Hamma bob va bo'limiarni yozishda ulaming nomlanishini ko'rsatish kerak. Kurs ishining matni qog'oz varag'ining bir tomoniga chetidan o'z mulohazalarini bildirish uchun joy qoldirib yoziladi.

Tajriba natijalarirri dalillar bilan isbotlash uchun muallif o'z fikr-mulohazalarini jadval, fotosurat bilan to'ldiradi. Har bir illustratsiya o'z nomiga ega bo'lib, qo'shimcha yozuvlarstz tushunarli bo'lishi va tartib bilan raqamlanishi kerak. Masalan, «l-rasm» yoki «1-jadval. Kurs ishi mavzusiga mos holda rasmlar oq-qora yoki rangli, turli texnikalarda bajarilgan bo'lishi mumkin, lekin ular badiiy jihatdan yetuk bo'lishi shart. Kurs ishi matnini yozislida uning mazmuniga alohida e'tibor berish lozim. Juda qiziqarli fikrlar keltirilgan kurs ishi ham tushunarsiz va qo'pol xatolarga yo'l qo'yib yozilgan bo'lsa, o'z qiymatini yo'qotadi. Matnda ortiqcha so'zlar va jumlalar bo'lmasligi, muallifning fikri aniq, ravon yoritilgan bo'lishi talab etiladi.

Ikkinchi darajali masalalar tafsilotiga berilib ketib, matnni ortiqcha maydalashtirib yubortsh yaramaydi. Yuqortda ko'rsatib o'tilgan kamchiliklariga yo'l qo'ymaslik uchun qo'lyozmam qayta-qayta o'qish, undagi kamchihklarni tuzatish, o'zgartishlar kiritish kerak bo'ladi. Nisbiy tugallangan fikrm bildiradigan jumlalar matnda alohida yangi qatordan yoziladi. Matnni yozishda umumiy qabul qilingan termin (atama)lardan foydalanish, yangi so'z ishlatils unga izoh berib borish zarur.

Qo'lyozma ustida ish olib borishning muhim bosqichlandan biri xulosalar chiqarish va amaliy tavsiyalar berishdir. Xulosalar ishning mazmunidan kelib cliiqishi va bir-ikki jumla orqali uning mohiyatini ochib beradigan bo'lishi kerak. Demak, muallif xulosa chiqarganda ishning asosiy mazmunini, uni amalda tatbiq etish haqidagi tavsiyalarini qisqacha yoritislri lozim. Qo'yilgan vazifa va to'plangan materialning miqdoriga qarab xulosalar taxminan 3-5 punktdan iborat bo'lsa yetarlidir. Xulosa qismini haddan tashqari oshirib yuborish, unga xususiy va tasodifiy narsaiar kiritish tavsiya etilmaydi.

Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, xulosa va takliflardan so'ng foydalamlgan adabiyotlar ro'yxati keltiriladi. Uni tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish zarur:

Muallif familiyasi, ismi, sharifi; maqolaning sarlavhasi; maqola chop etilgan jurnal yoki ilmiy to'plamning nomi; nashr etilgan joyi; tom, nomer; nashr etilgan yili; betlar.Adabiyotlar ro'yxatida mualliflaming familiyasi va ulami asarlari alfavit bo'yicha joylashishi kerak. Bir xil familiyali mualliflar uchrab qolsa, ular ro'yxatda ismi sharifi bo'yicha yoziladi. Bitta muailifning turli kitoblaridan foydalanilgan bo'lsa, ro'yxatda familiyasini bir marta ko'rsatib, «yana» so'zini ishiatish va ishning

nomini yozish kerak. Kitob mualliflar hamkorligida yozilgan bo'lsa, ro'yxatda ularning familiyalari alfavit bo'yicha joylashtiriladi. Xorijiy mualliflaming familiyasi chet tilida yoziladi, ro'yxatni oxirida beriladi.

Ishning matni yozilib va tekshirilib, illustratsiyalar tayyorlanib, adabiyotlar ro'yxati tuzib bo'lgandan so'ng, ilmiy rahbarnmg ruxsati bilan kompyuterda yozish uchun beriladi. Kurs ishi standart yozuv oq qog'ozida, Word dasturi Times New Roman (o'zbek tilida) shriflarida 14 kattaligida yoziladi. 1,5 intervalda chapdan 30mm, o'ngdan 15mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holatda sahifalanadi.

Sarvaraq sodda va chiroyli bo'lishi rang-barang bo'lib, bachkanalashib ketmasligi kerak. Sarvaraqda ma'lum izchillik va tartib bilan quyidagilar joylashtiriladi: Oliy o'quv yurtining nomi, fakultet va kafedra, kurs ishining mavzusi, bajargan muailifning nomi va familiyasi, o'qiydigan guruhi, kursi, ilmiy rahbaming unvoni,familiyasi va ism-sharifi, kurs ishi bajarilgan vaqt va shahar.Kurs ishining rejasi, mundarija sarvaraqdan keyin qo'yiladi va uning tuzilishini boblar yoki bo'limlar bo'yicha betlari bilan ko'rsatibturadi.

Ish kompyuterdan chiqqach, talaba uni:

a) diqqat bilan o'qib, qoiyozm a to'liq ko'chirilganligi, betlar to'g'ri belgilanganligim aniqlashi;

b) rasm va jadvallar matnda to'g'ri ko'rsatilganligini tekshirishi;

d) matnni diqqat bilan o'qib, undagi xatolarni bartaraf etishi;

e) ishni muqovalatishi zarur.

Muqovalangan ishga qo'l quyib, ilmiy rahbarga qo'l qo'ydirib,kafedraga taqriz yozish uchun topshirish kerak. Kurs ishini ilmiy rahbar va opponent qarshi chiquvchi tekshirib chiqqanlaridan so'ng himoyaga tavsiya etiladi.Taqrizlar bilan tamshib, talaba himoyaga tayyorlanadi va ishrri kafedranmg Ilmiy metodik kengash a'zolarining ishtirokida yoqlaydi.Himoya muddatlan dekanat tomonidan belgilanadi. Yoqlash uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi, shu vaqt mobaynida talaba o'z

bilimlarini aniq va lo'nda ifodalashi, savollarga to'g'ri va yetarlicha to'liq javob berishi kerak.

Kurs ishining bahosi himoyadan so'ng metodik kengashi tomonidan muhokama qilib qo'yiladi va eshittiriladi.

XULOSA

Tasviriy san'at fanlari bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda «Tasviriy san'at o'qitish metodikasi — «san'atshunoslik » fakultetida o'rganiladigan asosiy kurslardan biri bo'lib, u bo'lajak o'qituvchilarni amaliy mashg'ulotlarda metodik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirishning muhim omilidir.

Bu amaliy mashg'ulotlar mazmuni talabalar badiiy-kasbiy bilimi, malaka va mahoratini har jihatdan mukammal (professional) va jiddiy o'zlashtirishni hamda ulami maktab o'quvchilari va kollej talabalariga badiiy ta'lim-tarbiya berish jarayonida yondasha bilishni va o'rgatishni nazarda tutadi.

Tasviriy san'at o'qitish metodikasi fanidan Kurs ishi vazifasini tayyorlash va uni bajarish bilan bog'liq bo'lgan muhim masalalar dars jarayonida yoritiladi. Buni tayyorlashda fakultet tomonidan berilgan tasdiqlangan Kurs ishi mavzulari men ushfanning namunaviy dasturi va metodik ko'rsatmalariga, shuningdek, san'at fakultetida uzoq yillik mehnat tajribamga ham asoslandik.

REFERENCES

1.AbdullayevN. San'at tanxi. 2 tomlik, I-tom , - T.: San'at, 1986 - 190-bet.

2. Azimova B.Z. Naturmort tuzish va tasvirlash. T.: 0 'qituvchi. 1984.

2. Azimova B.Z. Badiiy-grafika fakultetida kurs ishi bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar. T.: 1989.

3. Abdirasilov S. Tasviriy san'at o'qitish metodikasidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish. T.: 1996.

4. Abdirasilov S., Tolipov N. Rangtasvir. T.: Bilim, 0 'MKHTM,2005.

5. Abdirasilov S. Tasviriy san'at atamalari. T.: Nizomiy nomidagi TDPU rizografida,

2003.

6. Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.:O'zbekiston, 2006.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san'at. T.:Cho'lpon, 2006.

8. Boymetov B., Abdurasulov S. Chizmatasvir. T.: G '.G 'ulom matbaa ljodiy uy.

2004.

9. Bulatov S. 0 'zbek xalq amaliy bezak san'ati. T.: Mehnat, 1991.

10. Bulatov S. Amaliy san'at qisqacha lug'ati. T.: Mehnat. 1992.

11. Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta 'lim samaradorligini oshirish yo'llari. T.: Nizomiy nomidagi TDI ', 2004.

12. Majidov J. Tasviriy san'atdan maktabdan tashqari ishlar. T.: 0 'qituvchi. 1983.

13. Mirzaahmedov M.A. Boshlang'ich naqsh ishlash metodikasi. T.: 0 'qituvchi, 1976.

14. Nabiyev M. Rangshunoshk. T.: 0 'qituvchi. 1995.

15. Tolipov N. Maktabda tasviriy san'at to'garagi. T.: Fan. 1995.

16. Hasanov R. Maktabda tasviriv san'atni o'qitish metodikasi.T.: Fan. 2004

17. Xudoyorova O. Ozbekiston maktablarida tasviriy san'at o'qitish tarixidan. T.: 1993.

18. Mamatkulov, S. N., & Ibragimova, K. (2020). National and Universal Content of Fine Arts. Ancient History and Development of Fine Arts of Uzbekistan. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 195-198.

19. Nazarovich, M. S., Ibodullaevich, A. S., Qudrat kizi, H. M., Turon ugli, A. R., & Bakhtiyor ugli, A. X. (2019). Fine Art Of Uzbekistan During The Years Of Independence. International Journal of Research, 6(13), 536-540.

20. Mamatqulov, S. N. (2020). Tasviriy san'at metodikasining mazmuni va uni o'qitish uslullari. Academic Research in Educational Sciences, 1(3), 632-638.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.