Научная статья на тему 'Проблема литературного языка в первой половине написанных источников XIX века'

Проблема литературного языка в первой половине написанных источников XIX века Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
164
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
литературный язык / наречие / местный диалект / лексический пласт / Махмур / Гулхани / Мунис / Мукими / Фуркат / разговорный язык. / literary language / dialect / local dialect / lexical layer / Maxmur / Gulkhani / Munis / Muqimi / Furkat / colloquial language.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Сарвиноз Шарипова, Лайло Раупова

В статье анализируется проблема литературного языка Центральной Азии в первой половине XIX века. В частности, с лексической точки зрения изучаются произведения Муниса, Махмура, Гулхани, Мукими, Фурката. Роль разных наречий и диалектов в формировании литературного языка проиллюстрирована примерами.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The problem of literary language in the written sources of the first half of the XIX century

The article analyzes the problem of literary language in Central Asia in the first half of the XIX century. In particular, the works of Munis, Makhmur, Gulkhani, Muqimi, Furkat are studied from the lexical point of view. The role of different dialects and dialects in the formation of literary language is illustrated by examples.

Текст научной работы на тему «Проблема литературного языка в первой половине написанных источников XIX века»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The problem of literary language in the written sources of the first half of the XIX century

Sarvinoz SHARIPOVA1 Laylo RAUPOVA 2

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi and Ahmad Yassavi International Turkish-Kazakh University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

literary language,

dialect,

local dialect,

lexical layer,

Maxmur,

Gulkhani,

Munis,

Muqimi,

Furkat,

colloquial language.

The article analyzes the problem of literary language in Central Asia in the first half of the XIX century. In particular, the works of Munis, Makhmur, Gulkhani, Muqimi, Furkat are studied from the lexical point of view. The role of different dialects and dialects in the formation of literary language is illustrated by examples.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

XIX-asr birinchi yarmi yozma yodgorliklarida adabiy til muammosi

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar: adabiy til, lahja,

mahalliy sheva, leksik qatlam, Maxmur, Gulxaniy, Munis, Muqimiy, Furqat, so'zlashuv tili.

Maqolada XIX-asr birinchi yarmida Markaziy Osiyodagi adabiy til muammosi tahlil qilinadi. Xususan, Munis, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat ijodi namunalari leksik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Misollar orqali turli lahja va shevalarning adabiy til yaratilishidagi o'rni haqida mulohaza yuritiladi.

1 Master, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi and Ahmad Yassavi International Turkish-Kazakh University. Tashkent, Uzbekistan.

E-mail: [email protected].

2 Doctor of Philology, Professor, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi and Ahmad Yassavi International Turkish-Kazakh University. Tashkent, Uzbekistan.

Проблема литературного языка в первой половине написанных источников XIX века

Ключевые слова:

литературный язык, наречие,

местный диалект,

лексический пласт,

Махмур,

Гулхани,

Мунис,

Мукими,

Фуркат,

разговорный язык.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется проблема литературного языка Центральной Азии в первой половине XIX века. В частности, с лексической точки зрения изучаются произведения Муниса, Махмура, Гулхани, Мукими, Фурката. Роль разных наречий и диалектов в формировании литературного языка проиллюстрирована примерами.

O'zaro feodal urushlar, Buxoro va Xiva xonliklarining Eron davlati bilan urushga mamlakatda iqtisodiy va madaniy tushkunlikni yanada keskinlashtirar edi. Shuning uchun ham bu davrda ijod etgan shoir va yozuvchilarning asarlarida mehnatkash ommaning jabr ko'rishlari o'zining aksini topgan edi. Bu davr shunisi bilan xarakterliki, unda badiiy stilda hajviya stili keng qo'llanishda bo'ldi.

Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalarga tayangan holda rivojlandi. XVII-XIX asrlardagi o'zbek adabiy tilini o'rganishda o'sha davrda yaratilgan tarix asarlari, tazkiralar, shoirlarning ijodlari asosiy manba bo'ladi.

XIX-asrlar adabiy tilini o'rganishda mazkur davrlarda yashab ijod etgan shoirlar ijodi ham yetarli manba bo'ladi. Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Maxmur, Gulxaniy, Bahodirxon Munis, Ogahiy, Feruz, Muqimiy, Furqatlar munosib hissa qo'shdilar.

Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an'anasi bilan birga, g'arbiy adabiy til shakllari ham uchraydi. Bu Fuzuliy she'riyati tilining ta'siri natijasida paydo bo'lgan.

XIX-asrlar adabiy tilining taraqqiyotida, uning jonli so'zlashuv tili hisobiga boyib borishida Vafoiy (hayoti va faoliyati haqida to'la ma'lumot yo'q), Muhammadrizo Ogahiy, Pahlavonquli Ravnaq, Mujrim-Obid, Shermuhammad kabi shoir va yozuvchilarning roli kattadir. Shundan biz Munis, Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy va Furqat asarlarining til xususiyatlari bilan tanishamiz.

Munisning lirik she'rlari devon sifatida to'plangan bo'lib u "Munis-ul-ushshoq" deb ataladi. Shuningdek, u "Firdavs-ul-iqbol" tarixiy asarining hamda pedagogika va tilshunoslikka oid "Savodi ta'lim" risolasining muallifidir. Munis Mirxondning "Ravzat-us-safo" asarini o'zbek tiliga tarjima ham qilgan.

Munis adabiyotida va adabiy til normalarini saqlashda Navoiy traditsiyalariga amal qiladi. Shuning uchun ham u Navoiyni o'ziga pir, ustod deb biladi:

Sez ichrd Naväiyki, jahängirdurur

Munisg'a maäniy yolbida pir durur.

Har bir progressiv yozuvchi va shoirlarda bo'lganidek, Munis o'z ijodiyotida Navoiy traditsiyalarini davom ettirar ekan, adabiy tilni xalq so'zlashuv nutqi hisobiga boyitib bordi.

Munis Xorazmiy asarlarida xalq so'zlashuv tilida mavjud bo'lgan leksik boyliklardan ustalik bilan foydalandi. Uning tilida umoch, atala, tang, lang, pavgon, taqir-tukur, shaqur-shuqur, qabag', tapuq, qopu, evur, evrulay evurdi, yugorusa, yurumoq, batar kabi so'zlar

qo'llangan. Shoir she'riyatida ko'tarinki ruhni saqlash maqsadida ma'nikishvarin (ma'no viloyati), (ahli donish, guli-gulshan, otashiishqing, ganjihusn, gulilatif, mehrobi tarh, (osh uchun qurilgan bino), motomi oshufta (oshiq motami) kabi izofali birikmalardan ham foydalandi.

Munis asarlaridagi grammatik formalar asosan o'sha davr normalariga muvofiq keladi. Ayrim affiks variantlaridagana farqlar seziladi. Masalan, qaratqich kelishigi -nun tarzida uchraydi:

MuniHdek ezyw xazin qbilma kep Куцу! mätamidin g'ambin qbilma kep.

Umuman, kelishik affikslarining barcha singarmonistik variantlari uchraydi.

Munis she'rlarida bog'lovchilardan lek, va lekin, varkabi bog'lovchilari qo'llangan.

Lek sendin keryb base ixläs

Seni bu xizmat ichrd qbilduq xäs.

Valekin charxi dunparvar qbilbib lahza yyz bedad

Vujudimnbi etibdyr xäk yanglbig ' mujibi nakbat.

Var yaxshbi tug'ulmasa qalamlar

Shak yoqki yaman tushular raqamlar.

Munis asarlarida o'g'uz tili elementlari ham ko'plab qo'llangan:

1) buyuk Navoiy traditsiyasiga ergashish tufayli;

2) Shermuhammad Munisning o'zi o'g'uz shevasi vakili bo'lishi tufayli;

3) Ulug' Ozarbayjon shoiri Fuzuliyning ijodidan ilhomlanish tufayli uning asarlariga kirib kelgandir.

Uning she'rlarida sifatdoshning -mish affiksi bilan ifodalangan turi qayd qilinadi: Hamesha bashbim urarmen yolbing sarbi sanamä Magarki ishq aro bolmish men elga qiblanamä.

Shuni aytish kerakki, -mish affiksining olgan so'z uning asarlarida o'tgan zamon fe'li ma'nosida ham qo'llangan:

Roza bisyor meni taH etmish (etdi) Badanim sust, ayag'bim laH etmish.

Bo lso'zining o'g'uz tillariga xos olvarianti ham qo'llangan: HarsezkikeHyldin oldbi mavjud Xat bolmasa, bolg'ay erdi näbud. Yoki:

Shayxlar kandidin oldbim tangdil Lutf ild bol dilkusho, ey mug'bacha.

Navoiy va Bobur asarlarida uchraganidek, hozirgi-kelasi zamon fe'lining bo'lishsizi -mon affiksi bilan ifodalangan:

Bä vujudi mahrumiyat tapmbisham mahrumlik Har nechd qbilsam jaamul bilman anbiH illdtin.

Munis asarlaridagi arabcha-forscha so'zlarning qo'llanishida Navoiy va Bobur traditsiyasiga amal qilganini ko'ramiz. Munis tomonidan qo'llangan arabcha, forscha-tojikcha so'zlar Navoiy va Bobur asarlarida qayd qilingan so'zlardir. Lekin ulardan Munis o'z o'rnida va maqsadga muvofiq foydalangan Turkiy so'zlardan foydalanish ya'ni undan qofiya, radif sifatida foydalanishda Lutfiy ijodining ta'siri ko'rinadi. Masalan, Tez etar jänän g'ambi ishqbim otbinbi qozg'alab Qaydurur ul otg'a bir-bir ustuxänimni qalab.

Yoki:

Jänbimg'a urdungätashiishqbing tutashturub, Yaqtbingsongaklarimni ul otg'a qalashturub. Yoki:

Ultururlar meni har dam kezu qashbi talashbib Tirguzurlar ikki jän baxsh dudägbiyarashbib.

Keltirilgan baytlardagi qofiyalarda turkiy so'zlar ishtirok etgan. Munis hatto undov va taqlidiy so'zlardan ham qofiya sifatida foydalangan.

FiräkbiH, shiddatidin kezldrimdin qan aqar tim-tim, Kerib anbi raqibikinavar har dam kYldr qah-qah. Chekar zavqi sihi qadding bild qumrbi fig'än ku-ku TuzarshavqigYliro'ybiH, bild bulbulnavä chaq-chaq.

Ko'rinadiki, o'zbek adabiy tili imkoniyatlari Munis ijodida keng kuloch yoydi. O'zbek adabiy tili taraqqiyotining XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi holatini Gulxaniy asarlari orqali o'rganamiz. Gulxaniy shoir sifatida bir necha g'azallar va XVIII asr oxirining prozasi namunasi bo'lgan "Zarbulmasal" asarining muallifidir. Uning g'azallarida tematikasi va tilida avvalgi shoir va yozuvchilar traditsiyasi saqlangan holda, unda o 'g'uz elementlari nisbatan kengroq o'rin egallagan. Masalan, I shaxs hozirgi-kelasi zamon fe'lida o 'tuzcha xususiyat seziladi.

Belu ag'zbidbin nishän gar biz sari mo ' desdldr,

dyldrdm inkär iqrär etmddim därbin kerYH,.

Sifatdosh bo'lishsizdan so'ng -z affiksi bilan hosil qilingan:

KengYl ezYdddYr dunyag'a arzi ehtiyoj etmdz

Tariqat saliki, buyolda mayli izdiväj etmaz.

Shart mayli - za affiksi bilan hosil qilingan.

Ayrim so'zlardan fonetik jihatdan ozarbayjon tiliga xos xususiyat ko'rinadi: Qayu bemära la'lidin shifä vermish masih äsä Nadin ulsho'xanglab, Gulxaniy, dardingiläjetmdz.

"Zarbulmasal" asari o'sha davr prozasining namunasi bo'lishi bilan birga, folklor materiallaridan foydalanib yozilganligi uchun ham, xalq tilining adabiy tilga yaqinlashtirishga xizmat qilgan asarlardandir.

Gulxaniy «Zarbulmasal» asarida xalq og'zaki ijodi asarlarini qayta ishlash bilan birga uning uslubi va badiiy vositalarini ham saqlab qoldi. Bular quyidagi holatlarda ko'rinadi:

1. "Zarbulmasal"ning ayrim hikoyalari xalq og'zaki ijodiga bo'lgan so'zlar bilan boshlanadi: "Bor erdi Farg'onada bir sarbän" (Tuya bilan bo'taloq), "Ilgargi ayyomda ikki kabutar bor erdi" (Bozonda va Navozanda).

2. Ommaviy janr bo'lgan maqollardan o'rinli foydalangan.

Asarda ikki tildan (o'zbek, tojik) maqollar keltirilib boradi va bu maqollar asar mazmuniga ustalik bilan singdirib boriladi.

Asar tilida jonli tilga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlarni ko'ramiz:

1. Qaratqich va tushum bir xil ko'rsatkich bilan ifodalangan o'rinlar mavjud: Hosili umri edi ul baynbi

Atbigunashbonu oshalbayni.

2. -q bilan tugagan so'zlarga III shaxs egalik affiksi qo'shilganda, negizidagi shu undoshlar jaranglamaydi: Faräsat ayaqbi aqsaq qbiznbi äshbiqbig'a berdi.

3. Adabiy tilda qo'llanib kelingan yechmaq, chechmaq, tarzida qo'llangan: "Yana bir masal borki: Er bashiga shi tushsa, etyk chechmdysuvkechdr".

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Jonli tilga xos bo'lgan - turgon affiksi qo'llangan: hamiyat himmatini darjo'sh kelturub, yarim xazina dinar, yyz teva, uch yyz qaramal, uch yyz ybilqbi, besh yyz qoy va qbiznbiH, bash-kezi yasala turgan qalbinnbi jamlab...

5. Jonli tilda bo'lgan itdrchi (itboquvchi: "It qig'onniitorchi qilmas"),yavuq (uzoq), sunmaq (taklif qilmoq:) "Soqiyi tushtaroqlar piyola suna boshladilar"), "Burnog'i (a vvalgi)lar masalidurki".

Shuningdek "Zarbulmasal"da xalq o'rtasida keng qo'llanadigan teva, taka, ayran, sapal, qatqaq, burunduq, taylaq, qo'naq, aqsaq, yantaq, boqaq, kulba, kurk tavuq, tutav, sachbag', tushav, bo'ydaq, kabi so'zlar ishlatilgan.

6. Og'zaki nutqda ko'p qo'llaniladigan frazeologik birikmalardan foydalangan: ag'zbinbi bir burchidin chekar,. Jan satbib ezin uyin etardi tan. Ag'biz ashgayetgdndd burni qanagan, xas tarbuznbi qoltug'ui^ga alma va boshqalar.

"Zarbulmasal"da qo'llangan boshqa til elementlari avvalgi so'z ustalari asarlarida ishlatilib kelgan grammatik va leksik elementlarga muvofiq keladi.

Asarda fors-tojik va arab so'zlari ham ana shu davr traditsiyasiga ko'ra qo'llangandir. Gulxaniy asarlarida stil talablariga muvofiq sinonim so'zlardan unumli foydalangan: g'am-g'ussa-anduh, âsmân-kek-falak, xalq-ulus-el, ism-at, yoldash-hamrah, nama-xat, ay-qamar, aftab-quyash-shams-xurshid, chayan-aqrab, taraf-jonib, yyz-âraz-jamal, daryo-nahrva boshqalar.

Demak, Gulxaniy jonli tilning leksik va grammatik imkoniyatlaridan keng foydalandi. Saroy aristokrat yozuvchilari esa jonli tildagi qator oddiy so'z va iboralarni qo'llashdan bosh tortib saroy adabiyotining murakkab, og'ir til va davom ettirgan bir vaqtda Gulxaniyning jonli til elementlarini keng qo'llashi dunyoviy adabiyotning hamda shu bilan o'zbek adabiy tilining boyishida ulkan ahamiyatga ega bo'ldi.

Maxmur o'zining hajviy asarlari bilan inqilobgacha bo'lgan o'zbek adabiy tilidagi satirik oqimni rivojlantirdi. Maxmurning hajviyotiga murojaat qilish bejiz emas. Chunki xalqning achinarli hayot kechirishini, qishloq va shaharlarning xarobaga aylanib borishini ko'rgan shoirning g'azabi oshgan edi. Ana shu g'azablari "Munojon ba dargohi qoziyul xijot" (xudo dargohida yolvorish), "Hapalak", "Ta'rifi valoyati qurama" kabi satirik asarlarida o'z aksini topdi.

Avval aytganimizdek, Satira janrida ijod etish san'atkordan badiiy til vositalaridan ustalik bilan foydalanib satira ostiga olinayotgan obraz tilini individuallashtirishda jonli til elementlaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi.

Ma'lumki, klassik she'riyatimiz uchun ko'tarinki uslub xarakterli. Satirada esa she'rdagi ko'tarinqilikni saqlash bilan birgalikda, barcha uchun tushunarli bo'lgan uslubni yaratish talab qilinadi. Xuddi shu talab Maxmur satirasida amalga oshirilgan. Individual til va obraz yaratish uchun Maxmur ayrim shevalarga xos bo'lgan so'zlardan foydalanadi: qbisa-qbilsa, boma-bolma, qbigan-qbilgan, kegdy-kelgdy, bosam-bolsam, yanbilmadbim-yanmadbim, aybilmadbim-ayrlmadbim. Undan tashqari keng xalq ommasida qo'llanib, omma kitobiy uslubga kiritilmagan so'z va iboralarni ko'plab ishlatadi. Masalan, katalak, kamalak, katak, kapa, alachuq, yerto'la, ajiriq, o'gur, sumalak, biyoban, alato'rtko'z, ko'ppak, burush (burd),yalaq, tubakva boshqalar. Misollar:

Xalqbinbi kersdH, agar eldsi-yy qaqyxarab,

Achlbigbidbin egilib qamatbi mislikamalak.

Ajbirbig' tambirbinbi og'urbida mayda tuyub

Qaynatbib kyndd ichdr, atbinbi derldr sumalak.

Maxmur satirasida adabiy til normalaridan chetga chiqish hollari ham seziladi. Masalan, "Munojot" satirasida shunday misralar bor:

Amri-nahybing rähi bätil uzrd ermish yadbimbiz

Kecha u kunduz sifatingdur bizi arzäkimiz.

"Avsofi louboli o'ratepagi" satirasida:

Hisäbi jurmimi bilsdg Shumäri chox qumdbin

Gunäxdin sorsang san,gi xäradin afzun.

Shuningdek, shoir uslubida ba'zan na o'zbekcha, na tojikcha anglanishi qiyin konstruksiyalar, lug'atsiz tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlar uchraydi. Ular ko'pchilikni tashkil etmaydi.

Shunday qilib, XIX asrning 1-yarmida Qo'qon xonligida yashab ijod etgan, progressiv o'zbek adabiyotining vakillaridan biri bo'lgan Maxmur o'zining merosi, xususan satirik asarlari bilan o'zbek adabiyotining, o'zbek adabiy tilining taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdi.

Muqimiy ijodining tili, badiiy tasvir vositalari boy va original bo'lib, shoir ijodiy yo'nalishiga mos tushadi, uning g'oyaviy asarlarini o'tkazish uchun xizmat qiladi.

Har qanday yozuvchi tilning taraqqiyoti darajasi uni xalq tiliga yaqinlatishda ko'rinadi. Bu yaqinlashishi adabiy tilning xalq tili saviyasi darajasiga tushush degan so'z emas, aksincha xalq tili boyliklarini egallab, o'zlashtirib, unga jilo berish, unga muntazam, ko'rkam tus berib uni yuqori pog'onaga ko'tarish degan so'zlar.

Ma'lumki, adabiy tilning boyishida, muhim manba-xalq jonli tilidir. Muqimiy bu manbadan juda unumli foydalandi va adabiy tilni umumxalq tili hisobiga boyitdi. Muqimiy asarlarida buning son-sanoqsiz misollarini topish mumkin: "bo'zchi", "kosov", "poxsa", "bezgak", "loy", "arava" va boshqalar.

Shunga o'xshash so'zlar asrlar davomida xalq ichida yashab kelgan va aloqa vositasi sifatida ishlatilgandir. Lekin, turli sabablar bilan bu so'zlar yozuvchilar diqqatidan chetda qolib kelgan, adabiy til xazinasiga qo'shilmay qolgan edi. Bu boylikdan Muqimiy ustalik bilan foydalandi.

Muqimiy tili taraqqiyotidagi yana bir manba, bu davrda, ulug' rus tili bo'ldi. Muqimiy o'zbek adabiy tilini ulug' va qudratli rus tili elementlari hisobiga boyitdi. Bu davrda adabiy tilimizga "zavod", "poezd", "mashina", "samovar" va boshqalar kabi rus internatsional so'zlari Muqimiy asarlari orqali o'zbek tiliga kirdi va o'zlashib, adabiy til mulkiga aylandi.

Shoir Muqimiyning va umuman demokrat shoirlarning xizmati shundaki, ular jamiyatda aloqa vositasi sifatidan ishlatilib turgan bu yangi til elementlarni saralab, o'zbek tilining ichki qoidalariga muvofiqlashtirib oldilar va ularni jasurlik bilan adabiy til mulkiga qo'shdilar.

Ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy va siyosiy voqealarga boy davr bo'lib, O'zbekiston xalqlari tarixida, o'zbek adabiy tili taraqqiyotida o'ziga xos bir bosqichni tashkil qiladi.

O'zbek adabiy tili ko'p asrlik an'anaga ega bo'lib, u A. Navoiy tomonidan shakllantirilgan va rivojlantirilgan. Zamonlar o'tishi bilan Navoiy tilidagi ayrim shakllar o'zgarib, eskira boshladi. Muqimiy tili Navoiy tilining eski o'zbek adabiy tilining davomi hisoblanganda, undan ko'p jihatdan farq qiladi.

Buning sababki shuki, til jamiyat va iqtisodiy turmushda bo'lgan hamma o'zgarishlarni to'g'ridan-to'g'ri va bevosita o'zida aks ettiradi.

Muqimiyning o'zbek adabiy tiliga qo'shgan hissasi uning xalqchilligida namoyon

bo'ldi.

U xalqqa tushunarli tilda yozishni o'z uslubning ajralmas qismi deb bildi, oldingi asrlarda yashab, ijod etgan ilg'or yozuvchilarga nisbatan birmuncha ilgarilab ketdi.

Muqimiy mehnatkash omma hayotidan faqat mavzu, syujet va shunga mos g'oyanigina olmasdan, shu bilan birga, bitmas-tuganmas manba bo'lgan xalq tilidan ham keng foydalandi.

Muqimiy o'z asarlarini yozishda folklor asarlarining uslubi, badiiy usullari, tili va boshqa xususiyatlaridan keng foydalandi. U "Tanobchilar", "Moskovchi boy ta'rifida", "To'y" kabi asarlarni folklor tiliga xos bo'lgan kichraytirish, erkalash shakllaridan samaralari foydalandi.

Masalan:

Zulfi kokilchilar yuzginasiga tushgan,

Anga o 'xsharki tutar oyginani qoligina.

Muqimiy o'z asarlari tilini xalqchil qilish uchun folklorda ko'p qo'llaniladigan sifatlar, o'xshatish so'zlarni ko'chma ma'noda qo'llash, metafora, metonimiya, allegoriya, mubolag'a kabi badiiy til vositalaridan keng foydalandi. Masalan, "Botini cho'li qozon, qaynar ichida revu rang". Shori muttassib din peshvolarining nodonligini ko'rsating uchun ko'ngillarini qora qozonga o'xshatadi.

Muqimiy asarlarida so'zlashuv nutqiga xos leksik xususiyatlar uchraydi, ulardan ba'zilarining adabiy tilda muqobillar bo'lsa, ba'zilariniki yo'q. Shoir ko'rpa, tezak, ezma, ko'sav, mag'zaba, uvoda kalla kabi xalq tiliga xos so'zlarni ko'p ishlatadi. Muqimiy ishlatgan qoyagich, intiq, taqir so'zlarining o'zbek adabiy tilida sinonimi yo'q.

Oshiqidan choyxo'rnibexabar qolg'ich olur,

Bir miri otu birpaqir aravang.

Barcha kallakdor-u, barchapahlavon qurbaqalar,

Hoji o 'zi m urdor ekan.

Muqimiy asarlarida so'z tarkibidagi bir tovushning boshqa bir tovush bilan almashish hodisasini ham uchratamiz. Masalan: q-x almashishi:

Bo 'lsa shu yaxshi debiki maxtag'aning,

Nigoh kayfi uchkay, kelsa agar taraxlab.

Ch-sh almashishi: og'izlarimaqtanib o'n besh qarshi.

B-m almashishi: Tabakay mundog'malomatkunjida doim Muqimiy.

Muqimiy asarlari tilida so'zlashuv nutqiga xos grammatik shakllarni ishlatish hollarini ham uchratamiz. Masalan: adabiy tilda -zor affiksi jonsiz narsa-buyumlarga qo'shiladi.

Muqimiy keng xalq ommasiga tushunarli xalqchil til uchun kurashar ekan, Navoiy, Maxmur, Turdilar izmidan bordi, demokratik kayfiyatga mos she'riy me'yorlarni izladi.

Muqimiy tilida eski o'zbek tilining xususiyatlari ham mavjuddir.

Muqimiy so'z tanlash va ijod qilishda o'zidan oldingi shoirlarga ergashdi. U Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Maxmur, Turdi kabilarning asarlarini o'qib-o'rgandi, ular kabi g'azallar yozdi.

Muqimiy asarlari tilida mumtoz shoirlar asarlarida uchrovchi leksik unsurlar, grammatik shakllar ko'zga tashlandi. Shori asarlarida eski o'zbek adabiy tiliga xos bo'lgan erur, -dur, -ibon, -mish kabi shakllar ishlatiladi.

Muqimiy tili ba'zi g'arbiy turkiy unsurlarning mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Unda o'tgan zamon sifatdoshining -mish affiksi va -on shakli, hozirgi-kelasi zamon fe'lining birinchi shaxs birligi bilmam shaklida, ikkinchi shaxs birligi aylayyurshaklida, bo'lmoq fe'li o'rniga bo'lmish fe'li ishlatiladi.

Muqimiy o'zbek adabiy tilini rivojlantirish sohasida davr talablariga hozir javoblik bilan katta xizmatlar ko'rsatdi. U adabiy tilni demokratlashtirishga, uni jonli xalq tiliga yaqinlashtirishga, e'tibor berdi, yangi tushunchalarni ifodolovchi ko'plab rus so'zlarni ishlatdi.

Furqatning o'zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ahamiyati shundaki, u demokratik shori sifatida badiiy-adabiy til va uslubni so'zlashuv nutqiga yaqinlashtirishga harakat qildi. Furqat o'zining "Shoir ahvoli va she'r mubolag'asi xususida" nomli asarida ham olg'a suradi. Bunda u til va uslubning soddaligi hamda ommabopligi muommolarni ko'tarib chiqadi.

Furqat xalq so'zlashuv tilini, urf-odatlarini puxta o'rganadi va oddiy xalqning hayotiga chuqur kirib boradi. Buni tasdiqlovchi dalil sifatida u yozgan "Gapning tasvifi", "To'y tasvifi", "Aza tasvifi" kabi asarlarni ko'rsatish mumkin.

Furqat xalq og'zaki ijodiy va unga tegishli bo'lgan she'rlar, maqollarni o'rganib, shular asosida o'z asarlarining tilini xalqchil qilishga intiladi.

Furqat novator shoir sifatida o'zbek adabiy tili leksikasini yangi ma'nolar va shakllar bilan boyitdi. Masalan: shoir barq, doru, olmos so'zlariga boshqacha ma'no yukladi. "Barq" so'zini "Elektr toki" ma'nosida "Olmos" so'zini lampochkaning volfram simi ma'nosida ishlatdi.

Furqat asarlarida ijtimoiy hayot, fan, madaniyat, iqtisodiy turmush sohalarida paydo bo'lgan yangi tushunchalarni ifodolovchi ruscha so'zlardan va bu til orqali kirib kelgan boshqa so'zlardan ham samarali foydalandi. Masalan: akt, bal, zal, teatr, real, gazet, zakun, mashina kabi she'rlarida shunday misralar uchraydi: "Kirib vistivkani qildik tamosho".

O'z davrining ilg'or kishisi bo'lgan Furqat ta'riflayotgan voqea, xodisa, narsa va buyumlar tasvirining real chiqishi uchun bu so'zlardan foydalandi. Bu so'zlar o'zbek tili leksikasining zamonaviy so'zlar bilan boyiganligini ko'rsatadi. Bu davrga kelib tilning grammatik qurilishi ham ancha silliqlashdi. Masalan, Navoiyning ko'pgina baytlarini hozirgi o'zbek kitobxonlari qiyinchilik bilan tushunsalar, Furqat she'rlarini osongina tushuna oladilar. Lekin Furqat tilini hozirgi o'zbek tili bilan tenglashtirib qo'yish yaramaydi.

Furqat tilida ayrim so'zlardagi affikslar singormanizm talabi asosida yozilganini uchratamiz. Masalan, Fono bo'ldim, yo'q o'ldim, ushbu olamdin meni rasvo.

Furqat tilida o'g'uz tili unsurlari ham mavjuddir. Jumladan, o'tgan zamon sifatdosh yasa/vochi va -on affiksi, uchinchi shaxs kishilik olmoshi -on shakli bo'lmoq fe'li o'lmoq shaklida kelish ko'zga tashlanadi.

Furqat asarlarida fors-tojik tiliga xos bo'lgan aniqlovchi va aniqlanishning yoki qaraqich birikmaning i bilan birikkan izofa qurilmalari ko'p uchraydi.

Emish Rusiyaga sardori lashkar,

Olib to'rtinchida ta'lim nemis.

Furqat XIX asring ikkinchi yarmida Navoiy an'anasini qisman davom ettirish bilan birga, o'zbek adabiy tilini yangi grammatik shakllar va rus tilining leksik unsurlari bilan boyitdi. O'sha davr o'zbek adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdi. Furqat asarlari til orqali o'zlashtirilgan so'zlarning ko'pchiligi hozirgi kunda ham adabiy til me'yoriga moslashtirilgan holda ishlatilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Muxtorov U. Sanaqulov. O'zbek adabiy tili tarixi. Toshkent: "O'qituvchi", 1995.

2. N. Rahmonov, Q. Sodiqov. O'zbek tili tarixi. Toshkent: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti", 2009.

3. A. Aliyev, Q. Sodiqov. O'zbek adabiy tili tarixidan. Toshkent: "O'zbekiston", 1994.

4. M. Is'hoqov, N. Rahmonov, Q. Sodiqov, B. To'xliyev. O'lmas obidalar (O'zbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari bo'yicha tadqiqotlar). Toshkent: "Fan", 1989.

5. U. Tursunov, B. O'rinboyev. O'zbek adabiy tili tarixi (Pedagogika institularining filologiya fakultetlari studentlari uchun qo'llanma). Toshkent: "O'qituvchi", 1982.

6. Niyazova G., Raupova L., Основные признаки и причины популярности детективного жанра. ОИ 2021. 2. - С. 515-524.

7. A. Rafiyev. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent: "Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti bosmaxonasi", 2004.

8. S. Obloqulov. "Tafakkur va til tarixidan". Toshkent: "O'zbekiston KP Markaziy Komitetining Birlashgan nashriyoti", 1969.

9. Bafoyev. Ko'hna so'zlar tarixi. Toshkent: "Fan", 1991.

10. E. Fozilov. O'zbek tilining tarixiy morfologiyasi. Toshkent: "Fan", 1965.

11. S. Ashirboyev, I. Azimov. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent - 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.