Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA “GIPERBOLA” MUBOLAG’ANING LINGVOSTILISTIK MAQOMI'

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA “GIPERBOLA” MUBOLAG’ANING LINGVOSTILISTIK MAQOMI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

520
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv tilshunoslik / konsept / semantika / giperbola / troplar / stilistika / antigiperbola.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shaxnoza Mirzaxalilova

Kognitiv tilshunoslik bugungi kunda tilshunoslik sohasida tobora rivojlanib bormoqda. Kognitiv tilshunoslikning asosiy o’rganish obyekti bo’lgan “konsept” mental jarayonlarning natijasi sifatida “kognitiv semantika”ning freymlashgan ko’rinishi bo’lib, tilda o’zining verbalizatorlariga ega. “Giperbola” konsepti shunday konseptlar sirasiga kiradi. Maqola kirish, asosiy 3 qism va xulosadan iborat. Ushbu maqolada “giperbola” mubolag’a stilistik vositasining universal tabiatini aniqlash, ularni leksik va semantik jihatdan chuqurroq o’rganish, ingliz va o’zbek tillarida “giperbola” vositasining verbalizatorlarining o’xshash va farqli jihatlarini o’rganish yorilitgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA “GIPERBOLA” MUBOLAG’ANING LINGVOSTILISTIK MAQOMI»

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA "GIPERBOLA" MUBOLAG'ANING

LINGVOSTILISTIK MAQOMI

Shaxnoza Mirzaxalilova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Kognitiv tilshunoslik bugungi kunda tilshunoslik sohasida tobora rivojlanib bormoqda. Kognitiv tilshunoslikning asosiy o'rganish obyekti bo'lgan "konsept" mental jarayonlarning natijasi sifatida "kognitiv semantika"ning freymlashgan ko'rinishi bo'lib, tilda o'zining verbalizatorlariga ega. "Giperbola" konsepti shunday konseptlar sirasiga kiradi. Maqola kirish, asosiy 3 qism va xulosadan iborat. Ushbu maqolada "giperbola" mubolag'a stilistik vositasining universal tabiatini aniqlash, ularni leksik va semantik jihatdan chuqurroq o'rganish, ingliz va o'zbek tillarida "giperbola" vositasining verbalizatorlarining o'xshash va farqli jihatlarini o'rganish yorilitgan.

Kalit so'zlar: kognitiv tilshunoslik, konsept, semantika, giperbola, troplar, stilistika,antigiperbola.

Bugungi kunda jahon tilshunosligida, shuningdek Vatanimiz tilshunosligida ham tilning ijtimoiy hodisa sifatida qo'llanilishining tadqiq e'tilishiga e'tibor kuchayib bormoqda. Tilning kishilar orasidagi muhim muloqot vositasi ekanligiga va uning muloqotdagi betakror vositachilik vazifasiga, uning muloqot ehtiyojidan kelib chiquvchi bir qator jihatlarini o'rganishga olimlar tomonidan bo'lgan qiziqish tobora oshib bormoqda.

Umumiy tilshunoslikning stilistika yoki "uslubshunoslik" deb ataluvchi bo'limi tilni muloqot vositasi sifatida tadqiq etuvchi uning kommunikativ-pragmatik masalalari va muommolarini izchil va sistemali o'rganish va yoritishdek muhim vazifani bajaradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'lumki, tilning ta'sirchanligi, jozibaliligi uning cheksiz imkoniyatlarini, uning mavjud funksional stillarda qo'llanish masalalarini sistemali va atroflicha o'rganuvchi fan tilshunoslikda "lisoniy

ANNOTATSIYA

KIRISH

February, 2022

stilistika" deb yuritiladi. Bugungi kunda lisoniy stilistikaning quyidagi turlari mavjud:

1) umumiy stilistika

2) xususiy stilistika

3) qiyosiy stilistika

Bulardan xususiy va qiyosiy stilistika umumiy stilistikani ma'lum va zarur lisoniy ozuqa bilan ta'minlovchi, shu yo'sinda umumiy stilistika nazariyasini puxta va ishonchli dalillar bilan ta'minlovchi lisoniy yo'nalishdir.

Dunyo tilshunosligida yana bir yo'nalish - kognitiv tilshunoslik rivojlanib, ravnaq topib bormoqda. Uning tahlil predmeti tilda so'zlashuvchi yoki yozuvchilarning obyektiv borliqni anglash jarayonida tilning roli, shuningdek tilning shakllanishi, rivojlanishi va muloqot vositasi sifatida qo'llanilishi jarayonida kognitiv omillarning roli, undagi inson omilining betakror o'rni, obyektiv dunyo haqidagi inson bilimlari tizimining konseptuallashtirish va kategorizatsiyalashtirish jarayonlari orqali tilda voqealantirish texnikasi, vositalari va usullarini ilmiy tadqiq qilish va ilmiy yoritish hisoblanadi.

Tilshunoslikda kognitiv tilshunoslikning asosiy o'rganish obyekti bo'lgan "konsept" aqliy jarayonlarning natijasi sifatida bevosita tilda o'zining maxsus verbalizatorlariga, ya'ni uni voqelantiruvchi vositalarga ega. "Giperbola" konsepti ham shunday konseptlar sirasiga kiradi.

Mustaqillik yillarida yangi avlod va turli soha mutaxassislari uchun xorijiy tillarni mukammal bilish va chet tillarini o'qitish samaradorligini tubdan isloh qilishga katta ahamiyat berildi. Mamlakatimizda chet tillarini o'rganish tizimi yanada takomillashtirish va har bir sohada fundamental tadqiqot ishlari jadallashdi.

Taraqqiyot tamoyillariga asoslangan holda ".....ilmiy tadqiqot va innovatsiya

faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy hamda innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratish"ga alohida e'tibor qaratildi. Xorijiy tillarni o'qitishning kompleks tizimini yaratish hamda respublikaning jahon hamjamiatiga yanada integratsiyalashuviga alohida e'tibor qaratilishi nafaqat xorijiy tillarni o'rganish yoki o'qitishda, turli xil lug'atlar tuzishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shubhasiz, muloqot jarayonida tilda so'zlovchilar va yozuvchilar suhbatdoshlariga o'zlarining maqsad va muddaosini tushuntirish, unga kerakli ma'lumotlarni yetkazish uchun o'zining lingvalitetidagi mavjud bilim va tajribasidan foydalangan holda, bevosita nutqni bezovchi va uning ta'sirchanligini oshirish uchun tildagi stilistik vositalar, shu jumladan troplar va nutq figuralaridan unumli foydalanishga

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

intiladilar. "Giperbola" stilistik vositalarning ichida eng keng tarqalgan universal vositalardan biri hisoblanadi. So'zlovchi muloqot jarayonida suhbatdoshiga kuchli ta'sir o'tkazish maqsadida, o'zining kommunikativ-pragmatik muddaosi-maqsadi, ya'ni biron bir predmet yoki hodisaning u yoki bu tavsifni keragicha mubolag'lashtirish zarurati bilan uzviy bog'liq bo'lgan "giperbola kognitiv/konseptual semantikasi"ni to'laqonli voqelantirish niyatida "giperbola" stilistik vositasi yordamida muloqotdagi nutqning vaziatga monand ravishda, jozibali, ta'sirchan va ifodali chiqishiga harakat qiladi.

Giperbolaning universal tabiati shunday bir muhim omil bilan bog'liqki, uning lingvokognitiv asosi bo'lgan "giperbola konseptual semantikasi tilda so'zlovchi va yozuvchi, sog'lom fikrlovchi har bir insonning tafakkurida mavjud bo'lgan, aynan olingan sotsium tomonidan me'yorlashtirilgan, shu bois sotsiuslar konseptosferasida o'z ifodasini topgan idrokiy hodisa bo'lib, bunday semantika qonuniy ravishda har qanday jonli tilde o'ziga xos, verbal va noverbal vositalarning maxsus tizimi orqali voqelantirilmay iloji yo'q" ( Karaboyev J.B 2015, 74-75).

Giperbola bo'yicha maxsus adabiyotda bir qator ishlar mavjud bo'lib, ular giperbolaning turli aspektlariga aloqador muommolarni aksariyat hollarda an'anaviy usulda tadqiq qilishga bag'ishlangan, shu jumladan ularda tadqiqodchilarning asosiy e'tibori obyektiv borliqdagi turli predmetlarning tasnifini "mubulag'alashgan semantika" orqali voqelantiruvchi betakror vosita giperbolaning funksional - stilistik tabiatini ochib berishga qaratilgan.

Giperbola bo'yicha maxsus adabiyotlarga asoslanib, shunday xulosaga kelish mumkinki, giperbolaning asosini (poydevorini), ya'ni uning falsafiy asosini badiiy (ham prozaik, ham poetik) yoki oddiy, kundalik nutqiy mubolag'alashtirish, ya,ni bo'rttirish tashkil etadi, vaholanki bo'rttirish ma'nosi zamonaviy lingvistik va adabiyotshunoslik lug'atlarida, ensiklopediyalarda hamda boshqa ilmiy izlanishlarda o'z aksini topgan. Giperbola bo'yicha aksariyat ilmiy izlanishlar tahlili shuni ko'rsatadiki, ushbu ishlar mualliflarining ko'pchiligi giperbolani "stilistik figura"lar sirasiga kiritadlar (ЛЭ, 1925, 185, Ахманова, 1969,99; ЛЭС, 1987, 78; MAC, 1985,310), ba'zan ular giperbolani "trop deb talqin qiladilar (ЛЭСб 19906 520), ayrimlari uni "stilistik vosita" (приём) "deb hisoblaydilar (ССРЛЯ 1992,105) , ba'zilari uni "obrazli iboralar" sirasiga kiritadilar (Розенталь, Теленкова, 1985, 76) boshqalari esa uni ta'sirchanlik vositasi sifatida ta'riflaydilar (Кьщсин 1988 va 97) va

h.k..

S.Dj.Dyubua raxbarligidagi tilshunoslar guruhining giperbolani tushunishlari o'ziga xos bo'lib, ularning fikricha

February, 2022

tilning barcha aspektlariga xos o'zgarishlami ular "metabola" (ritorik figura) atamasi orqali ifodalashni maqsadga muvofiq deb topadilar. Giperbola qo'llanilayotganda narsalar kattalashtiriladi, ya'ni intensivlikka moslashtiriladi.

Ingliz frazeologiyasi bo'yicha taniqli olim A.V.Kunin boshqa frazeologik birliklar bilan bir qatorda giperbola yuzasidan olib brogan chuqur, maxsus ilmiy izlanishlarida giperbola semantikasining frazeologik birliklar orqali ham ifodalash mumkinligini ta'kidlab, bunday til birliklarini "frazeologik giperbola" deb atash maqsadga muvofiq deb to'g'ri fikr bildiradi. (Kunin 1960,57-60, 1989,85-93, 1996, 61-168).

Shuni ta'kidlash kerakki, giperbola va unga yaqin hamda uyqash bo'lgan hodisalar nazariyasining eng kam ishlangan masalasi bu giperbolaga tamoman teskari bo'lgan konseptual semantika, ya'ni o'ta kichraytirish yoki kamaytirish semantikasi''ni ifodalash uchun maxsuslashgan til hodisalarining maqomi va ularni qanday talqin qilish masalasi bo'lib qolmoqda. Ba'zi bir olimlar obyektiv borliqdagi voqelikning sifat, miqdor daraja kabi tavsifini "o'ta kichraytirish" yoki "o'ta kamaytirish", masalan jimjiloqdek, tirnoqcha, mitti, zig'rdek, bir qultum suv bilan yutib yuborgudek va h.k.larni giperbolaning bir ko'rinishi deb hisoblaydilar. Giperbola bilan predmet jihati tavsifini "o'ta kichraytirish (o'ta kamaytirish) hodisalari bir -biriga ma'lum jihatdan yaqin va umumiy bo'lsada, ular o'rtasida tubdan farq qiladigan lingvokognitiv, struktural-semantik, mazmuniy-semantik, kammunikativni-pragmatik, psixolingvistik va sotsiolingvistik jihatlar, qirralar mavjud ekanligiga urg'u bergan holda, giperbola ifodalaydigan, vaholanki ifodalashi lozim bo'lgan "o'ta kuchaytirish (o'ta kattalashtirish), ya'ni "mubolag'alashtirish"ni, uning aksi bo'lgan "o'ta kichraytirish (o'ta kamaytirish), ya'ni "antigiperbolizatsiya" emasligidan kelib chiqib, "o'ta kichraytirish (o'ta kamaytirish)"ni giperbolaning antipodi deb talqin qilishga to'liq asos bor, ya'ni u antigiperboladir. Shunday qilib, giperbolani unga yaqin va uyqash bo'lgan meyozis, litota, metabola, antigiperbola, shuningdek kuchaytirish, grotesk kabi stilistik hodisalardan aniq farqlab olish kerak.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi zamon tilshunosligida yangi, fanlararo bir yo'nalish-kognitiv tilshunoslik tobora rivojlanib bormoqda. Bu yo'nalishga xos tadqiqotlar antroposentrizm tamoyiliga asoslangan bo'lib, bunday izlanishlarning diqqat markazida inson omili turadi. Shu bilan bir qatorda kognitiv tilshunoslikning asosiy kategoriyasi bo'lgan

XULOSA

konsept" mental birlik sifatida, dunyo bilimlarini egallashning

February, 2022

birdan bir vositasi hisoblanadi. Turli konseptlar yoki konseptual semantikalar orasida kognitiv stilistik konseptlardan biri bo'lgan "giperbola konsepti" universal tabiatga ega bo'lgan konseptlar sirasiga kiradi va ular tilde so'zlovchi tomonidan ataylab, vaziatga ko'ra tez-tez bo'rttirilmasdan iloji yo'q. Bu esa ushbu konseptual semantikaning kommunikativ nuqtayi nazaridan ham juda muhim va kerak bo'lgan semantika ekanligidan dalolat beradi.

Giperbolaga daxldor barcha sinonimik, omonimik, giponimik giperonimik va paronimik munosabatlar giperbola konsepti maydoni doirasida uning komponentlari orqali mazkur tizim qonuniyatlari asosida amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. Qoraboyev J.B Giperbolaning lingvistik maqomi va muolag'alashgan semantikali frazeologik birliklar//Tilshunoslikdagi yangi yo'nalishlar va ularning muammolari.-Toshkent, 2015. 74-75-b.

2. Кунин А.В. Фразеологические интенсификаторы в современном английском языке./ И.Я., 1960

3. Крысин Х.П. Гипербола в русской разговорной речи. Проблемы структурной лингвистики. 1988, 9-11.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.