Научная статья на тему 'SHARQ TILLARIDA TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY MASALALAR'

SHARQ TILLARIDA TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY MASALALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1111
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarjimashunoslik / Lingvomadaniyat / aspekt / kognitiv / semiotik / aksiolog / transformatsiya / muloqot / madaniyat / norma. / Translation Studies / Linguoculture / Aspect / Cognitive / Semiotic / Axiologist / Transformation / Communication / Culture / Norm.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Baxromjon Joraboyev, Xilola Mamadiyorova

Tarjima sohasida ishlarni bajarish uchun tanlangan chet tillarida lingvistik tillarni chuqur o'rganish lingvistik va madaniy tahlil jarayonida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, madaniyatlararo tafovutlarni anglash uchun odamlar tafakkurini asl tilda anglash va o'rganish kerak. Lug'aviy, grammatik va uslubiy uslublarni tarjima sifatini oshirish me'yorlariga muvofiq ravishda qo'llash. Hatto rang so'zlari ham turli xalqlarning madaniy an'analarini aks ettiradi, qizil belgi esa shtatlarda "xavf", Frantsiyada aristokratiya, Hindistondagi hayot va ish, Yaponiyada g'azab va Xitoyda baxt degan ma'noni anglatadi. Rang tushunchasi ijtimoiy ijtimoiy bilan birga hissiy va emotsional omillarni aks ettiradi, deyishimiz mumkin. Muallifning vazifasi badiiy adabiyotda rangli ifodalardan foydalanishdir. Aksincha, bu muallifning ijodiy fikrlashini rivojlantirish uchun ishlatilgan tilning murakkabliklarini aks ettiruvchi vosita. Badiiy matnlarni tarjima qilishda tarjimonning vazifasi muallifning niyatini o'zi tarjima qilayotgan tilda to'liq etkazishdir. Badiiy adabiyotda ranglar qahramonga murojaat qilish uchun ham keng qo'llaniladi va uning xarakteriga asoslanadi. Amerikalik yozuvchi Joif Xeller kapitan Blekga ega. Asarning rus tilidagi tarjimasida (A. Kistyakovskiy tarjimasi) tarjimon bu odamni ingliz tilida mujassam etgan kapitan Gnuz deb ataydi, asarning salbiy tomonlarini zulmat, yovuzlik, xunuklik, xunuklik nuqtai nazaridan ta'kidlaydi. Gnuz asl matnning ma'nosini rus tilida tushuntirishga qodir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND PRACTICAL ISSUES OF TRANSLATION IN EASTERN LANGUAGES

In-depth study of linguistic languages in foreign languages selected for work in the field of translation is of great importance in the process of linguistic and cultural analysis. It is also necessary to understand and study people’s thinking in the original language in order to understand intercultural differences. Apply lexical, grammatical and methodological methods in accordance with the standards of translation quality improvement. Even the words of color reflect the cultural traditions of different peoples, while the red sign means “danger” in the states, aristocracy in France, life and work in India, anger in Japan, and happiness in China. We can say that the concept of color reflects emotional and emotional factors along with social. The author’s task is to use color expressions in fiction. Rather, it is a tool that reflects the complexities of the language used to develop the author’s creative thinking. In translating literary texts, the translator's task is to fully convey the author's intention in the language he is translating. In fiction, colors are also widely used to refer to the protagonist and are based on his or her character. American writer Joif Heller has Captain Black. In the Russian translation of the work (translated by A. Kistyakovsky), the translator calls this man Captain Gnuz, who is embodied in English, emphasizing the negative aspects of the work in terms of darkness, evil, ugliness, ugliness. Gnuz is able to explain the meaning of the original text in Russian.

Текст научной работы на тему «SHARQ TILLARIDA TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY MASALALAR»

SHARQ TILLARIDA TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY MASALALAR

Baxromjon Jo'raboyev Xilola Mamadiyorova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Tarjima sohasida ishlarni bajarish uchun tanlangan chet tillarida lingvistik tillarni chuqur o'rganish lingvistik va madaniy tahlil jarayonida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, madaniyatlararo tafovutlarni anglash uchun odamlar tafakkurini asl tilda anglash va o'rganish kerak. Lug'aviy, grammatik va uslubiy uslublarni tarjima sifatini oshirish me'yorlariga muvofiq ravishda qo'llash. Hatto rang so'zlari ham turli xalqlarning madaniy an'analarini aks ettiradi, qizil belgi esa shtatlarda "xavf", Frantsiyada aristokratiya, Hindistondagi hayot va ish, Yaponiyada g'azab va Xitoyda baxt degan ma'noni anglatadi. Rang tushunchasi ijtimoiy ijtimoiy bilan birga hissiy va emotsional omillarni aks ettiradi, deyishimiz mumkin. Muallifning vazifasi badiiy adabiyotda rangli ifodalardan foydalanishdir. Aksincha, bu muallifning ijodiy fikrlashini rivojlantirish uchun ishlatilgan tilning murakkabliklarini aks ettiruvchi vosita. Badiiy matnlarni tarjima qilishda tarjimonning vazifasi muallifning niyatini o'zi tarjima qilayotgan tilda to'liq etkazishdir. Badiiy adabiyotda ranglar qahramonga murojaat qilish uchun ham keng qo'llaniladi va uning xarakteriga asoslanadi. Amerikalik yozuvchi Joif Xeller kapitan Blekga ega. Asarning rus tilidagi tarjimasida (A. Kistyakovskiy tarjimasi) tarjimon bu odamni ingliz tilida mujassam etgan kapitan Gnuz deb ataydi, asarning salbiy tomonlarini zulmat, yovuzlik, xunuklik, xunuklik nuqtai nazaridan ta'kidlaydi. Gnuz asl matnning ma'nosini rus tilida tushuntirishga qodir.

Kalit so'zlar: Tarjimashunoslik, Lingvomadaniyat, aspekt, kognitiv, semiotik, aksiolog, transformatsiya, muloqot, madaniyat, norma.

THEORETICAL AND PRACTICAL ISSUES OF TRANSLATION IN EASTERN

LANGUAGES

Bakhromjon Juraboev Khilola Mamadiyorova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

In-depth study of linguistic languages in foreign languages selected for work in the field of translation is of great importance in the process of linguistic and cultural analysis. It is also necessary to understand and study people's thinking in the o riginal language in order to understand intercultural differences. Apply lexical, grammatical and methodological methods in accordance with the standards of translation quality

improvement. Even the words of color reflect the cultural traditions of different peoples, while the red sign means "danger" in the states, aristocracy in France, life and work in India, anger in Japan, and happiness in China. We can say that the concept of color reflects emotional and emotional factors along with social. The author's task is to use color expressions in fiction. Rather, it is a tool that reflects the complexities of the language used to develop the author's creative thinking. In translating literary texts, the translator's task is to fully convey the author's intention in the language he is translating. In fiction, colors are also widely used to refer to the protagonist and are based on his or her character. American writer Joif Heller has Captain Black. In the Russian translation of the work (translated by A. Kistyakovsky), the translator calls this man Captain Gnuz, who is embodied in English, emphasizing the negative aspects of the work in terms of darkness, evil, ugliness, ugliness. Gnuz is able to explain the meaning of the original text in Russian.

Keywords: Translation Studies, Linguoculture, Aspect, Cognitive, Semiotic, Axiologist, Transformation, Communication, Culture, Norm.

KIRISH

O'zbek tarjimachiligi so'ngi yillarda salmoqli yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. Uning o'sish sur'ati muvaffaqiyatlarini mamnuniyat bilan qayd qilgan holda, xal qilinishi zarur bo'lgan ishlar, muammolar ham anchagina ekanligini unutmasligimiz kerak. Xalqimizning haqiqiy ma'naviy mulkiga aylangan arab tilidan o'girilgan Qur'on, Hadis, adabiy va tarixiy tarjimalar chuqur analiz qilinib, "mag'zi chaqilib" asl bahosini allaqachon oldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarjima tilshunoslikning bir qismiga aylandi. Bu tillar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni o'rnatishga yordam berdi va ular o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni aniqladi. Tilshunoslikning ta'siri hatto tarjima turlarini lingvistik aloqalardagi farqlarga va tillarning funktsional imkoniyatlariga qarab belgilashni ham o'z ichiga olgan. Tarjima tilshunoslikning turli sohalari bilan o'zaro aloqadadir. Bir jihatdan bu umumiy tilshunoslik bilan bog'liq: sintaksis, semantika va morfologiya. Boshqa tomondan, u stilistika, sotsiolingvistika va psixolingvistika bilan o'zaro aloqada bo'lib, qiyosiy tadqiqotlar, bilingualizm va ikkinchi til ta'limi kabi boshqa sohalarda tilshunoslik uchun muhim manbaga aylandi. Tarjima sohasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tanlangan xorijiy tillardagi til birliklarini puxta o'rganish lingvomadaniy tahlil jarayonida katta ahamiyatga egadir. Undan tashqari madaniyatlararo farqni idrok qila olish uchun asl matn tilidagi xalq mentalitetini ham tushunish va o'rganish talab etiladi. Tarjima normalariga muvofiq tarzda leksik, grammatik, stilistik uslublarini o'z o'rnida qo'llay olish tarjima sifatini yaxshilaydi. Ma'lum bir xalq madaniyatining aynan shu

xalq so'zlashadigan tilda aks etishini tushunamiz. Lingvomadaniyatda xalqning nafaqat bugungi kundagi turmush tarzi, balki asrlar davomida shakllanib kelgan milliy, tarixiy, diniy madaniyati aks etadi. Har bir tildagi folklor janrlar, maqollar, iboralar, shu tilda muloqot qiladigan xalqning asrab- avaylanadigan, eng ko'p o'rganiladigan muhim ahamiyatga ega bo'lgan xalq og'zaki merosi hisoblanadi. Bu sohaning vazifasi til orqali xalqning bugungi kungacha shakllangan madaniyatini o'zida aks ettira olishidir. Madaniyat - lingvomadaniyatning asosi bo'lib xizmat qiladi. Madaniyatda eng avvalo shu olam va inson tushunchasi bir-biri bilan o'zaro chambarchas bog'liq holatda amalga oshadi. Jamiyatdagi har bir shaxs bolaligidan ona tilini xalqining madaniyati bilan birga o'ziga singdirib oladi. Xalq madinayatining barcha nozik tomonlari shu xalqning o'z tilida aksini topgan bo'ladi.

Til va madaniy farqlar va ularning tarjima jarayoniga ta'siri Tarjimon ba'zi bir matnlarda duch keladigan muammo mavjud, bu ma'lum bir madaniyat yoki muhitda mavjud bo'lmagan ba'zi so'zlarning ma'nosini qanday topish mumkin. Masalan, Evropa madaniyatida inglizcha "boy friend" va "girl friend" yigit do'sti va qiz do'sti tushunchasi, o'zbek madaniyatida umuman bo'lmagan tushuncha. Shuningdek ular arab madaniyatida ham kam uchraydi.Ushbu farqlar manba tilidan boshqa tilga tarjima qilinmaslik muammosi bilan bog'liq. Bu erda translyatsiya yo'li bilan, ya'ni so'zni manba tilida qanday talaffuz qilinishiga qarab, ya'ni iddat va boshqalarni yozish bilan shug'ullanish odat tusiga kiradi, bu so'zlarni izohlash bilan ya'ni qovslar yordamida: Iddat (ajrashgan yoki beva ayolning Islomga binoan turmush qurishi mumkin bo'lmagan davr) Biroq, u ushbu yechim ko'p hollarda ishlamasligini aniqladi, chunki bu tarjimonni manba tili madaniyatiga singib ketgan ma'nolarni chuqur o'rganishga majbur qiladi va uning tarjimasi bu holda u to'liq yoki qisman buzilib ketishi mumkinligini hisobga olib bu yerda uning vakolat doirasiga kirmaydigan mavzular bilan shug'ullanishga majbur bo'lib qoladi.

Boshqa bir lingvistik farqlari - arab tilida o'tgan zamondan foydalanib, kelajakda ma'lum bir hodisaning muqarrarligini anglatadi va bu biz Qur'oni Karimning ko'plab oyatlarida uchraydigan ritorikaning (balog'a ilmi) ranglaridan biridir. Masalan: asli: ( (Sjj^ jxa Jl ¿¿Jo Jl 366 ^ j 6 j ao 66 ^ Jl ¿j^o Jl 1 - < jVI " ") inglizcha tarjimasi: "The Hour has drawn near and the moon has been cleft asunder" o'zbekcha tarjimasi: Soat (Qiyomat) yaqinlashdi va oy bo'lindi (Qomar surasi - "1" oyat) Va so'zma-so'z tarjima qilinganda esa:

"Soat yaqinlashdi va oy ikkiga bo'linib ketdi". Boshqa oyatda: J' 6

°j ^ 6 ^ fJo ^ 6£j6 1 - * ^ " ") inglizcha tarjimasi: The event ordained by

Allah has come to pass, so seek not to hasten it"

O'zbekcha tarjimada: Allohning amri keldi, shoshilmang (Nahl surasi - "1" oyat) Va so'zma-so'z tarjima qilinganda: "Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qo'ya qoling"

Ingliz va o'zbek tilida ushbu ritorik rang (balog'a) yo'qligini hisobga olib, bunday oyatlarni tarjima qilishda tarjimon kelajakda voqea sodir bo'lganligini ko'rsatuvchi iborani "albatta" kabi ta'kidlash uchun atamadan foydalanib tanlashi kerak , tarjima birinchi oyatda

1- The Hour will certainly draw near and the moon will cleave asunder"1-"Soat albatta yaqinlashadi va oy parchalanadi."

Va ikkinchi oyatda tarjima quyidagicha bo'ladi:

"The event ordained by Allah will certainly come to pass, so seek not to hasten it"

2-"Alloh buyurgan voqea albatta amalga oshadi. Shoshilmaslikka intiling" Shunindek arab va o'zbek tillari o'rtasida boshqa lingvistik farqlar mavjud,

masalan:

1- o'zbek tilida birlikning ko'plikni bildirish uchun ishlatilishi, masalan: Parrandachilik kasalliklariga qarshi kurash ^ il^ 'O^J Jl Jj ^j* o^J Jl -Talabalar bilan ishlash Jl Jj ujj^ JL^ Jl £ Jl

Bu arab tilida mavjud bo'lmagan hodisadir, unda birlik birlikda va ko'plik ko'plikda ifodalanadi. Shuning uchun yuqoridagi iboralarni tarjima qilishda arab tilidagi to'g'ri tarjima quyidagicha bo'ladi:

-Parrandalar kasalligini emas, balki parrandalar kasalliklarini nazorat qilish-Talabalar bilan ish emas, talabalar bilan bog'liq ishlar va boshqalar.

Tarjimada lingvomadaniy aspektlardan to'g'ri foydalanish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Biz badiiy tarjimada bu yo'nalishning nuqtai nazarini va qanday qilib lingvomadaniyatga oid so'z va fikrlarni to'g'ri shaklda yetqizib berish masalalarini ko'rib chiqishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik.

MUHOKAMA

Muloqotga kirisha bilish ko'nikmasini shakllantirish . Bu prinsip tarjima bilan shug'ullanadigan kadrlarning turli madaniyatlararo muloqotlarda yuzaga keladigan holatlardagi real yondashuvga tayyorgarlik darajasini oshirish deganidir. Ya'ni har qanaqangi murakkab vaziyatda tarjima matnini qiyinchiliksiz to'g'ri yoritib berishni ta'minlash kerak.

Birlashtira olish. Tarjimondan turli sohalardagi boy bilimga ega bo'lishini talab qiladi. Bir vaqtning o'zida ham professional axborot yetqazuvchi vazifasini, ham akademik ijtimoiy bilim egasi bo'lishini talab qiladigan prinsip.

Tarqoq ma'lumotlardan foydalana olish. Bu prinsip tarjimondan tarjimaga qadar ega bo'lgan turli sohalardagi ma'lumotlaridan aynan tarjima asnosida foydalan olish qobiliyatini rivojlantirish ko'nikmasini nazarda tutadi.

Tarjima sohasidagi mutaxasislarning lingvomadaniy bilimlarini puxta egallashlarini tarjima nazariyasi fanlari orqali shakllantirish kerak va bu bilimlaridan turli janrlardagi

materiallarni tarjima qilish jarayonida amaliy foydalanishlarini to'g'ri yo'lga qo'yishni ustuvor yo'nalishga aylantirish kerak.

Badiiy tarjima bilan shug'ullanadigan tarjimondan nafaqat xorijiy tilni puxta egallashi, balki shu til tarixini, madaniyatini, xalqaro madaniy aloqalarga oid bilimlarni, psixologiya sohasini, xalqlar va dinlar tarixini bilishi ham talab etiladi. Tildan universal vosita va etnik madaniyat sifatida foydalanish mumkin. Lekin madaniyatni tilga oid birliklarda semantika shaklida ko'rsata olish uchun yuqorida sanalgan sohalarda yuqori bilimga ega bo'lish muhimdir. Shuning uchun xorijiy tilni puxta o'rganishda albatta shu tilni professional o'rganish bilan bir qatorda shu tilning metodikasini, madaniyatini, adabiyotini, mamlakatshunosligini, og'zaki va yozma tarjima nazariyasi va amaliyoti fanlarini ham qo'shib o'rgatishga jiddiy ahamiyat berish kerak. Natijada bo'lajak mutaxassis shu xorijiy tilni chet tilida yozilgan manbaalardan qabul qila oladigan va baholaydigan darajaga yetishi, tarixiy va madaniy merosga hurmat va e'tibor bilan yondashishi, ma'lumotlarni ijtimoiy va madaniy nuqtai nazaridan farqlay olishi, badiiy tarjimani amalga oshirishda mantiqiy ketma-ketliklardan foydalana olishni shakllantirishi, asl matndagi mohiyatni buzmasdan tarjimada to'g'ri ochib bera olishi professional darajaga ko'tariladi.

Badiiy tarjimada lingvomadaniyat aspektlarining yanada chuqurroq va to'liqroq yoritilishida nimalarga e'tibor berishimiz kerakligini keling ko'rib chiqamiz:

1. Transformatsion metodlardan foydalanish, ya'ni murakkab va qo'shma gaplarni oddiy sodda gaplarga aylantirib, tarjima orqali uzatish metodi. Bu metodga misol qilib grammatik transformatsiya (bu jarayonda so'zma-so'z tarjima xavfli hisoblanadi), sintaktik transformatsiya ( asl matnni ma'no va leksik jihatdan ma'nosi o'zgarmagan holda ekvivalent matnga o'girish), leksik transformatsiyalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

2. Matnni tarjimadan oldin tahlil qilish metodi . Matn tuzilishini, tarjima matnini yetqazib beruvchi auditoriyani, ma'lumot tarkibini, matn janrini, tarjima maqsadini tarjimani amalga oshirmasdan tahlil qila olish.

3. Atoqli otlar, geografik nomlar, millat nomlarining tarjimasini bilish

4. Arab tilidagi fe'llar boblarii va ularning shakllarinin tarjimasi

5. Siyosiy idiomalar tarjimasi

6. Antonimlar tarjimasidagi o'ziga xos xususiyatlar

7. Qisqartma so'zlar tarjimasi

8. Tarjimadagi siyosiy tuzatishlar tilga oid faktlardan foydalanish.

NATIJA

Tarjima jarayonida lingvistik o'lchovlardan tashqari ekologik va madaniy o'lchov ham katta rol o'ynaydi, deb bilamiz.Bir tilda bir nechta ma'noga ega so'zlar boshqa tilga ta'sir qiladigan ta'sirga ega bo'lmasligi mumkin. Masalan, "oy" o'zbek arab

madaniyatida romantik o'lchovni oladi va go'zallikni ifoda etish uchun ishlatiladi, ingliz yoki fransuz madaniyatida oy ahmoqlik va aybsizlik yetishmasligi tushunchalarini o'zida mujassam etgan. Shuning uchun, "qiz o'zining go'zalligida oyga o'xshaydi" kabi iboralarni tarjima qilishda tarjimon taqlid materialining o'rniga bu taqlid nimani anglatishini tarjima qilgani ma'qul albatta o'sha xalqni madaniyatidan kelib chiqqan holda tarjimani amalga oshirmog'i lozim. Hattoki rangni anglatadigan so'zlarda ham har bir xalqning madaniy an'analari ko'zga tashlanadi. Qizil rangni olib qaraydigan bo'lsak, AQSHda xavf, Fransiyada aristokratizm, Hindistonda hayot va ijod, Yaponiyada g'azab, Xitoyda esa baxt timsolidir. Qiziq tarafi shundaki, ranglarning ramziy timsoli lingvomadaniy nuqtai nazardan bir necha ma'noni anglatishi ham mumkin. Masalan:rus tilida sariq rangning ramziy ma'nosi bir tarafdan quyosh rangidan kelib chiqib, abadiylik timsoli bo'lsa, ikkinchi tomondan kasallikka ishoradir. Shunaqa holatlardan kelib chiqib qaraladigan bo'lsa rang tushunchasi o'zida ijtimoiy-madaniylik bilan birga emotsional va hissiy omillarni ham o'zida aks ettiradi. Bizga ma'lumki, ranglar sovuq va issiq va hattoki qaynoq ranglar guruhiga bo'linadi. Ranglar ko'rinishiga ko'ra ham ba'zi ramziy ma'nolarni anglatadi. Ingliz tilida ko'k rang alohida rang sifatida emas, qora rangning ochroq ko'rinishi hisoblanadi. Ingliz tilidagi "tobe blue in face" va "tobe black in face" rus tilida "побелетьотзлости", o'zbek tilida "g'azabdan ko'karib ketish" iboralari orqali ifoda etiladi. Shubhasiz, ranglar har bir xalq madaniyatida his-tuyg'ularni ifodalash vositasi hisoblanadi va badiiy adabiyotda ma'no ta'sirchanligini oshirish maqsadida keng foydalaniladi. Bunday iboralardan foydalanish o'z navbatida o'quvchiga ham kerakli darajada emotsional ta'sir qila olish kuchiga egadir. "Ranglar ishtirokidagi iboralardan foydalanish muallif dunyoqarashidan kelib chiqib, badiiy adabiyotda o'sha xalq milliy madaniyati haqida tasavvur hosil bo'lishi ga omil yaratadi" Badiiy adabiyotda rang bilan bog'liq iboralardan foydalanish muallif maqsadiga kirmaydi. Aksincha, muallif ijodiy fikrlarining ta'sirchanligini oshirish uchun qo'llaniladigan, tildagi nozikliklarni o'zida aks ettiradigan vosita hisoblanadi. Badiiy matnlarni tarjima qilishda tarjimonning vazifasi muallif maqsadini tarjima qilinadigan tilda to'laligicha yetqazib berishdir. Badiiy adabiyotda ranglardan qahramon ismlarini atashda ham keng foydalaniladi. Qahramon xulq-atvoriga qarab ranglardan foydalanib, ismlar beriladi. Amerikalik yozuvchi, Jozef Xellerning "Catch 22" asarida kapitan Blek (Captain Black) bor. Bu asarning rus tilidagi tarjimasida ( tarjimon A. Kistyakovskiy) tarjimon ingliz tilidagi qora rangning tund, yovuz, badbashara, xunuk ma'nolaridan kelib chiqqan holda asardagi salbiy tomonlarni o'zida mujassam etgan bu personajni Капитан Гнус deb ataydi. Гнус rus tilida asl matndagi ma'nolarni ortig'i bilan ochib bera oladi. Asl matndagi Black ismi tarjimada shu holicha olinganda, rusiyzabon o'quvchi uchun shunchaki personaj xarakterini ifodalovchi va hech qanaqangi ma'noga ega bo'lmagan atoqli ot hisoblangan bo'lardi. Ingliz tilidagi bo'yoqdorlik rus tilida o'z ahamiyatini yo'qotgan bo'lardi. Vaholanki muallif bunday

ismlardan aynan qo'shimcha ma'lumot berish va emotsional bo'yoqdorlikni kuchaytirish maqsadida foydalanadi. Shuning uchun ham ranglardan foydalanib tanlangan atoqli otlar tarjimasi tarjimon amalga oshirishi kerak bo'lgan jiddiy masala hisoblanadi. Shuningdek, ^ " " "uncle" so'zini o'zbek va arab tiliga tarjima qilishda amaki iborasi bu yerda yetarli emas, chunki bu ingliz tilida ham tog'ani anglatishi mumkin. Shuning uchun, shuningdek, boshqa tilga ma'noni aralashish va noaniqliksiz aniq yetkazish uchun tarjimondan biron bir harakat talab etiladi va to'g'ri tarjima "tog'a" emas, balki "amaki". Ammo agar manba tiliga tarjima qilinadigan so'z amaki emas, tog'a bo'lsa, demak bu holda tarjima onaning akasi va shu tariqa qarindoshlik otaning tarafida yoki onaning tarafida ekanligi aniq belgilanadi. Ilmiy sohada madaniy tafovutlar tarjima jarayoniga ham ta'sir qilishi mumkin, bu yerda tarjimon boshqa madaniyatga mansub o'quvchi tushunmasligi mumkin bo'lgan mahalliy iboralar bilan shug'ullanadi yoki bu iboralar umumiy tushunchasi bo'yicha haqiqiy emas yoki ilmiy xodim tomonidan qabul qilinmaydi. Masalan, arabcha kitoblarda va ma'lumotnomalarda " pl^S Jl ^J & Cl j^ .a. Jl " atamasi ishlatilgan, bu so'zma-so'z ingliz tilida unga mos keladigan ibora, "eradication of insects" o'zbek tilida hasharotlarni yo'q qilish deb tarjima qilinadi. Bunday tarjima hasharotlarni ilmiy yoki amaliy jihatdan biron-bir tarzda "yo'q qilish" mumkin emasligini hisobga olib bu narsa haqiqatga mos kelmaydi deb hisoblaydigan ixtisoslashgan o'quvchi uchun noto'g'ri ko'rinadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, lingvistik va madaniy jihatlar aloqa jarayonlarida va ma'lumotlar va g'oyalarni bir muhitdan boshqasiga o'tkazishda muhim rol o'ynaydi va har bir kishi ushbu jihatlarni hisobga olishi va tarjima, yozish va nutq holatlarida ular bilan tanishishi kerak. ba'zi hollarda o'quvchining yoki tinglovchining noroziligini va unga yetkazilgan materialni qabul qilmasligini keltirib chiqaradigan xato yoki chalkashliklar yo'qligi yoki boshqa holatlarda bu noxush natijalarga olib keladi.Tadqiqotlarimiz jarayonida shuni guvohi bo'ldikki, lingvomadaniyatning o'rni badiiy tarjimada beqiyosdir. Umuman olganda lingvomadaniyatga oid bilim va ko'nikmalarsiz tarjimon natijaga erisha olmaydi. Bu tabiiy. Lekin biz e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgan asosiy narsa bu- malakali mutaxassis-tarjimonlarni tayyorlashdir. Chunki madaniyat tushunchasi jamiyat rivojlanib borgan sari, o'zgarib boraveradi. Demakki lingvomadaniyat tushunchasi ham yangilanib boraveradi. Bu o'z o'rnida boshqa sohalar kabi badiiy adabiyotga ta'sir qiladi. Badiiy adabiyot borki, albatta uni tarjima qilishga talab va ehtiyoj bo'ladi. Shunday ekan tarjima maktablarimizni kelajakda munosib o'rnini topishini ta'minlashimiz uchun tarjimonlarni qo'llab-quvvatlashimiz, ham nazariy, ham amaliy bilimlarni puxta egallashlariga shart- sharoitlarni yaratib berishimiz kerak.

REFERENCES

1. Jj jj ЛЛ J Jj ^J ^ J^ ^ J j

2. J.Sharipov " O'zbekistonda tarjima tarixidan" 1965 "Badiiy tarjimalar va mohir tarj imonlar" -1972

3. G'.Salomov "Til va tarjima"-1966

4. N.Komilov "Bu qadimiy san'at"-1979

5. Tarjima san'ati (maqolalar to'plami-1980)

6. Кулнич M. A. Лингвокультурология юмора. Самара- 1999

7. Комилов Н. Бу кадимий санъат. - Тошкент: Адабий мерос, 2000

8.Тимко Н.В. Лингвокультурологические аспекты перевода цветообозначений. Курск- 2012

9. МусаевД. Таржима назарияси асослари. - Тошкент: Фан, 2005. O'quv qo'llanmalar

10. Саломов F. Таржима назарияси асослари. -Тошкент: Укитувчи, 1983.

11. Жураев К. Таржима санъати. - Тошкент: Фан, 1982

12. Швейцар А.В. Перевод и лингвистика. - Москва, 1973

13 Сергеева, Э. С. (2020). Приём понимания как один из способов интерпретации художественного текста. Academic research in educational sciences, (4).

14. Сергеева, Э. С. (2021). Категория пространства в художественной литературе. Экономика и социум, (1-2), 957-960.

15. Сергеева, Э. С. (2020). Образ культурного пространства романов Л. Соловьева «Повесть о Ходже Насреддине» И А. Волоса «ВОЗВРАЩЕНИЕ В ПАНДЖРУД». Экономика и социум, (11), 1283-1286.

16. Xasanova, L. (2021). THE IMPORTANCE OF ART IN DEPICTING THE IMAGE OF A DOG (ON THE EXAMPLE OF NAVOI'S LYRICS). Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3).

17. Хасанова, Л. (2021). " ХАЗОЙИН УЛ-МАОНИЙ" КУЛЛИЁТИДА ИТ ОБРАЗЛАРНИНГ ТАСВИРЛАНИШИ ТАМОЙИЛЛАРИ. Scientific progress, 7(6), 1098-1111.

18. Shayxislamov, N. (2021). O'QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA ISHLARNING O'RNI. Scientific progress, 2(1), 1659-1664.

19. Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya-zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 61-62.

20. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

21. Шайхисламов, Н. (2020). Лингвомэдениеттанудын, тарихи мен теориялык непздер^ O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo vayechimlar,(2), 219221.

■ - - 5531

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.