Научная статья на тему 'OBRАZLI HАMDА HISSIY-TА'SIRCHАN SO'ZLАRNING TАRJIMАSI'

OBRАZLI HАMDА HISSIY-TА'SIRCHАN SO'ZLАRNING TАRJIMАSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

391
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mukammal tarjima / matn / vositasiz to’ldiruvch / tahlil / tarjima usuli / xalqlar madaniy usuli / do’stlik aloqalari / perfect translation / text / indirect complement / analysis / translation method / cultural method of peoples / friendly relations

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zulfiya Olimjonovna Mirabdullayeva

Tarjimachilik xalqlar o’rtasidagi madaniy, ijtimoiy, do’stlik aloqalari va munosabatlarini yo’lga qo`yish, mustahkamlash, taraqqiy ettirshga xizmat qiladi. Tarjima vositasida dunyodagi turli xalqlarning madaniyatlari bir-biriga yaqinlashadi, boyib, chuqurlashib boradi. Avaz O’tar o’gli “til vositai robitai olamiyondir” degan teran fikrni aytgan edi. Til tarjima quroli desak, tarjima vositai robitai olamiyondir. Tarjima insoniyat tarixida juda katta salmoqli o’rin tutadi. Ma’lumki mamlakatimizda ta’lim sohasida chet tillarini o’rgatish va o’rganish tizimida o’zgarishlar shiddat bilan amalga oshirilmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF IMAGE AND EMOTIONAL WORDS

Translation serves to establish, strengthen and develop cultural, social and friendly ties and relations between peoples. Through translation, the cultures of different peoples of the world come closer to each other, enrich and deepen. Avaz Otar's son expressed the deep opinion that "language is the means of communication in the world". If we say that language is a tool of translation, the means of translation is the world of communication. Translation has a very important place in the history of mankind. It is known that in the field of education in our country, changes are taking place in the system of teaching and learning foreign languages

Текст научной работы на тему «OBRАZLI HАMDА HISSIY-TА'SIRCHАN SO'ZLАRNING TАRJIMАSI»

OBRAZLI HAMDA HISSIY-TA'SIRCHAN SO'ZLARNING TARJIMASI

Zulfiya Olimjonovna Mirabdullayeva

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Tarjimachilik xalqlar o'rtasidagi madaniy, ijtimoiy, do'stlik aloqalari va munosabatlarini yo'lga qo'yish, mustahkamlash, taraqqiy ettirshga xizmat qiladi. Tarjima vositasida dunyodagi turli xalqlarning madaniyatlari bir-biriga yaqinlashadi, boyib, chuqurlashib boradi. Avaz O'tar o'gli "til vositai robitai olamiyondir" degan teran fikrni aytgan edi. Til tarjima quroli desak, tarjima vositai robitai olamiyondir. Tarjima insoniyat tarixida juda katta salmoqli o'rin tutadi. Ma'lumki mamlakatimizda ta'lim sohasida chet tillarini o'rgatish va o'rganish tizimida o'zgarishlar shiddat bilan amalga oshirilmoqda.

Kalit so'zlar: mukammal tarjima, matn, vositasiz to'ldiruvch, tahlil, tarjima usuli, xalqlar madaniy usuli, do'stlik aloqalari.

TRANSLATION OF IMAGE AND EMOTIONAL WORDS

Zulfiya Olimjonovna Mirabdullayeva

Teacher of Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

Translation serves to establish, strengthen and develop cultural, social and friendly ties and relations between peoples. Through translation, the cultures of different peoples of the world come closer to each other, enrich and deepen. Avaz Otar's son expressed the deep opinion that "language is the means of communication in the world". If we say that language is a tool of translation, the means of translation is the world of communication. Translation has a very important place in the history of mankind. It is known that in the field of education in our country, changes are taking place in the system of teaching and learning foreign languages.

Keywords: perfect translation, text, indirect complement, analysis, translation method, cultural method of peoples, friendly relations.

KIRISH

Tarjima nazariyasi fani va tarjima jarayonida duch kelish mumkin bo'lgan muammolari masalalarining o'ziga xos xususiyatlari, aynan boshlovchi tarjimonlar

uchun qiyinchiliklarni yuzaga keltiruvchi tarjimaning Grammatik murakkabliklari xorijiy va o'zbek tilshunos olimlari A. Fyodorov, V. Komissarov, A. Shveytser, L. Barxudarov, G'. Salomov, J. Sharipovlar tomonidan ularning ilmiy asrlarida va darsliklarda yoritilib berilgan. Tarjima nazariyasi fani mavjud ekan, bu fan tarjimonga to'g'ri tarjima qilish yo'l-yo'riqlarini ko'rsatib beradi va tarjimon o'zlashtirishi kerak bo'lgan qoidalarni o'zida mujassam etgan qoidalarni aynan ingliz tilida o'zbek tiliga tarjimaning grammatik jihatlarini misollar bilan tahlil qilish orqali o'rganishdir.

METODOLOGIYA

Mukammal tarjima qilish maxoratini egallash uchun, nafaqat umumiy til tayyorgarligiga ega bo'lish, balki tarjima asoslarini ham egallash lozim. Aniq tarjima asosida adekvatlik tarjima qilinayotgan matnning asl matnga mos kelishi yotadi, ya'ni ingliz tilidagi matnni o'zbek tiliga asl matnning stilistik xususiyatlarini maksimal saqlagan holda aniq bera olish lozim bo'ladi.

Ingliz va o'zbek tillaridagi gapda so'z tartibidagi farq tarjima jarayonida qayta qurilishni talab etadi. Ko'p holatlarda ingliz va o'zbek tillari Grammatik qurilishidagi mos kelmasliklar aynan gap qurilishida ko'rinadi. Odatda ingliz tilida gapda so'z tartibi quyidagicha; ega, kesim, to'ldiruvchi, hol. O'zbek tilida ingliz tili bilan qiyoslanganda so'z tartibi ancha erkin.

Tarjimada shuning uchun o'zbek tili sintaktik normalariga mos ravishda gapni qayta ko'rishga to'gri keladi. Masalan;

A press conference was recently held in Essen (D.W) Yaqinda Essenda press konferenseya bo 'lib o'tdi.

O'zbek tiliga qilingan tarjimada ingliz tilidagi gap to'liq qayta qurildi; Vaqt va o'rin joy holi gapni boshida turibdi, kesim egadan keyin turibdi. Biroz murakkabroq misolni ko'rib chiqamiz;

United States and Chinese negotiators held the fifth session of their talks on the

problem of civilian repatriation at U.N headquarters in Geneva today (D.W)

Bu gap tarjimasi ham gapning to'liq qayta ko'rilishini talab etadi: Bugun Jenivada Birlashgan Mamlakatlar shtab-kvartirasida fuqarolarning repatriasiya muammolari bo'yicha AQSH va Xitoy vakillarining beshinchi majlisi bo 'lib o 'tdi.

NATIJALAR

Birinchidan hamma o'rin joy va payt hollari gapni boshiga qo'yildi.

Ikkinchidan ingliz tilidagi gapda ega (United States and Chinese negotiators) egaga tegishli bo'lgan bosh kelishikdagi aniqlovchi bilan berilgan (AQSH va Xitoy vakillarining majlisi).

Uchunchidan vositasiz to'ldiruvchi, the fifth session of their talks - ega bo'lgan: "beshinchi majlisi" to'rtinchidan kesim avvalgi misoldagi kabi, egadan keyin turgan, tarjimada esa oxiriga qo'yilgan. "bo'lib o'tdi" beshinchidan talks so'ziga aniqlovchi bo'lib kelgan on the problem of civilian repatriation birikmasini fuqarolik repatriassiyasi" deb tarjimasi deb tarjima qilingan, ingliz tilida civilian so'zi sifat ,o'zbek tiliga fuqarolik repatreasi sifatli ot birikmaga to'gri kelgan. Qo'shma gaplarning qayta qurilishiga sababi bazan o'zbek tilida ingliz tilidan ko'ra gapning mantiqiy bog'liqligi emmentlarning o'zgacha so'z tartibini talab etadi. Masalan:

He started back and fell against the railings, trembling as he broked up (W.M.Thackeray, Vanity Fair)

Yuqoriga qarab u titragancha to'siqqa suyanib qoldi.

Uning hayojonini chiqargan voqea sababi uning yuqoriga qarab, uyini mehmonhonasida chiroq yongan edi. Ingliz tilidagi gapda ergash gap bosh gapdan so'ng turibdi, o'zbek tili sabab ergash gapli qo'shma gaplarda ergash gap asosan bosh gapdan oldin keladi.

Shuni aytish kerakki, ingliz tilida bosh gapdan so'ng keluvchi ergash gapda ega odatda olmosh bilan ifodalanadi, bosh gapda esa ot bilan beriladi, o'zbek tilida bu holat uchramaydi.

When she entered the room, the teacher saw the students writing - O' qituvchi

xonaga kirganda, talabalar yozib o'tirishganini ko'rdi.

Agar tarjimada birinchi gapdagi olmoshni saqlab qolinsa, ikkinchi gapdagi ot bilan ikki shaxs haqida gap ketayotgan tasavvur tug'diradi: " U kirganda, o'qituvchi ko'rdi "

Bunday tartibni ingliz tilida sintaktik prinsip ustunlik qilishi bilan tushuntirish mumkin: olmosh ergash gapning egasi hisoblanadi, ot esa bosh gapniki. O'zb ek tilida ot birinchi bo'lib turgan gapning egasi hisoblanadi, bu gap bosh yoki ergash gap bo'lishidan qat'iy nazar.

Shuningdek tarjimada ega guruh bo'lib kelgan aniqlovchilar bilan ifodalanganda ham gapda so'z tartibi qayta ko'rilishiga sabab bo'ladi.

An important landmark in the creating of fraternal unity between the youth of Britain and of the colonies in Asia, Africa and America has been reached. (D.W.)

Ingliz va uning koloniyalari Osiyo, Afrika va Amerika yoshlari o'rtasidagi do'stona birdamlikni yaratishda muhim bosqichga erishildi.

Tarjimada bu gapni qayta ko'rishni zarurligi yana bir sababga ko'ra deb aytish mumkin: qisqa kesim birlik jihatdan katta guruhdagi egaga mos emas. Tarjimada sintaktik qayta ko'rish gapda inversiya ya'ni so'zlarning teskari tartibi, tufayli ham yuzaga keladi. Inversiya stilistik yoki ma'no jihatdan yuzaga keladi. Inversiya butun gapdagi intonatsiyani o'zgarishi bilan ifodalanadi: joyiga nisbatan boshqa joyga qo'yilgan so'z, intonatsion jihatdan ajratib aytiladi. Ingliz tilida gapda so'z tartibining qatiyligi sababli, stilistik inversiya ingliz tilida ifodaviy emfotik vositalar deb hisoblanadi. O'zbek tilida inversiya so'z tartibi erkinligi uchun juda ifodaviy kuchga ega emas. Shuning uchun o'zbek tiliga tarjima jarayonida inversiyani berishda boshqa emfotik vositadan foydalanishga to'g'ri keladi. Masalan to'ldirib keluvchi so'z kiritish bilan:

Reductions there have been. Qisqarmalar haqiqatdan yuzaga keldi.

Infersiya hodisasi ayniqsa badiy adabiyotlar tarjimasida yaqqol namoyon bo'ladi. Out came the chaise, in went the horses, on sprang the boys, in got the travelers. Bu gapni tarjimasida bior qator leksik vositalar va xolat ravishlaridan foydalanish maqsadga muofiq bo'ladi.

Bu misoldan ko'rib turibdiki, tarjimon o'z vazifasiga rasman yondashmasligi lozim. Har bir holarda inversiya qanday vazifani bajarib kelganligini aniqlash lozim. Ingliz tilida inversiya har doim ham emfotik vazifa bo'lib kelmaydi. Undan ba'zida gaplar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni izohlab ko'rsatish uchun ham foydalaniladi. Masalan: At a low estimate, three-fourths of our Royal Academicians are Forsytes, seven-eights of our novelists, a large proportion of the press. Of science I can't speak ... (S.Galsworthy, The man of Property.)

Quyi tahminlarga ko'ra, bizning qurollik akademyamizning uchdan bir qism azolari Forsaytlar, sakkizdan yettitasi bizning roman yozuvchilarimiz, va ko'pgina jurnalistlar. Olimlar haqida men gapiraolmayman...

Inversiya emfotik harakterni ifodalamagan, u mantiqiy bo'lib tarjimada alohida berilmasligi mumkin.

Gapni qayta ko'rish ba'zan ergash gapli qo'shma gaplar tarjimasida yuzaga keladi. Masalan ega ergash qo'shma gaplar o'zbek tilidan ko'ra ingliz tilida kengroq tarqalgan. Masalan:

What is more important is the principle of the decision (D.W) Muhimrog'i qarorning tamoyilligidir.

What was needed was imagination - tassavur kerakligi shu edi. Ingliz tili uchun biron bir element atrofida gap tuzush xususiyati xos deyish mumkin. Bunday murakkab gap tuzish odatda qisqa xabarlar va ingliz gazetalari, yangiliklari uchundir. Bunday xabarlar mualliflari bir gapni o'ziga ko'proq sensatsion gaplarni kiritishga xarakat qilishadi.

MUHOKAMA

Chet tilidagi matnni tushunish va to'g'ri tarjima qilishda gaplarni grammatik tahlil qilish ahamiyati. Ingliz tilidan o'zbek tiliga to'g'ri va tez tarjima qilish uchun ingliz tili grammatikasini bilish va ma'lum miqdorda so'z boyligiga ega bo'lish yetarli emas. Gapni tarjima qilishda lug'at orqali topilgan so'zlarni tartib bilan joylashtirish orqali tarjima qilish yaxshi natija beravermaydi.Buning sababi shundaki, xar bir tilda so'zlarning bir-biri bilan bog'lanishi va birgalikda qo'llanilishi xar bir tilning o'ziga xos bo'lgan qonun-qoidalariga asoslanadi. Shu sababli boshqa tildagi matnni tushunish va tarjima qilishda ushbu tilda so'zlarning gapda joylashish tartibi va qoidalarini bilish muxim o'rin kasb etadi va so'z boyligi hamda grammatika qoidalarini bilishdan ham muhimroq o'rin egallaydi.

Shunday qilib, ingliz tilidagi matnni tarjima qilishdan avval kerakli miqdorda so'z boyligiga ega bo'lish, ayniqsa turli soxa terminlari tushunish va ingliz tili grammatikasi asoslarini bilish talab etiladi. Faqat shundagina chet tilidagi gaplarni tarjima qilish qoidalarini bilish orqali ushbu tilni mukammal o'rganish hamda mustaqil ravishda ilmiy, texnikaviy va badiiy adabiyotlarni tarjima qilish mumkin.Gap mazmunini to'g'ri tushunish va tarjima qilish uchun gapni sintaksis tahlil qilish, ya'ni gapdagi bosh va ikkinchi darajali bo'laklarni topish va ula rning o'zaro bog'lanishini aniqlash kerak. Bu ayniqsa, so'zlarning bir-biri bilan bog'lanishini tushunmaganda juda kerak bo'ladi.

Gapni grammatik tahlil qilish, bir qarashda juda murakkab va ko'p vaqt talab etadigandek tuyuladi. Ammo gapda muhim so'zlarni tez va to'g'ri topa bilish, ularni ikkinchi darajali so'zlardan ajrata olish ko'nikmasi hosil bo'lgach, ingliz tilida gaplarni tuzish qoidalaridan foydalanib tarjima qilinsa, bu matnni tushunish va tarjima jarayoni osonlashadi va tezlashadi. Yoki aksincha, talaba gapni grammatik taxlil qilishni bilmasa, u qancha kuch va vaqt sarf etib so'zlarni tarjima qilib chiqsa ham matn mazmunini tarjima qila olmaydi.

XULOSA

Tajriba shuni ko'rsatadiki, gapni taxlil qilish, bu matnni shununish uchun kerakli asosdir. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chet tilida gapni taxlil

qilish ona tilida taxlil qilishdan farq qiladi. Chunki, ona tilida gapning mazmuni uni o'qish jarayonida tushuniladi. Chet tilida esa, gapning mazmunini tushunish va tarjima qilish avval joylashish tartibi, ularning bog'lanishi, predloglar, artikllar, suffikslarga e'tibor qaratish orqali amalga oshiriladi.

Barcha so'z guruxlari ko'p xollarda yordamchi so'zlardan boshlanadi, ya'ni predlog, artikllardan boshlanadi.Bundan tashqari so'zlarni guruxlarga ajratish qaysi so'zlar gapda muhim o'rin egallaganligini, qaysi so'zlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini tushunishga yordam beradi.Gaplarni mazmun bo'yicha guruxlarga ajratish yordamchi so'zlarni bilishni talab etadi. Gapni grammatik taxlil qilishning keyingi etapi, bu gapdagi bosh bo'laklarni, ya'ni ega va kesimni topishdan iborat. Avvalo kesimni topish lozim bo'ladi. Chunki kesim gapdagi asosiy mazmunni tashkil etadi va boshqa gap bo'laklarini aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, gaplarni grammatik taxlil qilish, bu chet tilidagi matnni to'g'ri tushunish va tarjima qilish uchun zarur usuldir.

REFERENCES

1. Саломов .Г.С. Таржима назарияси асослари. - Тошкент, 1989,

2. Catford J. C. A linguistic theory of translation. 1965. Oxford University Press

3. Chomsky, Noam. Aspects of the theory of syntax. 1965. Cambridge

4. Брандес М.П., Провоторов В.И. Предпереводческий анализ текста. -Москва, 2001.

5. Казакова Т.А. Практикум по художественному переводу. - Санкт-Петербург, 2003.

6. Латышев Л.К. Технология перевода. - Москва, 2000.

7. Мусаев Таржима назарияси. - Тошкент, 2006. - 350 б.

8. Нелюбин Л.Л. Толковый переводческий словарь. - Москва, 2003

9. Паршин А. Теория и практика перевода. - Москва, 2000. - 143 с.

10. Терехова М. Теория и практика перевода. - Оренбург, 2004. - 163 с.

11. Bassnett Susan. Translation Studies. - Routledge, London and New York. 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.