Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GAPNING BOSH BO‘LAKLARI TARTIBI'

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GAPNING BOSH BO‘LAKLARI TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3946
268
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gap bo„laklari / ega / aniqlovchi / to„ldiruvchi / kesim / sifatdosh / sifat / qaratqich aniqlovchi / sufiks / parts of speech / subject / predicate / possessive adjective / determiner / complement / adjective / suffix / adverbs

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Malika Sayfitdinovna Soatova

Muallif maqolada o„zbek va ingliz tillaridagi gapning bosh bo„laklari tartibini misollar yordamida qiyoslab o„rgangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ORDER OF MAIN PARTS OF SPEECH IN UZBEK AND ENGLISH

In the article, the author compares the order of the main parts of speech in Uzbek and English with the help of examples

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GAPNING BOSH BO‘LAKLARI TARTIBI»

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GAPNING BOSH BO'LAKLARI

TARTIBI

Malika Sayfitdinovna Soatova

O'zbekiston respublikasi Qurolli kuchlari "Tinchlik Yo'lida hamkorlik" dasturi tayyorlash markazi ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Muallif maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi gapning bosh bo'laklari tartibini misollar yordamida qiyoslab o'rgangan.

Kalit so'zlar: gap bo'laklari, ega, aniqlovchi, to'ldiruvchi, kesim, sifatdosh, sifat, qaratqich aniqlovchi, sufiks.

THE ORDER OF MAIN PARTS OF SPEECH IN UZBEK AND ENGLISH

Malika Sayfitdinovna Soatova

English Language Department Instructor, Uzbekistan Ministry of Defense Partnership for Peace Training Centre [email protected]

ABSTRACT

In the article, the author compares the order of the main parts of speech in Uzbek and English with the help of examples.

Keywords: parts of speech, subject, predicate, possessive adjective, determiner, complement, adjective, suffix, adverbs.

KIRISH

Har bir shaxs so'zlayotganda gapning grammatik tuzilishi yoki so'z tartibiga emas, balki aytmoqchi bo'lgan fikriga qisqa va lo'nda bayon etishga e'tibor beradi. Ammo fikrni ifodalashda gap bo'laklarini tartibi muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur bo'lmagan hollarda gap bo'laklarining o'rinlarini o'zgartirish gapning ma'nosiga ijobiy yoki salbiy ta'sir etishi, oqibatda gapda ayrim qo'shimcha ma'no tovlanishlari paydo bo'lishi yoki imloviy, uslubiy hatolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois xorijiy tilni ona tiliga qiyoslab o'rganish maqsadga muvofiqdir.

METODOLOGIYA

O'zbek va ingliz tillarining har ikkisida ham besh xil gap bo'laklari mavjud bo'lib, ushbu gap bo'laklari tartibi bir-biriga taqqoslansa, ular o'rtasida o'xshashlikdan ko'ra tafovut ko'pligini ko'rish mumkin. Shuning uchun ko'pchilik talabalar tarjima qilish paytida qiyinchiliklarga duch keladilar. Har bir tilda so'z tartibi qat'iy belgilangan qoidalarga asoslangan. Gap bo'laklari o'rnini har kim o'z bilganicha o'zgartira olmaydi. Shu bois gap tuzishda har bir tilning o'z grammatik qoidalaridan kelib chiqishi lozim. O'zbek va ingliz tilidagi gap bo'laklarining tartibini qiyoslab ko'ramiz:

O'zbek tilida istisno bo'lmagan hollarda ega hamisha kesimdan oldin, kesim gap oxirida keladi. Masalan: Pirmuhammad Mirzo tashrif buyurdi. Sen xuddi Muhammad Sultonga o'xshaysan (P.Qodirov).

Ingliz tilida: Pirmuhammad Mirzo has visited. You look like Muhammad Sulton.

So'z tartibining o'zgarishi grammatik ma'noni o'zgartirishi ham mumkin. Bu quyidagicha:

1. Ega va kesimning o'rni o'zaro almashsa, ega kesimga, kesim egaga aylanadi. Masalan: Yetti kun - bir hafta, bir hafta etti kun. Bu holatni ingliz tilida ham kuzatish mumkin. Seven days are a week. A week is seven days.

2. Sifatlovchi va sifatlanishning o'rni almashsa, sifatlanish egaga, sifatlovchi kesimga, ya'ni so'z birikmasi gapga aylanadi. Masalan: Go'zal Samarqand, Samarqand go'zal. Ingliz tilida so'z birikmasini gapga aylantirish uchun sifatlovchi va sifatlanmish o'rinlarining almashinishida to be fe'lini ham qo'llash kerak bo'ladi.

O'zbek tilida egaga nisbatan kesimning o'rni qat'iyroq, ya'ni u ko'pincha gap oxirida keladi. Ayrim o'rinlarda ega o'ziga yoki kesimga tobe so'zlardan keyin keladi. Biroq shunda ham ega kesimdan oldin turadi. Masalan: Tashqarida Ulug'bekni qurshab olib kelgan beku navkarlar qo „riqchilik qilmoqda (P.Qodirov).

Ingliz tilida: The guards who brought Ulugbek surrounding him were guarding outside.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bu tarjimada quyidagi farqlarni ko'rish mumkin. O'zbek tilida ega o'z aniqlovchisidan keyin kelgan bo'lsa, ingliz tilida ega gap boshida kelgan, aniqlovchi unga who (kimki) so'roq olmoshi bilan ergashgan. Agar ingliz tilida mazkur gapdagi ega va aniqlovchi o'rinlari almashtirilsa, ham grammatik tuzilma, ham gap mazmuni o'zgaradi. Ya'ni aniqlovchi maxsus so'roq gapga aylanib, ega bilan ham, kesim bilan

ham bog'lonolmaydi. Ammo o'zbek tilida: Tashqarida beku navkarlar Ulug'beklar qurshab olib kelganlar qo „riqchilik qilmoqda edi.

O'zbek tilda mantiqiy urg'u oldigan so'z kesim oldiga o'tadi va boshqa so'zlarga nisbatankuchli ohang bilan aytiladi. Ingliz tilida esa bunday holda xech qanday o'rin almashish bo'lmaydi, faqatgina kuchli ohang bilan aytiladi xolos.

Ega bilan kesim tartibi gap undov, buyruq, so'roq ohangi bilan aytilganda o'zgarishi mumkin. Masalan: Undov ohangida: Yashasin ozodlik! (P. Qodirov)

Ingliz tilida: Live freedom !

Buyruq ohangda: Eshiting, dutorni qiyvoradi bu yigit.

Ammo bu holatni ingliz tilida ifodalab bo'lmaydi.

So'roq ohangida: Yurtgayana soliq soldimi bu zolim podsho?

Ingliz tilida: Has this severe king taxed the country again?

Agar ingliz tilida kesim tarkibida yordamchi yoki modal fe'l bo'lsa, qayd etilgan fe'llar ega oldiga o'tadi va asosiy fe'l o'z o'rnida qoladi. Shuningdek, kesim "to be", "to have" fe'lidan tashkil topgan bo'lsa, butun bir kesim ega oldiga o'tadi. Masalan: Do you like these mysteries? Are these scientists in the lab?

Ko'chirma gaplarda: "Bu tomonini o'ylamapmiz" - deb tan oldi Uvays Tarxon.

Ingliz tilida: "We did not think about this side" - Admitted Uvays Tarkhan.

Ne bir hujraki, kom topg „ay ko „ngil,

Dame anga or topg 'ay ko „ngil.

Agar gap "here" (mana) so'z bilan boshlanganda ham inversiya yuz beradi.

Here is my card. Here comes my brother John.

To'ldiruvchi gapda kesimga bog'lanib kelishi bois ega va kesim o'rtasida keladi. Masalan: Inson har bir ishni mehr bilan qilmog'i lozim. Shu jumlani ingliz tiliga tarjima qilib ko'ramiz: a man should do every work by kind.

Aniqlovchi o'znek tilida ham, ingliz tilida ham o'zi aniqlab kelayotgan so'z olida keladi. Agar gapda aniqlovchining uchala turi ham mavjud bo'lsa, u quydagicha joylashadi: qaratgich, sifatlovchi, izohlovchi aniqlanmish (ega yoki to'ldiruvchi). Masalan: Alisherbek onasining o „ng qo „lini avaylab kaftlariga oldi. Shu gapni ingliz tiliga tarjima qilib, undagi aniqlovchilar tartibini bir-biriga taqqoslab ko'ramiz. Masalan: Alisher carefully took the right hand into his palms.

Demak, ingliz tilida ham aniqlvchilar tartibi ona tilimizdagiga o'xshash, ammo bu gapni "of" (-ning) predlogi bilan bersak, ayrim o'zgarishlar sodir bo'ladi. Masalan: Alisherbek carefully took the right hand of his mother into his palms.

Tarjimadan ko'rinib turibdiki, ingliz tilida sifatlovchi aniqlovchi o'z o'rnida qolgan, ammo qaratgich aniqlovchi va aniqlanmishdan so'ng joylashgan. Ya'ni biz

har vaqt tarjima vaqtida mana shu farqqa katta ahamiyat berishimiz lozim. Shuningdek, ingliz tilida "able", "ible" sufikslari bilan yasalgan ko'pchilik sifatlar otlardan keyin ham kela oladi. Masalan: the only person visible. The most interesting thing imaginable.

Hol hamisha kesimga bog'lanadi va o'zbek tilida kesim oldida keladi. Ammo o'rin va payt, ba'zan maqsad va sabab hollari gap boshida kela oladi. Masalan:

Tevarak-atrofda hanuzgacha jimjitlik hukm surmoqda (P. Qodirov).

Ertalab (qachon?) atayin (nima maqsadda?) sizni izlab kelgan edim.

Achinganidan (nima sababdan?) uni afV etdi.

Ingliz tilida ham o'rin va payt hollari gap boshida yoki ohirida kelishi mumkin. Hol bu xususiyati bilan o'zbek tilidagiga o'xshab ketadi. Masalan: On Tuesday night the new laundrymen arrived. Probably we shall try tomorrow.

Ammo kesim yordamchi yoki modal fe'llardan tashkil topgan bo'lsa, bunda payt hollari yordamchi va asosiy fe'l o'rtasiga joylashadi.

Noaniq zamonni bildiruvchi ravishlar bilan ifodalangan hollar har doim kesimdan oldim joylashadi. Masalan: She always makes her mother happy. I never heard of such a thing.

Ammo "often" (tez-tez), "occasionally" (har zamon), "sometimes" (ba'zanda) hollari gap boshida ham kela olishi mumkin. Masalan: Occasionally I miss my native country.

Ravish hollari, yangi ish-harakatni qay darajada bajarilganligini bildiruvchilar, gapning ohirida keladi. Masalan: He is doing very well. You are walking fast. He so earnestly desired to quit.

XULOSA

Ingliz tilida, ayniqsa, ravish hollarini qo'llashda e'tiborli bo'lish talab etiladi. Chunki ingliz tili qoidalari bo'yicha ular ega va kesim o'rtasida yoki kesim va predlog o'rtasida keladi. Agar kesim o'timsiz fe'ldan tashkil topgan bo'lsa, ravish holi kesimdan keyin, o'timli fe'ldan tashkil topgan bo'lsa, vositasiz to'ldiruvchidan keyin keladi, o'timli fe'ldan tashkil topgan bo'lsa, vositasiz to'ldiruvchidan keyin keladi. Masalan: "You do not need to worry about me, Louise " said stoutly.

Yana shuni eslatib o'tish lozimki, agar kesim predlogli fe'ldan tashkil topgan bo'lsa ravish hollari kesim va predlog o'rtasida yordamchi, modal, "to be" fe'li va asosiy fe'ldan tashkil topgan bo'lsa, yordamchi va asosiy fe'l o'rtasida keladi. Masalan: She leaned lightly against his shoulder.

Daraja-miqdor hollarihar doim kesim oldida keladi: I entirely agree with you.

Agar ingliz tilida birdan ortiq po'rin hollari keladigan bo'lsa, ularni joylashtirishda joyning katta-kichikligiga e'tibor berib, avval kichik o'rin joyi, so'ng kata o'rin joyi qo'llaniladi. Masalan: I studied in a language school in England. O'zbek tilida esa buning aksi: Men Angliyadagi til maktabida o'qiganman. O'zbek va ingliz tillaridagi misollarini qiyoslash va taxlil qilish shuni ko'rsatadiki, har ikki tildagi gap bo'laklarini tartibida o'xshashlik va tafovutlar mavjud. Bu farqlarni bilish bir tildan ikkinchi tilga aniq va to'liq tarjima qilishni osonlashtiradi.

REFERENCES

1. Abdurahmonov X. Ozbek tilining amaliy grammatikasi. -T.: Oqituvchi 1992.

2. Muhiddinova X. va boshqalar. Hozirgi ozbek adabiy tili. - T.: 2004.

3. P. Qodirov Ona lochin nidosi. - T., 2001.

4. Kaushanskiy B. A. A grammar of the English Language - M.: ПРОСВЕЩЕНИЕ, 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.