Научная статья на тему 'KESIMI TO BE SIFAT BILAN IFODALANGAN GAPLAR TAHLILI'

KESIMI TO BE SIFAT BILAN IFODALANGAN GAPLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1053
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inversiya usuli / to be / daraja kategoriyasi / to be sifatdoshning o’tgan zamon shakli / nisbat kotegoriyasi / inversion method / degree category / to be / to be the past tense form of the adjective / ratio category

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nodira Anvarbek Qizi Azatova

Ushbu maqolada ingliz tili grammatikasidagi kesimning turi, xususan, gapda to be sifat bilan ifodalanuvchi kesim xususida so’z boradi. Bu borada jahon olimlarining keltirgan fikr-mulohazalari misollar orqali boyitilib boriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF SENTENCES EXPRESSED WITH TO BE ADJECTIVE

This article discusses the type of cut in English grammar, in particular, the cut that is expressed by the adjective to be in a sentence. The opinions of world scientists in this regard are enriched by examples

Текст научной работы на тему «KESIMI TO BE SIFAT BILAN IFODALANGAN GAPLAR TAHLILI»

KESIMI TO BE SIFAT BILAN IFODALANGAN GAPLAR TAHLILI

Nodira Anvarbek qizi Azatova Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabasi nodira [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ingliz tili grammatikasidagi kesimning turi, xususan, gapda to be sifat bilan ifodalanuvchi kesim xususida so'z boradi. Bu borada jahon olimlarining keltirgan fikr-mulohazalari misollar orqali boyitilib boriladi.

Kalit so'zlar: inversiya usuli, to be, daraja kategoriyasi, to be sifatdoshning o'tgan zamon shakli, nisbat kotegoriyasi

ANALYSIS OF SENTENCES EXPRESSED WITH TO BE ADJECTIVE

Nodira Anvarbek kizi Azatova Student of the Faculty of Foreign Philology, Urgench State University

nodira [email protected]

ABSTRACT

This article discusses the type of cut in English grammar, in particular, the cut that is expressed by the adjective to be in a sentence. The opinions of world scientists in this regard are enriched by examples.

Keywords: inversion method, degree category, to be, to be the past tense form of the adjective, ratio category

KIRISH

Ma'lumki, har qanday til grammatikasida gap qurilishi jarayonida kesim asosiy ma'noni ifodalovchi bo'lak hisoblanadi. Gapda kesim turli so'z turkumlari bilan ifodalanadi. Har bir til grammatikasining o'ziga xos xususiyati bo'lgani kabi ingliz tili grammatikasi ham shular jumlasidandir. Xuddi o'zbek tilidagi kabi ingliz tilida ham kesim turli so'z turkumlari va shu bilan birga kesim vazifasini bajaruvchi bo'laklar bilan ifodalanadi. Xususan, kesimi to be sifat bilan ifodalanadigan gaplarni

oladigan bo'lsak, ular o'ziga xos xususiyatlari bilan gapda qo'llanish doirasi jihatidan farqlidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

B.A.Ilish kesimning bu turi ikki xil bo'lishini ta'kidlab, ularni gaplarda kesimi bog'lama fe'lsiz ot yoki sifat bilan ifodalanib, undov gaplarda kelishini yoki gaplarning inversiya usuli bilan, ya'ni teskari so'z tarkibi bilan tuzilgan gaplarda qo'llanilishini aytib o'tadi. [1] Ammo gaplarda kesimi bog'lama fe'l hamda ot, sifat yoki ravish bilan ifodalangan holatlar qo'shma ot-kesim deb nomlanadi. O'zbek tilida ba'zi mualliflar kesimning mazkur morfologik ifodalanishini tarkibli ot-kesim deb, boshqalari esa murakkab ot-kesim deb turlicha nomlaydilar. Umuman olganda, kesimning bunday turi ingliz tilida to be sifat shaklida berilsa, o'zbek tilida esa sifat bo'lmoq, sifat bermoq, sifat shaxsni ifodalovchi qo'shimchalar hamda yaxlit sifat bilan ifodalanadi.

NATIJALAR

Har ikkala tilda ham bog'lama fe'llar gapning predikativ qismi bilan gapning egasini bog'laydi hamda gapda zamon, mayl, shaxs kategoriyalarini ifodalab keladi: 1.This life is very pleasant (EHF,187); 2.The prise is reasonable (EHF,170); 3.He was very serious (EHF,170); 4.I'll be very glad to be an American (EHFA,211); 5.You should be importial (BUG,86); 6.The war couldn't be much worse (EHF,187).

Bunday misollarning kesimi sifat bilan ifodalanganligini aniqlash uchun tushurib qoldirish transformatsiyasidan foydalanilsa quyidagi hosila paydo bo'ladi: 1) This life is very pleasant^ This life is...pleasant^.. life is pleasant; 4) I'll be very glad to be an American^ I'll be.glad to be an American^ I'll be glad...; 6) The war couldn't be much worsen The war couldn't be. worse;

Bu gaplarda ega va kesim o'rtasidagi sintaktik aloqa va komponentlarning differentsial sintaktik belgilari bir xil.

MUHOKAMA

Misollardan ko'rinadiki, jumlalar tashqi strukturasiga ko'ra ingliz tilida bog'lama fe'llarning qo'llanilishi majburiydir. O'zbek tilida esa faqat kelasi yoki o'tgan zamon shakllaridagina bu unsur majburiylik kasb etadi. Bog'lama fe'llarning gapda sifatga nisbatan o'rni tillarning grammatik tabiatiga mos holda ingliz tilida prepozitsiya holatida kelsa, o'zbek tilida postpozitsiya holatida keladi. Yana shuni qayd etish lozimki, ingliz tilida asosiy bog'lama fe'l to be bo'lsa, boshqalarini shu fe'l bilan almashtirish mumkin. Masalan: 1.You looked frail and white and

tired^-You were frail and white and tired; 2. She flushed and grew pale^-She flushed and was pale; 3. He grew impatient^-He was impatient; 4. ...his face remained impressive^-...his face was impressive; 5. She felt asleep^-She was asleep; 6. It had always seemed perfectly naturals-It had.. .been... natural.

Bunday holat o'zbek tiliga ham xos deyish mumkin. Masalan: Asror uyatdan qizarib ketdi (ShOZ,78).

Kesimi to be sifatdoshning o'tgan zamon shakli bilan ifodalangan gaplar tahlili

Kesimning aynan sarlavhada o'z aksini topgan shakli fe'lning nisbat kategoriyasi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham har ikkala tilda nisbat kategoriyasini o'rganish qay holatda ekanligiga qisqacha to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi.

Ma'lumki, tilshunoslikka oid adabiyotlarda hozirgacha nisbat kategoriyasining yagona ta'rifi yo'q. Chunki mantiqiy va lisoniy kategoriyalarni bir xil deb qarash natijasida grammatik ega va leksik subyekt bir xil deb tushuniladi hamda ish-harakat yoki jarayonning yo'naltirilganligi turlicha izohlaniladi. Xususan, V.Z.Panfilovning yozishicha, morfologik va leksik qatlam birliklari o'rtasidagi farqqa yetarlicha ahamiyat berilmagan. Shu bois mantiqning asosiy qonunlariga tayangan holda nisbat kategoriyasi mazmunini tushunishda ayrim qiyinchiliklar tug'iladi, ya'ni grammatik subyekt va grammatik obyekt o'rtasida farq bo'lishiga qaramay ular aynan bir xil deb qaraladi. U nisbat kategoriyasini ta'riflashda mantiqiy va grammatik xususiyatlarni chalkashtirishdagi umumiy kamchiliklarni ko'rsatib, nisbat kategoriyasi fe'ldan anglashilgan ish-harakatning subyekti va obyekti munosabatini tavsiflashini uqtiradi. [2]

Ingliz tilida bu yana-da murakkabroq muammodir. G.Suit nisbat kategoriyasi haqida shunday deydi: "Nisbat deganda biz o'timli fe'l hamda gapning egasi va to'ldiruvchisi orasidagi aloqaning turli grammatik yo'llar bilan ifodalanishini tushunamiz (By voice we mean different grammatical ways of expressing the relation between a transitive verb, it's subject and object)." L.S. Barxudarov va D.A.Shteling fe'lning nisbat kategoriyasi ish-harakatning bajaruvchisiga nisbatan turlicha yo'nalishini ifoda etishini ta'kidlaydi.[3] V.N.Jigadlo, I.P.Ivanova va L.L.Iofiklar esa "Fe'lning nisbat kategoriyasi ish-harakatning subyekti va obyektiga bo'lgan munosabatining fe'l shaklida ifodalanishini aks ettiradi" deb ta'riflaydi. [4] Bu kabi ta'riflar ingliz tilshunosligida juda ko'plab uchraydi.

O'zbek tilida, asosan, nisbat subyekt va obyekt o'rtasidagi munosabatni ifodalovchi kategoriya ekanligi haqidagi ta'riflar keng tarqalgan. Biroq ba'zi adabiyotlarda nisbat kategoriyasi "daraja kategoriyasi" deb nomlanadi. Umuman

olganda, nisbat kategoriyasining alohida tadqiqi bizning nazarimizda foydadan holi bo'lmaydi. Buning yaqqol dalili nisbat kategoriyasi va uning gapda kesim vazifasida keluvchi so'zlar bilan munosabati misolida ham ko'zga tashlanadi. Nisbat turlariga to'xtaladigan bo'lsak, o'zbek tilida, asosan, beshta ekanligi e'tirof etilgan bo'lsa, ingliz tilida ularning miqdori masalasi haligacha hal etilmagan.

Ma'lumki, ingliz tilida gapning kesimi to be o'tgan zamon sifatdosh shakli ko'rinishiga ega bo'lsa, u holda bu kesim turi fe'lning majhul nisbatini ifodalovchi shaklidir, deb qabul qilingan. Bu kategoriya ish-harakatning subyektga tashqaridan yo'naltirilganligini, shuningdek, grammatik eganing ish-harakatni bajarishda faoliyatsiz ekanligini anglatadi. Tipologik majhullikning asosiy ifodalanish usuli sifatida morfologik majhul nisbat olinib, u tipologik majhullik kategoriyasining konstituenti hisoblanadi:

John wrote a letter ^ The letter was written by John.

O'zbek tilida ham majhullik morfologik qatlamda grammatik nisbat shakli vositasida ifodalanadi. Uning asosiy ko'rsatkichlari sifatida affiksal morfemalar ishlatiladi. O'zbek tilida majhul nisbat -l, -il, -n, -in affikslari ishtirokida ifoda etiladi.

Bundan tashqari, ingliz tilida to be o 'tgan zamon sifatdoshi shaklidagi quyidagi misollarga e'tibor qaratish lozim: The bat was not frightened(EHF, 73); The train was crowded(EHF,73); The carpet was worn(EHF,113); The chair was sat down (SMP,90); The dress was cream coloured (CST,43). Ushbu misollarda kesim vazifasida kelgan unsurlar shaklan majhul nisbatga o'xshasa-da, lekin bu o'rinda mustaqil fe'lning sifatdosh shakli sifatlashgan fe'l deb qaraladi. Bundan, to be o 'tgan zamon sifatdosh shakli ikki xil xususiyatga ega ekanligi, ya'ni majhul nisbatni ko'rsatganda harakatni ifodalab, sodda fe'l-kesim bo'lib kelishini, boshqa o'rinda esa holatni ifodalab, qo'shma ot-kesim vazifasida kela olishini ko'rish mumkin.

Kesimi to be boshqa so'z turkumlari bilan ifodalangan gaplar tahlili Ingliz tili nazariy va amaliy grammatikalarida kesim yuqorida qayd etilganlardan tashqari, son, olmosh, ravishlar bilan ham ifodalanishi aytib o'tiladi va ular ham ot-kesim guruhiga qo'shib yuboriladi.

O'zbek tilshunosligida ham xuddi shunday tasnifni uchratish mumkin, ya'ni bir xil xarakterdagi hodisalar boshqa bir xil hodisalarning nomi bilan atalib kelinar, bu ham nazariy, ham amaliy jihatdan qiyinchilik tug'dirar edi. So'zlarning morfologik tuzilishi masalasining yuqoridagidek hal etilishi, endilikda bir tomondan, so'z haqidagi mavjud qiyinchiliklarni bartaraf qiladi, ikkinchi tomondan esa gap bo'laklarini, jumladan, kesimlarni tasniflash, turlarga ajratish, uning materialini tayinlash va shu kabilarga imkon beradi.

Ingliz tilida kesim son, olmosh, ravishlar bilan ifodalanganda, albatta, fe'li zamon, shaxs, mayl ko'rsatkichlarini ifodalaydi: 1)She was nearly fourty (CST,50); 2) The snow is very late this year (EHF,213); 3) I'll be back in half an hour (BUG,43); 4) I am certainly yours (EHF,108); 5) I had been up for examination (EHF,93); 6) Your are just mine (EHF,76); 7) It is everything and nothing (SMP,191). Keltirilgan misollardagi yadro predikativlik I va yadro predikativlik II komponentlarini aniqlash uchun eksperiment, ya'ni tushurib qoldirish transformatsiyasi metodidan foydalanamiz:

1)She was nearly fourtys She was. fourty; 2) The snow is very late this

years- The snow is ... late this years The snow is ... late......; 3) I'll be back in

half an hours I'll be back.........; 4) I am certainly yourss I am ... yours; 5) I

had been up for examinations I had been up .; 6) Your are just mines Your are ... mine.

Gap tuzilishi sintaktik qatlamda tahlil qilinganda gap bo'laklari muammosi asosiy o'rinda turadi. Gap bo'laklari sintaktik kategoriya bo'lib, u gap tarkibidagi unsurlarning o'zaro munosabatini, bu munosabatning xarakterini, gapning grammatik jihatdan qanday bo'laklarga ajralishini, elementlar sintaktik birliklarning gapdagi rolini ko'rsatadi. Bu xususida yuqorida aytib o'tilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:

XULOSA

Jahon tilshunosligida gapni sintaktik jihatdan tahlil qilishda turlicha yondashuvlar mavjud, ya'ni sintaktik shakl yoki sintaktik o'rniga ko'ra gap bo'laklariga ajratish, obyektiv reallik strukturasiga nisbatan izomorflik, kommunikativ (aktual) strukturada tematik va rematik, modal strukturada obyektiv va subyektiv munosabati nuqtai nazaridan yondashilishi yoki sintaktik birliklarni differentsial sintaktik-semantik belgilarini aniqlash usullari yordamida o'rganilishi ma'lum bo'ldi.

Kesimni gap bo'lagi sifatida tasniflashda ham turlicha fikrlar mavjud bo'lib, mazkur ishning ushbu bobida ingliz va o'zbek tillarida kesimni morfologik jihatdan ifoda planiga tayangan holda tasniflashni ma'qul ko'rdik. Chunki, bunday tasnif ingliz tilini o'rganishga qiziqish kuchayib borayotgan ayni paytda muhim amaliy ahamiyatga molik bo'ladi.

REFERENCES 1. B.A. Ilish, History English language. Moscow, 1935.

2. V. Z. Panfilov, Grammar and Logic. Mouton, 1968.

3. L.S. Barxudarov, D.A. Shteling, Ingliz tili grammatikasi, M., 1995.

4. V.N. Jigadlo, I.P. Ivanova., L.L. Iofik, Zamonaviy ingliz tili. Grammatika nazariy kursi. M.: Chet el adabiyotlari nashriyoti, 1956.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.