Научная статья на тему 'FE’L SO’Z TURKUMI VA UNING LEKSIK – SEMANTIK TASNIFI'

FE’L SO’Z TURKUMI VA UNING LEKSIK – SEMANTIK TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
19088
962
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l / zamon / suffiks / sifatdosh / grammatik xususiyatlari / verb / tense / suffix / participle / grammatical features

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sulaymonova Maftuna Oxunjon Qizi

ushbu maqolada ingliz va o’zbek tilidagi fe’llarning grammatik xususiyatlari yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VERB SYSTEM AND ITS LEXICO-SEMANTIC CLASSIFICATION

This article describes the grammatical features of the English and Uzbek languages verbs

Текст научной работы на тему «FE’L SO’Z TURKUMI VA UNING LEKSIK – SEMANTIK TASNIFI»

FE'L SO'Z TURKUMI VA UNING LEKSIK - SEMANTIK TASNIFI

Sulaymonova Maftuna Oxunjon qizi

FarDU

Annotatsiya: ushbu maqolada ingliz va o'zbek tilidagi fe'llaming grammatik xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: fe'l, zamon, suffiks, sifatdosh, grammatik xususiyatlari

VERB SYSTEM AND ITS LEXICO-SEMANTIC CLASSIFICATION

Sulaymonova Maftuna Oxunjon qizi

FerSU

Abstract: This article describes the grammatical features of the English and Uzbek languages verbs.

Keywords: verb, tense, suffix, participle, grammatical features

Fe'lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta'kidlash mumkinki, fe'l asosiy so'z turkumlaridan biri bo'lib, o'z ma'nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi. Fe'l ish-harakatni, mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bog'laydi. Aynan ana shu xususiyati bilan fe'l undan yasalgan otdan farq qiladi. Fe'l quyidagi xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'z turkumi sifatida xarakterlanadi:

1. Harakat, holat yoki jarayon sifatidagi leksik-grammatik ma'nosi.

2. O'ziga xos o'zak yasovchi quyidagi suffikslar (-ize, -en,-ify;) va prefikslarga (re, over-, out-, miss-, un;) hamda leksik-grammatik so'z morfemalarga egaligi.

3. Fe'l boshqa so'z turkumlariga qaraganda so'z o'zgartirish va so'z yasash borasida ancha rivojlangan, bunga sabab uning bir qancha grammatik kategoriyalarga egaligidir.

4. Fe'lning o'ziga xos tarzda bog'lanishi.

5. Gapda turlicha sintaktik vazifalarda kela olishi.

Fe'l - harakat, holat yoki jarayonni ifodalab, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik kategoriyalarga ega bo'lgan so'z turkumidir. Fe'llar harakat ma'nosini bildiruvchi so'zlardir. Grammatikada harakat ma'nosi juda keng bo'lib, u to come (kelmoq), to walk (yurmoq) kabi fe'llar ifodalaydigan harakatlarni, to wake up (uyg'onmoq), to stand (turmoq) kabi fe'llar ifodalaydigan holatlarni, to astonish (hayratda qoldirmoq), to worry (xavotirlanmoq)

kabi fe'llar ifodalaydigan ruhiy o'zgarishlarni, to blossom (gullamoq), to grow (ulg'aymoq) kabi fe'llar ifodalaydigan biologik jarayonlarni hamda shu kabi harakat va hodisalarni o'z ichiga oladi. Bularning hammasi o'ziga xos xususiy tomonlarga ega bo'lishi bilan bir qato rda, ularning hammasi uchun umumiy bo'lgan tomoni ham mavjuddir, ya'ni ular zamon bilan bog'liq holda yuz beruvchi hodisalar bo'lib hisoblanadi. Fe'l mustaqil so'z turkumi bo'lib, u harakat, holat yoki jarayonni, ya'ni ma'lum bir belgining paydo bo'lishi va o'zgarishi kabi harakatni ifodalaydi. Fe'lga xos bunday ma'nolarning barchasi uni boshqa so'z turkumlaridan farqlashga yordam beradigan umumiy harakat ma'nosiga borib taqaladi.

Yu.S.Maslov ta'kidlaganidek, fe'l vaqt davomida sodir bo'ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so'z turkumi bo'lib hisoblanadi. Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma'noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma'nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma'lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko'rsatadi. Masalan:

A chair is a piece of furniture.

He wrote a letter.

He will soon recover.

Muhimi shundaki, fe'l o'zida ma'lum bir vaqt davomida sodir bo'ladigan harakatga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Bu xususiyatlar fe'lning shaxsli shakllarida (Finite forms) namoyon bo'ladi va shuning uchun ham fe'l shaxsli shakllarining sintaktik vazifasi gapda faqat kesim sifatida qo'llanilishdan iboratdir. Fe'lning so'z o'zgartirish tizimi boshqa so'z turkumlariga qaraganda ancha boy va xilma-xildir. U nafaqat flektiv tillarga xos bo'lgan sintetik usulga ega, balki o'zakka formantlar qo'shilishi yoki analitik usulga ham egadir. Shuni ta'kidlash joizki, fe'l analitik shakllarga ega bo'lgan yagona so'z turkumi hisoblanadi. Fe'llarning so'z o'zgartiruvchi tizimiga alohida e'tibor qilsak, affiksatsiya usuli bilan yasaladigan suffiksli fe'llar ancha kamchilikni tashkil etishining va konversiya yo'li bilan yasaladigan qo'shma fe'llarning anchagina ko'pligining guvohi bo'lamiz.

Ingliz tilida fe'llar tashqi tuzilishiga ko'ra grammatik kategoriyalari va sintaktik vazifalariga bog'liq tarzda shaxsli va shaxssiz shakllarga bo'linadi. Har ikkala tilda ya'ni, ingliz tilida ham, o'zbek tilida ham fe'llar morfologik, leksik - semantik, leksik - grammatik xususiyatlariga ko'ra boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi. O'zbek tilidagi fe'llar leksik - grammatik xususiyatlariga ko'ra mustaqil fe'llar va yordamchi fe'llarga bo'linadi. Mustaqil fe'llar harakatni bildiradi, mustaqil ma'noga ega bo'lgan va gapda uning biror bo'lagi vazifasida kela oladi. Masalan: Topshirilgan vazifa muddatidan ilgari bajarildi.

Nafaqat o'zbek tilida balki ingliz tilida ham mustaqil fe'llarning ot, sifat, ravish turlariga xos xususiyatlariga ega bo'lgan harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllari bor.

Masalan: Ishlash foydali (Working is useful) yordamchi fe'llarga ega harakat bildirmaydi, mustaqil ma'no ifodalamaydi. Ular turli grammatik ma'no ifodalash uchun yoki boshqa vazifada qo'llaniladi. Yordamchi fe'llar asosiy xususiyatlariga qarab, so'z yasash uchun xizmat qiluvchi va bog'lanma fe'l vazifasini bajaruvchi yordamchi fe'llar, fe'llarga birikib turli qo'shma ma'no ifodalovchi fe'llarga ajratiladi.

Ingliz tilida mavjud bo'lgan fe'llarning barchasi ma'lum bir morfologik xususiyatlariga ko'ra ikki guruhga bo'linadi. Bu ma'lum bir morfologik xususiyat o'tgan zamon shakllarining va sifatdosh II ning yasalish usullari bilan bog'liqdir. Birinchi guruhga to'g'ri fe'llar, ikkinchi guruhga esa noto'g'ri fe'llar kiradi. I.P.Ivanov, V.V.Burlakova va G.G.Pochepsovlar o'zlarining kitobida bu ikki guruhni standart va standart bo'lmagan fe'llar guruhi deb ataydi.

Birinchi guruh fe'llari, ya'ni to'g'ri fe'llar ingliz tilida ko'pchilikni tashkil etadi. Ular dental (tish ishtirokidagi) suffiksning qo'shilishi bilan yasaladi. Ularning uch xil fonetik ko'rinishi mavjud bo'lib, birinchi holatda so'z oxiridagi jarangli undosh va unlidan so'ng /d/ tovushi qo'shiladi: saved /seivd/; achoed /^koud/; ikkinchi holatda jarangsiz undoshdan so'ng /t/ tovushi qo'shiladi: looked /lukt/; uchinchi holatda esa tish undoshlaridan so'ng /id/ tovushi qo'shiladi: loaded / loudid/.

Ikkinchi guruhni esa noto'g'ri fe'llar tashkil etadi. Noto'g'ri fe'llar asosan, kuchli fe'llardan iborat bo'lib, ular qadimgi ingliz tiliga xosdir. Hozirgi zamon ingliz tilida bunday fe'llar unchalik mahsuldor bo'lmagan, lekin o'zlarining shakllarini qat'iyan saqlab qolgan fe'llar sanaladi.

Ingliz tilida fe'llarning yuqorida sanab o'tilgan ikki turidan tashqari yana bir turi mavjudki, ular aralash fe'llar deb ataladi. Aralash fe'llar ingliz tilida qolgan ikki guruhga nisbatan juda ozchilikni tashkil etadi. Ular to'g'ri fe'llardek yoki noto'g'ri fe'llardek yasalishi mumkin. Bunday fe'llarga show, mow, sow, ripe va boshqalar kiradi. Ularning ayrimlari sifatdosh shaklida ikki xil ko'rinishni o'zlarida aks ettirishlari mumkin : ripe - riped - riped, ripen.

Fe'l asosan shaxs faoliyatini ko'rsatib keladigan so'z turkumidir. Bunday ta'rif har ikkala tilga ham ya'ni, ingliz va o'zbek tillariga xos bo'lib, buni quyidagi misollarda ham ko'rish mumkin:

Lanny Swarts and Young Mako are coming here tonight.

They set down, very shaky, and looked at each other.

O'zbek tilida ham quyidagi misolni keltirishimiz mumkin. Masalan;

O'rta maktabni a'lo baholar bilan bitirdi.

Bu misollarda ajratib ko'rsatilgan so'zlar fe'l turkumiga oid bo'lib, ular gapdagi sub'yektning faoliyatini ko'rsatib kelayapti.

Ingliz tilida fe'lning quyidagi grammatik kategoriyalari mavjud: Perfekt (korrelyatsiya) kategoriyasi (The category of perfekt (correlation Order)), nisbat

kategoriyasi (The category of voice), shaxs kategoriyasi (The category of person), son kategoriyasi (The category of number), zamon kategoriyasi (The category of tense), aspekt (tus, tarz) kategoriyasi (The category of aspekt), mayl kategoriyasi (The category of mood).

Hozirgi o'zbek tilida fe'lga xos grammatik kategoriyalar quyidagilarni tashkil etadi: Daraja, bo'lishli - bo'lishsizlik, mayl, zamon, shaxs - son. Fe'llarning grammatik kategoriyalari fe'l turkumiga kiruvchi so'zlarning sintetik yoki analitik formalarini o'zaro qarama - qarshi qo'yish vositasida ifodalanadi.

Nisbat kategoriyasi xususida gapirar ekanmiz, unga shunday izoh berish mumkinki, fe'lga xos nisbtan kategoriyasi sintaktik konstruksiya tomonidan ifoda etilgan vaziyatning ishtirokchilari o'rtasidagi munosabat xarakteri va uning yo'nalishini ko'rsatadi. Nisbat kategoriyasining tilde mavjudligi odatda fe'lning aniq nisbat shakllarini majhul nisbat shakllariga qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan aniqlanadi. Bu asosiy fe'lning sifatdosh II shakli, ya'ni be - Ven yordamida ifodalanadi. Bunday qarama-qarshi qo'yishda majhul daraja oppozisiyaning belgilangan, ya'ni ifodali va kuchli a'zosi hisoblanadi. Majhul daraja sintaktik qurilma egasi tomonidan ish-harakatni o'ziga qabul etishni ifodalaydi. Bu qurilmalardagi ega majhul yoki passiv ega deb yuritiladi va ish-harakatning ob'yekti vazifasini o'taydi. Aniq nisbat shakli bu oppozisiyaning kuchsiz a'zosi bo'lib, mazkur ma'noni umumlashtirgan holda nomajhullik tarzida ifoda etadi. Bu nomajhullik o'zbek tilida kauzativ nisbat, o'zlik nisbat, birgalik nisbatlar tarzida namoyon bo'lishi mumkin. Ingliz tilida fe'llarning majhul nisbat shaklida ishlatilinish ko'lami ancha kengdir.

Jumladan, ingliz tilida o'zbek tilidagidek faqatgina o'timli fe'llar emas, balki o'timsiz fe'llar ham majhul nisbat shaklida ishlatilaveradi.

Masalan:

Tom has just been rung up by the police.

(Tomga hozirgina polisiyadan qo'ng'iroq qilishdi).

The diplomat was refused transit facilities through London.

(Diplomatga London orqali o'tishga ruxsat berilmadi).

Birinchi gapda ingliz tilidagi majhul nisbat shakli o'zbek tilida birgalik nisbat shaklida berilyapti. Ikkinchi gapda esa ingliz tilidagi majhul daraja shakli o'zbek tilida ham saqlanmoqda. Quyidagi gapga e'tibor qilaylik:

She was undisturbed by the frown of his face.

(Yigitning yuzidagi g'azab ifodasi qizni bezovta qilmadi).

Bu gapda majhul nisbat ifodasi o'zlik nisbat shakli orqali ifoda etilmoqda. Shuningdek, ingliz tilidagi majhul nisbat shakli o'zbek tiliga tarjima qilinganda birgalik nisbati yoki aniqlik nisbati orqali ham berilishi mumkin. Yuqorida biz to'ldiruvchi bilan ishlatilinadigan ayrim fe'llarning majhul darajada ishlatilinishini

kuzatdik. Ammo, shu turdagi barcha fe'llar ham passiv shaklda ishlatilavermaydi. Masalan, holatni bildiruvchi fe'llar, ya'ni to have, to belong, to cost, to resemble, to fail, to misgive kabi qator fe'llar majhul darajada ishlatilmaydi.

Fe'l harakat ma'nosini bildiruvchi so'zdir. Shu jumladan, xulosa qiladigan bo'lsak, ingliz va o'zbek tillarida fe'llarning morfologik, leksik-semantik, leksik-grammatik, sintaktik xususiyatlariga ko'ra boshqa so'z turkumlaridan ajralib turishini ko'rib chiqdik. Fe'llar gapda ma'lum bir sub'yekning harakatini ifodalab keladi. Fe'l murakkab kategoriyalarga boy so'z turkumi hisoblanadi. Fe'llarning grammatik kategoriyalari fe'l turkumiga kiruvchi so'zlarning sintetik yoki analitik shakllarini o'zaro qarama-qarshi qo'yish vositasida ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bo'ronov J., Hoshimov O'., Ismatullayev X. Ingliz tili grammatikasi.-T., 1974.

2. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. - T., 1992.

3. M.G'apporov, R.Qosimova "Ingliz tili grammatikasi", Toshkent, "Turon-Iqbol". 2010

4. Rayevska N. Modern English Grammar. - Kiev: Kiev State University Publishing House, part I, 1967.

References

1. Bo'ronov J., Hoshimov O'., Ismatullayev X. Ingliz tili grammatikasi.-T., 1974.

2. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. - T., 1992.

3. M.G'apporov, R.Qosimova "Ingliz tili grammatikasi", Toshkent, "Turon-Iqbol". 2010

4. Rayevska N. Modern English Grammar. - Kiev: Kiev State University Publishing House, part I, 1967.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.