Научная статья на тему 'O’ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI SIFATDOSHLARNING STRUKTURAVIYFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI'

O’ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI SIFATDOSHLARNING STRUKTURAVIYFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
3690
183
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sifatdosh / fe’l / affiks / ot / o’tgan zamon / participle / verb / affix / noun / past tense

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna

ushbu maqolada o’zbek tili va ingliz tilidagi sifatdoshlarning strukturaviy-funksional xususiyatlarini yoritib berilgan. Sifatdosh bu fe’lning sifatga xoslangan shaklidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURAL AND FUNCTIONAL FEATURES OF UZBEK AND ENGLISH ADJECTIVES

This article describes the structural and functional features of the Uzbek and English languages participle. Participle is a quality-specific form of a verb.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI SIFATDOSHLARNING STRUKTURAVIYFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI»

O'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI SIFATDOSHLARNING STRUKTURAVIY-

FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna

FarDU

Annotatsiya: ushbu maqolada o'zbek tili va ingliz tilidagi sifatdoshlarning strukturaviy-funksional xususiyatlarini yoritib berilgan. Sifatdosh bu fe'lning sifatga xoslangan shaklidir.

Kalit so'zlar: sifatdosh, fe'l, affiks, ot, o'tgan zamon

STRUCTURAL AND FUNCTIONAL FEATURES OF UZBEK AND ENGLISH ADJECTIVES

Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna

FerSU

Abstract: This article describes the structural and functional features of the Uzbek and English languages participle. Participle is a quality-specific form of a verb.

Keywords: participle, verb, affix, noun, past tense

Har bir til, shu jumladan o'zbek tili va ingliz tili ham, sifatdoshlar kategorial semantikasini ifodalovchi vositalarga ega. Bu vositalarni o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Sifatdosh - o'zbek tili morfologiyasi eng muhim tarkibiy qismlarlaridan biri bo'lib, nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.

Biror bir grammatik kategoriyani so'z turkumi sifatida ajratish uchun uchta belgining bo'lishi shart: morfologik, leksik, sintaktik belgi. O'zbek tilida sifatdosh yuzasidan olib borilgan kuzatishlar bu belgilarning sifatdoshda mavjud ekanligini, shunga ko'ra, sifatdoshni alohida so'z turkumi sifatida ajratish mumkin va zarurligini ko'rsatdi.

Masalaning mohiyatini to'g'ri payqab olish uchun, hozirgacha bo'lgan sxemadan bir qadar uzoqlashmog'imiz kerak. Maktab grammatika darsliklaridagi tasnifga ko'ra, sifatdosh fe'l sistemasiga kiritib qaraladi. Bu hol har ikki grammatik kategoriya ya'ni fe'l va sifatdosh haqida konkret tasavvur hosil qilishga imkon bermaydi. Natijada, har ikki grammatik kategoriyaning tub mohiyati, ulardan har birining o'ziga xos xususiyatlari ochilmay qoladi. Boshqacha aytganda, sifatdosh tushunchasi fe'l tushunchasi bilan birikib ketadi. Shu bilan fe'lning tabiati ham

I icclT^^^^H 153 http://oac.dsmi-qf.uz

xiralashadi. Albatta, bunday hollar o'zbek tili grammatikasining hali ilmiy asosda yetarli ishlanmagani orqali yuz bergandir.

O'zbek tilshunoslaridan sifatdosh haqida dastlab mukammalroq to'xtagan tilshunos R.Jumaniyozovdir. R.Jumaniyozov M.Asqarova bilan hamkorlikda ravishdosh va sifatdoshga bag'ishlab e'lon qilgan risolasida sifatdoshni ancha chuqurroq tahlil etib bergan. Risolada asosan sifatdosh fe'lning xoslangan shakli sifatida tadqiq etiladi. Bunda u predmetning harakat belgisini sifatlovchi vazifasini bajaradi, shu xususiyatiga ko'ra sifatga yaqin turadi deb ko'rsatadi. R.Jumaniyozov sifatdoshni asosan morfologik kategoriya sifatida qaragan va talqin etgan.

Quyida o'zbek tili va ingliz tilidagi sifatdoshlarning strukturaviy-funksional xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.

Sifatdoshlar shaxs va narsalarning belgisini bildirishi, gapda aniqlovchi bo'lib kelishi bilan sifatga o'xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi.

Fe'lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe'l asoslariga -gan (-kan,-qan), -ydigan(-adigan), -(a)yotgan, -(a)r qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil bo'ladi.

Sifatdoshlar fe'l shakli bo'lganligi uchun fe'lga xos bo'lgan zamon, bo'lishli -bo'lishsizlik, nisbat ma'nolarini ifodalaydi: o'qigan- bo'lishli, o'tgan zamon, aniq nisbatda. Shuningdek, sifatdoshlar xuddi sifatga o'xshab otning belgisini bildiradi, qanday? qanaqa? so'roqlariga javob bo'ladi va gapda aniqlovchi va kesim vazifalarini bajaradi.

Sifatdosh, asosan, quyidagi affikslar bilan yasaladi:

1.-gan (-kan, -qan). Bu qo'shimcha nutqda eng faol qo'llanadi. Sifatdoshning -gan (-kan, -qan) qo'shimchasi shaxs-narsalarning o'tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi.

Bu qo'shimcha unli bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.

Jarangsiz undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -kan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi. Masalan: ko'chgan, o'sgan kabi.

Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda -qan, k undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda -kan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (tiq-tiqqan, tik-tikkan).

Jarangli g' undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda -qan holida talaffuz qilinsa ham -gan yoziladi (tug'-tug'gan).

2. -digan, -yotgan. Bu affikslar -gan affiksi bilan bo'glangan: keladigan, kelayotgan, o'qiydigan, o'qiyotgan, yoziladigan, yozayotgan kabi.

154

http://oac.dsmi-qf.uz

3. -(a)r. Sifatdoshning bo'lishsiz shakli fe'llardagi kabi -ma qo'shimchasi yordamida yasaladi. -(a)r qo'shimchasi bilan yasalgan sifatdoshlarga -ma qo'shimchasi qo'shilganda -r tovushi -s ga aylanadi. Masalan, kelar-kelmas.

4. -ajak: borajak (yer), bo'lajak (hosil), kelajak (zamon), yozilajak (she'r).

5. -gusi, -g'usi; kelgusi (avlod), bolg'usi (ish) kabi. -(a)jak, -gusi, -g'usi bilan yasalgan sifatdoshlar hozirgi o'zbek tilida arxaik hisoblanadi.

6. -(u)vchi: keluvchi, kutuvchi, boshlovchi kabi. Bu sifatdosh narsaning doimiy harakat belgisini bildiradi. Masalan: Pishqiruvchi vahshiy daryoga ko'rsatilar tamom yangi yo'l. (H.Olimjon)

Sifatdoshlar ot o'rnida qo'llanilib, ot vazifasini bajarishi mumkin, ya'ni otlashadi. Bunda ular ot kabi egalik, kelishik, ko'plik qo'shimchalarini oladi va gapda ega, to'ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi va undalma vazifalarida keladi.

Sifatdosh fe'lning funksional shakllaridanbiri bo'lib, narsaning harakat va holat belgisini ko'rsatadi, odatda, sifatlovchi vazifasida keladi:

Sifatdoshning belgilari:

a) harakat tushunchasini anglatadi. Masalan: U doimo izlanadigan, doimo harakatda bo 'lgan, parvozga chog'langan ilg'or kishilarimizdan bir. (I.Rahim);

b) nisbat, o'timli-o'timsizlik, bo'lishli-bo'lishsizlik ma'nolarini ifodalaydi. Masalan: Tirqishdan qarab turgan Hayot o'zini chetga oldi. (M.Ismoiliy). Kiyingan bola (o'zlik), o 'qilgan kitob, chaqirilgan mehmon (majhul) kabi;

v) boshqa so'zlarni boshqarib keladi: Anorxon o'z Vatanini chin yurakdan sevgan, o'z ishiga ko'ngil qo 'ygan qiz. (I.Rahim);

g) shaxs va narsaning harakat bilan bog'liq belgisini bildirib, gapda sifatlovchi vazifasida keladi, sjaklan o'zgarmaydi: Do'stlik bo 'Imagan joyda ishning rivoji ham bo'lmaydi. (S.Zunnunova)

d) otlashib kela oladi. Bu vaqtda ot singari kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi va shunga mos vazifada keladi: Maqtanganning uyini, kerilganning to'yini ko'r.

e) shaxs-son affiksi bilan tuslanib, fe'lning aniqlik mayliga xos zamon shakllarini hosil qiladi. Narigi yoqdagi go'zal favvoralar qurilishi endi boshlangan. (P.Qodirov)

Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo'ladi. Harakatning nutq so'zlanib turgan paytga munosabatini bevosita ko'rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umimiy mazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi.

Sifatdoshning asosan otga bog'lanib, otni aniqlab kelishi, sifatdoshning funksiya va ma'noda sifatga yaqinlashib kelishini shartlagan.

O'zbek tilidagi sifatdoshlar o'zlarining leksik ma'nosiga ko'ra, predmetlarning harakat belgilarini ifodalab aniqlab keladi. Sifatlar ham belgi tasavvurini ifodalaydi.

I icclT^^^^H 155 http://oac.dsmi-qf.uz

Lekin sifatlar ifodalagan belgilar static- "passiv" belgilar bo'lib, sifatdoshlar ifodalagan belgilar aktiv o'zgaruvchan, dinamik belgilardir. Quyida keltirilgan misollardagi sifatdoshlar bilan sifatlarning leksik ma'nosini qiyos qilish: yuradigan bola..., katta shahar.

Ingliz tilida sifatdosh fe'lning ham fe'llik, ham sifatlik yoki ravishlik xususiyatiga ega bo'lgan shaklidir.

Sifatlik xususiyatiga ko'ra sifatdosh gapda aniqlovchi bo'lib keladi:

We visited one of the largest plants producing tractors in our country. Biz mamlakatimizda traktor ishlab chiqaruvchi katta zavodlardan biriga bordik.

A broken cup lay on the table. Singan piyola stol ustida yotardi.

Sifatdosh ravishlik xususiyatiga ko'ra gapda hol bo'lib keladi:

He sat at the table thinking. U stolda o'ychan o'tirar edi.

Fe'llik xususiyatiga ega bo'lgan sifatdosh o'zidan keyin to'ldiruvchi olishi mumkin: Signing the letter the manager asked the secretary to send it off at once. Xatni imzolagach, menejer kotibadan uni zudlik bilan jo'natib yuborishni so'radi.

Fe'llik xususiyatiga ega bo'lgan sifatdosh ravish bilan aniqlanishi mumkin: Packing his things quickly, he hurried to the station. Narsalarini tezlik bilan joylashtirib, u stansiyaga shoshildi.

Present Participle Active (oddiy nisbatdagi hozirgi zamon sifatdoshi) fe'lning negiziga -ing qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi: reading- o'qiyotgan, studying-o'rganayotgan.

To'g'ri fe'llarning Past Participle (o'tgan zamon sifatdoshi) shakli fe'lning asosiga -ed qo'shimchasini qo'shish yo'li bilan yasaladi:asked- qo'shimchasini qo'shish orqali yasaladi: asked- so'ralgan, ordered- buyurilgan.

Notog'ri fe'llarning o'tgan zamon sifatdoshi shakli fe'lning o'zagida o'zgarish bilan yasaladi: given-berilgan, bought- sotib olingan.

Perfect Participle Active (tugallangan sifatdoshning oddiy nisbati) to have fe'lining hozirgi zamon sifatdoshi shaklining having va asosiy fe'lning Past Participle shakli yordamida yasaladi: having written- yozib, having done- qilib.

Present Participle Passive (tugallangan sifatdoshning majhul nisbati) to be yordamchi fe'lining Perfect Participle shakli have been va asosiy fe'lning Past Participle shakli yordamida yasaladi: having been written.

Present Participle Active kesimadagi ish-harakat bilan bir paytda sodir bo'lgan ish-harakatni ifodalaydi. Kesim hozirgi zamonda bo'lsa, sifatdosh hozirgi zamondagi ish-harakatni, kesim o'tgan zamonda bo'lsa, sifatdosh o'tgan zamondagi ish-harakatni, kesim kelasi zamonda bo'lsa, sifatdosh kelasi zamondagi ish-harakatni ifodalaydi.

She is looking at the woman sitting at the window. U deraza yonida o'tirgan ayolga qarayapti.

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

When I entered the room, I gave the letter to the woman sitting in the window. Xonaga kirganimda men xatni deraza yonida o'tirgan ayolga berdim.

When you enter the room, you will give the letter to the woman sitting in the window. Xonaga kirganingizda, siz xatni deraza yonida o'tirgan ayolga berasiz.

Present Participle Active otga aniqlovchi bo'lib keladi: The rising sun was hidden by the clouds. Chiqayotgan quyoshni bulutlar yashirdi.

Present Participle Active hol bo'lib keladi: Arriving at the station I called a porter. Stansiyaga yetib kelib men hammol chaqirdim.

Perfect Participle Active hol bo'lib keladi va gapning kesimidagi ish-harakatdan oldin sodir bo'lgan ish-harakatni ifodalaydi. Perfect Participle Active sifatdoshli iboralarda kelib sabab holi bo'lib keladi: Having lived in London for many years he knew that city very well. Londonda ko'p yillar yashaganligi sababli, u bu shaharni juda yaxshi bilardi.

Present va Past Participle fe'llik xususiyatlarini butunlay yo'qotib, ma'nosi sifatga juda yaqinlashib qolganda aniqlovchi bo'lib, otning oldidan keladi: A broken cup lay on the table. Singan piyola stol ustida yotardi.

Present va Past Participleda sifatlik xususiyati bo'lmay, faqat fe'llik xususiyatiga ega bo'lsa, ular aniqlovchi bo'lib otdan keyin keladi va bu sifatdoshlarni aniqlovchi ergash gap bilan almashtirsa bo'ladi: They showed us a list of the goods sold. Ular bizga sotilgan mollarning ro'yxatini ko'rsatishdi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ingliz tilida shaxssiz formalar uchta: infinitiv, sifatdosh va gerundiy. O'zbek tilida ham fe'lning uchta shaxssiz formasi bor: harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh. Ikkala tildagi shaxssiz formalarning soni bir-biriga teng bo'lsa ham, ularning ma'nolarida va sintaktik funksiyalarida katta farq bor. Masalan, ingliz tili gerundiysining ma'no va funksiyasi o'zbek tilidagi infinitiv, sifatdosh va ravishdosh orqali ifodalanadi. O'zbek ravishdoshining ma'no va funksiyalari esa ingliz tili sifatdoshi va gerundiysi orqali beriladi. Shu narsani ta'kidlash kerakki, o'zbek tilida gerundiy, ingliz tilida ravishdosh yo'q.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.Rasulova "Ona tilidan ma'ruzalar", Toshkent, "Nurafshon ziyo yog'dusi",

2017

2. M. G'apporov, R.Qosimova "Ingliz tili grammatikasi", Toshkent, "Turon-Iqbol". 2010

3. Q.Sapayev "Hozirgi o'zbek tili" Toshkent, 2009

References

1. N.Rasulova "Ona tilidan ma'ruzalar", Toshkent, "Nurafshon ziyo yog'dusi",

2017

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

2. M. G'apporov, R.Qosimova "Ingliz tili grammatikasi", Toshkent, "Turon-Iqbol". 2010

3. Q.Sapayev "Hozirgi o'zbek tili" Toshkent, 2009

158

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.