Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
O'ZBEK TILIDA FREZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK SINONIMYASI
Pratova Gulshoda O'tkirbek qizi
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi [email protected] To'xtasinova Naimaxon Raxmonjon qizi Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola o 'zbek tilidagi frezeologizmlarning kognitiv-pragmatik semantikasidagi sinonimya hodisasi haqida nazariy ma 'lumotlar va ularning hozirgi tilshunoslikdagi ahamiyatiga bag'ishlangan.
Kalit so'zlar: Frezeologizmlar, kognitiv, pragmatika, semantika, sinonimya, barqaror birikmalar.
ABSTRACT
This article is devoted to theoretical information on the phenomenon of synonymy in cognitive-pragmatic semantics of phraseologisms of the Uzbek language and their importance in the current linguistics.
Keywords: milling, cognitive, pragmatics, semantics, synonymia, stable compounds.
АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена теоретическим сведениям о феномене синонимии в когнитивно-прагматической семантике фразеологии узбекского языка и их значении в современном языкознании.
Ключевые слова: фразеологизмы, когнитивные, прагматические, семантика, синонимы, устойчивые соединения.
KIRISH
Og'zaki hamda yozma nutq shakllanishida har tomonlama uni mukammalligini oshirib, yanada unga joziba baxsh etuvchi birliklardan biri bo'lgan frezeologizmlar adabiy tilni mukammallashtirib uni yanada go'zallashtiradi, qaysidir ma'noda so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi munosabatni qiziqarli, o'zgacha hamda isboti bilan chiroyli dialog bo'lishida
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
frezeologizmlarning ahamiyati beqiyos. Ularning tilshunoslikdagi sintaktik strukturasi keng qamrovlidir, ya'ni bir frezeologizm ega , kesim va gapning boshqa bo'laklari sifatida kelishi ma'lum. Bundan tashqari, frezeologizmlarning semantik strukturasi ham tilshunosligimizda hozirgi kunda yuqori baholanmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
O'rganilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, belgi, harakat kabilar haqida frezeologizm ifodalaydigon ma'lumot frezeologok ma'no deyiladi. Misol uchun: Bu yerda ekaningizni eshitib, ko'zimga hech narsa ko'rinmadi.(O) Agar mana shu tanlovda ham yutib chiqsak, oshig'imiz olchi bo'lardi.(J) Bundan ko'rinadiki, birinchi gapda frezeologizm harakat, ikkinchi gapda belgi semalarini ifodalamoqda.[3.139]
Frezeologizmlar , so'zlar kabi, yaxlit bir ma'no ( belgi, harakat kabi) semalarni ifodalasa-da, lekin frezeologik ma'no ko'p jihatdan leksik ma'nodan farq qiladi. Shu sababli frezeologizmlar so'zlarga sinonim bo'lgan hollarda ham frezeologik ma'no bilan leksik ma'no bir biriga teng bo'lmay qolishi kuzatiladi. Misollar: O'taketgan- uchiga chiqqan, beqiyos ( juda) , yer bilan osmoncha, albatta- turgan gap, hech qachon- ikki dunyoda ham, yashirin( qilingan ish)- yeng ichida. Keltirilgan frezeologizmlar o'z sinonimlari bo'lgan so'zlarga nisbatan, birinchidan, ma'noni kuchli daraja bilan ifodalasa, ikkinchidan obrazlilik semasini ifodalamoqda.[4.140] MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda frezeologizmlarni so'zlar, so'z birikmalari hamda gaplar bilan sinonimyasi har tomonlama keng o'rganilib, tadqiq etib chiqilgan. Frezeologizmlarning o'rganilishi, ulardan foydalanish nafaqat bir tilda balki, boshqa tillarda ham qo'llashda ularning sintaktik tuzilishida va asosan, semantikasida kuchli o'zgarish kuzatiladi. Misol uchun: Ingliz tilida muloqot qilayotgan shaxslar ma'lum frezeologik birliklardan foydalanishda ularni to'g'ridan to'g'ri tarjima qilolmaydi. Bu holat avtomatik tarjima jarayonida semantikaning keskin o'zgarishiga va bildirilayotgan fikrni mazmunan noto'g'riligi, shaxslar o'rtasida kelishmovchiliklarga sabab bo'ladi. Bunday holat nafaqat, ingliz balki, barcha tillarga xosdir, ammo bu katta muammo tug'dirmaydi, chunki har bir tilda aynan o'sha tuzulish bo'lmasada, ularning muqobil ekvivalenti mavjud bo'ladi.
Davrlar o'tishi mobaynida insoniyat ongining rivojlanishi, biror bir o'rganilayotgan narsaning, fanning faqatgina bir tomonlama o'rganilishidan chetlashadi, hamda uni yanada chuqurroq o'rganishga intiladi. Frezeologizmlarning semantik holatlari vaqtlar o'tishi bilan o'zgarib bormoqda bu esa, kognitiv-pragmatik sohaning rivojiga katta ta'sir o'tkazadi. [3.125] Ma'lumki, pragmatika muayyan bir
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
so'zlarning tag ma'nolarini o'rganadi, shunday ekan, frezeologizmlarning ham semaviy pragmatik holatlari mavjud.[2.133] Misol tariqasida;
Tavuzi qo'ltig'idan tushdi iborasini oladigan bo'lsak, aslida, bu ibora bo'lib, uning ma'nosi hayratlanmoq so'ziga to'gri keladi, lekin uning semasi gapga teng strukturani, ya'ni shakl va mazmun jihatdan muvofiqlashadi, ammo hozirgi kunda ushbu iboraning pragmatikasi Ahmoq, biror ishni eplab bajarolmaydigon insonlarga nisbatan ham ishlatilmoqda.
Arpasini xom urmoq, hamda mushugini pisht demoq - bu ikki ibora o'zaro sinonim hisoblanib, so'z birikmasi tipidagi iboralar sirasiga kiradi, ma'nosi xafa qilmoq so'z birikmasiga to'g'ri keladi, ammo ular pragmatik holatidagi semasi jihatidan farqlanadi, ya'ni arpasini xom urmoq deyilganda ko'pincha hiylagar, nayrangvoz, hamisha odamlarni chuv tushirib, ketadigon insonlarga nisbatan qo'llanadi. Mushugini pisht demoq - o'z va ko'chma ma'noda qo'llanilib, xafa qilmoq, arazlamoq semalari bilan sinanimik qatorni tashkil etadi, lekin pragmatik jihatidan esa, uning semasi biror bir insonga nisbatan qo'llanilib uni o'ziga aytilganda unga yoqmaydigan hamda o'sha inson bilan tengma- teng olishib, unga til orqali ziyon yetkazishni o'ylaydigonlarga nisbatan ishlatiladi. Ko'rinadiki, yuqoridagi ikki gaplarda ham salbiy sema ifodalanmoqda, lekin ularning pragmatik sinonimyasida farq qiladi, ammo ikkalasi ham boshqa birliklar bilan bir pragmatik sinonimyani tashkil etadi.
Afting qurg'ur - bu so'z birikmasi tipidagi ibora bo'lib, asl sinonimik qatori sifatida yuzi shuvut bo'lgan, yuziga qarab bo'lmaydigon, ma'nolarni anglatadi, ammo uning hozirgi kundagi kognitiv-pragmatik semasi sifatida kiyim-boshi bir ahvol insonga, ya'ni o'ziga qaramay yuradigan insonga nisbatan ishlatiladi. Bundan tashqari, uning yana bir semasi sifatida dunyoqarashi tor bo 'lgan insonlarga nisbatan ham qo'llanilmoqda. Anglashilinadiki, aft so'zi o'z sinonimi bo'lgan yuz so'ziga nisbatan emas balki, pragmatik sathda u bilan bir sinanimik qatorni hosil qilayotgan ,,kiyim-bosh" hamda "dunyoqarashi tor" insonlarga nisbatan qo'llanilishi kuzatilmoqda.
Quloq soldi - so'z birikmasi tipidagi iboralar sirasiga kirib, tingladi, aytganini qildi ma'nolari bilan sinonimyani tashkil etadi, ammo bugungi kunda uning pragmatik sinonimyasi sifatida gap poylamoq, atayin boshqasiga gap yetkazish maqsadida poylab eshtish ma'nosi hamda aynan mana shu iborani birgina quloq so'zini ifodalash orqali ham mana shu ma'noni bilish mumkin, shuning uchun har ikkisi semantik jihatidan, bir pragmatik sinonimya qatorini tashkil etadi
Frezeologizmlar haqida fikr yuritilganda, o'zbek tilida ularni keng miqqiyosda o'rgangan olim sifatida Sh.Rahmatullayevni xizmatlari beqiyos ekanligi haqida
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
to'xtalmay iloji yo'q.[1.213] U o'zining qator asarlarida frezeologizmlarning uch xil semantik tasnifidan voz kechilishi va frezeologizmlarni tuzilish tomonining tasnifi haqida keyinchalik esa, frezeologizmlarning semantik tasnifi bo'yicha ham qator izlanishlar olib borganligi ma'lum. Hozirgi kunda, aynan, mana shu tadqiqotlar asosida barqaror birikmalarni semantik tasnifini chuqur o'rganilgan holda, ularni pragmatik bosqichda o'rganish darajasiga erishildi. Bunga asos sifatida yuqorida keltirilgan kognitiv-pragmatik sinonimyalarni ko'rish mumkin. Bu esa, tilshunosligdagi ikki soha, ya'ni pragmatika hamda frezeologizmlarni yanada chuqurroq va teranroq anglash imkonini berdi.
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 2-jild.
2. Rahmatullayev Sh. O'zbek frezeologiyasining ba'zi masalalari.Toshkent.1966.
3. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent. 1978.
4. Shoabdurahmonov Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili.Toshkent.1980.
5. Тухтасинова Н.Р. (2021) "ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕДВАРЕЛЬНЬХ И ТАГМАНСКИХ СОБЫТИЙ НА РАБОТАХ АБДУЛЛЫ КАХХАР" "Экономика и социум" №2(81) ч.2. 2021.
6. To'xtasinova N.R. "Uyat" konsepti tadqiqi. НамДУ илмий ахборотномаси -Научный вестник НамГУ. 2021-йил, 2-сон. Pp. 361-364.