Научная статья на тему 'O’ZBEK TILI MILLIY KORPUSIDA YORDAMCHI SO’ZLAR BAZASI (SO’ROQ -TAAJJUB YUKLAMALARI MISOLIDA)'

O’ZBEK TILI MILLIY KORPUSIDA YORDAMCHI SO’ZLAR BAZASI (SO’ROQ -TAAJJUB YUKLAMALARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2401
242
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O`zbek tili leksik sathida leksik yordamchi so`zlar bazasi / so‟roq taajjub yuklamalari / ifoda semma / vazifa semma / teglash / markerlash

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shamsiddinova Iqbol Baxavadinovna

Maqolada leksik sathda mustaqillik belgisi va boshqa umumlashgan ma`nolariga ko`ra atash ma`noli so`zlar va affiksoidlar oralig`ida turuvchi yordamchi sozlar bazasining umumiy tavsifi, ularning ko mpyuter-axborot bazasini shakllantiris h hamda bu borada bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar, o`zbek tili milliy korpusida ularni teglash, lingvistik markerlash haqida qisqacha ekskurs qilingan. Yordamchi so`zlarning vazifaviy va ifoda semasi so`roq-taajjub yukla malari misolida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILI MILLIY KORPUSIDA YORDAMCHI SO’ZLAR BAZASI (SO’ROQ -TAAJJUB YUKLAMALARI MISOLIDA)»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

O'ZBEK TILI MILLIY KORPUSIDA YORDAMCHI SO'ZLAR BAZASI (SO'ROQ -TAAJJUB YUKLAMALARI MISOLIDA)

Shamsiddinova Iqbol Baxavadinovna Afg'oniston fuqarolarini o'qitish talim markazi ozbek tili fani o'qituvchisi, Xalq

maorifi a'lochisi

ANNOTATSIYA

Maqolada leksik sathda mustaqillik belgisi va boshqa umumlashgan manolariga kora atash manoli sozlar va affiksoidlar oraligida turuvchi yordamchi sozlar bazasining umumiy tavsifi, ularning kompyuter-axborot bazasini shakllantirish hamda bu borada bajarilishi lozim bolgan vazifalar, ozbek tili milliy korpusida ularni teglash, lingvistik markerlash haqida qisqacha ekskurs qilingan. Yordamchi sozlarning vazifaviy va ifoda semasi soroq-taajjub yuklamalari misolida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ozbek tili leksik sathida leksik yordamchi sozlar bazasi, so'roq taajjub yuklamalari, ifoda semma, vazifa semma, teglash, markerlash

KIRISH

O'zbek tili turkiy tillar ichida ozining juda boy lug'atga egaligi bilan ajralib turadi. Buni biz bu tilda yaratilgan badiiy-ilmiy durdona asarlar misolida ham ko'rishimiz mumkin. Ana shu badiiyat durdonalaridan keyingi avlodlarimiz ham foydalanishi uchun bu ulkan ma'naviy merosni yagona manbaa ostida tizimlashtirish lozim. Bu borada bizga hozirgi paytda eng rivojlanib borayotgan kompyuter lingvistikasi fani yordam beradi. Bu fan dunyo tillarining yashab qoluvchanligini va yanada boyishi, leksikon hajmining kengayib borishini ta'minlovchi eng mukammal hodisa ekanligi hammamizga ma'lum. Shuning uchun o'zbek tilshunos olimlari o'zbek tilining ma'lumotlar bazasini shakllantirish va uni yagona manbaa ostida birlashtirish borasida bir necha tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. [Hamroyeva Sh; 2018], [Eshmominov A; 2019], [Axmedova D;2020], [Xoliyorov O ; 2021]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XX asrning 70-yillariga kelib o'zbek tilshunosligida sistem-struktur tilshunoslik g'oyalari keng targ'ib qilina boshlandi. So'zlar morfologik, leksik va sintaktik xususiyatlari asosida mustaqil so'zlar, yordamchi so'zlar va oraliq so'zlar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

kabi guruhlarga bo'lindi. Mustaqil so'zlar lug'oviy ma'noga ega, ma'lum so'roqqa javob bo'luvchi va sintaktik gap bo'laklari vazifasida kela oluvchi so'zlardir. Yordamchi so'zlar esa yuqoridagi xususiyatlarga ega bo'lmagan so'zlardir. Xo'sh, bunday so'zlarning amaliy ahamiyati nimada? Ular o'zbek milliy til korpusida qay darajada muhim? Filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev aytganidek, globallashuv sharoitida kompyuter va korpus lingvistikasiga tillarga immunitet baxsh etuvchi vosita deb qarasak, ushbu "imunitet" ning qancha miqdori yordamchi so'zlar bilan beriladi? [Mengliyev B; 2020].

Hozirgi o'zbek adabiy tilida yordamchi so'zlar uch guruhga bo'lib o'rganiladi: ko'makchilar, bog'lovchilar va yuklamalar. Yordamchi so'zlarning umumiy ta'rifida so'z va uyushiq bolaklarni, sodda gaplarni bir-biriga bog'lash yoki so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no yuklash vazifasini bajaradi deb yozilsa-da, bu turkum so'zlar matnda juda katta ahamiyatga molik grammatik vazifani bajaradi. Bu so'zlarsiz fikr bildirish, muloqot qilish, matn yaratishning umuman iloji yo'q. Ya'ni, lingvistikada yordamchi so'zlarga aslida leksema sifatida qaralmasa-da, sintaktik birliklar va gap tuzishda yordamchi lemmalarsiz hech narsaga erishib bo'lmaydi. Jumladan, so'z va gaplarni tenglantirib yoki tobelantirib gap tuzishda bog'lovchidan, so'z birikmalarini tobelantirib bog'lashda ko'makchidan foydalanmasdan fikr anglatish imkonsiz. Sintaktik aloqada o'rni uncha sezilmasa-da, so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no beruvchi yuklamalarsiz ham kerakli ma'noni anglatish amrimahol. Shu ma'noda so'nggi yillarda tilshunos olimlarimiz tomonidan o'zbek lingvistik milliy korpusini yaratish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda yordamchi so'zlarga ham korpusdagi leksik bazaning bir turi sifatida qarash o'rinlidir. Chunki yordamchi so'zlar ham atash semasi bo'lmasa-da, so'z turkumlari sirasiga kiritilib ( yordamchi so'zlar ham so'z maqomiga ega) o'rganilib kelinmoqda. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Xoliyorov O'ral Mengliyevich o'zbek tilida so'z turkumlarining ta'limiy korpusdagi miqdoriy statistik hisobini keltirganda umumiy 37282 ta lemmaning tarkibida yordamchi so'zlar 203 dan ortiq ekanligini aniqladi. [Xoliyorov 0',2021;55]. (polufunksionallik ifoda etuvchi holatlar bilan hisoblaganda, balki, undan ham ko'proq. (izoh muallifdan). Bu esa yordamchi so'zlar ham milliy til morfoleksikon bazasining sezilarli qismini egallaganligidan dalolat beradi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, yordamchi so'zlarga atash semasi sifatida qaralmaydi, ya'ni ular borliqda ma'lum bir ma'no bera olmaydi. Demak, morfoanalizatorda yordamchi so'zlarni teglash va milliy til korpusi tarkibida joylashtirishda ularning mohiyatiga ko'ra quyidagi ikki turini razmetkalashga alohida etibor qaratiladi:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

1)Yordamchi so'zning ifoda semasi (konotativ belgisi)

2)Yordamchi so'zning vazifa semasi (funksional sema)

Ifoda semasi deganda semema tarkibidagi turli qo'shimcha ma'no (uslubiy bo'yoq, shaxsiy munosabat, qollanish doirasi va davri) ni atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememasini farqlash quvvatiga ega bo'lgan sema bo'lib, ular leksik paradigmada aniqlanadi. [Mengliyev B, 2020; 147]. Yordamchi so'zlarda atash semasi yo'qligi uchun ularda ifoda semasi va vazifa semasi kuchayib voqealanadi. Ular grammatikada bir turkumga va yordamchi so'zning bir xil ma'no turiga kiritilsa-da, ifoda semasiga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Masalan, -mi, -mu, -ma yuklamalarining ifoda semasi quyidagi farqlashda ochiladi: -mi - sof so'roq ma'nosini ifodalovchi yuklamaning o'zbek adabiy tilidagi uslubiy betaraf yozma va og'zaki nutqdagi ifodasi.

-mu - so'roq ma'nosini ifodalovchi yuklamaning faqat badiiy uslubdagi ifodasi. -ma - so'roq ma'nosini ifodalovchi yuklamaning faqat og'zaki so'zlashuv uslubiga xoslangan qipchoq shevasidagi ifodasi.

Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o'rin egallashini belgilovchi semadir. [Mengliyev B,2020;147]. Demak, yuqoridagi -mi, -mu, -ma yuklamasining gapda bajaradigan vazifa semasi uning ifoda semasidir. O'zbek tilida yordamchi so'zlardan miqdoriy statistika jihatdan eng ko'p bo'lgani ko'makchilardir. Ko'makchilar ob'ekt bilan predikator orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa yo'nalish, o'xshatish kabi bir qancha munosabatlarni yaratishga xizmat qiladi. Ular ot, olmosh va otlashgan so'zlardan keyin keluvchi va o'zi bog'langan so'zni o'zidan keyingi so'zga tobelantirib bog'lovchi bilan, uchun, kabi, sari, sayin, singari, uzra, qadar, haqida to'g'risida kabi so'zlardir. Ko'makchilar mustaqil so'zlar orasidagi tobe munosabatni ifodalash, kelishik ma'nosini aniqlashtirish va to'ldirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham ba'zan kelishik shaklidan anglashilgan ma'no ko'makchi bilan ham ifodalanishi mumkin. Qiyoslang: Ukasining qaytganidan xursand edi/ Ukasining qaytgani uchun xursand edi

Ko'makchilarning elektron bazasini yaratishda ularning ana shu xususiyatlarini ko'rsatuvchi matnlarni tanlay bilish lozim. Yordamchi so'zlarning keyingi guruhi bo'lgan bog'lovchilar va yuklamalarning ham ilmiy-ma'rifiy yoki siyosiy matnlar asosidagi razmetkalarini yaratish tilshunosligimizning muhim vazifasidir. Ayrim ko'makchilarning (bilan), yuklamalarning (-u,-yu,-da,ham) va modal so'zlarning (balki) bog'lovchi vazifasida kelishi yoki ayrim ravishlarning (ba 'zan, ilgari, so'ng,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

keyin, avval, keyin), ba'zi otlarning (ichida, ostida, qoshida, yonida, ustida) va fe'llarning (deb, ko'ra, atab,qarab) ko'makchi vazifasida kelishi eng asosli matnlar bilan ko'rsatilsa, o'zbek milliy til korpusida yordamchi so'zlarning tutgan o'rni ilmiy asoslangan bo'ladi. Chunki elektron ta'limiy korpusda bu turkum yordamchi so'zlarning polufunksionallik xususiyatini aniqlovchi teglar belgilanmasa, biz ko'zlangan maqsadga erisha olmaymiz. (yordamchi so'zlarning lingvistik teglanishi haqidagi jadval ilova qilinadi.1-ilova) [Hamroyeva,2018; 204-205-s]

O'zbek tilida yuklama yordamchi so'zlar sirasiga kirsa-da, bog'lovchi va ko'makchi kabi so'zlarni va qo'shma gap tarkibidagi gaplarni funksional sintaktik "bog'lash" belgisiga ko'ra boshqa yordamchi so'z turkumlariga nisbatan beqaror, o'zgaruvchan sanaladi. Ammo so'zlovchining turli emotsional holatlarini berishda yuklamaning o'rni beqiyosdirki, bu o'rinda yuklama bajaradigan vazifani ko'makchi va bog'lovchi bera olmaydi. Yordamchi so'zlar ham leksoid shakliga ega. Ammo yuklamalarning ayrimlari leksoid ko'rinishida (ham faqat xuddi...), ayrimlari affiksoid shaklida (-mi -chi -u -da.) bo'lsa-da, tilshunos olimlar tomonidan so'z maqomi berilib, so'z turkumlari sirasiga kiritilgan. Demak, ularning "so'z turkumlari" sirasiga kiritilishi shartli ravishdadir. Shunga ko'ra yuklamalarni shakliy tuzilish jihatiga ko'ra uch turga ajratish mumkin: 1.Sof yuklama ([xuddi], [faqat], [xolos]...).

2.Qo'shimcha yuklama ([-mi], [-chi], [-a], [-ya]...).

3.Polufunksional (nisbiy) yuklama ([yolg'iz], [, [tanho], [yakka]...).

So'z shaklidagi yuklamalar har doim so'zdan ajratib yoziladi: Faqat ojiz qalamim manim... (A. Oripov). Qo'shimcha yuklamalar so'zga qo'shimcha sifatida qo'shilib, gapga turli ma'nolarni yuklaydi. Bo'ldi-da endi. (bo'lmoq fe'liga kuchli ta'kid ma'nosini yuklangan) Ulardan bir guruhi o'zi qo'shilib kelayotgan so'zga qo'shilib yozilsa, ikkinchi guruhi so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. So'z shaklidagi yuklamalar esa har doim so'zdan ajratib yoziladi. Polufunksional (nisbiy) yuklamalar aslida mustaqil leksoidlar bo'lib ba'zan atash semasini yo'qotadi va yuklama vazifasida keladi. Qiyoslang: Yolg'iz yashash joningga tegmadimi? Yolg'iz sen bilasan mening dardimni. (birinchi gapda mustaqil so'z, ikkinchi gapda yuklama) O'zbek tilida yuklamalar gapning mazmuniy shakllanishida o'ziga xos o'rin tutadi. Gapni mazmunan murakkablashtiradi, uni aktuallashtiruvchi vosita sifatida ishtirok etadi. Gapdagi hukmga qo'shimcha tarzda yashirin hukm anglatadi. Lingvistikadagi ana shu pozitsiyasiga ko'ra yuklamalarning quyidagi ma'no turlari farqlanadi:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

t.r Ma'nosiga So'z shaklida Qo'shimcha Shundan

ko'ra turlari shaklida

so'zga qo'shib yoziladi so'zdan ajratib yoziladi

1 So'roq-taajjub - -mi,(-mu, -ma) -chi,-a,-ya -mi,(-mu, -ma) -chi,-a,-ya

2 Kuchaytiruv- hatto, ham, naq, g'irt,n -u,-yu,-da,- -oq,-yoq,-ku -u,-yu,-da,-oq,-

ta'kid aqadar,juda,g'oyat,ba g'oyat,axir,liq,jiq,beq iyos,juda,nihoyatda oq,yoq,-ku yoq,-ku hatto, ham, naq,g' irt , naqadar,juda, g' oy at,bag'oyat

3 Ayiruv- Faqat,yolg'iz,tanho,y -gina,-kina,- -gina,-kina,- Faqat,yolg ' iz,tanho

chegaralov akka,xolos,atigi qina qina ,yakka,xolos,atigi,

4 inkor na,na; hech,sira,aslo - na,na; hech,sira,aslo

5 gumon - -dir,-ov -dir,-ov

6 o'xshatish-qiyoslash naq,xuddi,go'yo,go'y oki,bamisli,misoli,ay nan,ayni naq,xuddi,go'yo,go 'yoki,bamisli,misol i

(izoh:o'xs îatish-qiyoslash yuk amalari ayrim manbalarda aniqlov yuklamalari

deb ham yuritilgan)

Jadvalda ko'rsatilgan so'zdan ajratib yoziladigan qo'shimcha ko'rinishdagi yuklamalar chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Ketma-ket ravishda ming marta, balki undan-da ko'p hariflarning kuragini yerga tekkizgan polvon agar dono bo'lsa, o'ziga bino qo'ymaydi, ming birinchi harifni ham, a lbatta, majaqlayman, deb katta ketmaydi (T. Malikj

Yuklamalar so'z yoki gapga yuklayotgan qo'shimcha ma'nosiga ko'ra yuqoridagi kabi nomlansa-da, umumiylik va xususiylik nuqtayi nazaridan tahlil qilinganda ba'zi ma'noviy qirralari bilan bir-biridan farq qiladi. O'zbek tili milliy korpus bazasida yuklamalarni teglashda ularning ana shu ma'no nozikliklarini ko'rsatuvchi matnlar va gaplardan foydalanish kerak. Quyida hozirgi o'zbek tilida so'roq-taajjub yuklamasining ifodalanishi, vazifa semasi, milliy korpusda teglanishi haqida fikr yuritamiz.

So'roq-taajjub yuklamalari so'roq, taajjub, iltimos, buyruq, xavotir, ta'kid va uqtirish, do'q-po'pisa, istak-xohish, qistash kabi ma'nolarni bildiradi.

1. -chi so'roq-taajjub yuklamasi qo'shimcha ko'rinishda, so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Gapga quyidagi ma'nolarni yuklaydi:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

1) so'roq: Majlisdan xabaring bo'lg'an bo'lsa, kim qaysi fikrda qolg'anini ham bilarsan?

-Yo'q.

- Majlisda nimadan bahs qilinganini-chi? !(O'tkan kunlar. A.Qodiriy.)

2) taajjub: Bu go'zallikdan rohatlansang-chi mundoq. Tushunmayapman seni.

3) iltimos: Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat opa! (O'tkan kunlar. A. Qodiriy.)

4) buyruq: Gap bilan bo'lib zang'ar kayf ham tarqab ketdi, qani, quy-chi bir-ikkini! (O'tkan kunlar. A. Qodiriy.243- sahifa)

5) xavotir: -Shoshma! - dedi Tohir. - Bu yerdagi besh-o'nta yog'ochni arralab tashlaganimiz bilan hech ish chiqmaydi.

-Nega chiqmasin? Ot-arava o'tolmaydigan qilamiz!

-Birorta ustani olib kelib, ko'prikni tuzatib, o'tib ketaversa-chi? (Yulduzli tunlar.P. Qodirov)

6) ta'kid va uqtirish: Azimjon -chi, senga ammavachcha bo'ladi. (A.Muxtor."Chinor"romani). Men shu uzundan uzoq umrimda -chi, bolam, hech qachon bunday ojiz, bunday ayanch holga tushgan emasdim (A. Muxtor "Chinor" romani)

7) do'q-po'pisa: Qo'lingni yana bir tekkizib ko'r-chi mening qizimga

Buyruq va do'q-po'pisani bildirayotgan gaplarga qo'shilib kelganda -chi

so'roq

yuklamasi ko'p hollarda buyruq maylidagi fe'llar bilan birga keladi

8) istak-xohish: Avval siz bir urinib ko'rsangiz-chi? Biror luqmagina yesang-chi? Yaxshisi bir kino tomosha qilsak-chi?

9) kuchli qistash ohangidagi buyruq: Tezroq yursang-chi munday, imillamasdan.

2. -mi (-mu -ma) so'roq yuklamasi. So'zga qo'shilib yoziladi. So'roq, taajjub, kuchaytiruv-ta'kid, taxmin va noaniqlik, modal ma'nolarni bildiradi. O'zbek tilida shaxs-son va egalik qo'shimchalaridan keyin qo'shilib keladi. Bu yuklama hozirgi hamma turkiy tillarda mavjud bo'lib dastlabki turkiy lingvogrammatik manbalarda kuchaytiruv-taajjub yuklamasi bo'lganligi aytiladi. [Abdurasulov,2009:209]. Yuklamaning ushbu shakli so'roq ma'nosini juda aniq ifodalovchi bo'lganligi uchun ko'proq dialoglarda qo'llanadi va bunday yuklama qatnashgan so'roq gaplarning javobi ha, yo'q, mayli, xo'p kabi tasdiq va inkor so'zli so'z gaplar bilan ifodalanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

1) So'roq ma'nosini beradi: Rostmi? Buni hali o'zi ham bilmaydi-ku qanday aytadi? (P. Qodirov)

2) Modal ma'noni bildirib noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko'chadami, uning uchun farqi yo'q edi.

3) Taajjub, hayrat va kutilmaganlik ma'nosini beradi: Bir mahal tayoq ko'tarib asta-sekin chiqib kelayotgan oyimga ko'zim tushib qolsa bo'ladimi?(G'. G'ulom." Shumbola") Yopiray, shuning hammasi yerga tusharmikan? (A. Muxtor).

4) Gapda ba'zan qo'shma gap qismlarini yoki uyushiq bo'laklarni bog'laydigan sintaktik birlik vazifasini ham bajaradi. - Bizga shu .ferma mudirlikmi, ombor mudirlikmi.bo'lsa bo'ladi, - deya ming'irladi. (Tog'ay Murod). Ushbu gapda -mi yuklamasi yo, yo ayiruv bog'lovchisi vazifasini bajargan. Mazmunan bu gap Bizga yo ferma mudirlik yo ombor mudirlik bo'lsa bo'ldi shaklida ifodalangan. Demak, bu gapda yuklamalik xusususiyatidan ko'ra bog'lovchilik vazifasi ko'proq shakllangan.

Eski o'zbek adabiy tilida va she'riyatda bu yuklamaning -mu varianti qo'llangan: Charxning men ko'rmagan jabr-u jafosi qoldimu.. (Z.M.Bobur).

Xalq og'zaki adabiyoti va shevada -ma shakli ishlatiladi: Mard yigitning yori talash bo'lama?("Alpomish" dostonidan)

3. -a, -ya so'roq yuklamalari. « So'roq yuklamalaridan -a -ya shakli faqat o'zbek tilida mavjud bo'lib boshqa turkiy tillarda uchramaydi » - deb yozadi tilshunos olim Yo. Abdurasulov. [Abdurasulov,2009:209].

1) -a so'roq yuklamasi so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. So'roq, taajjub, norozilik, qo'rquv ma'nolarini anglatadi: -Ikkinchiga o't, hisobni bilmaysan. - U pakana kishiga qaradi: Shunday qilsin-a? (so'roq ma'nosida). Sof so'roq ma'nosini ifodalovchi gaplarda ha yoki yo 'q degan javobni talab qiladi: Arzimagan choychaqa uchun o'z birodaringni sotsang-a? Bu razolat-ku! (taajjub) Bunday tipli gaplar ritorik so'roq gaplar bo'lganligi uchun javob talab qilmaydi. His va hayajonni ifodalash uchun ishlatiladi: Naqadar go 'zal bir gul-a. (E. Vohidov.) Shunday qilyapsan-a? (norozilik)

2) -ya so'roq yuklamasi. So'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. So'roq ma'nosidan ko'ra ko'proq hayratlanish, taajjub, ta'kid va his-hayajon ma'nolarini anglatadi: Meni haqorat qildimi, meni-ya? (hayratlanish va taajjub). Ba'zan ko'cha-ko'yda ham bir narsalarni topib oladi-ya. - Bekor yurmay deydi-da! (Sh.Bo 'tayev). Gulnorni sevishimni bilardi-ya?(O.)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

NATIJALAR VA MUHOKAMA

So'roq yuklamalari yuqoridagi kabi ma'no qirralari bilan farq qilsa-da, umumiy ma'noda baribir so'roq mazmunini bildiradi. Yuklamalarning murakkabligi - leksik ma'noga ega emasligi, sintaktik munosabat ifodalamasligi, pragmatik vazifa bajarishi, qo'shimcha ma'no ifodalashi bilan belgilanadi. Yuklamalarning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiquvchi murakkablik ularning vazifasiga ham ta'sir etsa-da, ular ham yordamchi so'zlar doirasida o'z leksik-grammatik belgisiga, tarixiy-taraqqiyotiga va semantik-grammatik gruppalariga ega bo'lgan kategoriyadir. Ularning leksik ma'nolari grammatik, logik va ekspressiv-stilistik funktsiyalariga teng keladi. F. Fortunatov ularni semantik o'lchov asosida o'rganish kerak deydi. Yuklamalarni, umuman olganda, leksik ma'noga ega bo'lmagan so'zlarni sintaktik qurshov asosida o'rganish ma'qul. Chunki ularning o'ziga xos xususiyatlari sintaktik qurshovda oydinlashadi. Yuklamalar so'z yoki gapga qo'shimcha ma'no jilosi berish uchun ishlatiladi. [ŒopTyHaTOB,165-166]. Demak, yuklamalarni aniqlashda matn alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki biror so'zga, gapga ma'no jilosi yuklashni matnsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun yuklamalar morfologik jihatdan imkoniyat tarzida ajratilsa ham, sintaktik qurshov uning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Demak, o'zbek milliy korpusida yuklamalarni joylashtirishda turli matnlardan unumli foydalansak, grammatik va sintaktik bog'lanishlarda uning qo'shimcha ma'no jilosi aniqlanadi

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xulosa qilib aytganimizda, yordamchi so'zlarni, jumladan, yuklamalar va uning turli ma'no qirralarini organishda korpus oqituvchi va oquvchi uchun eng ishonchli manbadir. Chunki til korpusida lug'atda bo'lganidek boshqa so'zga havola qilishga ehtiyoj yo'q. Korpus, yani sun'iy intellekt katta hajmli xotiraga ega, uni istalgancha kengaytirish mumkin va bu orqali yordamchi so'zning har qanday holatda kelishi haqidagi matnlarni joylashtirish mumkin. Korpus hajmining kattaligi foydalanuvchiga hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki millionlab so'zni teglardan foydalangan holda atigi bir necha Mblarda joylashtirish mumkin. Lug'atlarda illyustrativ misollar miqdori chegaralangan bo'ladi. Korpusda esa qidirilgan bir so'zning minglab misollar kontekstida kelishini bir vaqtning o'zida ko'rish imkoni bo'ladi. Korpus tillarning yashab qolish xavfsizligini ta'minlovchi eng birlamchi vositadir. Tillarning xavfsizligi esa alifbo-imlo, ko'p sonli so'zlashuvchilarga egalik, davlat tili maqomi va axborot kommunikatsiyalari

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-312-320

sohalari, internet tili ekanligi omillari bilan taminlanadi. [Mengliyev,2020; 81-82] Professor B. Mengliyev tilning boqiylik darajasini belgilaydigan ushbu talablardan faqat internet tili darajasiga ko'tarilish borasidagi tashkiliy ishlarda sustkashliklar bolayotganligi achinarli hol ekanligini takidlaydi. [Mengliyev,2020;81-82] Shuning uchun milliy til korpusida faqat yordamchilar emas, lugat boyligimizdagi barcha so zlarning asl ma'nolarini beruvchi lingvistik teglarni yaratish tilshunos olimlarimiz oldidagi kechiktirib bolmaydigan muhim vazifadir.

REFERENCES

1. Хамроева Ш. Узбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг лингвистик асослари: Филол. фан. Буйича фалсафа доктори (PhD) ...дис^ - Бухоро, 2018. 2.3шмуминов А.А. Узбек тили миллий корпуси синоним сузлар базасини яратиш асослари: Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. - Термиз, 2019.

3. Ахмедова Д.Б. Атов бирликларини узбек тили корпуслари учун лексик-семантик теглашнинг лингвистик асос ва моделлари: филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. - Бухоро, 2020.

4.Холиёров У. М. Узбек тили таьлимий корпусининг лингвистик асослари: Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. - Термиз, 2021.

5. Mengliyev B. "Ozbek tilining ham milliy korpusi yaratilishi lozim" https // kunuz. >news>2020/10/18

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.