Научная статья на тему 'LINGVISTIK PRESUPPOZITSIYA PRAGMATIK MUAMMO SIFATIDA YUZAGA KELISHI VA O’RGANILISHI'

LINGVISTIK PRESUPPOZITSIYA PRAGMATIK MUAMMO SIFATIDA YUZAGA KELISHI VA O’RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3271
439
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pragmatika / presuppozitsiya / lingvistik presuppozitsiya / nutqiy vaziyat / yashirin hukm. / pragmatics / presupposition / linguistic presupposition / tagbilim / tag meaning / speech situation / hidden judgment.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yusupjanov, Elyorbek Usmonali O‘g’li

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik masalalariga e’tibor qaratilgan. Pressuppozitsiya hodisasining o‘rganilishi va o‘zbek tilshunosligiga yangi soha sifatida kirib kelishiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Pragmatikaning tarkibiga kiruvchi presuppozitsiya hosisasining nazariy asoslari haqida fikr yutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OCCURRING AND STUDYING LINGUISTIC PRESUPTION AS A PRAGMATIC PROBLEM

This article focuses on contemporary linguistics. Special emphasis was placed on the study of the phenomenon of the press and its entry into Uzbek linguistics as a new field. The idea of the theoretical basis of the presuppositional property, which is part of pragmatics, has been won.

Текст научной работы на тему «LINGVISTIK PRESUPPOZITSIYA PRAGMATIK MUAMMO SIFATIDA YUZAGA KELISHI VA O’RGANILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

О

LINGVISTIK PRESUPPOZITSIYA PRAGMATIK MUAMMO SIFATIDA YUZAGA KELISHI VA O'RGANILISHI

Yusupjanov Elyorbek Usmonali o'g'li

Farg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik masalalariga e'tibor qaratilgan. Pressuppozitsiya hodisasining o'rganilishi va o'zbek tilshunosligiga yangi soha sifatida kirib kelishiga alohida to 'xtalib o 'tilgan. Pragmatikaning tarkibiga kiruvchi presuppozitsiya hosisasining nazariy asoslari haqida fikr yutilgan.

Kalit so'zlar: pragmatika, presuppozitsiya, lingvistik presuppozitsiya, nutqiy vaziyat, yashirin hukm.

This article focuses on contemporary linguistics. Special emphasis was placed on the study of the phenomenon of the press and its entry into Uzbek linguistics as a new field. The idea of the theoretical basis of the presuppositional property, which is part of pragmatics, has been won.

Keywords: pragmatics, presupposition, linguistic presupposition, tagbilim, tag meaning, speech situation, hidden judgment.

Эта статья посвящена современной лингвистике. Особое внимание было уделено изучению феномена угнетения и его проникновению в узбекское языкознание как новую область. Идея теоретической основы пресуппозиционного свойства, являющаяся частью прагматики, была выиграна.

Ключевые слова: прагматика, пресуппозиция, лингвистическая пресуппозиция, речевая ситуация, скрытое суждение.

Bizga ma'lumki, tilshunoslik sohasida hali o'z yechimini topmagan, o'rganishni talab etayotgan muommolar, hali ishlanishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Tilshunoslik sohasidagi olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida bu munozaraga sabab bo'luvchi vaziyatlar o'z yechimini topmoqda.

Presuppozitsiya hodisasi tilshunoslikning barcha bo'limlarda ham o'rganilgan emas, albatta. Biz o'rganmoqchi bo'lgan o'zbek tilida presuppozitsiya hodisasi ham hali o'rganilmagan masalalardan biridir. O'zbek tilshunosligida o'tgan asrning 80-yillaridan boshlab til birliklarini pragmatik xususiyatlarini o'rganishga qiziqish

ABSTRACT

АННОТАЦИИ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

kuchaydi. Ayniqsa, gap tadqiqi yuzasidan olib borilgan ishlarda presuppozitsiya hodisasiga e'tibor qaratildi.

O'zbek tilshunosligi sohasida D.Lutfullayeva, U.Rahimov, H.Mahmudov kabi soha vakillari o'zlarining ilmiy maqola va tadqiqot ishlarida presuppozitsiya hodisasini tilning ma'lum sathlari doirasida tahlil etganlar. Shu bois, presuppozitsiya masalasi o'zining dolzarblik darajasini yo'qotgani yo'q, balki o'z yechimini kutayotgan masalalardan biridir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek tilida bir so'z orqali murakkab mazmunni ifodalovchi presuppozitsion signallar xilma-xildir. Shu signallar orqali bir so'zning o'zi ifodalagan ma'nosidan tashqari qo'shimcha ravishda undagi yashirin ma'nolarni ham his etish lozim. Bu yashirin ma'nolarni tatqiq etish bilan bevosita presuppozitsiya sohasi shug'ulllanadi. Presuppozitsiyaga asosan til hodisasi sifatida qaralib unga quyidagi belgilarni asos sifatida qaraladi: bevosita ifodalanmaslk, gap qurilishidan anglashilish. Bundan chiqadiki, leksik sathdagi so'z va boshqa birliklardan ifodalanmoqchi bo'lgan ma'nolar ham yaqqol ko'rinmaydi, balki bu ma'no so'zni sinchikovlik bilan qaralgandagina yuzaga chiqadi. Bu yashirin ma'noni aniqlash esa presuppozitsiya hodisasining vazifasidir.

Matn semantikasi bilan bog'liq muammolarning o'rganilishi pragmatikaning shakllanishiga katta turtki bo'ldi. Pragmatikaning yo'nalishlaridan biri bo'lgan "presuppozitsiya haqidagi qarashlar nemis mantiqshunosi G.Frege tomononidan ilgari surilgan. Uning takidlashcha presuppozitsiya hukmning mantiqiy asosi hisoblanadi" [1]. U fikrini isbotlash uchun "Kepler bechoralikdan olamdan o'tdi" gapini misol ketiradi. Va bu yerda presuppozitsiya sifatida Kepler degan odamning yashganligini nazarda tutadi. G.Frege mavjudlik bildiruvchi ikkinchi hukmni presuppozitsiya deb ataydi. Presuppozitsiya termini tilshunoslikka P. Stroson nomi bilan bog'liq bo'lib uning qarashlari ham Fregening qarashlariga juda yaqin turadi. Bugungi kunda presuppozitsiya termini ostida - muayyan jumla takibida bevosita ifodalanmagan, yashirin hold aks etgan ma'no tushuniladi - deya takidlaydi. A.Nurmonov o'z ishlaridan birida. Bizning fikrimizcha presuppozitsiyani yashirin ma'no bilan bog'lasak, presuppozitsiya va tag ma'noning o'rtasidagi farqni yo'qqa chiqarib qo'yamiz. Bizning fikrimizcha presuppozitsiya termini ostida jumladan anglashilgan yashirin ma'no emas balki yashirin hukm, aniqrog'i axborot anglashiladi.

Lingvistik pragmatikaning tadqiq doirasi keng bo'lib, bu yo'nalishda til birlik -

larining nutq vaziyati, kontekst bilan bog'liq jihatlari, kishilar o'rtasidagi

261

Scientific Journal Impact Factor

0

munosabatni ifoda etuvchi nutqiy etiketlar, nutqning ijtimoiy xoslanishi, ifodaning sub'ektiv modal aspektiga aloqador kirish, baho bildiruvchi so'z va vositalar, insonning ichki sub'ektiv ruhiyatini ifoda etuvchi diskurs hamda presuppozitsiya hodisasini o'rganish maqsad qilib belgilandi.

Keyingi yillarda lingvistik pragmatika tilning barcha sath birliklari doirasida o'rganila boshlandi. Buning natijasida tilshunoslikda pragmatikaning fonopragmatika, morfopragmatika, leksopragmatika, sintaktik pragmatika kabi yo'nalishlari maydonga keldi.

Lingvistik pragmatikaning til sathi birliklari, ayniqsa, sintaktik sathda gapga tatbiq etilishi bu birlikning nutq vaziyati, kontekst bilan bog'liq, faqat nutqda reallashuvchi yashirin xususiyatlarini aniqlash imkonini yaratdi. Gap pragmatikasini o'rganish asosida tilshunoslikda bu sintaktik birlikka xos alohida xususiyat - gapning presuppozitsion akspekti yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar yuzaga keldi.

Ma'lumki, presuppozitsiya pragmatik hodisa sifatida til belgisining nutq bilan bog'liq jihatlarini namoyish qiladi. Ayrim mualliflarning fikricha, presuppozitsiyaga pragmatik hodisa sifatida qaralishi shu ma'nodaki, u so'zlovchining gapda xabar berilayotgan yoki so'ralayotgan voqelikka nisbatan muayyan nuqtai nazarini aks ettiradi va «hukmning tabiiy asosi» «so'zlovchilarning umumiy bilish fondi, ularning oldindan kelishuvi» sifatida talqin etildi. Ilmiy manbalarda presuppozitsiya bu tarzda turlicha nomlangan bo'lsa-da, til birligining ishorasi asosida gapda yashirin ifodalanuvchi axborot tarzida baholandi.

Presuppozitsiya til birligining nutqiy vaziyat hamda nutq egalarining til ko'nikmalari bilan bog'liq tarzda yuzaga chiquvchi pragmatik xususiyati bo'lib, mohiyatan gap qurilishi asosida yotuvchi yashirin hukmning tashqi ishoraga asoslanuvchi ko'rinishini anglatadi. Bunday tashqi ishora tilda moddiy ifodachisiga ega bo'lganda, presuppozitsiya lingvistik xususiyat kasb etadi. Bu jihatdan, lingvistik presuppozitsiyaning gapda lisoniy vositalar ishorasi asosida yashirin ifodalanuvchi axborot tarzida baholanishi asosli.

Ma'lumki, shu kunga qadar tilshunoslikda bu hodisaga nisbatan presuppozitsiya, prezumpsiya, tagbilim, ichki ma'no, monema, pragmatik ma'no, sigmatik ma'no terminlari qo'llandi.

Presuppozitsiya asosiy hollarda gapda muayyan til birligining ishorasi asosida yashirin tarzda yuzaga chiqadi. So'zlovchi ob'ektiv voqelik haqidagi muayyan axborotni gapda ochiq ifoda etishni xohlamaganda, presuppozitsiyaga yo'l ochiladi. Presuppozitsiyaning gapda ifodalanishi muayyan nutqiy vaziyatni, nutq egalarining til ko'nikmalarini taqozo etadi. Nutq egalarining til ko'nikmalari, ularning nutq

Scientific Journal Impact Factor

o

ob'ekti haqidagi umumiy bilimlari presuppozitsiyaning tushunarli bo'lishiga imkon beradi.

Presuppozitsiyaning yashirin ifodalanish xususiyati uning gap tashqi strukturasi orqali ochiq ifodalanuvchi propozitsiya bilan qorishib ketmasligiga imkoniyat yaratadi. Tagma'no va tagbilim (presuppozitsiya) hodisalarini qiyoslab o'rgangan olim M.Hakimov ham presuppozitsiyaning matn semantik implikaturasi birligi ekanini qayd etadi[2].

Presuppozitsiya barcha tillarda kuzatiladi. U har bir tilda shu tilning ichki imkoniyati, ifoda vositalarining o'ziga xos xususiyati asosida belgilanadi. Bu holat presuppozitsiyaning ifodalanishi masalasiga turli yondashuvni yuzaga keltirishi tabiiy. Biroq tan olish joizki, presuppozitsiya gap tashqi strukturasida moddiy ko'rinishini to'liq namoyish qilmaydi. Ammo uning tashqi signallari - ishora vositalari, tabiiyki, sintaktik strukturadan o'rin oladi. Bu jihatdan qaraganda, presuppozitsiyaning emas, unga ishora qiluvchig til birligining eksplitsit ifodasi xususida fikr yuritish o'rinli bo'ladi. Bu til birligi presuppozitsiyaga ishora qilsa-da, uning sintaktik strukturasini aks ettirmaydi.

Yana bir jihat shundaki, presuppozitsiya nutqda turli sintaktik qurilmalar orqali yuzaga chiqadi. Bunday sintaktik qurilmalar bevosita propozitsiyani ham aks ettiradi. Presuppozitsiya orqali anglashiluvchi axborot esa sintaktik qurilmadan

Bu hodisani o'rganish bilan bog'liq mavjud ilmiy manbalar tahlili asosida lingvistik presuppozitsiyaga xos quyidagi eng umumiy belgilarni ajratish mumkin:

1. Lingvistik presuppozitsiya til birligining kontekst, nutq vaziyati, so'zlovchi va tinglovchilarning voqelik haqidagi umumiy bilimlari hamda til ko'nikmalari bilan bog'liq jihatlarini aks ettiradi.

2. Lingvistik presuppozitsiya sintaktik strukturada yashirin ifodasiga ega bo'lgan vaziyat ifodasi hisoblanadi.

3. Lingvistik presuppozitsiya gap tashqi strukturasida bevosita aks etmaydi, ammo gapning semantik strukturasi orqali yashirin ifodasiga ega bo'ladi.

4. Lingvistik presuppozitsiya sintaktik strukturada muayyan tashqi signallari -ishora vositalariga ega bo'ladi.

5. Lingvistik presuppozitsiyada nutq ishtirokchilariga oldindan ma'lum voqelik ifodasi o'z aksini topadi.

6. Lingvistik presuppozitsiya asosiy hollarda tilda amal qiluvchi tejash tamoyili asosida yuzaga chiqadi. Tejash tamoyiliga ko'ra sintaktik qurilma tarkibidan tushirib qoldirilgan gap uzvining vazifasini shu qurilmadagi boshqa birlik zimmasiga

Scientific Journal Impact Factor

o

yuklatish asosida shakliy ixchamlikka erishish lingvistik presuppozitsiya yordamida amalga oshiriladi.

7. Lingvistik presuppozitsiya propozitsiya bilan bir qatorda gapning semantik tuzilishida ishtirok etadi va har qanday gapni mazmunan murakkablashtiradi. Buning natijasida gapda shakl va mazmun birligi buziladi.

8. Lingvistik presuppozitsiya gapda bevosita ifodalangan propozitsiyaga semantik jihatdan aloqador bo'lgan axborotni aks ettiradi va asosiy hollarda ayni propozitsiyaga semantik jihatdan zidlanadi.

Ma'lumki, lingvistik presuppozitsiyani o'rganishda tilshunoslarning asosiy e'tibori unga ishora qiluvchi til vositalariga qaratildi. Negaki presuppozitsiyaga ishora qiluvchi til birliklarining lisoniy tadqiqi gap mazmuniy tuzilishidagi o'ziga xos o'zgarishlarni aniqlashda alohida o'rin tutadi.

Har bir tilning lingvistik presuppozitsiyaga ishora qiluvchi o'z tashqi signallari mavjud. U.Rahimov lingvistik presuppozitsiyaning o'zbek tilidagi tashqi signallarini quyidagicha tasniflaydi:

1. Leksik vositalar.

2. Morfologik vositalar.

3. Sintaktik vositalar.

U. Rahimov presuppozitsiyaga yo'l ochuvchi leksik vositalarga omonim, sinonim va antonim so'zlarni, morfologik vositalarga ma'lum so'z turkumlaridagi kategoriyalarni hamda ko'makchi va yuklamalarni kiritadi. Sintaktik vositalar sifatida so'roq gaplar, o'xshatishli qurilmalar hamda so'z tartibini ko'rsatadi. Uning boshqa ishida «presuppozitsiyaning lisoniy ko'rsatkichlari - fonema, morfema, leksema, so'z shakl, so'z birikmasi, gaplar ishorasi» tarzida belgilanadi[3].

D.Lutfullayeva tasdiq gapda inkor presuppozitsiyaga ishora qiluvchi leksik-grammatik vositalarga ko'makchi, yuklama va ayrim bog'lovchilarni, sintaktik vositalarga istakni ifodalovchi uch turdagi sintaktik qoliplarni kiritadi.

Ko'rinadiki, o'zbek tilida sodda sintaktik shakl orqali murakkab mazmunni ifodalashda yordamga keluvchi presuppozitsiya signallari xilma-xil. Bunday lisoniy vositalar muayyan nutq vaziyatida presuppozitsiyaga ishora qilib, sodda gapning mazmuniy tuzilishini murakkablashtiradi. Har bir lisoniy vosita o'ziga xos shakliy tuzilishdagi gaplarni hosil qilishda ishtirok etsa-da, yashirin tarzda qo'shimcha axborotni ifodalashi jihatidan umumiylikka ega bo'ladi. Bu lisoniy vositalarga xos yana bir umumiy belgi shundaki, ular asosiy hollarda gap mazmuniga zid bo'lgan yashirin axborotni yuzaga keltirib, zidlik munosabatini hosil qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

0

Shunisi xarakterliki, ba'zan gapda lingvistik presuppozitsiya bilan bir vaqtda ekstralingvistik presuppozitsiya ham yonma-yon aks etadi. Bunday holatda tilning maxsus ishora vositalari orqali yuzaga chiquvchi lingvistik presuppozitsiyani turli ekstralingvistik omillar - nutq vaziyati, nutq egalarining voqelikka munosabati, nutq ob'ekti haqidagi oldindan ma'lum bilimlar asosida yuzaga keladigan presuppozitsiyalardan farqlash lozim bo'ladi. U.Rahimov ham «Ahmadning katta o'g'li keldi» gapini tahlil qilar ekan, bu gapda leksik antonimiya asosida shakllangan presuppozitsiyadan (Ahmadning kichik o'g'li ham bor.) tashqari, ekstralingvistik omillar - nutqiy vaziyat, oldindan ma'lum bo'lgan xabar, nutq momenti asosida «Ahmadning kichik o'g'li kelishi kerak edi», «Ahmadning kichik o'g'li kelmagan», «Ahmadning katta o'g'li kelmasligi kerak edi» mantiqiy presuppozitsiyalarining shakllanishini ham qayd etadi[4].

Lingvistik presuppozitsiyaning shakllanishida unga ishora qiluvchi til vositalarining lisoniy-belgi xususiyatlari muhim o'rin tutadi. Masalan, faqat ayiruv-chegaralov yuklamasi gapda o'z qurshovidagi bo'laklarni ajratib ko'rsatish bilan birga, ularning ma'nosiga zid xarakterdagi presuppozitsiyani shakllantiradi [5]. SHu sababli nutqda faqat yuklamali sintaktik o'ramlardan doimo zid mazmundagi axborotlar anglashiladi. Masalan, «Faqat bitta aybi bor...» (O'.Hoshimov. «Ikki eshik orasi») gapida presuppozitsiya orqali «Boshqa aybi yocq» axboroti ifodalangan. Bu axborot gapning sintaktik qurilishiga zid holda yashirin ifodalangan. Demak, presuppozitsiya gap semantikasining yashirin uzvi sifatida bavosita ifodalanadi.

Lingvistik presuppozitsiya asosiy hollarda tilda amal qiluvchi tejash tamoyili asosida yuzaga chiqadi. N.Mahkamovning qayd etishicha, tejamlilik o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, unda leksik yoki grammatik ma'no bajarayotgan birlik vazifasi shu birliklar majmuasidagi boshqa birlikka yuklatiladi. Natijada vazifa bajarmayotgan birlik majmua (so'z, birikma, gap) tarkibidan chiqariladi va nisbatan shakliy ixchamlik vujudga keladi[6]. Nutqda bu tarzda, ya'ni sintaktik qurilma tarkibidan tushirib qoldirilgan gap uzvining vazifasini shu qurilmadagi boshqa birlik zimmasiga yuklatish asosida shakliy ixchamlikka erishish lingvistik presuppozitsiya yordamida ham amalga oshiriladi. Lingvistik presuppozitsiya hisobiga muayyan mazmunni ifodalashga xoslanmagan sintaktik shakl uning ifodachisiga - tashqi signaliga aylanadi. Biroq presuppozitsiya orqali ifodalangan axborot, yuqorida qayd etilganidek, nutqiy gapda bevosita aks etmaydi, balki muayyan lisoniy birlikning ishorasi asosida yashirin tarzda ifodalanadi hamda nutq egalari tomonidan hech qanday qiyinchiliksiz qabul qilinadi.

Scientific Journal Impact Factor

О

XULOSA

Ma'lum bo'ladiki, presuppozitsiya gapda nutqiy vaziyat bilan bog'liq holda yashirin tarzda reallashuvchi hodisa, uning to'g'ri tushunilishida nolisoniy omillar -nutqiy vaziyat, kontekst, so'zlovchi va tinglovchiga oldindan ma'lum bo'lgan umumiy bilimlar hamda nutq egalarining til ko'nikmalari yordamga keladi. Bu nolisoniy omillar gap sintaktik strukturasida aks etmagan, yashirin ifodalanuvchi presuppozitsiyaning oson tushunilishiga yordam beradi. Jumladan, tadqiqotimiz ob'ekti hisoblangan ko'makchili qurilmalar va ularga vazifadosh kelishikli so'zshakllari ishora qilgan presuppozitsiyaning to'g'ri tushunilishida ham ushbu nolisoniy omillar muhim o'rin tutadi. Agar suhbat egalari nutq vaziyatidan bexabar bo'lsalar, nutq ob'ekti haqida tasavvurga ega bo'lmasalar yoki qo'llanishdagi tilni mukammal bilmasalar, u holda presuppozitsiyani to'liq anglab etmasliklari mumkin.

Anglashiladiki, presuppozitsiya tilning pragmatik aspektini namoyon etuvchi hodisa sifatida kontekst, nutq vaziyati, til egalarining nutq ob'ekti haqidagi umumiy bilimlari tushunchalari bilan zich bog'lanadi va gapning semantik tuzilishi bilan bog'liq hodisa sifatida maxsus tadqiqotlarni talab etadi.

REFERENCES

1. HypMOHOB A.TaHnaHraH асарлар I жилд. -Т. Aкадэмнашр. Б. 404

2. Хдкимов М. Тагмаъно ва тагбилим хусусида баъзи мулохазалар // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент. - 2001. - №1. - Б. 33.

3. Рахимов У. Лисоний пресуппозиция / Айюб Гулом ва узбек тилшунослиги: Илмий маколалар туп. - Тошкент. 2004. - Б.58.

4. Рахимов У. Тагмаъно ва пресуппозиция // Узбек тил ва адабиёти. - Тошкент. 2005. - №5. - Б.32.

5. Каранг: Рахимов У. Узбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол. фан. ном. ... дис. автореф. - Самарканд, 1994. - Б. 11-14.

6. Бу хакда каранг: Махкамов Н. Лисоний ортикчалик ва тежамлилик натижасида вужудга келган десемантизация // Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент. - 2002. - №2. -Б. 25.

7. http://library.ziyonet.uz

8. http: //www.sharq j urnali. uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.