Научная статья на тему 'ANTONOMAZIYA VA METAFORA ULARNING O‘ZARO MUNOSABATI'

ANTONOMAZIYA VA METAFORA ULARNING O‘ZARO MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1136
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antonomaziya / metafora / metonimiya / ironiya. / antonomasia / metaphor / irony / metonymy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saidov Yoqub Siddiqovich, Salimova Dildora Furqat Qizi

Ushbu maqolada ko‘chim turlaridan bo‘lmish antonomaziya va metaforaning xususiyatlari, ularning o‘zaro munosabati, o‘xshash va farqli tomonlari yoritib berilgan. Bugungi kunda til imkoniyatlarini egallash milliy ma’naviyatni takomillashtirish hamda uni yoshlar ongiga singdirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida ham badiiy asarlar tili leksikasi tadqiqiga oid ilmiy ishlar talaygina yaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANTONOMASY AND METAFORA THEIR RELATIONSHIP

This article describes the characteristics of antonomasia and metaphor, types of migration, their similarities and differences. Today, mastering the language is important in improving the national spirit and inculcating it in the minds of young people. During the years of independence, a lot of scientific work on the study of the lexicon of the language of works of art has been created.

Текст научной работы на тему «ANTONOMAZIYA VA METAFORA ULARNING O‘ZARO MUNOSABATI»

Scientific Journal Impact Factor

ANTONOMAZIYA VA METAFORA ULARNING O'ZARO

MUNOSABATI

Saidov Yoqub Siddiqovich BuxDUfilologiyafanlari doktori, professor jadid-erk@mail.ru

Salimova Dildora Furqat qizi BuxDU II bosqich magistranti furqatovnadildor@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada ko 'chim turlaridan bo 'Imish antonomaziya va metaforaning xususiyatlari, ularning o 'zaro munosabati, o 'xshash va farqli tomonlari yoritib berilgan. Bugungi kunda til imkoniyatlarini egallash milliy ma'naviyatni takomillashtirish hamda uni yoshlar ongiga singdirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida ham badiiy asarlar tili leksikasi tadqiqiga oid ilmiy ishlar talaygina yaratildi.

Kalit so'zlar: antonomaziya, metafora, metonimiya, ironiya.

Аннотация: В статье описаны характеристики антономасии и метафоры, типы миграции, их сходства и различия. Сегодня владение языком важно для повышения национального духа и его воспитания в сознании молодежи. За годы независимости создана большая научная работа по изучению лексики языка художественных произведений.

Ключевые слова: антономазия, метафора, метонимия, ирония.

Abstract: This article describes the characteristics of antonomasia and metaphor, types of migration, their similarities and differences. Today, mastering the language is important in improving the national spirit and inculcating it in the minds of young people. During the years of independence, a lot of scientific work on the study of the lexicon of the language of works of art has been created.

Key words: antonomasia, metaphor, irony, metonymy.

O'zbek tilshunosligida ijodkor badiiy asarlari tilini, poetik nutqini lingvistik asosda ilmiy o'rganish va targ'ib etish, badiiy tafakkur taraqqiyoti umumiy qonuniyatlari va an'analarining o'zbek tilida namoyon bo'lishini tadqiq qilish, ajdodlarimiz adabiy merocining mazkur qonuniyatlar takomilidagi ulkan hiccacini tilda yuz bergan tarixiy jarayonlar bo'yicha yoritish kabilar birlamchi vazifa hicoblanadi. Bugungi kunda til imkoniyatlarini egallash milliy ma'naviyatni takomillashtirish hamda uni yoshlar ongiga singdirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida ham badiiy asarlar tili leksikasi tadqiqiga oid ilmiy ishlar talaygina yaratildi. Ular jumlasiga H.Dadaboyev, N.Axmatov, M.Rustamov, N.Husanov, R.Zohidov, Y.Saidov, Sh.Egamova kabilarning tadqiqotlarini aytib o'tish mumkin. Ushbu tadqiqotlarda XI-XIV asr yozma yodgorliklari tilidagi ijtimoiy-

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

siyosiy, sotsial-iqtisodiy terminlar, Muhammad Solih, Gadoiy, Alisher Navoiy, So'fi Olloyor, Fitrat kabi ijodkorlarning badiiy asarlari leksikasi ma'lum darajada tahlil etildi.

Antonomaziya masalasi jahon tilshunosligida qisman o'rganilgan. Bunga misol sifatida Arutyunyan Mikael Arutyunovichning 2011-yilda himoya etgan "Struktura, semantika i pragmatika stilisticheskogo priema «antonomaziya» na materialax nemetskogo yaztika" mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini aytib o'tish mumkin. Ushbu tadqiqotda antonomaziya O.S.Axmanova, I.R.Galperin, V.N.Teliya, N.D. Arutyunova, A.N. Stepanova kabilarning ishlarida ma'lum darajada o'rganilganligi aytiladi.

O'zbek adabiyotshunosligida talmeh bo'yicha ma'lumotlar Y.Is'hoqov, A.Hojiahmedov, T.Boboyev kabilarning tadqiqotlarida qisman uchraydi. Alohida aytib o'tish lozimki, antonomaziya (talmeh) na o'zbek tilshunosligida, na o'zbek adabiyotshunosligida maxsus o'rganilmagan.

Antonomaziyada hammaga ma'lum va mashhur bo'lgan badiiy asar qahramonlariga, tarixiy voqea va afsonalarga ishora qilinadi. Uni ayrim olimlar metaforaning, ayrim olimlar esa metonimiyaning bir ko'rinishi sifatida talqin etishadi. Ayonki, Sharq adabiyotshunosligida antonomaziya talmeh badiiy san'ati nomi bilan yuritilgan. Shu bois unga doir ayrim ilmiy qarashlarni tahlil etishga harakat qilamiz.

O'zbek adabiyotshunosligiga oid tadqiqot va darsliklarning ayrimlarida talmih, ba'zilarida talmeh shaklida keltirilgan. Mazkur so'zning yozilish shakli bo'yicha adabiyotshunoslikda aniq to'xtam mavjud emas. Uning mazmun-mohiyati bo'yicha ham turli qarashlar ko'zga tashlanadi. Masalan, Boqijon To'xliev, Bahodir Karimov, Komila Usmonovalarning O'rta ta'lim muassasalarining 10-sinfi o'quvchilari uchun mo'ljallangan "Adabiyot" darslik-majmuada talmeh quyidagicha talqin etilgan: "Talmeh arabcha so'z bo'lib, ma'nosi "chaqmoq chaqilishi", "bir nazar tashlash" demakdir. Badiiy san'at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir.

Metodlar bo'limi Ayrim tilshunoslar antonomaziyani metaforik ma'no ko'chishi asosida yuzaga keladi deb hisoblashadi. Ma'lumki, metafora va metonimiya o'ziga xos umumiylik va xususiylikka ega. Ulardagi umumiylik quyidagilardan iborat:

1)ikkalasi ham tilni boyitish uchun xizmat qiladi;

2)ikkalasi ham so'z ko'chishi yo'li bilan hosil qilinadi;

3)ikkalasi ham nominativ yoki ekspressiv xususiyatga ega;

Scientific Journal Impact Factor

4)ikkalasi ham kontekst yoki situatsiyada aniqlanadi.

Ularning o'zaro farqli jihatlari esa quyidagilardir:

1) agar metaforada so'z ikki predmet yoki tushuncha o'rtasidagi o'xshashlik asosida ko'chirilsa, metonimiyada esa so'z ikki predmet o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikka suyangan holda ko'chiriladi;

2) metafora gapda o'zi almashtirgan gap bo'lagi vazifasini bajargan holda kelsa, metonimiya esa o'zi almashtirgan so'zning gapdagi vazifasini "vaqtincha" bajarib turadi.

Ayrim hollarda gapda metafora va metonimiya bir xil ko'rinishga ega bo'lib, kontekst ularni o'zaro farqlashga yetarli bo'lmay qolgan hollarda ularni qaysi bir ko'chishga taalluqli ekanligini ajratish qiyinlik tug'diradi.

Bunday hollarda, bizningcha transformatsion metod, yaxshi natija beradi. U gapning asl mohiyatini ochib berish bilan birgalikda gap bo'laklarini o'z o'rniga joylashtiradi. Ayniqsa, bu metod metafora va metonimiya ustma-ust, ya'ni metaforaga asoslangan metonimiyani yoki buning aksi metonimiyaga asoslangan metaforani aniqlashda qo'l keladi.

Birinchi holda metonimiya kuzatilsa, ikkinchi holda shahar metafora qilinmoqda. Bu metod matnni talqin qilishda, uning mazmunini chuqurroq tushunishda katta yordam berishi mumkin.

Ayonki, metafora ko'chimning eng muhim ko'rinishlaridan biridir. Ko'chimlar adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko'chirish yoki so'zlarning umuman ko'chma ma'noda ishlatilishidir. Ko'chimlar, ya'ni troplar ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilingan: 1. So'z ma'nosining miqdoriy ko'chishiga asoslangan troplar: a) giperbola; b) meyozis. 2. So'z ma'nosining sifatiy ko'chishiga asoslangan troplar: a) metafora; b) metonimiya; v) ironiya. Boshqa tasviriy vositalar esa mazkur ko'chimlarning ko'rinishi sifatida beriladi: simvol, jonlantirish, epitet, apastrofa -metaforaning; perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet - metonimiyaning; antifraza, sarkazm - ironiyaning; litota - meyozisning ko'rinishlaridir.

Natijalar bo'limi Ayonki, narsa-buyum, voqea va hodisalar o'rtasidagi o'zaro o'xshashlikka asoslangan ma'no ko'chishiga metafora deyiladi. SHarq mumtoz adabiyotshunosligida metafora istiora deb nomlangan va alohida badiiy san'at sifatida

Masalan,

Shahar uxlayapti gapini ikki xil transformatsiya qilish mumkin:

1.Shahar aholisi uxlayapti.

2.Shahar go 'yoki bir jonli mavjudotday uxlayapti.

Scientific Journal Impact Factor

o'rganilgan. A.Husayniy "Badoyi' us-sanoyi'" asarida istioraga quyidagicha tavsif beradi: "Istiora majozning bir nav'idur. Haqiqat lafzni, o'z yasog'i, ya'ni nimani mo'ljallab yasag'on bo'lsalar o'shul ma'noda qo'llamoqtin iborattur. Majoz lafzni o'z yasog'idin o'zga ma'noda yasog'u lafzu ushul ma'no orasindag'i biror aloqa-yu munosabatg'a asoslanaroq qo'llamoqtin iborattur, o'z yasog'ida tushunmakka moni' bo'lg'uchi jumladoshi keltirmak sharti bila. Masalan, sher derlar andin yuraklig kishini ifoda etarlar.' '

Abdurauf Fitrat esa "Adabiyot qoidalari" nomli qo'llanmasida istioraga quyidagicha tavsif beradi: "Bir so'zning o'z ma'nosidan boshqa bir ma'no uchun ishlatilmakidir. Shul shart bilankim, u so'zning o'z ma'nosi bilan yangi ma'nosi orasida bir turli o'xshashlik bo'lsun". Anglashiladiki, istiorada muayyan so'z o'z ma'nosida emas, balki majoziy bir ma'noda ifodalanadi va bunda so'zning o'z ma'nosi bilan ko'chma ma'nosi o'zaro o'xshashlikka asoslanadi. Adabiyotshunos olim A.Hojiahmedovning «She'riy san'atlar va mumtoz qofiya» asarida istiora xususida quyidagilar yozilgan: «Istiora arabcha so'z bo'lib, «biron narsani omonatga (vaqtincha) olmoq» degan ma'noni ifodalab, adabiy asarda so'zni o'z ma'nosidan boshqa bir ma'noda, aniqrog'i uni haqiqiy ma'nosida emas, balki majoziy bir ma'noda qo'llash san'ati sanaladi. Ko'pincha bu ikki ma'no o'zaro o'xshashlikka asoslanadi. SHu jihatdan istiora tashbih san'atiga yaqin turadi. Istiora aksar hollarda tashbihi kinoyaga, ya'ni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi».

Aytilganidek, metafora usulidagi ma'no ko'chishida narsa-hodisalar orasidagi o'xshashlikka asoslaniladi. Metafora yashirin o'xshatishdir, unda o'xshatilayotgan narsa tushirib qoldiriladi, o'xshayotgan narsa uning ma'nosini bildiradi. "Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati" da o'xshatishga quyidagicha ta'rif berilgan: "narsa, hodisa yoki tushunchani ma'lum umumiylikka, o'xshashlikka ega bo'lgan boshqa narsa, hodisa yoki tushuncha bilan chog'ishtirishdir." Metafora hamma vaqt o'xshashlik asosida yuzaga kelsa ham, biroq u o'xshatishdan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: a) o'xshatishda o'xshagan ham, o'xshatilgan ham ma'lum grammatik vositalar bilan birgalikda o'z ma'nolarida qatnashadilar. Metaforada esa o'xshatiluvchi narsa o'rnida o'xshatilganning o'zi ko'chma ma'noda keladi; b) o'xshatishda hamma vaqt ikki yoki uch komponent ishtirok etib, u xohlagancha kengayishi mumkin bo'lsa, istiorada ko'chma ma'no tashuvchi bir komponentgina ishtirok etadi.

Munozara bo'limi Aksar ilmiy tadqiqotlarda metaforalar ikki turga, ya'ni lingvistik metafora va xususiy-muallif metaforalariga ajratiladi. Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog'liq hodisa hisoblanadi. Bunday metaforalar asosan, atash, nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda uslubiy bo'yoq,

Scientific Journal Impact Factor

ekspressivlik, binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan sub'ektiv munosabat aks etmaydi.

Xususiy-muallif metaforalari esa badiiy-estetik funksiya bajaradi, tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytiridi. Mazkur metaforalarda hamisha konnotativ ma'no, estetik vazifa mavjud bo'ladi. Metafora orqali ma'no ko'chishida konnotativ ma'no yorqinroq aks etadi. Masalan, ot, eshak, bo'ri, tulki kabi hayvon va qushlarning nomlari bo'lgan leksemalar mavjudki, bu so'zlar o'z ma'nosidan tashqari, ko'chma ma'noda juda keng qo'llanadi. Tilshunos M.Mirtojiev «O'zbek tili semasiologiyasi» monografiyasida metaforalarning mazmuniy jihatdan uch turi borligini qayd etadi. Ular quyidagilar: oddiy metafora, personifikatsiya (jonlantirish), sinesteziya.

Umuman olganda, metaforalarning o'ziga xos xususiyat-tabiati, mohiyat-mazmuni xususidagi ilmiy talqinlar va unga oid atamalarning turlichaligini hisobga olmaganda bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ularning barchasida metaforalar nom ko'chishning alohida bir turi sifatida e'tirof etilgan.

Aytilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, antonomaziyalarning ayrimlari metaforik ma'no ko'chishi asosida yuzaga keladi. Fikrimizni dalillash uchun quyidagi she'riy parchani keltirib o'tamiz:

Ushbu she'riy parcha Shavkat Rahmonning «Sulaymon tog'i etagida o'ylaganlarim» she'ridan. Unda Sulaymon tog'i Vatan, yurt, xalq timsoli sifatida ifodalangan. Mazkur she'rda o'zbek xalqining "ulug'vorlik, buyuklik, qahramonlik, mag'rurlik" belgisi Sulaymon tog'iga majozan ko'chirilgan.

Demak, antonomaziyalarning ayrimlari metaforik ma'no ko'chishi asosida yuzaga keladi.

XULOSA

Yasharkanlar yurtda sargardon,

kezarkanlar g'urbatda yoxud, Sulaymon tog' poyida bir kun Ko'milmakni qilganlar orzu. Bundan ne-ne alloma o'tgan, ne jahongir, nechalab shoir. Biroq aziz tog'-toshlariga

yozdirmagan hech biri nomin. Sulaymon tog' yuksalib turar bir elatning buyuk yodiday, hayron bo'lib poyiga bugun kelguvchilar e'tiqodidan.

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

• Арутюнян М.А. Структура, семантика и прагматика стилистического приема «антономазия» на материалах немецкого языка: Дисс. ... кан. филолог. наук. -Москва, 2011.

• Хусайний А. Бадойиъ ус-санойиъ. -Т.: Адабиёт ва санъат, 1981. -400 б.

• Мукаррамов М. Узбек тилида ухшатиш. - Тошкент, 1978. - 82 б.

• Кобулова у.с. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати (узбек халк; топишмоклари мисолида): Филол. фанл. докт. ... дисс. автореф. Тошкент, 2007.

• Махмудов Н. Ухшатишлар ва миллий образ // Узбек тили ва адабиёти. -

Тошкент, 2013. - № 1. - Б. 3-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.