Научная статья на тему 'IJTIMOIY-SIYOSIY ASAR USLUBINI TARJIMADA AKS ETTIRISH TAMOYILLARI'

IJTIMOIY-SIYOSIY ASAR USLUBINI TARJIMADA AKS ETTIRISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1431
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til vositalari / ijtimoiy-siyosiy asar / fonetik / lug’aviy / frazeologik va grammatik. / language tools / socio-political work / phonetic / lexical / phraseological and grammatical.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zarinaxon Anvarjon Qizi Abdunosirova

Maqolada ijtimoiy-siyosiy asar uslubini tarjimada aks ettirish tamoyillari, til vositalarining nutqda ishlatilish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF REFLECTING THE STYLE OF SOCIO-POLITICAL WORK IN TRANSLATION

The article discusses the ways in which the principles of socio-political work are reflected in translation, the features of the use of phonetic, lexical, phraseological and grammatical units.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY-SIYOSIY ASAR USLUBINI TARJIMADA AKS ETTIRISH TAMOYILLARI»

IJTIMOIY-SIYOSIY ASAR USLUBINI TARJIMADA AKS ETTIRISH

TAMOYILLARI

Zarinaxon Anvarjon qizi Abdunosirova

Muqimiy nomidagi Qo'qon davlat pedagogika instituti ingliz tili va adabiyoti fakulteti

2-bosqich talabasi abduno sirovazarinaxon@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada ijtimoiy-siyosiy asar uslubini tarjimada aks ettirish tamoyillari, til vositalarining nutqda ishlatilish yo'llari, fonetik, lug'aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo'llanish xususiyatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: til vositalari, ijtimoiy-siyosiy asar, fonetik, lug'aviy, frazeologik va grammatik.

PRINCIPLES OF REFLECTING THE STYLE OF SOCIO-POLITICAL WORK

IN TRANSLATION

Zarinahon Anvarjon qizi Abdunosirova

Kokand State Pedagogical Institute named after Muqimi, Faculty of English Language

and Literature, 2nd year student abdunosirovazarinaxon@gmail .com

ABSTRACT

The article discusses the ways in which the principles of socio-political work are reflected in translation, the features of the use of phonetic, lexical, phraseological and grammatical units.

Keywords: language tools, socio-political work, phonetic, lexical, phraseological and grammatical.

Uslublar, til vositalarining nutqda ishlatilish yo'llari, fonetik, lug'aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo'llanish xususiyatlari tilshunoslik fanining uslubiyat bo'limida o'rganiladi. Uslub orqali so'zlovchi shaxs-kimsa, narsa-buyumlarga, atrofda ro'y berayotgan voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildiradi. O'zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so'zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub, ilmiy uslub. O'z navbatida ijtimoiy-siyosiy uslubni publitsistik uslub deyish mumkin.

Fanda voqelikning o'quvchiga obrazli, estetik jihatdan ta'sir etuvchi uslub b a d i i y u s l u b deyiladi. Bu uslubda hissiy-ekspressivlikni ifodalovchi holatlar kop

uchraydi. Shu bilan bir qatorda, ommabop (publitsistik) uslubda ham bunday til birliklaridan samarali foydalaniladi. Ommabop uslub aslida tashviqot-targ'ibot ishlarini olib borishda qo'llaniladi. Soddalik, tushunarlilik, ta'sirchanlik, adabiy til me'yorlariga rioya qilish ommabop uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Unda ijtimoiy-siyosiy so'zlar va so'z birikmalaridan faol foydalaniladi. Bundan tashqari, nutq ta'sirchan bo'lishi uchun shunga xizmat qiladigan so'z va birikmalar, maqol, matal va hikmatli so'zlar ham kop ishlatiladi.

Taniqli tarjimashunos G'. Salomov uslubga quyidagicha ta'rif bergan: «Uslub badiiy asarning umumiy jarangosi va koloriti, obrazni tahlil qilish usuli, sanpatkorning voqelikka bo'lgan munosabati, printsipidir. Bular badiiy jarayonning yakunlovchi bosqichida shaklning asosiy tomonlarini yaxlit aks ettiruvchi xususiyat sifatida asarda zohir bo'ladi. Uslub yozuvchi ijodining uning asarlarida takrorlanib turadigan asosiy, tipik g'oyaviy-badiiy xususiyatlari majmuidir. Yozuvchining dunyoqarashi va u yaratgan asarlarning mazmuniga aloqador asosiy g'oyalar, muallif koproq tasvirlagan syujet va xarakterlar silsilasi, sanpatkor ijodida tez-tez uchrab turadigan badiiy tasvir vositalari, o'ziga xos tili uning individual uslubini tashkil etadi».

Asar yaratishda yoki uni boshqa bir tilga tarjima qilishda uslub alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada shuni ta'kidlash lozimki, badiiy asar uslubi bilan ijtimoiy-siyosiy asar uslubi tabiiyki bir-biridan farq qiladi. Bu jihat asarni bir tildan ikkinchisiga o'girishda ham yaqqol namoyon bo'ladi. Badiiy tarjimada asosiy muddao asliyat matnining ta'sir kuchini boshqa tilda ham qayta tiklash bo'lsa, ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasida matndan anglashilgan ma'noni to'la-to'kis aks ettirish bosh maqsad qilib olinadi. Boshqacha aytganda, badiiy tarjimada - asliyat ohangi, uning badiiy tarovati, ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasida - falsafiy ma'no asosiy tarjima birligi hisoblanadi. Lekin ularning har ikkala tarjimasida ham mutarjimdan ijodiy mahorat talab qilinadi. Yahni uslubiyatdan qat'iy nazar qanday matn bo'lmasin asliyatdagi fikr to'la-to'kis tarjima qilinayotgan tilda o'z aksini to'ishi zarur.

Birinchidan, badiiy asar ijodkori uslubini tarjimada qayta yaratish - bu asarda ijodkor qo'llagan tasviriy vositalar - timsoliy ifodalar, mubolag'a, o'xshatishlar va bo'yoqdorlikning tarjimada aks etishidir. Ijtimoiy-siyosiy asar muallifi uslubini tarjimada qayta yaratishda publitsistik uslubga xos bo'lgan xususiyatlarga alohida e'tibor qaratgan holda ish yuritiladi. Bunday adabiyotlar tarjimasi borasida uslubshunos T. Qurbonov dissertatsiyasida muayyan fikrlar bildirilgan.

Unda muallif publitsistik uslubning eng muhim xususiyatlarini sanaydi. Ulardan ayrimlariga to'xtalib o'tamiz:

1. Ijtimoiy-siyosiy munosabatni ifodalash. Bunda operativlik, ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni qisqa bayon qilib berish lozim bo'ladi. Publitsistika - bu publitsist bilan o'quvchi o'rtasidagi ochiq muloqotdir. Publitsistik uslubning asosiy

maqsadi keng ommaga g'oyaviy ta'sir o'tkazish, ularda ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashni shakllantirish va o'z qilayotgan ishlariga ishonch bilan kirishishlariga yordam berishdir.

2. Publitsistik uslubda aniqlik, lo'ndalik, amaliy nutqqa xos sintaksis, qathiyat va hayotiylik ustuvor bo'ladi.

3. Axborotni tezkorlik bilan yetkazish uchun publitsistik uslubda til lahjalaridan, arxaizm va istorizmlardan kamroq foydalaniladi. Unda bugungi kun muammolari ustuvor bo'ladi. Masalan, «kuch» so'zini oladigan bo'lsak, ilmiy uslubda ushbu so'zning jismoniy xususiyatlari ko'rsatilishi mumkin. Ammo publitsistik atama sifatida bu so'zlar - progressiv kuch, yot kuch, qora kuch kabi birikmalar tarkibida qo'llanilishi mumkin. publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy atamalar, birikmalar va muayyan qoli'dagi so'zlardan keng foydalaniladi. Masalan, umumxalq, hamkorlik, qurolsizlanish, milliy mustaqillik, sovuq urush, koinotni o'zlashtirish, siyosiy demonstratsiya, ishlab chiqarish ilg'orlari kabilar.

4. Lo'ndalik, masalani aniq qilib qo'yish, so'zamollik publitsistik uslubga xos bo'lgan xususiyatlardir.

5. publitsistik uslubdagi ga'lar asosan ritorik xarakterga ega bo'lib, unda sodda gaplardan ko'proq foydalaniladi.

6. publitsistik uslub rasmiy ish uslubiga juda yaqin keladi.

7. publitsistik uslubda faktlar birinchi shaxs tomonidan ga'iriladi. Badiiy uslubda esa bu vazifa ko''roq uchinchi shaxsga havola etiladi. Badiiy asardagi avtor nutqi muallifning shaxsiy nutqi bo'lmaydi.

Publitsistik uslubda quyidagi sifatlash va epitetlar keng qo'llaniladi: munosib (ulush), tarixiy (o'zgarish, voqealar), har tomonlama (munosabat, taraqqiyot), muhim (davr, bosqich), fidokorona (mehnat), ulkan, buyuk (inshoot, ishlar) va boshqalar. Bundan tashqari, publitsistik uslubda quyidagicha tantanavor so'zlar ham keng qo'laniladi: ijodkor yoshlar, muhtasham, ulug'vor, zafar quchmoq, bukilmas iroda, barkamollik, shijoatkorlik va boshqalar. Shu bilan bir qatorda, bunday uslubda salbiy bo'yoqqa ega bo'lgan hissiy nutqqa xos jinoyatchilar to'dasi, talon-taroj, o'g'rilik, qotillik, tekinxo'rlik, eskilik sarqitlari, surbetlik va boshqalar kabi so'zlar ham qo'llaniladi.

Publitsistik uslubning lisoniy tarkibi quyidagi qatlamlarni o'z ichiga oladi:

1. Mafkuraviy (kontse'tual) leksika.

2. Hissiy - eks'ressiv bo'yoqli leksika:

a) ijobiy bo'yoqli so'zlar;

b) salbiy bo'yoqli so'zlar;

v) modallik xususiyatiga ega bo'lgan so'zlar.

3. Hissiy - eks'ressiv bo'yoqqa ega bo'lgan leksik neytral so'zlar.

Mustaqillik davri ijtimoiy-siyosiy atamalari, yahni publitsistik uslubga xos

mafkuraviy leksika avvalgilardan jiddiy farq qiladi. SHo'ro davri publitsistikasida

«sovet», «sotsializm», «sotsialistik», «kommunistik» kabilar asosiy ideologik atamalar bo'lgan bo'lsa, hozir «mustaqillik», «ozodlik», «milliy g'oya», «milliy mafkura», «vatanparvarlik», «barqarorlik», «insonparvarlik», «internet», «istiqlol», «ko'ppartiyaviylik», «ma'naviyat», «ma'rifat», «Oliy Majlis», «'arlament», «referendum», «Senat», «tolerantlik», «qadriyatlar» kabi atamalar keng qo'llanilmoqda. Avvallari keng qo'llanilgan mafkuraviy leksika o'rniga hozirgi kunda mustaqillik mafkurasini ifodalovchi so'zlar ishlatiladi.

O'zbek tilshunosligida publitsistikaning shakllanishi va rivoji borasida tadqiqot olib borgan Donoxon Nehmatova o'zining «Cho'l'on publitsistik asarlarining lingvistik tahlili» mavzudagi nomzodlik dissertatsiyasida o'zbek publitsistikasi haqida muayyan fikrlar bildirgan.

I. A. Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida hozirgi zamon publitsistikasi va shu soha mutaxassislari oldidagi vazifalar haqida shunday yozadi: «Haqiqatan ham, res'ublikadagi yangi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar ommaviy axborot vositalari oldiga mutlaqo yangi, shu paytgacha notanish bo'lgan vazifalarni qo'ymoqda». O'zbek publitsistikasi haqida tadqiqot olib borgan Donoxon Ne'matova -ushbu vazifa ommaviy axborot vositalarining juda kuchli, ta'sirchan tarkibiy qismi bo'lgan publitsistik asarlar oldiga muhim talablar qo'yadi, deb ta'kidlaydi. Shu bilan bir qatorda olima publitsistik asarlar ta'sirchanligini, omma ongiga tez yetib borishini bunday asarlarning asosiy xarakterli tomoni, deb hisoblaydi.

Uslublar ichida ommaviy (publitsistik) uslub o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ommaviy axborot vositalaridagi maqolalar, mahruzalar va shu sohada yaratilgan asarlar publitsistik uslubda yoziladi.

Uslublar o'ziga xos lug'ati, turg'un birikmalari, jumla va sintaktik qurilmalari, bundan tashqari, ekspressiv xususiyatlariga ko'ra bir-birlaridan ajralib turadi. Shunga ko'ra uslublar tarjimada o'zining muqobili yordamida aks ettirilishi kerak bo'ladi. Birini ikkinchisi bilan o'zgartirish yoki almashtirish tarjimada noaniqlik yoki g'alizlik keltirib chiqaradi. Masalan: Islom Karimovning O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarida hozirgi zamonga, mustaqillik mafkurasiga xos atama va so'zlardan foydalanilgan. Bundan tashqari, muallif uslubida lo'ndalik, aniqlik yaqqol ko'zga tashlanib turad i. Yana bir e'tiborli tomoni shundaki, asarda hissiy-ekspressivlikni ifodalovchi vositalardan ham o'rinli foydalanilgan.

Darhaqiqat, ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasi borasida aniqlik, lo'ndalik, eng asosiysi, ma'no ustuvorligi birinchi o'rinda turar ekan, albatta, tarjimon bu talablarga javob berish uchun, avvalo, tarjima predmetini chuqur o'rgangan bo'lishi kerak. Bu borada G'. Salomov o'zining «Tarjima tashvishlari» risolasida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Tarjima qilish uchun so'zlarning asosiy lug'aviy mazmuni-yu tilning

grammatik qoidalarini bilishning o'zi kifoya emas. Buning uchun tilni his etish lozim. Tilning ana shunday «hissiy» tomonlaridan biri muayyan asarda avtor tilning qaysi qatlamlaridan, qanday, ne yo'sinda foydalanganida o'z ifodasini to'adi. Bu esa uslub bilan bog'liq».

I. A. Karimovning notiqlik madaniyati va asarlaridagi o'ziga xos uslubi to'g'risida ilk bor Baxtiyor Omonov o'zining «Siyosiy yetakchi nutq madaniyatining jamiyatni demokratlashtirish jarayonlariga ta'siri» mavzuidagi dissertatsiyasida munosabat bildirdi. Unda Islom Abdug'anievich Karimov uslubiga xos quyidagi sifatlar ko'rsatib o'tilgan:

- Nutqning ommaviyligi.

- Nutqning ta' sirchanligi.

- Nutqning jonliligi.

- Etakchi bilan omma birligini namoyon etadigan hodisa bo'lganligi. Bizningcha, I. A. Karimov publitsistik nutqidagi o'ziga xoslikni belgilovchi bir

qator omillar mavjud bo'lib, asosiylari sifatida quyidagilarni sanash mumkin:

1) muallifning o'z fikrlarini ifodalashda lo'ndalikka, soddalikka intilishi;

2) tilning ifoda vositalaridan o'z o'rnida unumli foydalanishi;

3) tilning eng jozibali qatlami-maqol, matal va frazeologik birliklardan mohirona foydalana bilishi;

4) nutqning sodda va ravonligi;

5) muallifning yetuk siyosatshunos olim sifatida namoyon bo'lishi.

Badiiy asar muallifidan farqli ravishda, publitsist yozuvchi, avvalo, o'z nutqini keng omma, shuningdek oddiy xalq uchun moslashtirishi, muvofiqlashtirishi kerak bo'ladi. Shunga ko'ra birinchidan, nutqda soddalikka intilishi, ikkinchidan, nutqni jonli muloqot shaklida olib borishi,

uchinchidan, o'zi ifodalamoqchi bo'lgan fikrini yetkazishda, ommaga ta'sir ko'rsatishda til imkoniyatlaridan faol foydalanishga erishishi taqozo qilinadi. Demak, bularning barchasi publitsist - yozuvchi tilning ifoda uslublaridan, til vositalaridan mohirona foydalana bilishini taqozo qiladi. Prezidentimiz tomonidan yozilgan asarlarni shu jihatdan kuzatadigan bo'lsak, uning tilimiz imkoniyatlaridan mohirona foydalanganligidan tashqari, mustaqillik davriga xos bo'lgan koplab ijtimoiy-siyosiy sohaga oid terminlar qo'llaganligi, shu soha terminologiyasini rivojlantirib, yangi so'z va so'z birikmalarini iste'molga olib kirganligining guvohi bo'lamiz. Bu borada publitsist - yozuvchi o'z maqsadiga erishish uchun tilning ifoda vositalari - metafora, metonimiya, kinoya, o'xshatish, sifatlash, tasviriy ifoda kabilardan unumli foydalangan.

REFERENCES

1. H a m r o ye v M. O'zbek tili, -T.: 2007. -B.143.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

2. S a l o m o v G'. «Tarjima tashvishlari», G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va sanhat nashriyoti, -T.:1983, -B.16

3. M ye l i ye v S. Tarjima va falsafiy mahno, Tarjima sanhati, maqolalar to'plami, 5 -kitob, -T.: 1980, -B. 252.

4. Q u r b o n o v T. "Publitsisticheskiy stilg' sovremennogo uzbekskogo yazqka", diss. na soiskanie uchonqy stepeni kan. fil. nauk. Sam. 1987.

5. O'sha manba, -B.56.

6. A b d u l l a y e v M., A b d u l l a ye v a M. va boshqalar, Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug'at, to'ldirilgan uchinchi nashri,- T.: «Sharq», 2006. -B. 528.

7. N e h m a t o v a D., «Cho'lpon publitsistik asarlarining lingvistik tahlili», filologiya fanlari nom. diss., - T.: 2004, -B.145.

8. K a r i m o v I. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida ..., T.: «O'zbekiston», 1997, -B. 177.

9. O'sha manba, -B.7.

10. S a l o m o v G'. Tarjima tashvishlari, -B.28.

11. O m o n o v B. "Siyosiy yetakchi nutq madaniyatining jamiyatni demokratlashtirish jarayonlariga tahsiri", siyosiy fanlar nom. diss., T.: 2004, -B. 8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.