Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY SHE’RIYATIDA “SHAXS” TUSHUNCHASI'

ALISHER NAVOIY SHE’RIYATIDA “SHAXS” TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1184
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shaxs / semantika / leksik birlik / leksema / denotativ maʼno / sheva / termin / sema / fleksiya / somatik birlik / ozoda / metaforik / mifonim / mifologik. / personality / semantics / lexical unity / lexeme / denotative meaning / dialect / term / seme / inflection / somatic unity / pure / metaphorical / mythological.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tillaboyeva, Gulruh Soxibbek Qizi

Maqolada birlamchi manbalar, ilmiy adabiyotlar, internet materiallari va ko'ra Аlisher Nаvоiy she’riyаtidа qо‘llаngаn shаxs tushunchаli birliklаrni tо‘plаsh, ulаrning semаntik tаsnifini yаrаtish, shuningdek, bu birliklаrning bаdiiy mаtndаgi uslubiy xususiyаtlаrini о‘rgаnish оt sо‘z turkumining semаntik tаrаqqiyоtini аniqlаsh mаsаlаsigа e’tibоr qаrаtilgаn. Аlisher Nаvоiy she’riyаti misоlidа shаxs аrxisemаli birliklаrni semаntik jihаtdаn tаsnif etildi; g‘аzаllаrdа qо‘llаngаn shаxs tushunchаli leksik birliklаrning stilistik-semаntik xususiyаtlаrini аniqlаndi; g‘аzаllаrdа qо‘llаngаn аntrоpоnimlаrning uslubiy xususiyаtlаri teоnimlаr, аgiоnimlаr, tаrixiy vа аfsоnаviy shаxs nоmlаri, bаdiiy аntrоpоnimlаr vа tаxаlluslаr dоirаsidа tаdqiq etildi; Nаvоiy she’riyаti misоlidа shаxs оtlаrining tаrixiy xususiyаtlаri аniqlаndi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF "PERSON" IN ALISHER NAVOI'S POETRY

The article is based on primary sources, scientific literature, Internet materials and the collection of conceptual units used in the poetry of Alisher Navoi, the creation of their semantic classification, as well as the study of the methodological features of these units in a literary text. attention is paid to the definition of the semantic development of the category. On the example of Alisher Navoi's poetry archetypal personality units are semantically classified; stylistic and semantic features of lexical units used in poems are revealed; the methodological features of anthroponyms used in gazelles were studied in the context of theonyms, ageonyms, names of historical and mythological characters, artistic anthroponyms and nicknames; The historical features of personal names are revealed on the example of Navoi poetry.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY SHE’RIYATIDA “SHAXS” TUSHUNCHASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ALISHER NAVOIY SHE' RIYATIDA "SHAXS" TUSHUNCHASI

Tillaboyeva Gulruh Soxibbek qizi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi Ozbekiston Respublikasi, Farg'ona davlat universiteti,

ANNOTATSIYA

Maqolada birlamchi manbalar, ilmiy adabiyotlar, internet materiallari va ko'ra Alisher Navoiy she'riyatida qo'llangan shaxs tushunchali birliklarni to'plash, ularning semantik tasnifini yaratish, shuningdek, bu birliklarning badiiy matndagi uslubiy xususiyatlarini o 'rganish ot so 'z turkumining semantik taraqqiyotini aniqlash masalasiga e 'tibor qaratilgan.

• Alisher Navoiy she'riyati misolida shaxs arxisemali birliklarni semantik jihatdan tasnif etildi;

• g'azallarda qo'llangan shaxs tushunchali leksik birliklarning stilistiksemantik xususiyatlarini aniqlandi;

• g'azallarda qo'llangan antroponimlarning uslubiy xususiyatlari teonimlar, agionimlar, tarixiy va afsonaviy shaxs nomlari, badiiy antroponimlar va taxalluslar doirasida tadqiq etildi;

• Navoiy she'riyati misolida shaxs otlarining tarixiy xususiyatlari aniqlandi.

Kalit so zlar: Shaxs, semantika, leksik birlik, leksema, denotativ ma'no, sheva,

termin, sema, fleksiya, somatik birlik, ozoda, metaforik, mifonim, mifologik.

The article is based on primary sources, scientific literature, Internet materials and the collection of conceptual units used in the poetry of Alisher Navoi, the creation of their semantic classification, as well as the study of the methodological features of these units in a literary text. attention is paid to the definition of the semantic development of the category.

• On the example of Alisher Navoi's poetry archetypal personality units are semantically classified;

• stylistic and semantic features of lexical units used in poems are revealed;

• the methodological features of anthroponyms used in gazelles were studied in the context of theonyms, ageonyms, names of historical and mythological characters, artistic anthroponyms and nicknames;

• The historical features of personal names are revealed on the example of Navoi poetry.

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: personality, semantics, lexical unity, lexeme, denotative meaning, dialect, term, seme, inflection, somatic unity, pure, metaphorical, mythological.

Статья основана на первоисточниках, научной литературе, материалах Интернета и сборе понятийных единиц, используемых в поэзии Алишера Навои, создании их семантической классификации, а также изучении методологических особенностей этих единиц в художественный текст. внимание уделяется определению смыслового развития категории.

• На примере поэзии Алишера Навои проводится семантическая классификация архетипических единиц личности;

• выявляются стилистические и семантические особенности лексических единиц, используемых в стихотворениях;

• изучены методологические особенности антропонимов, используемых в газелях, в разрезе теонимов, агеонимов, имен историко-мифологических персонажей, художественных антропонимов и прозвищ;

• Раскрываются исторические особенности личных имен на примере навоийской поэзии.

Ключевые слова: личность, семантика, лексическое единство, лексема, денотативное значение, диалект, термин, сема, флексия, соматическое единство, чистое, метафорическое, мифологическое.

O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida rivojlana boshlaganligi, fan va madaniyatning millat manfaati uchun xizmat qilmaydigan mafkura girdobidan qutulganligi, millatga bo'lgan hurmatning haqiqiy namunasi tarzida tilimizga davlat tili maqomining berilganligi o'zbek tilshunosligi hamda tilshunos olimlari oldiga g'oyat muhim va mas'uliyatli vazifalarni qo'yib kelmoqda. Hozir dunyo juda tez rivojlanayotgan bir paytda, har bir sohaga yangicha yondashish davr talabiga aylandi. "Bugun biz davlat va jamiyat hayotinining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi". Shu nuqtayi nazardan bugungi o'zbek tilshunosligi fani hal qilishi zarur bo'lgan masalalar nafaqat xalq manfaati, shuningdek, mustaqil davlatning har tomonlama yuksalishi uchun xizmat qilishga qaratilmog'i kerak. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-sonli; 2020-yil 20-oktabrdagi "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Pf-6084-sonli; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi Qarori', 20.10.2020. 07 1395-son mazkur faoliyatga tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar asos bo'lib xizmat qiladi.

Ilm-fanni faol bir sistemaga aylantirish borasidagi konsepsiyalari bevosita tilshunoslik faniga ham daxldor bo'lib, o'zbek tilshunosligida hozirgi kunda yangi-yangi tadqiq usullarining qidirilishi ana shu talabdan kelib chiqadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev shunday degan: "Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir"1.

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o'rin tutadi. Ulug' shoir o'zining she'riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g'oyalarni, ona tilimizning beqiyos so'z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, er yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o'rin egalladi.

"Shaxs" arxisemali leksemalar boshqa leksik birliklardan "shaxs" umumiy semasi asosida ajratiladi. Shaxs nomlari insonni turli belgilar egasi sifatida ko'rsatadi. Bu guruhdagi leksik birliklar esa o'z ichida boshqa-boshqa farqlovchi belgilar asosida kichik leksik guruhlarga ajratiladi. Masalan, 'mashg'ulof belgisiga ko'ra kasb bildiruvchi, 'yosh belgisiga ko'ra yosh bildiruvchi guruhlarga va boshqalarga bo'linadi.

Shaxs nomlarining birinchi bo'linishda denotativ ma'nosiga, ularning doimiy belgisiga amal qilinishini va ,mavjudlik\ 'afsonaviylik belgisiga tayangan holda moddiyan mavjud bo'lgan va afsonaviy shaxs nomlariga ajratish kerakligi ta'kidlanadi2.

1 Мирзиёев Ш. М. Миллий TapaKK№T йулимизни вдтьият билян дaвoм эттириб, янги 6ocRH4ra к^тар^го. Тoшкент.: :ap«, 2017.-Б.29.

2 Искaндaрoвa Ш.М. Узбек тили лексигасини мaзмуний мaйдoн сифaтидa ургвниш (шяхс микрoмaйдoни): DDA. ^шкет, 1999.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Alisher Navoiyning "Navodir ush-shabob" devonidan to'plangan misollar asosida aytish mumkinki, bu birliklarning qo'llanishida o'ziga xos jihatlar bo'lib, matn semantikasini shakllantirishda muhim leksik vosita bo'lib xizmat qiladi. Ular matnning yetakchi komponenti sifatida kommunikativ va ekspressiv xususiyatlarni namoyon etadi.

Alisher Navoiyning "Navodir ush-shabob" devonidan to'plangan misollar asosida "shaxs" tushunchasini ifodalovchi birliklarning quyidagi turlarini farqlashga harakat qildik.

Shaxs tushunchasini ifodalovchi asosiy leksemalar sifatida 'qavm-qarindoshlik va qadrdonlik\ 'yosh semasiga ko'ra: odam, farzand, ota, ona, tifl, atfol, o'g'il, qiz, mehmon, do 'st, oshno, yigit, qari kabi.

Turkolog olimlarning tadqiqot natijalariga ko'ra ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki bosqichlarida qarindoshlik terminlari umumiy bir tushuncha (katta, ulug', buyuk, ayol va erkakligini farqlamay) ma'nosini ifodalab, so'ng hayot taraqqiyotining ma'lum davrlaridan so'ng differensiasiyalasha borgan. Jumladan, ota termini o'zbek adabiy tili va uning shevalarida ham keng qo'llanuvchi ota terminidan anglatgan ma'nosi bilan farq qilmagan holda, fonetik farqi bilan ajralib turadi3. Hozirgi turkiy tillarning ko'pchiligida bosh unli ham, so'nggi unli ham qadimgi turkiy (a) bilan ata deb talaffuz etiladi. Oltoy, xakas tuva tillarda esa t/d jaranglashgan ada varianti bilan ishlatiladi. Hozirgi kun nuqtayi nazaridan qaralganda, dada (katta doda) termini anglatgan ma'noda katta ma'nosi yo'qdek tuyuladi. Aslida o'zbek tilida ta-da so'zlarining katta ma'nosini anglatish hodisasi hozir ham mavjud: daashqazan - d(a)ashqazan, taag'ara - t:(a)ag'ara. Hatto Surxandaryo o'zbek shevalarida uning jaranglashmagan ta varianti saqlanib qolgan: tasandiq-katta sandiq.4 Ata, ada, dada variantlari bilan tota so'zi asosida yaratilgan. Tarixan tota so'zlari qarindoshlik munosabatini ifodalamay, katta, ulug', buyuk ma'nolarini anglatgan va yillar osha qarindoshlik termini maqomini olgan5.

Hunar, kasb-kor yoki mashg'ulot nomlari vositasida shaxs tushunchasining ifodalanishi: sayyod, jallod, ayoqchi, mug'anniy, mudarris, munajjim, tabib

'Mashg'ullik semasi yasama otlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Kasb-hunar otlarining ichida arab tilidagi shaxs otlari yasalishi yetakchilik qiladi: a) mu- old qo'shimchasi narsa otlariga qo'shilib, shaxs otlari yasalgan. Mudarris, mug'anniy,

3 PemeTOB B.B. HaMaHraHCKoM roBope y36eKCKoro a3bma. 1953. -C. 216-218.

4 CeBopxaH Э.В. !3THMo^orHHecKHH c^oBapb topkckhx 33HKOB. -M., 1974. -C.56.

5 CangoBa M. OTa TepMHHHHHr этнм0ïï0гнacн//Уз6eк ^H^o^ornacH Ba yHH yrçHTnmmHHHr gomap6 MyaMMo^apn. Pecnyô^HKa H^MHH-aMa^HH aH^yMaHH. ®ap^,Y, 2013.-B.72.

185

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

musavvir, munajjim singari; b) sayyod so'zida esa fleksiya hisobiga shaxs tushunchali ot yasalganligini ko'rishimiz mumkin; s) mug'bacha leksemasi esa mug' (forscha) va bacha (forscha) so'zlarining qo'shiluvidan hosil qilingan qo'shma ot sanaladi. Mug' forscha so'z bo'lib, 'majusiy', 'otashparast', 'o'tga cho'qinuvchi'; 'mayfurush' degan ma'nolarni anglatadi. Demak, mug'bacha 'soqiy bola' ma'nosida qo'llanadi; d) ayoqchi yasalmasini esa asos(narsa-buyum oti)chi ko'rinishida qoliplash mumkin. Ayoqchi, ayog 'chi - may quyuvchi, soqiy, kosagul.6

Martaba va naslu nasab, moddiy holat ifodalaydigan birliklarda shaxs tushunchasining ifodalanishi. G'azallarda bunday otlar talaygina. Bular tarkibiga shoh, sulton, gado kabilar.

G'azallarda inson ta'na a'zolarining nomlari ham butunning qismi sifatida 'shaxs' semasini namoyon etadi.

Mazkur baytlarda ko'z leksemasi ko 'zi ko 'ziga tushmoq, ko 'z solmoq iboralari tarkibida somatik birlik sifatida qo'llanmoqda.

Otlashgan so'zlar vositasida 'shaxs' tushunchasining ifodalanashi: hamroh, bedor, olifta, o 'luk, sho 'x, olifta

Forsiy izofa vositasida shaxs tushunchasining ifodalanishi. Bunda birikmaning birinchi komponentigina shaxs oti bilan ifodalangan bo'ladi. Ba'zan hayvon va o'simlik nomi ham bo'lishi mumkin. Bunday hollarda metaforik ma'no yaqqol namoyon bo'ladi: qotili zamona, sheri gardun, g'aribi notovon, sho'xi nozanin, sarvi gulandom kabi.

Shaxs tushunchasini ifodalovchi afsonaviy nomlar - mifonimlar. Bunday otlar qatorida pari leksemasi etakchilik qiladi. G'azallarda paripaykar, parivash, pariro 'y, huri pariypaykar, pariy, pariyu hur, huri pariyzodim shakllarida uchratish mumkin. Bundan tashqari, maloymka, insu jon, dev kabi leksemalar ham afsonaviy noreal tushunchalarni ifodalab keladi. Bu kabi birliklarning qo'llanishida ham bir qator uslubiy xususiyatlar ko'zga tashlanadi: paripaykar, pariyro'yda qiyos; huri paripaykarda kuchaytiruv; pariyda tenglash; huri pariyzodda zurriyod tushunchalari namoyon bo'ladi.

Ba'zi bir mifologik obrazlar ongimizda ayol yoki erkak qiyofasida gavdalangani bois ular jins tushunchasini ifodalaydi. Masalan, pari, hur, malak kabi birliklar tasavvurimizda ayol qiyofasini gavdalantiradi. Navoiy gazallarida afsonaviy shaxs nomlari ichida pari leksemasining qo'llanish chastotasi ancha yuqori. Pari so'zi qo'llangan baytlarda devona va telba singari shaxsning ruhiy holati bilan bogliq belgining substantlashishi hisobiga ifoda topgan, shuningdek, tahlil etilayotgan

6 HaBoHH acap^apn nyraTH. I TOM^HK. -TomKeHT: CamaT Ba aga6uëT HampuëTH, 1972. 32-6.

186

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

leksema bilan jinsiy oppozitsiyadagi shaxs otlari ham ifoda etiladi. Uchinchi baytda qo'llangan telbalik oti holatni nomlasa-da, aksariyat bu so'z g'azallarda shaxs semasini namoyon etadi.

O'TILda izohlanishicha, pari - sharq xalqlari folklorida keng tarqalgan, juda go'zal qiz qiyofasidagi, nurdan yaratilgan, kishilarni ins-jinslardan saqlaydigan afsonaviy obraz; go 'zallik ramzi7. Izohdan ko'rinib turibdiki, bu so'z ma'nosiga ko'ra ajina, alvasti so'zlaridan farqli ravishda go'zal, yaxshiliklarga yetaklovchi, yomonliklardan saqlovchi xususiyatlarga ega. Shunday bo'lsa-da, Navoiy g'azallaridagi baytlar tahlilidan ko'rinadiki, pari ins-jinsdan saqlovchi emas, balki aql-hushni oladigan, sehr-u joduga ega mifologik timsol sifatida namoyon bo'ladi. Bunga baytdagi telba va devona so'zlari ham ishora qilib turibdi. Lug'atda berilganidek, pariga emas, balki farishtaga yuqoridagi izoh birmuncha mos keladi.

Quyidagi misolda esa pari so'zi malaksiymo epiteti bilan qo'llangan. Bu o'rinda uning ta'siri doirasidagi subyekt son jihatdan ko'payadi. Natijada parining oshiqlar ruhiyatiga ta'siri ham ancha kuchsizlanadi. Har galgidek matnda devona va telba so'zlari emas, ulardan belgi jihatdan quyiroq pog'onada turuvchi hayronidur leksemasi qo'llanadi. Jumladan:

Ul malaksiymo pariykim, xalq aning hayronidur, Jonlar oshubi vale oshuftajonim jonidur(G'S, № 188).

Pari forscha so'z bo'lib, mifologiyada juda go'zal qiz qiyofasidagi, nurdan yaratilgan, kishilarni ins-jinslardan saqlaydigan afsonaviy obraz, go'zallik ramzi8. Quyidagi misolda esa pari leksemasi xuddi g'arb mifologiyasidagi singari 'qanof semasini namoyon qiladi.

Hur va malak so'zlari ham afsonaviy asosga ega, noreal shaxs tushunchasini ifoda etadi. Hur arabcha so'z bo'lib, islom an'anasi va Qur'onga ko'ra taqvodorlar bilan birgalikda jannatda yashaydigan, jismoniy va ma'naviy kamchiliklardan xoli bo'lgan nihoyatda go'zal qiz(lar)9.

Huru jannatdin murodim davlati diydor erur,

Yorsiz bog'-u kanizi besh emastur ulu bu.( NSH) Malak aynan farishta. Farishta [forscha so'z bo'lib, malak, hur, g'ilmon]

7 ymn. III T.: "YM^', 2007 h. -E.222

8 YTHH. -TomKeHT: УMЭ, 2007. -E.222

9 YTHH. -TomKeHT: УMЭ, 2008. -E.562.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Islomda va ba'zi boshqa dinlarda xudoning amrini bajaruvchi g'ayritabiiy mavjudot; malak(farishtalar son-sanoqsiz bo'lib, har biri ma'lum vazifa bajaradi).

Kimki aning bir malaksiymo pariyvash yori bor,

Odamin bo'lsa, pariy birla malakdin ori bor.( NSH,№ 181)

Aytish mumkinki, pari mifologik tushuncha, malak, hur, g 'ilmon, farishta esa diniy tushuncha. Bu o'rinda hur taqvodorlarning jannatdagi hamrohlari, farishta va malak leksemalari esa aynan bir tushuncha ifodalaydi va ular Allohning amrini bajaruvchilardir. Shunday bo'lsa-da, bu birliklar she'riy matnda real shaxs ifodasiga ega bo'ladi. Ko'proq go'zallik timsolida yor shaxsiga nisbat beriladi.

Shaxs tushunchasining ko'chimlar vositasida ifodalanishi.

Metafora yunoncha - o'tkazish, ko'rish iz; xususiyatni obyektdan obyektga ularning assotsiativ aloqasi, subyektiv ravishda qabul qilingan o'xshashligi asosida o'tkazish. Badiiy asarlarda metafora obyektlarni tasvirlashda, ularning nozik xususiyatlarini ta'kidlash, g'ayrioddiy nuqtayi nazardan taqdim etish uchun ishlatiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Aksariyat odamlar metaforani she'riy va ritorik ifoda vositasi sifatida qabul qilishadi, kundalik muloqot sohasiga qaraganda ko'proq g'ayrioddiy tilga murojaat qilishadi. Odamlar ko'pincha metaforani tabiiy tilning namoyon bo'lishidan biri deb bilishadi. Biroq metafora butun kundalik hayotimizga singib ketgan. Bu nafaqat tilda, balki fíkrlash va harakatda ham namoyon bo'ladi.

Sinekdoxa (yun. synekdoche — birga nazarda tutmoq, birga o'ylamoq) — metonimiya (majoz)ning ko'rinishlaridan biri; S.da ham ma'no ko'chishi o'xshashlik, bog'liklikka asoslansa-da, bu yerda ko'chish obyektlari o'rtasidagi miqdoriy belgi yetakchilik qiladi; butun narsaning nomini uning qismi nomi bilan va, aksincha, qism nomini butun narsaning nomi bilan atash, ko'plik sondagi so'z o'rniga birlik sondagi so'zni qo'llash yoki aksincha ishlatish, ba'zan jins-tur munosabatidagi so'zlarning bir-biri o'rnida qo'llanishi va boshqalar.

O'zbek tili leksikasi, ya'ni lug'at boyligi doimo taraqqiyotda bo'lib, u ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy o'zgarishlar natijasida rivojlanadi va taraqqiy etadi. Ana shu o'zgarish va taraqqiyot natijasi o'laroq tilimizning leksik qatlami yangi birliklar bilan boyib boradi. O'zbek tili leksikologiyasining ma'lum bir qismini tashkil etgan o'simlik nomlari ham bundan mustasno emas. Ushbu soha terminologiyasi, avvalo, o'z ichki imkoniyatlari asosida rivojlanib kelayotgan bo'lsa, ikkinchidan tashqi omil ham samarali ta'sir etib kelyapti.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

G'azallarda shaxs tushunchasi so'zning konnotativ ma'nosida ham namoyon bo'ladi. Bunday birliklar metafora, sinekdoxa va metonimiya asosida yuzaga keladi. Jumladan:

A) metafora asosida shaxs tushunchasining voqelanishi: Adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivligini kuchaytirish uchun xizmat qiladigan metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ma'no ko'chish usullari ko'chimlar yoki troplar nomi bilan umumlashtiriladi10 va ular filologiya ilmida turlicha nomlanadi: badiiy til vositalari, tasviriy vositalar, ifoda-tasviriy vositalar, tilning maxsus tasviriy vositalari kabi. E.Ibragimova tilning badiiy-tasvir vositalarini shakliy va mazmuniy jihatdan uch xil tasnif etishni11 va bu tasnifning dastlabki guruhiga shakl bilan, keyingi guruhiga ma'noninng ko'chishi bilan bog'liq, so'nggi guruhiga esa ham shakl, ham mazmun bilan aloqador tilning badiiy-tasvir vositalarini kiritishni lozim topadi.

Badiiy-tasvir vositalari badiiy matnni, ayniqsa, she'riy matnni shaklantirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi va ular hamma vaqt filologlar uchun qiziqarli tadqiqotlar manbai bo'lib qolaveradi12. Mazkur vositalar troplar nomi ostida hatto Aristotelning mashhur "Poetika" asarida ham o'rganilgan bo'lib, ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlarning juda qadimiyligini ko'rsatadi.

Ko'chimlar, odatda, she'riy nutqni boyitadi, unda yangi mazmunni ifodalovchi yangi so'z yoxud so'z birikmasini yaratadi, shoirning tasivr obyektiga munosabatini ifodalashga imkoniyat yaratadi. Shoir ko'chimlar vositasida tasvir obyektini individuallashtiradi va uni yanada aniqroq-yorqinroq ochadi: kitobxon u haqda obrazli tasavvurga ega bo'ladi13/

Tilshunoslik ilmida ko'chma ma'no ifodalashning uch turi - metafora, metonimiya, sinekdoxa (J.Maruzo) 14 ; olti turi — metafora, vazifadoshlik, emotsionallik, metonimiya(sinekdoxa uning tarkibiga kiritiladi), xalq etimologiyasi, aloqadorlik (L.A.Bulaxovskiy) 15 ; ikki turi — metafora va metonimiya (K.A.Levkovskaya) 16 ; to'rt turi - metafora, metonimiya, evfemizm, giperbola

10 KpcHMoBa M. BagnHH Hyra; HHgHBHgya^nrHHHHr ^HHrBHCTHK xycycnaraapH (T. MypogoB acap^apn acocnga). H^A. -T., 2007. -B.23.

11 H6parnMoBa Э. Bagunn TacBnp BocHTa^apnHHHr HoMiaHHmn xycycnga 6ai3H My^oxa3a^ap//Y36eK thïïh Ba aga6nëTH. -T., 2009, № 2, -B.90.

12 MeHraneB C.ffleipnH koHTeKCTga cy3HHHr 6agnHH $yHKqnacH.T.,1985; HyggomeB M.M.^ymoHHHHr 6agnHH thïï Ma^opaTH. ®H^.$aH.HoM3. gncc....aBTope$. -T., 2000.

13 Bo6oeB T. Aga6HëTmyHoc^HK acoc^apn. T.: "Y36eKHCTOH", 2002.-B.326.

14 Mapy3o C^oBapb ^HHrBHCTHnecKHx TepMHHoB. -M., 1960.

15 By^axoBCKHH .H.A. BBegeHne b a3HKo3HaHue, h. II, CTp. 57-68.

16 HeBKoBCKaa K.A. .neKcmo^orna HeMe^oro a3bma. -M., 1956, CTp. 45-47.

189

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

(A.M.Rayevskaya) 17 ; uch turi - o'xshashlik(metafora), yondoshlik(metafora), vazifadoshlik (N.M.Shanskiy)18 hodisalari farqlanadi. Aksariyat ishlarda sinekdoxa metonimiyaning bir turi sifatida qayd etiladi (D.N.Shmelyev)19 yoki alohida tur sifatida ajratiladi (A.A.Reformatskiy)20. O'zbek tilshunosligida ko'cma ma'no hosil qiluvchi hodisalar tasnifi A.A.Reformatskiy tasnifiga muvofiq keladi21.

Metafora (yunoncha metaphora- ko'chirish) demakdir;

Metonimiya (yunoncha metanymia- qayta nomlash) demakdir;

Sinekdoxa (yunoncha synecdoche - birgalikda anglash) demakdir;

Funksiyadoshlik (ruscha vazifadoshlik) demakdir.

Ikki predmet yoki hodisani chog'ishtirish, o'xshatish troplarga asos qilib olinadi. Ya'ni predmet yoki voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa bir predmet yoki voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish uchun boshqa bir predmet yoki voqeaning belgisi ko'chiriladi, o'xshatiladi22.

O'xshatish, metafora (yashirin o'xshatish)23, jonlantirish (metaforaning bir ko'rinishi)24 kabi ko'chimlarning hammasi ham o'xshatishga asoslanadi.

Metaforaning mohiyati va uning tabiatiga berilgan ta'riflarga nazar tashlasak, ularni asosan uch guruhga bo'lish mumkinligini ko'ramiz: 1. Metafora-nom ko'chishning (deyarli) har qanday usuli (Arastu,E.Kassirer).2.Metafora-qisqargan o'xshatish (A.A.Potebnya va uning izdoshlari). 3. Metafora- nom ko'chishning alohida bir turi ( N.D. Arutyunova va o'zbek tilshunoslari)25.

Metaforaning mohiyati va uning tabiatiga berilgan ta'riflarga ko'ra u nom ko'chishning har qanday usuli; qisqargan o'xshatish; nom ko'chishning alohida bir turi26. O'zbek tilshunosligida uchinchi jihat e'tirof etiladi.

Metaforik asosda nom ko'chish deganda, odatda, o'zaro munosabatga kirishuvchi so'zlarning semantik qurilishida o'zgarish yuz beradi va so'z birikmasi komponentlari o'rtasida semantik vazifalarning qayta taqsimoti, o'zaro ta'sirlashuvi natijasida unsurlardan biriga yangi ma'no berilishi kuzatiladi. Metaforik nomlashda narsalarning o'xshashligi inobatga olinadi.

17 Raycvska N. English Lexicology. Kuib, 1961, p. 102-123.

18 Шaнский Н.М. Очерки по русскому словообрaзовaнию и лексикологии. -М., 1959, стр. 153.

19 Шмелев Д.Н. Очерки по семaсиологии русского язью. -М., 1964, стр. 57.

20 Реформaтский А.А. Введение в языкознвние. стр. 54-60.

21 Миртожиев М. Узбек тилидa полисемия. Т.: Фян, 1975. 54-б.

22 Кунгуров Р. Узбек тилининг тaсвирий воситaлaри. -Т., Фян,1977. 13-б

23 Yma китоб, 236 -б.

24 Сувоновa С. Метaфорaлaр тaснифигa доир// Узбек тили вa aдaбиёти. -Т., 2010, №6.

25 Кобулжоновa Г. Метaфорa мохияти вa турлaри// Узбек тили вa aдaбиёти. 2007, № 6.

26 Кобулжоновa Г. Метaфорa мохияти вa турлaри// Узбек тили вa aдaбиёти. -Т., 2007, № 6.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'xshatishlar o'ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo'ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qiladi. Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtai nazaridan erkin o'xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vositalardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o'rin tutadi. Yozuvchi o'zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil original o'xshatishlar yaratadi, bu o'xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi bilan o'quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismo niy holat-xususiyat-predmetlarni o'quvchi ko'z o'ngida yaqqol gavdalantiradi.

Professor M.Mirtojiyev metaforaning hosila ma'noni voqelantirishdagi o'rnini shunday baholaydi: "Metafora hosila ma'no yuzaga kelishi hodisalarining eng faoli hisoblanadi. U, tilshunoslikda qayd etilishicha, hosila ma'no yuzaga kelishining hosil qiluvchi va hosila ma'no referentlari o'zaro o'xshash kelishiga asoslanadi"27. XX asrning so'nggi choragida metafora hodisasi inson kognitiv faoliyati bilan bog'liqligi haqidagi fikrlar ilgari surildi. Mazkur qarashlarning shakllanishi J.Jeyns, E.Kassirer, J.Lakoff, M.Jonson kabi olimlar nomi bilan bog'lanadi. Noma'lum va notanish predmetni tasavvur qilishda bizga juda yaxshi tanish bo'lgan hamda sensor hissiyotlarimiz bilan bog'liq bo'lgan obrazni tanlay olish o'rinli metaforani yuzaga keltiradi. Bizning kundalik tushunchaviy tizimimiz ham o'z mohiyatiga ko'ra metaforikdir (M.Jonson).

D.Xudoyberganova kognitiv metaforalarni til sathiga ko'ra tasniflashni ma'qul topadi: so'z shaklidagi metaforalar, so'z birikmasi shaklidagi metaforalar, gap shaklidagi metaforalar, mikromatn shaklidagi metaforalar28.

Sinekdoxa asosida shaxs tushunchasining voqelanishi Bir predmetning nomi boshqa bir predmetga qism bilan butun munosabati asosida ko'chirilishi sinekdoxa yo'li bilan ko'chirish deyiladi Sinekdoxa yunoncha- synecdoche, ya'ni nazarda tutish demakdir.

Sinekdoxa yo'li bilan ko'chirish metonimiya yo'li bilan ko'chirishning bir ko'rinishi deb yuritiladi. N.M.Shanskiy ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalarni uch turga ajratib ko'rsatgan: 1) o'xshashlik (metafora); 2) yondoshlik(metonimiya); 3) vazifadoshlik.

D.N.Shmelev ham ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalarni xuddi N.M.Shanskiyga o'xshab uch turga ajratadi. Ammo D.N.Shmelev sinekdoxa

27 Миртожиев М. Узбек тили семасиологияси. -Т., 2010, -Б.94

28 Худойберганова Д. Матннинг мазмуний таркибида метафоралар // Узбек тили ва адабиёти. -Т., 2012, 1-сон. -

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

hodisasini metonimiyaning bir turi sifatida qayd etadi. A.A.Reformatskiy esa D.N.Shmelevdan farqli ravishda sinekdoxalarni alohida hodisa sifatida qayd etadi. O.Azizov ham sinekdoxani metonimiyaning bir turi sifatida qayd etadi29.

Sinekdoxa yo'li bilan ko'chirishning o'ziga xos xususiyati miqdor belgisiga asoslanishidir. Sinekdoxa yo'li bilan ma'no ko'chirish ikki xil:

A) bir narsaning nomi sifatida unga xos biror qismning nomi ishlatiladi (qism orqali butun anglatiladi): bosh, tuyoq, tirnoq, yostiq, yurak (butun: Bu otashin yurak...) kabi. Shu o'rinda M.Mirtojiyevning otashin yurak birikmasida yurak so'zi sinekdoxa ifodasiga ega emas, balki otashin yurak birikmasi sintaktik substantivatsiyaga uchragan. Birikma sintaktik substantitsiyaga uchragani bilan uning komponentlaridan biri sinekdoxa natijasi emas;

B) bir predmetning nomi sifatida shu predmetni ham o'z ichiga olgan butunning nomi ishlatiladi (butun orqali qism anglatiladi) jonlantirilgan ob'ektlarda shaxs tushunchasining ifodalanishi.

Jonlantirish ma'lum so'zning leksik ma'nosini ifoda etgan jonli obyekt o'ziga qiyoslanib, o'xshatilib qaralgan jonsiz obyektni nomdosh qilib olishiga aytiladi. Bu jonli va jonsiz obyektlar o'rtasidagi o'xshashlik ham sirtqi belgi, harakat va holat xususiyati vazifasiga asoslanadi. Personifikatsiya asosan ot, qolaversa, fe'l va sifat turkumiga oid so'zlari vositasida yuzaga chiqadi. Demak, jonlantirishlar ham o'xshatish asosida shakllanuvchi ko'chim turlari sirasiga kiradi.

Shaxs tushunchasining to'da otlar bilan ifodalanishi

A) semantik jihatdan ko'plik ifodalovchi otlar bilan. Bular xalq, xaloyiq, el, ulus leksemalaridir. Shaxs tushunchasiga xos ko'plikni morfologik ko'rsatkich va fleksiya orqali ifoda etish. Bunda -lar ko'rsatkichi va arabcha leksemalarda o'zakni o'zgartirish, ya'ni fleksiya hisobiga ko'plik ifodalash nazarda tutilgan. Yor so'ziga ikki marta qo'shilgan: -on va -lar ko'rsatkich shaklida. Oshiq so'zi ushshoq shaklida ko'plik formasiga o'tgan.

Shaxs otlarining murojaat shakllari

G'azallarda shaxs otlari asosan murojaat shaklida qo'llangan. Bu kabi shakllar turlicha ifoda topgan. Chunonchi:

A) murojaat otlari tarkibida -o morfologik ko'rsatkichi qo'llangan bo'lib, bu tarixiy chaqiriq kelishigi sanaladi.

Demak, yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, shaxs tushunchasini ifodalovchi leksik birliklar g'azallarda son-sanoqsiz. Ular semantik va stilistik jihatdan rang-barang. Ularni shaxs tushunchasini to'liq ifoda etuvchilar yoki qisman ifoda

29 By xarçga rçapaHr: Mupro^ueB C. Y3ÔeK thïïh ceMaceo^oraacu. -TomKeHT: "MyMTO3 cy3", 2010..

192

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etuvchilar asosida tasnif etish mumkin. Qavm-qarindoshlik, kasb-hunar, martaba va nasl-nasab, qisman semantik ko'plik ifoda etuvchi otlar shaxs tushunchasini konkret ifoda etadi. Ayrim o'rinlarda inson ta'na a'zolari nomlari ham shaxs tushunchasini ifodalashi mumkin. Forsiy izofalar, ayrim mifonimlarda ham 'shaxs' semasi reallashadi. Ayrim sifatlar ham otlashuv, konversiya tufayli shaxs tushunchasini ifodalaydi. Ular sho 'x, olifta, qari, makkora kabi leksemalarni tashkil etadi. Ko'chimning ba'zi turlari - metafora, sinekdoxa, jonlantirishlar ham predmetlarda shaxs tabiatini namoyon qiladi. SHaxs otlari she'riyatda murojaat shakliga xoslanishi mumkin. Personal birliklarda ko'plik semantikasi morfologik usulda va flektiv usulda ifodalanadi. Ikkinchi usul hozirgi o'zbek adabiy tilida me'yor sanalmasa-da, Navoiy asarlari tili uchun xarakterli. Tilning keyingi tarixiy taraqqiyotida bu usulda ko'plik hosil qilinmaydi.

Muayyan tuzilishga ega bo'lgan kichik bir sistema sifatida o'zbek tilshunosligidalarning semantik xususiyatlari monografik asosda tadqiq etilgan30 bo'lishiga qaramay, bunday birliklarning Navoiy she'riyatidagi talqini va uslubiy xususiatlarini o'rganish orqali shaxs nomlarining semantik taraqqiyoti va qo'llanishidagi o'ziga xosliklarni aniqlash imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Alloh, iloh, ilohalar va ularning atributlari haqida turli mulohazalar mavjud bo'lsa-da, teonimiya doirasiga kiradigan onomastik birliklar, ularning chegarasi va ko'lami yuzasidan izchil aytilgan fikrlar yo'q. Bu masalada uch xil chalkashlik mavjud: birinchidan, bordi-yu, teonim tushunchasi va termini ma'nosidan kelib chiqiladigan bo'lsa, teonimga faqat Alloh nomi, boshqa xil qadimiy iloh va ilohalar nomi kirishi lozim. Ikkinchidan, ba'zi ishlarda atoqli ot Alloh (Tangri, Yaratgan, Xudoy), uning turli sifatlari bo'lmish: sattor, vohid, hamid, jabbor, g'affor, qodir va boshqalar teonim sifatida qayd qilinmoqda. To'g'ri, bular ham Allohning nomlari. Bordi-yu, ular atoqli ot deb qaraladigan bo'lsa, hozirgi imloviy qoidalarga ko'ra bosh harf bilan yozilmog'i kerak. Uchinchidan, Alloh tushunchasining dubletlari, absolyut sinonimlari bo'lmish Ollo // Alloh, Tangri, Xudo // Xudoy, Yazdon va boshqalar hozirda gohida kichik, gohida bosh harf bilan yozilmoqda. Ammo bu so'zlarning bosh harf bilan yozish an'anasi keyingi yillarda kuchaydi. To'rtinchidan, ba'zi ishlarda teonim, teonimiya tushunchasi asl ma'nosiga teskari ravishda har qanday diniy tushuncha va tasavvurlar atoqli otini o'zida mujassamlashtiruvchi onomastik tizim deb hisoblanmoqda. Shunga ko'ra, diniy mazmunli, tabarruk, muqaddas deb bilinuvchi shaxslar, avliyolar, o'tmishda sig'inish ob'ekti bo'lgan real va noreal

30 Искaндaрoвa Ш.М. Узбек тили лексигасини м&змуний Ma^oH сифaтидa урганиш (шяхс MmpoMa^oHH); DDA.-Тoшкент, 1999.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

(xayoliy, mifologik) subyektlar, figuralar nomi ham kiritilmoqda va ular agionim termini bilan yuritilmoqda.

Qadimiy grek tilida teo - "Alloh" onima - "atoqli ot" ma'nolarini anglatgan. Demak, teonimiya Allohning nomi tushunchasini anglatadi. O'zbek tilida Allohning arabcha - alloh (olloh, ollo), allohi taolo, haq, forscha - xudoy, xudoyi taolo, parvardigor, yazdon, qadimiy turkiy - tangri, yaratgan nomlari tilga olinadi. Bu nomlar diniy, badiiy va etnografik adabiyotlar matnlarida uchrab turadi.

Bundan tashqari, islomning muqaddas kitobi "Qur'on"da, shuningdek, "Hadis"larda Allohning 99 ta nomi ham keltiriladi. Bu nomlar Allohga xos bo'lgan ulug' sifatlarni anglatadi. Allohning muqaddas sifatlarini bildiruvchi nomlar atoqli otdir. Chunki ular yakka-yu yagona subyektning nomi bo'lib, ular teonimik ko'lamga teonim atoqli ot sifatida kiradi. E.Begmatovning "O'zbek ismlari ma'nosi" kitobida31 va boshqa ishlarda ham teonimlar ma'nosi izohlangan.

G'azallarda oz miqdorda bo'lsa-da, Alloh nomlari ham uchrab turadi. Teonimlar antroponimlarning bir ko'rinishi sifatida qaralar ekan, Navoiy qo'llagan bu kabi birliklar ham aynan shu o'rinda o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. Ular juda ham ko'p emas. Jumladan, tangri, (yo) rab, olloh, soqiyi davron(metaforik talqinda) kabilar shular jumlasidandir. Bu o'rinda olloh-olloh qaytarig'i undov xarakterida bo'lib, emotsionallik ifodalash uchun xizmat qilmoqda. Yo rab esa murojaat shakli sifatida chaqiriq, hayrat ifodasiga ega.

Diniy xarakterdagi antroponimlar bevosita Allohning nomi bilan hamda payg'ambarlar va ularning avlod-ajdodi, halifalar nomi bilan bog'liq tushunchalarga aloqador bo'ladi. Ya.Avloqulov o'zining o'zbek tili anomostik birliklarining lingvistik tadqiqiga bag'ishlangan ishi32da antroponimlarning bu turi ko'lam jihatidan ancha kengligini takidlaydi.

Qur'oni Karimda 28 ta payg'ambarning nomi tilga olingan. Yuqorida keltirilganlarga U'zair, Luqmon, Alsaylarning nomlari qo'shilgan33. Payg'ambarlar va ularning nomi miqdori haqida turli talqinlar mavjud. N.Husanov o'z tadqiqotida 25 ta payg'ambarning nomini tilga olgan va ularning ma'nosini izohlagan34.

Muhammad (SAV)ning Muhammad nomidan tashqari yana qo'shimcha nomlari bo'lgan. Bu nomlar diniy adabiyotlarda bosh harflar bilan yozilmoqda, ular

31 BemaTOB Э. Y36eK HCM^apu MaiHocu. - TomKeHT: УМЭ, 2007. -B.608.

32 MaMa^oHoB M.ro. AmponoHHM^ap gucKypc peœBamu cu^aTuga

33 A6gy^a3H3 MaHcyp, BaxMarëp ffloKup. Mycy^MoHHH^HKgaH urn ca6orç^ap. - T.:KaMa^aK, 1992. -B.31.; BerMaToB Э. hcm nuponu. - T.: ®aH, 1994.-B.152..

34 XycaHoB H. XV acp y36eK ë3Ma ëgrop^HKiapH TH^ugaru amponoHHM^apHHHr neKCHK-ceMarnuK Ba yc^y6un xycycuaraapu. - T.: Ë3yBHH,1996. 1-k. -B.21-81.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

payg'arnbarga xos turli fazilat (atribut)larini anglatadi. Diniy rnanbalarda "Alloh Taoloning 99 ismi bo'lgani kabi janob Payg'ambarimiz alayhissalomning ham 99 nomlari bor"35 deyiladi36. Ular quyidagilar: Muhammad, Ahmad, Hamid, Mahmud, Hoshir, Tohur, Tayyib, Sayyid, Rasul, Nabiy, Komil, Abdulloh, Habibulloh, Safiyyulloh, Najiyulloh, Mutavakkil, Shafiq, Bolig', Vosil, Hodiy (asliy nomlari), Aziz, Fozil, Mufazzal, Miftoh, Sohibulqadam, Rauf, Rahim, Sa 'dulloh, Muqaddam (qo'shimcha nomlari).

XULOSA

Shaxs tushunchasini ifodalovchi leksik birliklar g'azallarda son-sanoqsiz. Ular semantik va stilistik jihatdan rang-barang. Ularni shaxs tushunchasini to'liq ifoda etuvchilar yoki qisman ifoda etuvchilar asosida tasnif etish mumkin. Qavm-qarindoshlik, kasb-hunar, martaba va nasl-nasab, qisman semantik ko'plik ifoda etuvchi otlar shaxs tushunchasini konkret ifoda etadi. Ayrim o'rinlarda inson ta'na a'zolari nomlari ham shaxs tushunchasini ifodalashi mumkin. Forsiy izofalar, ayrim mifonimlarda ham 'shaxs' semasi reallashadi. Ayrim sifatlar ham otlashuv, konversiya tufayli shaxs tushunchasini ifodalaydi. Ular sho 'x, olifta, qari, makkora kabi leksemalarni tashkil etadi. Ko'chimning ba'zi turlari - metafora, sinekdoxa, jonlantirishlar ham predmetlarda shaxs tabiatini namoyon qiladi. SHaxs otlari she'riyatda murojaat shakliga xoslanishi mumkin. Personal birliklarda ko'plik semantikasi morfologik usulda va flektiv usulda ifodalanadi. Ikkinchi usul hozirgi o'zbek adabiy tilida me'yor sanalmasa-da, Navoiy asarlari tili uchun xarakterli. Tilning keyingi tarixiy taraqqiyotida bu usulda ko'plik hosil qilinmaydi.

Muayyan tuzilishga ega bo'lgan kichik bir sistema sifatida o'zbek tilshunosligidalarning semantik xususiyatlari monografik asosda tadqiq etilgan37 bo'lishiga qaramay, bunday birliklarning Navoiy she'riyatidagi talqini va uslubiy xususiatlarini o'rganish orqali shaxs nomlarining semantik taraqqiyoti va qo'llanishidagi o'ziga xosliklarni aniqlash imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Alisher Navoiy g'azallarini ko'zdan kechirish davomida ayrim tarixiy shaxs nomlarini ham uchratdik. Bular orasida Iskandar nomi she'riyatda ko'p qo'llanishi kuzatildi. Biroq shoh G'oziy va Sulton Husayn Boyqaro, Aflotun antroponimlarining qo'llanishini kamyob ko'rinish sifatida etirof etish mumkin.

35 HMOM aT-TepMH3HH. fflaMoHH^H My^aMMag. -TomKeHr: Me^Har, 1991.-E.87.

36 EeKÖoeBa r. Ya6eK oHoMacTHKacnga Ky^aM Maca^acH:M,3,. -HaBonn6, 2012.

37 HcKaHgapoBa ffl.M. Y36eK th^h neKCHKacHHH Ma3MyHHH MangoH cn^araga ypraHnm (maxc MHKpoMangoHn): DDA. -TomKeHT, 1999.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettiramiz va uni yangi bosqichga ko'taramiz. Toshkent .: Sharq, 2017.-B.29

2. Begmatov E. O'zbek tili antroponimiyasi. 1965, T .:

3. Raycvska N. Ingliz tili leksikologiyasi. Kuib, 1961, p. 102-123.

4. Begmatov E.. O'zbek tili antroponimiyasi. 1965, T .:

5. Raycvska N. Ingliz tili leksikologiyasi. Kuib, 1961, p. 102-123.

6. Qorayev B. Adabiy taxalluslar haqida.// O'zbek tili va adabiyoti, 1967, № 1. -

7. Abdulaziz Mansur, Bahmanyor Shokir. Islomdan birinchi saboqlar. - T.: Kamalak, 1992. -B.31 .; Begmatov E. Ismning go'zalligi. - T .: Fan, 1994.-B.152 ..

8. Avlaqulov Y. O'zbek tilining onomastik birliklarining lingvistik tadqiqi: NDA.-Toshkent, 2012-B.13.

9. Bafoyev B. Navoiy asarlari lug'ati. -T., 1983.-B.20 WWW.Ziyonet.uz / Navoiy.uz

10. Begmatov E. O'zbek ismlarining ma'nosi. - Toshkent: O'ME, 2007. -B.608.

11. Begmatov E. Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. -Toshkent: FAN, 1985.-B.24

12. Qorayev B. Adabiy taxalluslar haqida.// O'zbek tili va adabiyoti, 1967, № 1. -

13. Begmatov E., Avloqulov Y. O'zbek tili onomastikasining makromiqyosdagi tuzilishi // O'zbek tili va adabiyoti. - T. , 2007 yil, №5. B-33-39.

14. Suvonova S. Metaforalarning tasnifi haqida // O'zbek tili va adabiyoti. -T., 2010, №6.

15. Ibragimova E. Badiiy vositalarning nomlanishiga oid ayrim mulohazalar // O'zbek tili va adabiyoti. -T., 2009, № 2, -B.90.

16. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. III. - Toshkent: Fan, 1984.-B.201

17. Begmatov E., Ulug'ov N. O'zbek onomastikasi atamalarining izohli lug'ati. -Namangan, 2006.-B.74.

18. Berdaq Yusuf. Klassik adabiy asarlar lug'ati. -Toshkent: Sharq, 2010. -B.186.

19. Navoiy asarlari lug'ati. Men tomman. Toshkent, 1972. 651-b.

20. O'zbek tilining izohli lug'ati. V jild. III jild. Toshkent: "O'ME", 2007.619-b.

21. Alisher Navoiy. Navodur ush-shabob. www.ziyouz.com kutubxonasi.

22. https: //uz.wikipedia. org/wiki/Lexikologiya

23. www.natlib.uz

B.51-58.

B.51-58.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.