Научная статья на тему 'TAGMA’NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida)'

TAGMA’NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2501
216
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Presuppozitsiya / semantik sintaksis / tagma‟no / kontekst / lingvistika / assertsiya / prezumptsiya / pragmatika.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Naimaxon Raxmonjon Qizi To‘Xtasinova, Mo‘Tabarxon Ozodbek Qizi Soibjonova

Ushbu maqolada tilshunoslik sohasida qo„llaniladigan presuppozitsiya va tagma‟no hodisasining o„rganilish asoslari va tadqiqotlari haqida yoritilgan bo„lib, presuppozitsiya hodisasini va tagma‟no turlari tavsif qilinib, ba‟zi misollar orqali tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAGMA’NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida)»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-141-146

TAGMA'NO VA PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari misolida)

Naimaxon Raxmonjon qizi To'xtasinova

Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi E-mail: naimaxontokhtasinova@gmail .com

Mo'tabarxon Ozodbek qizi Soibjonova

Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi E-mail: soyibionovamotabaroy@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tilshunoslik sohasida qo'llaniladigan presuppozitsiya va tagma'no hodisasining o'rganilish asoslari va tadqiqotlari haqida yoritilgan bo'lib, presuppozitsiya hodisasini va tagma'no turlari tavsif qilinib, ba'zi misollar orqali tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Presuppozitsiya, semantik sintaksis, tagma'no, kontekst, lingvistika, assertsiya, prezumptsiya, pragmatika.

KIRISH

Tilshunoslik nazariy bilish bosqichiga ko'tarilgan hozirgi davrda har qanday til hodisalari o'zaro bog'liqlikda va sistemaviy munosabatdorlikda tadqiq etilmoqda. Ayniqsa, hodisalarni til va nutq bosqichida o'zaro aloqadorlikda, qolip hamda uning nutqda namoyon bo'lishi tartibida tahlil etish kuchaydi. Natijada, til birliklari o'rtasidagi munosabatlarga asosiy e'tibor qaratildi. Har qanday til birligi o'zining xolisona bahosini topmoqda. Lekin yangi davr tilshunosligida bir hodisaning turlicha nomlanishi yoki ikki hodisaning umumiy ko'rinishlari, xossalari, mohiyatining o'xshashligi tufayli ularni o'zaro qorishtirish holatlari ham ko'zga tashlanmoqda. Xususan, atamalarning omonimik, sinonimik, polisemantik xususiyatlarini, munosabatdorligini yoritishda har xillik yuzaga kelmoqda. XX asrning ikkinchi yarmidan o'rganila boshlagan presuppozitsiya hodisasi tadqiqida ham ana shunday har xillik mavjud.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-141-146

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Presuppozitsiya hodisasi hozirgi zamon lingvistikasi bilan mantiqiy semantika o'rtasidagi ko'prik hisoblanadi. Bu hodisa gapning to'g'ri anglanishi uchun eng zarur komponentdir. Chunki presuppozitsiya gapning vaziyat, kontekst hamda so'zlovchi va tinglovchilarning oldindan ma'lum bo'lgan umumiy bilimlari kabi elementlarni o'z ichiga oluvchi hodisadir. Shuning uchun har qanday gap presuppozitsiyasi hodisasi asosida tahlil etilmasa, to'g'ri baholanmaydi. "Presuppozitsiya " hodisasi muloqot qatnashchilarining nutqiy tejamlilikka ehtiyoji, til birliklarining nutqiy vaziyatda sintaktik strukturaga qo'shimcha, ikkilamchi ma'lumot berish imkoniyatiga egaligi, suhbat qatnashchilarining bo'lib o'tgan yoki bo'lajak jarayon haqidagi oldindan ma'lum bilimlari kabi omillar ta'sirida nutqiy maydonga chiquvchi hodisasidir. Propozitsiyaning til sathidagi ahamiyati tilning mohiyatini belgilaydigan qisqalik, tejamlilik tamoyillari bilan izohlanadi. "Propozitsiyaning" yashirin hukm, tagma'no bilan bog'liq ekanligini bundan yuz yillar oldin Olmon mantiqshunosi X.Frege aytgan edi. "Propozitsiyaning" o'rganilish tarixi o'ziga xos bo'lib, uni o'rganish bilan dastlab tilshunoslar emas, balki mantiqshunoslar shug'ullanib, hayotga tadbiq etganlar. Jumladan, presuppozitsiya tushunchasi mashhur mantiqshunos olim G.Frege g'oyalari bilan bog'liq bo'lib, uning fikricha, presuppozitsiya hukmning tabiiy asosi sifatida o'rganilishi lozim. Bugungi kunga qadar presuppozitsiya, prezumptsiya, tagbilim, ichki ma'no, monema, pragmatik ma'no, sintagmatik ma'no, hukmning tabiiy asosi so'zlovchining bilish fondi, ularning oldindan kelishuvi, sintaktik strukturaning ikkilamchi ma'nosi, oldindan ma'lum bilimlarning jami atamalar ostida o'rganib kelinmoqda.

"Presuppozitsiya " jahon tilshunosligida, asosan semantik sintaksis doirasida o'rganilgan va mazmuniy sintaksisning dolzarb masalalaridan biri sifatida baholangan. "Presuppozitsiya " semantik sintaksis tushunchasi bo'lishiga qaramay diskursiv nazariyasi va diskursiv tahlilda alohida ahamiyatga ega. Bu atama tilimizdagi tagma'no, ya'ni yuzada berilmagan, lekin tinglovchi tushunishi, anglashi ko'zlangan maqsad va ifoda bilan uzviy bog'liq tushunchadir. Shuning uchun u tinglovchi - farosati yuzada bir narsani ko'rib turgani holda uning ostida nima yotganligini uqishi, ilg'ay olishi bilan bog'liq. Bu ma'no va maqsadni xalqimiz yana, "qizim senga aytaman, kelinim sen eshit" hikmatli so'zi bilan ifodalaydi.

Hozirgi kunda presuppozitsiyani ma'lum jumla va u ifodalayotgan propozitsiyaning to'g'ri tushunilishiga imkon beradigan so'zlovchilar o'rtasidagi " bilishning umumiy fondi ", " oldindan bilishning jami" sifatida belgilash kengroq tus

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-141-146

olmoqda. Shuning uchun tilshunoslikda presuppozitsiya termini ostida muayyan jumla tarkibida bevosita ifodalangan yashirin holda aks etgan ma'no tushuniladi.

"Presuppozitsiyastga " tushunchasi kontekst ( ushbu til birligining lingvistik qurshovi ) va vaziyat ( ushbu jumlaning ekstralingvistik, substrati yuzaga chiqish shart - sharoiti ) tushunchalarini o'z ichiga oladi.

Masalan, " Bugun instruktorimizni qoldirdim, dada" ( A. Qahhor ) jumlasidagi axborot kontekst va PqA(B1+B2+Bp) ushbu formula bilan bog'liq. Axborot temasi bo'lgan "shaxmat" konteksdan ma'lum. Oldingi jumlada gap shaxmat haqida boradi, shuning uchun yuqoridagi gap "instruktorimiz bilan shaxmat o'ynadim" presuppozitsiyaga ega. Konteksdan tashqarida presuppozitsiya uchun yo'l yopiladi. Kishilarning o'zi qurshab turgan olam haqidagi universal bilimlari va til haqidagi ko'nikmalari natijasida ayrim so'zlarning leksik ma'nolarida ham presuppozitsiyaga yo'l ochishi mumkin. Masalan, "Men Toshkentdan Samarqandga uchdim " jumlasida, " samolyotda keldim " presuppozitsiyasi mavjud. " Uchmoq " so'zining leksik ma'nosi va til haqidagi umumiy bilish fondi so'zlovchilar uchun presuppozitsiya yo'l ochadi. TqA.B1-(B2+Bp) tagma'no esa

1.U Toshkentda.

2.Samarqanda bo'lishi kerak.

A. Qahhorning O'g'ri hikoyasi yakunidagi "kichkinagina" sharti bor so'zida tagma'no TqA.B1-(B2+Bp) ko'rinishda va bu ikki shaxs uchun tushunarli. Bu yerda kichkina so'zi orqali katta shart ifodalanyapti.

Tagma'no ko'pincha propozitsiya vositasida bayon qilinib, faqat ba'zi holatlardagina propozitsiyadan keyin muallif izohi sifatida oshkora verbal bayonga ega bo'ladi. Masalan: Anchadan keyin Qalandarov xuddi o'ziga gapirganday dedi -Kolxozda ayshingizni qilib yura berasiz. Partiya mashkilotining sekretariga ish yo'q deyish mumkin. Paxta har yili yuz! Pilla yuz! Oqsagan tarmog'imiz yo'q deyish mumkin. O'zingiz ham bilsangiz kerak? Saida nima deyarini bilmay qoldi. Qalandarovning bu gaplaridan: «Sen emas, sendan durustroq sekretarga ham muhtoj emasman» degan ma'no chiqar edi (A. Qahhor).

Bu matnda so'zlovchi kommunikativ faoliyati bilan bog'liq tagma'no propozitsiya tarkibida yashirin bayon qilinadi. Nutq sub'ekti propozitsional mazmunni so'roq akti bilan bayon etish natijasida mazkur akt vositasi bilan tagma'noga ishora qilinadi. Bu tagma'no «Sen emas, sendan durustroq sekretarga da muhtoj emasman» mazmunidan iboratdir. So'roq akti orkali tagma'noga ishora qilish bilan tinglovchidan ma'lum nutqiy akt tasdig'i talab etiladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-141-146

Ko'p hollarda so'zlovchi o'zi uchun muhim bo'lgan axborot ko'rinishlaridan birini oshkora bayon qilishni istamaganligi uchun uni matn ichiga tagma'no sifatida joylashtiradi.

Ba'zi holatlarda so'roq akti ham tagma'noni ifoda etadi. Masalan: «Tanishgani boshqa hech narsa bo'lmagani uchun Saida kabinetni qulflab, boqqa chiqdi. Qalandarov oldida bir choynak choy, so'rida oyog'ini salanglatib o'tirar edi. Saidani ko'rib «kabinetni qoyil qilibmanmi» degan ma'noda: «Xo'sh qalay?» - deb iljaydi. (A.Qahhor)

Tagma'no faqat adresant tomonidangina sodir etilmaydi, balki so'zlovchi nazarda tutgan tagma'no tinglovchi tomonidan ham izoh sifatida bayon qilinadi. Masalan: «Eshon askarlikdan qolish uchun bir haftaning ichida bisotidagi yigirma olti tishining hammasini sug'urtirib tashlabdi.

Saida hayron bo'ldi.

-Ot ekanmi tishiga qarab oladi! - dedi. Men ilgari dadangiz bilan eshon orasidagi munosabatga bir chekkasi qudalik deb qarar edim, modomiki undoq ekan, modomiki eshon shunday odam ekan.

Kozimbek uning so'zini og'zidan oldi

- Dadang nima uchun eshonni o'ziga bunchalik yaqin tutadi demoqchisiz-da? (A.Qahhor)

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Bunday vaziyatlarda tinglovchi so'zlovchi ichki niyatini aks ettiruvchi tagma'noni anglaydi va oshkora verbal ifoda bilan bayon qiladi. Ko'rinadiki so'zlovchining talaffuz ohangi bilan bog'liq tagma'no fonopragmatik aspekt doirasida tahlil qilinadi. So'zlovchi bunda matn tarkibidagi propozitsional akt elementlarini o'ziga xos ohang bilan emfatik usul bilan talaffuz qiladi. So'zlovchi bunda matnning talaffuz ohangiga alohida urg'u berish bilan tinglovchiga «men shunaqaman» tipidagi tagma'noni uzatishga harakat qiladi. Tagma'noning fonopragmatik ko'rinishida matnning umumiy mazmuni ikkinchi planga o'tadi. So'zlovchi talaffuziga xos fonopragmatik ohang usuli birinchi darajali ma'no usuli deb qaraladi. Masalan: Xuriniso erini o'larday go'l podsho, o'zini nihoyatda quv va zir qilib ko'rsatishga harakat qilar edi.

Kalandarov keldi. Xuriniso eri haqida aytilganlarini amalda ko'rsatmoqchi, yana «shunday odam ham menga bo'yin egadi» demoqchi bo'ldi, shekilli, uni g'azabiga oldi:

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-141-146

Kelar edingiz-da... Shu ham ishmi! hamisha shunaqa qilasiz!.. Qachon tashlaysiz shu fe'lingizni? - deb shovqin soldi (A.Qahhor)

Ushbu gapda quyidagi tagma'nolar chiqadi:

1. Xuriniso kekkaygan

2. Xuriniso oilada o'zini malikadek tutadi.

3. Qalandarov uyga doim kech keladi.

4. Xuriniso doim Qalandarovdan norozi va doim shovqin soladi.

So'zlovchi tinglovchini ma'lum bir predmetlarga o'xshatish asosidagi

propozitsiyani berish bilan o'zi nazarda tutgan axborot ko'rinishiga ishora qiluvchi metaforik tagma'no matn tarkibida yuzaga keladi. Masalan: Kolxozni opichlab katta qilgansiz... Kolxozning dardi qayerda, qitig'i qayerda ekanini yaxshi bilasiz!.. «Bo'ston»ga o'xshagan kolxozlardan o'ntasini bitta sinchalog'ingiz bilan ko'tarasiz!.. Sinchalak degan qushni bilasizmi, oyog'i ipday... Shu qush "osmon tushib ketsa, ushlab qolaman" deb oyog'ini ko'tarib yotar ekan! (A.Qahhor)

Bu matnda metaforik tagma'no ko'rinishi mavjud bo'lib, u «Sen ham sinchalak degan nozik qushga o'xshaysan, shuning uchun qo'lingdan kelmagan ishga urinma» mazmunidan iboratdir.

Metaforik tagma'noning matndagi ifodasi so'zlovchining ichki maqsadi bilan uzviy bog'liq bo'lib, fikrning ta'sir etish darajasini kuchaytiradi. Tinglovchining his -tuyg'usiga ta'sir etish va yangi nutq vaziyatini yuzaga chiqarish (perlokutiv aktlar) ning boshlang'ich nuqtasi sifatida namoyon bo'ladi. Masalan: Saida bir lahza o'ylanib qolganidan keyin miyig'ida kulib: Dunyoda bunaqa jonivorlar ko'p, Arslonbek aka, - dedi, xo'roz ham: «Men qichqirmasam, tong otmaydi», - deb o'ylar ekan... (A.Qahhor) Xo'sh, sizga qaysi yo'l bilan oylik tayin qilsak ekan? - dedi Qalandarov xuddi «seni kimning hisobiga boqsam ekan» deganday bir ohangda. -Klubga mudir qilsak bo'ladimi? (A.Qahhor)

XULOSA

Yuqoridagilardan ko'rinadiki, ifoda semantik tuzilishida propozitsiya, mantiqiy propozitsiya, uning yashirin bayoni va tagma'no ko'rinishlari mavjud bo'ladi. «Bulardan tashkari, ifoda semantik tuzilishida oshkora bayonga ega bo'lmagan ifoda presuppozitsiyasi ham mavjud bo'ladi. Presuppozitsiya xabar qilinayotgan axborot maqomiga ega bo'lmaydi, shuning uchun, Ch.J. Fillmorning ko'rsatishicha, uni ifodaning yashirin mazmuniga tenglashtirib bo'lmaydi. Dyukro taklificha, «presuppozitsiyani yashirin ko'rinishlar»dan biri deb hisoblab bo'lmaydi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-141-146

Presuppozitsiya asosini til, olam bilimlari, kontekst va kommunikativ vaziyat xususiyatlari tashkil etib, konkret nutqiy faoliyatda bu bilimlar aktuallashadi va ifoda presuppozitsiyasiga aylanadi.

Demak, presuppozitsiya va tagma'no bir sath doirasida tekshirilsa ham, ular alohida-alohida pragmatik hodisalar hisoblanadi. Ularning tuzilish uzvlarida ham ishora vositalarida ham farqlanish bor. Bunday farqlanish esa, hozirgi kundagi tilshunoslik va adabiyotshunoslikning shu sohasidagi chalkashliklariga chek qo'yadi.

REFERENCES

1. Sh.Safarov " Pragmalingvistika " Toshkent. 2008.

2. : Nurmonov A. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. Toshkent, 1988. 20-30-betlar; Mahmudov N., Nurmonov A. O'zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis. Toshkent, 2000; Qurbonova M. Hozirgi zamon o'zbek tili (Sodda gap sintaksisi uchun materiallar) Toshkent, 2002. 6-25-betlar.

3. : Rahimov U. O'zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi. Samarqand, 1994. 9-23-betlar.

4. Лазеров В.В. Некоторые аспекты теории пресуппозиции. В кн.: Проблемы семантического синтаксиса. Пятигорск., 1975. стр.3

5. Хоанг Ф. Семантика высказывания // Новое в зарубежной лингвистике. Вып.ХУ. - М., 1985. - С.400.

6. Гак. В.Г. Теоретическая грамматика франсузцкого язька . Синтаксис. М. 1981 .С. 14.

7. Тухтасинова Н.Р. (2021) „ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕДВАРЕЛЬНЬХ И ТАГМАНСКИХ СОБЬТИЙ НА РАБОТАХ АБДУЛЛЬ КАХХАР''

8. To'xtasinova N.R. Uyat" konsepti tadqiqi. НамДУ илмий ахборотномаси -Научный вестник НамГУ 2021 йил 2-сон . Pp. 361-364.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.