Научная статья на тему 'ZEVGMATIK-RETSIPROKAL KAUZATSIYA'

ZEVGMATIK-RETSIPROKAL KAUZATSIYA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zevgma / ellipsis / sillepsis / retsiproklik / kauzativlik / operator / murakkab sintaktik qurilma / til va nutq dixotomiyasi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Turniyozov Behzod Ne’matovich

Maqolada zevgmatik, retsiprokal ma’nolarni o‘z tasarrufiga biriktirgan sintaktik qurilmalarning kauzativ xususiyati haqida so‘z boradi. Unda zevgmaning boshqa shunga o‘xshash tushunchalardan farqi ko‘rsatiladi hamda tilshunoslarning bu haqdagi mulohazalari tahlil etiladi. Bundan tashqari, uchala hodisani mujassan etgan qurilmalarning derivativ rejada o‘rganilishi mumkinligi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZEVGMATIK-RETSIPROKAL KAUZATSIYA»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZEVGMATIK-RETSIPROKAL KAUZATSIYA

Turniyozov BehzodNe'matovich

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, filologiya fanlari doktori E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Maqolada zevgmatik, retsiprokal ma'nolarni o'z tasarrufiga biriktirgan sintaktik qurilmalarning kauzativ xususiyati haqida so'z boradi. Unda zevgmaning boshqa shunga o'xshash tushunchalardan farqi ko'rsatiladi hamda tilshunoslarning bu haqdagi mulohazalari tahlil etiladi. Bundan tashqari, uchala hodisani mujassan etgan qurilmalarning derivativ rejada o'rganilishi mumkinligi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: zevgma, ellipsis, sillepsis, retsiproklik, kauzativlik, operator, murakkab sintaktik qurilma, til va nutq dixotomiyasi.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.13387309

Аннотация. В статье рассматривается о каузативной статусе синтаксических кострукций, придающих своему диспозиции зевгматическое, реципрокное значение. Описано отличие зевгмы от других подобных понятий и проанализировано мнение о ней лингвистов. Кроме этого, подчеркивается, что конструкция, воплощающие все три явления, могут быть изучены в деривативном плане.

Ключевые слова: зевгма, эллипсис, силлепсис, реципрокность, каузативность, оператор, сложная синтаксическая конструкция, дихотомия языка и речи.

Abstract. The article discusses the causative status of syntactic constructions that impart a zeugmatic, reciprocal meaning to their disposition. The difference between zeugma and other similar concepts is described and the opinion of linguists about it is analyzed. In addition, it is emphasized that constructions that embody all three phenomena can be studied in a derivative manner.

Keywords: zeugma, ellipsis, syllepsis, reciprocity, causativity, operator, complex syntactic construction, dichotomy of language and speech.

Z e v g m a (zevgma - grekcha Zsuy^a «biriktirish») haqidagi dastlabki ma'lumotlarni antik davr adbiyotlarida uchratamiz. Xususan, taniqli faylasuf Anaksimen Miletskiy «Qisqacha so'zlovchilar uchun» nomli risolasida zevgmani nutq muchalarini biriktiruvchi unsur sifatida ta'riflaydi va notiqlarga bunday unsurdan tez-tez foydalanishlarini tavsiya etadi[1.268].

«R e t s i p r o k» termini tilshunoslikda o'tgan asrning 50-yillarida keng qo'llanila boshlandi. Ushbu termin lotin tilidan olingan bo'lib, «birgalikda» degan ma'noni anglatadi. Mazkur tushuncha orqali harakatnning ikki yoki undan ortiq referent tomonidan birgalikda bajarilishi nazarda tutiladi. Retsiprok semantikasini birinchilardan bo'lib rus tilshunosi A.M.Peshkovskiy izohlagan edi[2.221].

K a u z a t s i y a haqida gapirilganda ushbu terminning lotincha «causa» so'zidan

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

olingani va «sabab» ma'nosini ifodalashi, harakatning bajarilishi uchun sabab, qo'zg'ash ma'nosiga ega bo'lishi aytiladi[3.47].

Mazkur tushunchalarning nutqiy jarayonda bir murakkab sintaktik qurilmada mujassam bo'ishi kuzatiladi va bunday tuzilishga ega bo'lgan butunlik zevgmatik- retsiprokal kauzativ qurilma deb yuritiladi.

Oksford lug'atida zevgma bir so'zning ikki yoki undan ortiq so'z bilan bog'langan, ammo ma'no jihatidan ulardan faqat bittasiga tegishli bo'lgan va bir vaqtning o'zida ikki xil tarzda tushinilishi kerak bo'lgan so'z shaklidir deb ta'riflanadi[4.Elektron manba].

Bizningcha bu ta'rifning nuqsonli tomoni borga oxshaydi. Zevgma, real jihatdan birgina so'zga bog'lanadi, ammo birgina so'z bilan sintaktik aloqaga kirishsa-da, semantik jihatdan o'ziga aloqador bo'lgan barcha so'zlarga taalluqli bo'ladi. U har doim ham ko'chma ma'noda qo'llanavermaydi, shu bois hamma vaqt ikki xil tarzda tushunilmaydi.

Zevgma O.S.Axmanovaning lug'atida bir bosh bo'lak atrofida shakllangan bir qator gipotaktik gaplarning uyushmasi deb izohlanadi va quyidagi misol keltiriladi: Один взял книгу, другой - тетрадь, третий - ручку[5.158].

Bu o'rinda zevgma sifatida взял so'zi kelmoqda, ammo muallif ta'kidlaganidek, berilgan misol gipotaktik qurilma emas. Mazkur misol bog'lovchi vositalarsiz bog'langan sodda gaplarning sintaktik aloqasidan tuzilgan murakkab qo'shma gapni taqozo etadi. Agar потому что, так как, поскольку kabi bog'lovchilar qo'llanganda edi, u gipotaktik qurilma hisoblanardi.

M.P.Brandes zevgmani jumlaning semantik jihatdan mos kelmaydigan ikki a'zosini sintaktik jihatdan biriktiruvchi «lingvistik komediya figurasi» deb ta'kidlaydi[6.379].

Ushbu mulohazaning e'tirozli tomoni shundaki, birinchidan, zevgmatik qurilmalar matnlarda faqat komik effekt yaratishda ishtirok etmaydi, balki lirik, dramatik va fojiali asarlarda ulardan foydalanish voqeani dramatiklashtiradi yoki tragik ko'rinishga aylantiradi, ikkinchidan, jumlada semantik jihatdan ma'nosi har xil bo'lgan so'zlarning zevgma bilan bog'lanishi lingvistik komedik figura evaziga emas, balki semantik distributaiya orqali amalga oshadi. Masalan, yo'qotmoq fe'lining zevgma holatida kelishiga e'tibor qarataylik. U boyligini yo'qotdi, so'nra aqlini degan jumlada yo'qotdi fe'li zevgma maqomida kelmoqda. Uning boylik va aql so'zlari bilan sintaktik jihatdan bo'g'lanishi semantik distributsiya qurshovida amalga oshmoqda. Shu bilan birga, bu o'rinda yo'qotmoq fe'lining o'zining xarakteriga mos so'zlar bilan semantik valentlik hosil qilishini ham kuzatamiz: boyligini yo'qotdi, obro'yini yo'qotdi, aqlini yo'qotdi, ishini yo'qotdi, qalamini yo'qotdi, muhabbatini yo'qotdi kabi.

Retsiproklik mushohadasiga kelsak, bizningcha, A.M.Peshkovskiyning: «Retsiproklik ikki yoki undan ortiq ishtirokchi bo'lgan vaziyatlarni ifodalaydi. Ishtirokchilarning har biri ham faol obyekt, ham harakatda ijro etayotgan faol subyekt vazifasini o'taydi», - degan fikri o'rinlidir[7.115].

Bugungi tilshunoslikda kauzativ qurilmalarning derivatsiyasini o'rganuvchi yo'nalish sifatida kauzatologiya sohasining shakllangani ilmiy asoslandi[8]. Kauzatologiyaning tekshiruv obyekti esa faqatgina sabab ergash gapning qanday shakllanishi, yoki fe'lning orttirma nisbati shaklining bajaradigan vazifasini tahlil qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Mazkur jarayonda kauzativlikni voqelantirayotgan har bir elementning tildagi va nutqdagi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

o'rni, ularning semantik aspekti, kauzator, kauzant va konsekvent (xulosa) tushunchalarining munosabatlari derivativ jihatdan tadqiq qilinad. Bundan tashqari, kauzativlik maqsad, natija, shart, undash, buyruq, iltimos, da'vat etish kabi ma'no ifodalarini ham o'z ichiga oladi[9.19]. I.A.Shoroxova kauzativlik tushunchasining «bahona», «asoslash», «undash», «holat», «munosabat», «daraja» kabi ma'nolarni ifodalashini to'g'ri ta'kidlaydi[10.19].

Tilshunoslikda zevgmatik, retsiprokal va kauzativ qurilmalar alohida mavzu rejasida dadqiq etiladi. Talaygina olimlar ushbu mavzularni qiyosiy, funksional, pragmatik, morfologik, semantik, stilistik va sintaktik jihatdan o'rganib, salmoqli yutuqlara erishdilar. Lekin izlanishlarimiz natijasida shunga amin bo'ldikki, yuqorida tilga olingan hodisalar bir sintaktik qurilma doirasida ham yuz berishi mumkin ekan. Shu sababdan bunday qurilmalarni zevgmatik-retsiprokal kauzativ qurilma deb atadik.

Zevgma shakllanishiga ko'ra ellipsis va sillepsis (silleps deb ham yuritiladi)ga juda yaqin turadi. Ayniqsa, zevgma bilan sillepsisni farqlash ancha mushkul. Ba'zi adabiyaotlarda ikkala hodisaga bir xil misol berilganini ham ko'ramiz.

Ellipsis (ellipsis - grekcha sXXsiyi^ «nuqson», «kamchilik») nazarda tutilgan birlikning nutqda tushib qolishini, sintaktik qurilmaning struktur jihatdan to'liq emasligini taqozo etadi:

1. Otam - oddiy maktabda o'qituvchi, onam esa tikuvchilik bilan shug'ullanadilar (Prezident maktabida o'qiyotgan oddiy oila farzandlari. https://kun.uz/news/2023/02/08).

2. So'z qaytarishga sizga kim huquq berdi? Insof, vijdon, idrok va andisha (S.Abdulla. Mavlono Muqimiy).

Keltirilgan birinchi misolda teng komponentli MSQ tarkibiy qismlaridan birinchisining tub strukturasi, ikkinchi misolda uyushiq bo'lakli sodda gapning tub strukturasi tushib qolganining guvohi bo'lamiz. Ammo ularni nutq egasi ixtiyori bilan tiklash mumkin.

Sillepsis (sillepsis - grekcha ouXXnyi^ «egallamoq») uyushiq bo'laklar ko'rinishidagi semantik jihatdan bir-biriga mos bo'lmagan elementlarning sintaktik shakllanishidan iboratdir. Unga stilistik xato deb ham ta'rif beriladi:

1. U hayotida hech kimdan eshitmagan samimiy so'zlarni, hech kimdan ko'rmagan izzat-hurmatni Temurbekdan ko'rayotgan edi (N.Qobul. Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich).

Mazkur misoldagi so'zlarini va iizzat-hurmatini kabi elementlar uyushiq bo'lakka o'xshab ko'rinsa-da, ko'rayotgan edi tub strukturasi semantik jihatdan faqat izzat-hurmatini so'zi bilan bog'lanadi. So'zlarini elementi uchun semantik jihatdan eshitayotgan edi fe'li qatnashishi kerak. Ammo bunday fe'l ishtirok etmagan. Uni ellipsisdagidek tiklab ham bo'lmaydi. Shu bois tub struktura semantik jihatdan bir-biriga mos bo'lmagan, stilistik xato deb yuritilayotgan elementlarni boshqaraveradi.

Zevgmaning ma'nosini yuqorida berib o'tdik. Unda ham sintaktik qurilmaning struktur jihatdan to'liq emasligi ko'rinadi. Faqat tub struktura ko'pincha ko'chma ma'noda qo'llanadi (ko'chma ma'noda qo'llanmasligi ham mumkin):

1. .. .Qizim qo'shiq kuylaydi.

Yo kapalak qanotin yeli

tegdi yuzimga,

Yo yoshlik bag'ridagi xayol

aralash uyqu (S.Zunnunova).

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

I

21

AUGUST, 2024

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ushbu misoldagi tegdi yuzimga tub strukturasi zevgma maqomida kelmoqda. Keyingi satrda uni tiklasa bo'ladi, ammo u ko'chma ma'noda ishlatiladi.

Kirish qismida aytib o'tganimizdek, uch xil hodisaning bir sintaktik struktura tasarrufida ro'y berishini ko'rib o'tamiz:

1. Do'stlarim! Turonning asl arslonlari! Men sizga murojaat etgayman! Alp Er To'nga ruhi haqqi hurmati biz buyuk kurash va najot oldida turibmiz! (N.Qobul. Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich)

2. O'sha yoqlarda bir-biri bilan hokimiyat talashib, el-ulusning boshiga behisob baxtsizliklar keltirayotgan Ahmadxon va Odilxon surlarning zulmidan bezor bo'lgan odamlar Humoyunni tezroq Hindistonga qaytishga va o'z tarafdorlarini bu balolardan qutqarishga undaydilar (P.Qodirov. Avlodlar dovoni).

Berilgan misollarning birinchisi abzas shaklidagi sintaktik qurilma bo'lib, undagi undash ma'nosi kauzativlikni taqozo etadi. Mazkur sintaktik qurilmaning komponentlari to'rtta klauzadan iborat bo'lib, uchinchi komponent to'lig'icha va to'rtinchi komponentning tub strukturasi zevgmani tashkil etadi. Qiyoslang:

a) Do'stlarim! Men sizga murojaat etgayman! - Turonning asl arslonlari! Men sizga murojaat etgayman!; b) kurash oldida turibmiz! - najot oldida turibmiz!

Qurilmadagi -lar, siz, biz kabi elemantlar retsiprokal operatorlar bo'lib, harakatning bir necha shaxsga tegishli ekanligini ifodalaydi. Bu distantli retsiprok deb yuritiladi, zero birgalikdagi harakat bajarilishida kontakt kuzatilganicha yo'q.

Ikkinchi misol kengaygan klauzadan iborat. Undagi -tir qo'shimchasi va undaydilar analitik kauzatemasi kauzativ operatorlar hisoblanadi. Bunda ikki xil kauzativ situatsiya mavjudligini kuzatamiz: birinchidan, Axmadxon bilan Odilxonning referentlarni qo'zg'ashi, ikkinchidan, referentlarning boshqa bir shaxsni (Humoyunni) undashi asosidagi kauzativlikni. -lar qo'shimchasi va bir-birlari bilan elementi retsiprok operatorlari deyiladi. Qurilmada retsiproklikning ham ikki turi mavjud bo'lib, Axmadxon bilan Odilxonning o'zaro harakati komitativlikni, boshqa referentlarning bigalikdagi harakati sof retsiproklikni taqozo etadi. Bundan tashqari undaydilar tub strukturasi zevgma hisoblanadi: qaytishga undaydilar -qutqarishga undaydilar kabi. Xullas, bunday qurilmalarning derivativ rejada o'rganilishi hali tadqiqot mavzusi sifatida kun tartibiga qo'yilganicha yo'q. Ushbu mulohazalarimiz derivatologiya sohasi o'rganish obyektining kengayishiga asos bo'lsa ajab emas.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu kabi murakkab sintaktik qurilmalarning o'rganilishi xususida tilshunoslar fikri mushtarak emas. Shu bois mavjud sohada hali tadqiqot ishlari olib borish kerak bo'ladi.

Zevgmatik, retsiprokal va kauzativ ma'nolarni mujassam etgan qurilmalarning derivatsiyasi muammolarini tadqiq etish til va nutq dixotomiyasi qonuniyati haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'ish kerakligini taqozo etadi. Zotan, tahlil etilgan uchala hodisa tilning nutqda qo'llanishidagi o'ziga xos ko'rinishidan iboratdir. Til belgilarini nutqda qo'llar ekanmiz, u ikki xil reja asosida mavjud bo'ladi: birinchidan, nutq egasining shaxsiy uslubi, ikkinchidan, ijtimoiy, xususan so'zlovchilarning barchasi uchun bir xil bo'lgan nutq uslubini taqozo etadi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Adabiyotlar

1. Античные теории языка и стиля (Под. ред. О.М.Фрейденберг). -Санкт- Петербург: Алетейя, 1996.

2. Sharipov B.S. Studies of Reciprocality in Linguistics/Eurasian Scientific Herald. Volume 8. May, 2022.

3. Х,ожиев A. Тилшунослик терминларининг изох,ли лугати. -Тошкент: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2002.

4.https://slovar-vocab.com/english/oxford-learners-vocab/zeugma 7013463.html.

5. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: Советская энциклопедия, 1969.

6. Брандес М.П. Стилистика немецкого языка. -М.: Высш. шк., 1990.

7. Пешковский А.М. Русский синтаксис в научном освещении. -М.: Гос. учеб. пед. изд-во М-ва просвещения РСФСР, 1956.

8. Turniyazov B.N., Turniyazova R.B. Kauzatologiya asoslari. Monografiya. -Samarqand: SamDCHTI, 2024.

9. Turniyazov B.N. Kauzativ qurilmalar sintaktik derivatsiyasi. Monografiya. -Samarqand: SamDCHTI, 2022.

10. Шорохова И.А. Семантика каузативных глаголов в русском и польском языках//Дис. канд. филол. наук. -Челябинск, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.