INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
MORFEMANING LINGVISTIK TAVSIFI XUSUSIDA BA'ZI MULOHAZALAR
Xayrullayev Xurshidjon Zayniyevich
SamDCHTI professori
Annotatsiya: Maqolada morfemaning lingvistik tavsifi va morfematik sath xususida fiklar jamlangan. Ularga munosabat bildirilgan. Yangi xulosalar bayon etilgan
Kalit so'zlar: morfema, morf, morfemaning lingvistik tavsifi, morfematik sath, til birliklari, birlik, fommatik va morfematik sath
https://doi.ors/10.5281/zenodo.13382116
Аннотация. В статье обобщены мнения о лингвистическом описании морфемы и морфематическом уровне. Их лечили. Представлены новые выводы.
Abstract. The article summarizes opinions about the linguistic description of the morpheme and the morphematic level. They were treated. New conclusions are presented.
Ключевые слова: морфема, морфема, лингвистическое описание морфемы, морфематический уровень, языковые единицы, единицы, фонемо-морфематический уровень.
Key words: morpheme, morpheme, linguistic description of morpheme, morphematic level, language units, unit, phonemic and morphematic level.
Til birliklaridan biri - Аэпета haqida mutohaza yuritganimizda uning eng kichik va mustaqil hоlda ma^ anglatmaydigan birlik ekanligi atroflicha tavsiflandi. Biroq shuni ham aytish tozimki, fo^ma^ng lingvistik tabiatini faqat undan katta birliklar - mоrfеma yoxud so'z dоirasidagina o'rgana оlamiz. Bu, albatta, masalaning bir tоmоnini tashkil etadi. Uning ikkinchi tоmоni mоrfеma va so'zning ham lingvistik tabiati tavsifi fo^ma bilan uzviy bоg'liq ekanligida o'z aksini tоpadi. Til bеlgilari sanaluvchi mоrfеma va so'zning ifodatovchi jihati tоvush kоmplеksini taqоzо etadi. Shu bоis bu o'rinda tilning mоrfеmatik sathi haqida mutohaza yuritar ekanmiz, mоrfеmaning ifoda vоsitasi fоnеma ekanligini alоhida ta'kidlaymiz.
Mоrfеma ham tilimizning eng kichik birligidir. Biroq u o'zining nafaqat ifodatovchi, balki ifodalanuvchi jihatiga ham egaligi bilan fo^madan farqlanadi. Lеkin qizig'i shundaki, mоrfеmaning til bеlgisiga хоs bo'lgan jihatlarining har ikkisi ham fo^ma vоsitasida vоqеlanadi. Bu, o'z navbatida, ^^^ma^k va mоrfеmatik sathlarning uzviy munоsabatidan dalоlat bеradi. Ularning biriga taalluqli elеmеntlar matеrial sanalsa, ikkinchisiga tеgishli elеmеntlar shu matеrial vоsitasida vujudga kеluvchi fоrmani taqоzо etadi.
Tilshunоslikka «mоrfеma» tеrmini dastlab I.A.Bоduen dе Kurtеne tоmоnidan kiritiladi. Bu xususda V.M.Sоlnsеv quyidagilarni yozadi: «L.V.Shchеrbaning guvоhlik bеrishicha, tilshunоslik mоrfеma tеrmini uchun uni so'zning eng kichik ma^li qismi dеb ta'riflagan I.A.Bоduen dе Kurtеnedan qarzdоrdir. LA^duen dе Kurtеne: «Bоg'lanishli nutq mustaqil
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
gap yoki frazalarga, gaplar mustaqil so'zlarga, so'zlar morfologik bo'g'inlarga yoki morfemalarga, morfemalar fonemalarga bo'linadi», - deb yozgan edi.
Morfema haqida bildirilgan J.Vandriesning fikri ham o'ziga xos bo'lib, u mustaqil ma'no anglatuvchi til elementlari o'rtasida munosabat o'rnatuvchi birliklarni morfema deb ataydi va ular jumlasiga tilning barcha yordamchi vositalarini hamda so'zlarning formal qismlarini kiritadi.
Morfema termini deskriptiv tilshunoslikning asoschilaridan biri L.Blumfild ta'limotida yanada boshqacharoq tavsiflanadi. Bunga ko'ra, boshqa biror forma bilan fonetik-semantik jihatlariga ko'ra o'xshash bo'lmagan til formasini sodda forma yoki morfema, deb atash mumkin. Bird «ptitsa», play «o'ynamoq», dance «raqsga tushmoq» va h.k. kabilar morfemalardir [L.Blumfild 2002:168].
Ko'rinadiki, L.Blumfild morfema deganda, tilning minimal birligi shaklini tushunadi va sodda (nomurakkab shaklli) so'zlarni, nomustaqil yordamchi so'zlarni hamda so'zlarning ma'noli qismlarini shu nom bilan ataydi. Boshqacha aytganda, L.Blumfild til birligi-so'zga nisbatan morfema tushunchasidan ko'proq foydalanadi.
V.M.Solnsev biz yuqorida ko'rib o'tgan I.A.Boduen de Kurtene, J.Vandries, L.Blumfild kabi taniqli tilshunoslarning morfema haqida bildirishgan fikr va mulohazalarini o'rganishi jarayonida quyidagilarni alohida ta'kidlaydi:
1. J.Vandries uchun eng muhimi morfemaning nomustaqil (yordamchi) xarakteridir.
2. L.Blumfild uchun morfemaning minimal xarakteri muhim bo'lib, bunda uning til sistemasidagi o'rni va boshqa birliklarga munosabati ustuvor ahamiyat kasb etmaydi. Shu bois L.Blumfild ta'limotida sodda va nomustaqil so'zlar ham, so'zning ma'noli qismlari ham morfema jumlasiga kiritiladi.
3. I.A.Boduen de Kurtene ham morfemaning minimal shaklli bo'lishini alohida qayd etadi. Biroq bunda uning til sistemasida tutgan o'rni va boshqa birliklarga bo'lgan munosabati ahamiyatli ekanligi ta'kidlanadi. Boduen so'zning minimal ma'noli qismini morfema deb ataydi.
Bizningcha, morfemaning lingvistik tabiati haqida yuqorida bildirilgan L.Blumfildning mulohazalari keng qamrovli bo'lib, u haqiqatga yaqindir. Hajman minimal sodda so'zlar ham, nomustaqil so'zlar ham qayta parchalanmasligi va muayyan ma'no ifodasini berishiga ko'ra morfemaning ta'rifiga mos keladi. I.A.Boduende Kurtene mulohazalarida esa morfemaning, asosan bir turi - so'z bilan bog'liq bo'lgan, uning ma'noli qismini tashkil etuvchi minimal birliklar haqida so'z yuritiladi.
J.Vandries ham morfemani nisbatan tor ma'noda tushunadi. Shu bois u yordamchi so'zlar, so'zning formal qismlarini, urg'u va intonatsiya haqida fikr bildiradi. So'zning o'zak qismini morfema sanamaydi.
V.M.Solntsev L.Blumfild nazariyasida sodda so'zlarning morfema tarzida talqin etilishiga e'tiroz bildiradi. Bunda sodda so'zlarda nol shaklli morfema ham mavjudligini va shu bois ularni bo'linmas birlik sifatida izohlash noo'rin ekanligini aytadi [V.M. Solntsev 1971: 246-247].
To'g'ri, sodda so'zlarda nol morfema ham kuzatiladi. Biroq nol morfema hech qachon
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
morfologik ifodalibo'lmaydiva u doim Grammatik ma'no anglatadi. Sodda so'z shaklli morfema esa leksik ma'no ifodalaydi. Masalan, tosh, bosh, kon, don,va h.k.so'zlari birlik Grammatik ma'nosini ham anglatishi tabiiydir. Agar mazkur so'zlarni tosh+loq, bosh+liq, kon+ga, don+ning tarzida tasavvur etsak, u holda o'zak va affiks morfemalar xususida so'z yuritish mumkin bo'ladi. Lekin bu o'rinda ularni uch morfemali desak (tosh- o'zak morfema+birlik ma'nosi: nol morfema+affiksal morfema) to'g'ri bo'larmikan?
Ikkinchi tomondan, albatta, nol morfemaning mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu haqda aytilgan G.Glisonning fikri, bizningcha, birmuncha ibratlidir. G.Glison nol morfemani inkor etmaydi. Lekin material jihatdano'z ifodasiga ega bo'lmagan allomorf tushunchasidan keng foydalanish ayrim chalkashliklarga olib kelishi mumkinligini ham ta'kidlaydi. Bundan tashqari, olim nol morfema tushunchasi mantiqiy jihatdan ham o'zini oqlay olmasligini va shu bois mazkur tushunchani qo'llashda suiste'mollikka yo'l qo'yib bo'lmasligini alohida ta'kidlaydi [G.Glison 1959:119].
Darhaqiqat, nol morfema tushunchasidan til materialining lingvistik tahlili jarayonida ustalik bilan foydalanish lozim. Aks holda turlicha ma'no g'alizliklariga yo'l qo'yilishi mumkin. Masalan, ko'z so'zi bir paytning o'zida birlik hamda ko'plik grammatik ma'nolarini anglata oladi. Bundan kelib chiqib, mazkur so'zni leksik va ikkita grammatik ma'no ifodasini beruvchi birlik deb, aniqrog'i, o'zak morfema+grammatik ma'noli nol morfema+grammatik ma'noli nol morfema tarzida talqin etadigan bo'lsak, so'zsiz, nol morfema tushunchasini suiste'mol qilgan bo'lamiz. Bu o'rinda V.B.Kasevichning quyidagi mulohazalari ham e'tiborga molikdir: Hora so'zi o'z ifodalovchi va ifodalanuvchilariga ega bo'lgan ikki morfemadan iboratdir: Hor+a. Biroq a morfemasining ifodalanuvchi jihati yana birlik, bosh kelishik kabi Grammatik ma'no ifodalarini ham o'z ichiga oladi. Lekin mazkur grammatik ma'nolarning har biri uchun alohida ifodalovchilar (tovushlar kompleksi) mavjud emas. Shuning uchun ayni paytda-a minimal belgi hisoblanadi [V.B. Kasevich 1977: 53].
Morfema talqinining yuqorida eslatib o'tilgani kabi ayrim izohtalab jihatlari ba'zi tilshunoslarni o'zga bir termindan foydalanish lozim, degan xulosagacha olib keldi.
Y.Stepanov eng kichik grammatik forma morf ekanligini ta'kidlaydi. Olim morf deganida, ma'no yaxlitligini saqlagan holda bo'linmaydigan birlikni tushunadi. Y.Stepanov ta'limotida morfning quyidagi turlari mavjudligi ko'rsatiladi: 1. So'zning asosiy qismini tashkil etuvchi o'zak morf. 2. Kategorial ma'noli affiks morflar.
Morfning ifodalovchi jihati fonemalar bilan uzviy aloqador bo'lgani uchun uni fonemalarning pozitsion variantlaridan (yoki allofonlardan) tashkil topadi deyish mumkin.
Y.Stepanov morfema tushunchasi allomorf tushunchasiga nisbatan yuqori pog'onada turishini, morfema morflar majmuasini taqozo etishini eslatadi. Bu o'rinda morfema invariant xarakterli bo'lsa, morflar variant xarakterliligi ta'kidlanadi.
V.B.Kasevich morfemani minimal ma'noli birlik, minimal ma'noli belgi tarzida talqin etadi. U til materiali tahlilini deduktiv metod asosida olib borish lozimligini va bu jarayonda matnni segmentlash natijasida har biri o'zining ifodalanuvchisiga ega bo'lgan eng kichik ma'noli birliklar-morfemalar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish mumkinligini ta'kidlaydi. V.B.Kasevich morfemalarni ikki katta guruhga bo'ladi: Mustaqil (leksik) morfemalar va yordamchi (grammatik) morfemalar. Masalan, рука so'zida рук mustaqil, -a esa yordamchi
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
morfemadir.
V.B. Kasevich yordamchi morfemalar o'zlari bog'lanib kelayotgan o'zak morfemalarsiz qo'llana olmasligini va bunday vaziyat flektiv affikslarda ham, agglyutinativ affikslarda ham kuzatilishini eslatadi. Biroq agglyutinativ affikslar har safar bir grammatik ma'no bilan, flektiv affikslar esa bir necha grammatik ma'no bilan qo'llanishi mumkin. Masalan, turk tilida -lar affiksi faqat ko'plik ma'nosini, rus tilidagi -i affiksi esa, bir paytning o'zida ko'plik ma'nosini ham, bosh kelishik ma'nosini ham ifodalaydi... Bundan tashqari, agglyutinativ affikslar standart xarakterli, ya'ni muayyan grammatik ma'no ifodalashda faqat shu affiks qo'llansa, flektiv affikslar aksariyat hollarda boshqa-boshqa ko'rinishlarda keladi: ranoca,Bo.ocbi, mnocbfl va boshqalar.
V.B. Kasevich predlog, artikl, ko'makchi, bog'lovchi va h.k.larni yordamchi grammatik morfemalar jumlasiga kiritadi. Mazkur grammatik morfemalarning birinchi turiga kiruvchilari o'zlari bog'liq bo'lgan mustaqil elementlardan pozitsion xususiyatlariga ko'ra ajralib turadi va shu bois ular o'rtasiga boshqa elementlar kiritilishi ham mumkin. Ikkinchi tur grammatik morfemalar esa o'zlari birikayotgan o'zak yoki asosdan ajralgan holda qiymat kasb eta olmaydi.
Yordamchi so'zlar, morfema maqomiga ega ekanligidan qat'i nazar, so'zdan katta birliklar - so'z birikmalari yoxud gap uchun xizmat qilganida, ularni yordamchi so'zlar sifatida tushunmoq lozim. Ifoda materiali affikslar bo'lgan agllyutinativ tillarga xos morfemalar ham funksional salmog'iga ko'ra yordamchi so'zlarga yaqin turadi.
E.S.Kubryakovaning morfema va uning talqini haqidagi mulohazalari V.B.Kasevichning bu xususdagi fikriga ancha yaqin ekanligini ko'ramiz. Boshqacha aytganda, E.S.Kubryakova ham morfemaning lingvistik tabiatini bilmoq uchun matnni segmentlarga bo'lish zarurligini va bu orqali minimal holatdagi ma'noli elementlar haqida zaruriy ma'lumotlar olish oson kechishini qayd etadi. Biroq V.N.Golovin mazkur usul vositasida morfemalarning faqat fonemalar integratsiyasidan iborat ekanligi haqidagina ma'lumotga ega bo'lish mumkinligini, ularning funksional salmog'ini, har birining o'zigagina xos bo'lgan ma'no nozikligini o'rganish imkoniyati bo'lmasligini alohida ta'kidlaydi. U morfemani matnning segmenti emas, balki til birligi tarzida o'rganish maqsadga muvofiq ekanligini eslatib o'tadi.
Bizningcha, bu o'rinda bildirilayotgan e'tirozga qo'shilish birmuncha qiyin ko'rinadi. Chunki morfemani matnning minimal segmenti tarzida talqin etish, uning til birligi ekanligini inkor etmaydi. Bundan tashqari, morfemaning integral xususiyati ham uning funksional salmog'ining bir ko'rinishidir.
Morfemaning lingvistik tabiatini o'rganish borasida o'zbek tilshunosligida ham tadqiqot ishlari bajarilgan va ularda bu haqda ilmiy mulohazalar berilgan. Mazkur mulohazalarda morfema so'zning bo'linmas, eng kichik ma'noli qismi ekanligi ilmiy asosli tarzda ta'riflanadi (M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulov. O'zbek tili. -Toshkent, 1978; Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarovava boshq. Hozirgio'zbek adabiytili. -Toshkent, 1980; A.Hojiyev. O'zbek tilida so'z yasalishi tizimi. - Toshkent, 2007; A.Hojiyev. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. -Toshkent, 1985; Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o'zbek tili. -Toshkent, 2006.).
Bunda morfemaning o'zak holatidagi ko'rinishi va affiks morfemalar xususida mukammal ma'lumotlar beriladi. Shuningdek. Morfemaning so'z yasalishi tizimidagi nufuzi
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ham atroflicha yoritilganini ko'ramiz.
1979 yilda nashrdan chiqqan N.A.Baskakov, A.S.Sodiqov, A.A.Abduazizovlaming «Umumiy tilshunoslik» darsligida morfema tushunchasi ancha keng va ilmiy asosli tarzda talqin etiladi. Bunda morfemaning ta'rifi quyidagicha beriladi: «Tilning (uning bir bosqichi morfologiyaning) eng kichik ma'noli birligi morfema deb ataladi».
Mazkur ta'rif, albatta, morfemaning barcha turlarini qamrab oladi. Bundan tashqari, A.Abduazizov (eslatib o'tilgan darslikning morfologiya bo'limi muallifi) morfemalarning har bir ko'rinishi morf deb atalishi va uning fonemalar kompleksi bilan, ba'zan esa yagona fonema bilan ifodalanishi mumkinligi, morflarning yig'indisi morfemani tashkil etishi haqida ham atroflicha so'z yuritiladi. Shu bilan birga, har bir morf boshqa morfga nisbatan qo'shimcha distributsiyada turishi, bir pozitsiyada (qurshovda) ishlatilishi mumkin bo'lgan morflar allomorflar, ya'ni morfemaning variantlari ekanligi xususida ilmiy asosli fikr beriladi. Olim nol morfema haqida ham yetarlicha ma'lumot keltiradi. Biroq A.Abduazizov yordamchi so'z qolipidagi morfemalar haqida fikr bildirmaydi. Bundan tashqari, olimning quyidagi mulohazasi, bizningcha, izohtalabdir: « ... bir so'z sostaviga boshqa so'zlarni kiritish mumkin emas, biroq bir morfema ichiga boshqa morfemani kiritish mumkin».
A.Abduazizov bu o'rinda L.S.Barxudarovga havola berib, misol tariqasida ishq-i-boz so'zini keltiradi. Nazarimizda, ayni paytda qandaydir fikr g'alizligiga yo'l qo'yilganga o'xshaydi. Agar i infiksini ham morfema deb hisoblaydigan bo'lsak, u holda pog'onali munosabat qoidasi buzilmaydi. Bordiyu, uni bir morfema ichiga kiritilayotgan ikkinchi morfema sifatida tushunsak, pog'onalilik qoidasi buziladi.
Ko'p tadqiqotlarda morfemaning grammatik ma'no ifodalashiga urg'u beriladi. Bizningcha, bu masalaning bir tomonini tashkil etadi. O'zak morfema ham mavjud ekan, leksik ma'noni ham kun tartibiga kiritishga to'g'ri keladi. Bu haqda aytilgan A.Hojiyevning quyidagi fikri asoslidir: «O'zak ifodalaydigan ma'no so'zga xos leksik ma'noning yadrosini tashkil etadi». Darhaqiqat, aksariyat so'zlarning (masalan, suvchi, traktorchi) o'zak qismlari so'zga tengdir. Lekin ularni, ma'noli qismlarga bo'linmasligini hisobga olib, morfema deb atash mumkin. Ayni paytda, albatta, nol morfemani e'tibordan soqit qilmoqdamiz.
Sh.Rahmatullayevning «Hozirgi adabiy o'zbek tili» deb nomlanuvchi darsligida ham morfemalar haqida mukammal ma'lumot berilgan. Darslikda morfema til qurilishining grammatik ma'no ifodalaydigan eng kichik segment birligi deb ta'riflanadi. Morfemaning ma'no ifodalaydigan eng kichik segment birlik ekanligini Sh.Rahmatullayev to'g'ri ta'kidlamoqda. Ammo morfema ta'rifining berilishida bu o'rinda nimadir yetishmayotgandek ko'rinadi. Boshqacha aytganda, ayni paytda o'zak morfema tushunchasi e'tibordan soqit qilinmoqda.
Sh.Rahmatullayev: «Morfemaning asosiy belgisi - grammatik ma'no ifodalovchi birlik ekani ta'rifga kiritilishi lozim. Shunda «lug'aviy morfema», «o'zak morfema» tushunchalari va terminlaridan voz kechiladi», - deb yozadi. Albatta, olimning mazkur fikri morfema tushunchasini hozirgacha amalda bo'lgan izohtalab masalalar qurshovidan ozod qilish va uni imkon qadar soddaroq holda talqin etish maqsadida aytilganligi shubhasizdir. Biroq, nazarimizda, o'zak morfema tushunchasidan voz kechish qiyin ko'rinadi. Sh.Rahmatullayevning o'zi ham darslikda «leksik tabiatli morfema» tushunchasidan
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
foydalangan. Morfemaning leksik tabiatli bo'lishi, bizningcha, o'zak morfemalarga xos tushunchani taqozo etadi. Bundan tashqari, biz ko'rinishi so'z shaklida bo'lgan bog'lovchi, ko'makchi kabilarni ham o'zak morfemalar jumlasiga kiritmoqdamiz. Yuqoridagilardan tashqari, eslatib o'tilgan darslikda leksema til qurilishining lug'at bosqichiga mansub birlik ekanligi, morfema esa til qurilishining morfemalar bosqichiga mansub birlik ekanligi alohida ta'kidlanadi. Ayni paytda leksemaning til qurilishining lug'at bosqichiga (tarkibiga) tegishli birlik ekanligi haqidagi fikr bilan to'liq qo'shilish mumkin. Lekin bunda morfemalardan holi leksemalarnigina emas, balki yasama so'zlarni ham nazarda tutmog'imiz lozim bo'ladi.
A.Hojiyevning to'g'ri ta'kidlashicha, morfema, affiks yoki so'z shaklida kelishidan qat'i nazar, so'z birikmasi yoki gapning sintaktik vazifa olishi uchun ham xizmat qilishi mumkin: U brezent yopqichli mashina yonidan yer o'lchaydigan apparatning uch oyog'i chiqib turibdi (S.Ahmad). ...bir ikki kundan keyin Yozyovon masalasida katta yig'in bo'lishi kerakligini angladi (S.Ahmad).
Keltirilgan misollarning birinchisida -li affiksi ot birikmaga qo'shilib (brezent yopqichli), uni sifatlovchi birikmaga aylantirayotgan bo'lsa, ikkinchisida katta yig'in bo'lishi kerak tarzidagi gapga teng qurilma -lik affiksi ta'sirida gap bo'lagi vazifasini olmoqda. Biroq affiks morfemaning (umuman, morfemalarning) nutq birligi tarzida talqin etilishi hollari ham kuzatilmoqda. Masalan, Y.Tojiyev bu haqda quyidagilarni ta'kidlaydi: «...bosh morfemaga nisbatan, umuman affiks emas, balki aniq ma'no va vazifa bajaruvchi ergash morfema sifatida ishtirok etadi, shu maqomga ega bo'ladi. Demak, u umuman affiks sifatida til birligiga kiradi, falon ma'nodagi fe'l yasashi, falon ma'nodagi bosh morfemaga qo'shilib kelayotganiga ko'ra nutq birligi ham hisoblanadi».
Y.Tojiyev ayni paytda -la affiksi bilan misol keltiradi. Mazkur affiks til birligi sifatida -asosan fe'l yasovchi va shakl hosil qiluvchi affiks sifatida mavjud. Shuningdek, u pichoqla so'zida boshqa ma'noda qo'llansa, quchoqla yoki qatiqla kabi yasalmalarda boshqa ma'nolarda qo'llanadi. Ana shu imkoniyatning o'zini namoyon etishi bilan u nutq birligi hamdir.
Y.Tojiyev morfemaning, xususan, affiks morfemaning lingvistik tabiatini mukammal yoritib bera olgan. Morfemaning til birligi ekanligini to'g'ri qayd etgan va shu bilan birga, affiks morfemalar ba'zi yasama so'zlarni hosil qilishda nutq birligini taqozo etish imkoniyatiga ham ega ekanligini alohida ta'kidlagan. Eng muhimi, olimning mulohazalarida ba'zi munozarali o'rinlar bo'lishiga qaramasdan, ayni paytda til bilan nutq hodisalari farqlab o'rganilgan.
Grammatik ma'no ifodalovchi, predlog, ko'makchi, bog'lovchi, yordamchi fe'l kabi o'zak morfema qolipida keluvchi elementlar ham borki, ular so'zlar (qo'shma gap tarkibida uning komponentlari) o'rtasida grammatik munosabat o'rnatishda faol qatnashadi. Mazkur elementlar ham morfemalardir, biroq ular faqat grammatik ma'no ifodalaydi.
Shunday qilib, morfemalarning lingvistik tabiati haqida hozirgi tilshunoslikda turli xil, ba'zan qarama-qarshi fikrlar ham mavjudligini ko'ramiz. Biroq mazkur qarashlarning ko'pchiligida morfema tilning bo'linmas, eng kichik ma'noli birligi tarzida talqin etiladi.
Adabiyotlar
1. Абдуазизoв А.А. Y3ÔeK тили фoнoлoгияси ва мoрфoнoлoгияси. -Тoшкeнт: Укитувчи, 1992, 135 б.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2. Баскаков Н.А., Содиков А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик.-Тошкент: Укитувчи, 1979, 190 б.
3. Блумфилд Л. Язык.-М.: УРСС, 2002, 606 с.
4. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Узбек тили. - Тошкент, 1978.
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili.-Toshkent:Universitet, 2006, 463
b.
6. Солнцев В.М. Язык как системно-структурное образование.-М.: Наука, 1971, 292 с.
7. Тожиев Ё. Яна суз, лексема, сузшакл, морфема, морфемика хдкида// Узбек тили ва адабиёти, 2008, №6, 42-45-бетлар.
8. Х,ожиев А. Морфемика // Х,озирги узбек адабий тили.-Тошкент: Укитувчи, 1980, (159-205), 443 б.
9. Х,ожиев А. Узбек тили суз ясалиши тизими. -Тошкент: Укитувчи, 2007, 165 бет.
10. Шоабдурах,монов Ш., Аскарова М., Х,ожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Х,озирги узбек адабий тили. 1- кисм.-Тошкент: Укитувчи, 1980, 445 б.