Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
ONA TILI TA'LIMIDAN MORFEMIKANI O'ZLASHTIRISHINING
BESH XIL METODI
Gulzoda Anvarjon qizi Isaqova
Mustaqil tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada, nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan o'quvchilarning ona tili ta'limidan morfemika bo'limini o'zlashtirish metodlari tahlil qilinadi. Metodlarning qo'llanilish maqsadi, sababi va afzalliklari yoritib beriladi.
Kalit so'zlar: morfema, so'z yasalishi, affiks, morfemik tahlil.
Ma'lumki, bugungi kunda Oliy o'quv yurtlariga kirish istagida bo'lgan abituriyentlarning barchasi ona tili fanidan imtihon topshirishadi. Qaysi yo'nalishda tahsil olish istagidan qat'iy nazar ona tili fani majburiy test yechilishi kerak bo'lgan fanlar qatoridan o'rin olgan. Vaholanki shunday ekan, umumta'lim maktablari, akademik litseylar hatto nodavlat ta'lim muassasalarida ham ona tili ta'limini to'g'ri yo'lga qo'yish kundan kunga dolzarb masala bo'lib kelmoqda . Tilshunoslikning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni o'rganuvchi ko'plab tarmoq va bo'limlari mavjud bo'lib, abituriyentlarga fanning har bir bo'limini o'qitishda o'ziga xos xususiyatlardan foydalangan holda dars mashg'ulotlarini amalga oshirish lozimdir. Masalan, "Fonetika" bo'limini o'qitishda ko'proq imlo qoidalari bilan ishlansa, "Leksikologiya" bo'limini esa "Fonetika" bo'limiga bog'lagan holda o'quvchilarga so'z ma'nolarini o'rgatish, ularning so'z boyligini oshirib borish hamda lug'atlar bilan ishlay olish, lug'at tuzish ishlarini yo'lga qo'yishni o'rgatish darkor. "Morfologiya" bo'limi boshqa bo'limlardan grammatik shakllarning ko'pligi bilan ajralib turganligi bois uni o'rgatishda so'z tarkibi bo'yicha tahlillarni amalga oshirgan holda dars o'tilsa, o'quvchi so'z shakllarini erkin ajrata oladi va ularni bir -biridan farqlashni o'rganadi. So'z tarkibi esa tilshunoslikning "Morfemika" bo'limida o'rganiladi. Shuningdek, "Morfemika" bo'limini o'qitishda ham o'ziga xosliklar mavjudki, quyida ayni shu masalalar xususida fikr yuritiladi.
"Morfemika so'zning eng kichik ma'noli qismlari haqidagi ta'limotdir".
Ma'lumki, o'zbek tilida, feliktiv tillardagidan farqli o'laroq,o'zak mustaqil ma'no anglatish xususiyatiga ega. So'zning o'zakdan boshqa qisimlari esa undan ayricha qo'llanilmaydi va ma'no anglatmaydi. Shuning uchun ham ular morfema deyiladi.
641
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CMrcMqdavjat^
Morfemani so'zning tarkibiy qismi sifatida tushunish, shunday birlik sifatida morfemaning turlarini belgilash va har birining xususiyatlarini yoritish tamoyili o'zbek tilshunosligida deyarli hozirgi kungacha davom etyapti. Ikki manbadan olingan quyidagi dallillarga e'tibor bering: "So'zning ma'noli qismlari morfemalar deyiladi. Masalan, ishchilarimiz so'zi -ish, -chi, -lar, -imiz qisimlaridan iborat. Bulardan har biri so'z doirasida o'ziga xos ma'no bilan qatnashadi. Ishchilarimiz so'zining ma'noli qismlarga bo'linishidagi oxirgi chegara shu... Demak, morfema so'zning bo'linmas eng kichik ma'noli qismidir... asosiy xususiyatiga ko'ra, morfemalar ikki turga bo'linadi: 1) o 'zak morfema,2) affiksal morfema.
"So'zning ma'noli qismlari morfemalar deyiladi... asosiy xususiyatiga ko'ra morfemalar ikki turga bo'linadi: o'zak morfema va affiksal morfema".
Ma'lum bo'ldiki, so'zning tarkibiy ma'noli qismlarini "morfema" deb atash ("morfema" deb tushunish) bilan ularning mohiyatini belgilashda biror muhim o'zgarish bo'lgani yo'q. Faqatgina so'zning tarkibiy (ma'noli) qismlari "morfema" so'zi bilan ishlatiladigan bo'ldi, ya'ni "o'zak morfema", "affiks(al) morfema" tarzida qo'llanadigan bo'ldi.
Abituriyentlarga morfemika bo'limini o'zlashtirishlarida "Chala xat", "Zanjir", "Venn diagrammasi", "Blits" so'rovi, "Assesment" va shu kabi bir qancha interfaol metodlardan foydalanish mumkin.
"Chala xat" - metodidan o'quvchilar so'z tarkibini to'g'ri ajratishda va qo'shimcha turlarini erkin farqlay olishlari uchun qo'llaniladi. Sharti shuki, darslikda mashq bajarish uchun berilgan matndagi so'zlarning aynan qo'shimchalar qatnashgan ba'zi o'rinlarini tushirib qoldiriladi. O'quvchilar tushirib qoldirilgan o'rinlarini to'ldirib, so'zlarni asos va qo'shimchaga ajratishlari va tushirilgan qo'shimchalarning ma'no va fazifasiga ko'ra guruhlarini ham topa olishlari shart bo'ladi. Metodni qo'llashdan oldin esa o'quvchilarga morfemika bo'limini takrorlab kelishni uy vazifa topshirig'i sifatida beriladi. Misol tariqasida 6-sinf ona tili darsligiga berilgan 58-mashqdan foydalanishimiz mumkin.
Mehnat, halol... haqida ibratli rivoyat bor: Bir bola ulg'aygach, otasi unga ishlab pul topib keltirish... buyuradi. Lekin ko'ngil... ona: "O'g'lim qo'lini qavartirib,qiynalib yurmasin" , deya, eridan o'g'rincha unga pul beradi. ...gir ota o'g'li keltirgan pulni o'tga tashlaydi. Bola be... , loqayd turaverdi. Bu hol yana
takrorlanadi. O'gli... uchinchi marta olib kelgan pul...... otmoqchi bo'lganida,
bola uning qo'l......yopish...,yondirmasligini so'raydi. Ota shundagina bu safar
o'g'lining haqiqiy peshona teri bilan pul topganiga ishonadi.
642
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik
^WrChifl^aVlitiedigogikaBniVeiiitit^^™
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Abituriyentlar so'z tarkibi haqidagi bilimlarini mustahkamlab olishgandan so'ng, quyidagi "Klaster" usulidagi jadvalni o'zlariga asos qilib olganlar holda "Zanjir"metodini ham qo'llab ko'rsa bo'ladi.
Bu metodni qo'llashdan asosiy maqsad shuki, xonadagi barcha o'quvchilarni darsga jalb etishdir. Buning uchun darsda ishtirok etayotgan o'quvchilarning har biriga qo'shimcha yozilgan tarqatmalar beriladi. Agar o'qituvchi o'quvchilardan so'z yasovchi qo'shimchalarni so'rasa, ular tartibni buzmagan holatda huddi zanjirdek qo'llaridagi so'z yasovchi qo'shimchani ajrata olib ko'rsatishlari kerak bo'ladi. Yoki lug'aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarni ham so'rashlishi mumkin.
"Venn diagrammasi" mavzuga nisbatan tahliliy yondashish, mavzuning umumiy mohiyatini o'zlashtirish (sintezlash), o'zlashtirilgan nazariy bilim, ma'lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishda o'quvchilarga yordam beradi. "Venn diagrammasi'dan qo'shimchalar o'rtasidagi farqli tomonlar va o'zaro o'xshashliklarni belgilashda foydalanish mumkin.
"Blits" - so'rov metodi o'quvchilarni harakat ketma - ketligini to'g'ri tashkil qilishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmet asosida xilma-xil fikrlar, ma'lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan birga o'zgalar fikrini hurmat qilishni va ularga o'z fikrini o'tkaza olishni o'rgatadi.
Blits so'rov jadvali
Savollar Javoblar
Tilshunoslikning morfemika bo'limida nimalar o'rganiladi? Morfemika bo'limida so'z tarkibi, ya'ni asos va qo'shimchalar o'rganiladi.
Morfemalar tarkibiga ko'ra nechchi guruhga bo'linadi? Morfemalar tarkibiga ko'ra ikki guruhga: sodda va murakkabga bo'linadi.
Asosdosh so'zlar tarkibida qanday qo'shimchalar bo'lishi shart? Asosdosh so'zlar tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lishi kerak.
Bilimdonlikdan so'zi tarkibida nechta morfema mavjud? Beshta morfema mavjud: bil-im-don-lik-dan
Asosga qo'shilib uning ma'nosiga qo'shimcha ma'no yuklovchi Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar deyiladi.
643
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^aVlitiediSoSikaBniVeiii™
qo'shimchalar nima deyiladi?
Kelishik shakllari qo'shimchalaming qaysi turiga kiradi? Kelishik shakllari sintaktik shakl yasovchilar guruhiga kiradi.
Dars so'ngida o'quvchilarni to'g'ri baholash uchun "Assesment" metodidan foydalanish ham yaxshi natija beradi. "Assesment" inglizcha "assessment" so'zidan olingan bo'lib, "baho", "baholash" ma'nolarini bildiradi. Assesment metodi abituriyentlarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta'minlovchi topshiriqlar to'plami bo'lib, u biografik anketa, o'quv individual topshirig'i, bahs-munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individual keys kabilardan tashkil topadi. Aynan abituriyentlarga bu metodning test shaklidagi ko'rinishidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Umuman olganda, interfaol metodlar ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish va abituriyentlarning bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishda kata amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
REFERENCES
1. Хржиев А.Узбек тили морфологияси, морфемикаси ва суз ясалишининг назарий масалалари. -Т.:Фан, 2010. 26-б.
2. Sobirova, M.Y. (2023). The role of educational tools in anthropocentric relationship education. European Journal of Education and Applied Psychology 2023, No 4. https://doi. org/10.29013/EJEAP-23-4-52-58
3. Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423
4. Sobirova, M. (2023). Обучение языковым явлениям на основе анализа текста. "Этнокультурный и социолингвистический аспекты в теории и практике преподавания языков в негуманитарных вузах" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Минск, 30 март 2023 й., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394
5. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) 0I:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.
644
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
6. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html -P. 36-39.
7. 6. Sobirova, M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidiscip- linary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January 2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718
8. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756 /INTJECSE/V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.
9. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) СКОПУС 52885295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.
10. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) -Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JQURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf стр. 98-105
11. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.
12. Sobirova,M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439
13. Жамолхонов X,. Хрзирги узбек адабий тили. Олий укув юртлари талабалари учун укув кулланма. - Т.: Илм, 2004. 68-б.
645