Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA TURK ALLALARIDA QO‘LLANILGAN BADIIY TASVIR VOSITALARINING KO‘LAMDORLIGI'

O‘ZBEK VA TURK ALLALARIDA QO‘LLANILGAN BADIIY TASVIR VOSITALARINING KO‘LAMDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

79
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasviriy vosita / mubolag„a / intoq / poetic vosita / stilistik figura

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shamsiya Mamajonovna Egamberdiyeva

Badiiy asarning ta'sirchanligini, emotsionalligini oshiruvchi vositalardan biri bu, albatta, badiiy tasvir vositalaridir. Nafaqat shoir, yozuvchilar ijodida, balki xalq og'zaki ijodi namunalarida, jumladan onalar allalarida ham shunday badiiy yaratiqlar uchraydiki, xalq onalarining tasavvurlari naqadar boyligi, intellekt darajasining yuqoriligi va salohiyat jihatdan mashhur so'z san'atkorlaridan ortda qolmasligining guvohi bo'lamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA TURK ALLALARIDA QO‘LLANILGAN BADIIY TASVIR VOSITALARINING KO‘LAMDORLIGI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

O'ZBEK VA TURK ALLALARIDA QO'LLANILGAN BADIIY TASVIR VOSITALARINING KO'LAMDORLIGI

Shamsiya Mamajonovna Egamberdiyeva

Namangan davlat pedagogika instituti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Badiiy asarning ta'sirchanligini, emotsionalligini oshiruvchi vositalardan biri bu, albatta, badiiy tasvir vositalaridir. Nafaqat shoir, yozuvchilar ijodida, balki xalq o g'zaki ijodi namunalarida, jumladan onalar allalarida ham shunday badiiy yaratiqlar uchraydiki, xalq onalarining tasavvurlari naqadar boyligi, intellekt darajasining yuqoriligi va salohiyat jihatdan mashhur so'z san'atkorlaridan ortda qolmasligining guvohi bo'lamiz.

Kalit so'zlar: tasviriy vosita, mubolag'a, intoq, poetic vosita, stilistik figura

Xalq og'zaki ijodi badiiy adabiyotning tarkibiy qismidir. "Badiiy" so'zining go'zal, ajoyib ma'nolarga ega bo'lishi lug'atlarda qayd etilgan. Asar matnini go'zal qilib turadigan omil esa, ko'pincha, badiiy tasvir vositalariga bog'liq. Badiiy tasvir vositalarini mutaxassislar "badiiy san'atlar", "tasvir vositalari", "she'r san'atlari" deb ham ataydilar. Ularning sifatlash, o'xshatish, mubolag'a kabi o'nlab turlari mavjud. Aslini olganda, har bir badiiy san'at namunasi ham o'ziga xos kashfiyot hisoblanadi.1 Yozma adabiyot vakillari lirik va epik asarlarda o'zlarining mahoratlarini badiiy san'atlarni kashf qilishda ham namoyish etadilar. Xalq og'zaki ijodida ham alohida iqtidorga ega ijrochi o'rni kelganda bu sohada ijod qilish imkonidan foydalanadi. Ammo aksari hollarda ijrochining kashfiyot izlab o'zini qiynashiga hojat yo'q. Chunki og'zaki ijodimizda ajdodlarimiz bu san'atlarning go'zal namunalarini yaratib bo'lganlar. Sifatlash, o'xshatish, istiora, mubolag'a, ifrot, intoq, iyhom, alliteratsiya kabi badiiy tasvir vositalarining bitmas-tuganmas boyligi og'zaki ijodimiz namunalariga asrlar davomida fayz bag'ishlab turibdi.

Allalar poetik jihatdan go'zal, onalarning ichki tuyg'ularining bayoni sifatida ham xalq ijodining boshqa turlaridan alohida ajralib turadi. Ular o'zbek folklorida janr sifatida mukammal bir poetik asarlar sifatida bo'y ko'rsatadi. Chunki allalardagi obrazlar, ko'chimlar epitetlar(sifatlash), badiiy tasvir vositalari xalq onalarining badiiy salohiyati hech qaysi shoirdan kam emasligini ko'rsatadi. Bolalar folklori bolalarga atalgan sodda tushunchalar, dil izhorlaridan tashkil topgan bo'lsa ham, allalar

1 Madayev O . O'zbek xalq og'zaki ijodi. Universitetlarning O'zbek filologiyasi va Jurnalistika hamda pedagogika institutlarining Til va adabiyot fakulbtetlari uchun o'quv qo'llanma , 8-bet

2 Shu yerda qarang .B 15

3Mirzayeva S. Alpomishga alla aytgan momolarim. Andijon,-2012, B 9

582

onalarning buyuk ijodkorlik qobiliyatlarini, so'zga, latoyifga munosabatlari namunasi o'laroq badiiy did va saviya mahsulidir. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg'u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qilivchi vositalar umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari" deb yuritiladi. Bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik vositalar", "stilistik figuralar" ka'bi nomlar bilan ham ishlatiladi.

Allalar ona ichki his-tuyg'ularining darchasidir. Albatta, beshikdagi bola ona dardlarini anglamaydi, biroq u onaning yagona tinglovchisi, jimgina tasalli berguvchi najot farishtasidir. Tajohuli orifona ning mohiyati shundaki, ayol tashvishlarini bolasiga so'ylar ekan, butun vujudi bilan kuylay boshlaydi. Ichki kechinmalari savolga aylanadi.

Qoshginangning qiyg'ochi,

Qalammidi, alla?

Ko'zginangning qorasi Gavharmidi, alla? [2,13] Xalqimizning chorvadorlik bilan bog'liq hayoti in'ikosi sifatida allalaridagi tasvirlangan toldan tayoq, el podasini boqish va shu orqali elatga hizmat qilish bolaga singdirilgan. O'z navbatida so'roq mazmuni parchadagi g'oyani yorqinroq ochib berishga xizmat qilgan.

Alla aytsam boqarmisan, alla? Tol tayog'in taqarmisan, alla? Elning qo'yin boqarmisan, alla? Elatingga yoqarmisan, alla? [2,13] Turk xalqi allalarida ham bu kabi ritorik hissiyotlar mujassam allalar talaygina.Tuya obrazi turkiy mifologiyada hosildorlik, baraka ramzi hisoblanadi. Tuyalarning juft-juft holda yurishi oilaning tirgaki ota-onaning farzandi kelajagi yo'lida hamnafas mehnat qilishini namoyon qiladi. Ona sovuq qurol-qora o'qning soyasidan ham qo'rqadi.Uning hayollaridagi qora o'qning dahshati xuddi farzinini ozorlayotganday tuyuladi.

Ak devenin mayalari Çifte yürür develeri Çok mu agritti a bebegim? Kara kur§un soyalari [5,94] His-tuyg'ularning ritorik holda berilishi onaning ayni holatdagi ruhiy holati, qalb kechinmalarining tug'yoni ifodasi sifatida ko'rinadi.

Garipseyen geceler Ninniler söyledi mi?

583

Yoksul kalpli serçeler Sana uyu dedi mi? [5,96]

Mungli g'arib kechalarning alla so'ylashi, chumchuqlaming bolaga uyqu tilashi, onaning javobsiz savollari misralarda onaning dard-iztiroblari bilan hamohang ohangdoshlikni yuzaga keltiradi.

Tazod - fikr ta'sirchanligini oshiruvchi vositalardan biri. O'zaro zid ma'noli so'zlarni keltirish orqali onalar badiiy maqsadini chuqurroq tasvirlaganlar. Alla aytay tong otguncha Uyqu kelmas kun botguncha, Nuri diydam, alla Qo'zichog'im, alla A lla-yo alla. [2,30]

Tong va tunni o'zaro zidlash holati turk allalarida ham saboh va oqshom tarzida uchraydi hamda qoraymoq-oqarmoq tarzida harakat nomi shakllari orqali tazod mustahkamlanadi.

Akçama hava kararir nenni Sabaha yine agarir nenni Benim kûçûk guzum Daldan alma koparir nenni [5,45] Ona farzandini uyg'aytirar ekan, kelajakda o'ziga suyanchiq, tirgak bo'lishini juda xohlaydi. Uni yomon ko'zlardan asrar ekan, o'zi uchun bir qo'rg'on qurayotganini his qiladi.

Yaxshi -yomon kunimda Menga juda keraklim Alla, bolam, alla-yo. [3,34] Turk allalarida ham xuddi shu misralar takrorini kuzatamiz.

Arslanlar gibi yüreklim Kaplanlar gibi bileklim, ninni Yah§i - yaman günümde Bana en gereklim, ninni[ 5,51] .

Ko'pincha mumtoz adabiyot namunalarida ham tong va tunni o'zaro zidlash holatlari ko'plab uchraydi. Xalq og'zaki ijodida esa shom va sahar zidligi orqali tazodning go'zal namunasi yaratiladi.

Farzand degan bir gul bo'lar, Shom-u sahar bulbul bo'lar, Ota -onaga qul bo'lar, Shunda bolam ko'nglim to'lar, alla. [2,35]

584

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililili

Bulbulning shom va saharda sayrashi bolaning ayni uyg'ongan, quvnagan, kulgan vaqtiga to'g'ri keladi.Ota-onasiga qul bo'lishi esa bolaning itoatda ulg'ayishi, ularning haqqini ado etmakka urinishi haqidagi orzu-istak namoyishidir. Onalar allalarning ta'sir doirasini oshirish uchun o'zaro bir -biriga yaqin so'zlardan unumli foydalanganlar. Bu tanosub san'atini yuzaga keltirgan.

Alamlarimning ko'pligi —yo, alla Peshonamning sho'rligi-yo, alla. Hasratimning ko'pligi-yo, alla Dadajoningningyo'qligi -yo, alla. [3,40] Alam, hasrat, peshonasining sho'rligi barchasiga sabab turmush o'rtog'ining yonida emasligi etib ko'rsatiladi. Bolaga ona xuddi o'z darddoshi, dardkashiday qalb kechinmalarini bayon qiladi. Dardini aytib yengillaydi. Badiiy takrorlar she'rning ohang jihatdan musiqiyligini ta'minlab, nutqqa intonatsion butunlik bag'ishlaydi. She'riyatda so'zlarning takroriga asoslangan bir nechta badiiy tasvir vositalari mavjud. Mukarrar san'ati aynan so'zni takror so'z holatida bir joyda takrorlashdir. Alla aytsam, yayraysan, alla Kulib- kulib qaraysan, alla.

Alla matnlarida ravishdoshlarning takror so'z holatida kelishi onaning alla kuylagan vaqtda farzandiga munosabati, bolaning ona allasini qanchalar anglagani va shodlanganini ko'rsatadi.

Yagmur yagar lüle lüle Oglum gelir güle güle .

Bu turk allasidagi lüle lüle taqlid so'zining, güle güle ravishdoshining takror qo'llanilishi ham qofiyaning badiiyligini oshirib, ham tarse' san'atining yuzaga kelishiga asos bo'ladi.

Yagmur yagar sere serpe Kulaginda elmas küpe Uyuturum kizimi koka öpe E.... E.... ninni

Bu turk allasi qizlarni uxlatish uchun kuylangan bo'lib, qizchaning qulog'idagi olmos baldoq farzandning ham naqadar qiymatli ekanligini bildiradi. Yog'ayotgan yomg'irga nisbatan ishlatilgan sere serpe ravishdoshi yomg'irning darajasini ifodalaydi. Qizil gul xona -xona, alla-ya alla Tishlari dona-dona alla-ya alla. Istasang topilar yor, alla-ya alla Topilmas ota -ona, alla-ya alla . [2,16] Misralardagi xona-xona, dona-dona takror so'zining qo'llanishi mukarrar san'atinini namoyon qilib, farzandga ota-onaning g'animat ekanligi, ularning mehrining o'xshashi

585

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililili

yo'q ekanligi ta'kidlanadi.Shu bilan birga ona o'z ota-onasini ham xotirlab, ularga sog'inchini izxor qiladi.Turk allalarida ham aynan shunday takroriy so'zlar orqali badiiy shakllar hosil qilgan allalar uchraydi.

Kizil gül dane dane Açilir yane yane Babasi gelsin görsün Benim yavrum bir dane [5,85] Bu allada ona farzandini qizil guldayin yagona ekanligi, kun sayin chiroy ochib, onasining ko'z o'ngida ulg'ayib borayotganini ta'kidlab, otaning farzandini ko'rgani kelishi va uning yagona ekanligini anglashiga umid qiladi.

Misra boshida bir xil so'zlarning keltirilishi Anaforani yuzaga keltiradi. Oq so'ziga urg'u berilishi va har misra boshida bu so'zning takrori onaning oppoq ko'ngli hamda oq niyatini ham ifodalaydi.

Oq ro'mo l beozorim, alla Oq shoyidan ro'molim, alla Oq yuzingni artayin, alla Cho'lpon ko'zingni yum qo'zim, alla. [2,6] So'z takroriga asoslangan vositalardan biri tasbe'dir . Birinchi misra ohiridagi so'zning ikkinchi misra boshida qaytarilib kelishiga tasbe' deyiladi. Bunda diqqat mana shu takrorlanayotgan so'zning qanday ma'no tashishiga qaratiladi. Allaning oti Haqdir Haqdan tilaklar ko'pdir. [3,25] Turk allalarida ham bu kabi Tasbe' namunalari uchraydi. Benim çagam nartanesi nartanesi nurtanesi anasinin bir tanesi ninni bebegim ninni ninni güzelim ninni [5,21] Ishtiqoq san'ati- so'zdan so'zni ajratmoq ma'nosini beradi. Nutqda o'zakdosh so'zlarning keltirilishi ishtiqoq hisoblanadi. Bu ham ohang jihatdan barqarorlikni ta'minlab, ham asosiy diqqatni shu mazmun tashigan pafosga qaratiladi. Farzandlik uygayog'ar rahmat, alla Farzandsizlar chekar zahmat, alla. Farzandsizning uyin ko'rsang guliston, alla Befarzandning uyin ko'rsang go'riston, alla. [2,8] Farzand uyning chirog'i. Bu alla matnida O'zbek xalqi orasidagi "bolalik uy-bozor, bolasiz uy- mozor" maqolining poetik shaklini ko'rishimiz mumkin.Farzandsizlik kulfati turk allalarida ham ramzlar bilan tashbehlangan.

586

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililili

Kuru agacin dali olmaz Kuzusuz gelinin hali olmaz Meyvesiz agacin dibine Hiç kimse oturmaz nenni[2,55] Quruq yog'ochning shohlari bo'lmaganidek, farzandsiz ayolning ham ahvoli havas qilarli darajada emas. Mevasiz daraxt sifatlashi farzandsiz ayolning jamiyatdagi o'rni, uydagi mavqeyini ko'rsatib bermoqda.

Alla bolani uxlatish maqsadida aytilgani uchun asosan tunda kuylangan. Oy esa onaning doimiy hamrohi, uning yo'ldoshidir. Unga dardlarini aytadi. Farzandiga oyni tashxislab, derazadan mo'ralab qarashini ko'rsatmoqchi bo'ladi.

Ko'kda oy yarqiraydi, alla Derazadan qaraydi, alla Ko'zlaringni yum, qo'zim, Yot quvonchim kunduzim, alla [2,28] Ko'pchilik allalarda ona to'g'ridan tog'ri farzandning o'ziga murojaat qiladi. Bisotidagi eng inja tuyg'ularini so'z bilan ifodalaydi.

Sutdan oppoq, guldan islim, alla, Bu dunyoda yo'qdir misling, alla. O 'g'illarimning sultoni, alla, Senga tasadduq shu jonim, alla. Orzularim oltin toji, alla, Mening jonim - shuning boji, alla. Alla, bolam - bozorim, alla, Diqqat bo'lsam, yozarim, alla. Uxla, ko'zi xumorim, alla, Orom ol, beozorim, alla. Oq shohidan ro'molim, alla, Oq yuzingni artayin, alla. Cho'lpon ko'zingniyum qo'zim, alla, Senga alla aytayin, alla. [2,6] Onalar farzandlari uchun dunyoning eng noyob yaratiqlarini tortiq etishni istaydilar. Shu jumladan o'zlarining shirin joni evaziga bo'lsa-da, farzandlari bekam-u ko'st voyaga yetishini niyat qiladilar. Xalq orasida bolali uy bozor deganlariday, uyi bolajonining shirin g'avg'osiga to'la ekanligidan xursand, ko'ngliga tashvish tushganda shu bozor bilan ovunadi. Dunyodagi eng xushbo'y ne'mat go'dak isidir, bu is kirgan har bir xonadondan baxt ufuradi. Garchi, ozroq mubola g'a evaziga bo'lsa-da, satrlarning badiiy qimmati ilk misralardanoq oshib boradi. Yuqoridagi allada

587

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Я

ham ona farzandiga guldan islim, yani xushbo'yim, orzularimning oltin toji, bozorim, yozarim, xumorim, beozorim, qo'zim deb murojaat qiladi.

Allalarning qimmati, nafaqat undagi badiiyat, poetik mahorat, balki unga onalarning tog' qadar bardoshi, metin irodasi, gulday ko'ngil izhorlari, turmush tashvishlari- yu, quvonchlari qorilgani bilan yuksakdir.Onalar- tug'ma iste'dod egalari. Ular shoirlikni, yoki qo'shiqc'ilikni da'vo qilmaydilar, ammo farzandiga mehrini izhor etishda buyuk san'atkor darajasiga ko'tarila oladilar.

REFERENCES

1. Hojiahmedov A.Mumtoz badiiyat malohati.-T.:Sharq,1998. B 14

2. Наманган хащ OFзаки бадиий ижоди намуналари (Тупловчилар ва нашрга тайёрловчилар: Еозибоев Т., Собиров А., суз боши муаллифи А.Собиров). -Наманган, 1993. - 112 б.

3. Сафаров О. Узбек болалар поэтик фольклори. - Тошкент: Уцитувчи, 1985. - 250

4. Eng sara allalar: Nashrga tayyorlovchi Abdumurod Tilavov;-Toshkent: "Adabiyot bosqichlari", 2017.-144b

5.www.okumay ISEV.com.TURK NINNILERINDEN SEQMELER.isev.org.tr

6.Egamberdiyeva S. BOLALAR FOLKLORIDA BESHIK Q O'SHIQLARI POETIKASI //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. - 2023. - T. 2. - №. 17. - C. 61-67. https://bestpublication.org/index.php/ozf/article/view/4233/4052

7.Mamajonovna S. E. O'ZBEK XALQ OG'ZALI IJODIDA ONALIK FOLKLORI POETIKASI //THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH. - 2023. - T. 2. - №. 13. - C. 67-73.

https:// interonconf.org/ index.php/taare/article/view/2654/2375

8.Mamajonovna E. S. O 'ZBEK VA TURK ALLALARIDA OTA OBRAZINING QIYOSIY TALQINLARI //Konferensiyalar| Conferences. - 2024. - T. 1. - №. 4. - C. 561-564.

9.Mamajonovna E. S. UMUMTURKIY TILLAR ALLALARIDA ALLITERATSIYA VA ASSONANS //TADQIQOTLAR. - 2024. - T. 32. - №. 2. - C. 46-50. http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/2184

10.Dehqanva Guljahon Ahmadjonovna. (2023). NATIONAL -CULTURAL CHARACTERISTICS OF LEXICAL UNITS EXPRESSING THE ECONOMICAL CONDITION OF A PERSON'S LIFE IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. https://doi.org/10.5281/zenodo.7951344

б.

588

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Pdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Я

1LTojiddinovna N. H. LINGUOCOGNITIVE FEATURES OF THE PUZZLES IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES //Scientific Impulse. - 2022. - Т. 1. - №. 4. -С. 1099-1101. https://nauchniyimpuls.ru/ index.php/ni/article/view/1922/1484

12.Habibullayev, Nodirbek Nosirjon O'G'Li QOZOQ VA O'ZBEK TILIDAGI MODAL SO'ZLAR CHOG'ISHTIRMASI // ORIENSS. 2023. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/qozoq-va-o-zbek-tilidagi-modal-so-zlar-chog-ishtirmasi (дата обращения: 01.02.2024).

13.Komiljon o'g O. Y. et al. GENERAL CHARACTERISTICS OF AMERICAN ROMANTICISM //TADQIQOTLAR. UZ. - 2024. - Т. 32. - №. 2. - С. 85-91. 14.Shohsanam O. O'ZGA TILLI GURUHLARDA RUS TILI DARSLARIDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O'RNI //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. - 2024. - Т. 15. - №. 3. - С. 76-78.

15.Madaminova M. MAKTAB O'QUVCHILARIGA INGLIZ TILIDA MATN O'QISHNI O'RGATISHNING INTERFAOL TEXNOLOGIYALARI //Ilm-fan va ta'lim. - 2023. - Т. 1. - №. 2.

16.АБДУЛВОХИДОВ Э. РОМАН ЧИНГИЗА АЙТМАТОВА «И ДОЛЬШЕ ВЕКА ДЛИТСЯ ДЕНЬ...» КАК НАЧАЛО НЕЙРОДИДАКТИКИ //TADQIQOTLAR. -2024. - Т. 32. - №. 2. - С. 29-38.

17.Pardaboeva D. CONTENT AND CHARACTERISTICS OF THE CONCEPT OF NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429. - 2022. - Т. 11. - №. 01. - С. 152-154.

18.Бобажонова М. Т. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРФОГРАФИЧЕСКИХ НАВЫКОВ НА ОСНОВЕ ОБОБЩЕНИЙ //TADQIQOTLAR. - 2024. - Т. 32. - №. 2. - С. 39-45 http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/2183

19. Ибрагимова Н. Т. АКТУАЛЬНЫЕ ПОДХОДЫ К ОБУЧЕНИЮ РУССКОМУ ЯЗЫКУ У УЧАЩИХСЯ УРОВНЯ В1 СРЕДНИХ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 166170. http://erus.uz/index.php/er/article/view/4168/5041

April 23-24, 2024

https://cspu.uz/

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.