Научная статья на тему 'PAREMALARGA ETIMOLOGIK YONDASHUV'

PAREMALARGA ETIMOLOGIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

9
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Parema / etimologik / folkloristik / maqol / matal / paremiolog.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aziza Abrol Qizi Badridinova

Ushbu maqolada paremiologiyaning birligi bo'lgan paremalarni etimologiyasiga oid g'arb, rus hamda o'zbek olimlarining nazariy fikrlari, izlanishlari berildi va umumiy xulosalar keltirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PAREMALARGA ETIMOLOGIK YONDASHUV»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

PAREMALARGA ETIMOLOGIK YONDASHUV

Aziza Abrol qizi Badridinova

O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti E-mail: aziza [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada paremiologiyaning birligi bo'lgan paremalarni etimologiyasiga oid g'arb, rus hamda o'zbek olimlarining nazariy fikrlari, izlanishlari berildi va umumiy xulosalar keltirildi.

Kalit so'zlar: Parema, etimologik, folkloristik, maqol, matal, paremiolog.

ABSTRACT

In this article, the theoretical opinions and researches of Western, Russian and Uzbek scientists regarding the etymology of paremiology, which is a unit of paremiology, were given and general conclusions were drawn. .

Keywords: Paremia, etymological, folkloristic, proverb, saying, paremiologist.

Jahon tilshunoslari tomonidan paremalarni etimologik jihatdan tadqiqi juda ham keng ommalashgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bir qancha paremiologlar paremalarni xalq tomonidan ommalashishidan avval, ma'lum bir shaxs tomonidan yaratiladi deb hisoblaydi. So'ngra ularni keng omma tomonidan iste'molda qo'llanishi, paremalarni xalq og'zaki ijodiga aylantiradi degan nazariyalar ham mavjud. Masalan, A.Teylor o'zining asarida bu xususda bir misol keltiradi. 1823 yilda ingliz davlat arbobi lord Jon Rassel tomonidan aytilgan One man's wit, and all men's wisdom ta'rif keyinchalik The wit of one and the wisdom of many ko'rinishdagi maqolga aylanib ketgan.[1] Mashhur paremiolog olim V.Mider ham bu vaziyatga quyidagicha fikr yuritadi: "every proverb begins with an individual whose keen insight is accepted and carried forth as a piece of proverbial wisdom by people of all walks of life. Of course, for most proverbs the individual coiner is no longer known, and the numerous cultural, ethnographic, folkloristic, historical, linguistic, and literary studies of the origin, dissemination, function, and meaning of individual proverbs only rarely succeed in identifying that very person who uttered the proverbial wisdom for the first time."[2] Ya'ni, har bir maqol omma tomonidan aql idroki tan olingan, donishmand bir shaxs tomonidan boshlab beriladi va uning so'zlari tan olinadi va qabul qilinadi. Aksariyat maqollarning yaratgan shaxlar

512

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

noma'lum albatta, ko'pgina maqollarni kelib chiqishini madaniy, etnografik, lingvistik, folkloristik, tarixiy jihatdan izlanishlar ularni birinchi marotaba kim tomonidan nutqqa olib kirganligini kamdan-kam hollarda aniqlay oladi.

Shuningdek, qadimgi maqolllardan biri bo'lgan Big fish eat little fish miloddan avvalgi VIII asrda yashagan yunon yozuvchisi Gesiodning Works and Days nomli didaktik she'riga borib taqaladi.[3] Yangi Zellandiyalik antropolog R.Firz maqollarning paydo bo'lishidan omma tomonidan iste'molda foydalanishigacha quyidagi 3 jarayonni o'z ichiga oladi deb aytadi:

"(1) Concrete formulation by one individual in response to some set of circumstances," - jumlani aniqlashtirsak, bir shaxs tomonidan ba'zi bir vaziyatga berilgan aniq fikrni paydo bo'lishi;

"(2) Acceptance by the people at large as being appropriate to a more general situation, and seeming by its peculiar form and twist of phrase to give fit expression to their thoughts and feelings,"- ya'ni, umumiy bo'lgan vaziyatlarda mos kelgan maqollarni insonlarning katta qismi tomonidan qabul qilinishi;

"(3) Possible modification of phraseology or meaning with the passing of time by an unconscious process, with the effect of keeping it consonant with public sentiment,"[4] - vaqtlar o'tishi bilan, jamoatchilik tomonidan uyg'unlashib ifodaning o'zgarishi.

Ruminiyalik olim A.Mariya o'zining kuzatuvlari natijasida shuni aniqlaydiki, tarixchilar, folkloristlar, paremiologlar nafaqat maqollarning kelib chiqishi, balki ularning tarixiy davrlarda qanday ma'no anglatgani, hamda turli ijtimoiy qatlamlarning munosabati, dunyoqarashini aks ettirganini o'rganishgan: "Aside from structure and meaning, cultural historians, folklorists and paremiologists have also studied the origin and history of proverbs. They have discovered not only when certain proverbs first appeared, but also what they meant in different historical periods, because proverbs reflect the attitudes or worldview of various social classes at different periods."[5]

Shuningdek, rus olimi V.Jukovning ta'kidlashicha, xalq orasida maqollar -turli mavzulardagi og'zaki qisqa so'zlar qaysi davrdan boshlab tarqala boshlaganini aniqlash juda qiyin. Maqol va matallar uzoq antik davrda paydo bo'lgan va o'sha paytdan beri xalqqa hamroh bo'lib kelgan. Maqollarni ham, matallarni ham xususiyatlari kundalik hayotda va nutqda doimiy va zarur qilib qo'ygan.[6]

Yana bir rus olimi L.Orkina maqol oddiy gap emasligini qayd etadi. Uning ta'kidlashicha maqol xalqning fikrini bildiradi. Unda xalqning hayotga bergan bahosi, xalq tafakkuri mushohadalari bor. Har bir maqol ortida ularni yaratgan avlodlarning sha'ni bor. Shuning uchun maqollar bahslashmaydi, isbotlamaydi - ular

513

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^^vlat^edagogjka^niviBiiiBii^^^^^^^Zlällä

aytgan hamma narsa qat'iy haqiqat ekanligiga ishonch bilan bir narsani tasdiqlaydi yoki inkor etadi deya fikrlaydi olim o'zining avtoreferatida. [7]

Bundan tashqari, o'zbek tilshunosligida paremiologlar paremalarni etimologik kelib chiqishiga quyidagicha fikr bildirishgan: "Paremalarning qachon paydo bo'lganligini aniqlash qiyin, lekin shunisi aniqki, ularning ko'pchiligi juda qadim zamonlarda yaratilgan va ular o'zini ijod qilgan xalq bilan birga yashab kelmoqda. Har qanday hikmatli ibora ham ommalashib ketavermaydi, faqat jamiyatdagi ko'pchilik xalqning orzu-umidini, istagini, hayoti va fikrini aks ettirgan hikmatli iboralargina ommalashadi, avloddan-avlodga o'tadi, asrlar osha yashaydi — paremalarga aylanadi."[8] O'zbek xalq og'zaki ijodiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan O.Madayev maqollarni dastlabki namunalarini Mahmud Koshg'ariyning "Devoni lug'otit-turk" asarida "sav" termini ko'rinishida kelganini aytadi: ""Devoni lug'otit-turk"da "savlashmoq" so'zi berilgan. Buning otalar so'zini eslamoq ma'nosini anglatishini aytiladi. Taxmin qilish mumkinki, bundan ming yil avval ajdodlarimiz maqollarni "sav" deb ataganlar. Keyinchalik Alisher Navoiy ijodida maqol atamasi "masal" tarzida beriladi: "masaldurkim - uyqu o'limdir" "Masal" atamasining XX asr boshlarigacha qo'llanib kelingani ma'lum. O'tgan asrning ikkinchi choragidan boshlab maqol so'zi tez-tez uchray boshlaydi. XX asr yarmidan esa faqat maqol tarzida qo'llandi" [9]

Shuningdek, professor B.Karriyev maqolni kelib chiqishi haqida quyidagi ta'rifni bergan: "Odatda maqolni dastlab o'tkir kuzatuvchanlik va o'z fikrini bir necha so'z bilanoq ravshan ifodalab berish qobiliyatiga ega bo'lgan bir kishi to'qib chiqaradi. O'rinli ifodalangan bu fikr, dastlab individual bo'lgan bu xulosa keyinchalik jamoa tomonidan qabul qilinishi, qo'llanishi, qayta ishlanishi, sayqallanishi mumkin. Bu esa maqolning paydo bo'lishiga olib keladi. Bunday maqol dastavval bir aniq voqeaga, ayrim, yagona bir holga bag'ishlangan bo'ladi. Bunday o'rinli aytilgan gap omma orasida qanday ishlatilishiga qarab, asta-sekin keng umumlashma ma'noga ega bo'la boradi."[10]

Demak, yuqoridagi fikrlar va bir qancha izlanishlarimiz shuni ko'rsatadiki, maqollar xalq og'zaki ijodi bo'lishiga qaramasdan, avvalida ularni ma'lum bir shaxlar tomonidan tilga va nutqga olib kiriladi, so'ngra ular xalq tilida ommalashadi.

REFERENCES

1. Taylor A. Selected writings on proverbs. Helsinki: Suomalainen Tiedeakatemia. 1975. - P.68.

514

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Я

2. Mieder W. Investigations of proverbs, proverbial expressions, quotations and cliches. A bibliography of explanatory essays which appeared in "Notes and Queries"(1849-1983). Bern: Peter Lang, 1984.

3. Mieder W. "Big fish eat little fish". History and interpretation of a proverb about human nature. In W. Mieder, Tradition and innovation in folk literature. Hanover, New Hampshire: University Press of New England. 1987.- (pp. 178-228 and 259268).

4. Firth R. Proverbs in native life, with special reference to those of the Maori. Folklore (London) 38. 1927. P.134-153 and 245-270.

5. Maria A. Paremiological Aspects in the Construction of National Identity. The 4th Edition of the International Conference: Paradigms of the Ideological Discourse. Procedia - Social and Behavioral Sciences. Elsevier. 2012.- P.277.

6. Жуков В.П. Семантика фразеологических оборотов. Учебное пособие для студентов пединститутов по специальности "Русский язык и литература" - М: Просвещение, 1978. - С.160.

7. Оркина А.Н. Аспектуально-темпоральная характеристика высказываний с семантикой обусловенности в современном русском языке. Автореферат диссертации - СПб., 2000. С.120-121.

8. Бердиёров X,., Расулов Р. Узбек тилининг паремиологик луFати.- Тошкент: "Укитувчи", 1984.- Б.8.

9. Madaev.O, Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi. T.: "Sharq"- 2010.- B.34.

10. Жураева Б.М. Узбек халк маколлари шаклланишининг лингвистик асослари ва прагматик хусусиятлари. ф.ф.ф.док. (DSc) дисс.- Сам.: 2020. - Б.23.

515

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.