Научная статья на тему 'PAREMIYALARNING TIL LEKSIK TIZIMIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI'

PAREMIYALARNING TIL LEKSIK TIZIMIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

96
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paremiologiya / parema / maqol / matal / ibratli so'z / leksik birlik / frazeologiya / universallik / leksik xususiyatlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — E’tibor G‘ayrat Qizi Murodova

Ushbu maqola Ingliz va o'zbek tillaridagi paremiyalarda "bosh" konseptining lingvokognitiv talqini mavzusida yozilgan falsafa fanlari doktori(phd) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya asosida tayyorlandi. Maqolaning amaliy ahamiyati shundaki, unda xalq og'zaki ijodi na'munasi hisoblangan yaxlit umumiy ma'no va ma'lum vazifaga ega hayotiy turg'un birikmalarning til leksik tizimida tutgan o'rni, ahamiyati va vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan. Paremiyalarga xos leksik xususiyatlar, ularning umumiy va xususiy tavsiflari yoritib berilgan. Ushbu maqola tilshunoslikka oid turli ilmiy maqsadlar, xususan oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlarida maxsus kurs o'qitishda, qo'llanmalar yaratishda foydalanilishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PAREMIYALARNING TIL LEKSIK TIZIMIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrcMq^avlat^edagogikaMiiViiiitill

PAREMIYALARNING TIL LEKSIK TIZIMIDA TUTGAN O'RNI VA

AHAMIYATI

E'tibor G'ayrat qizi Murodova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Ingliz va o'zbek tillaridagi paremiyalarda "bosh" konseptining lingvokognitiv talqini mavzusida yozilgan falsafa fanlari doktori(phd) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya asosida tayyorlandi. Maqolaning amaliy ahamiyati shundaki, unda xalq og'zaki ijodi na'munasi hisoblangan yaxlit umumiy ma'no va ma'lum vazifaga ega hayotiy turg'un birikmalarning til leksik tizimida tutgan o'rni, ahamiyati va vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan. Paremiyalarga xos leksik xususiyatlar, ularning umumiy va xususiy tavsiflari yoritib berilgan. Ushbu maqola tilshunoslikka oid turli ilmiy maqsadlar, xususan oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlarida maxsus kurs o'qitishda, qo'llanmalar yaratishda foydalanilishi mumkin.

Kalit so'zlar: paremiologiya, parema, maqol, matal, ibratli so'z, leksik birlik, frazeologiya,universallik, leksik xususiyatlar.

ABSTRACT

This article was prepared on the basis of a dissertation written for the degree of doctor of philological sciences (PhD) written on the topic "Linguocognitive interpretation of the concept of "head" in English and Uzbek paremies". The practical significance of the article is that it provides information about the role, importance and functions of stable compounds in the lexical system of the language, which are considered to be a sample of folklore. Lexical features specific to paremies, their general and specific descriptions are highlighted. This article can be used for various scientific purposes related to linguistics, in particular, in the teaching of a special course in the philological faculties of higher educational institutions, in the creation of manuals.

Keywords: paremiology, paremie, proverb, proverb, proverb, lexical unit, phraseology, universality, lexical features.

Tilshunoslikning bir necha bo'limlari orasida frazeologiya nisbatan yangi yo'nalish hisoblanadi. U lеksikоlоgiya bo'limidan XX аsrning 50-yillаridа mustаqil bo'lim sifаtidа аjrаlib chiqdi. O'tgan asr davomida sobiq Rossiya Imperiyasi hududidagi barcha tillarning frazeologiyasi V.V.Vinogradov ta'limoti asosida dunyoga keldi. Shu jumladan, o'zbek tili frazeologiyasi ham yangi bo'lim sifatida

April 23-24, 2024

765

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

yaratildi va o'rganildi. Har bir til o'zining so'z boyligiga, frazeologiyasiga, hamda paremiologiyasiga ega. Xususan, o'zbek -tillarining paremiologiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo ''Paremiya" tushunchasi haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak. Paremiya - yunoncha chuqur ma'noli gap, hikmatli so'z, ibora, maqol, matal degan ma'nolarni ifodalaydi. Tilning paremiologik fondi xalqning qimmatli lisoniy merosini ifodalaydi chunki paremiyalar o'sha til va jamiyatning madaniyati, an'analari va tarixini aks ettiradi. Paremiyalar millatning hayotga bo'lgan munosbati turli vaziyat va hodisalarga qarashi jamiyatning turli sohalaridagi tajribasini namoyon etadi. Maqol va matallar, hikmatli so'z va aforizmlar ayniqsa ma'naviy madaniyatning muhim unsuri hisoblanadi. Lingvistik paremiyalar semantik o'zgarish, poetik obrazlilik va turli xil badiiy tuzilmalar bilan xarakterlanadi.

Xalq asrlar davomida barpo etgan ma'naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi, eng aniq namoyishi bu albatta o'sha xalqning maqollari hisoblanadi. Har bir xalqning og'zaki yoki yozma yodgorliklarini olib qaraylik, unda insoniyat xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan asotir-u afsonalar, uzoq tarix qa'ridagi ibtidoiy tasavvur va tushunchalar, asr-asrlar davomidagi kuzatishlardan hosil bo'lmish hayotiy hikmatlar qaymog'i-insoniy tafakkur tajribasining in'ikosini ko'ramiz. Ingliz va o'zbek xalq maqollari, hikmatli so'zlari ham ana shunday ming yillar ichida yig'ilib, shakllangan, sayqal topgan ilmiy-badiiy tafakkur hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida tarqalib, puxtalanib, avloddan avlodga eng yaxshi ma'naviy meroslardan biri bo'lib o'tib keladi. O'tmishda yaratilib va bugungi kunga qadar o'z salmog'ini yo'qotmay ishlatilib kelinayotgan eng yaxshi maqollar, xalq donishmandligining namunasi sifatida, hozir ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bunday maqollar va hikmatli so'zlar har bir xalqning ma'naviy boyligining bebaho xazinasini tashkil etadi. Har qanday xalq yoki elatning tilini ma'daniyatini o'rganishda, isloh etishda bu qimmatli xazina muhim ahamiyat kasb etadi. Zero ularda xalqning tarixi, o'tmishi, kechinmalari o'z aksini topgan.

Xususan, maqollar — barqarorlik, tayyorlik, ko'chma ma'noga egalik va muallifga ega emaslik xususiyatlariga ega. Matallar esa — tayyorlik va barqarorlik xususiyatlariga ega. Aforizmlar — barqarorlik, tayyorlik, muallifga egalik xususiyatiga ega bo'lsa, topishmoqlar — barqarorlik, tayyorlik, jumboqlilik kabi xususiyatlarga ega.

Xalq og'zaki ijodi na'munalari maqollar va matallar, aforizm, shior, topishmoq, maqtov va boshqa xalq og'zaki ijodidagi ixcham lo'nda ma'lum ma'no va avzifaga ega birliklarni o'rganuvchi soha paremiologiya deb ataladi. Ammo hozirgi vaqtda paremiologik birliklarning umumiy qabul qilingan tizimliligi mavjud emas. Paremiya paremiologik birliklar, ularning hajmi va chegaralari aniqlanmagan.

April 23-24, 2024

766

Paremiyalar tilning maxsus birliklari va belgilari, insoniy muloqotning muhim elementlaridir. Bu belgilar aniq ma'lumotlarni yetkazish, odatiy hayot va ruhiy vaziyatlarni u yoki bu obyektlar orasidagi munosabatni bildiradi. Bunday birikmalar o'z xalqining ma'lum bir tipik vaziyatlarini ifodalaydi va bir mantiq yoki mazmunni boshqalarga yetkazish tasviri, tafsiloti yoki voqeligi bilan farqlanadi. Paremalar avloddan avlodga faqat og'zaki holdagina o'tib kelganligi, xalq og'zaki ijodining mahsuli bo'lganligi uchun Paremiologiya tilda mavjud bo'lgan turli xildagi barcha iboralarni o'rganadi, frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat ko'chma ma'noli turg'un birikmalarni o'rganadi. Shu jihatdan bu ikki bo'lim o'zaro farqlanadi. O'rganish obyektining deyarli bir xilligi, ya'ni bir necha so'zdan tashkil topgan turg'un, barqaror birikmalarni tekshirishi va o'rganishi paremiologiya bilan frazeologiyaning o'xshash, umumiy tomoni hisoblanadi Paremalarni to'plash, ularni o'rganish Mahmud Koshg'ariy («Devonu lug'otit-turk») va Gulxaniy («Zarbulmasal») zamonlaridan to hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda.

Maqollarni chuqurroq o'rganish va ularning turli tillardagi milliy-ma'daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks ettirishi orqali qiyoslab o'rganish, ularning o'xshash va farqli jihatlarini solishtirgan holda muqobil tarjimalarini yaratish va shu yo'l bilan muayyan til egalarining madaniyati bilan tanishish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo'lib kelmoqda. Qiyoslab o'rganadigan bo'lsak, dunyodagi barcha tillar o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin va aynan shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratib turadi. Lekin shu narsa aniqki, o'zga tilni o'rganuvchilar o'ziga begona bo'lgan bir tilni o'z ona tili va shu til o'rtasidagi ma'lum bir bog'liqlik yoki o'xshashlik asosida o'zlashtiradi. Bu tillar ma'lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Jumladan, grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksional kategoriyalar yoki ma'lum bir lisoniy belgilar ikki yoki undan oshiq tilni bir biri bilan bo'glab turadi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta'minlaydi. Shu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan o'ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik va farqli jihatlar mavjud. Shu haqda G. L. Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya'ni bir xil yoki o'xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni ta'minlaydi va ko'p holatlarda alohida mantiqiy ma'noga ega bo'ladilar. Bundan kelib chiqadiki, maqollar olami dunyo sivilizatsiyasi bilan bog'liqdir, uni faqat bir millatga tegishli deyish mutlaqo noto'g'ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi bolib, u maqollardagi o'xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi. Ba'zan bu o'xshashlik hattoki qarindosh bo'lmagan tillarda, ularning turlicha tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi. Shunday ekan

April 23-24, 2024

767

maqollarni o'rganish nafaqat xalq og'zaki namunasi sifatida adabiyot fanining balki tilning eng muhim birligi sifatida tilshunoslikning shu bilan birga o'ziga xos xususiyatlari bilan etnografiya tarix kabi fanlarning ham o'rganish obyekti hisoblanadi. Bu borada paremiologiyaning ahamiyati beqiyosdir. Inson leksikoni asosida turli qarashlar milliy madaniy qadriyatlarni ifodolovchi ma'noga ega so'z va iboralar mavjud. So'zlarning bu xususiyati faqatgina boshqa til bilan solishtirilganda namoyon bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki xalq og'zaki ijodi asosida avloddan avlodga o'tib kelayotgan turg'un birikmalar universallik bilan bir qatorda xususiylik farqlilikni ham ifodalaydi. Ma'lum bir tildagi o'zgarmas iboralarning boshqa bir tildagi tarjimasi yoki aynan muqobilini topish yoki ikki tildagi bir xil ma'noli birikmalarning farqli jihatlarini o'rganib tahlil etish bugungi kun tilshunosligining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi

Zamonaviy tilshunoslikda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar natijasida paremiologik birliklarning xilma xil aspektlari, strukturaviy jihatlari, lingvokulturologik xususiyatlari o'rganilmoqda. Eng muhimi, maqollarning lisoniy mavqei oshib ilarning yondosh hodisalarga munosabati xususan maqol va ibora maqol va matal orasidagi munosabatlar maqollar tipidagi paremalar tahlillari tilning so'z boyligi va uning imkoniyatlarini ochib bermoqda va aynan shu yo'nalishdagi ilmiy izlanishlar tadqiqotimizning ushbu qismi uchun asos bo'ldi.

REFERENCES

1. Berdiyorov X., Rasulov R. O'zbek tilining paremiologik lug'ati. -T:O'qituvchi,1984 -288b

2. Rahimova Z. Frazema va Parema munosabati masalasi. - An'anaviy respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari.- №4 Andijon. 2014. - 73b

3. G'aniyeva Sh. O'zbek frazeologizmlarining struktur-semantik tadqiqi. - T: fan. 2013.

4. Bayonxanova I.F. Paremiyalarning turli tizimdagi tillarda umumiy xususiyatlari.-SamDChTI,2014

5. Gadoeva M.I. (2021). The Expression of Somatizms in English and Uzbek Proverbs "ONLINE - CONFERENCES&Quot; PLATFORM, 36-41.

6.

7. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - Toshkent.: O'qituvchi, 1990. - 304 b.

8. Gadoyeva M.I. Ingliz va o'zbek tillarida somatizmlarning semantik-pragmatik tadqiqi (Folklorning kichik janrlari misolida) f.f.d.(Dsc) diss.- Buxoro. 2022. - 236 b.

April 23-24, 2024

768

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.