SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
ASLIYAT USLUBINING FRAZEOLOGIZMLARNI QO'LLASHDA
NAMOYON BO'LISHI
Zuhriddinov Biloliddin Xiloliddin o'g'li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti stajyor-o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ma 'lumki, badiiy asarlarni bir tildan ikkinchi tilga o 'girishda erkin birikmalarni tarjima qilish qiyinchilik tug'dirmaydi. Aksincha, ko'chma ma'noda qo'llanilgan turg'un birikmalarni, ayniqsa, frazeologik birliklarni tarjima qilish qiyin kechadi. Tilning leksik birliklariga nisbatan birmuncha murakkab tarkibli lisoniy vositalari bo 'Imish frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish tarjima amaliyotining o'ta murakkab va, shu bilan birga, juda mas'uliyatli masalalaridan hisoblanadi. Chunki frazeologik birliklar nutqning badiiy-tasviriy vositalari sifatida fikrning oddiy, betaraf bayonidan ko 'ra ko 'proq turli-tuman uslubiy vazifalarni ifoda etishda ishtirok etadilarki, ularning ushbu vazifalarini hisobga olgan holda, ularni tarjimada bejirim talqin etishga intilish badiiy asarning obrazli hamda hissiy tasviriy qiymatini qayta yaratish yo'lidagi jonbozlik bilan chambarchas bog'liqdir. Frazeologik birliklarni tarjima qilishning o 'ta murakkab amaliy jarayon ekanligi asosan mazkur birliklar tabiatiga - ularning leksik, semantik va qurilish jihatlaridan murakkabligiga vobastadir. Boz ustiga, talay frazeologizmlar milliy xususiyatga egadirlarki, bu hol ham tarjimonlar oldiga qator amaliy qiyinchiliklarni ko 'ndalang qilib qo 'yadi.
Kalit so'zlar. Deyimler, atasözler, frazeologik birlik, realiya,
Frazeologik birliklar millatning ruhi, mentaliteti, turmush tarzini namoyon qiladi. Shunga muvofiq, asl nusxa va tarjima tillaridagi frazeologik birliklarning o'ziga xos xususiyatlarnini qiyosiy o'rganish, ular orasidagi mazmuniy-uslubiy muvofiqlik holatlarini aniqlash va tarjima jarayonida ularning birini ikkinchisi vositasida talqin etish yo'llari va imkoniyatlarini belgilash to'laqonli tarjima yaratish uchun zamin hozirlaydi.
"...Turkiy tillarda arabchadan o'zlashgan mesel, sav, tabir, durub-i emsal atamalari bilan nomlangan maqol va iboralarda turkiy xalqlarning tarix mobaynida to'plangan hayotiy tajribasi, falsafiy o'z aksini topgan. Hozirgi turk tilida maqollar atasözleri, iboralar esa deyimler deb ataladi."1
:Hamidov X. Maqol va idiomalar tarjimasi muammolari. Monografiya. - Toshkent, 2017. - B.86.
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
Tilning lug'at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biri iboralardir. Ikki va undan ortiq so'zlardan tarkib topgan va yaxlit bir ko'chma ma'noni ifodalaydigan, ta'sirchanlikka ega bo'lgan til birligi ibora (frazeologik birlik) deyiladi.
Odatda erkin birikmalami tarjima qilish muammo tug'dirmaydi. Agar erkin birikmalardagi so'zlardan biri ko'chma ma'noda qo'llansa, uni tarjimada berish qiyinlashadi. Ingliz tilida iboralarning bir nechta turi mavjud bo'lib, ularning har birini tarjima qilishda alohida yondashuv talab etiladi. Birinehi turdagi so'z birikmasi sifat+ot turi. Ularning semantik strukturasi bir-biridan katta farq qiladi. Bu birikmada qo'llangan otning xususiyatini va sifatini belgilaydi. Agar ingliz tilidagi "free educational institution" birikmasida free so'zi institution so'zi bilan aloqasi yo'q, bu degani ba'zi hollarda sifatlar otning xususiyatlari va sifatidan tashqari u bilan bog'liq tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. Yana bir misol. Ingliz tilidagi "a medical man" birikmasini tarjima qilishda "a stout person" birikmasini tarjima qilishda qo'llangan usuldan foydalanib boMmaydi. Ingliz tilidagi "a stout person" o'zbek tiliga "toladan kelgan yoki semiz odam" deb tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi " a medical man" birikmasini o'zbek tiliga tarjima qilishda so'zmaso'z tarjima to'g'ri kelmaydi. Bu yerda ikki so'z bitta ma'noni ifodalaydi va u "shifokor" deb o'giriladi. 0 'zbek tilida ham bunday bitta ma'noni ifodalovchi birikmalami ko'plab uchratish mumkin. Masalan, "tog' qo'yi", "malla sochli", " devor soati" va hokazo. Bir otni bir necha sifat aniqlab kelishi mumkin bo'lgan hollar ham uchraydi. Bunda aniqlanmish bo'lib ot kelishi mumkin. Masalan, "temir xotin", "ichkari uy kaliti" kabilar.
"Frazeologik birliklarni tarjima qilishning o'ta murakkab amaliy jarayon ekanligi asosan mazkur birliklar tabiatiga, ularning leksik, semantik va qurilish jihatlaridan murakkabligiga vobastadir. Boz ustiga, talay frazeologizmlar milliy xususiyatga egadirlarki, bu hol ham tarjimon oldiga bir qator amaliy qiyinchiliklarni qo 'yadi."2
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Asl nuxsa va tarjima tillari frazelogizmlarining tabiatini qiyosiy o'rgangan holda, ular orasidagi mazmuniy-uslubiy muvofiqlik holatlarini aniqlash va tarjima jarayonida ularning birini ikkinchisi vositasida talqin etish yo'l va imkoniyatlarini belgilash to'laqonli tarjima yaratish uchun zamin yaratadi. Frazeologik birliklarni tarjima qilishda ular asosida mujassamlashgan obrazning barhayot yoki siyqaligini oydinlashtirishning ham tarjima tilida asl nusxadagi lisoniy birliklarga mazmun va uslub jihatlaridan mos til vositalarini tanlashda ahamiyati katta. Obrazliligi ochiq-oydin ko'zga tashlanib turadigan frazeologizmlarning muqobil lisoniy vositalar
2MycaeB K. Tap^HMa Ha3apuacH acocnapu. flapc^HK - TomKem-: OaH, 2005. - B. 113.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
yordamida o'girilishi asl nusxa mazmuniy-uslubiy jihatdan xususiyatining tarjimada qayt yaratilishini ta'minlaydi. Ammo ba'zan obrazliligi ma'lum darajda xiralashib qolgan frazeologizmlarning o'zidek xususiyatiga ega lisoniy vositalar orqali emas, balki obrazliligi barhayot barqaror birikmlar yordamida yoki, aksincha, obrazliligi ochiq-oydin ko'zga tashlanib turadigan frazologizmlarning ushbu xususiyati so'nibroq qolgan lisoniy vositalar orqali adekvat talqin etilishining guvohi bo'lamizki, bunday xollarda ikki til birliklari o'rtasidagi pragmatik muvofiqlik moslashtiruvchi vositalar qo'shish yo'li bilan vujudga keltiriladi.
Ibora tuzilishiga ko'ra so'z birikmasiga o'xshab ketsa ham nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi. U so'z birikmasi kabi har gal nutqning o'zidagina yuzaga kelmaydi. Til birligi sifatida nutqqacha tayyor holda mavjud bo'ladi. Shunga ko'ra iboralar turg'un so'z birikmasi deb ham yuritiladi. Masalan, o't bilan o'ynashmoq (alevle oynamak), yaraga tuz sepmoq (yarayi yenilemek), ko'zlariga ishonmaslik (gôzlerine inanmamak), tomdan tarasha tushganday (aniden), ko'zdan kechirmoq (gôzden geçirmek).
So'z birikmasining tarkibidagi so'zlar o'z leksik ma'no mustaqilligini saqlagan bo'ladi. Iboraning tarkibidagi so'zlar esa o'z leksik ma'nosi bilan qatnashmaydi, ma'nosini yo'qotgan bo'ladi. Ba'zan ibora so'z birikmasi bilan teng kelib olishi mumkin. Bunday holatda ibora turg'un birikma sifatida erkin birikma bilan omonimik holatda bo'ladi.
Frazeologik birliklar bir tildan ikkinchi tilga asosan to'rt xil yo'l bilan asliyat tilidagi birlikka komponentlar tarkibi, grammatik qurilishi hamda ma'no va uslubiy vazifasi mos ekvivalentlar, boshqa hossalari farq qilgani holda, ma'no va uslubiy vazifasi o'xshash muqobil variantlar, qal'qa usulida va tasviriy yo'sinda tarjima qilinadilar.
Frazeologik mos kelishlaming asosiy turlari quyidagilardir:
1. To'liq moslashish.
2. Qisman moslashish, ular obrazlilik jihatidan yaqin, lekin leksik tuzilishi, sintaktik kelishuvidan va so'zlar tartibi jihatidan farqlanadi.
3. Moslashishning bo'lmasligi. Наг xil tillarda ko'p frazeologik birliklarning frazeologik moslashuvi mavjud emas. Ular realiyadir. Realiyalar leksik birlik boiib, insonlar hayotidagi milliy urf-odatlar va ularga xos bo'lgan hodisalami anglatadi
Asosan, bir tildagi frazeologik birlikni yana boshqa bir tillarda ekvivalenti bo'lishi, bu o'sha xalqlarning yashash tarzi,turmush sharoitlari va urf-odatlarida mushtaraklik borligidan dalolat beradi. Frazeologik birliklar ham boshqa til vositalari kabi turli-tuman umuminsoniy fikr bayon qilish me'yorlari asosida vujudga keladi va ularning negizida bir xil hayotiy tajribaga asoslangan tushunchalar yotadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
Har qanday asarning o'ziga xosligi, dastavval, uning mazmunida va asarning tilida ko'rinadi. Asarning haqiqiy mazmunida ifodalangan milliy o'ziga xoslikni berish tarjimonga unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Asarning tilida ifodalangan milliy ruhni berish esa haqiqatan ham qiyin ish. Chunki, asar qaysi xalqning hayoti bilan chambarchas bog'liq, shu xalqning fikr tarzini aks ettiruvchi idomatik iboralarga, frazeologik birliklarga boy bo'lib, ular o'z navbatida yozuvch uchun asarda xalq tilini ifodalovchi asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Haqiqatan ham ma'lum bir ma'noga ega bo'lgan, biror hodisani obrazli hamda hajviy ifoda qiladigan maqollar ma'lum bir xalqning turmushini aks ettiradigan hikmatli so'z bo'lib, xalq og'zaki ijodining ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Hikmatli so'z yoki idomatik iboralarni tarjima qilishda xalqning hayotini aks ettirish uchun keltirilgan fikrlarni berish juda muhimdir. Har bir maqolda, biz, o'sha xalqning qiyofasini ko'rar ekanmiz, endi bu qiyofani butun go'zalliklari bilan ikkinchi xalqni tanishtirish xayrli va jiddiy ishdir. Chunki, his-tuyg'ular o'z ifodasini topgan obrazli iboralarni bir tildan ikkinchi tilga o'girish tarjimondan juda ko'p mehnat talab qiladi. Tarjima qilingan maqol o'z qimmatini yo'qotmaydi, aksincha, boshqa bir xalq uchun katta hayotiy va ma'naviy-tarbiyaviy qimmatga ega bo'ladi. O'girmada mumkin qadar birikmaning aniqroq, asl nusxa ma'nosiga yaqin muqobilini topishga harakat qilish lozim. Asl nusxaning badiiy to'laqonligini berish uchun tarjimon maqolning o'ziga xos belgilarini ilg'ab olishi, unga mos keladigan muqobillarini topishi, eng asosiysi, tarjimon maqolning milliy ruhini saqlashi lozim. Shu o'rinda K.Chukovskiyning quyidagi so'zlarini eslash kifoya: "Agar tarjima asari faqat so'zning ma'nosini bersa, u holda uning sehri yo'qolib, san'at asari bo'lmay qoladi. So'z zamirida yotgan obrazlar, bo'yoqlar, tuyg'uni, hissiyotning alangasini ham, aql o'yinini ham, asarning butun go'zalligini -hamma-hammasini olib bergandagina tarjima asarining sehri, san'at asari ekanligi bilinadi". Demak, tarjimada so'zlarning zamirida yotgan ma'noni ochib berish katta ahamiyatga ega ekan.
Tarjimon o'girayotgan asarining faqatgina asosiy g'oyasini, muallif uslubinigina emas, balki personajlar tilining milliy xususiyatlarini ham to'la-to'kis ochib berishlari kerak. Obrazlar nutqidagi milliy ruhni saqlab qolish tarjimonning eng muhim vazifalaridan biridir. Agar asl nusxadagi barcha milliy belgilar o'chirib yuborilsa, tarjima qilinayotgan asar o'z qiyofasini yo'qotadi, uning obrazlari asar ruhini belgilamaydi. Bunday tarjimondan kitobxon asarning muallif va voqealari haqida, personajlar va voqea sodir bo'layotgan joy haqida to'liq tasavvurga ega bo'lmaydi.
Tarjimaning ba'zilari muvaffaqiyatli chiqishi yoki aksariyat qismida kamchiliklar kuzatilishi tarjimonning mohirligiga, ikki tilni qay darajada mukammal
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
egallaganiga bog'liq hodisadm Taqima - ijodiy fikriashni rivojlantirishga, tadqiqotchilik faoliyatini egallashga qaгatilgan mustaqil ishlami bajaгish o^ali taqima asaг mohiyatini ochish, tahlil qilishdan iboгatdiг. ham, taqimada ham badiiy tasviï vositalaгi va so'z tanlash muammosi kuchli mahoгat talab qiladi. Adib asar yaгatayotganda qanday so'z ishlatsam ekan, deb maxsus o'ylab o'tiгmaydi. Xayolda paydo bo'lgan fikmi o'sha zahotiyoq aniqгoq qilib qog'ozga tushiradi. Taqimada esa vaziyat o'zgacharaq. Taqimon asami boshqa tilda qayta yaгatish uchun muallifning fikrini uzoq vaqt pishitadi, o'ziga singdirib oladi, keyin matn haгakteгiga qarab so'z tanlaydi, bu so'zlaг ma'nosi, jarangdorligi, shakli, uslubiy muqobilligi, asl nusxadagi fikmi iloji boricha to'laraq ifodalashi tashvishida yonadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Hamidov X. Maqol va idioma^ taгjimasi muammolari. Monografiya. -Toshkent, 2017. - B.86.
2. Мусаев К. Таржима назарияси асослари. Дарслик - Тошкент: Фан, 2005. -
3. Alimbekov A. Taгix va badiiy haqiqat//jahon adabiyoti, 10-son. - Toshkent, 2005. - B. 34-41.
4. .Aminova L. Trn-k yozuvchisi Yashaг Kamol asariarida badiiy mahoгatmasalalaгi, - fil.fan.nom.diss. -Toshkent, 2003. - 1S7 b.
5. Baho^^'g^i Ya. Xo^m o't ichida. - Toshkent: O'zbekiston, 2003. - 346 b.
6. Hamidov X. O'zbekchadan tokchaga nasriy tagima muamшolaгi. - Toshkent,
7. Hamidov X. Maqol va idioma^ taqimasi muamшolaгi. - Toshkent. 2017. -
S. Hamidov X. Badiiy taqimada so'z tanlash muammosiga doiг. - Toshkent: ToshDSHI, 2013. - 167 b.
9. Hamidov X, O'zbek tok tagimachiligining dolzaгb muaшшolaгi(1991-2017). Abdulla Qodiriy asaгlaгi tuгk tilida.- Toshkent, 2019. - 246 b.
B. 113.
2014. -
137 b.