Научная статья на тему 'TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASI'

TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
846
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologik birliklar / somatik so‘zlar / o‘simliklar / gullar / tabiat hodisalari / hayvon nomlari / zookomponentli frazeologik birliklar / zoonym / zoofrazeologizmlar. / phraseological units / somatic words / plants / flowers / natural phenomena / names of animals / zoo-component phraseological units / zoonym / zoophraseological units.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Salimova, Zebo Rustam Qizi

Mazkur maqolada turk tilida xarakterni amglatuvchi zoofrazeologizmlar semantikasi masalasi muhokama qilingan. Zookomponentli frazeologik birliklar inson va hayvonlarning uzoq ming yillik munosabatlari natijasida rivojlangan. Bugungi kunda ham inson faoliyatining aksariyat sohalari, xususan, qishloq xo‘jaligi, sanoat, sport, ilm va h.k. hayvonlar bilan bog‘liqdir. Inson – hayvonot dunyosi munosabati tilga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lib, tilning leksik fondidagi zoonim komponentli iboralar guruhi shakllantirgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTICS OF CHARACTERISTIC ZOOFRAZEOLOGY IN TURKISH

This article discusses the semantics of zoophraseology in Turkish. Zoo-component phraseological units arose as a result of a long-term millennial relationship between humans and animals. Even today, most spheres of human activity, especially agriculture, industry, sports, science, etc., are related to animals. The relationship between man and animal also influenced the language, forming a group of phrases with a zoonymic component in the lexical fund of the language.

Текст научной работы на тему «TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASI»

Scientific Journal Impact Factor

TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR

SEMANTIKASI

Salimova Zebo Rustam qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Turk filologiyasi"kafedrasi o'qituvchisi

E-pochta: [email protected] ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada turk tilida xarakterni amglatuvchi zoofrazeologizmlar semantikasi masalasi muhokama qilingan. Zookomponentli frazeologik birliklar inson va hayvonlarning uzoq ming yillik munosabatlari natijasida rivojlangan. Bugungi kunda ham inson faoliyatining aksariyat sohalari, xususan, qishloq xojaligi, sanoat, sport, ilm va h.k. hayvonlar bilan bog'liqdir. Inson - hayvonot dunyosi munosabati tilga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lib, tilning leksikfondidagi zoonim komponentli iboralar guruhi shakllantirgan.

Kalit so'zlar: Frazeologik birliklar, somatik so'zlar, o'simliklar, gullar, tabiat hodisalari, hayvon nomlari, zookomponentli frazeologik birliklar, zoonym, zoofrazeologizmlar.

АННОТАЦИЯ

В этой статье обсуждается семантика зоофразеологии в турецком языке. Зоокомпонентные фразеологизмы возникли в результате долгих тысячелетних отношений между людьми и животными. Даже сегодня большинство сфер человеческой деятельности, особенно сельское хозяйство, промышленность, спорт, наука и т. Д. относящиеся к животным. Отношения человека и животного также оказали влияние на язык, сформировав группу фраз с зоонимическим компонентом в лексическом фонде языка.

Ключевые слова: фразеологические единицы, соматические слова, растения, цветы, явления природы, названия животных, зоокомпонентные фразеологизмы, зооним, зоофразеологизмы.

ABSTRACT

This article discusses the semantics of zoophraseology in Turkish. Zoo-component phraseological units arose as a result of a long-term millennial relationship between humans and animals. Even today, most spheres of human

226

activity, especially agriculture, industry, sports, science, etc., are related to animals. The relationship between man and animal also influenced the language, forming a group ofphrases with a zoonymic component in the lexical fund of the language.

Keywords: phraseological units, somatic words, plants, flowers, natural phenomena, names of animals, zoo-component phraseological units, zoonym, zoophraseological units.

KIRISH

Frazeologik birliklar ifodalanishi va tuzilishiga ko'ra turli guruh va bo'limlarga ajratib o'rganiladi. Frazeologizmlar tarkibida turli komponentlar, xususan, somatik so'zlar, o'simliklar, gullar, tabiat hodisalari, hayvon nomlari va h.k. ishtirok etadi. Zookomponentli frazeologik birliklar nutqda faolligi jihatidan somatik frazeologizmlardan keyingi o'rinda keladi. Zookomponentli frazeologik birliklar inson va hayvonlarning uzoq ming yillik munosabatlari natijasida rivojlangan. Bugungi kunda ham inson faoliyatining aksariyat sohalari, xususan, qishloq xo'jaligi, sanoat, sport, ilm va h.k. hayvonlar bilan bog'liqdir. Inson - hayvonot dunyosi munosabati tilga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan bo'lib, tilning leksik fondidagi zoonim komponentli iboralar guruhi shakllantirgan. Zoonim komponentli iboralar antroposentrik xususiyat bilan xarakterlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Zoofrazeologizmlar tarkibida it, mushuk, qo'y, ot, ho'kiz, sigir, echki, tuya, tovuq kabi uy hayvonlari; tulki, quyon, yo'lbars, ayiq, bo'ri, sher, to'ng'iz singari yovvoyi hayvonlar; ilon, toshbaqa kabi sudralib yuruvchilar; sichqon, olmaxon singari kemiruvchilar; qushlar; suvda yashovchilar; hamda hasharot nomlarini bildiruvchi zoonimlar ishtirok etadi. Zookomponentli frazeologik birliklar ma'nosi bilan tarkibidagi so'zlarining ma'nolari orasidagi munosabatga ko'ra frazeologik chatishmalar va frazeologik butunlikka ajratiladi. Frazeologik chatishmalarning umumiy ma'nosi ularni tashkil qilgan komponent so'zlar ma'nosiga umuman mos kelmaydi. Frazeologik butunlikning ma'nosi tarkibidagi so'zlarining ma'nosi asosida izohlanadi.

Inson obrazini ifoda etuvchi frazeologik birliklarni tanlash insonning xarakteri, ularning tadqiqotiga ko'ra, zamonaviy tilshunoslikda antropotsentrik paradigma rivojlanishining natijasidir. Insonni tavsiflovchi frazeologik birliklar uning turli xil xususiyatlarini, fazilatlarini chaqiradi, ular katta faollikka ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

227

Zoofrazeologizmlar tarkibida uy hayvonlari: it, mushuk, qo'y, ot, ho'kiz, sigir, echki, tuya, tovuq; yovvoyi hayvonlar: tulki, quyon, yo'lbars, ayiq, bo'ri, sher, to'ng'iz; sudralib yuruvchilar: ilon, toshbaqa; kemiruvchilar: sichqon, olmaxon; qushlar: chumchuq, qarg'a, bulbul, bedana, mayna, g'oz, o'rdak, tovus; suvda yashovchilar: baliq, qurbaqa; hasharotlar: pashsha, chivin, bit, burga, ari va h.k. zoonimlar ishtirok etadi. Turkiy tillardagi "zookomponentli frazeologik birliklar jismoniy sifat, tashqi ko'rinish, xarakter belgilari, intellekt, inson faoliyati kabilarni aks ettiradi". Ot, tuya, qo'y, mushuk, it, sigir kabi hayvonlarning xonakilashtirilishi turkiy xalqlar leksikasida ijobiy ma'no belgilarini o'zida aks ettiruvchi frazeologik birliklarning ifoda va mazmun jihatidan boyishida yanada muhim bir omil b o'ldi. Turk va o'zbek tillaridagi zoonim komponentli iboralarning semantik guruhlari Turk va o'zbek tillaridagi zoonim komponentli iboralarni semantik jihatdan uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga shakl va mazmun jihatidan to'liq muqobil iboralar kiradi. Mazkur guruhdagi frazeologik birliklar turk va o'zbek lingvomadaniyatida bir xil vaziyatlarda qo'llaniladi. Bunday iboralarda milliy kolorit farqlari kuzatilmagani uchun ham ularni tarjima qilish qiyinchilik tug'dirmaydi. Zero, ularning aksariyati ayni manbadan o'sib chiqqan bo'ladi. Bu o'rinda S.Vlaxov va S.Florinlar ta'kidlaganidek, ikki qiyoslanilayotgan tildagi frazeologizmlarda to'liq ekvivalentlik namoyon bo'ladi1

Turkcha iboralar o'zbekcha birliklar bilan taqqoslaganda "deve yapmak"-birovning pulini, molini o'zlashtirmoq, ya'ni "tuya ko'rdinmi- yo'q"; "deveyi havutuyla yutmak" tuyani yutib, dumini ko'rsatmoq har qanday katta (ko'p) narsani ham o'zlashtirib, undan nishon, iz qoldirmaslik; "ku§ uykusu"- qush uyqusi biz zumlik uyqu, "tav§an yurekli" -quyon yurak o'ta qo'rqoq, jur'atsiz, "sagmal inek"-sog'in sigir, ma'lum miqdordagi mablag' bilan muntazam ta'minlab turadigan manba, "arinin yuvasina (inine) fomak sokmak"- arining inini to'zitmoq, xavfli odamni gij-gijlab o'ziga hujum qilishiga yo'l qo'ymoq, "sifan deligi bin altin"- sichqonning ini ming tanga bo'ldi, qochib qutulgani joy topolmay qolmoq kabi o'xshash va aynan mos keluvchi iboralar ko'pdir. Bu esa o'zbek va turk tillarining o'zaro yaqin tillardan kelib chiqqanligi asosidadir.

Rus va ingliz, rus, nemis va boshqa tillar materiallari bo'yicha insonning xarakterini tavsiflovchi frazeologik birliklarni o'rganishga bag'ishlangan bir qator

1 Turkcha-o'zbekcha zookomponentli to'liq muqobil frazeologik birliklar: 1 Сакаева Л.Р. Сопоставительный анализ фразеологических единиц антропоцентрический направленности (на материале русского, английского, таджикского и татарского языков). Автореф... докт. филол. наук. -Уфа, 2009. -С. 11. Исмоилов F. Зоокомпонентли фразеологик бирликларнинг этномаданий хусусиятлари // Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. №7. -Тошкент: 2013. -B. 98.3. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. -М., 2005. -C.184.

228

taqqoslash ishlari mavjud, ammo hozirgi kungacha turk va o'zbek tillarida, xususan, tarkibiy qism jihatidan odamning fe'l-atvorini ifodalaydigan frazeologik birliklarni monografik qiyosiy tadqiqoti olib borilmoqda. Ushbu ikkala tilda ham odamning xarakterini tavsiflovchi juda ko'p frazeologik birliklar topilgan, ularning aksariyati yuqori darajada baho berish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, turk va o'zbek xalqlarining doimiy ravishda kengayib boradigan aloqalari mazkur tillarni faol ravishda o'zaro o'rganish, eng yangi va zamonaviy tillarni o'rganish usullarini yaratish, turli darsliklar, lug'atlar, ma'lumotnomalar yaratish imkonini bermoqda.

O'rganilayotgan frazeologik birliklarni tahlil qilishda funktsional-parametrik yondashuvga asoslanib, turk-o'zbek tillarining frazeologik birliklari, inson xarakterining turli xususiyatlarini anglatuvchi, semantik, strukturaviy-grammatik, uslubiy va milliy-madaniy jihatlar mavjudligi ko'rib chiqildi. Komponentlarni tahlil qilish jarayonida birinchi marta odamning fe'l-atvorining namoyon bo'lishini hisobga olgan holda semantik tarkibiy qismlar aniqlandi, yagona "xarakter" frazemosemantik maydonini tashkil etadigan frazemosemantik kichik guruhlarning barcha xususiyatlari batafsil ko'rib chiqilgan. Rus va xitoy frazeologik birliklarining strukturaviy va grammatik tuzilishini o'rganishda birinchi marta dominant tarkibiy qismdan turli xil morfologik iboralar, frazeologik birliklarning sintagmatik tuzilishi, grammatik tuzilish tabiati, sintaktik munosabatlarni ifoda etish usuli va qaram tarkibiy qismning dominantga nisbatan joylashishi bilan frazeologik birliklarni har tomonlama tahlil qilish amalga oshirilgan. Ushbu yondashuv tufayli har ikkala tilga xos bo'lgan, shuningdek faqat turk tiliga yoki faqat o'zbek tiliga xos bo'lgan frazeologik birliklarning saflari va turlari aniqlandi va turk, o'zbek tillarining tillararo frazeologik ekvivalentlari aniqlandi. Komponent tahlillari odam xarakterining namoyon bo'lishini inobatga olgan holda semantik tarkibiy qismlarni ajratib ko'rsatishga imkon berdi, bu "xarakter" yagona frazemosemantik maydonini tashkil etadigan frazemosemantik kichik guruhlarning barcha belgilarini batafsil ko'rib chiqishga imkon berdi. Frazeologik birliklarning konnotativ ma'nosini o'rganish frazeologik birliklarni hissiyot nuqtai nazaridan to'liqroq tekshirishga imkon berdi.

Xarakterni tushunish frazeologik birliklarni tanlash uchun asos bo'lib, izlanishlar natijasida yagona "fe'l-atvor" frazeologik semantik maydoni sifatida ko'rib chiqildi. Shaxsning fe'l-atvorini anglatuvchi frazeologik birliklar o'zlarining semantik tarkibida xuddi shu nomni o'z ichiga oladi, shu asosda turk va o'zbek tillarida "inson xarakteri" iborasi shakllangan.

Frazeologik birlikning semantik tuzilishi makrokomponentlarning murakkab bloki shaklida taqdim etiladi: 1) denotativ komponent, 2) grammatik komponent, 3)

229

Scientific Journal Impact Factor

o

baholovchi komponent, 4) motivatsion komponent, 5) stilistik komponent, 6) milliy va madaniy komponent. Semantikaning barcha tarkibiy qismlari birgalikda frazeologik birlikning semantik tuzilishini ifodalaydi, har bir FSGni semantik tahlil qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Ushbu tadqiqotlar bilan yaqindan tanishilsa, yanada ko'proq ma'lumotlar jamlanganini ko'rishimiz mumkin.

Ikkinchi guruhga turkcha zoonim komponentli iboralarga o'zbekcha boshqa zoonim komponenti mos kelgan frazeologik birliklar kiradi. Bu guruhdagi iboralarning shaklanishida har ikkala xalqning o'ziga xos hayvonot olami muhim o'rin egallagan. Ular quyidagilardan iborat: Turkcha FB O'zbekcha FB larning ma'nolari "eski kurt"- qari tulki tajribali, ishiga puxta odam, "horoz akilli"- tovuq miya ahmoq, "kurtlarini dökmek"- biti to'kildi, sog'ingan ishini qilib xumordan chiqmoq, "ku§ kadar cani olmak"- chivindek joni bor, juda kichkina, kuchsiz odam, "uçan ku§a borcu olmak"- itdan suyak qarz, qarzi juda ko'p, "pireyi deve yapmak"-pashshadan fil yasamoq mubolag'a qilib, bo'rttirib yubormoq.

Shuningdek, kishi bir ishni to'g'irlash, o'z ishini bitirish yo maqsadini amalga oshirish uchun boshqalarga kalandimog'lik qilib "eshakni tog'a deyishi" turk tilida "Ayiya dayi demek" iborasi bilan ifodalanadi. Bunda ham hayvonlar boshqa-boshqa, lekin ma'no ham, maqsad ham bir.

Uchinchi guruhni turkcha zoonim komponentli iboralarga o'zbek tilidagi tarkibida zoonim ishtirok etmagan, biroq mazmunan muqobil bo'lgan frazeologik birliklar tashkil qiladi. Bunday frazeologik birliklarni har ikki lingvomadaniyat vakillarining olam manzarasini o'ziga xos milliy obrazlarda aks ettirganligi bilan izohlash mumkin. Ushbu guruhdagi iboralarni tarjima qilishda tarjimon asliyat matniga va millatning ruhiga mos keladigan boshqa signifikativ alternantlar topishi lozimdir: Turkcha "geyik etine girmek" -bo'yi yetmoq (qizlarning) yoshi oila qurish darajasiga bormoq, "öküzün altinda buzagi aramak"- tirnoq ostidan kir qidirmoq, yomon niyat bilan ayb, xato-kamchilik topishga harakat qilmoq, "e§ege gücü yetmeyip semerini dövmek"- yomonning kuchi yapaloqqa yetmoq, kuchli odamlarga biron narsa qila olmay, alamini kuchsizlardan olmoq, "köpeksiz köyde çomaksiz gezmek"- o'zi xon, ko'lankasi maydon, kim nimani xohlasa, shuni qilmoq, "tavçana kaç, taziya tut demek"biringga arpa, biringga bug'doy, ikki qarama qarshi tomonni bir-biriga qayrab, gij-gijlamoq ma'nolarida keladi. Zoofrazeologizmlarning ma'nosi bilan tarkibidagi so'zlarining ma'nolari orasidagi munosabatga ko'ra ikki turga ajratish mumkin:

1. Frazeologik chatishmalar. Bunday frazeologik birliklarning umumiy ma'nosi ularni tashkil qilgan komponent so'zlar ma'nosiga umuman mos kelmaydi. Masalan, o'zbek tilidagi "dimog'idan eshak qurti yog'moq"-o'zini boshqalardan yuqori tutmoq ma'nosini anglatadi. Bu yerda eshak yoki qurt haqida gap borayotgani yo'q. Yoki "ammamning buzog'i" frazeologik birligida amma va buzoq so'zlarining lug'aviy ma'nosi umuman unutilib, iborada "landavur, lapashang" ma'nosini yuzaga chiqqan.

2. Frazeologik butunlik. Bu guruhdagi iboralar frazeologik birliklar ham deb nomlanib, ko'pchilikni tashkil qiladi. Ularning ma'nosi tarkibidagi so'zlarining ma'nosi asosida izohlanadi. Masalan, turk tilida "horoz akilli"- o'zbek tilida tovuq miya; eshak miya "ahmoq, esi past", yoki "eski kurt"- qari tulki "tajribali, ishiga puxta" iboralarining komponentlari qisman yoki to'liq ibora tashkil etgan umumiy ma'noni ifodalaydi.

Zookomponentli frazeologik birliklar obyektlari bo'lmish timsollarning bu tariqa o'zaro mosligi tillarda muqoyasaviy umumiylikning mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin, badiiy muqoyasa asosida hosil bo'lgan turk va o'zbek tillari frazeologik birliklariga nazar tashlar ekanmiz, ularning ko'pchiligi muqoyasa obyektlarining o'xshashligiga guvoh bo'lamiz: Biz konuçurken, çube müdürü keyifli keyifli gülüyor: - Bülbül gibi söylüyor Fransizcayi maçallah. Bir Türk kizi için sayani takdir dogrusu, diyordu (Reçat Nuri Güntekin. Çalikuçu, 138). Tarjimasi: "Biz so'zlashib turganimizda bo'lim mudiri nash'a qilib kulardi. - Fransuzchani bulbulday sayraydi-ya, yo olloh! Turk qizi uchun maqtovga sazovor bir fazilat, - deyardi" (M.Ismoiliy tarjimasi. Choliqushi, 138). Yoki: "Deminden beri yukarida talebelerimin vazifelerini tashih ediyordum. Kapi çalindi, Munise açagidan: -Abacigim, misafir geldi, diye seslendi. Taçlikta siyah çarçafli bir hanim geziniyor; yüzü kapali oldugu için tanimadim, tereddütle: - Kimsiniz efendim? diye sordum. Birdenbire ince bir kahkaha koptu; hanim, kedi gibi boynuma siçradi. Megerse Munise imiç" (Reçat Nuri Güntekin. Çalikuçu, 286-287). Tarjimasi: "Uyda o'tirib o'quvchilarimning daftarlarini ko'rayotgan edim. Eshik taqilladi. Munisa pastdan: -Opajon, mehmon keldi, - deb qichqirdi. Tashqarida qora chorshafli bir xotin aylanib yurardi. Yuzi yopiq bo'lgani uchun taniyolmadim. Taraddudlanib: - Kimsiz, afandim? - deb so'radim. Birdan kulgi ko'tarildi. Xonim mushuk singari bo'ynimga tashlandi. Tavba, Munisa ekan! Yaramas qiz meni belimdan ushlab hovlida aylantira boshladi.Hech qo'ymay yuzimni, bo'ynimni o'pa ketdi. Chorshaf kichkinamni bo'yiga yetgan qizga o'xshatib qo'yibdi" (M.Ismoiliy tarjimasi. Choliqushi, 294). Frazeologik birliklarni tarjima qilishda ular asosida mujassamlashgan obrazning barhayot yoki siyqaligini oydinlashtirishning ham tarjima tilida asl nusxadagi lisoniy

231

birliklarga mazmun va uslub jihatlaridan mos til vositalarini tanlashda ahamiyati katta9 . Har ikki tilda ham "takrorlamoq, qaytarmoq, bir gapni hadeb aytavermoq" ma'nosini ifodalash uchun to'tiday o'xshatish etalonidan keng foydalaniladi: Baba m, agzi ali§mi§, her sozun baçinda -Ulan, Ulan be..., -Vay anasini! diye konuçur. Yani dili biraz argoya kaçar. Fatoçda, kimden ne duyarsa papagan gibi tekrarliyor, ne gorurse oyle yapiyor, Fatoç'un babami taklit ederek peltek peltek -Ulan be... -Vay anasini! gibisozler soylemesine bizim evde herkes bayiliyor2 Tarjimasi: Dadamning qiziq odati bor - har ikki gapning birida "ho'v", "voy zang'aryey!" degan bo'lmag'ur so'zlarni ishlatib turadi. Fatosh bo'lsa naq to'tining o'zi, kimdan nimani eshitsa, darrov shuni qaytaradi. U "ho'v falonchi", "voy zang'aryey!" deb chuldirib qolsa, uydagilar o'zlarida yo'q suyunib ketishadi (M. Hakimov tarjimasi. G'aroyib bolalar,157). Muayyan uslubiy maqsadga erishish niyatida yozuvchilar goho zookomponentli frazeologik birliklarni biroz o'zgartirgan yoki ularni to'ldirgan holda qo'llaydilar. Masalan, turli lingvomadaniyatlarda itday, it kabi o'xshatish etalonidan "qopmoq, talamoq", "sadoqatli, vafodor", "akillamoq, irillamoq", "yugurmoq", "izg'imoq, sanqimoq", "ergashmoq", "ishlamoq, mehnat qilmoq", "otmoq, xor qilmoq", "charchamoq", "quturmoq", "yashamoq", "ichmoq" kabi ma'nolarni ifodalash uchun foydalaniladi. Turk va o'zbek tillarida ham aynan shu ma'nolarda ishlatiladi. Quyidagi parchada mazkur o'xshatish qo'tir so'zi bilan birga qo'llanilib, undan "pisib qolmoq" ma'nosini ifodalash uchun foydalanilgan: "Sazlar, çarkilar baçladi. Biz de kafalari çekiyoruz. Garsonlar etrafimizda pervane olmuçlar. Derken arkada bir gurultu koptu. Sarhoçlar birbirlerine girdiler. Onlar biçaklari fora ederken bizim Musa da duduge asildi. O aslan kesilmiç kavgacilar, dudugun bir fiirt etmesiyle uyuz it gibi kuyruklarim kisip oturdular" (Aziz Nesin. Bay duduk, 3). Aziz Nesinning "Bay duduk" hajviy hikoyasi 1969-yilda Miad Hakimov tomonidan "Hushtak afandim" nomi bilan o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'lib, unda ekvivalent komparativ birliklar yordamiga murojaat qilinmagan va uyuz it gibi frazeologik birligi tushirib qoldirilgan. Bu bilan asliyatga teng qimmatli ta'sirchanlik yuzaga chiqmay qolgan: "Bir payt o'yin-kulgi boshlanib ketdi. Rohat qilib o'tiribmiz. Ofitsantlar atrofimizda parvona. To'satdan orqa tomonda shovqin ko'tarildi. Mastalast odamlar yoqa bo'g'ishib ketishdi. Ish pichoqqa borib taqalay deganida, Musa hushtak chalib yubordi. Hozirgina bir-biri bilan sherday olishishib turgan azamatlar churillagan ovozni eshitiboq, dumlarini qisib qolishdi" (Miad Hakimov tarjimasi. Hushtak afandim, 11-12). Mazkur hikoyaning «Janob "hushtak"» nomi bilan 2014-

2 Aziz Nesin. §imdiki Çocuklar Harika, 74. 9 MycaeB K,. Tapwwiwa Ha3apwncM acoc^apw. -TowKeHT: OaH, 2005. -

E. 184.

yilda Xayrulla Hamidov tomonidan amalga oshirilgan tarjimasida Miad Hakimov tarjimasida tashlab ketilgan turli-tuman iboralar, voqealar tasviri, personajlar xususiyatlari asliyatga monand tarzda bekami-ko'st qayta yaratilgan. Asliyatdagi milliy ruh o'zbek o'quvchilariga to'laqonli yetkazib berilgan: "Kazinoda sozlar chalindi, qo'shiq avjida. Biz esa otamlashish bilan ovoramiz. Shinavanda xizmatchilar atrofimizda girdikapalak. Shu payt orqa tomonimizda shovqin ko'tarildi. Shirakayf mijozlardan bir nechtasi janjal boshlashibdi. Bir-ikkitasi pichoq chiqarib, havoda o'ynata boshlaganda, bizning Musa hushtagini qo'liga oldi. "Sheryurak" pahlavonlar hushtak ovozini eshitishlari bilan qo'tir it kabi dumlarini qisishib, bir lahzada "in-inlariga" kirib ketishdi (X.Hamidov tarjimasi. Janob "hushtak" 103). Goho ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos muqobil variantlarning tayanch komponentlarigina bir-birlarinikiga o'xshash bo'lib, boshqa so'zlari farq qiladi. Bunday o'zaro muqobil frazeologik birliklar odatda bir xil voqea-hodisa, harakat-holat, xislat-xususiyatning obrazli yoki his-hayajonli ifodasi uchun yaratilgan bo'lib, bir-birlariga to'la mos keladilar3. Jumladan, turkcha it takimi frazeologik birligining ham, o'zbekcha it yotish mirza turish muqobil variantining ham tayanch komponentlari "it" bo'lib, ikkala lisoniy birlik ham "yashash uchun hech qanday qulayliklar yo'q" ma'nosini obrazli ifodalashga xizmat qilgan: Benim Kazliçeçme'deki odama getirdim oglani. O dört ki§i ilen yatarmiç. Hep it takimi! Rahat etsin oglan, dedim. Sabaha dek inin inim inledi (Sait Faik. Mürüvvet, 156). Tarjimasi: Husayn ijarada haligi to'rt kishi bilan turar, yashashlari "it yotish mirza turish" ekan. Bolani G'ozlichashmadagi uyimga olib keldim. Bir odamday yashasin shu bola, dedim. Tuni bilan og'riqdan qiynalib, ingrab chiqdi, bola bechora (S. Hamidova tarjimasi. Muruvvat, 49).

Zookomponentli frazeologik birliklarni boshqa zookomponentli muqobil frazeologizmlar bilan tarjima qilishda turkcha zoonim komponentli iboralarga o'zbekcha boshqa zoonim komponenti mos kelgan frazeologik birliklar e'tiborga olinadi. Bu guruhdagi iboralarning shakllanishida har ikkala xalqning o'ziga xos hayvonot olami muhim o'rin egallaydi. Turli hududlarda uchraydigan jonivorlar ham goho bir-birlaridan tafovut qiladilar: ular o'zlariga xos xususiyatlari, xatti-harakatlari bilan turli xalqlar nazarida turlicha tushunchalar timsollari sifatida namoyon bo 'lib, xilma-xil muqoyasaviy iboralarning obrazli asoslari tarzida namoyon bo'ladilar. Bu, o'z navbatida, turli xalqlarning ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan o'zaro mos zookomponentli frazeologik birliklari obrazli asoslarining bir-birlaridan farq qilishlariga olib keladi. Masalan: "Geçen mektubumu postaya verdigimin ertesi günü,

3 Мусаев К,. Таржима назарияси асослари. -Тошкент: Фан, 2005. -Б. 196.

233

Tabiat Bilgisi dersindeyken, okul müdürüyle birisi daha dershaneye girdi. Müfetti§mi§, ögretmenimizle bir süre konuçtuktan sonra, Oguz'u derse kaldirdi. Sen Oguz'u tanimazsin. Bizim okula bu yil, dersler baçladiktan sonra geldi; sen buradan gittikten sonra. Taçrada bir okuldaymiç. Sonra îstanbul'a ta§inmi§lar. Daha okula ilk geldigi gün hepimizi §a§irtti. Neden, biliyor musun? Kedi gibi çevik bir çocuk da ondan..." (Aziz Nesin. §imdiki Çocuklar Harika, 53). Tarjimasi: "Anatomiya darsida o'tirgan edik, direktor bir odamni boshlab sinfga kirib keldi. Bilsak, inspektor ekan. Inspektor o'qituvchimiz bilan allanimalarni gaplashib olgach, O'g'iz degan bolani o'rnidan turg'izdi. O'g'izni sen tanimaysan. Sendan keyin kelgan. Ilgari Tashrada turisharkan, shu yili Istambulga ko'chib kelishibdi. Maktabga birinchi kelgan kuniyoq bu bolaga qoyil qoldik. Nimasiga qoyil qoldik, bilasanmi? O'lgudek chaqqon bola ekan. Xuddi maymunning o'zi-ya..." (M. Hakimov tarjimasi. G'aroyib bolalar, 138-139). Yuqorida keltirilgan asliyat parchasida O'g'uzning chaqqonligi, abjirligi "mushuk"ka yani «kedi»ga muqoyasa etilsa, o'zbekcha tarjimada «maymun»ga qiyos etilgan. Chunki "mushuk" o'zbek tilida chaqqonlik, abjirlik obrazini jonlantiruvchi jonivor emas. Aksincha, o'zbek tilida sakrab, irg'ishlab abjir harakatlar qiladigan odamni "maymun"ga o'xshatish keng tarqalgan. Masalan: "Men jo'shib, toshib ketganimda maymunga o'xshab sakrab olmaga chiqaman, shoxlarining uch-uchida loladek qip-qizarib turgan qirmizi olmalarni qoqaman, u teradi" (A.Ko'chimov. Bir juft olma). Demak, tarjimon M. Hakimovning O'g'uzning chaqqonligi, abjirligini aks ettirishda "mushuk" o'rniga "maymun" so'zidan foydalanishi juda o'rinli bo'lgan. Zookomponentli frazeologik birliklarni zookomponentsiz muqobil frazeologizmlar bilan tarjima qilish asliyatda qo'llanilgan frazeologik birlikka ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, adekvatlik ko'p hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos ikki til frazeologik birliklari qator hollarda bir-birlaridan leksik tarkibda yo butunlay, yoki tayanch komponentlaridan boshqa unsurlarda farq qiladilar. Bunday frazeologik birliklar o'zaro muqobillik munosabatida bo'ladi. Moddiy jihatdan farq qiladigan bunday muqobil variantlarning paydo bo'lishi va iste'foda etilishi har bir xalq sohibining muayyan fikrni obrazli yoki hissiy-ta'sirchan tarzda ifoda etishda o'z turmush tushunchalari, urf-odatlari, milliy-falsafiy qarashlari va o'ziga xos ruhiyatidan kelib chiqishlari bilan izohlanadi.4 Masalan: Baçka bir çocuk horoz gibi atildi: -Asil yalanci senin gibisine derler. Benim babam, bikez bile sinifinin ikincisi olmamiç. Hep sinifinin birincisiymiç. Anladin mi sen? (Aziz Nesin. §imdiki Çocuklar Harika, 53). Parchadagi horoz gibi frazeologik birligi

4 Мусаев К,. Таржима назарияси асослари. -Тошкент: Фан, 2005. -Б. 195-196.

234

Scientific Journal Impact Factor

"xezlanmoq", "o'dag'aylamoq" ma'nosini berish uchun qo'llanilgan. Tarjimada mazkur ma'noni ifodalashda xo'rozning bo'ynini cho'zish harakatiga muqoyasalangan bo'ynini cho'zmoq iborasidan foydalanilgan. Qiyoslang: - O'zing ham aldoqchi ekansan. Mening dadam sinfda hecham qolmaganlar. Nuqul a'lo o'qiganlar. Tushundingmi? - dedi boshqa bir bola bo'ynini cho'zib (M. Hakimov tarjimasi. G'aroyib bolalar, 101). Turk va o'zbek tillaridagi aslan gibi - arslonday o'xshatishi kuchli, mard, azamat kishilarga nisbatan qo'llaniladi. Biroq turk tilida aslan gibi iborasining o'zbek tilidan farqli o'laroq, "sog'lom" ma'nosi ham mavjud. Mazkur iboradan quyidagi parchada aynan shu ma'noda foydalanilgan: Ben, gözlerimde bir türlü durmayan ya§lar, tikanan ku§yavrulari gibi a?ik agzimda boguk hifkmklarla titrerken ihtiyar arkada§im, pencereye döndü, karanlikta ta uzaklara yumrugunu saklayarak: - Allah belani versin, aslan gibi ?ocugu berbat ettin, dedi (Re§at Nuri Güntekin. Qaliku§u, 370-371). Tarjimon bu o'rinda aslan gibi iborasini "sog'lom" ma'nosini ochib berish uchun o'zbekcha oyday qiz iborasini qo'llagan. Odatda, sharq badiiy muqoyasa an'analarini tabiiy ravishda o'zida mujassamlashtirgan o'zbek tilida go'zal qizlarni «oy»ga o'xshatish me'yoriy hol hisoblanadi. Biroq o'zbek lafzida oyday o'xshatishi "sog'lom" ma'nosida ham qo'llaniladi. Agar tarjimon xuddi asliyatdagidek arslonday bola (qiz) deb tarjima qilganda, birinchidan, iboraning ma'nosi ochilmay qolgan bo'lardi. Ikkinchidan, asar qahramoni qiz, binobarin, o'zbek lingvomadaniyatida arslonday o'xshatishi faqat erkaklarga nisbatan ishlatiladi. Demak, tarjima muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Qiyoslang: "Ko'zlarimdan yoshlar quyilar, ovqat tiqilib qolgan qush bolalari singari og'zimni katta ochib hiqillar, titrar ekanman, qari do'stim derazaga o'girildi, qorong'ida uzoqlarga musht do'laytirib: Xudo jazoingni bersin! Oyday qizni xarob qilding, - dedi "(M.Ismoiliy tarjimasi. Choliqushi, 379). Zookomponentli frazeologik birliklarni tasviriy usulda tarjima qilish Muayyan frazeologik birlikni goho na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yordamida o'girishning imkoni topiladi. Bunday hollarda san'atkorlar noiloj tarjima amaliyotining tasviriy usuliga mu rojaat qiladilarki, mazkur usul yordamida frazeologik birliklar ma'nolari erkin ma'nodagi so'z yoki so'z birikmalari vositasida tushuntirib qo'yaqolinadi. Masalan: "Bilgisinden ötürü daha da böbürlenerek, -Nasil böyle kedi gibi aga?lara tirmandigini da biliyor musunuz? dedi" (Aziz Nesin. §imdiki Qocuklar Harika, 54). Ushbu parchadaki kedi gibi frazemasi o'zbek tiliga usta bo'lib so'z birikmasi vositasida tarjima qilingan: "Endi daraxtga chiqishga nega usta bo'lib qolganining sirini ham aytib beraymi?" (M. Hakimov tarjimasi. G'aroyib bolalar, 140).

Scientific Journal Impact Factor

"Sütnine ile ihtiyar kocasi, beni gorünce §a§irdilar. Yolda hazirladigim kurt masalini okudum. Büyük amcamla Üsküdar'dan geliyorduk. §urada arabamizin tekerlegi kirildi. Bu saatte ba§ka araba da bulamadik. Çaresiz, yaya donüyorduk. Uzaktan sizin lambanizi gordük. Amcam: "Haydi Feride, yabanci yer degil ya, sen sütnineye misafir ol bu gece. Ben de çuradaki bir ahbabimda kalayim!" dedi" (Re§at Nuri Güntekin. Çalikuçu, 122). Tarjimasi: Enaga bilan uning chol eri meni ko'rib shoshib qolishdi. Yo'lda bir yolg'on to'qib qo'ygan edim. Shuni aytib berdim: - Katta amakim bilan Uskudordan kelayotuvdik. Shu yerda aravamzning g'ildiragi sinib qoldi. Bemahalda boshqa arava topolmadik. Chor-nochor piyoda yo'lga tushdik. Bir mahal uzoqdan sizlarning chirog'ingiz ko'rinib qoldi. Amakim: "Bor, Farida, begona joy" emas, bu kecha enagangnikida qo'na qol. Men ham shu yerda, bir oshnamnikida qolaman", - deb aytdi (M.Ismoiliy tarjimasi. Choliqushi, 121). Ko'rinadiki, kurt masalini okumak iborasiga o'zbek tilida to'liq ekvivalent topolmagan tarjimon uni signifikativ alternant, ya'ni yolg'on to'qib qo'ymoq ifodasi bilan alishtirgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, har bir til o'z doirasidagi so'zlarni o'rnida qo'llash, ma'no kengayish usullarini o'rganish, o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarini dunyoning tildagi ko'rinishi orqali aks ettirishda muhim rol o'ynaydi. Inson qiyofasi va xarakterini ifodalash har bir tilda ko'rilganda, shu til vakillarining dunyoqarashi, mentalitetidan kelib chiqqan holda beriladi. Shuningdek, tilning qanchalik keng maydonga egaligidan darak beradi.

Mazkur tillar tarkibidagi zoonimlarning "xulq-atvori" tahlili bizga quyidagilarni aytishga imkon beradi:

Ko'rib chiqilgan zooleksemalar har ikkala tilning matnlarida faol ishlatiladi va turli xil insoniy illatlarning timsoli sifatida xizmat qiladi;

Ikkala tilning zoonimlari odamning fe'l-atvorini, holatini, xatti-harakatlarini va xulq-atvorini salbiy ham ijobiy baholash uchun ishlatiladi, bu hayvonot dunyosi vakili idrokining o'ziga xosligi bilan izohlanadi, bunda xuddi shu hayvon o'xshash belgilar bilan tavsiflanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES) 1. Исмоилов F. Зоокомпонентли фразеологик бирликларнинг этномаданий хусусиятлари // Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. №7. -Тошкент: 2013.

Scientific Journal Impact Factor

2. Шабанов Ж., Хдмидов Х. Уй хайвонлари номига асосланган макол ва ибораларнинг таржимада берилиши // Таржима масалалари. № 2. -Тошкент: ТошДШИ, 2014.

3. Шомаксудов Ш., Шорахмедов Ш. Маънолар махзани. - ^шкет1: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2001.

4. Jumanazarova G.U. «Shirin bilan Shakar» dostonining lug'aviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yo'ldosh o'g'li varinti asosida):Filol. fan. nomz. ...dis. avtoref. -T., 2008. -26 b.

5. Zohidov T.Z. Zoologiya ensiklopediyasi. Qushlar. - Toshkent, 1957.

6. Ibrat. «Ergash Jumanbulbul o'g'li ijodining ma'naviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi o'rni va ahamiyati» ilmiy-amaliy anjumanining materiallari. -Samarqand: SamDU nashri, 2006. - 84 b.

7. Ishoqov F. «Zarbulmasal»dagi qush nomlariga doir // «O'zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1973, №1. -B.46-50.

8. Ömer Seyfettin. Yüksek ôkçeler.Ocak 2006.

9. Aziz Nesin. Çimdiki Çocuklar Harika, 74. 2005

10. http://www.ziyonet.com

11. http://tdk.gov.tr

12. http://kitob.uz

13. http://www.biblus.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.