Научная статья на тему 'INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDAGI SIFAT KOMPONENTLI IBORALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI'

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDAGI SIFAT KOMPONENTLI IBORALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1228
259
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fraza / frazeologizm / lingvokulturologik / leksema / morfema / sintaktik bog`lanish / sifat komponentli iboralar / komparativ iboralar / lingvomadaniy

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. I. Xolmatova

Ushbu maqola leksikologiyaning bir bo`limi frazeologiya sohasiga bag`ishlangan bo`lib, unda asosan ingliz va o`zbek tilshunosligidagi sifat komponetli frazeologizmlar lingvomadaniy jihatdan qiyosiy tahlil qilinib, ma`lum bir millatning mentaliteti, madaniyati, urf-odatlari va an`analarini o`zida aks ettirgan frazeologik birliklar haqida qimmatli ma`lumotlar beriladi. Iboralarni har ikkala til doirasida o`rganish, ularning semantik-grammatik va funksional stilistik xususiyatlarini ochib berish mazkur ishning dolzarbligini belgilaydi. Xolbuki sifat komponentli iboralar mazkur tillar doirasida hali o`rganilmagan soha hisoblanadi. Ma`lumki, iboralar til egasi bo`lgan xalqning ma`naviyati, madaniyati, urf-odati,turmush tarzi, tarixi bilan uzviy bog`liqdir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda maqolada 50 ga yaqin tarkibida sifat bo`lgan iboralar o`rganilib, ularda ikki millat madaniyatining tilda namoyon bo`lishi, o`z aro ta`siri va bog`likligi ko`rib chiqildi. Tilshunos olimlarning bu boradagi fikrlari o`rganilib, ularga umumiy xulosalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDAGI SIFAT KOMPONENTLI IBORALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1391-1397

INGLIZ VA OZBEK TILLARIDAGI SIFAT KOMPONENTLI IBORALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI

M. I. Xolmatova

Jizzax politexnika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola leksikologiyaning bir bo'limi frazeologiya sohasiga bag'ishlangan bo'lib, unda asosan ingliz va o'zbek tilshunosligidagi sifat komponetli frazeologizmlar lingvomadaniy jihatdan qiyosiy tahlil qilinib, malum bir millatning mentaliteti, madaniyati, urf-odatlari va an'analarini o'zida aks ettirgan frazeologik birliklar haqida qimmatli ma'lumotlar beriladi. Iboralarni har ikkala til doirasida o'rganish, ularning semantik-grammatik va funksional stilistik xususiyatlarini ochib berish mazkur ishning dolzarbligini belgilaydi. Xolbuki sifat komponentli iboralar mazkur tillar doirasida hali o'rganilmagan soha hisoblanadi. Ma'lumki, iboralar til egasi bo'lgan xalqning ma'naviyati, madaniyati, urf-odati,turmush tarzi, tarixi bilan uzviy bog'liqdir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda maqolada 50 ga yaqin tarkibida sifat bo'lgan iboralar o'rganilib, ularda ikki millat madaniyatining tilda namoyon bo'lishi, o'z aro ta'siri va bog likligi ko'rib chiqildi. Tilshunos olimlarning bu boradagi fikrlari o'rganilib, ularga umumiy xulosalar berildi.

Kalit so'zlar: fraza, frazeologizm, lingvokulturologik, leksema, morfema, sintaktik bog'lanish, sifat komponentli iboralar, komparativ iboralar, lingvomadaniy.

KIRISH

Lingvokulturologiya madaniyashunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks yetishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Bir tomondan lingvokulturologiya insoniyatning madaniy til faktoridagi o'rni, ikkinchi tomondan yesa, til faktoridagi insonning o'rnini o'rganadi. Har bir til, til egalarining tarixi bilan juda yaqindan bog'lanib turadi va ularning an'anaviy kundalik hayoti, jo'g'rofiyasi, madaniyati haqida yozilmagan ba'zi bir maxsus jihatlarini ham o'zida namoyon etadi. Har bir til so'zsiz til egalarining madaniyatiga ta' sir etadi. Bizningcha xorijiy tilni o'rganayotgan talabalar o'sha millat madaniyatini, o'ylash usullarini o'rganmaguncha o'zga millat iboralarida yashiringan asl ma'nolarning tub mohiyatini

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1391-1397

anglashda qiyinchiliklarga duch keladi.Frazeologik birliklar haqida juda- juda ko'p yozilgan, ular grammatik, semantik va sintaktik tahlil qilingan, ammo lingvomadaniy jihatdan yetarlicha tadqiq qilinmagan.

Til va madaniyat munosabatlarini ilk bora nemis olimi V.fon Gumbolt o'z asarlarida quyidagicha ifoda etadi: "Inson tili unga predmet haqidagi maTumotni qay tarzda yetkazsa, shu bilan yashaydi. Har qanday til shaxs mansub bo'lgan xalqni uning yashash tarzini ifoda yetadi"

M.M.Pokrovskiy, G.V.Stepanov, A. A. Potebnya, D.S.Lixachev va Y.M.Lotman, F.i.Busayev o'z tadqiqotlari samarasi o'laroq lingvokulturologiyani fan sifatida ilmiy asoslab berdi.

O'zbek tilshunosligida lingvomadaniyashunoslik masalalariga bag'ishlangan ilk tadqiqotlar S'H.Safarov, D.Xudoyberganov, N. Mahmudov va Sh. Usmanovalar tomonidan olib borilgan.

So'ngi yillarda O'zbek frazeologizmini boshqa tillar bilan qiyoslagan holda lingvokulturologik, kognitiv ilmiy nuqtai nazardan o'rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan B.Safaraliyev, G.Boqiyeva, N.Nasrullayevalar iboralarni semantik jihatdan diniy, afsonaviy,tarixiy, adabiyot bilan bog'liq, jo'g'rofiy va milliy konseptual sohalarga bo'lib tadqiq qilgan. Professor A.Mamatov iboralarning tarixiy-etimologik jihatdan turli yo'llar bilan shakllanganligiga to'xtaladi. Olimning fikricha frazeologik birliklar birinchidan, o'zbek voqeligi asosida shaklangan, ikkinchidan, qardosh va noqardosh tillardan o'zlashtirish va kalkalash yo'li bilan kirib kelgan frazeologizmlarni farqlanishini ta' kidlaydi.

Shavkat Rahmatullayev "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" kitobida O'zbek tilshunosligidagi iboralarning asosiy qismini fe'l frazeologik birliklar tashkil qilishini, shuningdek ot komponentli , sifat va ravish komponentli iboralarni ham tilga oladi.

Xitoylik tadqiqotchi YU Vang ingliz iboralarini sintaktik jihatdan sakkizta kategoriyaga ajratadi.

1) Sentence idioms. - Gap iboralar. Butter wouldn't melt in your mouth. Your chickens come home to roost.

2)Semi-sentence idioms.- Yarim gap iboralar. Take the bad with the good, keep a bady eye on smb/sth.

3)Verbal phrases.- Fe'lli birikmalar. Beat up, come across.

4)Prepositional phrases.- Predlogli brikmalar. By the dozen, in doubt.

5)Nominal idioms.- Nominal iboralar. Good faith, a golden handshake.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1391-1397

6)Adjective idioms.- Sifatli iboralar. Far and away, full of beans.

7)Word in pairs.- Juft so'zlar. Aches and pains, safe and sound, give and take.

8)Fixed similes.-Qat'iy o'xshatish. Flat as a pancake, drunk as a fish, poor as a church mouse.

Internet manbalariga nazar tashlaydigan bo'lsak "Idioms and Phrases" kabi ko'pgina mobil ilovalarda iboralar leksik kategoriya asosida taxlab chiqqan. Misol uchun "Age" yosh, leksemasiga doir barcha iboralar shu guruhga jamlangan. "Act one's age -yoshiga yarasha qiliq qilmoq", "golden age -oltin davr", "age out of something- yoshi o'tib qolmoq" yoki animal, clothes, colours, crime, death, life (hayvon, kiyim kechak, ranglar, jinoyat, o'lim, hayot) kabi ko'plab kategoriyalarga bo'lib, o'sha leksemaga doir iboralarni bir joyga jamlagan. Bunday yondashuv til o'rganuvchilarga o'ziga hos qulaylik yaratadi.

Frazeologizmlarni o'rganish jarayonida ingliz tilidagi sifat komponentli iboralar anchagina ekanligiga va ularni marfologik jihatdan turlarga bo'lib o'rganish va tahlil qilish maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Shu o'rinda sifat komponentli iboralarni grammatik tuzilishiga ko'ra qiyidagi guruhlarga bo'linadi.

1) Oddiy darajali sifat komponentli frazemalar. (young at heart, white lie, black market, a sunny smile, a cash cow )

2) Qiyosiy darajali sifat komponentli frazemalar.(Blood is thicker than water)

3) Ortirma darajali sifat komponentli frazemalar. (Your nearest and dearest)

4)Teng qiyoslangan sifat komponentli iboralar.(As gentle as a lamb, as tall as maypole)

5) Va bog'lovchsi bilan bog'langan sifat komponentli iboralar.(Bright- eyed and bushy-tailed, alive and well)

ODDIY DARAJADAGI SIFAT KOMPONENTLI IBORALAR.

Ingliz tilidagi sifat komponentli iboralarni o'rganishimiz jarayonida ular asosan aniqlovchi yoki kesim vazifasida qo'llanishiga, o'zbek tilida esa gapda sifatlovchi aniqlovchi sifatida namoyon bo'lishiga guvoh bo'ldik.

Oddiy darajadagi sifat komponentlaridan takib topgan frazemalarni tahlil qiladigan bo'lsak, misol ucun "big mouth" -og'zida gap turmaydigan, gullab qo'yadigan va maqtanchoq ma'nolarida qo'llanilsa, o'zbek tilidagi "katta og'iz-og'zi katta" - iborasi soxta kibr havoli, maqtanishni yaxshi ko'radigan kishilarga nisbatan qo'llaniladi."Mexmonning qizarganini payqagan keksa boy, o'z xotinining katta og'iz va betamizligiga achchiqlanib, yuzini teskari burdi. Oybek. Qutlug' qon.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1391-1397

"An old chestnut" iborasi ilk bora 19 asrda Angliya va Amerikada mashxur bo'lgan, Uilyam Daymond qalamiga mansub "Broken Sword" asaridagi ikki qahramon o'rtasidagi suhbatda tilga olingan bo'lib, hozirda yeski, ko'p marotaba aytilgan va zerikarli bo'lib qolgan hazil va hikoyalarga nisbatan ishlatiladi.

O'zbek tilida uning muqobili sifatida "siyqa gap, siyqasi chiqqan hazil" -ko'p qo'llangan, ishlatilaverib ko'ngilga urgan, me'daga tekkan (gap, so'z, ibora va sh.k) iborasi o'zbek xalqining og'zaki va yozma nutqida qo'llanilishini qiyidagi misolda ko'rishimiz mumkin. " Podshohni amri vojib,- dedi alloma, siyqa eski gapni ishlatishga majbur bo'lib."

"Thick skin" -"Terisi qalin" uncha- muncha gap kor qilmaydigan, beti qattiq.

I don't worry about what he says- I have a very thick skin. Menga uning nima deganlari qiziq yemas- mening terim juda qalin.

"Thin skin" -"Terisi yupqa" uncha -muncha gapni ko'tara olmaydigan. If you have thin skin, you'll never survive in politics. Agar sen shunaqa tering yuqa bo'lsa siyosat olamida tirik qola olmaysan.

"A blind alley" -"Boshi berk ko'cha" iborasi yo'lini, ilojisini toppish qiyin bo'lgan mushkul ahvol; noaniq, tumanli, oxiri ko'rinmagan, foydasiz ish ma'nolarini anglatadi. Sooner or later they will have to realize that this is a blind alley and that they need to rethink their own strategies. Ertami kechmi ular boshi berk ko'chada ekanligini anglashi va o'z strategiyalarini qayta ko'rib chiqishlari kerak.

QIYOSIY DARAJADAGI SIFAT KOMPONENTLI IBORALAR.

Ingliz tilida qiyosiy darajali sifatlardan tarkib topgan iboralarni tahlil qilarkanmiz ularning o'zbek tilidagi muqobillarining hammasida ham sifat so'z turkumi ishtirok etmagan. "Blood is thicker than water" iborasida thicker so'zi qiyosiy darajada ishlatilgan bo'lib so'zma-so'z " qon suvdan quyuqroq" deb tarjima qilinadi. Ingliz millatiga mansub kishilar oilaviy rishtalar boshqa munosabatlardan ustunligini ko'rsatuvchi mazkur iboraning o'zbek tilidagi ekvivalenti sifatida "et bilan tirnoq", "etni tirnoqdan ajratib bo'lmas" iborasi o'z nutqimizda ko'p bora uchraydi. Morfologik jihatdan turli so'z turkumlaridan tuzilgan bo'lsada, semantic jihatdan bir ma'noni ifodalaydi. Qondoshlik, jigarchilik, bir ota-onaning farzandlari o'rtasidagi mehr-muhabbat rishtalari o'zbek millatida qanchalik qadrlansa, ingliz madaniyashunosligida ham o'ziga xos o'rni borligini ushbu ibora misolida anglashimiz mumkin. "The pen is mightier than the sword" iborasi ilk marotaba 1839 yilda ingliz yozuvchisi Edvard Bulver tomonidan yozilgan metonimik gap bo'lib "so'z qilichdan kuchliroq" yani so'z qudrati har

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1391-1397

qanday quroli kuchlardan kuchli yekanligini ko'rsatish uchun qo'llaniladi.O'zbek xalqining "Tig' yarasi bitadi,ammo til yarasi bitmaydi" maqoli, Abdulla Oripovning "Temur tig'i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher" misralarida ham so'zning , qalamning qanchalik kuchli qurol ekanligini tasvir etgan. Kimningdir harakatini qo'llab quvvatlash, omad tillash maqsadida aytiladigan "More power to your elbow!" mos ravishda "bilaginga kuch-quvvat!" frazeologik birlikdan foydalanamiz. Omin, bellingga quvvat, bilaginga kuch, yuragingga o't bersin, Ollohu Akbar!

ORTIRMA DARAJADAGI SIFAT KOMPONENTLI IBORALAR

Ingliz tilidagi iboralarni o'rganar yekanmiz ortirma darajadagi sifatlardan tarkib topgan frazeologik birliklar juda kam ekanligiga guvoh bo'ldik . "The oldest trick in the book" oldin ko'p marotaba qo'llanilgan bo'lsada , haliyam o'z samarasini beradigan hiylalarga nisbatan ishlatiladigan ushbu iboraning o'zbekcha muqobili sifatida " eski nayranglar" frazemasini qo'llaymiz. "B e your own worst enemy"- " o'z -o'ziga dushman bo'lmoq" Tovusning go'zalligi o'zining dushman. Bu gapda tovusning go'zalligi ko'p hollarda unga ziyon etkazishiga olib kelishi nazarda tutilgan. "The best (or greatest) thing since sliced bread" bu ibora ilk bora 1950 yillarda yarim kesilib qadoqlangan nonlarni reklama qilishda ,asl ma'noda qo'llanilgan bo'lsada , hozirda u haddan tashqari yaxshi, yangi g'oya, narsa, kashfiyot yoki shaxslarga nisbatan eng yaxshisi degan ma'noda haqiqiy yoki kinoyali ta'rifni ifodalaydi. Eng yaqin qarindoshlar va do'stlarga nisbatan "Your nearest and dearest" iborasi mavjud ir. It's a small gathering-we're inviting only a dozen or so of our nearest and dearest. Bu kichkina yig'in, biz bor yo'g'i o'ntacha eng yaqin qadrdonlarimizni taklif qilganmiz.

TENG QIYOSLANGAN SIFAT KOMPONENTLI IBORALAR.

As....as (dek, day, kabi)bog'lovchisi yordamida qiyoslangan bunday siflat komponentli iboralar miqdori o'zbek tiliga qaraganda ingliz tilida ko'proq ekanligini tahlillar natijasida ma'lum bo'ldi. Quyida keltirilgan so'z birikmalari o'z ma'nosini yoqotib, ko'chma ma'no hisobiga turg'un birikmaga aylangan. Ingliz tilidagi komparativ frazeologik birliklar sifat komponentli iboralarning eng katta qismini tashkil qiladi. Qiyosiy darajadagi sifat komponentli iboralarda ot ko'p hollarda ko'plikda ishlatiladi strong as horses. Teng bog'langan qiyosiy iboralar as, bog'lovchisi bilan boshlanishi, yoki aksincha birinchi as tushib qolishi mumkin, lekin ikkinchi as gapda qo'llanilishi shart: proud as a peacock-tovusday mag'rur.

ENGLISH

O'ZBEK

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1391-1397

As sly as a fox Tulkidek ayyor

As stubborn as a mule Eshakdek qaysar

As hungry as a bear Bo'riday och

As free as a bird Qushday erkin

As white as ghost Arvohdek oqarib ketmoq

As gentle as a lamb Qo'zichoqdek yovosh

As hard as stone Toshdek qattiq

As hard as nails Mixdek mustahkam

As tall as a maypole Terakdek uzun

As light as a feather Patdek yengil

As timid as a hare Quyon yurak, quyondek jurasiz

As mad as a hornet Itdek quturgan

Semantik jihatdan bir xil bo'lsada, turli xil leksemalardan tarkib topgan komparativ iboralar til egalarining madaniyati asosida xalq tiliga ko'chgan.

"AND" BOG'LOVCHISI BILAN BOG'LANGAN SIFAT KOMPONENTLI IBORALAR.

Juft sifatlardan tarkib topgan "cheap and cheerful" birikmasi arzon va sifatli, "cheap and nasty"- sifasiz va narxi past bo'lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi.(Bright-eyed and bushy-tailed, hale and hearty, rough and ready, far and wide) kabi bir qator juft sifatli iboralar mavjud bo'lib og'zaki va yozma nutqda keng miqiyosda qo'llaniladi.

XULOSA

Tadqiqot jarayonida ingliz va o'zbek tillarida sifat komponentli frazeologizmlar ajratilib, morfologik,semantik hamda lingvomadaniy jihatdan tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ingliz va o'zbek millatlari bir-biridan farq qilishiga qaramay, sifatlardan tarkib topgan iboralarning ma'nosi bir-biriga juda yaqin. Ularning aksariyati ikkala tilda ham insonning fazilatlari yoki qusurlarini tasvirlashga xizmat qiladi. Ingliz va o'zbek tillaridan tanlab olingan idiomatic iboralar lisoniy-madaniy mazmuni asoslab berildi.

REFERENCES l.Gumbolt V. Fon. Язык и философия културы. М-1985

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1391-1397

2. Sayidrahimova N., Qobulova U. Lingvokulturologiya - tilshunoslikning alohida sohasi // O'zbek tili va adabiyoti, 2015. - №4. - B. 87-91.

3.Safarov Sh. Semantika. - Toshkent: "O'zbekiston milliy yensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2013; Xudoyberganova D.S. O'zbek tilidagi badiiy matnlaming antroposentrik talqini: Filol. fan. d-ri. ... diss. - Toshkent, 2015; Mahmudov N. Olamning lisoniy manzarasi va so'z o'zlashtirish // O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent, 2015. - №3. - B. 3-12; Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab... // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2012. - №5. - B. 3-16; Usmanova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari. - Toshkent: ToshDS'HI, 2017. - 254 b.

4. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. 5.Abdugaffor Mamatov professor "Frazeologik birliklar tahlili: lingvokulturologik yondashuv."

6.Abdugaffor Mamatov professor "Frazeologik birliklar tahlili: lingvokulturologik yondashuv."

7. Tog'ay Murod. "Ot kishnagan oqshomda" 8. Oxford Dictionary of Idioms. P. 52

9.You Wang "A Contrastive Research on the Definitions and Categories of Chinese and english Idioms." Advances in Social Science, educational and Humanities Research, volume 554.

10. Richard A. Spears. Ph.D NTC'S American idioms dictionary .

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Collins Cobuild Dictionary of idioms.

12. Yo'ldoshev B. Frazeologizmlarning adabiy til normasi munosabatiga doir. - T.: O'TA. 1992. 3-4 son. 37-42 b.

13. Kunin A.V. Kurs frazeologii sovremennogo angliyskogo yazika. - M. 1986.

14. Kunin A.V. Anglo-russkiy frazelogicheskiy slovar. - M. 1967.

15. Mamatov A. O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi. - T. 1997.

16. Mamatov A. O'zbek tilida frazeologizmlarning shakllanishi masalalari. - T.: O'TA. 2001. № 3.

17. Mamatov A., Almamatova Sh. Farzeologik transpozisiya va uni o'rganish haqida. Uslubshunoslik va frazeologizmning dolzarb mummolari. Ilmiy-nazariy konfirensiya materiallari. - Samarqand. 2007. 68-70 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.