Научная статья на тему 'TARJIMADA XOS SO’ZLAR YA’NI REALIYALARNI IFODALASH'

TARJIMADA XOS SO’ZLAR YA’NI REALIYALARNI IFODALASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
46
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antropotsentrik paradigma / lingvokulturologiya / realiya / realiya birlik / atama / badiiy matn / tarjima / transliteratsiya / madaniyatlararo munosabat / leksema / semantika / milliy kolorit

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Norbo’tayev Shahrux

Maqolada realiya birlik, realiyalarning turlicha tavsifi, realiyalarning madaniy xususiyatlarni yoritishdagi o’rni yoritilgan. Realiyalarni tarjima qilish usullari, xususan, transliteratsiya haqida so’z yuritilgan. Realiyalarning atamalardan farqi ochib berilgan. Transliteratsiya usulida tarjima qilingan o’zbek tiliga xos realiya birliklar tahlil qilingan. Ularning semantik xususiyatlari izohlangan. Realiya birliklar semantikasining xalq dunyoqarashi, turmush tarzi, madaniy munosabatlar bilan aloqadorligi ta’kidlangan. Realiyalarning transliteratsiya usulidagi tarjimasi badiiy matn yaratilgan til boyligi sifatida tarjima tiliga o’zlashtirilishi, lug’at boyligini oshirishi, milliy koloritni aks ettirishi misollar orqali ko’rsatib berilgan. Realiya birliklar semantikasi, realiyalar tarjimasiga doir tadqiqotlar doirasini kengaytirish muayyan tilning ichki taraqqiyot xususiyatlarni o’rganishda, madaniyatlararo munosabatlarni yoritishda amaliy ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARJIMADA XOS SO’ZLAR YA’NI REALIYALARNI IFODALASH»

TARJIMADA XOS SO'ZLAR YA'NI REALIYALARNI IFODALASH

Norbo'tayev Shahrux Samarqand davlat chet tillar instituti

Annotatsiya: Maqolada realiya birlik, realiyalarning turlicha tavsifi, realiyalarning madaniy xususiyatlarni yoritishdagi o'rni yoritilgan. Realiyalarni tarjima qilish usullari, xususan, transliteratsiya haqida so'z yuritilgan. Realiyalarning atamalardan farqi ochib berilgan. Transliteratsiya usulida tarjima qilingan o'zbek tiliga xos realiya birliklar tahlil qilingan. Ularning semantik xususiyatlari izohlangan. Realiya birliklar semantikasining xalq dunyoqarashi, turmush tarzi, madaniy munosabatlar bilan aloqadorligi ta'kidlangan. Realiyalarning transliteratsiya usulidagi tarjimasi badiiy matn yaratilgan til boyligi sifatida tarjima tiliga o'zlashtirilishi, lug'at boyligini oshirishi, milliy koloritni aks ettirishi misollar orqali ko'rsatib berilgan. Realiya birliklar semantikasi, realiyalar tarjimasiga doir tadqiqotlar doirasini kengaytirish muayyan tilning ichki taraqqiyot xususiyatlarni o'rganishda, madaniyatlararo munosabatlarni yoritishda amaliy ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

Kalit so'zlar: antropotsentrik paradigma, lingvokulturologiya, realiya, realiya birlik, atama, badiiy matn, tarjima, transliteratsiya, madaniyatlararo munosabat, leksema, semantika, milliy kolorit

SPECIFIC WORDS THAT EXPRESS REALITIES IN TRANSLATION

Norbotayev Shahrukh Samarkand State Institute of Foreign Languages

Abstract: The article describes the unity of reality, different descriptions of reality, and the role of reality in highlighting cultural characteristics. The methods of translating realities, in particular, transliteration, are discussed. The difference between realities and terms is revealed. Real units specific to the Uzbek language, translated by the method of transliteration, were analyzed. Their semantic features are explained. It is emphasized that the semantics of the units of reality is connected with the people's outlook, lifestyle, and cultural relations. It is shown through examples that the transliteration method of the translation of the realities can be assimilated into the translation language as the language wealth from which the artistic text was created, increase the wealth of the vocabulary, and reflect the national color. It is noted that expanding the scope of research on the semantics of real units, the translation of reals, is of practical importance in the study of internal development features of a particular language, in the illumination of intercultural relations.

Keywords: anthropocentric paradigm, linguistic culture, reality, unity of reality, term, artistic text, translation, transliteration, intercultural relations, lexeme, semantics, national color

KIRISH

Tarjimada asliyat ruhini, mohiyatini anglash, matndagi turli tuman elementlarning leksik, frazeologik, grammatik, fonetik funksiyalarini tushunib yetish, tarjima tilida ularga har tomonlama mos muqobillar topish juda murakkab jarayondir. Bunda «ikki turli xil tillarning leksik birliklari o'rtasidagi semantik muqobilligini topish muhimdir».

Shu nuqtai nazardan faqat ma'lum xalq turmush tarziga, dunyoqarashiga, narsa va predmetlarni atashdagi o'ziga xos xususiyatlar, tushunchalar boshqa xalqlarnikidan farq qiladi. Bunday o'ziga xosliklar shu xalqning tafakkur qilish shakli, hatti-harakatlari, kiyinish uslublari, ovqatlanishlari, urf-odatlari va boshqa o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Natijada faqat shu xalqqa tegishli bo'lgan turli xil tushunchalarni ifodalovchi so'zlar vujudga keladiki, bu so'zlar anglatgan tushunchalar o'zga xalqlar tilida mavjud bo'lmaydi. Tilshunoslikda, tarjimashunoslikda bunday so'zlarni «realiyalar», «xos so'zlar» deb atash qabul qilingan.

«Realis» so'zi aslida lotincha средний род ko'plikdagi «реалиа» so'zidan olingan bo'lib, aslida «вещественный» - «ashyoviy», «действительный» - «haqiqiy» degan ma'nolarni anglatgan va keyinchalik otga aylanib, milliy o'ziga xos so'zni ifodalovchi atamaga aylanib ketgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Realiyalarning aniq ta'rifi, ularning «atama»lardan farqi, boshqa tillarga tarjima qilishdagi o'ziga xosliklar, ular ifodalaydigan leksik, semantik, stilistik funksiyalar haligacha tilshunos va tarjimashunos olimlar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinyapdi. Realiyalar ifodalagan milliy o'ziga xoslik, uni tarjimalarda berish masalasi rus va o'zbek olimlarining ko'plab ilmiy tadqiqotlariga mavzu bo'lgan.

O'zbek olimasi N.Vladimirovaning fikricha, milliy o'ziga xoslik quyidagilarda o'z aksini topadi:

1. toponimik elementlar, anamastika doir ma'lum millatga mansub xalqning material va madaniy turmush sharoitini ifodalovchi so'zlar

2. asliyatning tiliga oid xususiyatlarni ifodalovchi frazeologizmlar, epitetlar, obrazli o'xshatishlar, kalamburlar, maqol va naqllar

3. nutq ritmi va ohangi, tildagi xalq fikrlash tarzini ifodalovchi ruhiy holatini, xulq atvorini ifodalovchi morfologik, sintaktik, fonetik vositalar

"Realiya o'zi vujudga kelgan til qobig'ida keng ishlatilishi, aksincha boshqa tillarga o'tganda begona so'z sifatida qabul qilinishi bilan xarakterlanadi".

"Realiyalar ma'lum xalqqa mansub bir ma'noli so'z va iboralar bo'lib, shu xalq tilidagi predmetlarni, tushuncha va hodisa nomlarini ifodalaydi. Ular shu xalq tushunchasidagi geografik, etnografik, adabiy, material va ma'naviy hayotiga oid, shuningdek madaniy-maishiy, ijtimoiy-tarixiy tushunchalarni ifodalaydi."

Ilmiy adabiyotlarda bir millatga mansub bo'lgan realiyalarning yoki umuman xorijiy so'zlarning o'zga tillarga ko'chib qolishi birgina adabiy aloqalarning, ayniqsa, tarjimaning rivojlanishiga bog'liq emas. Bu xalqaro aloqalarning, siyosiy-tarixiy, madaniy voqea va xodisalarning o'zga xalqlar dunyoqarashiga ta'siri bilan ham bog'liq. Aynan shu tufayli masalan rus tili orqali o'zbek tiliga, siyosatga, dinga, iqtisodga, fanga oid juda ko'plab xorijiy so'zlar, realiyalar singib ketgan.

Shunday qilib, tarjimashunoslikda ham realiyalar tarjimasi o'ziga xos yo'nalishi sifatida shakllana boshladi. Realiyalar tarjimasida tarjimonlar odatda ikki xil qiyinchilikka duch kelishadi.

1. Tarjima qilinayotgan tilda xorijiy tilda berilgan realiyaga mos keladigan ekvivalentning mavjud emasligi

2. Asliyat tilidagi realiya ifodalagan ma'no, shu millatga xos milliy, tarixiy koloritni tarjima qilinayotgan tilda to'laligicha ifodalashning murakkabligi

Shu nuqtai nazardan realiyalar tarjimasida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi:

1. Allaqachon internatsionallashgan realiyalar. Tarjimonlar ularni o'z holicha tarjimasiz qoldirishi mumkin.

2. Faqat ma'lum bir regionga, ma'lum bir millatga xos bo'lgan realiyalar. Ular shu millatga xos bo'lgan tushunchalarnigina ifodalab keladiki, agar tarjimon bunday o'ziga xoslikni tushunmay, uni boshqa ma'no ifodalovchi so'z bilan o'girib qo'ysa, tarjimaning milliy koloritiga, so'z ifodalagan ma'noning o'ziga xosligiga putur yetkazgan bo'ladi. Bunday holatlarda realiyalar tarjimada xorijiy tilda berilib matn ostida iqtibosda izohlanadi yoki ona tilida qabul qilingan shaklda keltirilib matn ichida yoki matn ostida izoh beriladi.

3. Ayrim tarjimonlar realiyalarni matn ichida o'zicha qoldirib, jumla konteksti ichida uning izohini keltirishadi.

Shunday qilib, tarjima jarayonida va realiyalarni tarjima qilishda olimlar quyidagi usullarni ilgari surishadi:

1. transkripsiya: ^ cha - choy

2. transliteratsiya ^^ shanghai - Shanhai shahri, huanghe - huanhe daryosi

3. tarjima orqali yangi so'z - neologizm xosil qilish Nâ® diannao -kompyuter, ^^ shouji - qo'l telefoni

4. so'zma-so'z (kalka) tarjima qilish yigui - kiyim javoni

5. realiyalarni realiya bilan tarjima qilish luotangji - suvga tushgan mushukdek

6. ma'nosi yaqinlashtirilgan so'z bilan o'girish chunjie - xitoy milliy yangi yil bayrami - Navro'z bayrami bilan yaqin bo'lgan bayram.

7. realiyani izohlab bayon qilish ^^ huoguo - xitoy milliy oshxonasiga mansub ovqatlanish uslubi, ya'ni stol ustida ziravorlar solingan qaynab turgan qozoncha qo'yiladi, xo'rrandalar o'zlari hohlagan masalliqni solib, pishirib yeyishadi.

8. kontekstual muqobil bilan almashtirish kabi usullardan foydalanib kelinmoqda. Realiyalarni tarjima qilish usullarini xitoy va o'zbek tillari nuqtai nazaridan

quyidagicha izohlashimiz mumkin:

Transkripsiya orqali tarjima qilish boshqa tillardan xitoy tiliga tarjima qilishda juda ko'p uchraydi. Ammo xitoy tilida harflar mavjud emas, shu sababli bo'g'inlar hosil qilishda o'sha tildagi bo'g'inga mos keladigan xitoy tilidagi bo'g'inlardan foydalaniladi.

ífeíu^ tuôlâjï tractor traktor

mótuoche motor-cycle mototsikl P* kafei kofe kofe shafa sofa divan

Bu so'zlar o'zbek tiliga ham transkripsiya orqali boshqa tillardan tarjima qilingan so'zlar. Bunga yana ko'plab shaharlar,davlatlar, millatlar tillar va boshqa nomlarni ham kiritish mumkin.

wûzïbiékèsïtân O'zbekiston inf+T tâshigan Toshkent ^^S^tn wûzïbiékèyù o'zbek tili

wûzïbiékèzù o'zbek ( millat) Asliyatda ifodalangan milliy realiyani tarjima tiliga tushunarli o'girish muammosi xorojiy muhit va shart-sharoitlarni kitobxon oldiga ochiq oydin jonlashtirish ma'suliyatini yuklaydi.

Biroq, transliteratsiya orqali berilgan so'z izohlanmasa, tushuntirilmasa, kitobxon tasvirlanayotgan voqea-hodisalar va so'zlar bayoniga tushunmay qoladi. Bu o'rinda transliteratsiya qilingan so'z kontekst ichida tasvirlanib tushuntirilishi, ma'nosi qavs ichida berilishi, yoki matn ostida izohlanishi mumkin.

Realiyalar milliy va mahalliy o'ziga xoslikni ifodalovchi so'zlar, ularni tarjimada qayta yaratishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud.

Realiyalar va milliy o'ziga xoslikni ifodalovchi so'zlarni tarjimada qayta yaratish muammolarini o'rganishdan oldin, tarjimashunoslik nuqtai nazardan realiyalarning

umumiy klassifikatsiyasi, milliy va mahalliy o'ziga xosliklarni ifodalovchi so'zlarga qanday leksik birliklarni kiritish mumkinligini jiddiy o'rganishga to'g'ri keladi.

Bu masalada predmetlik belgisiga muvofiq tushunchalarni ifodalovchi realiyalarni katta guruhlarga bo'linadi:

1. Geografik va etnografik tushunchalarni ifodalovchi tushunchalar.

a) geografik tushunchalarni ifodalovich realiyalarga fizik geografiyaning obyektlarini ifodalovchining tushunchalarini kiritadi.

b) inson faoliyati bilan bog'liq bo'lgan geografiyaning obyektlarini ifodalovchi tushunchalar:

v) Endemik tushunchalarni ifodalovchi so'zlar: ^fe

Olimlarning ta'kidlashlaricha geografik tushunchalarni ifodalovchi botanika, geografiya, zoogeografiya, poleogeografiyaga oid tushunchalar terminlarga yaqin turadi va ular orasidagi chegarani aniq belgilash mumkin emas.

Bunday tushunchalarni tarjimada berishda tarjimondan lug'atlarga, ensiklopediyalarga qarash, tushuncha ifodalovchi bu so'zni tarjima tilida keng yoki tor doirada tarqalganlik darajasi, so'z ifodalovchi koloritni, kontekstni chuqur o'rganish talab qilinadi.

2. Etnografik realiyalar xam o'z navbatida quyidagi kichik guruhlarga bo'linadi:

I. Maishiy turmush tushunchalarini ifodalovchi realiyalar:

a) oziq-ovqat, ichimlik, ommaviy ovqatlanish korxonalari nomlarini ifodalovchi tushunchalar: feM, ^ttJL, ^^o

b) kiyimlar, poyafzal turlari, bosh kiyimlari nomlarini ifodalovchi tushunchalar:

v) turar joy, uy jihozlari (mebel) idishlar nomini ifodalovchi tushunchalar: M^ ft, INo

g) transport vositalari va ularning xaydovchilari nomini ifodalovchi tushunchalar:

II. Mehnat faoliyatini ifodalovchi tushunchalar:

a) mehnatkashlar:

b) mexnat qurollari nomini ifodalovchi tushunchalar:

ifo

v) mexnat tashkilotlari nomlarini ifodalovchi tushunchalar: ^^o

III. San'at va madaniyatga oid tushunchalar

a) musiqa va raqs nomlari:

b) musiqa asboblarini ifodalovchi tushunchalar:

v) folklorga oid tushunchalar: M^lU

g) teatrga oid tushunchalar:

d) san'atga oid narsalar nomini ifodalovchi tushunchalar: ^^

e) ijro etuvchilar nomini ifodalovchi tushunchalar: ^^

j) urf odatlar va marosimlarlarni ifodalovchi tushunchalar: iHM^h z) bayramlar va xalq o 'yinlarini ifodalovchi tushunchalar: ,

i) mifologiyaga oid tushunchalar:

k) diniy tushunchalarni ifodalovchi so'zlar:

l) taqvim sanalarini ifodalovchi tushunchalar: ##

4. Etnik obyektlarni ifodalovchi tushunchalar: etnonimlar: UM

5. O'lchov va pul birliklarini ifodalovchi tushunchalar: og'irlik o'lchovlari:

IV. Ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi realiyalar:

1. Administrativ-hududiy tushunchalarni ifodalovchi so'zlar:

a) hududiy-boshqaruv tushunchasini ifodalovchi birliklar:

b) aholi turar joylari nomlarini ifodalovchi tushunchalar: ^^o

2. Hukumat organlari va lavozimlarni ifodalovchi tushunchalar:

a) qurultoy, senat: ^^

b) kansler, xon, amir: ^Eo

3. Harbiy tushunchalarni ifodalovchi realiyalar:

a) qism nomini bildiruvchi so'zlar: ^^o

b) qurol yarog'ni ifodalovchi so'zlar: ^o MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bolgar olimlari realiyalarni mahalliy shart-sharoitlarga ko'ra klassifikatsiya qilar ekanlar yuqorida nomlari keltirilgan tushunchalarni muayyan millatga mansubligi, ularning boshqa tillarga o'girishdagi xususiyatlari nuqtai nazardan tasnif qilinishini alohida ta'kidlaydilar. Shunga ko'ra, ular realiyalarni bir til qobig'ida muayyan xalqqa, territoriyaga mansub realiyalar va tarjima tillarida ishtirokiga ko'ra ichki va tashqi realiyalarga kirib borishi, keng ishlatilishiga ko'ra ularni milliy, lokal, mikrolokal va internatsional realiyalarga ajratish mumkin.

Ijtimoiy hayotning muayyan davriga xos realiyalar: zamonaviy va tarixiy realiyalarga bo'lib o'rganiladi. Shunga ko'ra badiiy asar tarjimasida bu faktor tarjimondan realiya ifodalagan tarixiy-arxaik ma'noni yaxshi bilishlikni talab qiladi. Ko'pgina tarixiy realiyalar bizning davrimizga kelib arxaizmlarga aylanib qolgan. Masalan: xitoycha - ^m, , ^E, o'zbekcha - batral, qirol, quloq so'zlari.

Milliy realiyalarni tarjimada berishning eng samarador usuli transkripsiya va transliteratsiya bo'lib, u originaldagi xos so'zni to'liqroq ifodalash imkonini beradi. Transliteratsiya usulidan odatda originaldagi milliy o'ziga xos tushuncha ifodalaydigan ma'no tarjima tilida mavjud bo'lmagan hollarda foydalanadi. Masalan, dengizchilikka oid rumpel, machta, shkot, gavan, bort, biteng, vaxta kabi, baliqchilikka oid marlin, sardin, makrel, karakatitsa, bonita, albakore, tunets, umbritsa, mako, galano kabi so'zlarning barchasi rus tili orqali o'zbek tiliga ham kirib kelganki, o'zbek tilida ularga mos ekvivalentlar mavjud bo'lmaganligi sababli, tarjimon ularni transliteratsiya usulida berishga, matn ostida izoh berishga majbur. Ayrim olimlarning bunday so'zlarni internatsionallashgan leksika deb atab, ular tarjima tili boyligini oshirishga xizmat qilishligini alohida ta'kidlaydilar.

Realiyalarni tarjimada ifodalagan stilistik funksiyasini to'g'ri ifodalashning muhim shartlaridan biri kontekstni to'g'ri tushunishdir. Chunki, realiyalar kontekstdagi funksiyasiga ko'ra turlicha stilistik ma'nolarni anglatishi mumkin. Masalan imperator so'zini tarjimada xon yoki podshoh deb noto'g'ri tarjima qilinsa kitobxonga noto'g'ri tasavvur uyg'otish mumkin.

Shuningdek, o'lchov birligi hisoblanmish ^^ besh yuz gramm bo'lib xitoylar asosan shu o'lchov birligidan foydalanadi.

Tarjimada ishlatilgan juda ko'p so'zlarning o'zbekcha muqobillari mavjud bo'lgani holda, ularning ruscha ekvivalentlaridan foydalanilganligi bu o'zbek adabiy tilining so'z boyligini ko'paytirish uchun emas, balki adabiy til meyorlarini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Masalan: vilka, programma, morojennoe, sutka, salfetka, refrejerator, tormoz, buksir, turist kabi

To'g'ri bunday so'zlar rus tilining ta'siri tufayli o'zbek kitobxonlariga ham tanish tushunchalarni ifodalaydi. Biroq, o'zbek adabiy tilida ular ifodalaydigan sanchqi, dastur, muzqaymoq, bir kun, qo'l sochiq, muzlatgich, to'xtatgich, sayyoh kabi leksik birliklar mavjud bo'lgani holda ruscha atamalarni ishlatish g'aliz tuyuladi.

O'zbek tiliga rus tili orqali kirib kelgan va o'zbekcha ekvivalentlari mavjud bo'lmagan tushunchalarni ifodalovchi xos so'zlar mavjud. Tarjimon ularni hech qanday izohsiz transliteratsiya usulidan foydalanib o'zbekcha matnga kiritishga majbur.

Masalan: prujina, ressor, korpus, motor, bochka, konserva, stakan va h.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Til guruh va tabaqalardan qat'i nazar, butun jamiyatga xizmat qiladi. Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Demak, jamiyatga til qanchalik zarur bo'lsa, til uchun jamiyatning bo'lishi ham shunchalik ahamiyatlidir. Tilning mavqei, rivojlanishi uning muomalada bo'lishi, aloqa vositasi sifatida xizmat qilishiga bog'liq. Jamiyatning har bir a'zosi tilning sotsiolingvistika fani yuqoridagi masalalardan tashqari yana ayollar,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

erkaklar, o'smirlar, maktab va bog'cha yoshdagi bolalarning nutqiga xos xususiyatlarni o'rganishga ham katta e'tibor qaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Томашева И.В. Понятие «лакуна» в современной лингвистике. Эмотивные лакуны // Язык и эмоции. Волгоград.: Перемена, 1995. С.50-60.

2. Быкова Г.В. Внутриязыковая лакунарность в лексической системе русского языка. Благовещенск:1998.- С. 183-196.

3. Быкова Г.В. Феноменология лексической лакунарности. Благовещенск.: Изд-во БГПУ: 2002. -170c.

4. Быкова Г.В. Лакунарность как категория лексической системологии. Благовещенск.: Изд-во БГПУ: 2003.- 364c.

5. Шй^ШШШШШГ 1999 ^

6. эдшттад 2003

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.