Научная статья на тему 'Badiiy matnda realiyalar tarjimasining o’ziga xos xususiyatlari'

Badiiy matnda realiyalar tarjimasining o’ziga xos xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
241
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lingvokulturologiya / realiya birlik / badiiy asar / tarjima jarayoni / leksema

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muhayyo Shavkatovna Azatova

Mazkur maqolada tilshunoslik tarjima jarayonida realiyalarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, badiiy matn tarjimasida realiyalarning xususiyatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Badiiy matnda realiyalar tarjimasining o’ziga xos xususiyatlari»

Badiiy matnda realiyalar tarjimasining o'ziga xos

xususiyatlari

Muhayyo Shavkatovna Azatova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada tilshunoslik tarjima jarayonida realiyalarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, badiiy matn tarjimasida realiyalarning xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Lingvokulturologiya, realiya birlik, badiiy asar, tarjima jarayoni, leksema.

Peculiarities of the translation of realities in the literary text

Muhayya Shavkatovna Azatova Urganch State University

Abstract: This article presents opinions about the importance of realities in the process of linguistic translation. Also, the features of the realities are highlighted in the translation of the artistic text.

Keywords: Linguistic culture, unity of reality, artistic work, translation process, lexeme.

Tilshunoslikdan ma'lumki, til va madaniyatning o'zaro munosabatini o'raganadigan soha lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalaridan biri realiyadir. Realiya tarjimashunoslik, qiyosiy-tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnolingvistikaga oid tadqiqotlarda tillararo va madaniyatlararo farqlarni o'rganishda muhim o'rin tutadi. Realiya madaniy munosabatlar darajasini yoritishga xizmat qiladi, xalqning turmush tarziga oid tushunchalarni aks ettiradi. Realiyalar kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi davrlarida shakllangan tushunchalar bo'lib, madaniyatlar o'rtasidagi farqlar yuzaga kelgan davrlarga to'g'ri keladi. Realiyalarni boshqa yondosh tushunchalardan farqlab turuvchi asosiy belgi ularning predmet-narsa ma'nosiga ega bo'lganligidir. Realiyaning dastlabki ma'nosi madaniyatlarning o'ziga xos belgilarini aks ettiruvchi narsa-buyum haqidagi tushunchalardir. "Realiya" so'zining etimologiyasi ham lotincha "moddiy" degan tushunchaga teng keladi. Realiyalarni moddiy madaniyat belgilari sifatida baholash mumkin. Tilshunoslik va tarjimashunoslikda predmetlarni ifoda etuvchi so'z va iboralar keng ma'noda realiyalar deb yuritiladi.

WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1638

Realiya klassik grammatikada tashqi lingvistika fani o'rganadigan, muayyan mamlakatning davlat tuzumi, xalq tarixi, madaniyati va aynan shu tilda so'zlashuvchilarning til va aloqalari hamda boshqa turli xil omillar hamda madaniyat predmetlari sifatida izohlangan. D.E.Rozental, M.A.Telenkovalar realiyalarni "so'zning nominativ ma'nosi uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi, mavjud madaniyat predmetlari" deb ta'riflashgan. L.N.Sobolev fikriga ko'ra, ekvivalentlariga ega bo'lmagan maishiy va o'ziga xos milliy so'zlar va iboralar, shuningdek, boshqa tillarda mavjud bo'lmagan milliy turmush tarziga oid birliklar "realiya" hisoblanadi, negaki ushbu predmet va hodisalar boshqa mamlakatlarda mavjud bo'lmaydi.

Realiya tushunchasining quyidagi semantik belgilarini ajratish mumkin:

❖ xalq ijodi mahsuli ekanligi;

❖ tabiiy holda nomlanishi;

❖ muayyan xalq hayotiga (turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy va tarixiy rivojlanishiga) oidligi;

❖ boshqa madaniyat uchun notanish bo'lgan narsa-buyumlarni ifodalashi;

❖ milliy va tarixiy koloritni yetkazib berishga xizmat qilishi;

❖ boshqa tillarda aniq ekvivalentlariga ega bo'lmasligi.

Realiyalarning badiiy matnlarda ko'p kuzatilishini qayd etgan edik. Demak, badiiy matn tarjimasida realiyalarni o'girish tarjimashunoslikda alohida muammo sanaladi. Realiyalar tarjimasi mutaxassisdan badiiy asar yaratilgan til xususiyatlari, uning sohiblari madaniyati, yashash tarzi, urf-odat, an'analari borasida ma'lum darajadagi bilim, ko'nikmaga ega bo'lishni talab qiladi. Realiyalarning to'g'ri tarjimasi badiiy matndagi birliklarning o'quvchi ongida maqsadga muvofiq proyeksiyalanishini ta'minlaydi. Realiyalarning transliteratsiya usulida tarjima qilinishi haqida so'z borar ekan, o'zbek millati va o'zbek xalqiga xos, o'zbek madaniy hayotini ifodalovchi realiyalarning rus tiliga tarjima qilingan matnlardagi ifodasi borasida to'xtalamiz.

Til o'rganish jarayonid realiya birliklar ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Zamon talablari asosidagi til ta'limi masalalari bilan shug'ullanadigan lingvodidaktikada madaniy belgilarni o'zlashtirishga ham e'tibor qaratiladi. Realiyalar tilning lug'at boyligi, frazeologik qatlami, obrazli ifoda va o'xshatishlarning mazmun-mohiyatini yoritishda ham ahamiyatlidir. Realiyalarni transliteratsiya usulida o'girish til madaniyatida mavjud voqelikni aniq ifodalashga yordam beradi. Transliteratsiya usulining cheklangan tomoni ham mavjud. Bunday usuldan foydalanish tarjimada o'rganilmagan va tushunarsiz so'zlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Shunday bo'lsa-da, ma'lum xalq madaniyatiga xos tushunchalarning boshqa madaniyatlarga keng yoyilishini ta'minlaydi.

Tarjima jarayonida realiya birliklarni tarjima qilish usullari leksemalar semantikasini boshqa tilda qayta hosil qilish masalasini yoritishga qaratiladi. Realiya

WWW.OPENSCIENCE.UZ / issn 2181-0842 1639

birliklar semantikasini qayta hosil qilish turli usullar orqali amalga oshiriladi. Shu usullardan biri bo'lgan transliteratsiya tarjimada milliy koloritni aks ettirish imkonini beradi. Ammo realiya birlik semantikasini yoritish har doim ham amalga oshavermaydi. Realiya birlik semantikasini yoritish, asl tildagi pragmatik ma'nolarini aks ettirish uchun qo'shimcha izohlar zarur bo'ladi. Realiyalar milliy-madaniy muhit belgilari, qadriyatlar ifodasi sifatida badiiy matnga alohida ruh bag'ishlaydi. Realiyalar tarjimasi tarjimondan til bilimidan tashqari madaniy belgilar haqidagi ma'lumotga ega bo'lishni ham talab etadi.

Badiiy asarni tarjima qilish uchun tilning lug'at boyligi, chunonchi sinonim va omonimlar, kasb-hunar atamalari, shevaga xos, eskirgan va vulgar so'zlar, erkalash va kichraytirish, qochiriq, maqol, matal va iboralarni hamda so'zlarning musiqiyligiyu, ohangdorligini, ko'p ma'noliligini, tilning talaffuz me'yorlarini, mubolag'a va kichraytirish xususiyatlari, hazil mutoyiba shakllarini bilish zarur. Badiiy tarjimani ilmiy tavsiflash shundan iboratki, bunda so'zni so'z bilan emas, balki ma'noni ma'no bilan, obrazni obraz bilan, yumorni-yumor bilan berish muhim ahamiyatga egadir. Badiiy tarjimaning boshqa turdagi tarjimalardan farqi shundaki, so'z, jumla yoki butun bir asarni to'g'ri o'girish kifoya emas. Bunda tarjimon ham san'atkor bo'lishi lozim.

Tarjima jarayonida ikki til birliklarining tarjimaviy, lug'aviy uyg'unligi emas, balki matndagi funktsional, kommunikativ mosligi muhimdir. Agar bu funktsionallik va kommunikativlikka e'tibor berilmay tarjimon tomonidan asliyatdagi birlikning lug'aviy ma'nosi berilsa, tarjima tilida so'z ifodalagan stilistik va kommunikativ ma'no buziladi. Jumla o'zbek tili adabiy til normalariga mos kelmay g'aliz va to'mtoq, fikr yakunlanmaganday jaranglaydi. Asliyatdagi so'z va iboralarni umumxalq adabiy tilida qabul qilinmagan so'zlar bilan o'girish tarjima tilini kambag'allashtirishga, badiiy ifodadorlik darajasiga salbiy ta'sir qiladi.

Badiiy matni tarjima qilish jarayonida realiyalarning o'ziga xos xususiyatlari va me'yordan chetdan chiqmaslik hamda ma'noning asliymonand talqin etilishi ko'p jihatdan uning tarkibidagi obrazli hamda his-hayajon ifodasi uchun qo'llanilgan lisoniy vositalarning ijodiy talqin etilishiga bog'liqdir. Bunday tarjima tarjimondan ko'pincha asliyat tili vositalarini moddiy jihatdan aniq aks ettirishni emas, balki mazkur vositalar yordamida ifoda etilgan uslubiy vazifalarni, his-hayajon ohangini ona tili birliklari vositasida qayta yaratishni talab qiladi. Til birliklarining adabiy shaklda me'yorlashuvida badiiy adabiyot va badiiy tarjimaning o'rni ham alohida ekan. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o'z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda asl ifodalarda berishga intiladilar.

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa qilish mumkinki, tarjimon o'zbekcha milliy realiyalarni ingliz tiliga o'girishda transliteratsiya usulidan ham, tarjima va

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

1640

izohlash usullaridan ham unumli foydalansa va o'z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirsa badiiy matn tarjima uslubi to'g'ri bajarilgan bo'ladi.

References

1. Ahmanova O.S. Dictionary of linguistic terms. - M., 1966, 454-457.

2. Weisburd E.M. - Riz.R. No. 3., - M., 1972

3. Kunin A.V. English phraseology. Theoretical course. - Moscow, 1978

4. Tomakhin G.D. America through Americanisms. - Moscow, 1982.

5. Vlakhov S., Florin S. Untranslatable in translation. Third edition. Corrected. -Moscow: Valent. 2006.

6. Salomov G'. Translation of Proverbs and Idioms. - Tashkent 1964, 1964.;

7. Komilov N. This is an ancient art. - Tashkent: Literary heritage, 2000.

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

1641

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.