Научная статья на тему 'BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA REALIYALAR'

BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA REALIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
741
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Realia / analogy / fiction / translation / national color / spiritual activity / material activity / transliteration.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы —

Quyidagi maqolada “Milliy kolorit va ryaliya (xos so‟zlar) badiiy tarjima hamda adabiyotda tutgan o‟rni,vazifalari,qo‟llanilishi va shakllari haqida bayon qilinadi. Kalit so’zlar: Realiya, analogiya, badiiy adabiyot, tarjima, milliy kolorit, ma‟naviy faoliyat, moddiy faoliyat, transliteratsiya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the role ,functions, application colour and rhyme in literary translation and literature.

Текст научной работы на тему «BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA REALIYALAR»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-666-669

BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA REALIYALAR

Marjona Axror qizi Mamatova

TvChDPI, Turizm fakulteti, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati

Shohsanam Doniyorovna Asiljonova

Ilmiy rahabar, CHDPI o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Quyidagi maqolada "Milliy kolorit va ryaliya (xos so'zlar) badiiy tarjima hamda adabiyotda tutgan o'rni,vazifalari,qo'llanilishi va shakllari haqida bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: Realiya, analogiya, badiiy adabiyot, tarjima, milliy kolorit, ma'naviy faoliyat, moddiy faoliyat, transliteratsiya.

ABSTRACT

This article describes the role functions, application colour and rhyme in literary translation and literature.

Keywords: Realia, analogy, fiction, translation, national color, spiritual activity, material activity, transliteration.

KIRISH

Olam borki- millat bor, millat borki uning o'z tili, adabiyoti mavjud. Millatni adabiyotdan ajratib bo'lmaydi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog'liq, bir butun tushuncha deb hisoblaash mumkin. Ular doim bir birini tinimsiz va to'xtovsiz rivojlantiradi, millatning millat bo'lishida adabiyotning o'rni beqiyos bo'lgani kabi, badiiy adabiyotda va tarjimada ham kolorit va ryaliyalar asosiy negizni tashkil qiladi. Inson qo'liga biror asar, yoki tarjima asarini olar ekan, unda o'sha millatning qator "milliy koloriti va ryaliya" laridan bahramand bo'lishi va ayrim fikr-mulohaza hamda qarashlarni ongida shakllantirishi mumkin.

MUHOKAMA VA METODLAR

Kolorit va realiya tushunchalariga ta'rif beredigan bo'lsak: "Kolorit" so'zi lotincha "kolor", italiyancha "kolorito" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "rang , bo'yoq , manzara ,jilo kabi ma'nolarni anglatadi."Kolorit " deganda tasviriy san'atda real

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-666-669

hayotni haqqoniy aks ettirish uchun ishlatiladigan ranglarning o'zaro munosibligi tushinilsa , badiiy tarjimada bu iborani biror narsaning o'ziga xos belgi va xususiyatlari majmui deyish mumkin.Chunki ,voqelikni ta'sirli tasvirlash vositasining tarkibiy qismi bo'lgan "Kolorit" asarning g'oyasi, mazmuni, davri, uslubi hamda muallifning shaxsiga bo'g'liq bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda "Kolorit' voqealikni real va ifodali tasvirlasa ranglarning o'zaro mutanosibligi shuningdek kolorit biror bir narsaning o'ziga xos tomonlar majmuyini anglatadi.

Milliylik -u yoki bu millatning ma'naviy faoliyati va moddiy hayotidagi o'ziga xosliklardir.

Ma'naviy faoliyat va moddiy hayot.

Ma'naviy faoliyat kishilarning xarakteri, tafakkur tarzi, ruhiyati, intilishlari, qiliqlari, yumor xususiyatlari va shu kabilarni o'z ichiga olsa, "Moddiy hayot" esa urf-odat, rasm-rusumlar, marosimlar, kiyimlar, uy-ro'zg'or buyumlari, anjomlar, cholg'u asbobla hamda ismlarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Badiiy asarda aks etgan mana shu milliy xususiyatlar yig'indisiga adabiyotshunoslikda- "Milliy kolorit" deyiladi. Qaysiki, o'sha nazarda tutilayotgan millatning milliy xususiyatlarini aks ettirib, bildirib turadi.

Misol: "Ud" cholg'u asbobi. U faqatgina o'zbek millatiga mansub cholg'u asbobu hisoblanadi. Assalom-u alaykum, halol, kovush, maxsi kabi buyum va so'zlar ham o'zbek milliy koloritifga yaqqol misol bo'la oladi.

Mashhur yozuvchi O'tkir Hoshimov Milliy kolorit „Ekzotika" emas, xalqning asrlar davomida shakllangan dunyoqarashi, tafakkuri, fe'l-atvori, qismatini ko'rsatib turuvchi vositadir deb ta'kidlagan. .

Milliy koloritning tarkibiy qismlari

Milliy kolorit tushunchasi o 'z navbatida bir nechta tarkibiy qismlarga bo 'linadi:

1. Xalqning moddiy tirikchilik sharoitidan olingan xos so'zlar va ularni tarjima qilish xususiyatlari: paxta, go'za, g'o'za , yagana, o'tov.

2. Moddiy tiriklchilik sharoitidan olinib, majoziy ma'noda ishlatiladigan xos so'zlar: paxtadek oppoq, qo'ydek beozor, ohuday qiz, qo'chqorday o'g'il.

3. Tarjimada kishi nomlari va laqablarining berilishi:

Gap shundaki, Meme bu yerda yo'q, qayerdaligi tirik jonga ma'lum emas.

Domla "fotiha" o'qidi , bolalar ham "omin" deb fotihaga qo'shildilar.

4. Diniy islohotlar, tushunchalar, marosimlarning tarjimada qo'llanilishi:

"Pasxa" -rus xalqiga xos bo'lgan diniy bayram. "Holliy"- hid millatiga xos

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-666-669

bo'lgan milliy bayram. Iloh va mabudlar nomlarining berilishi.

5. Jug'rofiy nomlar: Sayhun- Sirdaryo, Chin- Xitoy.

Martinikadagi shifokorlar aniqlay olishamgan kasalligining sababini bilib olish uchun ikkita jahon urushidan keyin nihoyat Jenevaga qaytib kelgandi.

6.Pul birliklari: rupiy, riyol, tanga, so'm.

7. O'lchov birliklari: gas,chaqirim, farsang, qadam, dyum.

8. Taom nomlari: "пирог"- somsa, "котлет''-qiyma et, "каша"- shovla.

Misollar: Qani, xush ko 'rdik- dedi Bo 'ri polvon, mehmonlar bir qo'yib- biri

taziya bildirdi. Bandalik, Bo 'ri Polvon bandalik.

Otam meni qishloq machiti oldidagi maktabga eltib berdi, shu vaqt onam:"Seni to'rt yashar-u to'rt oy, to'rt haftay-u to'rt kunligingda dasturxon qilib, maktabga eltib, saboq boshlatib qo'ygan edik".

Eshik oldidagi oxurchada bolalarning kovushlari turardi, darcha oldidagi oxurchada bo'lsa, domla va qolgan oxurchada esa bolalar o'tirardilar.

REALIYA

Tarjima ilmi va amaliyotida o'rganish qiyin bo'lgan so'zlar ko'p uchraydi.Ularning asosiy qismini milliy o'ziga xos so'zlar tashkil qiladi albatta va ular xalqaro terminda "Ryaliya"lar deb nom olgan.Ryaliya deganda ma'lum bir millat va elatga xos bo'lgan narsa-hodisalarni tasvirlab beradiganlisoniy,badiiy asarning milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalar hisoblanadi.Haqiqiy,moddiy hamda faktlarning qo'llanilishiga "Ryaliya" desak mubolag'a bo'lmaydi mening fikrimcha.Ryaliy-lotincha so'z bo'lib, "buyumga , narsaga oid" kabi ma'nolarni bildirardi. Boshqacha qilib aytganda ryaliya milliy kolorit bilan bog'liq bo'lgan so'z va atama hisoblanadi.

Realiyalarni tarjima qilishning uch usuli mavjud.

Transliteratsiya: Biror yozuv harflarini boshqa bir harflar bilan ishlatilishi, ko'rsatilishi. Tarjimada joy va kishi nomlari, turli atamalar va milliy xos so'zlarni boshqa til belgilari yordamida aynan ifodalash. Transliteratsiya qo'llanilishi tarjima tilida ryaliyalarga to'g'ri keladigan ekvivalentning yo'qligi bilan sharxlanadi. Ryaliyalarga ekvivalent topilmaganda tarjima qilishning iloji bo'lmaganda bu usuldan foidalanish mumkin.

Transliteratsiyaning o'ziga xos jihatlari:

1. Transliteratsiya vositasida til xazinasi boyiydi, yangi so'zlar, termin va tushunchalar kirib keladi.

2. Bir paytlar transliteratsiya orqali kirib kelgan so'zlar keyinchalik tilga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-666-669

singib ketishi mumkin. Masalan: уже, давно, почте bu so'zlar rus tilidan o'zbek tiliga kirib singib, moslashib qolgan so'zlarga yaqqol misoldir.

3. Transliteratsiyada ham muayyan belgilangan me'yor bo'lishi kerak. Anologiya: bu o'xshashlik, bir- biriga yoki boshqasiga o'xshashlik, ya'ni muqobil tushuncha bilan berish. Anologiya usuli "Yaqin tarjima; deb ham yuritiladi, lekin bu termin nomining o'zidayoq asl nusxadagi milliy xos so'zlarning barcha vazifalarini, ma'no qirralarini to'liq etmaydi.

Yangi so'z va so'z birikmasi yaratish: ba'zi tarjimonlar miliy xos so'zlar va iboralarni nomi va tushunchalarini shunday tarjima qilib oladilarki, bu vaziyat ko'pincha o'zini oqlamaydi. Shuning uchun ham, har narsaning o'z me'yori bo'lgani ma'qul.

XULOSA

Badiiy tarjimada milliy kolorit va ryaliyalarni o'rganish bo'yicha ko'plab izlanishlar olib borilgan. Bu maqolani yozish jarayonida milliy koloritning tub negiziga yetib borishga harakat qilindi. Realiyalarning badiiy tarjimadagi o'rni, ilmiy va amaliy jarayonlarda ishlatilishi yuzasidan izlanishlar natijasi yoritildi. Bunday so'zlarning tarjimada yuzaga keltirayotgan muammolari atroflicha o'rganildi.

REFERENCES

1- Qudrat Musayev Tarjima nazariyasi asoslari.- O'zbekiston Respublikasi FA: Fan nashriyoti, 2005.(89-123 bet)

2- O'z ME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil

3- Tarjima va milliy kolorit. https://uz.rn.wikipediya.org, (1-4 bet)

4- Sdriddin Ayniy Eski maktab.- Toskent: Yosh gvardiya nashriyoti, 1983. (17-21 bet)

5- Tog'ay Murod Yulduzlar mangu yonadi.- O'zbekiston Toshkent: Sharq yulduzi, 1977. (30-33 bet)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.