Научная статья на тему 'REALIYALARNING TARJIMA QILISHDAGI MURAKKABLIKLARI (yapon tili misolida)'

REALIYALARNING TARJIMA QILISHDAGI MURAKKABLIKLARI (yapon tili misolida) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
594
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
realiya / tarjima / transkripsiya / tarjima usullari / ekvivalent / tarixiy kolorit. / realia / translation / transcript / translation versions / equivalent / historical colorit.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nadjimxodjayev, Ma’rufxodja Sunnatovich

1992-yil 26-yanvar kunida O‘zbekiston-Yaponiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan boshlab hozirga qadar qator loyihalar amalga oshirilib kelmoqda. Qariyb 30 yillik munosabatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona va ishonchli munosabatlar savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro manfaatli va progressiv hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam va qulay zamin yaratib kelmoqda. Bu ishlarda ayniqsa ikki mamlakat o‘rtasida turuvchi tarjimonlarga ikki xissa ma’suliyatni yuklaydi. Afsuski, tarjima jarayoniga oid bo‘lgan bir necha muommolar borki, hali-hamon o‘z yechimini topmay kelmoqda. Yapon tilidan o‘zbekchaga va o‘zbekchadan yapon tiliga tarjima masalalari esa sanoqli ishlarida yoritilgan. Ayniqsa sharq madaniyatining o‘ziga xosligi tarjima jarayonida ham yaqqol ko‘rinadi. Bunda tarjimondan realiyalar, ya’ni milliy o‘ziga xos so‘zlarni tarjima qilishda o‘zgacha yondashuv talab qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIFFICULTIES IN TRANSLATING TRANSLATIONS (on the example of Japanese)

A number of projects have been cooperated since the establishment of diplomatic relations between Uzbekistan and Japan on January 26, 1992. The friendly and trusting relations between the two countries provide a solid and favorable basis for the development of mutually beneficial and progressive cooperation in trade, economic, investment, scientific, technical, cultural and humanitarian spheres. Translators, especially between the two countries, have a double responsibility. Despite the fact that, there are a number of issues with the process of translation that remain unresolved. The issue of translations from Japanese into Uzbek and from Uzbek into Japanese are observed in a number of works. The uniqueness of Eastern culture is especially evident in the translation process. This requires a translator to take a various approach to translating realia, that is, nationally specific words.

Текст научной работы на тему «REALIYALARNING TARJIMA QILISHDAGI MURAKKABLIKLARI (yapon tili misolida)»

REALIYALARNING TARJIMA QILISHDAGI MURAKKABLIKLARI

(yapon tilt misolida)

Nadjimxodjayev Ma'rufxodja Sunnatovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, "Yapon filologiya" kafedrasi,

yapon tili o'qituvchisi. e-mail: maruf_yapon@mail .ru

ANNOTATSIYA

1992-yil 26-yanvar kunida O'zbekiston-Yaponiya bilan diplomatik munosabatlar o 'rnatilgandan boshlab hozirga qadar qator loyihalar amalga oshirilib kelmoqda. Qariyb 30 yillik munosabatlar ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona va ishonchli munosabatlar savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda o'zaro manfaatli va progressiv hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam va qulay zamin yaratib kelmoqda. Bu ishlarda ayniqsa ikki mamlakat o'rtasida turuvchi tarjimonlarga ikki xissa ma'suliyatni yuklaydi. Afsuski, tarjima jarayoniga oid bo 'lgan bir necha muommolar borki, hali-hamon o 'z yechimini topmay kelmoqda.

Yapon tilidan o'zbekchaga va o'zbekchadan yapon tiliga tarjima masalalari esa sanoqli ishlarida yoritilgan. Ayniqsa sharq madaniyatining o 'ziga xosligi tarjima jarayonida ham yaqqol ko 'rinadi. Bunda tarjimondan realiyalar, ya 'ni milliy o 'ziga xos so 'zlarni tarjima qilishda o 'zgacha yondashuv talab qilinadi.

Kalit so'zlar: realiya, tarjima, transkripsiya, tarjima usullari, ekvivalent, tarixiy kolorit.

ABSTRACT

A number of projects have been cooperated since the establishment of diplomatic relations between Uzbekistan and Japan on January 26, 1992. The friendly and trusting relations between the two countries provide a solid and favorable basis for the development of mutually beneficial and progressive cooperation in trade, economic, investment, scientific, technical, cultural and humanitarian spheres. Translators, especially between the two countries, have a double responsibility. Despite the fact that, there are a number of issues with the process of translation that remain unresolved.

The issue of translations from Japanese into Uzbek and from Uzbek into Japanese are observed in a number of works. The uniqueness of Eastern culture is especially evident in the translation process. This requires a translator to take a

various approach to translating realia, that is, nationally specific words.

1069

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: realia, translation, transcript, translation versions, equivalent, historical colorit.

С момента установления дипломатических отношений между Узбекистаном и Японией 26 января 1992 года осуществляется сотрудничество по ряду проектов. Дружественные и доверительные отношения между двумя странами обеспечивают прочную и благоприятную основу для развития взаимовыгодного и прогрессивного сотрудничества в торговле. экономическая, инвестиционная, научно-техническая, культурно-гуманитарная сферы. Переводчики, особенно между двумя странами, несут двойную ответственность. Несмотря на это, есть ряд проблем с процессом перевода, которые остаются нерешенными.

Вопрос переводов с японского на узбекский и с узбекского на японский рассматривается в ряде работ. Своеобразие восточной культуры особенно ярко проявляется в процессе перевода. Это требует от переводчика различного подхода к переводу реалий, то есть национальных слов.

Ключевые слова: реалии, перевод, транскрипт, варианты перевода, эквивалент, исторический колорит.

Milliy o'ziga xoslik deganda ma'lum millatga xos, uning trnmush sharaitiga, dunyoqarashiga, madaniyatiga, kiyim-kechagiga, uy-ro'zg'or buyumlariga oid tushunchalami ifodalovchi reanya^ ko'zda tutiladi. Bunday o'ziga xoslik asaг personajining xulq-atvorida, o'y-hayollarida, gapiradigan gaplarida, maqollarda, xazillarida, qolaversa asar muallifining voqea hodisalariga munosabatida, bayonida ham o'z aksini topadi. Shu sababli o'ziga xoslikni tarjimada to'laqonli aks ettirish asarning badiiy, estetik, semantik, stilistik jihatlarini ikkinchi Ыг tilda to'laqonli qayta yaratish vazifalarini oldinga suradi. Bu tarjimondan tarjima asari yaratilgan tilni chuqrn- bilishlikni, shu xalqqa mansub bo'lgan milliy o'ziga xosliklami, dunyoqarashlarni, asarning badiiy estetik ta'sirini ta'minlovchi barcha jihatlarini chuqur anglashni talab qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Realiya haqida so'z ketar ekan, birinchi navbatda shu vaqtga qadar realiyaga oid bo'lgan ilmiy ishlami ko'rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisobladik.

Dastlabki ko'rib chiqqan ishimiz, bolgar olimlaгi S.Vlaxov va S.Floгinlaгning ta'kidlashicha: "Reanya^ muayyan biг xalqning hayoti (trnmushi, madaniyati,

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ijtimoiy va tarixiy taraqqiyoti)ga taalluqli bo'lgan va boshqa tillarda aniq muqobiliga ega bo'lmagan va o'ziga xos yondashuvni talab qiladigan so'zlar va so'z birikmalaridir"[1, 416.]

R.Fayzullayevaning "Yo'llar yiroq, ko'ngillar yaqin" nomli maqolalar to'plamida realiyalarga har tomonlama to'g'ri keladigan ta'rif berildi.

"Realiyalarga milliy taomlar, kiyim-kechaklar, milliy cholg'u asboblari, ro'zg'or anjomlari, nomlar, taxalluslar, laqablar, shahar, qishloq xususiyatlari, me'morchilik, geografik nomlar, tabiat manzaralari, hayvon va o'simliklarning nomlari, daraja, unvon, tabaqa va boshqa bo'linishlarni ifodalovchi so'zlar, muassasalar, tashkilotlar, diniy marosimlar va boshqa etnografik belgilarni bildiruvchi so'z va iboralar kiradi"[2, 257].

"Milliy o'ziga xoslik deganda adabiy asarda tasvirlangan xalq hayotining moddiy sharoiti, ma'naviy turmush tarzi, tabiati, o'rmon, tog', dala, suv, zamin, osmon hamda boshqa maxsus narsalar haqidagi tasavvurlari, tushunchalari, atamalari tushuniladi. Kiyim-kechaklar, udumlar, urf-odatlar, pul birliklari va hokazolar ham milliy xoslik komponentlari jumlasiga kiradi " [3, 101].

Realiyalar badiiy asarning milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy vositalardan hisoblanadi. Xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan so'zlarni tarjimada muqobil qayta tiklash evaziga original asarning milliy to'qimasini o'zga tilda beshikast qayta yaratishdek yechimi shart bo'lgan tarjima muammosini ma'lum ma'noda hal etish mumkin.

Realiyalarning aniq ta'rifi, boshqa tillarga tarjima qilishdagi o'ziga xosliklar, ular ifodalaydigan leksik, semantik, stilistik funksiyalar xaligacha tilshunos va tarjimashunos olimlar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinmoqda. Realiyalar ifodalagan milliy o'ziga xoslik, uni tarjimalarda berish masalasi rus va o'zbek olimlarining ko'plab ilmiy tadqiqotlariga mavzu bo'lgan.

Shu kunga qadar tarjimashunos olimlar tomonidan ilgari surilgan realiyalarni tarjima qilish usullari ichida keng tarqalganlari haqida to'plangan ma'lumotlardan kelib chiqib, quyidagi usullarni keltirib o'tamiz:

1. Transliteratsiya va transkripsiya;

2. Tarjima orqali yangi so'z - neologizm hosil qilish;

3. Realiyalarni realiya bilan tarjima qilish;

4. Realiyani izohlab bayon qilish;

5. Konstekstual muqobil bilan almashtirish;

1. Transliteratsiya va transkripsiya - biror yozuv harflarini boshqa yozuv harflari bilan berish, boshqa o'rinda asliyat tilidagi harflar orqali to'g'ridan-to'g'ri

ko'rsatish tushuniladi. Tarjimada joy va kishi nomlari, turli atamalar va realiyalarni boshqa til belgilari yordamida aynan ifodalash nazarda tutiladi. Bunda tarjima qilingan xalq tilining lug'at boyligi boyidi.

Milliy realiyalarni tarjimada berishning eng samarador usuli transkripsiya va transliteratsiya bo'lib, u originaldagi xos so'zni to'liqroq ifodalash imkonini beradi. Transliteratsiya usulidan odatda asliyatdagi milliy o'ziga xos tushuncha ifodalaydigan ma'no tarjima tilida mavjud bo'lmagan hollarda foydalanadi.

Transliteratsiya uslidan foydalanishning asosiy sababi asliyatda qo'llanilgan milliy xususiyatli lisoniy vositalarning tarjima tilida mavjud bo'lmaganligi tufayli asliyatning milliy xususiyatini tarjima tili sohiblariga xos xususiyat bilan almashtirib qo'yish yoki tarjimani umuman bunday xususiyatdan mahrum etish kabi holatlarga yo'l qo'ymaslikdan iboratdir.

Quyida yaponcha so'zlarni transkripsiya usuli bilan tarjima qilingan misollarni ko'rishingiz mumkin:

Masalan: Mm[4,40.] — [kamakura] — Kamakura[5,5.];

R [6,28.] — [yena] — Yena;

Transliteratsiya orqali berilgan so'z izohlanmasa, tushuntirilmasa, kitobxon tasvirlanayotgan voqea-hodisalar va so'zlar bayoniga tushunmay qoladi. Bu o'rinda transliteratsiya qilingan so'z kontekst ichida tasvirlanib tushuntirilishi, ma'nosi qavs ichida berilishi, yoki matn ostida izohlanishi mumkin.

2. Tarjima orqali yangi so'z (neologizm) - milliy xos so'zlar va iboralarni, nom va tushunchalarni tarjima qilish orqali yangi so'z yaratish nazarda tutiladi. Bu tarjima usuli har doim ham o'zini oqlamasligi tarjimashunoslar tomonidan tanqid

ostiga olish hollari uchraydi.

if &

MacanaH: T'M[6,53.] — [geta] —yog'och oyoq kiyim;

;0[6,80.] — [hashi] — ovqat cho'pi;

Yuqoridagi ikki holatdagi misolni ko'rib turganingizdek, o'zbeklarning maishiy turmushida "geta" yoki 'hashi" singari narsalar mavjud bo'lmagani sababli bu yerda bu so'zlarga ekvivalent qidirish juda mushkul hisoblanadi. Shuning uchun ham "yog'och oyoq kiyim"[5,45] yoki "ovqat cho'pi"[5,67] singari neologizmlardan foydalanish tarjimonning ishini samarali qiladi hamda boyitadi desak adashmagan bo'lamiz.

Albatta o'zbek izohli lug'atida mavjud bo'lmagan so'zni kitobxon hazm qilishi bir qator mushkullikni keltirib chiqarishi mumkindir. Ammo kitobxon o'zga

davlatning badiiy asarini o'qiyotganda neologizmlarga tayyor turishi hamda o'zgacha fikrlagan holda o'zga davlat adabiy ruhini anglagandagina badiiy asarning ichki olamiga kira oladi. Shuningdek, tarjimondan ham milliy o'ziga xos so'zlarni tarjima qilishda neologizmlarga o'ta noziklik bilan yondashishi hamda o'zbek kitobxoniga tushunarli ko'rinishda yetkazib berishi muhim hisoblanadi.

3. Realiyalarni realiya bilan tarjima qilish - asliyat tilidagi xos so'zni tarjima qilinayotgan tildagi ma'no jihatidan yaqin bo'lgan realiya bilan almashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu usul orqali tarjima qilingan asar shu xalq milliyligiga mos keladi hamda kitobxon uchun tushunarli bo'ladi. Ammo bu usul bilan tarjima

qilingan matnning asliyatdagi milliyligi yo'qoladi.

^ ^ ^ ^

MacanaH: ^MM[7,15.] — [izakaya] — choyxona;

8,36.] — [kimono] — yaxtak;

Tarjimon o'zga davlat tilida yozilgan badiiy asarni xalq tiliga ag'darish vaqtida ayniqsa milliy o'ziga xos so'zlarning tarjimalarida bir qator qiyinchiliklarga duch kelishi sir emas. Ayniqsa, o'zga davlatning madaniyati, turmush tarzigagina xos bo'lgan holatlar mavjudki, tarjimon bunday qiyinchiliklarni bartaraf qilish maqsadida realiyalarni realiya bilan tarjima qilish usulidan foydalanadi.

Bu usuldan foydalanish bilan o'zga tildagi realiyalarga qaysidir jihatlari bilan mos keladigan realiya bilan almashtiriladi. Bu esa tarjima qilingan asarni o'qishda bir qator qulayliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, asliyatda: "Erkak kishi o'z kimonosini kiyib, ko'chaga chiqib ketdi" deb yozilgan bo'lsa, tarjimada: "Erkak kishi o'z yaxtagini kiyib, ko'chaga chiqib ketdi" [5,48.] ko'rinishida tarjima qilinishini ko'rish mumkin. Albatta Yaponiyaning kimonosi bilan o'zbeklarning yaxtagi orasida katta farq bordek ko'rinadi. Ammo har ikki narsa kiyim turi hamda milliy libos sanalgani tufayli tarjimonlar ushbu tarjima qilish usulini qo'llashadi.

4. Realiyani izohlab bayon qilish - bu usulda asliyatdagi milliy o'ziga xos so'zni tarjima qilishga harakat qilinmaydi. Realiyani tarjimada asliyat tilidagi izohli lug'atda berilgan ma'nolarini tushuntirish orqali tarjima qilinadi.

Ko'p mutarjimlar realiyalarni ag'darishda tranliteratsiya yo'li bilan tarjima qilib, havola qismida to'liq tarzda izoh berishni maqul ko'rishadi. Bu usul hozirgi davr tarjimashunoslari tomonidan to'g'ri tarjima qilish usullaridan biri sifatida ko'rilib, keng tarzda realiyalarning tarjima jarayonida qo'llanib kelinadi.

Masalan: :È:fK[6,27.] —[kanazawa] —Yaponiya shaharlarining birining nomi;

èit

M[6,95.] — [sake] — Yaponlarning o 'tkir ichimligi;

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

5. Kontekstual muqobil bilan almashtirish (ekvivalent) - o'xshashlik, bir-biriga yoki boshqasiga o'xshashlik, ya'ni muqobil tushuncha bilan berish nazarda tutiladi. Bu usul bilan realiyani tarjima qilishda shu xalqqa tegishli va bir xil vazifa

bajaradigan muqobil ya'ni aynan kerakli so'zni topa bilish muhim hisoblanadi.

h^p h

Masalan: ^^[9,97.] — [chavan] -piyola ;

tË^ [9,105.] — [sensey] - ustoz;

Shu yerda tarjimada ekvivalentlik to'g'risida so'z yuritishni maqsad qildik. Tarjima tillararo muloqotning alohida turi sifatida asosiy e'tiborni ikki til tizimining semantik jihatiga qaratishni taqozo etadigan ijodiy jarayondir. Chunki axborotning to'laqonliligi asosini turli tillar matnlarining semantik uyg'unligi tashkil etadi. Lisoniy tarjimaning muhim vazifalaridan biri "tarjimaviy ekvivalentlik" tushunchasini muayyan tilga tarjima qilishdan iboratdir.

Asliyat va tarjimaning mazmunan to'la-to'kis mos kelishi birinchi darajali zarurat ekanligi tufayli ko'pchilik tadqiqotchilar ekvivalentlikni tarjimaning asosiy belgisi va sharti deb hisoblashadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, ekvivalentlik tarjimaga berilgan "bir tildagi matnni o'zga tilda shu darajadagi matn bilan almashtirish" kabi ta'rifga mos keladi.

Asliyat va tarjima matnlarining ekvivalentlik munosabatlari asosan quyidagicha namoyon bo'ladi:

I. Ekvivalentlikning birinchi turida tarjimalarning asliyatga uyg'unligi ko'z ilg'amas darajada namoyon bo'ladi. Mazkur tarjima turida asliyat va tarjima o'rtasidagi munosabatlar asosan ushbu ko'rinishlarda namoyon bo'ladi:

a) leksik tarkib va sintaktik qurilishdagi nomuvofiqlik;

b) ikki holatda ham bir xil fikr bayon etilayotganligiga qaramasdan, asliyat va tarjimada ifoda etilgan axborot o'rtasida bevosita mazmuniy yoki mantiqiy bog'lanishning ko'zga tashlanmasligi;

v) asliyat va tarjima matnlari mazmunlari orasidagi umumiylik darajasi ekvivalent sifatida tan olingan boshqa tarjimalarga nisbatan nihoyatda past.

Shunday qilib, ekvivalentlikning ushbu turida asliyatdagiga nisbatan tarjimada go'yo mutlaqo boshqa narsa haqida gapirilayotgandek tuyuladi. Ushbu tarjima turiga ekvivalent sifatida tan olingan quyidagi jumla tarjimasini misol tariqasida keltirish mumkin:

^BCJ Èt; B5 ;P ^fc

ÎÂjktt M fê^ÊM&Lfco [10,78.]

[kanojo ha otoko no hou ni kowai kao shita]

Qiz yigitga nafrat ko 'zi bilan qarab qo 'ydi.

Bu yerda asliyat va tarjima matnlari orasida mazmuniy umumiylik mavjudligi tufayli ekvivalentlik yuzaga kelgan.

II. Ekvivalentlikning ikkinchi turida tarjimaning asliyatga yaqinligi foydalanilgan til vositalari ma'nolarining bir xil emasligi bilan izohlanadi. Bu guruhda asliyat bilan tarjima matnlarini tashkil etadigan ko'pchilik so'z va sintaktik qurilmalar o'rtasida bevosita yaqinlik ko'zga tashlanmasada, ikki til matnlari ekvivalentlikning birinchi turiga nisbatan mazmunan ko'proq o'xshashdir.

Demak, ushbu ekvivalentlik turida fikr turli tillarda turlicha ifoda etilsada, bir xil vaziyat tasviri yaratiladi. Bunday hol muloqot ishtirokchilarining g'ayrilisoniy tajribalari asosida yuzaga keladi.

Quyidagi turlicha qurilishli yaponcha va o'zbekcha ekvivalent ifodalar orasida

mantiqiy-semantik bog'lanish yaqqol ko'zga tashlanadi:

ï> h

❖ [10,132.]

[hi ga agate kita]

Tong otay dedi.

^bcj x> t a C -frv^o

❖ [11,123.]

[kanojo ha hitorigurashi no seikatsu wo okutte iru]

U hech qayerga chiqmaydi.

Bunday ekvivalentlikning turli tillar dalillari asosida tadqiq etilishi tilshunoslik nuqtai nazardan muhim ahamiyat kasb etadi. U tillar o'rtasidagi umumiy va tafovutli holatlarni muayyan qilish, shu yo'l bilan tillar hodisalariga ongli yondashish imkoniyatini beradi.

XULOSA

Xulosa o'rnida, realiyalarni tarjima qilishda tarjimon o'z mahoratini ko'rsatib, barcha usullarni qo'llab ko'rishi hamda eng munosib yo'l orqali tarjimani amalga oshirishi kerak. Bunda realiyalarni tarjimada berishning eng samarador usuli transliteratsiya ekanligi aniqlandiki, u originaldagi xos so'zni to'liqroq ifodalash imkonini beradi. Transliteratsiya orqali berilgan so'z izohlanmasa, tushuntirilmasa, kitobxon tasvirlanayotgan voqea-hodisalar va so'zlar bayoniga tushunmay qoladi. Bu o'rinda transliteratsiya qilingan so'z kontekst ichida tasvirlanib tushuntirilishi, ma'nosi qavs ichida berilishi, yoki matn ostida izohlanishi mumkin. Shuningdek, milliy realiyalarni tarjimada ifodalanishini o'rganish birinchidan badiiy asardagi milliy o'ziga xosliklarni ifodalash usullarini aniqlab, tarjimonlar uchun amaliy, nazariy bilimlarini takomillashtirishga yordam beradi.

Scientific Journal Impact Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

SJIF 2021: 5.423

Milliy o'ziga xos so'zlami tarjima qilish jarayonida ekvivalentlik muhim rol o'ynab, bu orqali kitobxonga asar bilan tanishish jarayonida bir qator qulayliklarni beradi. Lekin shu bilan birga tarjima jarayonida muqobil so'zni tanlashda o'ta yuqori bilim hamda malaka bilan faoliyat olib borish talab qilinadi.

REFERENCES

1. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. М.:Международные отношения, 1986.

2. Файзуллаева Р. Йуллар йирок, кунгиллар якин // Таржима санъати (Маколалар туплами). - Т.: 1973.

3. Саломов F. Таржима назарияси асослари. -Т.:"Укитувчи" нашриёти,1983.

4. Г з 2005-2007 konsaisu waro jiten (Concise yaponcha-ruscha lug'at )

5. Aminova N. "Qalb" asari bevosita tarjimasi. Jahon adabiyoti may-iyul soni. 2013-

6. Г'^М^^ШJ 2008 Shogakukan daijisen ("Ilmiy izohli katta lug'at ").

7. ГВДЙШШ^ЛJ 2002-2009 meikyo kokugo jiten (Meikyo izohli lug'at i).

8. 7 J 2008 hyakka jiten maipedia (Maypedi ensiklopedik

9. r^'J^-tffflH^H^^&J 2009 Buritanika kokusai daihyakka jiten (Britanika katta ensiklopedik lug'at ).

10. Nadira, K. (2017). The problem in translation from Japanese to Uzbek in the novel" A Wild Sheep Chase"-Focusing on Politeness. Literary Imagination, 19(3),

11. Khalmurzaeva, N. T. (2020). Peculiarities of intercultural understanding in Uzbek and japanese verbal communication. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 1473-1481.

yil.

lug'at ).

760-771.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.