Научная статья на тему 'DIE LEXIKALISCHEN ÄQUIVALENZPROBLEME IN DER ÜBERSETZUNG VOM DEUTSCHEN IN DIE USBEKISCHE SPRACHE'

DIE LEXIKALISCHEN ÄQUIVALENZPROBLEME IN DER ÜBERSETZUNG VOM DEUTSCHEN IN DIE USBEKISCHE SPRACHE Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

7
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Übersetzer / Übersetzung / Wortwahl / Übersetzungsproblemen / Äquivalenzproblemen / Mehrdeutigkeit / Kontext / Syntagma / literarische Werke.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilobar Abdukhalilova

Eines der Hauptprobleme, auf die in diesem Artikel beim Übersetzen stoßen kann, ist das Problem des Vokabulars und seiner Bedeutung in Übersetzungswerken. Bei diesem Artikel handelt es sich hauptsächlich um einen analytischen Artikel, der Beispiele für Übersetzungen aus dem Deutschen ins Usbekisch analysiert.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIE LEXIKALISCHEN ÄQUIVALENZPROBLEME IN DER ÜBERSETZUNG VOM DEUTSCHEN IN DIE USBEKISCHE SPRACHE»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

NEMIS TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING O'ZBEK TILIGA

BERLISHI

Zarifjon Maxsiddin o'g'li Kuvonov

o'qituvchi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti E-mail: zarifjon [email protected]

ANNOTATSIYA

Tezis nemis tilidagi frazeologizmlarga bag'ishlangan bo'lib, unda nemis tilidagi frazeologizmlar va ularni o'zbek tiliga berilishi va tarjima qilishdagi muammolar xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: frazeologizmlar, frazeologiya, tarjima, maummolar, tarjima yo'llari.

НЕМЕЦКИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМЫ И ИХ ПЕРЕВОД НА УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК

Зарифжон Кувонов

преподаватель, Чирчикский государственный педагогический университет

E-mail: zarifjon [email protected]

АННОТАЦИЯ

Диссертация посвящена фразеологии немецкого языка, в ней говорится о фразеологии немецкого языка и проблемах их передачи и перевода на узбекский язык.

Ключевые слова: фразеологизмы, фразеология, перевод, проблемы, способы перевода.

GERMAN PHRASEOLOGISMS AND THEIR TRANSLATION INTO UZBEK

LANGUAGE

Kuvonov Zarifjon

teacher, Chirchik State Pedagogical University E-mail: zarifj on_kuvonov@mail .ru

ABSTRACT

The thesis is devoted to phraseology in German, it talks about phraseology in German and the problems of their transfer and translation into Uzbek.

Keywords: phraseologisms, phraseology, translation, problems, ways of translation.

239

qdaVatpdagog

Til qurilishining lug'aviy sathida leksik va frazeologik qatlamlar mavjud. Lug'aviy sathdagi frazeologik qatlam, shuningdek, uni o'rganuvchi soha ham frazeologiya deb yuritiladi. Frazeologiyaning hajmini keng tushunish va tor tushunish bor. Keng tushunishda frazeologiya doirasiga, so'zlarning turg'un birikmalaridan tashqari, maqol, matal, aforizm ham mansub deb qaraladi. Frazeologiya deb so'zlarning semantik bog'lanishlarini tushunish ham mavjud. Olimlar aniq ilmiy mezonlarga suyanib, frazeologizm deb, tarkibi ancha murakkab bo'lgan turg'un birikmalar yoki frazeogik birikmalar (iboralar)ga aytiladi. Frazeologizmlarni ilmiy jihatdan tadqiq qiluvchi soha frazeologiya deb ataladi.

Frazeologizmlar bo'lish uchun, so'zlaring turg'un birikmasi obrazli ma'no, ko'chma ma'no anglatishi shart. Frazeologik birlikdan yaxlitligicha anglashiladigan ma'no uning tarkibidagi komponentlarga xos leksik ma'nolarning oddiy yig'indisiga teng bo'lmaydi, iboraning ma'nosi umumlashma ma'no sifatida namoyon bo'ladi. Fikrlarimizni umumlashtiradigan bo'lsak, frazeologizm, deyilganda, tilda tayyor holda mavjud bo'lgan va nutqqa shundayligicha olib kiriladigan, shaklan so'z birikmasi yoki gapga o'xshaydigan, mazmuni ko'chma ma'noga asoslangan til birliklarini yoki lug'aviy birliklarni tushunamiz Keyingi yillarda frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etyapti.

So'z xususiyati va ma'nosini mukammal o'rganmasdan turib til boyligini egallash va undan foydalanish mumkin emas. So'z boyligini oshishida frazeologik birliklar va turg'un so'z birikmalarining ahamiyati kattadir. Frazeologik birliklar tilda muhim o'rin egallaydi, til qurilishining lug'at sathini esa leksik va frazeologik qatlamlar tashkil etadi. Lug'at sathidagi frazeologik qatlam ham, uni o'rganuvchi soha ham frazeologiya deb yuritiladi.

Mazkur soha juda murakkab lingvistik jarayondir. Chunki frazeologik birliklarning paydo bo'lishidan tortib hozirgi kunimizdagi bo'lgan davrda ushbu birliklarning rivojlanishi, o'zgarishlar va ular ustida olib borilgan mashhur tilshunoslarning ilmiy ishlari va izlanishlarini kuzatish, yangiliklardan xabardor bo'lish, bizning bilim doiramizni kengaytirishga, frazeologiya haqida batafsilroq fikrlashga o'rgatadi.

Hozirgi kunga kelib frazeologiya sohasi keng qamrovda tushunilmoqda, ya'ni frazeologiya qatlamiga nafaqat frazeologik turg' un birliklar, balki, maqol va matallar, naql va hikmati so'zlar ham kiradi. Ushbu birliklarda xalqning hayotiy muammolari, mehnat-mashaqqatlari, ham-anduxlari, rohat-farog'atlari, muvaffaqiyat-majburiyatlari, rasm-rusumlari kabilar ifodalanadi. Shunday ekan, ushbu nutq birliklarini bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

240

qdaVatpdagog

Avvalambor, olmon va o'zbek tillari tarixan turli tillar oilasiga mansubdir. Bu esa ikki xalqning turli madaniyat va urf-odatlarga ega ekanligiga borib taqaladi. Bizga ma'lumki, frazeologik birliklar ko'pincha o'z va ko'chma ma'nolarda tushuniladi. Frazeologik birliklarni olmon tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda va ularga muqobil ekvivalent tarjimalarni topishda ba'zi muammolar mavjud. Ba'zan nemis va o'zbek frazeologizmlari forma jihatdan bir-biriga umuman mos kelmasligi mumkin. Masalan: goldene Berge versprechen (nemis tilida) „qop-qop va'da bermoq" (o'zbek tilida) frazeologik birligi o'zbek tiliga tarjima qilinganda o'z muqobil ekvivalenti, yani turg'un birligi orqali tarjima qilinadi. Bundan tashqari nemis tilidagi blaues Blut frazeologizmi o'zbek tiliga "kelib chiqishiga ko'ra oliy zot ya'ni oq suyak" [4: 15] ekvivalentiga to'g'ri keladi. Bu frazeologizm tarkibida ko'k rang va qon so'zlari mavjud. Lekin o'zbek tilidagi muqobil variantida ikkala so'z ham ma'no jihatdan bir-biriga mos kelmaydi. Frazeologizmlarni tarjima qilishda ana shu kabi qiyinchiliklarga uchrash mumkin.

Tarjima haqida gapirilganda avval uni o'ziga ta'rif beradigan bo'lsak, misol uchun Z.M.Ma'rufov [1: 20] „Tarjima" so'ziga „bir tildan ikkinchi tilga ag'darilgan tekst"deb ta'rif beradi. Tarjima har sohaga tegishli bo'ladi. Uning adabiyotga va tilga oid xususiyatlari mavjud. Ularning har ikkalasi bir-biridan farq qiladi. Biz uning tilga (lingvistikaga) teishli tarafdan tahlilini olamiz. Bu esa bir tildan ikkinchi tilga o'girish transformatsiya qilish deya aytish mumkin. Bu jarayon asli tarjimaning vazifasi hisoblanadi.

Tarjima qilingan matn uni qanday tarjima qilingani va mohiyati ham muhimdir. Tarjima matni, tarjima mohiyatini, mazmunini aniqlashda uning asl matnga nisbatan tarjima matni qanday tarjima bo'lganligi uning adekvat tarzida tarjima yoki ekvivalent tanlash orqali bo'lganligi tarjimaga bog'liqdir. „Bilamizki, tarjima jarayoni murakkab jarayon hisoblanadi va tarjima qilishni o'zining usullari mavjud. Asl tarjima matnini istagan so'z qo'llash orqali tarjima qilib bo'lmaydi. Tarjima qilayotganda quyidagilarga ahamiyat berish lozim: -shakl va mazmuniga -til birliklarining to'g'ri qo'llanilganligiga uning ma'nosiga"

turli tillardagi so'zlarda shakl jihatdan o'xshash bo'ladi. Masalan, „die Sprache", „til" bu ularning ham shaklan farqini, mazmun tomondan bir xilligini anglatadi. Bunday so'zlar esa, tarjimada bir -biriga ekvivalent bo'la oladi.

Tarjima jarayoni turli sohaga oid bo'ladi deya ta'riflagan edik. Aynan frazeologiyada frazeologizmlarning tarjimasi ham murakkab jarayondir. Frazeologizmlar haqida so'z yuritilganda, ularni xarakterlovchi maqol, matal,

241

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^Mrchjq^aVlitiedigogikaBniVeiiititi^^^^^^^BiäiiiiS

idiomalarni ham o'z tarjima jarayoni mavjud. Aynan shuning uchun ham frazeologizmlarni tarjimasi bir muncha qiyinroq. Tarjima jarayoni turli usullar orqali tarjima qilinadi.

„Masalan frazeologizmlarni xarakterlovchi maqollarni tarjima jarayonini aytsak, ularni nemis tilidan o'zbek tiliga tarjima qilinganda ularni so'zma-so'z tarjima qilib bo'lmaydi, chunki o'zbek tilidagi maqollar she'riy tarzda tarjima qilinadi. Shuning uchun ham bir qancha muammo uchraydi. Bunda grammatik jihatdan va ikki xalqning urf-odatlari bilan bog'liq muammolar ham uchraydi. Maqol va matal tarjimasi uch tamoyilga asoslanadi;

-asl nusxada maqol yoki matal tilidan teng qiymatli ekvivalent tanlanadi.

-asar o'giraloyotgan tildan muqobil variant topib qo'yiladi.

-aynan yoki so'zma-so'z tarjima qilish" [2:9]

Frazeologizmlarni xarakterlovchi idiomalarning tarjimasi ham maqol va matallar singaridir. Bu tushunchalarga kengroq ta'rif beradigan bo'lsak, frazeologizmlarni tarjima qilishning yana bir nechta usullar mavjud. Ularni tarjima qilishda mos keladigan va mos kelmaydigan holatlari mavjud.

Frazeologizmlarni tarjima qilish jarayonida muvofiq keladigan variant har ikkala tilda mavjud bo'lgan iboralardir va ma'nosini to'g'ridan-to'gri tushunish mumkin.

Ikkinchi usuli mos kelmaslik holati bo'lishi mumkin. Bu holatda frazeologizmlarni ichki komponentlari ma'nosi to'g'ridan-to'g'ridan tarjima qilib bo'lmaydi. Ularni ma'nosi umumiy jihatdan olib tarjima qilamiz." [2:17] Shunga ko'ra, frazeologik birliklar turli tillarda turli ma'no anglatishi mumkin, hamda ularni tarjima qilganda ikki til o'rtasida har xil ma'noda keladi.

REFERENCES

1. Ma'rufov Z.M. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent, 1981.

2. Imyaminova Sh.S. Nemis tili frazeologiyasi. Toshkent, Mumtoz so'z.

3. Imyaminova Sh.S. Nemischa-o'zbekcha maqol, matallar lug'ati. Toshkent, Mumtoz so'z, 2013.

4. Umarxo'jayev M., Nazarov K. Nemischa-ruscha-o'zbekcha frazeologik lug'at. Toshkent, O'qituvchi, 1994.

5. Kuvonov, Z. (2022). PHRASEOLOGY IN THE INTERPRETATION OF GERMAN LINGUISTS. Экономика и социум, (6-1 (97)), 157-160.

6. Kuvonov, Z. M. (2023). COLOR COMPONENT PHRASEOLOGY IN GERMAN AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR SEMANTIC ANALYSIS. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(03), 109-144.

242

Pdagog

Я

7. Kuvonov, Z. (2022). NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O'RGANILISHI. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 381-389.

8. Кувонов, З. (2023). NEMIS TILIGA CHET TILIDAN O „ZLASHAGAN SO „ZLARNING STRUKTURAL-SEMANTIK TADQIQI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(6), 230 -

9. Kuvonov, Z. (2021). Nemis tili lug'ati tarkibidagi o'zlashmalaming lingvistik va ekstralingvistik mohiyati. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 31-38.

238.

April 23-24, 2024

https://cspu.uz/

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.